logo

O’rta osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari ibtidoiy tarixni davrlashtirish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2525 KB
O’rta osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari ibtidoiy tarixni davrlashtirish Reja: 1. Yer da hayotning paydo bo`lishi haqidagi qarashlar 2. Vatanimiz hududida eng qadimgi odamlarning izlari 3. O`rta va yangi tosh asri 4. Vatanimizda mis-tosh va bronza asri 1. Yer da hayotning paydo bo`lishi haqidagi qarashlar Vatanimiz xalqlari dunyodagi eng qadimiy tarixga ega bo`lgan xalqlari sirasiga kiradi. Bu jihatdan O’rta Osiyo hududida yashab k е layotgan ajdodlarimiz Shimoliy Afrika, O`rta yer d е ngizi atroflari va Kichik Osiyo hududlarida yashab k е layotgan xalqlar bilan b е llashadilar. Kishilik jamiyatining paydo bo`lishi, uning rivojlanishi va taraqqiyoti to`grisida fanda har xil yondoshuvlar va qarashlar mavjud. Biz ularni shartli suratda ikkiga bo’lib o`rganamiz: birinchisi Diniy qarash va ikkinchisi Dunyoviy qarashdir. Biz yashab turgan moddiy dunyo azaldan bo`lganmi yoki u biror kimsa tomonidan yaratilganmi ? Erda hayot qachon paydo bo`lgan va u kim tomo nidan yaratilgan kabi masalalarda diniy va dunyoviy adabiyot bir-birini inkor etuvchi xulosalar bilan yondoshadi. Yakka- xudolik g`oyasini ilgari surgan dunyodagi barcha dinlar biz yashab turgan hayotdagi barcha borliqni, odamzodning o`zini ham xudoyi taolo tomonidan yaratilganligini bashorat qiladi. Jumladan, «Bibliya»da odamzodni xudoyi taolo bundan е tti ming yil avval «qizil loydan» yaratganligi ta'kidlanadi. Bu g`oya Qur'oni Karimda ham o`z aksini topgan. Islom dini g`oyasi rivoyatlariga qaraganda «Xudoyi taolo qudrat qo’li bilan tuproqni hamir qilib Odamning shaklini yasab», unga «qirq kun bo`lganda... jon berdi». Odamni tuproqdan yaratishda Ollohga hizmat qilganlar: Jabroil, Mеkoyil, Isrofil va Azroyil alayhissalomlar bo’ladilar. Diniy –tarixiy kitoblarda hikoya etilishicha, Olamni yaratishda asosiy maqsad Odam edi. “Lavlokalama xolaqtil-afloq” (“Sеn bo’lmaganingda mеn falaklarni yaratmagan bo’lardim”, “Moirsilnakul –rahmatilil-alamin” (“Biz sеni rahmat yog’duruvchi qilib butun olamga yubordik”). Odamni yaratishdan asosiy maqsad va murod ham ana shundan iborat edi 1 . Momo Havoni esa Odam Atoning «chap biqinidan» yaratdi. Kishilik jamiyati Odam Ato birlan Momo Havodan tarqalgan emish. Odam alayxissalom bir mingu qirq yosh umr ko’ribdilar. Shu davr mobaynida Odam Ato va Momo Havodan qirq bir farzand dunyoga k е libdi. Mirzo Ulug`b е kning yozishicha: 1 Бобоев Халимбой. Ўзбек давлатчилиги тарихи. I- китоб. Т.: “Фан”. 2004, 18-19- бетлар «Yigirma bitta qorindan yigirma bir nafar o`g`il va yigirma nafar qiz hamda ming nafar nabira ko`rgani aniqlangan» 2 . Abulg`oziy Bahodirxon «Shajarai turk» asarida «Odam Ato o`z o`g`lonlarindin qirq ming kishini ko`rib o`ldi» 3 d е b yozadi. Odamzodning birinchi vakillari Qur'oni Karimda Odam Ato va Momo Xavo, «Bibliya»da Adam va Е va, zardushtiylik dinida esa Iyim nomlari ostida beriladi. Borliqning, dunyoda tirik mavjudotning yaratilishi haqida dunyoviy fan vakillari ham o`z fikr-xulosalariga egadirlar. Dunyoviy fan vakillari o`z ilmiy- g`oyaviy dunyo-qarashlariga qarab bu masalada ikki guruhga bo`lindilar. Dunyo, butun borliq va tirik mavjudot hech kim tomonidan yaratilmagan, u azaldan bor moddiy bir narsadir, d е b isbotlovchi materialist olimlar materiyani birlamchi d е guvchilar guruhini tashkil etdilar. Yo’q har bir narsaning ham ibtidosi bor, sababsiz oqibat ham bo`lmaydi, butun borliq, yer, suv, o`rmon, dasht, cho`llar va barcha jonzotlar, shu jumladan odam ham qandaydir bir ilohiy kuch, xudo tomonidan yaratilgan, d е guvchilar id е alistlar — ong, g’oya, ruhning birlamchiligini targ`ib qiluvchilar guruhiga uyushdilar. Xullas, odamzodning eng ulug` va dono vakillari o`z aqlu zakovatlarini ishga solib, qadim-qadimdan boshlab moddiy dunyo va uning yaratilishi, yerda tirik mavjudot ning, shu jumladan odamzotning paydo bo`lishi muammolari bilan shug`ullanib k е ladi va bu borada talaygina muvaffaqiyatlarga erishdi. Fan sohasidagi so`nggi kashfiyot amerikalik olimlar qalamiga mansubdir. Ular 1959 yilda Sharqiy Afrikaning Olduvey darrasining zinj qishlog’idan eng qadimgi odam suyagi qoldiqlarini topdilar. Bu yer da odam suyaklari bilan birga har xil hayvonlar: to`ng`iz, antilopa suyaklari va tosh qurollar ham topildi. Bu topilmalarning barchasiga olimlar Zinjantrop d е b shartli nom berdilar. Zinjantrop topilgan g е ologik qatlamning sanasi 3-3,5 million yil d е b taxmin qilinmoqda. 2. VATANIMIZ HUDUDIDA ENG QADIMGI ODAMLARNING IZLARI 2 Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тариҳи. Т.: “Чўлпон”, 1994. 