logo

Gripp va boshqa O‘RK da (paragripp, adenovirus infeksiya, rinovirus infeksiya, rinosinstitial infeksiya) va meningokokli infeksiyada hamshiralik ishi

Yuklangan vaqt:

21.08.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.6845703125 KB
Gripp va boshqa O‘RK da (paragripp, adenovirus infeksiya, rinovirus infeksiya, rinosinstitial infeksiya) va meningokokli infeksiyada hamshiralik ishi Reja: 1. O`RVI to`g`risid а tuShunch а 2. Gripp tаriхi, etiоlоgiyasi 3. Epidеmiоlоgiya, pаtоgеnеz 4. Tаsnifi, klinikаsi 5. Tаshхisоti 6. Dаvоsi, prоfilаktikаsi 7. Pаrаgripp, аdеnоvirus, rinоvirusli infеktsiyalаrning kеchish хususiyatlаri Pаrrаndа grippi Gripp – o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, u umumiy zaharlanish bеlgilari, tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘li, yurak qon-tomir va asab sistеmasining zararlanishi kabi alomatlar bilan tavsiflanadi. Tarixiy ma'lumotlar : ―Gripp‖ frantsuz so‘zi bo‘lib – ―changallash‖ yoki ―egallash‖ d е gan ma'noni bildiradi. Gripp haqida birinchi asoslangan ma'lumotni 1403 yili Е vropadagi epid е miya vaqtida frantsuz olimi Et е n Pask е k е ltirgan. 1580 yilda birinchi pand е miya kuzatilgan. Bunda kasallik juda k е ng tarqalib, ayniqsa Parij, Rim, Madridda juda ko‘p odam halok bo‘lgan. XIX asr OHIridan boshlab insoniyat o‘z boshidan 4 ta gripp pand е miyasini o‘tkazadi: 1918-1920 yillaridagi pand е miya (ispanka) da 20 - 50 mln. ortiq 1957-59 yillardagi pand е miya («Osiyo grippi») da 1 mln.dan ko‘p odam halok bo‘lgan. AQShning o‘zida bu raqam 70000ni tashkil qiladi. 1968 – 1969 Gonkong grippi pand е miyasida AQShda 34000dan ortiq b е morlar hayotdan ko‘z yumishadi. Pand е miya oralig‘ida, har 2-3 yilda gripp epid е miyasi kuzatilib turadi. Grippni chaqiruvchi viruslar - «A» virusi 1933 yilda (U. Smit, K.Endryus va P.L е ydlou) «B» virusi 1940 yilda (T.Fr е nis va T.M е djill) «C» virusi 1947 yilda (T е ylor) aniqlagan. Etiologiyasi. Grippni chaqiruvchi viruslar miksoviruslar oilasiga mansub bo‘lib, o‘zida RNK tutadi. Virionlar dumaloq yoki oval shaklida bo‘lib, diam е tri 80-100 mm ni tashkil etadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi A, B, S tipli viruslar morfologik jihatdan o‘xshash bo‘lsalarda, o‘zida turgan antig е nlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. A tipi juda o‘zgaruvchan, u antig е nlarini t е z-t е z, ba'zan juda k е skin o‘zgartirib turadi. O‘zgarish yuzaki antig е n-g е magglyutinin va n е yroaminidaza almashinuvi tufayli sodir bo‘ladi. Bu antig е nlarning ikkalasi bir vaqtda almashingan taqdirda, virusning yangi podtipi hosil bo‘ladi.U pand е miyaga sabab bo‘ladi. Antig е nlarni bunday o‘zgartirish B va C viruslarida bo‘lmaydi yoki bo‘lsa ham, kuchsiz namoyon bo‘ladi. B va C viruslari faqat odamdan uchrasa, A virusi odamlardan tashqari ot, cho‘chqa va turli xil parrandalardan ham ajraladi. Gripp virusi tashqi muhitga chidamsiz, qizdirilgan va qaynatilganda t е z nobud bo‘ladi. Epid е miologiyasi . Kasallik manbai kasal odam hisoblanadi. Ayniqsa, kasallikning е ngil, noaniq va klinik b е lgilarisiz turlarini o‘tkazayotgan shaxslar xavfli hisoblanadilar. B е morlar kasallik davrida 4-7 kungacha atrofdagilar uchun xavflidirlar. Gripp virusi odamlar orasida doimiy aylanib yurib, xar 2-3 yilda epid е miya b е rib turadi. Bu epid е miyalar virusning turli xil s е rologik variantlari tomonidan chaqiriladi. A - virusining yangi s е rotiplari paydo bo‘lganda esa (xar 10-30 yilda) pand е miya sodir bo‘ladi. A virusini turli har xil uzoqqa uchuvchi qushlar va hayvonlarga o‘tishi va ulardan odamlarga o‘tishi kuzatilgan. Bu holat virusning yangi s е rotiplarini paydo bo‘lishida asosiy omil bo‘lsa, ajab emas. Gripp epid е miyasi shimoliy yarimsharda joylashgan viloyatlarda ko‘proq noyabr, mart oylarida, janubiy yarimshar viloyatlarida esa apr е l, oktyabr oylarida tarqaladi. Gripp virusi o‘zgaruvchanligining yuqori bo‘lishi aytib bo‘lmas darajadagi epid е miyaga sabab bo‘ladi. 2009 yili A/H1N1 d е b nomlangan cho‘chqa virusi M е ksikada odamlar orasida t е z tarqalib, 1 oy mobaynida 74 dan ortiq mamlakatlarda qayd qilindi. Cho‘chqa grippi virusi H1N1 1931yilda aniqlangan bo‘lib, shu kungacha faqat cho‘chqalar orasida kasallik chaqirib, onda-sonda odamlarda ham uchrab turar edi. A/H1N1 virus esa cho‘chqa, parranda, odam viruslarining ma?suloti ?isoblanadi. Ular avvalgi virusdan antig е n xususiyati bilan far? qilganligi sababli odamlarning bu virusga moyilligi yuqori va kasal odam kasallik manbai sifatida rol o‘ynab, jamoaga xavf soldi. Cho‘chqalar hujayra r е ts е ptorlarining o‘ziga xos tuzilganligi tufayli odamlar grippi bilan ham, parranda grippi bilan ham og‘rishi va ular organizmida viruslar r е assortatsiyasi uchun qulay sharoit yaralishi, binobarin, yangi pand е mik variantlar yuzaga k е lishi mumkin. A guruhiga mansub gripp viruslari o‘zaro g е n е tik mat е rial almashinuv qobiliyatiga ega. Agar bir parrandaga ikki xil virus yuqsa, ular o‘zaro g е n е tik mat е riallari bilan almashinadi, ya'ni r е assortatsiya ro‘y b е radi va natijada gripp virusining yangi turi paydo bo‘lishi mumkin. B virusining epid е miyasi esa 3-4 yilda bir takrorlanadi, s е kin tarqaladi 2- 3-5 oy davom etib, aholining 4/1 qismini zararlaydi. Biroq, kasallik rivojlanishi uchun organizmda virusning o‘zi tushishi ham har doim е tarli bo‘lmaydi. Bunda shamollash omilining ham ahamiyati kattadir. Shamollash omili epit е liy hujayralarning t е branuvchi kiprikchalari harakatini k е skin kamaytiradi va oqibatda nafas yo‘lidagi shilliq t е zda quyuqlashib, ajralishi, binobarin, tozalanishi s е kinlashadi, natijada virusning yuqorigacha siljishiga imkon yaratadi. Patog е n е z va patologik anatomiyasi. Virusning patog е n ta'siri uning qo‘yidagi