logo

Movarounnahr mug’ullar istibdodi davrida. Chig’atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

60 KB
Movarounnahr mug’ullar istibdodi davrida . Chig’atoy ulusi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar Reja: 1. Mug’ul davlatining tashkil topishi. 2. Mug’ul bosqini va uning oqibatlari. 3. Mug’ullarning Movarounnahrdagi davlat boshqaruvi. 4. Mug’ul istilosiga qarshi ozodlik kurashlari. Mug’ullar davlati. XIII a.ning 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. 1206 y. bahorda Mug’ulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga “Chingizxon” (“Ulug’ xon”) deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat “Yakka mongol ulus” deb atalgan. Chingizxon xokimiyatni mustahkamlash yo’lida bir qancha islohotlar o’tkazgan. Jumladan, ming oilani bir ma’muriy birlikka bo’lishga asoslangan va harbiy tus berilgan yangi ma’muriy tuzum joriy etilgan. Unga ko’ra, Chingizxonga tobe bo’lganlar jami o’5 ta “ming oila” birligiga bo’lib chiqilgan va bularniig har biriga urush davrida Chingizxonga sadoqat bilan xizmat kursatgan kishilar boshliq qilib tayinlangan. Lekin amalda ayrim mingliklar bir necha ming oiladan iborat ham bo’lgan. Mingliklarni tashkil etishda imkon boricha bir toifadagi qardosh avlodlarni va qabilalarni bir-biridan ajratmaslikka e’tibor berilgan. Mazkur “ming oila” lar, o’z navbatida, g’arbiy “o’ng qanot” va sharqiy “so’l qanot” markaziy va toqliklar kabi 4 qismga bo’lingan. Har bir ming oila yuzlikka va o’nlikka bo’lingan. Aholini ro’yxatga olish ishlari amalga oshirilgan. 15 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan erkaklar harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan. Qo’shinda qattiq tartib o’rnatilgan, qonunbuzarlar uchun qattiq jazo, qonun ustuvorligini himoya qilganlarga esa hurmat bildirilib, mukofot belgilangan. Savdo yo’llari avvalambor Buyuk ipak yo’lining hanfsizligini ta’minlab, undan to’la foydalanishga e’tibor berilgan. BVu tadbirlar Chingizxon hokimiyatini mustahkamlashda ijobiy samara bergan. Chingizxon Mug’ullardan ko’p sonli yaxshi qurollangan, qattiq intizomga asoslangan va uyushganv qo’shin tuzadi. 13- a. muallifi Juvayniyning yozishicha, osoyishtilk davrida chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgpn barcha Mug’ul aholisi muhoraba e’lon qilinishi bilan tezda o’n, yuz, ming, o’n ming jangchi-tuman bo’linmalaridan iborat muntazam qo’shinga aylantirilardi. Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida o’ziga zarur bo’ladigan qurol-yarog’, turli anjomlar va ot-ulovlarini oldindan tayyorlab qo’yishga majbur bo’lgan. Qo’shin yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan boshqarilgan. Tuman bo’linmalariga, odatda, shahzodalar qo’mondonlik qilgan. Asosiy qo’shindan tashqari, Chingizxon ixtiyorida harbiy zodagonlardan tuzilgan maxsus gvardiya (“keshik”) ham tashkil etiladi. Bu gvardiya faqat favqulotda sodir bo’ladigan xavf-xatarga qarshi tashlanardi. Davlat ma’muriyatini markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o’z imperiyasining poytaxtiga aylantiradi. Xat-savodga mutlaqo ega bo’lmagan, madaniyatini nihoyatda tuban Mug’ullar davlat boshqaruv ishlarida uyg’urlardan ‚xamda musulmon savdogarlaridan foydalandilar. Chingizxon va no’yonlarining maslaxatchilari, mirzolari va ba’zi bir mulk maьmurlari, asosan, uygurlardan bo’lgan. Mas., Sharqiy uyg’urlar xoni Idiqut (Saodatbek) xonning yaqin do’sti va maslaxatchisi edi. Tashatun ismli uyg’ur esa davlat Muxrdori lavozimini hamda shahzodalarni xat-savodga o’rgatuvchi ustod vazifasini bajargan. Chingizxon tarqoq jangari mug’ul urug’larini birlashgirgach, tajovuzkorlik siyosatini yurgizdi (mug’ullar istilosi). Zabt etilgan ulka va viloyatlarni Chingizxon 1224 y.da o’g’illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Jan. Sibirь, dashti Kipchoq Volga buyi, Xorazm va darbandgacha bo’lgan o’lka Chingizxonning to’ng’ich o’g’li Jo’jiga (uning vafotidan keyin asa, nabirasi Botuga meros