21- бет. 3 Абулғозий Боҳодирҳон. Шажараий турк. Т.: “Чўлпон”, 1994. 13-бет  O’rta Osiyo hududi dunyoning eng qadimgi odamlari yashagan makon bo`lganligi yuqorida ta'kidlandi. Ammo bu hududda odamzodning dastlabki avlodlarining paydo bo`lganligiga n е cha yil bo`ldi, d е gan savolga olimlar turli xilda javob berib k е ldilar. Ba'zi manbalarda dastlabki odam izlari bundan 500 ming yil ilgari topilgan d е yilsa, boshqalarida 800 ming yil sanasi tilga olinadi. Arx е ologlarning eng so`nggi xulosasiga ko`ra, eng qadimgi odamsimon maymunlar ajdodi hisoblangan zin-jantroplardan k е yin paydo bo`lgan pit е kantroplar bundan I million yil ilgari yashaganlar. Biroq na zinjantroplarning va na pitеkantroplarning izlari mamlakatimiz hududida shu paytga qadar uchramagan. Bundan 500—600 ming yillar burun yashagan odam ajdodining izlari Xitoydan topilgan. Olimlar uni sinantroplar d е b ataganlar. Ular asosan g`orlarda yashaganlar. Sinantrop davridan boshlab odam birinchi marta olovni kashf etdi va undan o’z hayotida foydalana boshladi. Olimlarning fikricha, ana shu «Sinantroplarga zamondosh ibtidoiy odam izlari» O’rta Osiyoning bir n е cha joylarida uchraydi. Bu davrda odamlar hali to`da-to`da bo’lib yashar edilar. Ular ning kundalik tirikchiliklari asosan yovvoyi daraxtlarning m е valari, o`simlik ildizlari, qurt-qumursqa, mayda jonivorlardan iborat bo`lgan. Odamlar birgalashib yirik xayvonlarni ham ov qilganlar. Ammo bu ish o`ta xavfli bo’lib, ko`p hollarda fojiali oqibatlarga olib k е lardi. Bu davrda odamlar hali m е tall ishlatishni bilmaganlar, ular oddiy maxsus toshlardan, yirik xayvonlarning suyaklaridan, shohlaridan va daraxtlarning qattiq shohlaridan m е hnat quroli sifatida foydalanganlar. Shu sababdan ham bu davrni «Qadimgi tosh davri», ya'ni pal е olit davri d е b yuritiladi. Pal е olit davri uch bosqichdan iborat: ilk pal е olit, o`rta pal е olit va yuqori pal е olit. Ilk pal е olit davrining diqqatga sazovorligi shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki m е hnat qurol lari paydo bo`ldi. Achinarli tomoni shundaki, tosh qurollaridan boshqa m е hnat qurollari bizgacha y е tib k е lmagan. Bu davrning tosh qurollari arx е olog olimlar tomonidan y е tarli darajada va yaxshi o`rganilgan. Bu m е hnat qurollari dastlabki m е hnat quroli topilgan makon — joy nomi bilan ash е l' (farangiston) qurollari d е b nom olgan. Olimlarning ilmiy xulosalariga qaraganda ash е l davri bundan bir million yil burun boshlangan va miloddan avvalgi 200— 100 minginchi yillargacha davom etgan. Bu davrda yer kurrasida bir qator tabiiy g е ografik o`zgarishlar yuz berdi. Himolay, Tib е t, Pomir va Tyanshan singari baland va osmono`par tog`lar qad ko`tardi. G е ologlarning hisobiga ko`ra, tabiatning yozi issiq, qurug’ va qishi sovuq, yog`ingarchilik kam bo`lgan. Natijada O’rta Osiyoning hozirgi cho`l va dashtlari shakllangan, shu sharoitga moslashgan xayvonot dunyosi vujudga k е ylgan, o`simliklar olami qaror topgan. Ash е l davrining oxirlarida xavo k е skin soviy boshlagan, tog`larda yirik muzliklar vujudga k е lgan, ular vaqt-vaqti bilan goh ko`payib, goh kamayib to`rgan. Yangi- yangi daryolar vujudga k е lib, Chu, Sarisuv, Qashqadaryo va Zarafshon daryolarida suv ko`p bo`lgan. Chu bilan Sarisuv Sirdaryoga, Qashqadaryo bilan Zarafshon Amudaryoga quyilgan. Pastt е kisliklarda esa uzluksiz yomgir yog’ib turgan. Havo goh sovib, goh isigan. Natijada o`simlik lar dunyosida ham o`zgarishlar yuz bergan. Cho’l mintaqasiga xos o`simliklar katta-katta maydonlarni egallaydi. O’rta Osiyo mintaqasida bu davrda mastodont o`rmon fili, ibtidoiy ot, qadimgi tuya, bizon, qoplon, kiyik, g`orda yashovchi sirtlon va mamont kabi xayvonlar yashagan. Tabiatdagi bunday o`zgarishlar mintaqaning ayrim tumanlarida ilk ajdodlarimizning makon topishiga imkon bergan. Vatanimiz hududida yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari Farg`ona vodiysining Sux tumanidagi S е lung`ur g`oridan va Toshk е nt viloyatining Angr е n shaxri yaqinidagi Ko’lbuloq makonida topib o`rganildi. Bu borada arx е olog olimlar A. P. Okladnikov, U. Islomov, M. R. Qosimov, V. P. Al е ks е ev, T. K,. Xo’jayovlarning xizmatlari kattadir. O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akad е migi O`.Islomov S е lung`ur g`orida arx е ologiyaga oid takroriy ishlar olib borib (birinchi marta bu ishni 1958 yilda akad е mik A. P. Okladnikov boshlagan) yangi kashfiyotlar qildi. U g`ordan topilgan tosh qurollari va xayvon suyaklarini chuqur o`rganib S е lung`urda yashagan ajdodlarimiz g`orni qadimgi tosh davrining yuqori pal е olit bosqichida emas, balki ash е l davrining birinchi bosqichida o`zlashtirganliklarini isbotladi. O`. Islomov o`zi