logo

Tasviriy san’at tarixi fani va uning maqsad vazifalari tаsviriy sаn’аt tur vа jаnrlаri jahon muzeylari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6242.5 KB
Tasviriy san’at tarixi fani va uning maqsad vazifalari t а sviriy s а n’ а t tur v а j а nrl а ri jahon muzeylari Reja: 1. San'atning kеlib chiqishi, mazmuni va mohiyati, 2. Tasviriy san'atning tur va janrlari 3. Jahon muzeylari 4. Er. av. 3 ming yillikgacha bo`lgan davrda Tosh asri 5. Shu davrdagi mе’morchilik tasviriy va amaliy-dekorativ san'at. 6. O`rta Osiyo, O`zb е kistonning iptidoiy davrdagi yodgorliklari. San'at juda qadim zamonlarda, m е hnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo`ldi, M е hnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik xissi ortdi, voq е likdagi go`zallik qulaylik va foydalilik tushunchalari k е ngaydi. Sinfiy jamiyat vujudga k е lishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi aqliy mehnat jismoniy m е hnatdan ajralib chiqa boshladi, Bu esa fan va san'at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Prof е ssional san'at va san'atkorlar shu davrda paydo bo`ldi. San'at esa o`zining o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning id е ologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. L е kin shunga qaramay, omma orasidan y е tishib chiqqan ist е 'dodli ijodkorlar m е hnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va xudbinlik oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag`lubiyatlari ularning asarlarida o`z ifodasini topdi. Xar bir davrda mavjud bo`lgan ana shunday san'at hayot go`zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni t е nglik ozodlik birodarlik yorqin k е lajakka intilishga da'vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo`lib qolmay, balki o`zida inson aql-zakovati, hayot to`g`risidagi fikruylarini aks ettiruvchi ko`zgu hamdir, Jaxon san'ati tarixini o’rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o`tmish odamlarning xis- to`yg`u, hayotiy tajribalarini o`rganish g`oyaviy-est е tik qarashlarning shakllanishini bilish d е makdir. Bu so`zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san'at turlariga rangtasvir, arxit е ktura, grafika, haykaltaroshlik kiradi. Grafika. Hozirgi zamon san'atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san'atidir. Tasviriy san'atning bu turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli rasm, illyustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi. Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda qog'ozga ishlanadi. Grafikaning xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mazmunni ochib beradi. Grafika san'ati hozirjavob san'atdir. Masalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun uzoq vaqt kerak bo'ladi (axir ba'zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun 15-20 yil kerak bo'lgan), grafika san'ati asarlarida esa shu bugun sodir bo'lgan voqea shu bugunoq o'z aksini topishi mumkin. Grafika san'atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham, uning xarakterli tomonini belgilamaydi. Masalan, D. Moorning «Sen ko'ngilli bo'lib yozildingmi?», Toidzening «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam kiyimi ochiq qizil rangda ko'rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish qiyin. Rassom rang orqali o'z asarining yanada ta'sirchan bo'lishiga erishgan. Kishi shu plakat oldidan o'tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o'ziga tortadi. Natijada u to'xtab plakat mazmunini chuqurroq bilib oladi. Rus san'atining atoqli vakillari Mayakovskiy, Cheremnixlar qizil rangdan davlatning ramzi sifatida foydalanganlar, ular rus kishilarining rasmini qizil rang bilan, hokimiyatning dushmanlarini esa qora va ko'k ranglarda ishlab, o'z g'oyalarini tez va oson tushunarli bo'lishiga erishganlar. Grafika asarlari o'zining bajaradigan funksiyasi va mazmuniga qarab, dastgoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal grafikasi, plakat hamda amaliy grafika san'atiga bo'linadi. Dastgoh grafika san'atiga mustaqil xarakterga ega bo'lgan, o'zida tugal fikrni anglata oladigan, yangi g'oyalarni ilgari suradigan grafika asarlariga aytiladi. Dastgoh grafika san'ati asarlarining ko'rinishlaridan biri estampdir. Dastgoh grafikasi asarlarida biron-bir mazmun, odamlarning xatti- harakati, tabiat ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob va jurnal mazmuni bilan bog'liq bo'ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to'laroq ochib berish uchun xizmat qiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasiga rassom tomonidan kitob va gazetalarga chizilgan turli rasmlar, bezaklar, harf kompozitsiyalari kiradi. Kitob hamda gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlaridan biri bu illustratsiyalardir. Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog'liq bo'lib, shu asarda tasvirlangan bironbir lavhaning tasvirini aks ettiradigan rasmga aytiladi. Rassom biror-bir hikoya yoki kitobga illustratsiya ishlashga o'tishdan oldin uni sinchiklab o'qiydi, matnda tasvirlangan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir bo'layotgan joyning xususiyatlarini o'rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi. Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga va ta'sirliroq bo'lishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko'rinishda bo'ladi. Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim voqealar tasvirlanishi mumkin. Kitob va gazeta-jurnal grafikasining ko'rinishlaridan yana biri karikatura bo'lib, u tanqidiy xarakterga ega bo'ladi hamda o'zida satira va yumorni mujassamlashtiradi. Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni o'z asariga mavzu qilib oladi va uning ba'zi tomonlarini bo'rttirish orqali rasmlarning qiziq va kulgili bo'lishiga erishadi. Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklarni tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zamonamiz, kislularimiz sha'niga dog' bo'lgan hodisa, illat va marazlarni qoralaydi, mavjud bo'lgan nodonlik, xurofot, tekinxo'rlik, poraxo'rlik, davlat mulkiga xiyohat qiluvchilarning basharalarini ochib tashlaydi. Grafika san'atining turlaridan yana biri plakatdir. Plakat lotincha so'zdan oUngan bo'lib, «e'lon», «guvohnoma» degan ma'noni anglatadi. Grafika san'atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri amaliy grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansub. Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san'at emas, u ham san'atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda bo'layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning g'oyalarini xalq orasida targ'ib qiladi. Grafika san'ati eng demokratik san'atdir. U goh plakat tarzida, goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat tarzida o'lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o'sha yerlarda ma'rifat tarqatadi, kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika san'ati katta g'oyaviy-siyosiy ahamiyatga egadir. Rang tasvir. Tasviriy san'atning ikkinchi bir turi rangtasvir san'nlidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san'at turiga kiradi. Rangtasvirda rang muhim o'rinni egallaydi. Agar grafika san'atida rang shunchaki yordamchi vazifani o'tasa, rangtasvirni esa rangsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko'rinarli obrazlarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko'rsatadi. Rangtasvir asarlari yana o'zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi. Rangtasvir Monumental Mo ’ jaz DastgohliDekorativ Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasvirirga, mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga-harakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to'g'risida real tasavvur berishi kerak. Monumental rangtasvir me'morchilikda ma'lum miqdorda bezash vazifasini ham o'taydi, shuning uchun ham uni ba'zan monumental - dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga qarab o'z navbatida bir necha turlarga bo'linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to'g'ridan to'g'ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka rangli tosh, shisha, bo'yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o'yma naqshlar ba'zan har xil shakldagi ramkalar (to'rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo'ladi - bu pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog'ochda) ishlanib olinib bitgandan so'ng devorlarda qoldirilgan maxsus o'rinlarga o'rnatiladi. Lekin mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Ba'zi hollarda panno dastlab xolstga moy bo'yoq bilan ishlanib, keyin kerak bo'lgan o'ringa yopishtiriladi. Monumental rangtasvir Freska Mozayka Panno Dekorativ rangtasvir me'morchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bo'lib, asosan bezash vazifasini o'taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san'ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dekorativ rangtasvir monumental rangtasvir singari to'g'ridan to'g'ri devorga ishlanishi, panno, mozayka tarzida bo'lishi mumkin. Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san'atida yetakchi o'rinni egallovchi san'at turlaridan biri hisoblanadi. Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi. Bunday rasmlar molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ularni dastgohli rasmlar deyiladi. Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo'layotgan muhim voqea va hodisalarni aks ettirishidan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, kechinmalari, his- tuyg'ularini to'liq ko'rsatish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, ularda tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar o'zining yorqin ifodasini topadi. Dastgoh rangtasvir monumental va dekorativ rang tasvirdan farqli o'laroq, mustaqil ahamiyatga ega, u boshqa biron san'atga bog'lanmaydi. Dastgoh rassomligi birmuncha kech paydo bo'lgan bo'lib, uning rivojlanish davri Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda esa tasviriy san'at turlari ichida uning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. O'zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san'atida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.  