logo

Miloddan avvalgi IX asr oxiri VI asrlarda Attika Afinada quldorlik demokratiyasini paydo bo’lishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

533 KB
Miloddan avvalgi IX asr oxiri VI asrlarda Attika Afinada quldorlik demokratiyasini paydo bo’lishi Reja: 1.Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi. 2.Sparta jamiyati. 3.Er.avv.VII-VI asrlarda attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi. Yunon shahar-davlatlarining shakllanishi. Er. av. I ming yillikning boshlarida ilk bor fmikiyaliklar begona hududlarda o ‘zlarining yangi manzilgohlari (Koloniya)larine barpo qila boshladilar. Finikiyaliklardan keyin yunonlar ham bu jarayonda faol ishtirok etadilar. Koloniyalar begona hududlarda ularni tashkil etgan finikiyalik va yunon savdogarlari uchun tayanch nuqtalari bo‘lib xizmat qilgan. Yunonlaming koloniyalarni barpo qilish faoliyati er. av. VIII—VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt buyuk yunon kolonizatsiyasi davri deb aytiladi. Koloniyalarni barpo qilishning bir necha sabablari bor edi. Birinchi navbatda Yunonistonning bir necha viloyatlarida aholining haddan tashqari ko'payib ketganligidir. Arxaik davrining boshlanishida aholi sonining keskin o'sishi natijasida, demografik portlash yuz berdi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaif rivojlanishi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlami taqchilligjga olib keldi. Yunonistonning o ‘zida dehqonchilik qilish uchun yaroqli boigan yerlar deyarli yo‘q edi. Aholining ortiqcha qismi shu sababli begona hududlarga borib yangi yerlami o ‘zlashtirishga majbur boidi. Buyuk yunon kolonizatsiyasining yana bir ijtimoiy sababi bor edi. Kambag‘allashgan jamoachi dehqonlar o ‘zlarining boyib ketgan zodagon qarindoshlariga qarzi uchun qul boiishni xohlamadilar, ular o ‘zlarini qarzlari uchun garovga qo‘yilgan bir parcha yerlarini tashlab ketishga majbur boiadilar. Ular uchun yagona y o i begona joylatga ketish edi. Arxaik Yunonistonning shaharlari bu vaqtda yirik iqtisodiy markazlarga aylandilar, savdo iqtisodiyotning asosiy sohalaridan biriga aylandi. Bu shaharlaming boy savdogarlari chet mamlakatlarga boradigan yoilarda o ‘mashib qolish uchun savdo koloniyalari barpo qilishga harakat qildilar. Yunon shaharlaridagi tabaqaviy ijtimoiy-siyosiy kurash kolonizatsiya jarayonini yana bir sababi edi. Shaharlaming iqtisodiy taraqqiyoti tabaqalanishni kuchaytirdi. Shahar aholisining turli tabaqalari o'rtasida ijtiomoiy- siyosiy kurash kuchayib ketdi Yengilgan gumh shaharni tashlab ketishga majbur edi. Shuningdek, savdo-hunarmandchilikni rivojlanishi xomashyoga boigan ehtiyoj va tayyor mahsulotni sotish uchun yangi hududlami izlab toppish zaruriyatini tug'dirdi. Bundan tashqari, arxaik davrda Yunonistonning ijtimoiy-iqti sodiy jihatdan rivojlangan viloyatlarida fuqarolarni qarzi uchun qul qilish qonun bilan taqiqlangan edi. Ofisib borayotgan iqtisodiyot uchun arzon ishchi kuchi qullaiga boigan talabni qondirish uchun begona hududlardan qullarni olib kelish boshlandi. Yunon kolonistlari ko‘p hollarda yangi qul bozorlarining tashkilotchilari boidilar. Buyuk kolonizatsiya deb atalgan jarayon bilan bogiangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o ‘zgarishlar qadimgi Yunonistonning keyingi taraqqiyotini belgilab berdi. G ‘arb va Sharqda ko‘p sonly yunon kolonniyalarining barpo qilinishi, O’rtayer dengizi savdosidan finikiyaliklami siqib chiqarilishi, yunon savdosini o ‘sishi, hunarmandchilikning yuksak taraqqiyotiga olib keldi. Tovar sotish bozorlari, hunarmandchilik mahsulotlari hajmi kengaydi, ishchi kuchiga yana ehtiyoj kuchayib, qullarni soni o ‘sdi. Ellada iqtisodiyotining barcha sohalarida qul mehnati yetakchi o ‘ringa chiqa boshladi. Zodagon oligarxiya ayrim polislarda boshqaruvni xalq tomonidan hokimiyat tepasiga chiqarilgan, o ‘z shaxsiy hokimiyatini o ‘rganishga erishgan kuchli va faol shaxslar boigan tiranlarga topshirishga majbur bo’ldi. Eramizdan av .VI asrda arxaik davrning tugashi davrida ba’zi bir polislarda demokratik qurilishning ilk asoslari qurildi. ''Yunonlar begona hududlarda ba’zida mahalliy aholining qarshiligiga duch keldilar, ba’zida do‘stona aloqaga kirishdilar. Kiklada, Sporada orollari va Kichik Osiyo qirg'oqlarini qadimdayoq yunonlar o'zlashtirgani sababli er. av . VIII asrda aholining ko‘chishi g’arbga Sitsiliya va Janubiy Italiyaga, shimoli sharqda Qora dengiz qirg’oqlari tomon yo‘naldi. Misr va Kirenaika ham o ‘zlashtirildi. Janubiy Italiya VIII—VI asrlarda kolonizatsiya qilindi. Bu yerdagi kolonistlar o'zalarini kelib chiqishlarini Pelepponnes axeylaridan deb hisoblar edilar. Er. av . VII—VI asrdagi kolonizatsiya jarayonida Ьафо qilingan yunon shaharlari bir necha yoiialishda rivojlandi. Janubiy Italiyadagi shaharlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, Qora dengiz bo’yiagi Milet koloniyalari savdoga ixtisoslashgan edilar. Janubiy Italiyada Metapont va Sires, Sibaris, Posidoniya kabi yunon shaharlari qishloq xo‘jaligi bilan shug4ullanar edilar. Bu yerda, ayniqsa, spartaliklar asos solgan Tarent shahri koloniyalar orasida yetakchi oi'inni egalladi. Shahar Sparta shevasini va boshqaruv uslubini t o iiq saqlab qoldi. Sitsiliya orolida Evbey Xalkidasi yunonlari er. av . 