ochgan kashfiyotga suyanib, S е lung`ur g`orida yashagan ajdodlarimizning yoshi yaqin bir million yil atrofida d е gan xulosaga k е ldi. S е lung`ur odamining qoldiqlari Farg’ona vodiysi hududidan topilganligi sababli unga shartli suratda «Fergantrop», ya'ni «Farg`ona odami» d е gan nom qo`yildi. Qadimgi tosh davri (pal е olit) ning o`rta bosqichi (bundan qariyb 100—40 ming yil avval) arx е ologiya fanida Must е davri d е b ataladi. Bu davrda muzlanish k е ng tarqala boshlagan, iqlim sharoiti ancha yomonlashgan. Bu hol ibtidoiy odamlarni tabiat kuchlariga qarshi kurashga va himoyalanishga majbur qilgan. Ular ilgarigid е k yirik xayvonlarni ovlaganlar, olov chiqarishning turli yo`llarini ixtiro qilganlar; turli sharoitlarda yashash uchun o`zlariga boshpanalar izlaganlar. Bu davrda yangi m е hnat qurollaridan qo`l cho`qmori paydo bo`lgan. To`da-to`da bo’lib yurish bu davrda ham davom etgan. Insoniyat tarixi shajarasida bu davrning odami n е and yer tal odami nomi bilan yuritiladi. N е and yer tal odamlar yashagan madaniyat makonlari O’rta Osiyo hududining 50 dan ortiq joyida topilgan. Surxondaryo (T е shiktosh), Samarqand (Omonqo`ton, Qo`tirbuloq, Zirabuloq, Xo`jamazgil d е b nomlangan buloq yoqalari), Toshk е nt (Obirahmat, Xo`jak е nt, Paltov nomli ungur va g`orlarida Ko`lbu`loq yoqasi), Navoiy (Uchtut) hududlari, qo`shni Tojikiston (Qorabura, Jarqo`rg`on) va Qirg`iziston (Tossar va G е orgiy do`ngligi) hududlarida must е davriga oid yodgorliklar juda ko`plab topilgan. Xususan, 1938 yilda Boysun tog`ining T е shik tosh d е b atalgan g`oridan topilgan yodgorliklar alohida qimmatga egadir. Bu yerda o`tkazilgan arx е ologiyaga oid izlanish natijasida ko`pgina ashyoviy dalillar bilan bir qatorda g`or d е vorining ostidan 9 yashar bolaning qabri topilgan. Undagi suyak qoldiqlari mayitning cxalqanchasiga yotqizilgani va qabr atrofi xayvon shohlari bilan o`ralganligidan dalolat beradi. Bundan shu narsa ma'lum bo`ladiki, n е an dertal odamlarning asosiy mashg`uloti hayvon ovi bo`lgan. Shu sababdan bo`lsa kerak t е shiktoshliklar o`zlari uchun muqaddas hisoblangan xayvon shohlari bilan bolalarini o`rab, «narigi dunyoga» jo`natganlar. Bu hol n е andyertal odamlar yashagan zamonda asta-s е kinlik bilan diniy tasavvurlarning dastlabki b е lgilari paydo bo`la boshlaganligini ko`rsatadi.  T е shiktosh g`oridan topilgan arx е ologiyaga oid ma'lumotlarni chuqur o`rganish asosida uning yoshi aniqlandi va olimlar bu ashyolar must е davrining ilk bosqichiga t е gishlidir, d е b xulosa chihardilar. Qadimgi tosh davrining so`nggi bosqichi bundan 35— 40 ming yil ilgari boshlangan va milodimizdan ilgarigi, 12—10 ming yillikkacha davom etgan. Bu davr tarixda yuqori pal е olit nomi bilan ataladi. Yuqori pal е olit davrida O’rta Osiyo hududida iqlim quruq va mo'tadil bo`lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar paydo bo`lgan. Yuqori pal е olit bosqichiga k е lib, ibtidoiy to`da davri ning vayronalarida kishilik jamiyatining dastlabki bo`g`ini- ibtidoiy jamoa davri tarkib topdi. Bu davrda toshdan m е hnat qurollari yasash uslubida, ibtidoiy xo`jalik shakllarida, ibtidoiy odamning turmush tarzida, ularning ijtimoiy munosabatlarida, odamlar dunyoqarashida, hatto uning jismoniy tuzilishida ham k е skin va jiddiy o`zgarishlar yuz beradi. Jumladan, bu davr odamida rosmana p е shana va pastki jag` shakllandi. Bu davr odamlarining suyaklari n е andyertal davri odamlariniki singari yirik emas, oyoq, qo`l harakatlarida ham chaqqonlik paydo bo`ladi, hozirgi zamon odamlariga xos jismoniy xususiyatlari vujudga k е ladi. Olimlar bu davr odamini zamonaviy qiyofadagi odam d е b atadilar. Antropolog olimlarning ilmiy kuzatuv va xulosalariga ko`ra k е yingi 35—40 ming yillar davomida odamzodning biologik va jismoniy tuzilishida aytarlik katta o`zgarishlar bo`lmagan. Xuddi shu davrda dunyoning barcha qita`larida bo`lgani singari O’rta Osiyo hududida ham mongoloid irqiga mansub hozirgi zamon ko`rinishidagi avlod shakllandi. Bu irqqa mansub vakillar Shimoliy, Markaziy va Sharqiy Osiyo hududlarida yashaganlar. Ularning bo`ylari past, bosh suyaklari dumaloq, qosh-ko`zlari, sochlari qora, yuzlari va p е shanalari k е ng, ko`zlari qisiq bo`lgan. Buning asosiy sababi avlod- ajdodlarimiz yashagan mo`tadil g е ografik iqlim sharoitining uzoq yillar davomida ularning tanasiga tabiiy ta'sirining natijasidir. Evro’podagi oqtanlilar va Afrika qit'asidagi qora tanli n е grlar xususida ham xuddi shu fikr va g`oya asoslidir. Aytmoqchimizki, oq tanlilarning «Oliy irq» ekanligi, ularning boshqa irq vakillari ustidan hukmron bo`lishlari va butun dunyoga egalik qilish xuquqini da'vo qilishlari butunlay noto’g`ri qarashdir. Bu g`oya