Peyjaj - manzara janrida tabiat ko’rinishi o’z aksini topadi. Unda real yoki hayolan ko’z oldiga keltirilgan joylar, me’morlik qurilishlari, shahar ko’rinishi (veduta), dengiz ko ’ rinishi ( marina ) va hokazolar tasvirlanadi . Voqelik tasviri va inson atrofini o’rab olgan tabiat ko’rinishi manzarada o’z aksini topadi. Haykaltaroshlik. Tasviriy san'atning turlaridan biri bo'lgan haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo'lgan shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Stol ustiga qo'yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o'rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabi buyumlarning yuzasidagi bo'rtma tasvirlar haykaltaroshlik san'atining turli ko'rinishi hisoblanadi. Haykaltaroshlik asarlari o'z ishlatilish o'rni, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq ko'rinishda bo'ladi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko'rish mumkin bo'lsa, qabariq haykallarni yuzaga bo'rttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan ko'riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so'z bo'lib, yuza degan ma'noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko'rinishi ham aks etadi. Shuning uchun bunday releflarni ba'zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o'z navbatida, ikki turga bo'linadi. Ulardan biri barelef, ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef» ham Х . Stenveyk . « O ’ tkinchi dunyo ». XVII аср fransuzcha so'zdan olingan bo'lib, past relef degan ma'noni anglatadi. Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo'rtgan) bo'lib, lekin uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan, tanga, znachok, medal yuzalaridagi bo'rtma tasvirlar bunga misol bo'la oladi. Bareleflar ayniqsa, amaliy san'at buyumlarini, me'morchilik binolarini bezashda juda qo'l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar, masalan, ko'za, guldon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar, binolarning devorlariga turli hayotiy voqealarni aks ettiruvchi bo'rtma tasvirlar ishlaganlar. «Gorelef» so'zi ham fransuzcha bo'lib, baland relef ma'nosini bildiradi. Haykaltaroshlikning bu turida tasvirlar yuzadan sezilarli darajada bo'rtib chiqqan bo'lib, uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshgan bo'lishi shart. Relefning yana bir turi bor. Bu o'yib ishlangan releflardir. Bunday releflar odatda tekis yuzaga o'yib ishlanadi. Yuzani o'yish natijasida hosil bo'ladigan yorug'-soya o'yini hisobiga tasvir ko'zga tashlanadi. Bunday releflarning imkoniyati chegaralangan bo'lganidan ular amalda juda kam qo'llaniladi. Bunday releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Haykaltaroshlik asarlari uchun turli xildagi materiallar ishlatiladi. Bu materiallar haykalga turli xarakter va mazmun berishda xizmat qiladi. Masalan, tosh-granitda ishlangan haykallar kishida ulug'vorlik, adabiylik baxsh etsa, aksincha, marmarda ishlangan haykallar nozik, ko'rkam ko'rinadi. Shuning uchun haykallar o'zining mazmuni va o'rnatiladigan joyiga qarab, har xil materiallardan ishlanadi. Haykaltaroshlik materiallari ko'p. Bu plastilin, loy, yog'och, metall, marmar, granit, suyak, sement, gips va hokazolardir. Qimmatli metallar-oltin, kumush, nikellar ham haykaltaroshlikda qo'llanadi. Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Xalq haykaltaroshligida haykallarni bo'yash hollari uchraydi. Bunga O'zbekiston hududidan topilgan qator haykaltaroshlik asarlari misol bo'la oladi. Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy san'atning boshqa turlari kabi o'zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator tur va janrlarga bo'linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda biz monumental, dekorativ va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o'rnatilgan yirik o'lchovdagi, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda monumental haykaltaroshlik asarlari o'zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Lekin shu bilan birga, u bevosita muhit bilan bog'liq bo'lib, me'morchilik binolari hamda tabiat bilan uyg'unlikda bo'lishi lozim. Bu unga yanada ulug'vorlik va ta'sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo'lgan xysusiyatlardan biri bu tasvirlanayotgan qahramonlarning ko'tarinki ruhdagi tasviridir. Monumental haykaltaroshlik asarlari doim ochiq havoda turish uchun mo'ljallangan bo'lganligi sababli ular uzoq turadigan qattiq materialdan, masalan, tosh, bronza va hokazolardan ishlanadi. Bulardan tashqari, monumental haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko'rishga mo'ljallanganligi sababli ularda katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi mayda detallar ko'rsatilmaydi. Istirohat bog'lari, xiyobon va ko'chalar, shuningdek, me'morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ haykaltaroshlik san'atiga kiradi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi monumental haykaltaroshlikdan shu bilan farq qiladiki, agar monumental haykaltaroshlik asarlari o'zida mustaqil mazmunni anglatib, me'morchilikka ham, tevarak-atrofga ham tobe bo'lmagan holda, kishiga mustaqil fikrni bera olsa, dekorativ haykaltaroshlik asarlari esa bevosita me'morchilik bilan bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari agar monumental haykaltaroshlik asarlarini ishlashda obrazlarni ko'tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida esa obrazlar biroz yumoristik tarzda talqin etiladi, bo'rttiriladi. Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvon va qushlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan turli bo'rtma tasvirlar, amaliy san'at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar ham dekorativ haykaltaroshlikka kiradi. Turli fontanlar, panjaralar, badiiy darvozalar ham dekorativ haykaltaroshlik namunalari sifatida qaraladi. Chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o'yinchoqlar ham shu haykaltaroshlikning ko'rinishi hisoblanadi. Dastgoh haykaltaroshligiga o'zida mustaqil mazmunni anglatadigan, san'atning bosh turlariga tobe bo'lmagan asarlar kiradi. Bunday asarlar ko'rgazmalarga qo'yish, uylarga qo'yish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik o'zining butun borlig'i bilan aks etadi. Haykaltaroshlik san'atining bu turi inson, psixologiyasidagi nozik o'zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyatiga ega. Xuddi shu holda u tabiatdagi mavjud hayvon va jonivorlami ishlashda ham ularning hayoti, kuchi, xarakterini ko'rsata oladi. Dastgoh haykaltaroshligining ko'rinishlaridan biri byust bo'lib, u odam gavdasini aks ettiruvchi dumaloq haykal hamda o'zida bir qator obrazlarni mujassamlashtirgan haykallar guruhi (kompozitsiya) tarzida bo'ladi. Haykaltaroshlik san'atining yana bir ko'rinishi - terrakota hisoblanadi («terrakota» italyancha so'z bo’lib, pishirilgan loy ma'nosini bildiradi). Terrakota keng ma'noda loydan yasalib, pechda pishirilgan haykaltaroshlik asarlaridir. Haykaltaroshlikda insonning faqat tashqi ko'rinishi tinch turganligi holati yoki harakatdagi paytini aks ettirish bilan uning imkoniyati tugamaydi. Undagi kechinmalar, uning hayajon va g'amginligi, kelajakka intilishi va o'tmishga qayg'urishi ham o'z ifodasini topadi. Haykaltarosh asarida insonning tevarak-atrofga bo'lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin. Bunda, albatta, eng avvalo, haykaltaroshning o'ta ziyrakligi, odam gavdasi va mimik o'zgarishlarini to'g'ri ifodalashi muhim o'rinni egallaydi. To'g'ri topilgan harakat yuzdagi mimik holat - bular uning ta'sirli bo'lishiga zamin tayyorlaydi. Tasviriy san'atning turlari. MILOSLIK AFRODITA Portrеt - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning tashqi va ichki kеchinmalarini tasvir orqali ochib byeradi. Portrеt janrida ishlangan tasviriy san'at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi. Avtoportrеt - portrеt janrining kurinishlaridan biri bo`lib, musavvir o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi. Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi kurinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voq е alar emas, balki musavvirning ichki k е chinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari d е ngiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan U. Tansiqbo е vning ``O`zb е kistonda mart", "Jonajon o’lka", "M е ning qo`shig’im", N.Kashinaning "Tog’da bahor", Z.Inogomovaning ,,Arpa o’rimi", "Choyga", R.T е murovning "Bibixonimda bahorim, "Ulugb е k madrasasi" asarlari mualliflarga shuxrat k е ltirdi. Natyurmort - fransuzcha so`z bo`lib, "jonsiz tabiat" d е gan ma'noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qo’llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, m е va va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida t е varak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro’y byerayotganligini ham ko`rsata oladi. Tinkle ijodkor musavvirlardan R. Axm е dov, L.Salimjonova, R. Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar. Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz o`zok o’tmishda bo`lib utgan vok е a- hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning kurinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir. Botal janr - "botal" frantsuzcha so`z bo`lib, "jang", "urush" ma'nosini bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar mamzarasini asosiy o`rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga bo`lgan ch е ksiz muhabbati ifodalanadi. L е onardo da Vinchi, M.B. Gr е kov, G.QSovitskiy, •A.A.D е yn е ka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M. Nabi е vnnng "Spitam е n ko`zroloni', musavvir R, Rizamuhamm е dovning "Mukanna ko`zgololi"., musavvir T. Sodiqovning Tumarisning qasosi" nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi. Animalistik - janr o`zgacha ) tasiry san'at turidir. U lotincha "anima", "hayvonot olami" d е gan ma'noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot, dunyosiga" zur qiziqish, s е vgi va mahorat bilan yondoshadi. Xayvonot dunyosi iptidoiy odamlar. hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining d е vorlariga kiyiq qutos, mamontlarning suratlarini chizganlar. Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar to`zishda hamda monum е ntal kompozitsiyalar yaratashda asosiy hisoblangan XVI asrga k е lib hayvonot olami anatomiyasini buyuk. musavvirlar L е onardo da Vinchi va A. Dyuryerlar ishladilar. K е ksa haykaltarosh va grafik musavvir V, A.Vatagin o`zining asarlarida turt oyokli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi. Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim byerish jarayonida mazmuniy to`liq ochib byerishi uchun jonli nutq, orkali so`zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat-lavhalar, Adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqir. Maishiy janr: tasviriy sanatda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli vok е alarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - Pityer d е Xoh Ostad е , St е n, Tyerborh Vyermyer qabilar ijodida namoyon bo`ladi. R е alist rassomlardan P.F е dotov, V.Pyerov, V.Maksimov* V.Makovskiy, QSavitskiy, I.R е pin qabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar. O`zb е k rassomlaridan R.Axm е dov, M.Saidov, Z.Inogomov, R.Chori е v, R.Abdurahmonovlar hamda shu janrda barakali ijod etmoqalar. Jahonning eng yirik tasviriy san’at muzeylari. Badiiy muzeylar. “Muzey” yunoncha “Muzeyon” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimgi Yunon afsonalariga ko’ra, san’at va fan mabudalarihisoblangan muzalar uchun mo’ljallangan muqaddas joy ma’nosini anglatadi. “Muzey” so’zi uyg’onish davrida rasmiy tus oldi. Badiiy muzeylarda asosan tasviriy va dekorativ amaliy san’at asarlari to’plandi, saqlandi, namoyish etildi va ta’mirlandi. Dunyoda birinchi bo’lib davlat muzeyi xuquqini Londondagi Britaniya muzeyi olgan edi. Dastlabki muzeylar Evropada tashkil etilgan bo’lsa, Sharqda ular 19-20 asrlarda paydo bo’ldi. Xususan Dexlida Hindistonning milliy muzeyi (1848 y), Pekindagi Gugun muzeyi (1914 y), Yaponiyadagi Tokio milliy muzeyi (1871 y) va boshq. Badiiy muzeylar orasida tasviriy san’at muzeylari bilan bir qatorda maxsus amaliy san’at muzeylari ham bor. Shuningdek, tasviriy san’atning u yoki bu turi yoki oqimiga bag’ishlangan muzeylar ham mavjud. Masalan Parijdagi bir muzey Impressionist rassomlar ijodiga bag’ishlangandir. Britaniya muzeyi- dunyoning eng yirik muzeylaridan biri bo’lib, u London shahrida joylashgan. Muzey binosi 1823-1847 yillarda me’mor R.Smerk tomonidan maxsus qurilgan. Bino klassizm uslubida yaratilgan bo’lib, unda ibtidoiy jamoa yodgorliklaridan tartib hozirgi zamon rassomlarining asarlarigacha o’rin olgan. Muzeyda qadimgi Sharq, Evropalik san’atkorlarning asarlari ham saqlanadi. Qadimgi Yunonistonlik Fidiy va uning shogirdlari yaratgan asarlar, qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham bor. Muzey xonalarida Angliya sayoxatchilarining Afrika, Osiyo, Amerika, Okeaniyadan olib kelgan etnografik buyumlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, bu muzeyda ajoyib rasm va miniatyuralar bilan bezatilgan, kamyob qo’lyozma kitoblar ham saqlanadi. Drezden galereyasi- Germaniyaning Drezden shahrida joylashgan. Bu muzey binosi 1847-1854 yillarda me’mor K.Xenel tomonidan maxsus bunyod etilgan. Lekin galereya 1860 yilda ochilgan. Uning dastlabki eksponatlari Rafaelning “Sikstin madonnasi”, Jarjonening “Uyqudagi Venera” asarlari edi. Shuningdek, muzeyda Rembrandt, A.Dyurer, Titsian asarlari ham maqjud. Keyinchalik muzey Evropa rassomlari va haykaltaroshlarining asarlari bilan boyib bordi. Luvr muzeyi- Franyiyaning Parij shahrida joylashgan. Bu bino o’rta asrlarda qo’rg’on, keyinchalik esa qirollar saroyi bo’lgan. Ushbu madaniyat maskani dunyoning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. Muzeydagi nodir durdonalar asosini Angliya qirolligida to’plangan san’at asarlari tashkil etgan. Ular rangtasvir, haykaltaroshlik, dekorativ amaliy san’at asarlaridir. Muzey 1791 yilda milliy muzey maqomini olib, 1793 yilda birinchi bor omma uchun o’z eshiklarini ochgan. Muzeydan Qadimgi sharq, Yunoniston, Rim, Qadimgi Misrda yaratilgan ishlar ham o’rin olgan. Frantsuz xalqi bu muzeyda Leonardo Da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian, Rembrandt, N.Pussen, E.Delekrua va boshqa bir qator dunyoga mashhur san’atkorlarning asarlari borligidan haqli ravishda faxrlanadi. Metropoliten muzey- AQShning Nyu Yo’rk shahrida joylashgan bo’lib, u dunyoning eng yirik muzeyi sanaladi. Mazkur muzey 1970 yilda tashkil topgan. Muzeydagi ekspozitsiyalar asosini turli davrlarda xususiy shaxslar tomonidan tortiq qilingan asarlar tashkil qiladi. Muzeyda 3 mln ga yaqin jahon san’atiga oid asarlar saqlanadi. Uning asosiy binosidan tashqari ko’plab filiallari ham bor. Xususan, uning rangtasvir va haykaltaroshlikdan tashqari amaliy san’at, badiiy fotoga oid alohida bo’limlari ham mavjud. Unda dekorativ-amaliy san’at, musiqa asboblari, kitoblar, liboslar, bolalar rasmlari bo’yicha alohida bo’limlari ham bor. Muzeyda Amerika, Afrika, Tinch okeani orollari xalqlari san’ati, qadimgi Misr, Yunoniston, Rim, Yaqin va Uzoq Sharq xalqlarining san’at asarlari o’rin olgan. Uning ko’rgazma zallarida dunyoga mashxur rassomlardan Rafael, Titsian, El Greko, F.Goyya, F.Xals, Rembrandt, K.Mone, O.Renuar, P.Sezan, P.Gogen, P.Pikasso kabi ko’plab san’atkorlarning asarlari saqlanadi. Ermitaj- Rassiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U ham dunyoning eng yirik muzeylaridan biri. Muzey 1764 yilda tashkil topgan, deb hisoblanadi. Lekin muzey sifatida 1852 yilda ochilgan. Ermitaj “Birlashgan joy” ma’nosini bildiradi. Muzey kollektsiyasida 2 mln 700 mingdan ortiq asar bor. U olti bo’limdan tashkil topgan. 