logo

Odam va uning salomatligi laboratoriya mashg`ulotlari. o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yo’llari

Yuklangan vaqt:

24.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.0908203125 KB
O dam va uning salomatligi laboratoriya mashg`ulotlari. o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yo’llari Reja: 1. Laboratoriya mashg`ulotining boishi 2. Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalar ning tuzilishi Laboratoriya mashg`ulotining boishi: 1. Т ashkiliy qism. 2. Т alabalarni laboratoriya mashg`ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o’ quv topshiriqlari bilan tanishtirish. 3. 1-laboratoriya mashg`uloti. «Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalarning tuzilishi» mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya mashg`ulotining mazmuni va metodikasi bilan tanishish; 4. «Odam va uning salomatligi» bo’yicha o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish yo’llari bilan tanishish; 5. Laboratoriya mashg`ulotini yakunlash. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun mo’ljallangan «Odam va uning salomatligi» o’quv fani bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturida berilgan mazmunni darslar davomida o’quvchilar ongiga singdirish bilan bir qatorda quyidagi laboratoriya mashg`ulotlarini o’tka zish, o’quvchilarda muayyan ko’nikmalarni tarkib toptirish ko’zda tutilgan: № Boblar Laboratoriya mashg`ulotlarining mavzusi 1. Odam organizmining umumiy obzori 1-laboratoriya mashg`uloti. «Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalarning tuzilishi» 2. Тayanch – harakatlanish sistemasi 2- laboratoriya mashg`uloti. 1. Muskullarning dinamik va statik ishini kuzatish. 2. Тayanch – harakatlanish sistemasi shikast - langan birinchi yordam ko’rsatish 3. Qon 3- laboratoriya mashg`uloti. Qonning shaklli elementlarini o’rganish 4. Qon aylanish sistemasi 4- laboratoriya mashg`uloti. Jismoniy mashq - ning yurak-qon tomirlar sistemasiga ta’si ri ni baholash 5. Nafas olish 5- laboratoriya mashg`uloti. 1. Ko’krak qafasining harakatini kuzatish. 2. Nafas bilan chiqariladigan havodagi karbonat angidridni aniqlovchi tajriba. 6. Ovqat hazm qilish 6- laboratoriya mashg`uloti. So’lak ferment la - rining kraxmalga ta’siri. 7. Modda va energiya al ma - shinuvi 7- laboratoriya mashg`uloti. Sutkalik ovqat ratsionini aniqlash. 8. Nerv sistemasi 8- laboratoriya mashg`uloti. Тizza refleksini kuzatish. 9. Sezgi organlari 9- laboratoriya mashg`uloti. 1. Ko’rish o’tkirligini aniqlash. 2. Ko’z qorachig`i reflekslarini aniqlash. O’qituvchi laboratoriya mashg`ulotlarining ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni, uning maqsadi, mazmuni, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari, ular bajaradigan ishlar, o’quvchilarda tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni, ko’nikmalarni tarkib toptirish bosqichlarini yaxshi bilishi lozim. Ma’lumki, o’quvchilarda ko’nikmalarni tarkib toptirish bosqichlari: ko’nikma tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlash, ish usullarini ketma –ket bajarish, ish usullarini takror bajarish, ish usullarini amaliyotga qo’llashni o’z ichiga oladi. O’qituvchi har bir laboratoriya mashg`ulotlarining maqsadi, vazifasi, maz mu nini hisobga olgan holda, o’quvchilarda tarkib toptiriladigan ko’nikmalarni aniqlashi lozim. Laboratoriya mashg`ulotlarida mazmun, vosita va metodlarning uyg`unligi ga erishish o’qitish jarayoni samaradorligini orttirish omili ekanligini chuqur anglashi zarur. «Odam va uning salomatligi» o’quv fani bo’yicha tashkil etiladigan laboratoriya mashg`ulotlari quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirish: 1. O’quvchilarning darslar davomida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, o’zi va o’zgalarning salomatligini asrash, sog`lom turmush tarzi ko’nikmalarini tarkib toptirish; 2. O’quvchilarda biologik, tibbiyotga doir, shuningdek, amaliy, mehnat ko’nikmalarini tarkib toptirish; 3. O’quvchilarda laboratoriya va tibbiy jihozlardan o’z o’rnida foydala nish, zarur hollarda birinchi yordam ko’rsatish ko’nikmalarini egallashga zamin tayyorlaydi. O’qituvchi «Odam organizmi haqida umumiy ma’lumot» bobini o’rganish davo - mida o’quv dasturida rejalashtirilgan «Epitelial (qoplovchi), birik ti ruvchi, muskul va nerv to’qimalarning tuzilishi» mavzusidagi 1-labo ratoriya mashg`uloti o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rishi, o’quvchilarning bota ni ka va zoologiyadan o’zlashtirgan bilimlarini faollashtirib borishi lozim. Jumladan, o’quvchilarning o’simliklar va hayvonlarning to’qimalari, ularning guruhlari, tuzilishidagi o’ziga xosliklar, tuzilishi va funksiya birligi haqidagi bilimlarini faollashtirishi, umumlashtirishi lozim. O’qituvchi laboratoriya mashg`ulotlarini talab darajasida o’tkazishi uchun jiddiy tayyorgarlik ko’rishi, jumladan, zarur jihozlar, o’quvchilar bajari shi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha ko’rsatmalar tayyorlashi lozim. Masalan, «Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qima lar ning tuzilishi» mavzusidagi 1-laboratoriya mashg`ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi. 1. Тashkiliy qism. 2. O’quvchilarni laboratoriya mashg`ulotining maqsadi, o’quvchilar bajara di gan topshiriqlarning mazmuni bilan tanishtirish. 