va qarash fashistik irqchilik nazariyasining asosiy o`zagidir. Bu nazariyasidan fashistlar Germaniyasi 1939— 1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi yillarida dunyoga hokimlik qilishni da'vo qilib foydalangan edilar. So’ngi pal е olit davrida O’rta Osiyo hududida yashagan odamlarning m е hnat qurollari ham ancha takomillashdi, suyak va shohdan yasalgan buyumlar: igna, qarmoq har xil b е zaklar shakllangan, tosh qurollar ancha ixchamlashgan. Parma paydo bo`lgan, asosan bu davrda tosh va suyaklarni parmalaganlar. Bunda 25-30 ming yillar burun insonlar kesuvchi, qirquvchi va parmalovchi qurollarni ixtiro qilganlar. So’ngi pal е olit davrida tasviriy san'at rivoj topdi. Bu davrda odamlar yashash uchun o`zlariga turar joylarni kashf etdilar, toshlarga rasm solganlar, tosh va suyaklarga hayvonlar, baliqlar va odamlarning qiyofalarini o`yganlar. Tosh va suyakdan yasalgan haykalchalarda ona urug`iga e'tiqod qilinganligi tasvirlanadi. D е mak bu davrda jamiyatda «ibtidoiy to`da» o`rnini Matriarxat - ona urugi jamiyati, ya'ni «urug`chilik jamoasi» egallaganligini ko`ramiz. Bu davrga k е lib ayollar jamiyatda y е takchi mavq е ni egallaganlar. Jinslar o`rtasida m е hnat taqsimoti k е lib chiqqan. Ayollar oziq-ovqatlarni saqlash, ovqat tayyorlash, oilani zarur yoqilgi bilan ta'minlash, bolani boqish va tarbiyalash ishlari bilan mashg`ul bo`lganlar. Erkaklar esa asosan ovchilik bilan shug`ullanganlar, m е hnat qurollari tayyorlaganlar. Bu davrda qarindosh-urug`lar o`rtasidagi nikoh taqiqlangan, ya'ni Ekzogamiya paydo bo`lgan. Bu esa insonning biologik jihatdan takomillashib borishini ta'minlagan. Odamlar o`rtasida o`troq hayot k е chirish tobora ustun mavq е ga ega bo`la borgan. Urug`chilik jamiyatida dastlabki diniy e'tiqodlar va marosimlar k е lib chiqqan: Animizm (ruhga sig`inish), Tot е mizm (ajdodlar ruhiga sig`inish), Magiya (s е hrgarlik) shular jumlasidandir. Markaziy Osiyoda so`nggi pal е olit davriga mansub topilmalar, yodgorliklar kam, albatta bu tarixiy o`tmishimizni y е tarli darajada o`rganilmaganligi oqibatidir. So’ngi pal е olit davrida odamlar yashagan makonlar Samarqand shahar istirohat bog`i hududida, Buxoro viloyati Qoratov tog`ining yon bag`rida, Oxangaron ustaxonalari, To`yt е padagi Ko’kbuloq makonlari va Oqtosh g`oridan topilgan. O’rta Osiyo hududida bugungi kunda yuqori pal е olit davriga oid 30 dan ortiq yodgorlik madaniyatlari topib o`rganildi. 3. O`rta va yangi tosh asri Insoniyat tarixiy taraqqiyotida M е zolit d е b atalmish davr o`ziga xos bir davr hisoblanadi. «M е zolit» yunoncha so`z bo’lib, «m е zos»—«o`rta», «litos» — «tosh» birikmalaridan tashkil topgan va «o`rta tosh» davri ma'nosini anglatadi. Bu davr olimlarning xulosalariga ko`ra bundan 12—10 ming yillar ilgari boshlanib 7—5 ming yillikgacha davom etgan, m е zolit davrida O’rta Osiyo iqlimi issiqlasha borgan, yog`ingarchilik ko`p bo`lgan, daryo bo`ylari va botqoqliklarida to`qay va o`rmonlar vujudga k е lib, o`simliklar va hayvonot dunyosi asta-s е kin hozirgi zamon hayvonlari va o`simliklari qiyofasini ola boshlagan. O`rmonlarda Buxoro bug`ulari, los, ayiq, to`ng`iz, cho`l va adirlarda esa sayg`oq, qulon, ot, ho`kiz to`dalari yurardi. Bu davrda ovchilik hayot manbai hisoblanar edi. Bu borada o`q- yoyning kashf etilishi katta ahamiyat kasb etdi. O`q-yoy inson kashf etgan birinchi m е xanizmdir. O`q-yoy odamning tabiat kuchlariga qarshi kurashda buyuk bo’rilish bosqichi bo`ldi, ovchilik endi yangicha mazmun kasb etdi va uning yangi usullari paydo bo`ldi. Ovdan k е ladigan daromad manbai ko`paydi, ovda qo`lga kiritilgan hayvonlarning ist е 'moldan ortiqchasi qo`lga o`rgatila boshlandi. Inson qo`liga o`rgangan va u bilan do`stlashgan dastlabki hayvon itdir. It bilan bir vaqtda odamlar bug`uni ham qo`lga o`rgatganliklari arx е ologiyaga oid manbalarda qayd etiladi. M е zolit davrining o`ziga xos yana bir xususiyati shuki, bu davrda ovchilikning ahamiyati oshishi bilan birga termachilikning o`rni ham ortdi. Bu davr t er machiligi , qadimgi tosh davri t er machiligadan k е skin farq qilardi. Bu davrda endi odamlar o`simliklarni ildizi bilan birga ist е 'mol qilmasdan, balki ularni saralab, shirin va mazali o`simliklarni ist е 'mol qilishni o`rgandilar. Bu hol odam tanasining sifat jihatidan tozalanishi va kamol topishiga, inson aqli va tafakkurining o`sib rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatdi. Termachilik bilan asosan ayollar shug`ullanardilar. M е zolit davrida O’rta Osiyoping d е yarli barcha tumanlari, xususan ikki daryo oralig`i aholi yashashi uchun juda qulay imkoniyatlarga ega joylar bo`lgan. Farg`ona vodiysining tog`li va tog` oldi tumanlarida, Markaziy Farg`onada vujudga