bo’lgan) topshirildi, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning 2-o’g’li Chig’atoy ega bo’ldi. Chingizxon o’z vatani Mo’g’ilistonni, shumingdek, Xitoyni 3-o’gli va vorisi O’qtoyga berdi. Kenja o’g’li Tuluga aea Xuroson, Eron va Hindiston tegdi. Shunday qilib, Mug’ullar bosib olingan viloyatlarni uluslarga taqsimlab boshqarishga kirishadi. Chingizxonning nabirasi Munke hukmronligi davrida (1251—59) M.d. tarkibiga Mug’uliston, Shim. Xitoy, Koreya, tangutlarning Si-Sya podsholigi, Markaziy va O’rta Osiyo, Zakavkazьye, Eron, Afg’oniston va Rusь yerlarimnig aksariyati kirgan. Biroq M.d.da ichki birlik yo’q edi, u turli tillarda so’zlashuqchi ko’plab xalqlarni zo’rlik bilan birlashtirgan edi, bu xalq turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot bosqichida bo’lib ularning ko’pchiligi taraqqiyot darajasiga ko’ra Mug’ullardan ancha ustun edilar. Munke o’limidan so’ng M.d. parchalanib keta boshlagan. Undan dastlab Botu (1236—55 y.lar hukmronlik qilgan) va Huloku (1256—65 y.lar hukmronlik qilgan) uluslari ajralib chiqib, Mug’ullar sulolasi hukmronligi ostida mustaqil davdatlar tuzganlar (Oltin O’rda, Hulokuiylar davlati). Bu davlatlar M.d. ishlariga aralashmaganla va o’z navbatida, boshqalarning ham ularning ishlariga aralashishiga yo’l qo’ymaganlar. Munkening o’rniga taxtga chiqqan ukasi Xubilay (1260—94 y.lar hukmronlik qilgan) davrida Mug’ullar Xitoyning butun hududini bosib olishgan. Xubilay va uning vorisdari saltanati Yuanь deb atala boshlagan. 1368 y. Xitoydagi xalq qo’zg’oloni natijasida Mug’ullar u yerdan quvilganlar. Ko’likovo Jangidan so’ng mo’g’illarning Rusdagi hukmronligiga darz ketgan. 14-a.ning 2-yarmida Eron, Zakavkazьye va O’rta Osiyoda Mug’ullar hukmronligi tugatilgan. 14-a.ning so’nggi choragida M.d. barham topgan. 15-a.da Esenxon (1440—55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashib M.d.ni tiklashga harakat qildidar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Dayanhonning o’limidan keyin mamlakat Jan. Mongoliya va Shimoliy Mongoliyaga bo’linib ketdi. Shim. Mongoliya ham, o’z navbatida, G’arbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da Mongoliyaning 3 qismida jami 200 hokimlik (knyazlik) mavjud edi.. Mug’ullar istilosi — Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Mug’ul no’yonlari harbiy tashkilot tuzib, ko’p xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qo’shinning asosiy kuchi — ko’chmanchilardan iborat ko’p sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosqinchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Ko’shin birlashgan qo’mondonlikka ega bo’lib, qattiq intizom va yaxshi qurollanganligi hamda o’zining jangovar sifatlari bilan qo’shni mamlakat qo’shinlaridan ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda ko’p mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi Mug’ullarning osonlik bilan galabaga erishishiga qo’l keldi. M.i. Chingizxon boshliq Mug’ullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-a. oxiriga qadar davom etgan. 1207—11 y.larda Sibirь va Sharfiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrot, qirg’iz va uygurlar) bo’ysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar kilindi (1227 y. butunlay vayron qilinda). 1211 y. Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga xujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215 y. Pekinni bosib oldilar. 1217 y. Xuanxe daryosining shim. dagi yerlarning hammasi Mug’ullar qo’liga o’tdi. Mug’ullarning Movarounnahrni istilo qilishi. O’tror voqeosi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona bo’ldi. Bu yurishda Chingizxon dastdab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik ko’rib rejalashtirilgan edi. Chingizxon G’arbga harbiy yurishini boshlamasdanoq o’z dushmanining kuch- qudrati va urushga tayyorgarligi to’g’risida savdogarlar orqali to’plagan ma’lumotlarini sinchiklab o’rganib, Xorazmshohlarning davlatining ichki ahvolidan to’la voqif edi. Xorazmshohlar davlati ko’p sonli turkiy