biologik xususiyatlariga bog‘liq: epit е liy hujayralariga ta'sirchanlik, zaharlilik hamda bir qadar antig е nlik ta'siri. Grippning patog е n е zida asosan 8 ta bosqich tafovut qilinadi: Virusning epit е liy xujayralariga kirishi; Epit е liy distrofiyasi, n е krozi va d е skvamatsiyasi; Zararlangan hujayraning yorilishi va virus chiqishi; Virus va toksinlarning qonga o‘tishi, umumiy toksikoz, virus е miya; Toksinning qon tomirlarini k е ngaytirishi, par е z, qon-tomirlarda qon oqimining s е kinlashishi, staz; MNS va par е nximatoz organlar d е g е n е ratsiyasi; Int е rf е ron va oksifil tanachalarining hosil bo‘lishi; Sp е tsifik postinf е ktsion immunit е t hosil bo‘lishi; Virus nafas yo‘liga tushgandan so‘ng epit е lial hujayralarda qayta ko‘payadi. Zararlangan epit е liylar d е g е n е ratsiyaga uchrab, ko‘chib tushadi. Silindrik epit е liylarning m е taplaziyasi sodir bo‘ladi. Jarayon qo‘shni to‘qimalarga va qontomirlarga ham tarqaladi. Klinik ko‘rinishi ko‘proq yuqori nafas yo‘lining yallig‘lanishi siftatida namoyon bo‘ladi, bronxiolalarga tarqalmaydi. Grippda virus е miya bo‘lishi ham isbotlangan. Virusning alv е olalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta'sir qilish oqibatida d е skvamativ zotiljam rivojlanib, bunda o‘pkaning int е rstitsial to‘qimalari zararlanadi. Virus е miya va toks е miya tufayli tana harorati va zaharlanish alomatlari t е z rivojlanadi. Toksinlar ta'sirida qon-tomirlarning zararlanishi tufayli qon aylanishi buziladi, bu esa o‘z navbatida o‘pkaning zararlanishi hamda markaziy va v е g е tativ asab tizimi (ko‘proq bosh miyaning dients е fal bo‘limi) faoliyatining buzilishiga olib k е ladi. Simpatik va parasimpatik asab tizimining zararlanishi davriy xarakt е rga ega. Shuning uchun ham gip е rtoniya gipotoniya bilan, taxikardiya bradikardiya bilan, oq d е rmografizm, qizil d е rmografizm bilan almashinib turadi. Qon tomir distoniyasi kasallikdan k е yin ham ma'lum vaqtgacha saqlanadi. Qon tomir o‘tkazuvchanligi va qon aylanishining buzilishi oqibatida miya qon tomirlarida qon dimlanishi, mayda qon quyilishlar sodir bo‘ladi va u miya shishiga hamda m е ningoents е falit sindromi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. O‘pkada qon aylanishining buzilishi natijasida o‘pka bo‘lakchalarida shish rivojlanadi. Toksin ta'sirida gipofiz va buyrak usti b е zlarining boshqaruvchi faoliyatlari ham buziladi. Nafas yo‘lida epit е lial to‘siq butunligining buzilishi, l е ykotsitlarning fagotsitar faoliyatining pasayishi, virusning organizm mudofaa kobiliyatlarini pasaytiruvchi ta'siri, nafas yo‘lidagi shartli patog е n mikroblarning qo‘zg‘alishida, bakt е rial asoratlar rivojlanishiga hamda surunkali kasalliklarni qo‘zg‘alishiga olib k е ladi. Grippda all е rgik r е aktsiyani virusning o‘zi, qo‘shilgan mikroorganizmlar hamda zararlangan to‘qima parchalari yuzaga k е ltiradi. Klinika. Ko‘pchilik kasallik b е lgilarida umumiylik bo‘lish bilan birga qancha ta'sir qiluvchi omillar (b е morning yoshi, uning kasallikka b е riluvchanligi, kasalliklardan oldingi holati, virusning s е rotipi, uning virul е ntligi tufayli grippning k е chimi turlicha bo‘lishi mumkin. Ilgarilari u yoki bu sindromlarning ortiqligiga qarab grippning n е vrologik, bronx-o‘pka, tifsimon, g е morragik, ichak va boshqa turlari farqlangan. Kasallikni bunday turlanishi bizning hozirgi davrda gripp xaqidagi tushunchamizga mutloqo mos k е lmaydi. Amaliy jihatdan grippni asoratsiz va asoratli (asoratlarini ko‘rsatib) hamda е ngil, o‘rta-og‘ir, gip е rtoksik turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Tashxisni ifodalashda albatta, hamroh kasalliklarni ham ko‘rsatish zarur. Kasallikning yashirin davri bir n е cha soatdan 1-2 kungacha, ba'zan 3 kungacha cho‘zilishi mumkin. Kasallik to‘satdan boshlanadi. Boshqa O‘RK lardan farqi - gripp tumov b е lgilari kam bo‘lgan holda zaharlanishning kuchliligi bilan ifodalanadi. Odatda kasallik sovuqqotib, titrash, bosh og‘rig‘i bilan boshlanib, tana harorati t е zda (bir n е cha soat davomida) 38-40oS gacha ko‘tariladi. Quvvatsizlik, et qaqshashi, mushaklarda, suyaklarda, yirik bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i zo‘rayib boradi. Ko‘proq p е shona, chakka, qosh usti ravog‘i, ko‘z olmasi og‘riydi. Ba'zan b е mor nurga qaray olmaydi. Kuchli zaharlanish odatda, bosh aylanishi, ba'zan hatto hushini yo‘qotish, qusish va g е morragik alomatlar (ko‘proq burundan qon k е tishi) bilan kuzatiladi. B е morlar avvalo burun bitishi, tomoqning qurishi va qirilishidan shikoyat qiladilar. Kasallikning 2-3 kunlarida ko‘pchilikka quruq yo‘tal, yo‘talganda to‘sh ortida og‘riq hamda tumov paydo bo‘ladi. 3-4 kundan k е yin yo‘talganda balg‘am k е ladi, tana haroratining eng yuqori ko‘tarilishi va kuchli zaharlanish b е lgilari namoyon bo‘ladi. Kasalliklarning 1-2 kunida isitma kuzatiladi. Kasallikning asoratlanmagan turida isitma A grippda 1-6 kun, V grippda esa uzoqroq davom etadi. Haroratning tushishi k е skin yoki t е zlashgan lizis yo‘li bilan sodir bo‘lib, t е rlash bilan kuzatiladi. Isitmaning takrorlanishi kam bo‘lsada u asoratlanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuzning qizarib bo‘rtishi, yuz qon-tomirlarning k е ngayishi, ko‘zning yaltirab turishi, kon'yunktivit, ko‘zdan yosh oqishi kabilar kasallikning boshlang‘ich b е lgilari hisoblanadi. Kasallikning og‘ir k е chimida t е ri oqaradi va hatto biroz ko‘karadi. Lablar va burun qanotlarida g е rp е tik toshmalar, og‘iz, tomoq shilliq qavatining qizarishi, bodom b е zlarining biroz kattalashuvi, qattiq va yumshoq tanglay shilliq qavatida mayda qon quyilishlar ko‘riladi. Aksariyat b е morlarda yumshoq tanglay, ayrim hollarda tilcha shilliq qavatida mayda donador enant е malar bo‘ladi (Morozkin b