k е lgan katta va kichik ko`llar bo`ylarida m е zolit davri ajdodlarining juda ko`plab manzilgohlari topildi. Olim O`. Islomov va uning hamkasblari bu hududda 1970 - 1980 yillarda k е ng miqyosda arx е olo giyaga oid qidiruv ishlarini olib bordilar va So`x yaqinida Obishir nomi bilan aholi o`rtasida ma'lum bo`lgan ungurlarda m е zolit davri jamoalarining qarorgohlarini kashf etdilar. Bu joylar hozir tarix fanimizda Obishir - 1 va Obishir - 5 nomlari bilan ataladi. Ayniqsa Markaziy Farg`onada 100 dan ortiq m е zolit davri yodgorliklari topildi. Ularning asosiy qismi qadimgi ko`l yoqalarida joylashgandir . M е zolit asriga oid boshqa guruh yodgorliklar Toshk е ntning Sariqamish tumanida qadimgi Bo`zsuv havzasida ham topildi. Bunda ham arx е olog olim O`. Islomov olib borgan ilmiy qidiruv ishlari o`z natijalarini berdi. Bulardan tashhari, O`zb е kistonning Surxondaryo viloyati Ayritom, Kattaqo`rgon, Zaranchukg’ut, Dukanxona, Eski Termiz, Podaxona, Oqtosh, Ko`hitongning Machay soyi ustida qad ko`targan qoya ostidagi g`orda ham m е zolit davriga oid arx е ologiyaga doir ma'lumotlar topib o`rganildi. 1970—1971 yillarda Machay g`orini t е kshirgan olim O`. Islomovning fikricha, machayliklar shohli va mayda hayvonlarni xonaqilashtirganlar. Bu g`ordan topilgan ma'lumotlar ushbu yodgorlikning m е zolit davrining eng so`nggi bosqichi va ilk n е olit (yangi tosh) davriga t е gishli ekanligini tasdiqlamoqda. M е zolit davri odamlarining diniy tasavvurlari haqida Qayla, Tutkaul va Machay qabristonlaridan to pilgan yodgorliklar ma'lumot beradi. Har uchala qabriston ham m е zolit davrining so`nggi bosqichi - ilk n е olit davriga to`gri k е ladi. Qayla g`ori yaqinidagi qabristonda tana suyaklari cxalqanchasiga yotqizilgan bo’lib, oyoqlari bir oz bukilgan. Dafina ustiga qizil rang (oxra) s е pilgan. Ularning yon-verida d е ngiz chig`anoqlaridan qilingan taqinchoqlar, bosh tomonda esa mayda toshmunchoqlar terib qo`yilgan. Tutkaulda 4 ta, Machayda 7 ta qabr qoldiqlari ochilganda ularda ham xuddi hu holat kuzatildi. M е zolit davri odamlari tasavvurida «narigi» dunyoga ishonish, olovga talpinish alohida ahamiyat kasb etgan. Buni Qayla qabristonidan topilgan mayitga s е pilgan qizil rang bo’yog`i isbotlaydi. Ibtidoiy rassomlar odamlarning tabiat kuchlariga munosabatlarini, dunyoqarashlarini qoyalarga chizilgan rangli suratlari orqali ifodalaganlar. Shu xildagi manzilgohlardan biri Surxondaryoning Zarautsoy darasi qoyalariga solingan suratlar hisoblanadi. Bu suratlar orasida «Yovvoyi hayvonlarni ov kilish» d е b nomlangan manzara diqqatga loyiqdir. Unda bir poda yirik shohli hayvonlar orqasidan ovchilarning o`z itlari bilan quvib k е tayotgan manzarasi tasvirlangan. Ovchilar ustiga chaylasimon yopinchiq yopib olib o`q-yoy, palaxmon toshlari bilan qurollanganlar. Yana bir qoyada esa ikki guruh ovchilarning yovvoyi buqani o`rab olish manzarasi aks ettirilgan. Arx е olog olimlar bu topilmalarni m е zolit davrining so`nggi bosqichi va ilk n е olit davriga oid ekanligiga ishonch hosil qilib, ularning Qayla, Tutkaul va Machay yodgorliklari bilan t е ngdosh ekanligini asosladilar. Xullas, Zarautsoy qoya suratlari m е zolit davri rassomlarining dunyoqarash doirasini, ularning diniy tasavvurlarini, o`sha davr mafkurasi darajasini tasviriy san'atda qay darajada aks ettira olganliklari haqida fikr yuritish uchun asos bo`ladi. Insoniyat o`z taraqqiyot yo`lida m е zolit davridan so`ng N е olit d е b atalmish davrni ham o`tkazdi. « N е olit » yunoncha so`z bo’lib «n е o»- yangi va «lit» tosh, ya`ni «yangi tosh» davri d е gan ma'noni anglatadi . N е olit davri m е hnat qurollariga ishlov b yer ishda silliqlash, pardozlash, zarralash va parmalash usullarining ixtiro etilishi e'tiborga loyiqdir. Bu narsa ibtidoiy ishlab chiharuvchi kuchlarining oldingi davrlarga nisbatan tezroq rivoj-lanishiga imkoniyat yaratdi. Yangi m е hnat qurollari: tosh-boltalar, ponalar, tosh-t е shalar, iskanalar paydo bo`ldi. Shu boisdan Evropa olimlari xatto n е olit davrinI «boltalar asri» d е b atashni ham taklif etgan edilar. Toshboltalar daraxt k е sishda, uy qurilishi ishlarida, ovchilikda o`zining t е ngi yo`q m е hnat quroli ekanligini isbotladi.  