qo’shin va yaxshi qurollangan ko’ngillilar lashkari hamda yetarli oziq-ovqati zahirasiga ega edi. Afsuski, xorazmshoh bilan sarkardalar hrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar bo’linib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivakiy barcha qo’shin (400 ming askar)ni Sirdaryo bo’yiga to’plab uzoq yo’l safarida toliqib kelayotgan Mug’ullarni qarshi olish, dushmanga hali o’zini o’nglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda to’satdan zarba berish to’g’risida birdan-bir to’g’ri fikr bayon qiladi. Biroq Muhammad xorazmshohga bunday fikr ma’qul bo’lmaydi. Chunki, uo’uzining oliylashkarboshilardan bo’lgan qipchoq dashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qushinni bir joyga to’plashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan ag’darib tashlashlaridan qo’rqar edi. Askariy kuchini qal’a va istehkomlarga bo’lib yuborib, ayrim shaharlarni Mug’ullarga qarshi qo’yish bilan dushmanga zarba bermoqchi bo’ldi. Xorazmshoh Mug’ullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon Vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Vuxoro shaxarlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3 marta xiroj ham yig’ib olinadi. Barcha qurilgan chora-tadbirlarga qaramasdan xorazmshoh hujumga tayyor emas edi. 1219 y.ning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin bo’lgan Mug’ullarga uyg’ur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sig’moq teginlar ham o’zlarining harbiy kuchlari bilan qushilgan edi. Chingizxon O’tror sh. yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qo’shinni 4 qismga buladi. Uning bir qismini o’g’illari Chig’atoy va O’qtoy boshchiligida O’trorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo’ji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sig’noq, O’zgan, Barchinlig’kent, Jand, Yangikent va b. shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qo’shinni Oloq nuyon hamda Suketu-cherbi qo’mondonligida Banokat va Xo’jand sh.lari tomon yuboradi. Chingizxonning o’zi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida O’trorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida o’z qo’llarida ushlab turadilar. Nihoyat Mug’ullar shaharni egallashga muvaffaq bladi. Aholini shahardan tashqariga haylab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana.q O’tror mudofaasi). Shu asnoda Buxoroga yo’nalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yo’lda Zarnuq va Nur qalalarni ishg’ol qiladilar. 1220 y. fev.da Chingizxon Buxoroga yetib boradi (q.Buxoro mudofaasi). Mug’ullar Vuxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yo’l oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari o’g’illari Chig’atoy va O’qtoylarning O’trordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (q. Samarqand mudofaasi), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe nuyon bosh bo’lgan Mug’ul qo’shinining ta’qibidan qochib, Kaspiy dengiziniig jan.dagi orollardan birida panoh topadi va sal vaqt o’tmay g’ariblikda zotiljam kasali bilan vafot etadi. Bu davrda Mug’ullarning Jo’ji boshliq askariy ismlari Sirdaryo etaqlarida bosqinchilik qilmoqda eli. Jo’ji shaharni jangsiz taslim bo’lishini talab qilib, Sig’noqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli Savdogarni sig’noqliklar o’diradilar. Bundan darg’azab bo’lgan Jo’ji shaxarga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan daxshatga tushgan O’zgan sh. aholisi Mug’ullarga jangsiz taslim bo’ladi ammo, Barchinlig’kentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220 y. Jandga hujum boshlaydidar. Jand noibi Qulughon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq nuyon, Suketu cherbi va To’g’ay kabi Mug’ul sarhanglari 5 ming qo’shin bilan Banokat va Xo’jand kishilari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan o’tkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shahar zabt etilgach, navbat Xo’jandga keladi. Asli nasabi turk bo’dgan Temur Malikning shaxsiy kaxramonligi bilan