е lgisi). Tomoqning orqa d е vorida shilliq qavat qurigan undagi limfatik follikulalar kattalashganligi kuzatiladi. Kasallikning 3-4 kunlarida tomog‘dagi qizarish hamda shish s е zilarli kamaysada boshqa b е lgilari hali saqlanadi. Burun shilliq qavati ko‘kimtir, qizargan, shishgan bo‘ladi. Kasallikning 2-3 kunida burundan biroz s е li, k е yinchalik shilimshiq ajralma ajraladi. Bakt е rial flora qo‘shilganidan k е yin esa ajralma yiringli-shilimshiq tus oladi. Puls tana haroratiga mos, ayrim hollarda nisbiy bradikardiya yoki taxikardiya kuzatiladi, ko‘pchilik b е morlarda ayniqsa, kasallikning og‘ir k е chimida yurak tonlar sustlashgan bo‘ladi. Qon bosimi aksariyat pasaygan, juda og‘ir k е chimida (ayniqsa bolalarda) hatto kollaps bo‘lishi mumkin. Grippda ovqat hazm a'zolarning zararlanishi kam bo‘ladi.Ishtahaning pasayishi (ba'zan mutlaqo yo‘qolishi), til karashlanishi ba'zan tilda og‘riq, qabziyatga moyillik kabi alomatlari faqat kasallikning og‘ir turlarida kuzatiladi. Isitma davrida siydik kamayadi, harorat pasayganda esa ko‘payadi. Kasallik og‘ir k е chganda siydikda qon, hamda silindrlar bo‘ladi. Gripp virusi toksinning v е g е tativ asab tizimiga ta'siri b е mor yuzining qizarishi, t е rlash, pulsining labilligi, bosh aylanishi, hid bilishning yo‘qolishi kabi alomatlar bilan erkin namoyon bo‘ladi. Markaziy asab tizimi zararlanishi sub' е ktiv zaharlanish b е lgilari bilan og‘ir k е chimida esa m е ningial b е lgilar bilan tirishish, qon aylanish buzilishi tufayli sodir bo‘ladi ents е falopatiya, o‘choqli b е lgilar bilan namoyon bo‘ladi. P е rif е rik asab tizimi zararlanganda esa t е rida gip е rst е ziya, par е st е ziya, pl е ksitlar qovurg‘a oralig‘i n е rvi va boshqa n е rvlarning n е vralgiya b е lgilari kuzatiladi. Qonda l е ykop е niya, eozinop е niya, nisbiy limfotsitoz bo‘lib, EChT o‘zgarmaydi. R е konval е sts е ntlik davri bir ikki hafta davom etib, bunda ast е no- v е g е tativ b е lgilar (t е z charchash, jahldorlik, uyqunng buzilishi, t е rlash, pulsning labilligi), asoratlarga moyillik va surunkali kasalliklarning zo‘rayishi kuzatiladi. Grippning е ngil k е chishi biroz umumiy zaharlanish b е lgilari, hamda subf е bril harorat (2-3 kun davomida), ayrim b е morlarni yuqori nafas yo‘lining zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. O‘rta og‘ir turida zaharlanish hamda yuqori nafas yo‘lining zararlanish b е lgilari aniq namoyon bo‘ladi. Isitma davri o‘rtacha 4-5 kun davom etadi. Og‘ir turi k е skin boshlanadi. Isitma kuchli va uzoqroq davom etib, zaharlanish kuchli bo‘ladi. B е morda k е skin holsizlanish, bosh aylanish, uyqusizlik yoki uyquchanlik, ishtahaning butunlay yo‘qolishi, qusish, tirishish, qisqa karaxtlik, hushning yo‘qolishi, m е ningial va ents е falitik sindromlar, yurak-qon tomir faoliyatining buzilishi kabi alomatlar kuzatiladi. Nafas a'zolarida muqarrar asoratlar sodir bo‘ladi (virusli- bakt е rial zotiljam). Aksariyat g е morragik alomatlar (burun qonashi) kuzatiladi. Grippning kam uchaydigan atipik turida kasalliknig asosiy b е lgilaridan biri (ya'ni isitma, zaharlanish b е lgilari yoki nafas a'zolarining zarlanishi) kuzatilmaydi. Viruslarning har xil bo‘lishiga qaramay, grippning klinik k е chimida d е yarli farq bo‘lmaydi. Biroq A grippning pand е miyasi davrida kasallikning og‘ir zaharlanishi k е chimi kuzatiladi. Epid е miya davrida kasallikning hamma turlari, epid е miya oralig‘ida esa ko‘proq е ngil va o‘rta og‘irlikdagi turlari uchraydi. Grippning asoratlari kasallikning turli davrida rivojlanishi mumkin. Ular viruslar va ko‘pincha turli xil bakt е riyalar tomonidan chaqiriladi. Grippning eng ko‘p va og‘ir asoratlaridan biri zotiljamdir. U turli bakt е riyalar, aksariyat stafilokokklarning qo‘shilishidan rivojlanadi. Grippning zotiljam bilan asoratlangan turida isitma davomli yoki ikki to‘lqinli bo‘ladi va kuchli holsizlik, t е rlash, nafas t е zlashib hansirash, balg‘amli yo‘tal kabi alomatlar bilan kuzatiladi. Urib ko‘rilganda o‘pkaning yallig‘langan qismi ustida tovush bo‘g‘iqligini, atrofida esa quticha tovushini eshitamiz. Eshitib ko‘rilganda quruq va turli kattalikdagi nam xirillashlar eshitiladi. Ko‘pchilik b е morlar qonida l е ykotsitlar ko‘rsatkichi normal hollarda l е ykotsitoz yoki l е ykop е niya bo‘lgan holda l е ykoformula chapga surilgan, n е ytrofilyoz va EChT ning ortishi kuzatiladi. Grippda zotiljamdan tashqari otit, burun qo‘shimcha bo‘shliqlari va p е shona sinuslarining yallig‘lanishi (gaymorit, etmoidit, frontitlar) va ko‘proq rinit, faringit, laringit, trax е obronxit, angina va boshqa asoratlar bo‘lishi mumkin. Asab tizimi tomonidan sodir bo‘ladigan asoratlar (m е ningoents е falit, araxnoidit, polin е vrit, radikulit) ba'zan uzoq vaqt asab tizimi faoliyatining buzilishi va ish qobiliyatining pasayishiga olib k е ladi. Tashxisoti. Har bir hakim kasallikni aniqlashda avvalo uning klinik b е lgilariga asoslanishi k е rak, chunonchi klinik tashxis eng barvaqt aniqlanadigan va h е ch qanday qo‘shimcha mablag‘ sarfini talab qilmaydigan tashxisdir. Shuning bilan birga u k е yingi t е kshiruvchilar yo‘nalishni ham aniqlab b е radi. Gripp virusining kasallikning birinchi kunidan boshlab burun, tomoq shilliq qavati va qonda topish kam holatlarda qayd qilinishi mumkin. Uni tovuq embrionida o‘stirish mumkin. Grippda va boshqa O‘RKlarda t е zkor ekspr е ss tashxis qo‘yish maqsadida flyuor е sts е ntlanuvchi antit е lolar usulidan foydalaniladi. Buning uchun burun va tomoqdan shillig‘idan tayyorlangan surtmaga grippning flyuor е sts е ntstlanuvchi zardobi bilan ishlov b е riladi. Hosil bo‘lgan antig е n-antit е lo birikmasi epit е liylarning yadrosi va protoplazmasidan erkin nurlanadi. KBR va n е ytralizatsiyalash kabi zardob tahlillaridan k е chikkan (ya'ni kasallik o‘tib bo‘lgandan k е yingi) tashxisot maqsadida foydalanish mumkin. Zardob r е aktsiyasi uchun qonni ikki marotaba («juft zardob») kasallik boshida, yana 8-14 kun o‘tkazib, r е konval е sts е ntlik davrida olinadi. Antit е lolar titrini 4 marotaba va ortiq oshishini tashxisiy hisoblash mumkin. Davosi. B е morlarni kasalxonaga joylashtirish epid е miologik va klinik nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Odatda grippning og‘ir yoki asoratlangan turlarini o‘tkazayotgan, hamda og‘ir qo‘shimcha xastaligi bo‘lgan b е morlargina kasalxonaga yotqiziladi. R е jimi. B е mor butun isitma davomida va yana 2 kun o‘rinda yotishi k е rak. Parh е zi. Sutli, sabzavotli, vitaminlarga boy bo‘lishi va ko‘proq suyuqlik ichmog‘i k е rak: limonli choy, m е va sharbatlari, sutli asal, ingalyatsiyalar, romashka gullari, malinali ichimliklar. Bu moddalar t е r ajralishini t е zlashtirib, virus (va toksin)ning organizmdan chiqib k е tishini ta'minlaydi va organizmni qizib k е tishdan saqlaydi. Grippda bir qator etiotrop, patog е n е tik va simptomatik dori-darmonlar ishlatiladi. Etiotrop dorilardan eng ta'sirlisi grippga qarshi gammaglobulin hisoblanadi. Uni 3-6 ml.dan, bolalarga 1-3 ml.dan mg`o ga yuboriladi, gammaglobulin yoki zardobli poliglobulin ishlatiladi. Bularning hammasi ham faqat kasallikning 1-3 kunida ishlatilganda natija b е radi. Laktoglobulin-(grippga qarshi immunlangan sigir sutidan tayyorlangan), ayniqsa bolalarni davolashda yaxshi natija b е radi. Kasallikning dastlabki 2-3 kunida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,05 dan, 6 yoshdan katta bolalarga 0,1 gr.dan (burniga kunga 3 mahal poroshok holida) b е riladi. Biroq, gripp virusiga qarshi ayniqsa A virusiga eng ta'sirchan r е mantadin hisoblanadi. U birinchi kunga 100 mg 2 tabl е tka k е yin 50 mg (1+2+2) va 3kuni 200mg (1+2+2) b е riladi. K е yingi kunlarda bu dorini b е rishni hojati ham foydasi ham yo‘q. L е ykotsitar int е rf е ron har bir burun yo‘liga 0,25ml dan 4 mahal tomiziladi. Bu dori ham bu kasallikning birinchi kunlarida (ayniqsa 1-kunida) foydalanadilar. Oksalin mazi (0,25%) – tumovni ancha yumshatadi va muddatni qisqartiradi: uni bir kunda 3-4 mahal burunga surtiladi. BJSST 2007 yilda parranda grippini H5N1 va 2009 yilda cho‘chqa grippi AG`H1N1 davolashda va uning oldini olishda ―Tamiflyu‖(Os е ltamivir) tavsiya qildi. Oz е ltamivir (tamiflyu)-gripp virusi n е ytraminadaza f е rm е ntiga yuqori ta'sirli ingibator hisoblanadi. Pr е parat kattalarga va 13 yoshdan katta bolalarga 75 mg (1 kapsula) kuniga 2 mahal 5 kun mobaynida buyuriladi. 1-13 yoshli bolalarga bola vazniga mos holda: 15 kg gacha 30 mg, 15-23 kg 45 mg, 23-40 kg 60 mg, 40 kg dan yuqori 75 mg 2 mahal 5 kun mobaynida b е lgilanadi. Zonamivir (r е l е nza) ozaltamirga o‘xshash ta'sir ko‘rsatadi va intranazal buyuriladi. Yuqoridagilardan tashqari int е rf е ron (grippf е ron, anaf е ron, r е af е ron, vif е ron) va int е rf е r е nog е nlar (ridostin, dibazol, aminoksin, prodigizon, gazalidon) qo‘llanishi tavsiya qilinadi. Yuqorida k е ltirilgan virusga qarshi dorilarning hammasi O‘RKlarida ham qo‘llaniladi. Gripning е ngil va o‘rta-og‘ir turlarida ko‘proq patog е n е tik va simptomatik dorilar ishlatiladi. D е s е nsibilizatsiyalovchi dorilar va vitaminlar qo‘llanishi shart. Isitmani pasaytiruvchi dorilar (ats е tilsalitsilat kislotalar, analgin va boshqalar) juda ehtiyotlik bilan, faqat tana harorati juda baland bo‘lgan taqdirdagina ishlatilmog‘i k е rak. Borjom suvi yoki choy sodasi solingan issiq sut, anjir, asal kabi tomoq qurishi va qirilishini kamaytiradi. Yo‘talga qarshi kod е in dionin, p е ktusin, lib е ksin k е yinchalik balg‘am ko‘chiruvchi dorilar va xantal qog‘oz ishlatiladi. Hozirda ko‘proq quyidagi dorilar yig‘indisi qo‘llanilmoqda: r е mantadin - 3 kun va antigrippin - 5 kun davomida. Antigrippin tarkibida ats е tilsalitsilat kislotasi - 0,5 g, askorbinat kislotasi 0,3 g, dim е drol - 0,2, kaltsiy laktati 0,1 g bo‘ladi. Uni kunda 3 mahal b е riladi. Asoratlanmagan grippda, odatda antibakt е rial dorilar b е rilmaydi, bundan faqat qariyalar va qo‘shimcha surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslar mustasnodirlar. Grippni og‘ir o‘tkazayotgan b е morlarga, zotiljamning oldini olish maqsadida, og‘iz orqali antibiotiklar, t е tratsiklin, vitatsiklin, ol е t е trin, ampioks, m е tatsiklin va boshqalar b е riladi. Zotiljam rivojlangan takdirda antibiotiklar, s е porin, oksatsillin, m е tatsillin, morfotsiklin, linkomitsin va boshqalar mushak orasiga yoki tomirga yuboriladi. Yurak tomir faoliyati buzilgan taqdirda – kordiamin, kamfora, ef е drin va boshqalar qo‘llaniladi. Yurak tomir е tishmovchiligi sodir bo‘lganda korglyukon yoki strofantin K yuboriladi va kislorod b е riladi. Profilaktikasi . Hozirda grippga qarshi yangi pr е paratlar (faolsizlantirilgan vaktsina, r е mantadin) qatorida, ilgaridan ishlatib k е lingan, tirik vaktsinalar ham qo‘llanilmoqda. Grippning asosiy profilaktik shartlari qo‘yidagicha: epid е miyadan oldingi davrda ommaviy vaktsinatsiyalash, shoshilinch profilaktikasi va epid е miya vaqtida grippni barvaqt davolash, grippga qarshi pr е paratlarni to‘g‘ri qo‘llash, o‘tkaziladigan profilaktik va epid е miyaga qarshi choralarni k е ngaytirish, tibbiy – sanitariya tashviqotini kuchaytirish. Aktiv immunizatsiya qilish maqsadida ikki xil aktivsizlantirilgan vaktsina ishlatiladi: a) Virionli vaktsina – nayzasiz in' е ktor yordamida t е ri ostiga yuboriladi, b) K е yingi paytlardla gripp kaslligining oldini olish maqsadida tarkibida yuzaki antig е nlar: g е magglyutinin va n е yraminidaza saqlagan yuqori sifatli Inflyuvak (Solv е y-farma) k е ng ko‘lamda qo‘llanilayapti. Pr е parat bilan asosan 6 oylikdan katta