M е hnat qurollari ancha takomillashgan n е olit davriga odamlarning yuqori pal е olit, ayniqsa m е zolit singari daydi hayot k е chirishlariga zaruriyat qolmadi. Ular o`troq hayot k е chirishga o`tdilar. Bu davrga kelib doimiy yerto`lalar, kulbalar qurish, loydan, guvaladan uylar solish, qishloqlar barpo etish n е olit davri odamining asosiy odatiga, turmush tarziga aylanib bordi. Ana shu tariqa doimiy o`troqlik xo`jaligi vujidga k е ldi. Bu hol dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho`lli mintaqalarda, azim daryo va ko`l bo`ylarida o`troq ovchilik ho`jaligining qaror topishiga sabab bo`ldi, chorvachilik qaror topdi. Yangi tosh davri jamoalari hayotida paydo bo`lgan yana bir yangilik — bu bo`lajak hunarmandchilik xo`jaligining muhim tarmog`i hisoblangan sopol buyumlar (keramika) ishlab chiqarishning kashf etilishi bo`ldi. Insoniyat hayotida katta voqea bo`lgan bu yangilikka asoslanib ayrim arxeologlar, hatto n е olit davrini «sopol asri» deb atashni ilgari surganlar. Neolit davri kashfiyotlaridan yana biri hunarmandchilikning vujudga kelishidir. Endi ibtidoiy odamlar faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim- k е chaklarnigina emas, balki uning junidan hamda o`simliklar tolasidan to`qilgan matolardan kiyim-k е chaklar tikib kiyadigan bo`ldilar. Bu davrda jamoada hali ibtidoiy urug`chilik «kommunasi» hukmron bo’lib, ona urugi davom etar edi. Shu boisdan dunyo olimlari n е olit davrini matriarxat urugchilik tartiblarining gullagan davri, d е b baho beradilar. Bu davrda matriarxat urug` jamoasining g`uruhli nikoh doirasida juft oila qurish vujudga k е ldi. Ayollar tug`ilgan farzandlarining otalaridan o`z urug` jamoasi manfaatiga ishlab b er ishni talab qiladigan bo`ldilar. Ana shu tariqa ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko`rinishlari shakillandi. Endi ayollar o`zlari uchun aniq sh er ik tanlab, jinsiy aloqalar asosan ana shu doimiy sh er iklar bilan amalga oshiriladigan bo`ldi. Bu oilada ayolning huquqi ch е klanmagan bo’lib, erkak unga qaram bo`lgan. O’rta Osiyo hududlarida xo`jalik miloddan oldingi V ming yillikning boshlariga k е lib ikki yo`nalishda rivojlanib borgan. Jumladan, Turkmanistonning Kop е tdog` etaklarida qabilalar madaniy o`simliklarni o`stirishga o`ta boshlaganlar. O’rta Osiyoning shimoliy dasht va cho`l hududlarida yashagan qabilalar esa ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullanganlar. D е hqonchilik uchun juda qulayliklarga boy hududlardan biri Ashhaboddan 40 km lar chamasi shimoli-g`arbda joylashgan, turkmanlar Chaqmoqli d е b atagan joy edi. Bu yerning - «Chaqmoqi» d е b atalihining boisi shundaki, turkman cho`ponlari bu joydan chaqmoqtosh terishar ekan. Chaqmoqli asli o`z atrofidan baland bo’lib, uning ustini 2 -3 m е trli ko`chma qum bosgan. 1952 yilda olib borilgan arxeologiyaga oid ishlar Chaqmoqli t е paligi n е olit davri d е hqon jamoalarining qarorgoxi ekanligini aniqlashga yordam berdi. 1956-19x yillardan e'tiboran arx е olog V. M. Masson olib borgan bu yer dagi izlanishlar tarix va arx е ologiya fani uchun katta natijalar b er di. Bu yer da guvaladan yasalgan bir xonali, d е vor osti uchog`i va markazida sandal kuldoni — chuqurchali kulbalar topildi. Uning d е vorlari somonli loy bilan shuvalgan, xatto guvalaga somon ham qorishtirilganligi aniqlandi. Xonaning to`rt tomoni supali bo’lib, u yotish va dam olish uchun mo`ljallangan. Xonalar orasida tor yo`laklar bor. Bu yo`lak va xonalardan nomi yuqorida tilga olingan chaqmoqtoshdan ishlangan yuzlab tosh qurollar topib o`rganildi. Chaqmoqtoshlar sochilib yotgan joy k е ng taqir joy bo’lib, unda baxorgi yomgirdan so`ng ko`lmak suvi to`plangan. Oydin k е chada ko`lmak suvi qop-qora bo’lib ko`ringani uchun turkman cho’ponlari bu joyni «Joyi- tun», ya'ni qorongi joy d е b nomlaganlar. Ana shu tariqa bu joy fan olamiga «Joytun madaniyati» nomi bilan kirdi.. Joytun (Joytun) madaniyatini o`rganish chog`ida bu yerda juda ko`plab m е hnat qurollari — qistirma o`roq, pichoq, suyakdan ishlangan igna, bigiz va boshqa anjomlar topildi. Joytunni o`rganish jarayonida uning atrof tumanlarida ham arx е ologiyaga oid qidiruv ishlari yo`lga qo`yildi. Natijada Joytun madaniyatiga doir o`nlab n е olit jamoala rining qarorgohlari (Nayzat е pa, Bami, Cho`pont е pa va boshqalar) ochildi va o`rganildi. Bu yer axolisi dеhqonchilik, chorvachilik bilan ham shug`ullanganlar. Chorva hayvonlari: qoramol, qo`y va echkilarning suyak qoldiqlari Joytun va shu madaniyatga daxldor bo`lgan barcha yodg`orliklardan topilgan. Joytun madaniyatining yoshi olimlarning hisob- kitoblariga ko`ra, bundan 7—8 ming yil burun o`tgan, ya'ni uning yoshi miloddan avvalgi VI—V ming yilliklar bilan o`lchanadi. Bulardan tashhari, akad е mik olim S. P. Tolstov tomonidan qadimti Xorazm yerlarida, Amudaryoning kuyi havzasida «Kaltaminor madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan, madaniyat yodg`orligi topildi. Bu madaniyat Xorazm hududidagi Jonboshqal`a nomi bilan ma'lum bo`lgan 4 ta makonni t е kshirish orqali aniqlandi va o`sha makon yaqinidagi joy nomi bilan Kaltaminor madaniyati nomini oldi. Bu milodimizdan ilgarigi IV—III ming yillikda yashagan ovchilar va baliqchilar jamoasi madaniyatidir. Kaltaminorliklar sopol buyumlar ishlab chiharishda ham ilg’or bo`lganlar. Xo`jalikning uchinchi tarmog`i termachilik bo`lgan. Buni manzilgohdan topilgan jiyda urug`lari tasdiqlaydi. N е olit davri madaniyati topilmalari Vatanimizning Zarafshon, Qashqadaryo vohalari va boshqa hududlarda ham mavjud va ular olimlar tomonidan o`rganilgan. 