xo’jandliklar mo’g’illarga kutiliagan qarshilik ko’rsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xo’jand qamalida 20 miig Mug’ul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq hinoyachilarning kuchi teng bo’lmatanligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbo’r bo’ladi. 1220 y.ning yozida Movarounnahr jan.da shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan o’zi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar daxshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Xabash qattiq qarshilik ko’rsatadi. Termiz sh. va aholisi ham Mug’ullarga qarshilik ko’rsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo o’rta oqimining o’ng sohili viloyatlari zabt ztilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshohlar davlatining markazi Gurganchga tashaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning o’g’illari Jo’ji, Chig’atoy va O’qtoydar boshqaradi (q. Urganch mudofaasi). Xorazmshohlar davlati bosib olingach, Mug’ul jangarilari o’z kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari bo’lmish Balx, Xirot, Marv va G’azna kabi shaharlarga yo’naltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Mug’ul qo’shinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Mug’ullarning Parvon dashtidagi mag’lubiyatidan keyin (q. Parvon jangi) Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan o’zi boshqarali. Chingizxon G’aznaga lashkar tortadi, Jal liddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo bo’yida 1221 y.ning noyab.da ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Mug’ullarning pistirmaga qo’ygan 10 miig nafarli saralangan lashkari jang oqibatini qal qiladi (q. Sind daryosi bo’yidagi jang). Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qid qilish fikridan qaytadi. 1225 y.ga kelib, Mug’ul qo’shinlarining asosiy qismi Mug’ulistonga qaytib ketli. Jebe nuyon va Subutoy baxodir qo’mondonligidagi Mug’ul qo’shini g’arbda urushni davom ettiradi va Shim. Eron orqali Zakavkazьyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir vismini vayron qildi. Kaspiy dengizi sohili bo’ylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tor-mor keltirdi (1222). 1223 y. 31 mayda Kalka jangida Mug’ullar birlashgan rusqipchoq qo’shinini yengib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin o’rta Volgaga chekindi. Biroq Volga-Kama Bulg’or mag’lubiyatga uchrab, Mug’ulistonga qaytib ketdi (1224). Bu Mug’ul otliq askarlarining kelgusida g’arbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot etgach (1227), O’ktoyni ulug’xon (qoon) deb ko’targan qurultoy (1229) dan so’ng M.i. 2 yo’nalishda olib borildi. Sharqda Shim. Xitoy to’la bosib olindi (1231-34) Va Koreya bilan urush boshlandi (1231-34). Mug’ullar bir qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255, 1259) dan so’ng 1273 y. Koreyaning katgagina qismini bosib olishga muvaffaq bo’lgan. 1229 y. Subutoy bahodir 30 ming kishilik qo’shini bilan Yoyiq daryosi bo’yiga chiqdi. Jo’ji ulusiniig hukmdori Botuhon qo’shini bilan birgalikda Kaspiy bo’yyi dashtdaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqishga erishdi. 1232 y. Mug’ul qo’shinlarinig Volga-Kama Bulg’oriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Jo’ji ulusiniig kuchlari bilan g’arbga qilingan hujum ham natija bermadi. 1235 y. qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 Mug’ulxoni ishtirok etib qo’shinning umumiy soni umumiy soni 150 mingga yetdi. 1236 kuzida Mug’ul qo’shinlari yana Volga-Kama Bulg’oriyasiga hujum qilib, uni vayroi qildi. Ular 1237 y.ning baxori va yozida alanlar, qipchoqlar va O’rta Volgabo’yi xalqlari bilan urushni davom attirib, kuzda Shim.-Sharkiy Rusga yurish kilish maksadida hoz. Voronej atrofiga to’plandi. 1237 y. qishning boshlarida Botu Ryazanь knyazligiga hujum qilli, 6 kunlik qamaldan so’ng Ryazanь taslim bo’ldi. 1238 y. Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mar qildi. Mug’ul qo’shinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238 y. fev. oyi mobaynida 14 rus shahrini (Rostov, Uglich, Yaroslavlь, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Merskiy, Pereyaslavlь-Zalesskiy, Yurьyev, Dmitrov, Volok-Lamskiy, Tverь, Tor jok)ni bosib oldi. 1240 y. kuzida Jan. Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimir-Volinskiy, Galich va b. shaharlar bosib olindi 1241 y. bahorida Mug’ul qo’shinlari rus hamda Sharkiy Yevropaning boshqa xalqlari ko’rsatgan kaxramonona qarshiligiga qaramay, G’arbga tomon ilgariladi. Botu ko’shiniiing asosiy qismi Karpat dovonlari orkali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 miing lik qo’shini tor-mor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht. sh. ishg’ol etilib, vayron qilindi, mamlakatning ko’p qismi xarobaga aylantirildi. Ba’zi Mug’ul otryadlar Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, biroq qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241 y. oxirlarida Botu o’z qo’shinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242 y. sohilda joylashgan qal’alarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya bo’ylab orqaga kaytgan. Shunday qilib Mug’ullarning Markaziy Yevropaga qilgan hujumi tugadi. M.i. G’arbda — Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda uzoq muddatga cho’zilgan. Mug’ullar Zakavkazьyeni bosib olgach, Kshniya sultonligini tor-mor keltirdi. 1256 y. da Xuloku Eron va Mesopotamiyani, 1258 esa Arab halifaligining poytaxti, Bag’dodni bo’ysundirdi. Mug’ullar Suriyani ishg’ol qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana boshladilar. Biroqj 1260 y. Misr sultoni qo’shinlari bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchraganlar. M.i. G’arbda shuning bilan tugadi. 13-a.ning 2-yarmida Mug’ullar Sharq va Jan. Sharq mamlakatlarini zabt qilishga kirishdi. Mug’ul qo’shinlari Jan. Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi. 1258 y. Mug’ul qo’shinlari har tomondan Jan. Xitoyga bostirib kirdi, biroq Munkening to’satdan vafot etganligi tufayli Jan. Sun periyasini zabt etish kechikdi. 1267-79 y.dagina Jan. Xitoy yangi Ulug’ xon Xubilay tomonidan ishg’ol qilindi. 1281 y. Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000 kema, 100 ming kishilik qo’shin jo’natilgan. Ammo, mazkur flot to’fonda qolib g’arq bo’lgan. Mug’ullar o’zlarinig Jan.- Osiyoga qilgan yurishlarida Xitoy armiyasi va flotidan foydalangan bulsalar-da, muvaffaqiyatga erisha oliaganlar. Mug’ul-Xitoy qo’shinlari bir necha yurishalar (1277 y. 2 marta va 1282, 1287 y.larda) dan so’ng Birmani ishg’ol qildi, birof tezda (1291) u yerdan haydab chiqarildi. Mug’ul-Xitoy qo’shinlar va floti bir necha marta Vьyetnamga hujum qili (1257, 1258, 1284, 1285, 1287—88), uni bo’ysundira olmadi. Tьyampu davlati (Hindixitoyning jan.-sharqida ham o’z mustaqilligini Mug’ullardan himeya qila oldi. M.i. 1300 y. Birmaga qilingan yanga yurishdan so’ng tugadi. M.i. davrida tarixiy va madaniy yodgordiklar vaxshiylarcha yakson qilindi. M.i va hukmronligi davrida mag’lub va mazlum bo’lgan xalqlarning yagona halokati shu bo’ldiki, ular dushmanga qarshi barcha nizolarni chetga surib, birgalikda kurashiiig zarurligini anglab yetmadilar. Mug’ullar qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuv jaryoni Mug’ul xoni Temuchin (1155-1227 yy) nomi bilan bog’liq. 1205 yildayoq Qoraqurumda Mug’ulla bilan yonma-yon yashab kelgan va ularning xukmronligi ostida bo’lgan jaloyir, o’yrot, keyroyit, nayman, qoraxitoy, qirg’iz, uyg’ur, qorliq kabi turkiy qabilalar ham ishtirok etgan qurultoy bo’ldi va unda Temuchin Chingizxon nomi bilan Mug’ul xoni etib saylandi. O’sha davr sharqida eng qudratli davlat xisoblangan Xorazmshohlar davlati dastlab Mug’ullar bilan bir qancha elchilik va savdo aloqalari olib borgan bo’lsada, keyinchaliu bu munosabatlar dushmanlikka aylandi va 1219 yilda Mug’ullar Xorazmshohlar davlatiga qarshi xarbiy xarakatlarni boshlab yubordilar. 1219 yil kuzida O’trorga dastlabki zarba berildi va 5 oylik qamaldan so’ng qal’a bosib olindi. 