735-yil atrofida Naksos, Katanu va Leontiano, Zankli (keyingi Messana) hamda Regiyni Ьафо qiladilar. Shimolda Gaetan q o itig id a Qum shahriga asos solindi. Loklar Italiyaning Zefir burnida Zefir Lokri (hozir Кар Spartivento)ni, Korinf aholisi Sitsiliyaga vaqt o ‘tishi bilan yunon g'arbini bosh markazi va metropoliya rolini o ‘ynagan Sirakuzani barpo qildilar. Sirakuza o ‘z navbatida AJcr va Kamirinani barpo qildi. Megara Gibliya Megarasi va Seluninga, rodosliklar Agrigent shahriga asos soldilar. Shunday qilib, yunonlar Sitsiliyaning sharqiy va janubiy qismini egalladilar. Orolning g‘arbida bu yerga yunonlardan ilgari kelgan finikiyaliklar hukmronlik qiladilar. Vaqt o ‘tishi bilan orolining g'arbida Finikiya yerlari qisqarib faqat Finikiyaning uch nuqtasi Solunt, Panorm (hozirgi Palerma) va Motiya qoldi. Er. av. VI asrda yunonlaming Italiya va Sitsiliya koloniyalari gullab- yashnadi va Bolqon Yunonistonidan ko‘ra boy hududga aylanib Buyuk Yunoniston nomini oldi. Bu koloniyalaming gullabyashnashining asosi qishloq xo'jaligi, savdo-hunarmandchilik edi. Sitsiliya va Italiyadan g‘alla Yunoniston va Kichik Osiyoga chiqarildi. Er. av. VII asrda Liguriya qirg‘og‘idagi Rodan daryosi havzasida fokiyaliklar Massiliya (hozirgi Marsel), janubiy Italiyada Eleya shaharlariga asos soldilar. Sharqda Xalkidika yarim oroli Evbeyadagi Xalkida aholisi tomonidan, Epir qirg‘og‘idagi (hozirgi Korfu) Kerkira oroli korinfliklar tomonidan bosib olindi. Korinfliklar Ambrakiy qo‘ltig‘da Ambrakiya va Anaktorn; Illiriya qirg‘og‘ida Appoloniya va Epidamn koloniyalariga asos soldilar. Qora dengiz qirg‘oqlarida Kichik Osiyodagi yunonlaming eng kuchli savdo markazi Miletning fuqarolari o ‘nlab koloniyalami barpo qildilar. Abidos, Sinop, Koteo, Kerasun va Trapezunt, Qora dengiz shimoli, shimoliy- g‘arbiy qirg‘oqlarida Ol’viya, Appoloniya, Odessa, Toma, Tira, Feodosiya, Bosforda Kalxidon (megaralilar asos solgan) Qora dengizning Yevropa qirg‘og‘ida Vizantiy, Gerakleya koloniyalari qad ko‘tardi. Er avVII asrda Misrda ham yunonlaming tayanch nuqtalari vujudga keldi, bu yerda Navkratis koloniyasi barpo qilindi. Shimoliy Afrikada Liviya qirg‘og‘ida shoir Kallimax va olimErastofenning vatani Kirenaga asos solindi. Yunonlaming g‘arbgasiljishini Karfagen, janubi sharqda esa Misr to‘xtatdi. Tiraniya Yunonistonda er. av. VIII—VI asrlarda xo'jalik hayotidagi ijtimoiy- iqtisodiy o'zgarishlar siyosiy hayotga o ‘z ta’sirini ko‘rsatdi, Milet, Efes, Korinf, Sikion, Megara, Afina shaharlari, Sa mos, Lesbos va Sitsiliya orollarida iqtisodiy o ‘sish kuchli edi. Aynan shu joylarda kuchli, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni bosib oldilar frokimiyatni noqonuniy, zo'ravonlik bilan egallab boshqarish shakli-iliraniya» paydo boidi. Tiraniya er.av. VII asrda ayrim yunon shaharlarida keng tarqaldi. Zodagonlar ichidan chiqqan tiranlar urug‘ zodagonlari va xalq hokimiyatini keskin rad qildilar. Hokimiyatni bosib olgan tiranlar o ‘zlarini raqiblari boigan oqsuyak urug‘ zodagonlariga qarshi shafqatsiz kurashdilar, chunki bu vaqtda urug‘ zodagonlari jamoa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli qismi edilar. Shu sababli tiranlar o ‘zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun eng xavfli deb, zodagonlar hokimiyatini hisoblar edilar. Tiranlar o ‘z hokimiyatalrini kuch bilan ushlab turgan holda urug‘ aslzodalaming siyosiy-iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. Tiranlar aslzodalaming kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni kuychaytirdilar va o'zlari istamagan holda hokimiyatlarini halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar. Omma ichida mustahkam tayanchga ega boiish uchun tiranlar kambag‘al qatlamlami tirikchilik oikazishi uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Ular aholini ish bilan band qilish maqsadida yoilar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ishlarini uyushtirdilar. Savdo hunarmandchilik va qishloq xo'jalik sohalarini bevosita qoilab-quwatladilar. Tiranlar madaniyat-ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlami rag‘batlantirdilar. Ulami hukmronligi davrida yunon polislari o'zlarini buyuk kelajaklari poydevorini qo‘ydilar. (Afina- Pisistrat davrida, Sirakuza-Gelon davrida). Korinf va Samos shaharlarini gullab-yashnashlariga tiranlar sababchi boidilar. Tiranlar boshqaruvga o ‘z qarindosh-urugiarini tortdilar, ular boshqaruvda yollanma qo‘shinlardan foydalandilar. Yunon shaharlarida demos maium darajada kuchga toiganidan so‘ng o ‘zlari yoqtirmagan tiranlarni hokimiyatidan yengil qutildilar. Tiraniya urug‘ zodagonlari bilan kurashda yetakchi rol o ‘ynab, er. av. V asr boshlarida. deyarli hamma joyda polis tuzumini o ‘matilishi uchun qulay shart-sharoitlami yaratib berdilar va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib ketdilar. Yunon polisini shakllanishi va uning o ‘ziga xos xususiyatlari Qadimgi yunon jamiyatini iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy tashkilotini asosiy shakli polis edi. Polis bu jamoani alohida tipi bo‘lib dehqon va shahar aholisini o ‘zida birlashtirgan yerga ishlovchilar fuqaro jamoasi edi 1 . Yunon polisini asosini, uni taraqqiyoti va shakllanishini belgilaydigan asosiy shartlari quyidagicha edi: Eng avalo, davlat va xususiy mulk birlashgan antik mulkchilik shakli edi. Yunon jamoasi a’zosi bo‘lgan fuqaro yerga egalik qilish huquqiga ega edi, har bir fuqaro polis hududida yer ulushiga ega bo‘lishi shart edi. Yerga egalikni oliy huquqi fuqarolar jamoasiga tegishli edi. Polis tashkilotini ajralmas qismi. fuqarolik muassasasi edi. Polis aholisi to ‘la huquqli fuqarolar, toMaqonli huquqga ega bo‘lmagan va huquqi bo‘lmagan aholi toifalaridan iborat edi. Polis jamoasi tarkibiga kirgan fuqarolaming iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarining majmuasiga ega edilar. Faqat polis fuqarolarigina aholini imtiyozli qismini tashkil etar edi. Fuqaroning asosiy sifati ozod kishi mavqei edi. Yunon fuqarolik mavqeini fuqaro ota-onadan tug‘ilishi bilan olar edi. Fuqarolik huquqini sovg‘a qilishga faqat polisning xalq yig‘ini haqli edi. Oligarxiya hukmron b o ‘lgan polislarda fuqarolik mavqeiga ega bo‘lish uchun fuqaro mulkiy senz, yerga egalik, og'ir qurol-aslahasi mavjudligi shartlarini bajarish lozim edi. Polisning iqtisodiy asosini qishloq xo‘jaligi, yerga mehnat qilish tashkil etar edi. 1 Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of interaction’’. Oxford University Press. England I994. p. 31-33.  Yerga egalik, dehqonchilik uzoq vaqt polis fuqarosini imtiyozi bo‘lib qoldi. Polis fuqarosidan boshqa hech kim uning hududida yerga egalik qilish huquqiga ega emas edi hamda polis fuqarolar jamoasiga tegishli jamoa yerlariga egalik qila olmas edi. Polis jamiyatida barcha huquqiy normalar manbasi xalq yig‘inida ishlab chiqilgan qonun edi. Fuqarolami qonunlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi ishtiroki ajralmas huquq edi. Shunday qilib, polis fuqarolik jamoasi a’zolari bo'lgan shahar va qishloq aholisi uyushgan, yopiq jamoani tashkil qilgan bo'lib, o ‘z imtiyozlari va huquqlarini qat’iy saqlab himoya qilar edilar. Polis hududi shahar va uni atrofidagi qishloqlarni o ‘z ichiga olar edi. Yunon polisi o ‘z hududiga ko‘ra uncha katta bo'lmagan 100 —200 kv. km. hajmdagi maydonni egallar edi. Har bir polis aholisi 5 mingdan 10 ming kishini tashkil etib, ulardan taxminan 1—2 ming kishi fuqarolik huquqiga ega edi. Faqat polislardan Sparta maydoni 8400 kv. km.; Afina 2500 kv. km.ni tashkil etar edi. Har bir yunon polisi suveren davlat bo‘lib, o ‘z fuqaroligi, qonunlari, hokimiyat organlari, ibodatxona, teatr, xalq yig'ini o ‘tadigan maydoni, palestar, gimnasey, stadion kabi jamoat inshootlariga ega edi. Yunon polislarining barchasi Spartadan tashqari shahar atrofida birlashgan bir necha qishloq majmuasi edi. Sparta 5 qishloq birlashgan polis edi. Har bir polisda vaqt o‘tishi bilan polis tuzilmasi tugallangan shaklni oldi va barqaror fuqarolik siyosiy tashkiloti (demokratiya yoki oligarxiya) shaklida faoliyat ko‘rsata boshladi. Shaharlar va pul-tovar munosabatlari taraqqiyoti Eramizdan avalgi VII asrda Yunon shaharlarida savdo hunarmandchilik tez sur’atlarda taraqqiy qildi. Shaharlar sezilarli darajada o ‘sdi. Korinfda va Afinada 25 ming, Miletda 70 ming, Sibaris shahrida 50 ming kishi yashar edi. Barcha shaharlar dengiz savdosi bilan shug‘ullandilar. Bu kemasozlikni rivojiga sabab bo‘ldi. Eramizdan avalgi VII asrda palubali ko‘p yuk ko'taradigan kemalar paydo bo'ldi. 50 eshkakli Finikiya pentekopterlari bilan bir qatorda «Iliada» dostonida eslatiladigan ikki qatorli eshkaklar — diyerelar, uch qatorli — trieralar paydo bo‘ldi. Mahsulot bilan t o ia kemani endilikda qirg‘oqqa tortib chiqarish mumkin emas edi, shu sababli, eramizdan avalgi VII asrdan boshlab port va gavanlar qurilib yakordan foydalanila boshlandi. Er. av. VIII asrda O’rtayer dengizi savdosi finikiyalilar qo'lida edi. Sharq mahsulotlari mo’I-ko‘l bo'lib yunon mahsulotlari ular bilan raqobat qila olmas edi. Er. av. VII asrda ahvol o ‘zgardi. Yunon savdogarlari finikiyalilar bilan raqobatlasha boshladilar. Yunonlar keramika, gazlama, zaytun va vino eksport qila boshladilar. Pul-tovar xo‘jaligi, savdo o ‘lchov birliklari tizimi va yozuvning shakllanishiga olib keldi. 