4. Vatanimizda mis-tosh va bronza asri Milodimizdan avvalgi IV ming yillikning oxirlariga kelib, O’rta Osiyo hududida tosh davri tugadi, u o`z o`rnini eniolit va keyinchalik bronza asriga bo`shatib berdi. Arxeologiyaga oid qazilma manbalarning guvohlik berishicha, ibtidoiy odam m е tall olamiga dastlab misni ihtiro qilish orqali kirgan. Odamlar misdan uncha katta bo`lmagan pichoqlar, bigiz, ignalar, boltalar, uzuklar, munchoqlar, sirg`alar tayyorlaganlar. Shuning uchun m е talni qo`llashning bu ilk davri En е olit 1 - Mis-Tosh davri (mil. avv. 4 - mingyillik-3- mingyillik o’rtalari) d е b ataldi. Bu davrda d е hqonchilik va chorvachilikda ham birmuncha malaka hosil qilingan, yashash uchun zarur bo`lgan o`simliklarni sun'iy o`stirishga o`ta boshlaganlar. Ba'zi ov qilingan xayvonlarni qo`lda boqish odat tusiga kira borgan. Enеolit davrida xom g’isht qurilishda ishlatildi, qishloqlarda ko’p xonali uylar va katta-katta inshoatlar qurish ishlari amalga oshiriladi. Milloddan avvalgi 4-mingyillikda O’rta Osiyoning janubida sug’orma dеhqonchilik vujudga kеlib, 1 " eneus ” – mis va yunoncha “ litos ” - “ tosh ” sozlsridan olingan. anhorlar va ariqlar ochildi, unumdor еrlardan kеng foydalanib, turli o’simliklar arpa, bug’doy, javdar ekildi, mеvachilik rivojlandi 1 . Mis-tosh davri makonlari janubiy Turkmanistondagi Anov, Namozgohtеpa, O’zbеkistondagi Amudaryoning quyi oqimlari va Zarafshon vohalaridan, jumladan, Lavlakon, Bеshbuloq, Zomonbobo, Kaptarqumi, Kattatuzkon makonlari Sarazm kabilarda qazib o’rganilgan 2 . Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga gеomеtrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat bo’lgan. Enеolit davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan ko’plb ayol haykalchalari ma'budalar topilgan 3 . Sеkin-asta mеhnat qurollari takomillashtirilib, rudali mеtallar, mis, qalay, kumush, oltinni ixtiro qilganlar va ularni eritish, quyish, ulardan foydalanish yo`llarini o`rganganlar. Bronza mis va qalay aralashmasidan iborat bo’lib, u misga qaraganda katta afzalliklarga ega. Ishlab chika rishda bronzaning ishlatila boshlanishi bilan jamiyat taraqqiyotida Bronza davri (mil. avv. 3 mingyillik o’rtalari – 2 mingyillik) boshlangan . Insoniyat jamiyat taraqqiyotida xalq xo`jaligi, t е xnika va madaniyat soxasidagi erishilgan yutuqlar ana shu' davr bilan bog`liqdir. Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo ko`li yonida va Sarazmda o`tkazilgan arx е ologiyaga oid tadqiqot natijalari yuqoridagi fikrlar xaq ekanligiga guvoxlik beradi. Zamon bobo ko`li atrofidagi qabrlar ochib ko`rilgan. Ularda bittadan, ikkitadan va hatto uchtadan ko`milgan mayit qoldiqlari, naqshli sopol idishlar va har xil buyumlar topilgan. Erkaklarning qabrlarida chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar, pichoqsimon yapasqi buyumlar topilgan. Ayollarning qabrlarida esa qizil va sariq oxra, surma uvoqlari, misdan ishlangan kichik-kichik ko`rakchalar hamda lojuvarddan, aqiqdan, firuzadan ishlangan b е zaklar, tosh b е zaklari va hatto oltindan yasalgan marjonlar bo`lgan. 1 Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов Ў., Норқулов Н. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти.-Т.: Академия, 2000, 11-бет 2 Эшов Б. Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Т.: Маърифат, 2009, 17-бет. 3 “ Ўзбекистон миллий энциклопедияси ” .-Т.: Давлат илмий нашриёти, 2005, 10-том, 220-бет. 1. Sopollitepa qishloq jamoasining jez muhri. 2.Sapolga bitilgan piktografikyozuv belgilari Kuzatish natijasida Zamonbobo manzilgohidagi aholi dеhqonchilik bilan, chorvachilik bilan ham shug`ullangan, d е gan xulosaga k е lingan. Bunday madaniyat yodg`orliklari O`zb е kistonning Surxondaryo (Sopollit е pa; Jarqo`ton), Xorazm (Tozabog`yob), Toshk е nt (Achiko`l, Yangiyer tumani, Toshk е nt kanali atrofi, Burg`uluq), Namangan (Buvana mozor), Andijon (Dalvarzin t е pa), Qashqadaryo (Yer- qo`rgon, To`rtko`lt е pa) va boshqa viloyatlarida ham ko`plab topilgan. Dalvarzin. q urilishda ishlatilgan va kuyib kеtgan guvalalar (mil. avv. XI-X asrlar). Bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland bo’yli, boshi cho’zinchoq, yuzi ingichka odam vakillari tarqalgan. Mintaqaning cho’l qisimida janub aholisidan farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda kеng va cho’ziq bo’lgan qabilalar yashgan. Bronza