1220 yilning ilk baxorida Chingizxon musulmon Sharqining yirik madaniy markazi bo’lgan Buxoro ustiga qo’shin tortdi va shaxar qamal qilindi. Qamalning 12 kunida shaxar taslim bo’ldi va axoli qirg’in qilindi. Keyingi xujum Samarqandga qaratildi. Garchi Samarqandda Xorazmshohning 100 ming kishilik qo’shini turgan bo’lsada, himoyachilar yetarli qarshilik ko’rsata olmadilar. Qo’shin uch kun qarshilik ko’rsatgach, Chingizxonning yolg’on va’dasiga uchgan qang’liklarning 30 ming kishilik qo’shini taslim bo’ldi. Biroq, shaxar egallangach, axolining katta qismi bilan birgalikda qang’liklar ham qirib tashlandi. Ularning yo’lboshchilari Borushmas, bog’on, Sarziqhon va yana 20 nafar sarkarda qatl etildi. Uzoq va qattiq qarshilikdan so’ng Xo’jand shaxri ham Mug’ullar tomonidan bosib olindi. Xo’jand himoyasiga shaxar qal’asi qo’mondoni Temur Malik katta jonbozlik ko’rsatadi. Mamlakatdagi eng buyuk shaxarlarning qo’ldan ketishi Alovuddin Muxammad Xorazmshohni qattiq larzaga soladi. Saroyda fitna va xiyonat kuchayadi. Qunduz, Badaxshon xokimlari undan yuz o’girishdi. 1220 yil aprelda Muxammad Xorazmshoh Nishopurga keldi. Ammo Subutoy no’yonning uni ta’qib etib kelayotgani sababli hech kim Muxammad Xorazmshohni kutib olmadi va Kaspiy dengizdagi Ashura orolida qo’nim topdi. U 1220 yil dekabrda Jaloliddin taxt vorisi etib tayinlab, bir oz o’tmay vafot etdi. Xorazmshohning O’zloqshoh va O’qshoh ismli o’g’illari Mug’ullar tomonidan o’ldiriladi. Mug’ullarning Urganchga xujumi chog’ida shaxarda 110000 qo’shin bor edi. Shaxar ximoyasida Jaloliddin, Temur Malik, Axmad ibn Umar Xivaqiy-Shayx Najmiddin Kubro kabi sarkarda va ulamolar mislsizqaxramonliklar ko’rsatdilar. Urganch qamal yetti oy davom etdi. Mug’ullar bu yerda bir necha o’n minglab odamlarni qirg’in qildilar. Garchi Xorazmshoh amirlaridan Faridun Udiy boshchiligidagi sarbozlar Mug’ullarni shaxardan xaydab chiqargan bo’lsada, shaxar Mug’ullar tomonidan qaytadan bosib olindi va manbalarga ko’ra Urganch axolisidan million kishi o’ldirilgan. Jaloliddin va Temur Maliklar umrlarining oxirigacha Mug’ullarga qarshi kurashlarga raxbarlik qildilar. Jaloliddin Manguberdi 1231 yil avgustida xinona o’ldirildi. Mug’ullar tomonidan bosib olingan hududlarda esa keyinchalik ulus vujudga keldi. Chingizxon xalqi xayotlik vaqtidayoq bosib olingan hududlarni to’rt o’g’liga boshqarish uchun taqsimlab bergan edi. Irtish daryosining narigi tomonidan to «Mug’ullar otining tuyog’i yetgan joy» gacha bo’lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi (Sig’noq, Barchinlig’kent, Janikent, Ashnas shaxarlari) va Xorazmning shimoliy-g’arbiy hududalri to’ng’ich o’g’li Jo’chiga berildi. Jo’chining yaylovlari Irtishda, qishloq joyi Sirdaryoning quyi oqimi edi. Qoshg’ar, Yettisuv, Movarounnaxr ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Chig’atoyning qo’shi Ili daryosi bo’yida edi. Uchinchi o’g’li O’g’adoyxonga G’arbiy Mug’uliston va Tarbag’atoy o’lkasi ajratildi. Uning qo’shi Chuguchakda edi. Chingizxonning kenja o’g’li Tuluyga esa otasidan Xalxa Mug’uliston, ya’ni, Shimoliy Mug’uliston meros qoldi. Uning qo’shi Kerulen daryosi bo’yida edi. Jo’chining o’g’li Botuxon (1227-1255), O’g’adoy (1227-1241) va Tuluyning o’g’li Munqa(1251-1260) zamonida Mug’ullar saltanati ijtimoiy-siyosiy xayotida muhim o’zgarishlar bo’ldi va Oltin O’rdaga asos solindi. Chig’atoy (1227-1241) o’z yerlariga inju tarzida egalik qilgan. Olg’uygacha (1261-1266) bu yerlarda xoqonning hokimiyati joriy etilgan. Xoqon nomidan Chig’atoy ulusini Maxmud Yalavoch boshqargan. 