logo

Nafas potologiyasi. Jigar va buyrak potologiyasi va ikki organning qon aylanishdagi o’xshash tizimi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.5 KB
Nafas potologiyasi. Jigar va buyrak potologiyasi va ikki organning qon aylanishdagi o’xshash tizimi Reja : 1.Nafas olishda qon aylanishning ahamiyati . 2. Siydik a’zolarining kasalliklari . 3. Nerv sistemasining kasalliklari .  Nafas olish organlari kasalliklari etiologiyaasi va klinik ko’rinishlariga asosan turli xildir, potologik jarayon nafas yo’llarida , o’pka yoki plevrada joylashishi mumkun. Ayrim paytlarda nafas olish sistemasi uchun xos bo’lgan holat bir necha bo’limlarning birgalikda zararlanishidir ( Bronx va o’pka, o’pka va plevra ) Nafas olish organlari kasalliklariningturlari juda ko’p bo’lib , ularning umumiy simptomlari o’xshashdir , lekin, aniq diagnoz qo’yish uchun o’ziga xos xarakterli simptomlari mavjud . Bu simptomlarga : yo’tal , balg’am tashlash , qon tuflash , hansirash , ko’krak qafasidagi og’riq kiradi . Nafas harakatlari markazi uzunchoq miyada joylashgan . Uning zararlanishi , nafas harakati soni va retmining o’zgarishiga olib keladi . Ba’zanodamda himoya refleksi -- yo’tal va aksarish bo’ladi . Bu holat hiqildoq va traxeyalarning shilliq pardasiga yot zarrachalar , shilliq to’planib yopishib qolganda , nerv oxirlarining qatiqlanishi natijasida nafas olish markazi ta’sirlanadi . Natijada qisqa va chuqur nafas chiqarish ( yo’talish ) vujudga keladi . Yo’tal zarbi esa yot jismlarni chiqarib tashlaydi . Aksarish burun bo’shlig’I shilliq qavati chang zarrachalari bilan qoplanganda nerv oxirlarining ta’sirlanishi orqali vujudga keldi . Aksarish odam badani notekis sovigan paytda ham paudo bo’ladi . Yo’tal -- Nafas organlari kasalliklarining ko’p uchraydigan simtomidir , sog’lom odamda ham uchrashi mumkin . Yo’tal bosh miyada joylashgan yo’tal markazining reflector yo’l bilan ta’sirlanib turishi tufayli paydo bo’ladi . Yo’tal quruq va nam ko’rinishda uchraydi . Quruq yo’tal plevrit , bronxit boshlanishida . Hiqildoq pardasi ta’sirlanganda , o’pka absuessining birinchi davrida paydo bo’ladi . Nam yo’tal surunkali bronxit , pnevmaniyaning 2-3 kunidan keyin , bronxoektazlarda , o’pka obstsessining , 2 - davrida kuzatiladi . Qon tuflash -- nafas olish sistemasi kasalliklaridagi asosiy belgilaridan biridir . Ukuchli yo’tal vaqtida , bronxlar cho’zilashi , qon tomirlarining yorilishi , o’pkadagi yeringli jarayonlar , o’pka sili , o’pka raki kasalliklari davrida paydo bo’ladi . O’pkadan qon ketishi bilan ovqat hazm qilish sistemasidan qon ketishini bir – biridan farqlay bilishi kerak . O’pkadan qon ketganda qonning rangi kam o’zgargan , ko’piksimon bo’ladi . Me’dadan qon ketganda qusuq massasi “kafe quyqasi “ rangida , ivib keladigan holatda ajraladi . Organizm faoliyatini boshqarishda buyrakning ahamiyati juda katt. Buyrak organizmdan parchalanish mahsulotlarini , ortiqcha suv , tuzlarni ba’zi dorllarini chiqarib tashlaydi . Shunday qilib , bu a’zo suv – tuz almashinuvida , kislota – asos muvazanatini boshqarishda , osmoregulyatsiyada faol ishtirok etadi va ichki muhitning barqarorligini ta’minlaydi . Buyrak -- ajratish tizimining asosiy a’zosi hisoblanadi . Hozirgi kunga kelib buyrak kasalliklari juda ko’p uchraydi . Shulardan biri buyrak tosh kasalliklari . Buyrak tosh kasalligi -- ko’pincha 25 -- 45 yashar odamlarda paydo bo’ladi . Erkaklarda bu kasallik ayollarga qaraganda taxminan 2 barobar k’proq uchraydi . Siydik toshlarining hosil bo’lishi siydik chiqarish yo’llarining infektsiyasi bilan mahkam bog’langan . Buyrakdagi toshlar siydik tarkibidagi har - xil tuzlardan : urat , oksalat, fasfat, aralash tuzlardan paydo bo’ladi . Buyrak tosh kasalligi sabablari va avj olib borish mexanizmi yetarlicha o’rganilgan emas . Tosh hosil bo’lishiga sabab bo’ladigan eng muhim omil buyrakdagi moddalar almashinuvining buzilishidir . Siydik yo’llari infektsiyasi muhim rol o’ynaydi deb hisoblanadi . Yallig’lanish o’chg’I hosil bo’ladigan oqsilli cho’kma