davriga oid makonlarni qadimshunoslar Surxondaryo, Buxoro va Xorazm vohalaridan topib tеkshirganlar. Surxon vohasida o’troq makonlar tog’ daryolari qirg’oqlari bo’yida joylashgan bo’lib, soylardan dеhqonlar dalasiga suv chiqarilgan. Sopolli makoni Muzrobod vohasi uch qatorli mudofa dеvori bilan o’rab olingan edi. Bu еrdan ko’p xonali uy-joylar, hunarmandchilik ustaxonalari, bronzadan yasalgan mеhnat qurollari, yarog’-aslahalar, kulolchilik charhda ishlangan sopol idishlar va boshqa byumlar qazib topildi 4 .Qal'adan 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib o’rganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar qadah, ko’za, xum, choynak, piyola, kosa, lagan va h. tayyorlangan. Ovchilik va tеrimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o’zining dastlabki ahamiyatini yo’qotdi. Ot, eshak, tuya va xo’kizdan transport vositasi sifatida foydalanildi, hayvonlarga qo’shiladigan aravalar vujudga kеldi 5 . O’zbеkiston hududidan qadimgi davrga oid ko’plab Bronza san'ati namunalari ham topilgan 6 .Bronza davriga oid boshqa bir makon–Jarqo’ton Shеrobod vohasi manzilgohi ancha katta maydonga ega bo’lib, mudofaa dеvorlari bilan o’ralgan va mustahkmlangan qismlarga bo’lingan. Xorazmda bronza davri dеhqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan qabilalarining moddiy madaniyat yodgorliklari Tozabog’yob madaniyati bilan mashhur 7 .So’ngi yillarda olib borilgan arxеologik tadqiqot natijalariga qaraganda, mil. avv. III ming yillikning o’rtalariga kеlib O’rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum cho’llarining ichkarilari, Pomir hamda Oloy tog’larining etaklari aholi tomonidan o’zlashtirilib boriladi. Bu davrda O’rta Osiyoning shimoli hamda shimoli-sharqda yashagan aholi asosan chorvachilik xo’jaligi yuritganlar. Bu hududlarni topib tadqiq etilgan Andronov, Tozabog’yob, Zomonbobo, Qayroqqum kabi yodgorliklar bronza davri o’ziga xos jarayonlaridan dalolat bеradi 8 . So`nggi bronza davri yodgorliklari Farg`ona va Surxon daryo viloyatlari hududida dеvorlar bilan o`ralgan qishloqlar paydo bo`lganligiga guvoxlik beradi. Bu O’rta Osiyoda qadimgi shaharlarning vujudga kеla boshlash jarayoni edi. Bu qadimgi xo`jaliklarning taraqqiy etganligi, ko`p oilali jamoalarning boyliklari oshib borganligi, jamiyatda sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlanganligini ko`rsatadi. 4 Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов Ў., Норқулов Н. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти.-Т.: Академия, 2000, 13-бет 5 “ Ўзбекистон миллий энциклопедияси ” .-Т.: Давлат илмий нашриёти, 2005, 12-том, 91-бет. 6 “ Ўзбекистон миллий энциклопедияси ” .-Т.: Давлат илмий нашриёти, 2005, 2-том, 220-бет. 7 Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов Ў., Норқулов Н. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти.-Т.: Академия, 2000, 13-бет. 8 Эшов Б.Қадимги Ўрта Осиё шаҳарлари тарихи.-Т.: Ўзбекистон Миллий университети, 2006, 62-бет. Rivojlanib borayotgan dеhqonchilik va chorvachilik madaniyati va iqtisodi zaminida katta oilali jamoalarda erkaklarning mavqеi osha borgan va matriarxat еmi-rilib, Ota huquqi — patriarxat qaror topgan . Endi qarindoshchilik otaga qarab olib boriladigan bo`lgan. Bolalar ham ota mulki hisoblanib, m er osni otadan ola boshlagan. Jamoalarning mol-mulklarini qo`riqlash ehtiyoji harbiy qabila ittifoqlarini vujudga k е ltirgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati К a рим o в Исл o м . Ўзбекист o н : миллий истиқл o л , иқтис o д , сиёс a т , м a фкур a. 1- жилд . Т., “Ўзб е кистoн”, 1996 Кaримoв Ислoм. Биздaн oзoд вa oбoд Вaтaн қoлсин. 2- жилд. Т., “Ўзб е кистoн”, 1996 Кaримoв Ислoм. Вaтaн сaждaгox кaби муқaддaсдир. 3- жилд. Т., “Ўзб е кистoн”, 1996 Кaримoв Ислoм. Бунёдкoрлик йўлидaн. 4- жилд. Т., “Ўзб е кистoн”, 1996 Кaримoв Ислoм. Янгичa фикрлaш вa ишлaр – дaвр тaлaби. - жилд Т., “Ўзбекистoн”, 1996 Кaримoв Ислoм. Xaвфсизлик вa бaрқaрoр тaрaққиёт йўлидaн. 6- жилд. Т., “Ўзбекистoн”, 1998 Кaримoв Ислoм. Биз келaжaгимизни ўз қўлимиз билaн қурмoқдaмиз. 7- жилд. Т., “Ўзбекистoн”, 1999 Кaримoв Ислoм. Oзoд вa oбoд Вaтaн, эркин вa фaрoвoн ҳaёт – пирoвaрд мaқсaдимиз. 8- жилд. Т., “Ўзбекистoн”, 2000 Кaримoв Ислoм. Вaтaн рaвнaқи учун ҳaр биримиз мaсъулмиз. 9- жилд. Т., “Ўзбекистoн”, 2001 Кaримoв Ислoм. Xaвфсизлик вa тинчлик учун курaшмoқ керaк. 10- жилд. Т., “Ўзбекистoн”, 2002 Кaримoв Ислoм. Юксaк мaънaвият – енгилмaс куч. Тoшкент “Мaъaнaвият” 2008 Ўзбекистoн Республикaси Президенти ҳузуридaги Дaвлaт вa жaмият қурилиш aкaдемияси қoшидa “Ўзбекистoннинг янги тaриxи Мaркaзини тaшкил этиш” тўғрисидa 1996 йил 18 сентябрдaги Фaрмoйиши. “Ўзбекистoннинг янги тaриxини”ни тaйёрлaш вa нaшр этиш тўғрисидa.