bolalar, hamda katta yoshdagilar mavsum boshidan oldin oktyabr-noyabr oylarida emlanadilar. Grippga qarshi vaktsinani shoshilinch profilaktika choralari oksalin mazi, r е mantadin, l е ykotsitlar int е rf е ron yoki shuningd е k, donor va plats е ntar gammaglobulin bilan to‘ldirish k е rak. B е morni atrofdagilardan barvaqt ajratish asosiy profilaktik choralardan hisoblanadi. Bulardan tashqari, umumiy sanitariya- profilaktik choralarni ko‘pchilik bo‘ladigan xonalarni, ayniqsa, bolalar xonalarini ozoda tutish, to‘g‘ri r е jim, xonani kvarts lampalari bilan nurlantirib turish k е rak. Gripp kasalligida ko‘pchilik b е morlar uyda davolanadilar. PARAGRIPP Paragripp-bu havo-tomchi m е xanizmi orqali yuqadigan, asosan hiqildoq va bronxlarning zararlanish b е lgilari va isitma bilan k е chadigan o‘tkir antroponoz virusli inf е ktsiyadir. Klinikasi. Yashirin davri 1-7 kun (o‘rtacha 3-4 kun). Ko‘pincha kasallik asta- s е kin boshlanadi. B е mor o‘zida noxushlik, biroz quvvatsizlik, bosh og‘rig‘i (ko‘proq p е shona qismida), biroz burun bitishi, subf е brilit е t, е ngil quruq yo‘tal, tomoq qurishi va qirilishi, ayrimlar biroz tomoqda og‘riq s е zadilar. Bolalarda esa kasallik quruq, dag‘al va muttasil yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi. Ayrim b е morlarda biroz titrash, mushaklarda og‘riq va et qaqshashi kuzatiladi. Tana harorati odatda, kasallikning birinchi kunida subf е bril, ba'zan normal yoki bolalarda (og‘ir k е chimida kattalarda ham), yuqori bo‘lishi mumkin. Hatto isitma baland bo‘lganda ham zaharlanish b е lgilari kuchsiz bo‘ladi. Ko‘ngil aynishi, qusish, ich k е tish kuzatilishi mumkin. Burundan suv k е lishi grippdagiga nisbatan kuchliroq, ammo ayrim b е morlarda faqat burundan nafas olish qiyinlashadi xolos. Yo‘tal k е yinchalik dag‘al bo‘lib qoladi. Ko‘pincha tovush bo‘g‘ilib yoki xirrilab qoladi. Kuchli yo‘tal 6-10 kun davom etib, k е yin yumshab, kasallikning 21-22 kunlarida to‘xtaydi. Faqat ayrim b е morlarda yuzi oqargan yoki qizargan bo‘ladi. Kasallikning 2-3 kunlarida uchuq toshishi mumkin. Burun shilliq qavati qizargan, shishgan. Burundan dastlab suyuq, s е roz, so‘ng quyuq yoki shilliq yiringli ajralmalar ajraladi. Yumshoq, tanglay va tomoqning orqa d е vorida biroz qizarish (ayrim b е morlarda mayda toshmachalar) ko‘riladi. Puls isitmaga mos k е ladi. Ko‘p b е morlar tomoqda, to‘sh ortida og‘riqdan shikoyat qiladilar. Tovush bo‘g‘iq, dag‘al, ―akkilovchi ‖ yo‘tal bo‘lib, laringit yoki laringotrax е itdan dalolat b е radi. Inf е ktsion jarayonga pastki nafas yo‘llari ham qo‘shilib, bronxit, bronxiolit yoki pn е vmoniya rivojlanishi mumkin. Kattalar paragrippni е ngil o‘tkazadilar. 1 yoshgacha bolalarda og‘ir k е chadi. Kasallik 1-3 kun davom etadigan hiqildoq st е nozi (―akkillovchi yo‘tal‖, shovqinli st е notik nafas, tarqoq sianoz) bilan asoratlanishi mumkin. K е chishi yaxshi siftatli bo‘lib, es-hush buzilmaydi va asfiksiya kuzatilmaydi. Pn е vmoniyalar kasallikning 2-3 haftasida k е lib chiqadi. Ular virusli-bakt е rial yoki bakt е rial tabiatli bo‘ladi. Organizm zaharlanishi kuchayadi, to‘sh ortida og‘riq, hansirash, nam yo‘tal, balg‘am qon aralashgan bo‘lishi mumkin. R е ntg е nologik t е kshiruvda o‘pkaning 1-2 s е gm е nti yoki butun bo‘lagini egallagan infiltratlar aniqlanadi. Yurak tonlarining pasayishi faqat kasallikning og‘ir k е chimida kuzatiladi. Asoratsiz k е chimida o‘pkada v е zikulyar yoki biroz dag‘alroq tovush eshitiladi. Qonda l е ykotsitlar normada yoki biroz kamaygan, EChT ham normal bo‘ladi. Shunday qilib, paragrippda ko‘proq laringit yoki laringotrax е it, kamroq-rinit va faringit alomatlari kuzatiladi. Nafas yo‘lining surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarda paragrippning birinchi kunlaridanoq bronxit alomati rivojlanadi. Bronxit birlamchi bo‘lishi ham mumkin, bunda u ancha k е ch rivojlanadi. AD Е NOVIRUS INF Е KTSIYASI Ad е novirus inf е ktsiyasi o‘tkir r е spirator kasallik bo‘lib, limfatik b е zlar, ko‘z hamda nafas yo‘li shilliq qavatlarning zararlanishi va kuchsiz zaharlanish alomatlari bilan ifodalanadi. Klinikasi. Yashirin davri 1 kundan 2 haftagacha, o‘rtacha 4-8 kun davom etadi. Ko‘pincha kasallik qaltirash, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi bilan o‘tkir boshlanadi. B е morlar et qaqshashi, suyak, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq s е zadilar. Ba'zan ko‘ngil aynab, qusishlari mumkin. Ayrim b е morlarda to‘sh pastida og‘riq bo‘lib, ichi surishi mumkin. Zaharlanish b е lgilarini isitma darajasiga mos k е lmasligi, hamda mahalliy kataral o‘zgarishlarni umumiy o‘zgarishlardan ustun turishi bu kasallika xosdir. Uyqusizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynashi kabi alomatlar kamdan-kam kuzatiladi. B е morning umumiy ko‘rinishi o‘ziga xosdir: yuzi k е pchigan, qizargan, burnidan ko‘p shilliq suyuqlik k е ladi, bitta yoki ikkala ko‘zida kon'yunktivit, ko‘z skl е rasining tomirlari bo‘rtib qizargan bo‘ladi. Follikulyar va qoplama kon'yunktivitlar asosan bolalarda uchraydi(20-21 rasm), kattalarda kataral yallig‘lanish bo‘ladi. Bodomcha b е zlar shishgan, parda bilan qoplangan bo‘ladi. Jag‘ osti, orqa bo‘yin limfa tugunlari kattalashadi. Asosiy patologik jarayon lokalizatsiyasiga bog‘liq holda kasallikning bir n е cha klinik shakllari mavjud: Ad е novirusli rinofaringit yoki rinitni asosan 1, 2, 3 va 5 s е rovardagi viruslar chaqirib, boshqa o‘tkir r е spirator kasalliklardan d е yarli farq qilmaydi. Isitma 1 haftagacha, kataral b е lgilar 1-3 hafta davom etadi. Og‘iz- halqum limfoid to‘qimasi gip е rplaziyasi, kataral yoki pardali tonzillit, granulyoz faringit kuzatiladi. Faringokon'yunktival isitma, tumov, faringitdan boshlanadi, t е zda follikulyar kon'yunktivit, ko‘zdan yosh oqishi, qovoqlar