tuzlar cho’kib tushadigan va toshlar hosil bo’ladigan adsorbtsion markaz bo’lib hizmat qiladi . Bu kasallikni davolashda buyrak sanchg’I tosh chiqishi bilan tugamaydigan bo’lsa , harakat mashqlari tavsiya etiladi . Jismoniy zuriqish berish bilan bir vaqtda ko’p miqdorda suv , choy , mineral suvlar ichib boriladi . Spazmolitik preparatlar buyuriladi . Tosh hosil bo’lishining oldini olish va toshlarni surib chiqarish maqsadida ravatin , ravateneks , tsektenol ishlatiladi . Appenditsit -- chuvalchangsimon o’simtaning yallig’lanishidir . Appenditsit o’tkir va surunkali bo’ladi . O’tkir appenditsitda yallig’lanishning rivojlanishi va og’riq tez rivojlanadi . Bunda leykotsitoz va isitma kuzatiladi . Bunday appenditsit asoratsiz tuzalishi yoki flegmonoz appenditsit ( o’simta devorining yeringlashi ) ga o’tishi mumkin . Bunda jarayon tez ( bir kecha – kunduzda ) rivojlanib o’simta devori teshiladi , ichidagi yeriing massasi qorin bo’shlig’iga to’kilib keritonit kasaliga sababchi bo’ladi . Ba’zida appenditsit tomirlari spazmi tufayli butunlay nekroz bbo’lib , xuruj boshlanganda 10 – 12 soat o’tgach teshilishi mumkin . Chuvalchangsimon o’simta o’lgan qismining o’z – o’zidan uzilib ketishi qorin pardasining yallig’lanishiiga sabab bo’ladi . Surunkali appenditsitda chuvalchangsimon o’simta qavatlari biriktiruvchi to’qimaning rivojlaniishida qalinlashadi . O’simta atrofi bitishmalar bilan o’ralgan bo’ladi . Surunkali appenditsit og’irlashib flegmanoz yallig’lanish yoki gangrenoga o’tishi kuzatilgan. Markaziiy nerv sistemasining funktsiyalari turli sabablarga ko’ra izdan chiqadi . Shikastlanishda nerv o’tkazuvchanliigi buziladi . Bosh va orqa miyalar shikastlanishida nerv to’qimalarida distrofik o’zgaarish va shishlar paydo bo’ladi . Keyinchalik shikastlanish asoratlari ( falaj , sezgilarning yo’qolishi va tutqanoq ) qoladi . Miyaning og’ir sshikastlanishi esa bemorning o’lishiga sabab bo’ladi . Bosh miya qon aylanishining buzilishi gepertoniya , ateroskleroz va boshqa kasalliklarda bo’laadi . Meningit -- sil , grip , ich terlama yoki quloq , ko’z kosasidagi yeringli yallig’lanish tufayli rivojlanadi . Meningit o’tkir va surunkali bo’lib miya pardalari shishadi , yallig’lanadi , qon tomirlar qonga to’ladi. Kasallik boshlanishida sezgilar yuqoladi va falajlanish boshlanadi . Miya suyuqligining dinamikasi buziladi . Yringli meningitda miya , miya pardalari xiralashib yring miya egatlarida joylashadi . Meningit tuzalgandan so’ng turli bitishma va asoratlar qolishi mumkin . Ensefalit -- turli yuqimli kasalliklar , zaharli moddalar va allergiyalar asoratidir . Entsefalitda tomirlar , neyronlar va nerv tolalari yallig’lanib kalla bo’shlig’da suyuqlik to’planadi . Neyronlarda distrofik o’zgarish bo’ladi . Oqibatta neyronlar nekrozi rivojlanib , emiriladi . Agarda miya yringlasa , unda entsefalit miya obsuesslari rivojlanadi . Odatda , yringli entsefalit surunkali davom etadi . Ko’pincha meningit va entsefalitdan keyin sezgilar va harakat funktsiyalari buziladi . Tibbiy atamalar . 1. Pnevmotoroks -- plevra bo’shlig’iga havo to’planishiga aytiladi . 2. Aksirish -- burun bo’shlig’I shilliq qavati chang zarrachalari bilan qoplanganda nerv oxirlarining ta’sirlanishi orqali vujudga keladi . 3. Appeenditsit -- chuvalchangsimon o’simtaning yallig’lanishi . 4. Meningit -- bosh miya pardalarining yallig’lanishi 5. Entsefalit -- bosh miyaning yallig’lanishi 6. Neyron -- nerv hujayrasi 7. Nevralogiya -- nerv sistemasining o’rganuvchi fan A D A B I Y O T L A R 1. N., X., Abdullayev, X., E., Karimov «Pato-fiziologiya»T. : 2000 y. 2. Sh.I. Rasulov «Pato-fiziologiya » Metodik qo’llanma., T. : 1998 y. 3. Lobashev M.E. i dr. Genetika s osnovami seleksii. M.,»ProsveShenie». 1970. 4. Maksudov Z.M. Umumiy genetika. Toshkent. «Ukituvchi», 1981. 5. Xamidov JX. va boshk. Tibbiy biologiya va irsiyatdan kullanma. Toshkent. «Ibn Sino». 1992. 6. Shensov Yu.S. ObShaya sitologiya. MGU. 1978. 7. Alberts B. Molekulyarnaya biologiya kletki. Moskva. 1987 8. www.ziyonet.uz