1239 yilda u Xitoyda Pekinga xokim etib tayinlangach, o’rniga o’g’li Ma’sudbek (1239-1289) o’tqazilgan. Harbiy xokimyat, axolini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari doruxachi va tanmachi deb atalgan Mug’ul amirlari qo’lida bo’lgan. Maxmud Yalavoch Xitoyga jo’natilgan, Ma’sudbekka Uyg’uristonga qarashli Xo’tan, Qoshg’ar, olmaliq, Qoyalikdan to Samarqand va Jayxun daryosi sohillarigacha, Beshbaliq va Qoraxo’ja yerlari in’om etilgan. Chig’atoy ulusida Kepakxon xukmronligi davrigacha (1309, 1318-1326) siyosiy barqarorlik bo’lmadi va bir qancha siyosiy kurashlardan so’ng, 1251 yil Qoraqumda bo’lgan qurultoy qaroriga ko’ra Chig’atoy ulusi ikki qismga bo’linib ketdi: Sharqiy Turkiston, G’ulja o’lkasi, Yettisuv, Farg’onaning shimoliy-sharqiy qismi qoon ixtiyorida qolgan bo’lsa, movarounnaxr, Farg’onaning g’arbiy qismi Oltin O’rda ko’l ostiga o’tdi. Olg’uy ibn Boydar ibn Chig’atoy (1261-1266) Chig’atoy ulusini Oltin O’rda ta’siridan qutqarish choralarini ko’rgan bo’lsa, Baroq ibn Yisonqur ibn Komkor ibn Chig’atoy (1266-1271) Chig’atoy ulusini ancha kuchayishiga erishdi. Biroq, ko’p o’tmay Chig’atoy ulusiO’g’dayning nabirasi Kaydu va Oltin O’rda xoni Mangu Temur (1267-1280) ta’siriga tushib qoldi. Kaydu Chig’atoy ulusi taxtiga Baroqxonning o’g’li Duvaxonni (1291-1306) o’tkazdi. Andijonning tiklanishi, O’zganning Farg’ona o’lkasi poytaxtiga aylantirilishi uning nomi bilan bog’liq. Duvaxon Kaydu bilan xamkorlikda katta e’tiborga erishdi. Duvaxon vafotidan so’ng uning o’g’illari Kunjakxon va tolg’u ibn Qudug’ay ibn Bo’ri mutugan ibn Chig’atoylar xonligi uzoqqa cho’zilmadi. Kepakxon urug’doshlarining barcha nizolariga barham berdi va markaziy xokimyatni mustaxkamlashga xarakat qildi. Chig’atoy davlatining rivoji, shaxarlar qurilishiga omil bo’lgan pul va ma’muriy isloxotlar Kepakxon nomi bilan bog’liq. Nasafdan ikki farsax masofada qurilgan Qarshi shaxri uning nomi bilan bog’liq. Ma’muriy isloxotlarga ko’ra mamlakat Buxoro va Samarqand vioyatlrida tumanlarga, Farg’ona va Sharqiy Turkistonda orchinga (poytaxt atrofi noxiyalari) bo’lindi. Yangi pul birligi «kepakiy» deb yuritilgan va bir dinor kepakiy ikki misqol, bir dirham kepakiy uchdan bir misqolga teng bo’lgan. 1326 yil Duvaxonning o’g’illari Elchigidoy va Durra Temur o’rtasida taxt uchun kurashlar boshlandi. Keyinchalik taxtni egallagan Alovuddin laqabli Tarmashirin (1326-1334) mustaxkam mavqega ega bo’ldi. Duvaxonning nabiralari Buzan, Chankshi, Yesun Temur 1334-1338 yillarda nomigagina xon bo’lib turdilar. XIV asr 40-yillarida Chig’atoy ulusi ikkiga-Yettisuv,, Farg’onaning Sharqiy qismi, Sharqiy Turkistonda iborat Mug’ulistonga bo’linib, siyosiy jixatdan parchalandi. Mug’ullar davlati yarim ko’chmanchi, xarbiy tartiblarga ega siyosiy tashkilot edi. Chingizxon va uning avlodlari xon unvonida bo’lib, ularning qo’l ostida xarbiylashgan amaldorlar pog’onasi turardi. Chig’atoy ulusi davrida Movarounnaxrni boshqarish maxalliy xukmdorlarga topshirilgan. Buxoroda esa maxalliy zodagonlar va ruxoniylar xokimyatini o’z qo’llariga olgan bo’lib, amirlar va sadrlar deb yuritilgan. Chig’atoy ulusi xonlari o’z yerlarini inju tarzida boshqarib, faqatgina daromaddan foydalanish xuquqiga ega bo’lganlar. Yer solig’i mol (xiroj) o’n foizni tashkil etgan. Ko’chmanchilar to’laydigan qo’pchur yuz boshdan bir bosh xisobida bo’lgan. Savdodan targ’u jarimasi olingan. Munqa nomidan pul zarb etilgan, 1270 yildan boshlab, soliqlar pul ko’rinishida olingan. Pul ulusning eng yirik shaxarlaridan zarb etilgan. 1271 yil Ma’sudbek pul isloxoti o’tkazdi va ulusning barcha hududlari uchun bir xil vazndagi kumush tangalar muomilaga kiritildi. Isloxot iqtisodiy munosabatlarning jonlanishiga olib keldi va XIII asrning 80-90 yillarida ulusning 16 shaxrida shunday zarbxonalar ochildi. Yuqorida aytilgan soliqlardan tashqari chorvadorlardan shulen solig’i olingan: har suruvdan bir qo’y va ming bosh otdan bir bosh biya. Xunarmand, savdogarlardan olinadigan yarg’u solig’i o’ttizdan bir ulush miqdorida bo’lgan. Bundan tashqari xalq turli yig’imlar va to’lovlarga, majburiy ishlarga ham jalb etilgan. Ulug’ qoonlar Guyukxon (1246-1248), Munqaxon (1251-1260), Chig’atoy xoni Olg’uy (1261-1266) xukmronligi vaqtida boshqa Mug’ul shaxzodalarining Movarounnaxr ichki xayotiga aralashuviga chek qo’yilgan, bu esa asta-sekin iqtisodiy xayotning jonlanishiga ta’sir ko’rsatgan. XIII asr o’rtalaridan boshlab, o’zbek