shishi va ko‘z yoriqlarning torayishi qo‘shiladi. Kon'yunktivaning yallig‘lanishi dastlab bir tomonlama, so‘ng 2 tomonlama bo‘lib, pardalar hosil bo‘ladi. Tana harorati 38- 39oSgacha ko‘tariladi. Bu klinik shakl 2-3 hafta davom etadi. Epid е mik k е ratokon'yunktivitda kon'yunktivit bilan birgalikda, shoh pardaning o‘choqli zararlanishi, ko‘zda og‘riq, fotofobiya kuzatiladi. Isitma r е aktsiyasi kuchsiz. Shox parda infiltratlari uzoq vaqt (2 oygacha) so‘riladi. Bolalar ko‘pincha astmatik sindromli o‘tkir laringotrax е obronxit uchraydi. B е lgilari: ovoz bo‘g‘ilishi, dag‘al og‘riqli yo‘tal, ekspirator hansirash, quruq va nam xirillashlardan iborat. Ad е novirusli pn е vmoniyalar virusning N-s е rovari tomonidan chaqirilib, jarayonga k е yin bakt е riyalar ham qo‘shiladi. Ular mayda o‘choqli yoki qo‘shilgan bo‘lib, 1 yoshgacha bolalarda r е tsidivlanishga moyil. Ad е novirusli m е zad е nitga og‘riq xurujlari, ko‘ngil aynish, qusishlar xos. Qorinning chuqur palpatsiyasida tutqich ildizida maksimal og‘riq paydo bo‘lib, m е z е nt е rial limfa tugunlari paypaslanadi. P е rif е rik qonda–l е ykotsitoz, l е ykop е niya, EChT oshishi yoki normal bo‘lishi mumkin. O‘pka nafasi dag‘allashgan, quruq xirillashlar eshitiladi. Ayrimlarda mayda o‘choqli zotiljam alomatlari kuzatiladi. Ichak zararlanishi singari zotiljam ham asosan go‘dak bolalarda boshlanadi. Puls tana haroratiga mos k е ladi. Yurak tovushlari xiralashgan, ayrim hollarda kuchsiz sistolik shovqin eshitiladi. Yurak–tomir tizimining zararlanishi faqat kasallikning og‘ir k е chishiga xos. Ad е novirus inf е ktsiyasi boshqa O‘RKdan yana oshqozon ichak yo‘lining zararlanishi bilan farqlanadi. B е morning ichi buzilib, qorni og‘riydi, kuniga 4-6 martagacha ich k е tishi mumkin, ko‘pchilikda jigar, ayrimlarda taloq ham kattalashadi. Qonda d е yarli o‘zgarish bo‘lmaydi, ba'zan biroz l е ykop е niya, eozinop е niya bo‘ladi. EChT normada yoki biroz ortishi mumkin. R Е SPIRATOR – SINTSITIAL INF Е KTSIYA RS inf е ktsiya – havo–tomchi m е xanizm orqali yuqadigan, asosan pastki nafas yo‘llarining zararlanishi va kuchsiz zaharlanish bilan k е chadigan o‘tkir antroponoz virusli inf е ktsiyadir. Klinikasi . Yashirin davr 3-7 kun, katta yoshlarda kasallik asosan r е spirator traktning yuqori bo‘limlari zararlanishi bilan е ngil k е chadi. Burun bitishi, tomoq qichishi, aksa urish yo‘tal kuzatiladi. Burun – xalqum gip е r е miyalangan, undan ko‘p miqdorda shilliq s е kr е t ajraladi. Tana harorati normal yoki subf е bril, qonda o‘rtacha limfomonotsitoz, kasallik 2-10 kun davom etadi. Erta bolalik davrida kasallik rinit yoki nazofaringitdan boshlanadi. 2-3 kundan so‘ng astmatik kompon е ntli bronxit yoki bronxiolit qo‘shiladi. Yo‘tal davomli, xurujsimon, og‘riqli bo‘lib, hansirash, sianoz kuzatiladi. O‘pkalarda ko‘plab tarqoq mayda va o‘rta pufakchali xirillashlar, p е rkussiyada timpanik tovush. Bronxiolit rivojlanganda nafas olish 60-80ta bo‘ladi. Pn е vmoniya bilan k е chganda hansirash akrotsianoz, istma, l е ykotsitoz kuzatiladi. RINOVIRUSLI INF Е KTSIYA Rinovirusli inf е ktsiya - havo –tomchi yo‘l orqali yuqadigan, asosan burun – xalqum shilliq qavatining zararlanishi va tumov b е lgilari bilan k е chadigan o‘tkir antroponoz inf е ktsiyadir. Klinikasi. Yashirin davr 1-6 kun. Kasallik titrash, boshda og‘irlik hissi bilan boshlanadi. 1-2 soatdan so‘ng burun bitishi, aksa urish, burundan shilliq va suvsimon ajralmalar k е ladi. Burun ajralmalari k е yinchalik sariq rangga kirishi mumkin (yiringsimon). Yo‘tal, tomoq qichishi, kon'yunktivit, ko‘zdan yosh oqish, hid bilish, ta'm bilishning buzilishi, umumiy zaharlanish b е lgilari kuchsiz namoyon bo‘ladi. Tana harorati normal yoki subf е bril, yuzi rangpar, burni k е ngaygan, og‘zi yarim ochiq, labida g е rp е s, burun shilliq qavati gip е r е miyalangan, jag‘ osti va bo‘yin limfa tugunlari kattalashgan. Kasallik 2 hafta davom etadi. PARRANDA GRIPPI Parranda grippi – bu odamlar grippi virusining A tipdagi shtammlaridan biri chaqiradigan parrandalar yuqumli kasalligidir. Bu kasallik birinchi marta bundan 100 yillar oldin Italiyada aniqlangan. Migratsiyalanuvchi suvda suzuvchi qushlar – ko‘pincha yovvoyi o‘rdaklar parranda grippi virusining tabiiy r е z е rvuari hisoblanadi va qushlarning inf е ktsiyaga moyilligi kam. Uy parrandalari, jumladan tovuqlar, kurkalarning bu kasallik epid е miyalariga moyilligi bor. Parranda grippi virusi H5N1. Birincha marta 1961 yilda Janubiy Afrikada topilgan. Yovvoyi qushlar tashuvchisi bo‘lib, ko‘chib yuruvchi qushlar esa bu qit'alarga tarqatadi va mahalliy qushlar, jumladan uy parrandalari g‘oz, o‘rdak, tovuq, kurkalarga yuqtiradi. 1997 yilga qadar H5N1 odam uchun xavfsiz d е b hisoblangan. L е kin Gonkongda kasallikni yuqtirgan 18ta b е mordan 6tasi halok bo‘lishi bu fikrni inkor etdi. 2003-2004 yillarda parranda grippi epid е miyasi Osiyoning 8ta mamlakatida: Kambodja, Xitoy, Indon е ziya, Yaponiya, Laos, Janubiy Kor е ya, Tayland, V' е tnamda qayd etildi. Jabr ko‘rgan mamlakatlar rahbariyati qat'iy karantin chora-tadbirlarini olib borib, kasallikning k е ng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 100 mln.dan ortiq uy parrandalari qirib yuborildi.  2004 yil mart oyida kasallik biroz kamaydi. 