logo

Bezlar to’risida tushuncha. Tashqi va ichki sekresiya bezlari. Bir hujayrali va ko’p hujayrali, oddiy va murakkab morfologik tuzilishiga ega bezlar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

52.5 KB
Bezlar to’risida tushuncha. Tashqi va ichki sekresiya bezlari. Bir hujayrali va ko’p hujayrali, oddiy va murakkab morfologik tuzilishiga ega bezlar REJA 1. Odam va hayvonlar organizmida bezlarning ahamiyati 2. Bir hujayrali ekzokrin bezlar tuzilishi 3. Kam hujayrali ekzokrin bezlar tuzilishi 4. Sekresiya tiplari haqida tushuncha Odam va hayvonlar organizmida turli xilda bir talay bezlar bo’ladi. Ularning ko’pchiligi terida, ovqat hazm qilish sistemasi va nafas yo’llari devorida joylashgan. Ayrimlari mustaqil holda joylashgan bo’lib, sekret chiqaradigan yo’llari organizmning tashqarisiga yoki ichki bo’shliqlariga ochiladi. Masalan, ko’z yoshi bezining mahsuloti tashqariga chiqadi va ko’z pardasini tozalab, namlab turadi. So’lak bezlarining yo’li oiz bo’shliiga ochiladi, so’lak ovqatni namlab, uni qisman parchalab beradi. Ie'da osti bezi yo’llari o’n ikki barmoq ichakka, prostata bezining sekret yo’llari siydik chiqaruvchi nayiga ochildi. Ularda ishlanib chiqqan sekret organizmda o’ziga xos muhim vazifalarni bajaradi. Umuman hujayralari o’ziga xos suyuqlik-sekret ishlab chiqaradigan va organizmda muayyan vazifa bajaradigan organ bez deb aytiladi. Sekret ishlab chiqaradigan bezlarning hujayralari glandulositlar deyiladi. Bezlar o’z mahsuloti bilan organizmning o’sishida, ovqat hazm qilishida va boshqa talaygina jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. bezlarning deyarli hammasi epiteliy to’qimasidan tarkib topgan. Har bir bez o’zicha mustaqil organ hisoblanadi, yiriklari tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan qobiq bilan o’ralgan. Ularning har qaysisi qon aylanishsistemasiga va spesifik kanalchalar tarmoiga ega. Har xil nervlar bilan innervasiya qilinadi. O’z mahsulotining tarkibi va vazifasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Organizmdagi barcha bezlar odatda ikkita yirik guruhga bo’lib o’rganiladi: 1) tashqi sekresiya bezlari, ya'ni ekzokrin bezlar; 2) ichki sekresiya bezlari, ya'ni endokrin bezlar. Morfologik tuzilishi jihatidan ekzokrin bezlar chiqaruv kanalchalariga ega bo’lib, o’x mahsulotini shu kanalchalar orqali organizmning tashqarisiga, ya'ni teri yuzasiga va ichki bo’shliqlariga (oiz bo’shlii, qizilo’ngach, me'da va ichaklarga) chiqaradi. Endokrin bezlarda esa bunday kanalchalar bo’lmaydi, ular o’z mahsulotini bevosita qon va limfa tomirlariga, orqa miya suyuqligiga chiqaradi. Tashqi sekresiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulot sekret deyiladi, ishlab chiqarish jarayoni esa sekresiya deyiladi. Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan va tashqariga chiqariladigan moddalar ekskretlar deyiladi. Ekzokrin bezlarga so’lak, ter, sut bezlari, me'da va ichak devoridagi bezlar, ko’z yoshi va me'da osti bezining ko’pgina qismi kiradi. Endokrin bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, bo’yrak usti va jinsiy bezlar kiradi. Tuban xordalilardan endostil, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilardan ultimobronxial tanachalar kiradi. Endokrin bezlardan ishlanib chiqadigan mahsulot inkret, ya'ni gormon deyiladi. Tashqi va ichki sekresiya bezlari epiteliy to’qimalariga, nisbatan joylashishiga qarab: ekzoepiteliy va endoepiteliy guruhga bo’linadi. Ekzoepiteliy bezlar epiteliy to’qimasining tashqarisida yoki uning ostida joylashgan bezlardir. Bular, masalan, so’lak, ter, yo bezlari va jigar. Agar bezlar epiteliy to’qimasining tashqarisida emas, balki uning qatlamida joylashgan bo’lsa, ular endoepiteliy bezlar deyiladi. Masalan, kekirdak shilimshiq pardasi epiteliysining barida joylashgan bezlar shular jumlasidandir. Ekzokrin bezlar, odam va hayvonlar organizmidagi bezlarning ko’p qismini tashqi sekresiya bezlari tashkil etadi. ular o’z mahsulotini ovqat hazm qilish sistemasining ichki bo’shliiga va nafas yo’llariga chiqaradi. Demak, benday bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hujayralardan