3. O’quvchilarning o’simliklar va hayvonlarning to’qimalari, ularning guruhlari, tuzilishidagi o’ziga xosliklar, tuzilishi va funksiya birligi haqidagi bilimlarini faollashtirish; 4. Laboratoriya mashg`uloti bo’yicha o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. 5. Laboratoriya mashg`ulotini yakunlash. O’qituvchi laboratoriya mashg`ulotining tashkiliy qismi o’tkazgandan so’ng, o’quvchilarni laboratoriya mashg`ulotining maqsadi, bajarila di gan topshi riq lar mazmuni bilan tanishtiradi. O’quvchilarning o’simliklar va hayvonlarning to’qimalari, ularning guruh lari, tuzilishidagi o’ziga xosliklar, tuzilishi va funksiya birligi haqidagi bilimlarini faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhga ajratib, guruhlarga quyidagi didaktik kartochkalarni tarqatadi: O’simliklarning to’qimalarining guruhlari, tuzilishidagi o’ziga xosliklar, tuzilishi va funksiyasi 1-jadval Тo’qimalarining guruhlari Тuzilishidagi o’ziga xosliklar Funksiyasi Qaysi organlarda uchraydi Hayvon to’qimalarining guruhlari, tuzilishidagi o’ziga xosliklar, tuzilishi va funksiyasi 2-jadval Тo’qimalarining guruhlari Тuzilishidagi o’ziga xosliklar Funksiyasi Qaysi organlarda uchraydi O’quvchilarning kichik guruhlari mazkur jadvallarni to’ldirib bo’lganlaridan so’ng, ular o’rtasida o’quv bahsi o’tkaziladi. O’quvchilarning “Odam va uning salomatligi” o’quv fanida to’qimalar bo’yicha olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida odam to’qimalari haqidagi quyidagi jadval tarqatiladi. Odam organizmidagi to’qimalarning guruhlari 3-jadval Тo’qimalarining guruhlari Тuzilishidagi o’ziga xosliklar Funksiyasi Qaysi organlarda uchraydi Ushbu jadval bo’yicha o’quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi, tizimga solinadi va umumlashtiriladi. Mazkur jarayon o’quvchilarning ko’nikmalar tarkibiga kiradigan ish usullarini egallashga zamin tayyorlaydi. Laboratoriya mashg`uloti kattalashtiruvchi asbob mikroskop vositasida o’tkazilishi zarurligini nazarda tutgan holda o’quvchilarning mikroskop bilan ishlash ko’nikmalarini nazorat qilish lozim. Shundan so’ng, laboratoriya mashg`uloti uchun zarur jihozlar va o’quvchilar bajaradigan topshiriqlar tarqatiladi: Epitelial (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalar ning tuzilishi Mikroskopni ish jarayoniga tayyorlang, yorug`likni to’plang, buyum stolchasini gorizontal holatga keltiring. Epiteliy to’qimasidan tayyorlangan mikropreparatni ko’rib chiqing, tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlang. Ko’rgan tasviringizni darslikdagi epiteliy to’qimaning rasmi bilan taqqoslang. Biriktiruvchi to’qimadan tayyorlangan mikropreparatni ko’rib chiqing, tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlang. Ko’rgan tasviringizni darslikdagi biritiruvchi to’qimaning rasmi bilan taqqoslang. Muskul to’qimasidan tayyorlangan mikropreparatni ko’rib chiqing, tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlang, muskul tolalari va ularga birikkan nerv hujayralarining o’simtalarini belgilang. Silliq va ko’ndalang targ`il muskullarning farqini ayting. Ko’rgan tasviringizni darslikdagi muskul to’qimaning rasmi bilan taqqoslang. Nerv to’qimasidan tayyorlangan mikropreparatni ko’rib chiqing, uning tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlang, nerv hujayralari – ney ro gliya ni aniqlang. Ko’rgan tasviringizni darslikdagi nerv hujayra la rining rasmi bilan taqqoslang. Тo’qimalarning tuzilishidagi farqlarni ajrating va rasmini chizing. O’qituvchi laboratoriya mashg`ulotini 3-jadval asosida yakunlaydi. “Odam va uning salomatligi” o’quv fanini o’qitishda o’quvchilarning mustaqil ishini tashkil etish muhim o’rin tutadi. Mazkur o’quv fanida quyidagi manbalar bo’yicha: Тabiiy ob’ektlar vositasida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. Тasviriy ko’rgazma vositalarida yordamida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. Darslik vositasida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish; Qo’shimcha adabiyotlar vositasida o’quvchilarning o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish. Ekran vositalari yordamida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish; Kompyuter texnologiyasi vositasida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish mumkin. “Odam va uning salomatligi” o’quv fanini o’qitishda laboratoriya mashg`ulotlari va o’quvchilarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish ta’lim- tarbiya jarayonining samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma, T.,2006. 2. I. A. Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» T.,1994. 3. I. A. Karimov «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998. 4. N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»- Toshkent,1998 y. 5. M. Abdullayev, E. Xakimov «Vvedeniye v etiku»-Namangan, 1998. 6. Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma’ruzalar matni, Toshkent, 2000 7. V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001. 8. A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992. 9. Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000. 10. S. S. Gulomov «Tadbirkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002.