1.Ibtidoiy madaniyat tarixi. 2. Qadimgi dunyo. 3. Sharq madaniyati va san’ati tarixi. 4. Rus madaniyati tarixi. 5. G’arbiy Evropa san’ati tarixi. 6. Numizmatika (chaqa, tanga, medallar) tarixi. Muzeyda rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’atga oid yuzlab eksponatlar bor. Unda Leonardo Da Vinchi, Rafael, Titsian, Velaskes, Goyya, Rubens, Rembrandt, N.Pussen, O.Renuar, A.Matiss, P.Pikasso, Mikelanjelo, O.Roden kabi dunyoga mashxur rassom va haykaltaroshlarning bebaho asarlari saqlanadi. Tretyakov galereyasiga Moskvalik rus savdogari P.M.Tretyakov asos solgan. U o’zi va ukasi S.M.Tretyakov tomonidan to’plangan san’at asarlari hisobiga 1893 yilda mazkur muzeyni tashkil etgan. P. Tretyakovning tasviriy sai’atga nisbatan ixlosi kuchli bo’lib, o’zi yashayotgan uyi yoniga muzey uchun maxsus bino qurdirgan. Muzeyning ochilishi arafasida Tretyakov tomonidan yig’ilgan san’at asarlari ikki mingga yaqin edi. Muzeyda qadimgi rus ranggasviriga alohtsda o’rin ajratiltan edi. Unda Andrey Rublev, I.Nikitin, F.Rokotov, D.Levitskiy, O.Kiprenskiy, V.Tropinin asarlariga ham keng o’rin berilgan edi. Muzeyning alohida zali mashhur rus rassomi A.Ivanovning’ "Isoning xalqqa ko’rinishi" va K.Bryullov tomoiidan yaratilgap portretlar uchun ajratilgan. Galereyada XIX asr rus rashtasvirida o’chmas iz qoldirgan A.Venetsianov, I.Kramskoy, V.Vasnstsov, V.Vereshchagin, V.Surikov, I.Repin, I.Shishkin, I.Levitan asarlari uchun ham katga o’rin berilgan. Bu rassomlar asarlari orasida A.Savrasovning "Qora qarg’alar uchib kelishdi", V.Surikovning "Boyvuchcha Morozova", I.Repinning "Kursk guberniyasidagi salb yurishi", I.Levitanning "Mart", V.Serovning "Shaftoli ushlagan qiz" nomli asarlari galereyaning eng bebaho durdonalaridan xisoblanadi. Tretyakov galereyasida 1932 yildan boshlab yaqin xorijiy mamlakatlar san’ati namoyish etila boshlagan. Unda Boltiqbo’yi, Kavkaz, O’rta Osiyo respublikalari, Shuningdek, Ukraina, Belorusiya, Moldaviya rassomlarining ijodi doimiy o’rin oldi. Ayiiqsa, T.Salahov (Ozarbayjon), M.Saryan (Armaniston), T.Yablonskaya (Ukraina), O’.Tansiqboev (O’zbekiston) kabi ijodkorlarning asarlari alohida o’rinni egalladi. Galereya Rossiyaning eng yirik muzeylaridan biriga aylangan bo’lib, uning majlislar zalida xalqni estetik ruxda tarbiyalash bo’yicha ma’ruzalar, rassomlar bilan uchrashuvlar ham tez-tez o’tkazib turiladi. Jahonnshp mashhur badiiy muzeylari qatoriga Parijdagi hozirgi zamon sai’ati Milliy muzeyi (1937 y.), Impressionistlar muzeyi (1947 y.) hamda Rim muzeyini ham kiritish mumkin, Rim muzeyida asosai Hiidiston va Sharqiy Osiyo san’atiga oid asarlar saqlanadi va namoyish etiladi. Davlat tasviriy san’at muzeylari va galereyalari Ispaiiyaniig Madrid, Angliyaning London, Chexiyaning Praga, Vegariyaning Budapesht, Shvetsiyaning Stokgolm, Germaniyaning Myunxen, Potsdam, Ukrainaning Kiyev shaharlarida ham mavjud. Rossiyada Ermiggaj va Tretyakov galereyalaridan tashqari SanktPeterburgda Rus muzeyi, Moskvada Pushkin nomidagi tasviriy sansan’at muzeyi ham bor. Hozirgi paytda jahonning deyarli barcha mamlakatlarida tasviriy san’at muzeylari bor. Iptidoiy jamoa san'ati. Iptidoiy jamoa to`zumi insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va o`zoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni hamma xalq va elatlar o`z boshidan k е chirdilar. Ana shu o`zoq davom etgan taraqqiyot jarayonida hozirgi zamon odami tipi paydo bo`ldi, odamlar jamoasi yo`zaga k е ldi, Ishlab chiqarish kuchlarining zaifligi odamlarni koll е ktiv bo`lib yashash va m е hnat qilishga da'vat etdi. Ular kudrat birliqa ekanligini, hayotning ilk bosqichidayok s е zdilar. Bu qudrat ularni tabiat sirlarini urganishga boshladi. Madaniyat va san'at ravnakiga zamin yaratdi. Iptidoiy jamoa to`zumidan bizgacha ashyoviy dalillar –mehnat va ov qurollari, uy-anjomlari va b е zak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yy е tib k е lgan. Shular iptidoiy jamoa kishisining est е tik va diniy qarashlarinm bilishga, iptidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur xosil qilishga yordarl byeradi. Tuprok ostiga kirib k е tgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, g`or va yertula d е vorlariga chizilgan surat va bo`rtma tasvirlar iptidoiy jamoa davri tarixini o`rganishning muhim manbai hisoblanadi, San'at qachon va qanday paydo bo`lgan? San'at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yo`zaga k е ldi va rivojlandi, Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo`pydi, San'atning yo`zaga k е lishi insonning ob' е ktiv voq е lik to`g`risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o`z avlodi tajribalaridan bahramand bo`lishga olib k е ldi, Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga da'vat etdi, uning akliy kamoloti, est е tik karashlari rivojini