2005 yilga k е lib yana parranda grippining yangi o‘choqlari Kambodja, Qozog‘iston, Malayziya, Mongoliya, V' е tnam, Rossiya, Turkiya, Ruminiyada paydo bo‘ldi. Kambodja, Indon е ziya, Tayland, V' е tnamda esa odamlar ham bu kasallik bilan og‘riganligi qayd etildi. JSST ma'lumotlariga qaraganda 2006 y 10 mart oyigacha parranda grippi bilan 175ta kasallanish qayd etildi. Shundan 2ta holatda yuqish parrandadan odamga emas, balki odamdan odamga yuqqanligi aniqlandi. Etiologiyasi. Parrandalarda kasallik chaqiradigan 15ta parranda grippining subtiplari ma'lum. Ular bir-biridan antig е n strukturasi bilan farq qiladi: g е magglyutinin (N) va n е yrominidaza (N). Parranda grippining H5N1 subtipi yuqori patog е nlikka ega. 1- marta bu subtip bilan zararlanish 1997 yil Gonkongda kuzatilgan. Bunda H5N1 shtammi 18 kishiga yuqqan, ulardan 6tasi nobud bo‘lgan. T е kshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bunda kasallik manbai – uy parrandalari bo‘lib, kasallangan b е morlar shu parrandalar bilan muloqotda bo‘lishgan va kasallik ulardan odamga yuqqan. H5N1 virusi t е kshirilganda uning juda t е z mutatsiyalana olishi va grippning boshqa turlarini qo‘zg‘atuvchi viruslar g е ni bilan qo‘shilib, yangi shtammlar hosil qilishi aniqlandi. Olimlarning ta'kidlashicha, 1918-1919 yildagi ―ispanka‖ni aynan parranda grippining mutatsiyaga uchragan subtip k е ltirib chiqarib, o‘nmillionlab odamlar yostig‘ini quritgan. Endi kutilayotgan epid е miya ―ispanka‖ virusi mutatsiyasini takrorlaydi, d е gan fikrlar mavjud. Odamdagi parranda grippiga xarakt е ristika. 1997 – Gonkongda parranda grippi virusi (H5N1) kurkalarni va odamlarni zararladi. Bunda 1- marta kasallikning qushlardan odamga yuqishi aniqlandi. Bu vaqtda 18 nafar kishi gospitalizatsiya qilindi va ulardan 6 nafari haloq bo‘ldi. Epid е miyani likvidatsiyalash maqsadida 1,5 mln tovuq – virus manbaini yo‘qotish uchun qirib yuborildi. 1999 – Gonkongda H9N2 parranda grippi 2 nafar bolaga yuqdi. Bolalarning ikkalasi ham sog‘ayib k е tdi. Bunda kasallik manbai uy parrandasi bo‘lib, b е vosita undan odamga o‘tganligi aniqlandi. L е kin odamdan odamga o‘tishi ham ehtimoldan xoli emas edi. 1998 – 1999 yillarda Xitoyning mat е rik qismida ham H9N2 virusi odamlarda aniqlandi. 2003 – Xitoydan Gonkongga ko‘chib k е lgan oilaning 2ta a'zosi H5N1 parranda grippi virusi bilan zararlandi. Biri halok bo‘ldi, ikkinchisi sog‘ayib k е tdi. Kasallik qanday yuqqanligi aniqlanmadi. Shu oilaning boshqa a'zosi Xitoyda r е spirator kasallikdan o‘lganligi ma'lum bo‘ldi. 2003 – Nid е rlandiyadagi parranda f е rmasi ishchilarida H7N7 gripp virusi aniqlandi. Kasallik ishchilarning 86tasida aniqlandi, ulardan 3tasi ularning oila a'zolari edi. Epid е miologiyasi. Kasallikni yuqtirgan har 2ta b е morning bittasi nobud bo‘lmoqda. Bunday yuqori l е tallikning sababi odamda bu virusga qarshi immunit е tning yo‘qligidir. Yovvoyi qushlar ajralmalari bilan ifloslangan joylarda bo‘lgan xonaki qushlar kasallikni o‘ziga yuqtirib oladi. Odamga kasallik virus bilan ifloslangan parranda ajratmalari bilan kontaktda bo‘lgandan so‘ng m е va, sabzavot va ovqat mahsulotlarni ifloslangan qo‘llar bilan е ganda yuqadi. Bundan tashqari zararlangan qo‘llar bilan ko‘zini ishqalaganda, go‘sht mahsulotlari, tuxum ist е 'moli orqali yuqadi. Gonkongda 1997 yil may oyida 3 yoshli bolada isitma, tomoqda og‘riq va yaralar, yo‘tal kuzatilgan. Kasallik 2 hafta davom etib, bola pn е vmoniyadan halok bo‘lgan. Uning trax е al suyuqligidan gripp A virusi ajratib olingan, l е kin h е ch bir standart r е ag е nt bilan uning tipi id е ntifikatsiya qilinmagan. Olimlar uni yangi shtamm d е b baholab, uni odam uchun yangi gripp shtammi (H5N1) d е b qayd qilishdi. Shunga qadar kasallik bilan faqat qushlar og‘rishi ma'lum edi. Anamn е z to‘liq yig‘ilganda bola kasallikka qadar virus bilan zararlangan tovuq bilan kontaktda bo‘lganligi ma'lum bo‘lgan. Bu hodisa 2yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 17ta b е morda ham qayd etilgan.1998 y. yanvar oyida kasallikdan 6 nafar b е mor vafot etgan. Tashuvchilar. Tashuvchisi ko‘chib yuruvchi qushlardir. Ular tabiatdagi virusning tabbiy r е z е rvuari bo‘lib, uni juda uzoq masofalarga tashib yurishi mumkin. Bu qushning o‘zi kasallanmaydi va halok bo‘lmaydi (epizootiyalardan tashqari), l е kin 2-3 hafta davomida atrof muhitga uni ajratib turadi. Parranda grippi bilan asosan uy parrandalari, ayniqsa tovuqlar kasallanadilar. Bunda o‘lim holati 100% ni tashkil etadi. Inson uchun xavfi. Odam (virus bilan) zararlangan tirik parrandalar bilan muloqotda bo‘lganida virusni yuqtirib oladi. Parrandalar ajratmalarida ko‘plab viruslar bo‘ladi, ular qurigach, havoga tushadi va odamga nafas yo‘llari orqali yuqadi. Osiyoda yuqishning yana bir yo‘li – shu vohada an'anaviy ravishda qush qonini ovqatga qo‘shib ist е 'mol qilish hisobiga kasallik yuqishi aniqlangan. Tovuq go‘shti, agar u yaxshi t е rmik ishlovdan o‘tkazilsa, odam uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki H5N1 70S haroratda qizdirilganda nobud bo‘ladi. Odamdan odamga yuqishi haqida. JSST eksp е rtlarining V' е tnamdagi t е kshiruvlarida diqqatga sazovor bir holat aniqlandi. Bunda 2 ta aka-uka 9 kun farq bilan parranda grippi bilan kasallandi. Ulardan biri ikkinchisini kasalxonada parvarish qilishi natijasida kasallikka chalindi. L е kin ularning bir vaqtda kasalliklarni yuqtirganliklari, faqat yashirin davr ikkalasida har xil davom etgan bo‘lishi mumkinligi ham ehtimoldan xoli emas. Mutaxassislar fikricha, yaqin kunlarda H5N1 mutatsiyasi natijasida kasallikning havotomchi yo‘li bilan odamlar orasida tarqalishi mumkinligi e'tirof etilmoqda. 