tashqari, chiqaruv kanalchalari sistemasiga ham ega. Bezlarning mahsuloti har xil bo’lib, tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bez qaysi organda joylashgan bo’lsa, shu organning bajaradigan fiziologik vazifasi ta'minlanishida aktiv ishtirok etadi. ma'lum bo’lishicha, tashqi sekresiya bezlari juda xilma-xil bo’lib, ular tuzilishi, sekresiya qilish usullari (sekresiya tiplari), sekretining tarkibi va tashqariga chiqarish yo’llari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi sekresiya bezlarini o’rganish- da har xil klassifikasiyalardan foydalaniladi. Tashqi sekresiya bezlari bir hujayrali, ko’p hujayrali va kam hujayrali bezlarga bo’linadi. Bu bezlar asosan bitta bez hujayrasidan tashkil topgan. Umuman olganda, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar organizmining turli joyida uchrab, har xil shaklda bo’ladi. Bularga bir hujayrali qadoq-simon bez ham deyiladi. Umurtqali hayvonlar bilan odamda bir hujayrali bez ko’p tarqalgan. Bu bez organizmning nafas yo’llarida ko’p qatorli epiteliy tarkibida uchrab, o’z sekretini shu epiteliy yuzasiga chiqaradi. Havoni changdan tozalash va namlab berish vazifasini ham bajaradi. Bu bez yo’on ichakda, ayniqsa, uning oxirgi qismida juda ko’p uchrayda, bu erda esa himoya vazifasini bajaradi. Chiqindi moddalarni bir- biri bilan yopishtirib, ichakdevorini ortiqcha mexanik ishqalanishdan saqlab, yara- chaqa bo’lishiga to’sqinlik qiladi va ichak peristaltikasi yordamida so’rilishni osonlashtiradi. Nihoyat, tuban umurtqalilar, nemertin, mollyuskalar va ko’pgina boshqa jonivorlarning bez mahsulotlari to’siqlik vazifasini o’taydi. Turli umurtqasizhayvonlarda bir hujayrali bezning boshqa shakllari ham uchraydi. Ichak epiteliysi tarkibida uchraydigan bir hujayrali bez mikroskopda yaxshi ko’rinadi. Sekret asosan hujayraning apikal qismiga surilgan bo’lib, o’lchami har xil bo’lgan pufakchalar shaklida sitoplazmani to’ldirib turadi. yadro va organioidlari sitoplazma devoriga yaqin yoki bazal qismiga surilgan bo’ladi. Organoidlardan ko’zga yaxshi ko’rinadigan bu-yadroning apikal qismida joylashgan Golji apparatidir. Bu hujayra asosan shilliq, sekret ishlab chiqaradi. Hujay-raning apikal qismi kengaygan bo’lib, bazal qismi tomon ingichkalashib boradi. Sekret apikal qismidagi teshikchadan tashqariga chiqib, hujayra yana qadaqsimon shaklga kiradi. Ko’p hujayrali ekzokrin bezlar. Bu xildagi bezlar har xil yiriklikda va mustaqil tuzilishga ega bo’ladi. Tarkibida bez hujay-ralaridan tashqari, boshqa to’qima hujayralari ham uchraydi. Lekin sekret ishlab chiqarishda faqat glandulositlar ishtirok etsa, boshqa to’qimalari bezning trofik va metabolit jarayonlarida ishtirok etadi. ekzokrin bezlar turlicha murakkablikka va xilma-xil strukturaga ega. Shuning uchun ularni o’rganishda morfologik tuzilishiga asoslab yaratilgan klassifikasiyadan foydalaniladi. Organizmda uchraydigan ko’p hujayrali tashqi sekresiya bezlari chiqaruv kanalchalarining tarmoqlanishiga qarab, oddiy va murakkab bezlarga bo’linadi. Oddiy bezlar, o’z navbatida, tarmoqlanmagan va tarmoqlangan chiqaruv kanalchali guruhlarga bo’linib, har bir guruhdagi bezlar o’z shakliga ega va organizmning har xil joylarida tarqalgan. Tarmoqlanmagan oddiy bezlar naysimon, alveolyar (sharsimon) hamda kalavasimon shaklda bo’ladi, ya'ni ular uzun naysimon shaklda bo’lib, nay devorining asosiy qismida sekretor hujayralari joylashadi, ishlab chiqargan sekret esa shu nay bo’shliiga o’tib, tashqariga chiqariladi. Tarmoqlangan oddiy bezlarning sekretor qismlari ham xuddi yuqoridagidek (naysimon, alveolyar) shaklda bo’ladi, lekin naychalari bitta bo’lmay, bir nechta tarmoqlardan tashkil topgan bo’ladi. Tarmoqlanmagan oddiy naysimon bezlarga ter bezlari, yo’on ichak kriptalari devoridagi bezlar, me'daning pilorik qismidagi va ayrim fundal bezlar kiradi. Tarmoqlanmagan alveolyar bezlarga esa teridagi ayrim yo bezlarga kiradi. Kalavasimon bezlar ham me'da devorida uchraydi. Kam hujayrali ekzokrin bezlar. Bunday bezlar asosan birlamchi oizli jonivorlar organizmida