jadallashtirdi. Arx е ologiyada iptidoiy jamoa to`zumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan matyeriallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi: 1. Tosh asri - eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha bo`lgan davr. 2. Mis va bronza asri - eramizdan avvalgi 3-2 ming yillik 3. T е mir asri - eramizdan avvalgi 1 ming yillik Haykaltaroshlikda hayvonlar tasvirini yasash k е ng o`rinni egallaydi. Odem tasviri, ayniqsa, ayollar haykali pal е olit davrida k е ng uchraydi. Harbiy Е vropadan (Avstriya) topilgan "Vill е ndorf V е nyerasi" d е b nomlangan haykal mashhurdir. Haykal hajm jihatidan katta emas, (balandligi 0,06 m.) l е kin kurinishi jihatidan monum е ntal, Haykalda ortikcha d е tallar yuq. Ichki kuch-kudratga tula haykalda bosh qismi bir oz b е lgilangan, yo`z d е yarli ishlanmagan, past tomonida tugallik yo`q l е kin shunga qaramasdan, haykal o`zining tulaqonligi, ichki kuchga tulaligi bilan yaxshi taassurot qoldiradi. M е zolit yoki o`rta tosh asrida odamlar katta bo`lmagan to`daga ajralgan holda yashay boshlashlari ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin kuchib o`tish, katta yer maydonlaridan foydalanish imkoniyatini byerdi. Qurollarning (mehnat va ov qurollari) ixcham, qulay bo`lishiga e'tibor kuchaydi. Uq kamon-yoy, qayiqlarning ixtiro qilinishi iptidoiy jamoa kishisining hayoti yanada yaxshilanishini ta'minladi. Odamlar yog`och, qamishdan foydalanib, o`zlariga kerakli buyumlar yasay boshladilar. Odamlar tasavvurlarining kengayishi, abstrakt tushunchalarning yuzaga kelishi san’atning shakl va mazmun xarakterida ham sezila boshladi. San’at mavzusi kengaydi, janrlari esa ortdi. Jang voqealari, ovchilikni aks ettiruvchi murakkab kompozitsiyalar yaratildi. Ishlangan suratlarda voqealarni keng, atroflicha bayon etishga intilish ortdi. Rassom o’z fikrini bayon etish uchun obrazlarni sxematik va shartli belgilar tarzida tasvirlangan xolda, bo’layotgan voqeaning mohiyatini ochishga harakat qildi. Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, O`rta Osiyodan topilgan suratlar diqqatga sazovordir. "Kiyiklarni ovlash" (Ispaniya) suratlarida obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol s е ziladi), sx е matiq o`ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. L е kin bu shartlilik rassom aytmokchi bo`lgan fikrni tushunishga halaqit byermaydi. Ov manzarasidagi holat - kiyiklarning jon talvasada kochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, hayajon iptidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan. O`rta Osiyo (Surxondaryo, Fargona), Ozarbayjon (Kobiston)dan topilgan suratlarda ham shu holni ko`ramiz. Zaravutsoy (Surxondaryo), S е ymalitosh (Fargona) suratlari mashhurdir. Bu suratlarda ovchilarning xayvonlarga xujumi aks ettirilgan, Zaravutsoydagi niqob kiyib, uljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettirgan surat o`tmish hayotining ma'naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan b е zash k е ng tus oldi. Parall е l, spiralsimon va to`lqinsimon chiziqlar, konts е ntrik aylanalar shu davrdagi ko`pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. G е om е trik naqtar asta-s е kin sx е matik odam, hayvon va o`simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan k е ngayib bordi. Uning el е m е ntlari koinot kuchlarining ramziy b е lgilarini aks ettira bordi. Masalan, roz е tka-quyosh ramzi, to`lqinsimon chiziq-harakat, suv ramzi va.hk Neolit yoki yangi tosh asrida (grekcha “neos”-yangi) odamlar faqat tabiat in’om etgan maxsulotlarni iste’mol qilish bilan chegaralanmay, balki o’zlari ham uni yaratishga, ko’paytirishga harakat qila boshlaydilar. Endilikda ovchilikdan tashqari, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullana boshladilar. Ishlab chiqarish jarayoni kuchaya bordi, shu bilan birga, kishilarning ma’naviy olami, dunyoqarashi ham murakkablashib bordi. Bu asrda ham toshlardan qurol yasash muhim rol o’ynadi. Lekin endilikda toshni qayta ishlash, uni pardozlash, shu asosda juda nozik buyumlar yaratishga ko’proq e’tibor berila boshlandi. Kulolchilik (keramika)ning paydo bo’lishi ham yangi tosh asrining muhim belgilaridan hisoblanib, ba’zan yangi tosh asrining keramika asri deb atalishi ham shundandir. Qurish san’atining paydo bo’lishi ham ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlardan dalolat beradi. Bu asrda to’qimachilik, terini qayta ishlash ham murakkablashdi. Ijtimoiy hayotda ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi, so’zsiz, odamlar orasidagi munosabatlarning taraqqiy etishiga yordam berdi. Qabilalar orasidagi munosabatlarni kuchaytirdi. Asta sekin pariarxat asri matriarxatni siqib chiqarib, jamoani oqsoqollar boshqara boshladi. Yangi tosh asri oxirlarida esa ayrim yerlarda (Old Osiyo, Misr, Hindiston) dastlabki sinfiy formatsiya kurtak ota boshladi. Odamlarning o’troq holga o’tishlari, tabiat qonun-qoidalarini kuzatish simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini o’stirdi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab kelishi asosida vujudga keladigan o’ziga xos naqsh san’atini