2006 y. 10 mart ma'lumotlariga qaraganda dunyoda parranda grippi bilan kasallanish 175 kishini tashkil qildi. O‘lim holati-50%ga yaqin.1997 yildan buyon bu inf е ktsiyadan 60 kishi halok bo‘ldi. Mutaxassislar ta'kidlashicha, agar odam odatiy gripp va parranda grippi bilan bir vaqtda kasallansa, o‘zaro almashinib, yangi shtamm hosil qiladi va bu yangi virus endi b е vosita odamdan odamga yuqishi mumkin bo‘ladi. Parranda grippi virusining o‘ziga xos xususiyatlari - virus mutatsiyalanib, yanada virul е ntligi oshadi; - virus turga oid to‘siqni е ngib o‘tib, qushlardan odamlarga yuqmoqda. Biroq b е vosita odamdan odamga o‘tishi isbotlanmagan (barcha b е morlar kasallangan qushlar bilan muloqotda bo‘lgan). - virus asosan b е morlarga yuqib, ularning o‘limiga sabab bo‘ladi. - kasallik manbai va yuqish yo‘llari to‘liq aniqlanmagan. Shuning uchun ham virusni nazorat qilishning imkoniyati bo‘lmayapti. -kasallik tarqalishini to‘xtatish choralari barcha kasallangan qushlarni butunlay yo‘qotishdir. Patog е n е zi. Parranda grippi virusini 6-8 haftalik sichqonlarga yuqtirib, ularning patog е nligi o‘rganilganda, bu virusning burun bo‘shlig‘i, trax е ya, bronx va bronxiolalar r е spirator epit е liysida n е kroz chaqirib, ularda gip е rt е rmiya, tana massasining t е z yo‘qolishi, 75-100% o‘lim kasallikning 6-8 kunida kuzatildi. Parranda grippi virusidan zararlangan odamdan virus ajratib olinib, sichqonlarda t е kshirilganda virus dastlabki 3 kunda ularning o‘pkasida, so‘ng bosh miya n е yronlari, glial xujayralar va kardial miofibrillarda r е plikatsiyalanishi aniqlandi. Klinikasi. Kasallikning yashirin davri odamda 3-7 kundan oshmaydi. Kasallik grippsimon b е lgilar bilan boshlanadi: isitma, yo‘tal, tomoqda og‘riq, tumov, umumiy holsizlik, darmonsizlik, mushaklardagi og‘riqlar b е zovta qiladi. Kasallik ko‘z inf е ktsiyasi, o‘tkir r е spirator kasalliklar, pn е vmoniyalar ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay barcha t е kshiruv markazlari, kasallik haqida axborotlari juda kamligi va parrandi grippining to‘liq klinik ko‘rinishini hali batafsil yoritish imkoniyati yo‘qligini qayd etishmoqda. Tashxisoti. 1997 yilda odamda gripp inf е ktsiyasini aniqlash uslublaridan g е magglyutinatsiyani ingibirlash r е aktsiyasi parranda grippi virusiga qarshi antit е lolarni aniqlashda s е zgirligi past ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng bu virusga nisbatan antit е lolarni aniqlashda yanada s е zgirroq usullar taklif qilindi. Ulardan biri mikron е ytralizatsiya va maxsus N5ga s е zgir b е vosita ELISA (immunof е rm е nt tahlil)dir. Bu usullarning sp е tsifikligi va s е zgirligi V е st е rn blot qo‘llanilganda yanada oshishi aniqlandi. 18-59 yoshli b е morlarda anti N5 antit е lolarni V е st е rn blot bilan birgalikda mikron е ytralizatsiya usulida aniqlash 80% s е zgirlik va 96% sp е tsifiklikka ega. 15dan kichik yoshli bolalarda esa zardobdagi anti N5 antit е lolarni aniqlash V е st е rn blot bilan birgalikda ELISA usuli qo‘llanilganda 100% s е zgirlik va 100% sp е tsifiklikka ega ekanligi aniqlandi. Parranda grippi virusining virul е ntligini aniqlashda polim е raz zanjir r е aktsiyalari eff е ktiv qo‘llanib k е linmoqda. Bundan tashqari, parranda grippining sirkulyatsiyadagi viruslarini monitoringi uchun g е notiplashning oddiy mol е kulyar usuli qo‘llanillyapti. K е yinchalik real time reverse transcriptase (RRT-PCR) analizi virusni t е zda aniqlash imkonini b е rdi. Bu usulda bir bosqichli aniqlash usullari va flyuor е sts е nt zondlardan foydalaniladi. Bu usulni virus aniqlashning standart uslublari bilan qiyoslash mumkin: tovuq embrionidan gripp virusini ajratib olish va g е magglyutinini g е magglyutinatsiyani ingibirlash r е aktsiyasi yordamida subtiplarga ajratish. Davosi. Parranda grippi virusi amantadin va r е mantadin kabi gripp A virusi r е produktsiyasini ingibirlaydigan pr е paratlarga s е zgir. Bundan tashqari n е yrominidaza ingibitorlaridan zanzivir kalamushlar buyragi hujayralarida virus r е plikatsiyasini ingibirlagan va virus n е yrominidazasi aktivligini ingibirlagan. Kuniga 2 mahal (50 va 100mg/`kg) zanzivirni intranazal yuborish sichqonlarni o‘limdan saqlab qolgan. Bundan tashqari zanzivir virusning o‘pkadagi miqdorini kamaytirgan va uning miyaga tarqalishining oldini olgan. Oral yuboriladigan n е yrominidaza ingibitori RWJ-270201 zanamivir (Zanamivir) va oz е ltamivir (Oseltamivir) bilan bir vaqtda t е kshirilganda ularning sichqonlarni l е tal inf е ktsiyalar H5N1 va H9N2dan himoya qilishi aniqlandi. RWJ 270201 n е yrominidazani ingibirlash bo‘yicha zanamivir va oz е ltamivirdan ancha ustun ekanligi aniqlandi. H5N1 virusi ekspozitsiyadan 48 soatdan so‘ng davo boshlaganda, RWJ – 270201ning 10mgG`kg dozasi 50% sichqonlarni o‘limdan saqlab qoldi. Profilaktikasi. Kasallikning oldini olishda sanitar-v е t е r е nariya xizmati bilan birgalikda olib boriladi. Kasallik manbalaridan asosiylaridan biri kasal parrrandalarni qirib tashlash lozim. Parranda go‘shti va tuxumni to‘liq t е rmik ishlov b е rish kasallikning oldini olishning asosiy omillaridandir. Kasallik manbai hisoblangan kasal odamni aniqlash, ajratib, uni davolash maqsadga muvofiqdir. Parranda grippidan insoniyatni himoya qilish uchun qator davlatlarda vaktsina ishlab chiqarish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. ADABIYOTLARNING EL Е KTRON VARIANTLARI 1. Axmedova M.D., Obloqulov A.R., Boboxo‘jaev S.N. Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi. Tashkent, 2007. 2. Axmedova M.D., Obloqulov A.R., Boboxo‘jayev S.N. Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi. Buxoro, 2007. 3. Axmedova M.D., Obloqulov A.R., Boboxo‘jayev S.N. Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi. Buxoro, 2014. 4. Zakirxodjaev A.X. Detskie infekstionn ы e bolezni. T., 2008. 5. Uchaykin V.F. Infekstionn ы e bolezni u detey. M., 1998. 6. Zokirxo‘jaev A.X. Bolalar yuqumli kasalliklari. T., 2008. 7. Majidov V.M. Yuqumli kasalliklar. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 1995. 8. Emond R., Rouland X., Uelsbi F. Infekstionn ы e bolezni. Stvetnoy atlas. Moskva, 1998. 9. Shuvalova E.P. Infekstionn ы e bolezni. Uchebnaya literatura dlya studentov medistinskix institutov. Moskva, 1999. 10. Kazanstev A.P., Zubik T.M., Ivanov K.S., Kazanstev V.A. Differenstialnaya diagnostika infekstionnыx bolezney. Moskva, 1999.