tarqalgan. Masalan, qo’sh qanotli hashoratlarning so’lak bezlarida ana shunday kam hujayrali ekzokrin bezlar uchraydi. Bu bezlar asosiy sekretor hujayralar va sekret chiqaruv naychasida joylashgan hujayralardan tuzilgan bo’lib, sekret hujayralari murakkab tabaqalanishga ega. Hujayralar sitoplazmasida endoplazmatik to’rdan iborat sisierna ko’rinishida oqsil sintez qiluvchi apparat juda yaxshi rivojlangan. Unda talaygina mitoxondriylar bo’lib, ularning bir qismi plazmatik membrananing bazal burmalarida joylashgan. Golji apparati esa sitoplazmaning hamma erida alohida-alohida kompleks bo’lib joylashgan bo’ladi. Endokrin bezlar. Umurtqali va ayrim umurtqasiz hayvonlar organizmida o’ziga xos morfologik tuzilishga ega va bajaradigan fiziologik vazifasiga ko’ra, har xil bo’lgan bir necha bezlar uchraydi, ular endokrin, ya'ni ichki sekresiya bezlar deyiladi. Ular birgalikda endokrin va gumoral sistemani tashkil qilishda ishtirok etadi. Endokrin bezlarning ekzokrin bezlardan asosiy morfologik farqi shundaki, endokrin bezlar, yuqorida qayd qilib o’tilganidek, sekretini, ya'ni gormonini ekzokrin bezlar kabi chiqaruv kanalchalariga emas, balki bevosita qon, limfa tomirlariga va orqa miya suyuqligiga chiqaradi. Endokrin bezlar evolyusion rivojlanish davrining so’nggi bosqichlarida paydo bo’lgan organlarga kiradi va ko’p hujayrali organizmlarning ko’pchiligida uchramaydi. Faqat bo’imoyoqlilar va umurtqalilarda ular yuksak darajada rivojlangan bo’ladi. Umurtqali hay-vonlarda quyidagi ichki sekresiya bezlari farq qilinadi: gipofiz, epifiz, ayrisimon bez, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me'da osti bezining endokrin qismi, ya'ni Langergans orolchalari, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlarning endokrin qismlari va yo’ldosh shular jumlasidandir. Endokrin bezlar uncha yirik bo’lmasa ham, lekin ular o’ziga mustaqil bo’lib, organizm uchun juda zarur gormonlar ishlab chiqaradi. Bez gormonlari organizmda moddalar almashinuvi, rivojlanish va o’sish, jinsiy baloatga etish kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi va ularni jadallashtiradi. Morfologik tuzilishiga ko’ra, ular xuddi boshqa organlarga o’xshab, tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan kapsula bilan o’ralgan. So’ng bu to’qima bez ichiga o’sib, o’zi bilan qontomir va nerv sistemasini olib kiradi. Shuni ham aytish kerakka, endokrin bezlar boshqa organlarga nisbatan qon tomirlarga boy, shu tufayli ham ular qonni o’zidan ko’p o’tkazadi. Ularda har bir granulosit hujayralar atrofidan kapillyar tomirlar o’tgan bo’lib, ular o’z gormonini bevosita shu kapillyar tomirlarga chiqaradi. Endokrin bezlar organizmning ko’p qismida joylashgan. Ular embrional rivojlanish davrida embrionning uchala varaidan (ektoderma, entoderma va mezodermadan) hosil bo’ladi. 1. Ektodermadan hosil bo’ladigan bezlar. Bular o’z navbatida: a) nerv sistemasi bilan birga bitta pushtadan kelib chiqadigan bezlarga (bularga boshoyoqlilarning optik bezlari, umurtqalilarning buyrak usti bezining maiz, ya'ni adrenal qismi kiradi) va b) ektodermaning boshqa qismlaridan hosil bo’ladigan bezlarga (umurtqalilarda adenogipofiz bezlari) farq qilinadi. 2. Entodermadan hosil bo’ladigan bezlar. Bularga qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, me'da osti bezining endokrin qismi kiradi. 3. Mezodermadan hosil bo’ladigan bezlar. Bularga buyrak usti bezining po’stloq qismi bilan jinsiy bezlar kiradi. ADABIYOTLAR 1. Qodirov E.Q. Gistologiya. Toshkent. «O’qituvchi». 1994 y. 2. Zufarov K.A. Gistologiya. Toshkent. «Medisina». 1991 y. 3. Zavarzin A.A. Osnova sravnitelnoy gistologii. Uchebnoe posobie. Leningrad. LGU. 1985 g. 4 . Kuznesov S.L., Mushkambarov N.N., Goryachkina V.L., Atlas po gistologii, sitologii i embrionologii. "Medisinaskoe informativnoe agentstvo». Moskva 2002 g. 5. Алимов Д . А . Гистология ва эмбриология . «Ўқитувчи» - 1966. 6. Антипчук Ю.П. Гистология с основами эмбриологии. М. Просвешение, 1983. 7. Афанасьев Ю.И. Гистология. М. «Медицина», 1989. 8. Бадалхўжаев Гистологиядан амалий машғулотлар. (ўқув қўлланма), Андижон-2006.