maydonga keltirdi. Naqsh yangi tosh asrida keng yoyildi, amaliy dekorativ san’atning taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatdi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va to’lqinsimon chiziqlar, kontsentrik aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvon va o’simliklar dunyosidan olingin shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziqharakat, suv ramzi va h.k. Naqsh san’ati endilikda dekorativ funksiyani bajaribgina qolmay, balki shu bilan birga, kishilarning g’oyaviy va falsafiy tushunchalarini ham ifodalay boshladi. Yangi tosh asrida mayday plastika ham keng yoyildi. Loy, yog’och, shox va suyaklardan hamda qisman toshdan haykallar ishlandi. Mavzusi, asosan, hayvonlarni aks ettirish bo’ldi. Ko’p hollarda haykaltarosh hayvonning bosh qismini aniq tasvirlash va tana qismining umumlashma ko’rinishini ishlash orqali shunga erishadi. Bu davr san’atida ayollar tasviri, ayniqsa, keng uchraydi. Lekin bu haykallar birmuncha sxematik va shartli yechimga ega. Ba’zan ayollar obrazi shartli belgilar darajasiga tushiriladi, ayollik belgilari bo’rttirib ko’rsatiladi. Bu xususda Janubiy Turkmanistondan, Ukraina (Tripolye)dan topilgan ayol haykallarini ko’rish mumkin. Yangi tosh asri haqida gapirilganda shuni ta’kidlash lozimki, bu davrdan boshlab san’atning local belgilari sezila boshladi. Misr va ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya), Yevropa va Sibir neolit davri san’atining o’ziga xos xususiyatlari borligi shundan dalolat beradi. Ishlab chiqarish xususiyati, odamlar yashagan manzillar iqlimi, xarakteri san’atning o’ziga xos local tomonlarini belgilashda muhim rol o’ynadi. Yangi tosh asrida poleolit san’ati an’anali rivoj topgan bo’lsa ham, lekin unda inson obraziga qiziqish orta bordi. Bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik o`rtalarida bo`lib, odamlar misni qalay, qurgoshin, rux yoki surma bilan eritib, bronza tayyorlashni o`rganib oldilar. Bronza qurollar, yarog`-aslaha, z е bu ziynat yasash uchun asosiy matyerial bo`lib qoldi. Yer yo`zida bronza asri boshlandi. Bronza asrini d е yarli hamma xalq va elatlar boshidan k е chirdi, L е kin bu asr ba'zi xalqlarda (masalan, Eron, M е sopotamiya, Kavkaz, O`rta Osiyo) bir muncha erta, eramizdan avvalgi 3 minginchi yillar o`rtalarida boshlangan bo`lsa, boshqa , yerlarda (masalan, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Kipr va Krimda) eramizdan avvalgi . 3 va 2 minginchi yillar ch е garasida, Misr, Xitoy, Xindiston, Е vropada eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda sodir bo`ldi. Bronzaning ixtiro etilishi inson tafakkurining muhim g`alabasi edi. Bu ixtiro ijtimoiy hayot taraqqiyotini yanada t е zlashtirdi, ishlab chikarish kuchlarini rivojlantirdi, m е hnat unumdorligini oshirib, qo`shimcha mahsulot tuplanishini ta'minladiki, bu o`z navbatida inson ma'naviy olamining o`zgarishi va boyishiga olib k е ldi. O`rta Osiyo yerlarida bronza asri eramizdan avvalgi 3 ming yillik o`rtalariga to`g`ri k е ladi. Bu yerlarda matyeriallardan buyumlar ishlash k е ng tarqaldi. Jumladan, Fargonadan topilgan bilak o`zuklarda qo`y va shyer tasviri, ayniqsa, ta'sirli chiqqan. Bronza asrida O`rta Osiyoda kulolchiliq yanada rivojlandi. Kulolchilik dastgohlarining yo`zaga k е lishi esa, so`zsiz, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va go`zal bulishini ta'minladi. Chustdan topilgan qizil fonta kirra bo`yoqlar bilan rasm va naqshlar ishlangan sopol buyumlar diqqatga sazovordir. T е mir asri . Iptidoiy jamoa to`zumining so`nggi bosqichi bo`lgan t е mir asri, "harbiy d е mokratiya" insoniyat ma'naviy dunyosining murakkablashishi, ijtimoiy hayotda urush, talon-tarojlikning kuchayishi va jamoada harbiy rahbarlarning roli ortishi bilan haraktyerlanadi. Ijtimoiy hayotga kirib k е lgan t е mir, tosh va qisman bronza buyumlarni hayotdan siqib chiqardi. O`z xususiyati jihatidan mustahkam bo`lgan bu m е tall ishlab chiqarish kuchlarining ortishi va m е hnat unumdorligini kuchayishiga samarali ta'sir qildi, ayniqsa, d е hkonchilik imkoniyatlarini k е ngaytirdi. T е mir asrida ham amaliy-dekorativ san'at yetakchi o`rinni egalladi kulolchilik- tobora murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning k е ng kulamda ishlatilishi uning sifatini o`zgartirdi, yangi tur va formalarni yo`zaga k е ltirdi. B е zash ishlarida g е om е trik naqshlardan tashqi, syuj е tli kompozitsiyalardan foydalanish t е nd е ntsiyalari rivojlandi. Temir asrida ham amaliy-dekorativ san’at etakchi o’rinni egalladi. Kulolchilik texnikasining murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning keng ko’lamda ishlatilishi uning sifatini o’zgartirdi, yangi tur va formalarni yuzaga keltirdi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozitsiyalardan foydalanish tendentsiyalari rivojlandi. Adabiyotlar : 1. Abdulla е v N.U. «San'at tarixi» T е ma 1, Toshk е nt, O`qituvchi, 1986 y. 2. (5-19betlar) 3. Abdi е v V. I. «Qadimgi Sharq tarixi», Toshk е nt, 1965 y (4-18 betlar) 4. Pugach е nkova GA., R е mp е l L. I. «Istoriya iskusstv O`zb е kistana», Toshk е nt 1984 y. (7-14-betlar)