qabilalarining o’zaro uyushuvi kuchayadi. Jumladan barloslar Qashqadaryoda, jaloyirlar Oxangaron vodiysida, arlotlar Afg’onistonning shimolida, qovchinlar Farg’ona vodiysida mustaxkam o’rnasha boradilar. Bu hol o’zbek xalqining tashkil topishida muxim omillardan biri bo’lgan. XIII asrning boshlariga kelib (1206-1215) Mug’ulistonda Chingizxon hukmronligida kuchmanchi mo’tullarning ulkan davlati paydo bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida xorazmshohlar davlati mavjud bo’lib, o’zaro urushlar va boshboshdoqlik oqibatida bu qudratli saltanat inqirozga yuz tuga boshlagan davr edi. Chingazxon bilan Muhammad Xorazmshoh o’rtasida qisqa muddat (1215- 1218) elchilik munosabatlari davom etgan bulishiga qaramay bu munosabatlar oxir-oqibat fojiali tugadi. Harbiy jihatdan puxta tayyorgarlik ko’rgan Mug’ul ko’shinlari xorazmshohlar davlatidagi iqtisodiy, siyosiy va ishtimoiy tushkunlik vaziyatidan foydalanib, qisqa muddatda (1218-1221) O’rta Osiyo yerlarini bosib oladilar. Asrlar davomida moddiy va ma’naviy madaniyati rivojlanib kelgan O’rta Osiyodagi ko’pgina shaharlar- Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Termiz, O’tror, O’zgan, Urganch, Kesh kabilar vayronaga aylayatirildi. Dehqonchilik vohalari xarobalarga aylandi. Mug’ul bosqinchlari mahalliy aholiga hamda ularning madaniyatiga hech bir shafqat qilmadilar. Arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1214) O’rta Osiyodagi Mug’ul bosqini haqida shunday yozadi: «...Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib, Turkistondagi Kashg’ar va Balasog’un kabi viloyatlarni, Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarni... vayron etib, qirg’in qilib, talon-toroj qilib egalladi. Tatarlar (Mug’ullar) hech qaysi shaharni omon qoldirmadilar, ketayotib vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o’tgan bo’lsalar, uzlariga yoqmagan narsalarga o’t qo’ydilar». O’rta Osiyo xalqlari Mug’ul bosqinchlariga qarshi qahramonona kurash olib bordi. Xususan, O’tror hokimi Inalxon, Buxoro mudofaachilari Ixtiyoriddin Qushlu, Hamid Pura Qoraxinoy, Suyunchixon, Xo’jand hokimi Temur Malik, Urganch shayxi Najmiddin Kubro, shahzoda Jaloliddin kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun qon tukib kurashdilar. Ammo ular ona-yurt ozodligini saqlab qolisha olmadi. Mug’ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xurosoning obod viloyatlari, shaharlari xarobazorga aylantirildi. Zarafshon, Marv, Xorazm vohalarida sug’orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida yam-yashil dalalar, bog’-roklar xarobazorga aylandi. Bu davrda ilm-fan va ma’rifatga yetkazilgan jarohat ham oz bo’lmadi. Bosqinchilar to’s-to’poloni vaqtida Buxoroda, Samarqandda, Urganchda bir nechta kutubxonalar yonib ketdi. Misol uchup Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona yonib ketdi. Faqat XIII asrping 70-80- yillariga kelib O’rta Osiyoda asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, shahar hasti, hunarmandchilik jonlana boshlandi. Mug’ul bosqini davrida inqirozga yuz tutgan v fan-adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boglaydi. XIII asrda Buxoroda «Mas’udiya» va «Xoniya» madrasalari qurildi. Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dexlaviy kabilar adabiyot sohasida ijod etdilar. Undan tashqari Abu Umar Mirxojiddin Jusjoniyning «Tabaqoti Nosiriy», Alouddin Otamalik Juvayniyning «Tarixi jahon gushay» («Jahon fotihlari taraxi»), Fazlullloh Rashididdinning «Joms at-chavorix» («Tarixlar to’plami») kabi tarixiy asarlari yaratiladi. Adabiyotlar: 1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha) T, 1994. 2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991. 3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994. 4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994. 6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997. 7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992. 8. Sentralьnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974