0 ‘lchov birligi, yozuv Bobil va Misrdan o ‘zlashtirib olindi. Yunonlar Misrning o ‘nlik sanoq tizimidan foydalandilar. Er. av. VII asrda tanga-pul paydo bo'ldi. Birinchi to'laqonli tangalar Kichik Osiyodagi Lidiyada zarb qilindi. Oltin va kumush aralashmasidan iborat elektron deb ataladigan tanga zarb qilindi. Tangalar uzunchoq shaklda, bir tomonida davlat ramzi, ikkinchi tomonida kvadrat tasviri tushirilgan edi. Yunonistonning pul birligini 436,5 gramm og‘irlikdagi mina tashkil qildi. Bir mina 8,73 g og‘irlikdagi 50 staterga bo'lindi. Savdo - hunarmandchilik taraqqiyoti bilan ustaxona egalari va savdogarlardan iborat kuchli ijtimoiy qatlam vujudga keldi, ular siyosiy hayotdan eski urug‘ zodagonlarini chetlatishga urindilar. Pul-tovar munosabatlari savdoni rivojlanishi, Italiya, Sitsiliya va Qora dengiz bo‘yidan arzon g‘allani import qilinishi qishloq xo‘jaligini tushkunligi va dehqonlarning xonavayron bo‘lishiga olib keldi. Bu jamiyatda ijtimoiy ziddiyatlami keskinlashtirdi. Davlat qurilishi Qadimgi davrda sud ishlarini urug‘ jamoasini o ‘zi bajarar edi. Davlat hokimiyati urug‘dan bu funksiyani tortib oldi. Zodagonlar uzoq vaqt sud hokimiyatini, boshqaruvni o‘z qo‘llarida saqlab turdilar, vaqt o ‘tishi bilan ular bir qism hokimiyatni yangi ijtimoiy kuchlar berishga majbur bo'ldilar. Yangi ijtimoiy kuchlar, zodagon sudyalar hokimiyatiga chek qo'yish uchun odatdagi huquqni yozishni talab qildilar. Jamiyat yana olg‘a qadam tashlab savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga majburiy qoidalarini kiritish ehtiyojini tug‘dirdi. Qonunlami eng qadimgi kodifikatsiyasini Lokradagi Zalevk (Italiyadagi yunon shahrida) Katanadagi Xarond (Sitsiliyadagi yunon shahrida) amalga oshirdilar. Lesbosdagi Mitillena shahridagi Pittak (yunon an’analariga ko‘ra) «yetti donodan biri» Sirakuzada Diokl, Fivada Filolay, Afinada Drakont va Solon shunday kishilardan edi. Yangi qonunchilik natijasida sudyalar mansabdor shaxs sifatida saylab qo‘yiladigan bo‘ldi. Chiqarilgan hukmning xalq yig‘inida apellatsiya qilish mumkin edi. Qadimgi qonunchilikda jazo hajmi va xususiyati aniq belgilanib sudya n‘zicha jazo belgilay olmas edi. Huquqiy hujjatlarda «qonga-qon», «jonga-jon» olish an’anasi mavjud edi (talion huquqi). Jazo juda og'ir edi. Drakon qonunchiligida jinoyatning og‘ir, yengil shakllari yo‘q edi. Faqat Solon bu tushunchani kiritdi. Drakon qonuniga ko'ra har qanday o ‘g‘irlik uchun o'lim jazosi belgilangan. Bundan tashqari, pul jarimasi, qullikka sotish, kaltaklash va fuqarolik huquqidan mahrum qilish ko'zda tutilgan edi. Qarzini to‘lamagani uchun turmaga qamashga hukm qilingan. Drakon qonunlari «fonos dikayos» o ‘zini himoya qilish maqsadida odam o'ldirish jinoyati tushunchasini olib kirdi. Bu holda aybdor quvg'in qilinishi yoki pul jarimasi to'lashi ko‘zda tutilgan. Tovar pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashuvi turli yunon shaharlarida siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi, ularning ko‘pchiligida tiranlar hokimiyatni qo‘lga oldilar. Eramizdan avalgi VIII—VI asrda kolonizatsiyaga Afina qatnashmadi. Attikada mavjud hosildor yerlardan qishloq xo‘jaligida unumli foydalanildi. Kulolchilik sohasi rivojlandi. Mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Siyosiy hokimiyat yevpatridlar-urug‘ zodagonlari qo‘lida edi. Yevpatridlarga qarshi dehqonlar, savdohunarmandchilik tabaqalari—demos qat’iy kurash olib bordi. Sparta jamiyati. Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligini boshlanishi doriylar bosqinini tugallanish vaqtiga to‘g‘ri keladi. Doriy qabilalari er. av. XII—XI asrlarda Peloponnes hududiga o ‘rnashdilar va er. av. XI—VIII asrlaming birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. av. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o‘rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo'ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini odatda Lakedemon deb atadilar. Ko‘pchilik doriylar-bo‘lg‘usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtiigan Sparta manzilgohiga o ‘mashdilar. Mahalliy axey aholisining bir qismi bo'ysundirilib, bir qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo boiishi qisqa vaqt ichida boshqa bepoyon hududlami bosib olish bilan belgilandi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida urug‘ munosabatlarini yemirilish davrida turar edilar. Bu hoi Sparta davlatida urug'chilik tuzumi qoldiqlarini uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan boshlab Sparta davlati yetakchi o'ringa chiqib oldi va bu yerda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. av. VIII asrda Sparta janubiy Lakoniyaning bir qancha viloyatlarini, Kifera-orolini, keyin esa Pam is daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy oika Spartaning kam sonli to‘la huquqli fuqarolari tomonidan bo‘lib olindi, mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlaiga aylantirildi. Spartaliklar o ‘zlariga tegishli boigan ekin yerlarini 9000 ta ulushga boidilar. Har bir to‘la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo‘jayinIarga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so‘ng Sparta g‘arbiy Messeniyani egalladi, keyin esa sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o ‘ziga qo‘shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur boidilar. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega boiib, qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar — davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o ‘zining uchdan bir qism qo'shinini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o'rtasida aloqa zaif bo‘lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining I/3 qismini (8000 km) bevosita o ‘z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o'rniga hech kimga shubha yo‘q edi. Bu ittifoq o ‘sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi. Sparta jangchilar davlati edi. Spartalik o ‘g‘il bola yoshligidayoq davlat homiyligi ostida edi. Davlat hokimiyatini, eng avalo, intizomli, jismonan kuchli jangchiga ega bo‘lish uchun spartalik go‘dakni yoshligidan jismonan kuchli qilib tarbiyalar edi. Zaif, kuchsizlar davlatga kerak emas edilar, shu sababli zaif, kasal bolalardan ularni yoshligidayoq qutilishga harakat qilinar edi. Gerodot tarixida Demokrit aytganidek, spartaliklar erkin edilar, lekin barcha munosabatda emas, ular davlat qonunlariga bo‘ysunar edilar. Bu qonunlar spartalik bolani yetti yoshligidan ota-onasidan uzoqda o ‘z tengqurlari ichida, 20—30 yoshli kattalar boshchiligida harbiy manzilgohda yashashni belgilab qo‘ygan edi. Asosiy e ’tibor gimnastika mashqlari, jangovar madhiyalar va harbiy marshlami xor bo‘lib aytishga qaratilgan edi. Tarbiyaning qattiqligi o ‘smirlarni Artemida ibodatxonasida har yili o ‘tkaziladigan qiynoq sinovlarda o ‘z aksini topgan edi. Sinalayotgan o ‘smir og‘riqni sezdirmasligi shart edi 2 . Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta («tenglar jamiyati»)ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o ‘tkaziladigan ovqatlanish (fiditiyasi yoki filitiyalar)ga ishtirok qilishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o ‘tirib uksus, tuz qo‘shilib qonda tayyorlangan cho'chqa go‘shti bo‘tqasini iste’mol qilar edilar. Spartalilar o ‘z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda 0‘tkazib chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz torhiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisida nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik his- tuyg‘usini sLJdlantirilar edi. Spartaliklarni yunon dunyosida qat’iy intizomi uchim hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar. 2 Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of interaction’’. Oxford University Press. England I994. p. 35-37. Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo‘zg‘olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo‘ysunish hissini tug'dirish uchun ularni tunda o ‘ldirishni (kriptiy) e’lon qilganlar. Er.av. XI asrdayoq spartaliklar o ‘zlarini har xil «yangiliklar»dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatini o ‘zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog'ochdan bo‘lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab bir xildagi kalta yoping‘ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o ‘zlarini teng deb hisoblardilar. Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o ‘matgan tor doiradagi spartaliklar qo‘lida edi. Davlat tepasida ashad va yevrionit urug‘larida mansub bo‘lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo‘lib tinchlik vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga oshirganlar, ikki podsho ham oqsoqollar kcngashi gerusiya tarkibiga umrbod kirganlar. Podsholar hokimiyati xalq yig'inining keng vakolatlari bilan cheklab qo‘yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo‘shinga boshchilik qilgan, ammo ular rahbarlikda eforlaming fikrlarini hisobga olishga majbur bo‘lganlar. Xalq yig‘ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega edi. Faqatgina xalq yig‘inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud ishlarini spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar. Eforlar davlatda(ljroiya)hokimiyatni ham amalga oshirganlar. Taxminlarga ko‘ra eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar, er avXI asHan boshlab esa xalq yig‘ini tomonidan tayinlanganlar.  Besh efor podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oily organ sifatida paydo bo'ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog‘ining har biridan I tadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar hamda har qanday spartaliklami, hatto geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Bundan tashqari, Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini baiarilishini kuzatganlar. Eforlar spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqarDavlat tuzurni amalga oshirganlar. Ulardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo‘rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar 3 . Podsholar 60 yoshdan yuqori boigan aslzoda-yigirma sakkiz keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada xalq yiginiga ko‘riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar hamda jinoiy ishlar bo'yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yigini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, zaruriyat boiganda chet elliklami mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ulaming qoiida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlarga (harbiy oijalar I/3 ga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega boisalarda eforlaming kuchi hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda kuyar edi, bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda, eforlar podsholar ko‘ringanda o‘z o‘rinlaridan turmaslik huquqiga ega edilar. Xalq yigini appelada 30 yoshga yetgan barcha spartaliklar ishtirok etar edilar. Masalalar qizg'in muhokama qilinadigan oddiy fuqaro faol so‘zga chiqadigan Afina eklessiyasidan Sparta appelasi keskin farq qilar edi. Appelada oddiy spartaliklarnirig ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela muhokama qilmas, bahslashmas faqat ovoz berar edi. Spartaliklaming davlat qurilishi ana shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga 3 История Древней Греции. Под.ред. В.И.Кузищина. М., 2005. c.29-32. oshirilgan islohotlar natijasi edi. Sparta davlatining konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er.av. IV asrning ikkinchi yarmigacha shu holatda yashadi. Er. av. IV asrning II yarmidan boshlab butun yunon dunyosini cho’lg’ab olgan ijtimoiy va madaniy o ‘zgarishlar Spartaga ham ta’sir qila boshladi. Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18—20 yoshgacha harbiy taiimni o ‘rganib 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda boiganlar. Jangda qo'shinning oldingi qismida ilotlar, perieklar borgan, ulardan keyin yosh spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha boigan keksalar jangga kirishgan. Sparta qo‘shini er. av. VI—V asrlarda yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan intizomli va kuchli qo‘shin edi. Qo‘shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) boiingan. Lox tepasida loxak turgan. Qo‘shinga qo'mondonlikni podsholar amalga oshirganlar. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam berganlar. Qo‘shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi, suvoriylar urush vaqtida podsholarni qo'riqlaydigan tinchlik vaqtlarda esa mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan o'ziga xos otliq gvardiyani tashkil etganlar. Arxaik davri hayotining umumiy manzarasi taxminlarga ko‘ra arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko‘ra erkaklar qisqa ko‘ylak (xiton) kiyib, ko‘chaga chiqayotganda ustlariga keng yoping‘ich xlamida tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzul (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubka kanopdan to‘qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o’‘zlashtirib olingan, sochga tilla to‘g‘nog‘ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash-xlamida bilan o‘ranganlar, hunarmandlar esa chap elka orqali tashlangan kamtar jun yoping‘ich (ekso’mida) bilan cheklanib qolganlar. Arxaik davrda oila-nikoh munosabatlari ham o ‘zgardi. Gomer davrida kuyov kelinni ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar berib sotib olar edi. Arxaik davrida esa kelinga sep berish odatga aylandi. Nikohga asos bo‘lib yoshlaming ota-onasi o ‘rtasida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli qurbonliklar qilingach kelinni otasining uyida to‘y tantanalari va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning uyiga kuzatib qo‘yilgan. Dafn marosimlari o ‘zgardi. Arxaik davrida ko'kragiga urib yig’laaydigan go‘yandalar paydo bo‘ldi. Yig‘i-sig‘idan so‘ng marhum jasadi yuvib-taralib xushbo‘y yog’lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi yig‘i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarilgan. Marhum o'zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan, olovga vino, sut va asal sepish rasmi bilan marosim tugagan. Er.avv.VII-VI asrlarda attikada quldorlik demokratiyasining shakllanishi. Arxaik davr boshlanishida Attika o‘rta Yunonistonning janubiy-sharqiy viloyatlaridan biri markazi Afina bolgan Attika misolida yunon polisini shakllanishini atroflicha ko'rish mumkin. Barcha tomonlari dengiz bilan o ‘ralgan, tog'Iar bilan o ‘ralgan Attika dehqonchilik uchun noqulay edi. Kumush konlari, marmaming mo‘l-ko‘lligi, savdohunarmandchilikni ilk taraqqiyotiga yordam berdi. Qulay dengiz gavanlari dengizchilikni rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Dastlab Attika aholisi kichik qishloqlarda yashagan edi, keyinchaiik esa ular qoyatosh bag‘rida joylashgan Afina akropoli markaz boigan bir shahar atrofida birlashdilar 4 . Attikaning qadimgi aholisi Ioniylar, pelastlarga doriylarning ko'chishi ta’sir qilmadi. Bu yerda yunon tilining ioniy shevasida so‘zlashadigan qabilalar guruhi to‘rt urug‘ yoki qabila (fil)ga bo'lingan edi. Har bir fil bir necha o ‘nlab urug‘lardan iborat bo'lgan uch firatriyaga bo'lingan edi. Gomer davrida Attika aholisini basileylar boshqardilar. Basileylar oliy hukmdor, sudya, kohin, harbiy boshliq edilar. Boshqa yunon polislariga bo'lganidek basileylar huzurida Afinada areopag deb ataladigan oqsoqollar 4 Roger B.Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C, Naylor, Dahia Ibo Shabaka ‘’World history: patterns of interaction’’. Oxford University Press. England I994. p.41-43. kengashi bor edi. Afsonalarga ko‘ra Afina aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersziy aholini uch guruhga bo'ladi: Yer egalari-yevpatridlar, dehqonlar- geomorlar, hunarmandlar-demiurglar. Er. av. VIII asr davomida xo‘jalik va xususiy mulkchilikni rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylarning huquqini astasekin cheklay boshladilar. Ular o ‘zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar) ni saylay boshlaydilar, basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont(boshliq, sudya)ga o ‘ta boshladi. Natijada basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afinada hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi. Ularning o ‘rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi. Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o ‘z o ‘rinlarini yangi saylanganlarga bo‘shatib berib, o‘zlari areopagning umrbod a’zolari bo‘lib qolar edilar. Areopag er. av. VIII—VIIasrlarda eng obro'li hokimiyat organi edi. Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdo; iga faol qatnashdilar. Tovar ishlab chiqarish, savdo hunarmandchilik tez rivojlandi. Attikada dehqonlarni qarzga botish jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi. Er. av. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiysiyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Er. av. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon tomonidan hokimiyatni bosib olishga urunib ko‘rdi. Arxont Drakon tomonidan 622-yilda og‘zaki qonunchilikni yozma to'plamga teltirilishi urug‘ zodagonlarini hokimiyatini bo‘shashtirdi. /Drakon qonunlari bilan urug'chilikning qoldigM boigan o ‘ch olish taqiqlandi, jazolash funksiyasi aeropagga berildi. Drakon qonunlari shafqatsiz edi, mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi. o‘g‘rilik jinoyati uchun o’iim jazosi belgilanadi. Solon isiohotlari Afinada yevpatridlar bilan aholining kambag‘al qismi boigan oddiy demos o'rtasida ijtimoiy ziddiyatlar kuchaydi. Drakon qonunlari Attika aholisini eng katta muammolaridan biri qarz masalasini hal qilmadi. Er av 594-yilda arxont vazifasiga saylangan kambag‘allashgan yevpatrid, shoir Solon islohotlar o ‘tkardi. Solon isiohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan o ‘zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi, ilgari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul toianib Afinaga qaytarildi. Xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantiradigan qator fstohotlar o‘tkazildi. Pul islohoti uzunlik va ogirlik o ich ov birliklarini takomillashtirish savdo, hunarmandchilikni rag‘batlantirdi, natijada Attikadan chetga tovar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g ‘alla chiqarishni taqiqladi, bu zaytun moyi va vinoni eksport qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Bu chora-tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni tugatib, dehqonchilikni rag‘batlantirdi. Vasiyatlar erkinligi to‘g‘risidagi qonun urug‘chilik aloqalarini zaiflashtirdi, alohida oilalarni iqtisodiy kuchayishiga shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi. Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. Solon Attikani barcha erkin aholisini daromad hajmiga qarab to‘rt toifaga boidi. Fuqarolaming huquq va majburiyatlari shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avalgidek t o ia hokimiyatga ega boidilar, shu bilan birga fuqarolik jamoasida ularga katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub boiish yer uchastkasidan yillik olinadigan daromadga bogiiq boidi. Bu yer egasini yerga yaxshi ishlab ko‘p hosil olish imkoniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oqsuyak urug‘qa mansublik emas, balki aynan daromad, miqdori yerga mehnat qilish fuqaroni jamiyatdagi obro'ini o'lchov mezoni bo‘ldi. Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqarolaridan sud maslahatchilari gemey joriy qilindi. Gemey fuqarolar ishi bo‘yicha oliy ftppelatsiva huquaiga ega bo‘ldi. Faqat u jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqara olar edi. Odam o‘ldirish bo‘yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag qo‘lida qoldi. Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jamiyati to‘rt toifaga ajratildi. Birinchi toifaga pentakosiomedimnlar bir yilda besh yuz medimn g‘alla yoki besh yuz metret (bir metret-39 litr) zaytun yog‘i oladigan fuqarolar kirdi. Ikkinchi toifaga suvoriylar gippeylar, uchinchi toifaga ikkita eshak aravaga ega bo‘lgan og‘ir qurolli piyodalar zevgitlar, to‘rtinchisiga hunarmand fetlar kirdi. Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomednlar da’vo qilishilari mumkin edi. Fetlar polisni bevosita boshqaruvdan chetlashtirildilar 5 . 5 История Древней Греции. Под.ред. В.И.Кузищина. М., 2005. c.36-38. Xalq yig‘ini — eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda, mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir ko‘rsatish, gelieini — maslahatchilar sudiga ishtirok etib mansabdor shaxslarni suiiste’molini yo‘q qilishlari mumkin edi. Solon islohotlari bo‘lg‘usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont, areopagning roli o'zgarmadi, Polisning urug‘, fillarga boiinishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug‘ huquqini yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o‘z mulkini erkin tfasiyat qilish huquqini oLi. Otasi hunar o‘rgatmagan o‘g‘il keksaygan otasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. av. VI asr boshlaridagi islohotlar barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasini o'rnatilishiga olib keldi. Eramizdan avalgi VI asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida demokratik tartib qoidalar g‘alaba qildi. Natijada Afina ko'ngilli qo‘shinlari tarkibi ham o‘zgardi. Uning asosiy qismini og‘ir qurollangan jangchi goplitlar tashkil etdi, ular ko‘p sonli uchinchi qism zevgitlardan toidirilgan. Fetlar yengil qurollangan jangchilami va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar. Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar taynchi areopagga qarshi turgan to‘rt yuzlar kengashi(Bule) tashkil etildi.Kengash a’zolari to‘rt fildan yuztadan fuqaro saylanadigan muntazam faoliyat ko‘rsatadigan organ boidi, to‘rt yuzlar kengashi xalq yiginida ko‘riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni tayyorlar edi. Xalq yig'ini (ekklesiya) to ia qonli barcha vakolatlarga ega boigan boshqaruv organi boiib fuqarolarni barcha qatlamlari ovoz berish va uni ishiga qatnashish huquqiga ega boidilar. Xalq yigini muntazam yigiladigan boidi (Er. av. V asrda yilida 40 marta yoki 9 kunda I marta). Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. (Solon isiohotlari polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil boimaganligi sababli zodagonlar hokimiyatini to ia tugata olmadi. Afinada Pisistrat tiraniyasi er. av. 560-yil atrofida hokimiyatni zodagonlardan biri Pisistrat qattiq kurash natijasida bosib oldi va o‘zini tiraniya shaklidagi shaxsiy hokimiyatini o‘rnatdi. U dastlab eng muhtoj kichik yer egalariga davlat xazinasidan yordam ko'rsatdi. Qishloq kambag‘allari uchun soliqlar majburiyatini kamaytirdi, qishloq jamoalari huquqini yengillashtirdi. Yer egalarini Afinaga sudga qatnashishidan qutqarib, qishloq joylarida sudyalarni tayinladi. U fuqarolardan qurollarini tortib olib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi, fuqarolar daromadiga soliq joriy qildi, bu o'rta hoi dehqonlami og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Pisistrat dengiz savdosining rivoilanishiga shart-aharoit yaratdi. U Kichik Osiyoda Dardanei bo‘g‘oziga chiqadigan muhim nuqtani bosib olib, Afinani Qora dengizga boradigan dengiz yo‘llari ustidan nazoratini o‘matdi. Afinada savdo hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha jamoat inshootlarni qurilishini amalga oshirdi, Akropolni bezadi, shoirlar, rassomlarga homiylik qildi. ' Uning farmoyishi bilan Afinada xalq qo‘shiqchilari to‘planib, ularning so‘zlaridan Gomerning mashhur poemalari «Iliada» va Odessiya»lari yozib olindi. Pisistratning tadbirlari eski urug‘ zodagonlarining mavqeiga putur yetkazdi, ularning ko‘p vakillari Afinadan quvg‘in qilindi. Er. av. 527-yilda Pisistratning vafotidan keyin o‘g‘illari Gippey va (Gipparx)Afina hokimlari bo‘ldilar. Bu vaqtda kuchli fors davlati Kichik Osiyoni bosib olib, Egey dengizidan Qora dengizga boradigan yo'llarni egallab oldi. Afina dengiz savdosiga katta putur yetdi, natijada Afinaga chetdan g‘alla olib kelish vaqtinchalik uzilib qolib, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashdi. Tabiiyki, bu aholini noroziligini keltirib chiqardi. Aholi Pisistratning o‘g‘illari hokimiyatini ag‘darib tashladi. Adabiyotlar : 1. Xalqaro munosabatlar tarixi va diplomatiyasi. Hammualliflikda, T., 2009. 2. Qadimgi dunyo tarixi. Y.S. Krushkol taxriri ostida. 2-j. T., I975. Хрестоматия по истории Древней Греции. Под. Ред. Д.П.Каллистова. М., I964. 3. Хрестоматия по истории Древнего Рима. Под. Ред. С.Л.Утченко. М., I962. 4. Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent 2009. 5. Античная Греция. Под.Ред. Е.С.Голубцовой. М., I983. Т., I-2. 6. Гафуров Б.Г. Цибукидис Д.И. Александр Македонский и Восток. М., I980. 7. Шофман А.С. Распад империи Александра Македонского. М., I984. 8. Фролов Э.Д. Рождение греческого полиса. Л., ЛГУ, I988. 9. Глускина Л.Н. Проблемы социально-экономической истории Афин IV в. До н.э. Л., I975. 10 Егоров А.Б. Рим на грани эпох: проблемқ рождения и формирования принцпиата. Л., ЛГУ, I983.