logo

Millatlararo munosabatlarni rivojlantirishga O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar tashkiloti bilan hamkorlik

Yuklangan vaqt:

25.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

189.126953125 KB
Millatlararo munosabatlarni rivojlantirishga O'zbekistonning Turkiy tilli davlatlar tashkiloti bilan hamkorlik Reja: 1. O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 2. O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotida muhim manfaatlari 3. Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo’lida Samarqand birdamligi tashabbusi 4. O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar bilan umumiy tovar aylanmasi 2020 yilda 6,8 milliard dollarni tashkil qilgan bo’lsa, 2021 yilda ushbu ko’rsatkich 39 foizga oshib, 9,4 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, tashkilotga a’zo mamlakatlarning (O’zbekiston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkiya a’zo davlatlar, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchisi davlatlar) o’zaro turli sohalardagi munosabatlarga kirishishi geosiyosiy nuqtai nazardan muhim hisoblanadi. Chunki bugungi kunda Yaqin Sharqdagi (Turkiya, Eron va Isroil davlatlari manfaatlarining to’qnashuvi), Sharqiy Yevropadagi (Ukraina inqirozi), Afg’oniston va boshqa “qaynoq nuqta”lardagi davlatlarning manfaatlari to’qnashuvi natijasi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Hozirda Markaziy Osiyo mintaqasida ham yildan-yilga yirik davlatlarning manfaatlari oshib borayotgani, bunda mintaqa mamlakatlari tomonidan turli nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishga intilishi eng to’g’ri yo’l hisoblanadi. Shuningdek, turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlik ushbu mamlakatlarning xalqaro munosabatlarda o’z so’zini aytish imkonini beruvchi omil deb baholanmoqda. Fikrimizcha, O’zbekistonning TDT tizimida ishtirokining ustuvor yo’nalishlari quyidagi yo’nalishlar amaliyotida namoyon bo’ladi: Birinchidan,   savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun qulay va jozibador sharoitlarni yaratish, transport sohasidagi o’zaro bog’liqlik va tranzit masalalariga alohida e’tibor qaratish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, iqlim o’zgarishi va ekologiya muammolarini yechish hamda uglerod neytralligiga erishish va “yashil” iqtisodiyotga o’tish. Ikkinchidan,   “aqlli shahar”larni barpo etish bo’yicha tajriba almashish va innovatsiyalarni transfer qilish maqsadida ekspertlar va IT mutaxassislar uchun doimiy platforma yaratish. Uchinchidan,   madaniyat va sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, hunarmandchilik ko’rgazmalari va etnosport musobaqalarini o’tkazish, madaniy meros ob’yektlarini saqlash va restavratsiya qilish, nodir asarlarni birgalikda o’rganish, ularni tarjima qilish hamda boshqa yo’nalishlarni qamrab olgan “yo’l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish. To’rtinchidan,   yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kreativ g’oya va loyihalarini rag’batlantirish, milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan ta’sirlardan asrab-avaylash. 2021 yilning noyabr oyida Istambulda bo’lib o’tgan sammit ushbu tashkilotning o’ziga xos shakllanishi va mamlakatlar orasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qildi. Sammit yakunlari bo’yicha “Turkiy dunyo nigohi – 2040” to’g’risida”, “Turkiy davlatlar tashkilotining turkiy dunyo birligiga qo’shgan hissasi uchun Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti to’g’risida”, “Turkiy davlatlar tashkilotining Turkiy investitsiya fondini tashkil etishni yakunlash to’g’risida” va boshqa muhim hujjatlar qabul qilindi. TDTga a’zo davlatlarning aksariyati tashkilot infratuzilmasidan savdo- iqtisodiy hamkorlikni oshirish va Turkiya homiyligidagi qo’shma loyihalarda ishtirok etish uchun yaxshiroq shart-sharoitlarni muzokaralar olib borish uchun foydalanishni kutmoqda. Bu yerda ishtirokchi mamlakatlar haqiqatan ham muhim o’ringa ega. Tomonlar Kaspiy dengizi atrofidagi mavjud salohiyat logistika dasturlariga (ularni Xitoy transport dasturlari bilan bog’lash imkoniyati bilan) qiziqish bildirmoqda. Turkiyaning o’zi ham Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi sarmoyaviy ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor. Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining sarmoya fondini tashkil etish tashabbuslari ham iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan dalolat beradi. Ushbu niyatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda TDT mamlakatlari umumiy loyihalarni moliyalashtirish uchun kuchli institutga ega bo’ladilar. Mustaqil ekspertlar fikricha, O’zbekiston vakillarining ta’kidlagan ikki jihat Turkiya uchun ham muhim. Birinchisi, “umumiy tarix va umumiy kelajak” ga urg’u berilishidir. Shuningdek, umumiy, ammo hali amalga to’liq oshirilmagan qadriyatlarni ta’kidlash ham muhim. O’zbekiston tomonini qiziqtirgan yana bir masala turkiy birlik g’oyalarini keyingi avlodlarga yetkazish uchun qo’shma ta’lim imkoniyatlarini yaratish bilan bog’liq. Ekspertlarning fikricha, TDTda ishtirok etuvchi mamlakatlar jamiyatlari yaqinlashmasdan turib, qarashlar birligi yoki integratsiyaning o’ziga xos o’zaro manfaati haqida gapirishga hali erta. Umuman olganda, bugun O’zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotida muhim manfaatlari - mintaqada savdo, transport, turizm, qishloq xo’jaligi, yirik infratuzilma kabi sohalarda loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirish. Shu nuqtai nazardan, hozirgi bosqichda TDT oldida turgan ustuvor vazifalar sifatida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin: avvalo,   Kavkaz va Markaziy Osiyoda yangi rivojlanayotgan transport hamda energetika yo’laklari tarmog’i bo’ylab ishonchli xavfsizlik va hamkorlik kamarlarini ta’minlashdir. Bu nafaqat a’zo davlatlar o’rtasida savdo aloqalarini kengaytirish uchun birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi, balki tashkilotning iqtisodiy mustaqilligi va farovonligiga erishish bilan birga, bu yo’ldagi barcha global xurujlar, jumladan, Afg’oniston hududidan (terrorizm, noqonuniy migratsiya, transmilliy jinoyatlar va boshqa) tahdidlarga qarshi turish omili hamdir; ikkinchidan,   bu tashkilotga a’zo mamlakatlarning qandaydir tarzda haddan ziyod geosiyosiy ambitsiyalar va yaratilayotgan transmilliy loyihalar faoliyatida ishtirok etayotgan boshqa xalqaro kuchlar bosimiga qarshi turishida ko’mak beradi; uchinchidan,   bu XXI asrning murakkab global sharoitida saqlab qolish va yanada rivojlanish nuqtai nazaridan ahamiyatlidir. Zero, global madaniyatning salbiy asoratlari tarqalishi va qadriyatlar yemirilishi jarayoni kechayotgan bir davrda tashkilotga a’zo davlatlar xalqlarining madaniy o’ziga xos jihatlarini saqlab qolish juda muhim; to’rtinchidan,   xalqaro munosabatlarning bugungi bosqichida TDT faoliyati yangicha sharoitda shakllanganligini aytish joiz. Bu esa tashkilot nufuzining ham xalqaro aloqalar tizimida ortishiga zamin hozirladi. Bunday sharoitda a’zo davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning o’zaro tenglik, ochiqlik tamoyillari asosda olib borilishi hamda ko’p tomonlama hamkorlik rivoji uchun konstruktiv muhitni saqlab qolish amaliy xarakterga ega. Shundagina TDTning xalqaro miqyosdagi maqomi yanada ortib boraveradi. Muloxazalarimizga muxtasar sifatida masalaning ikki muhim tomonini ta’kidlash mumkin. Birinchisi - globallashuv yo’liga qadam qo’ygan davlatlar hamda jahonning yetakchi mamlakatlari bilan samarali hamkorlik o’rnatish ilm- fan, ta’lim, shaharsozlik va texnologiya rivojiga foydali ta’sir ko’rsatishi aniqligini aytish mumkin. Qolaversa, bu iqlim o’zgarishi, atrof-muhit muammolarini hal etish va a’zo davlatlarning “yashil” iqtisodiyotga o’tishida ko’mak hamdir. Ikkinchisi - ilgari turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sifatida faoliyat olib borgan tuzilma bugun to’laqonli xalqaro tashkilot maqomiga erishgan. Kengash bu ko’proq konsultativ xarakterga ega tuzilma deb baholansa, uning tashkilot sifatida takomillashuvi unga yangicha imkoniyatlar va vazifalarni qo’yadi. Yangicha nufuzga ega bo’lgan TDTning Samarqand sammiti shak- shubhasiz tarixiy uchrashuv bo’ladi. Yaqinda, bor-yo’g’i ikki oy avval Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti bo’lib o’tdi. Unda SHHTga a’zo, kuzatuvchi va hamkor davlatlar hukumatlari, yetakchi xalqaro va hududiy tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi. Sammitda global va mintaqaviy rivojlanishning eng dolzarb masalalari, barqaror rivojlanishga xavflar va tahdidlar muhokama qilindi. Uchrashuvlar va muzokaralar natijalariga ko’ra, SHHTga a’zo mamlakatlar umumiy muammolarni hal qilish bo’yicha ishlashga kelishib, birgalikdagi xatti- harakatlarning aniq rejalarini belgilab oldi. Tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo’yicha eng muhim hujjatlarni qabul qildi. Barcha manfaatdor hamkorlarning global madaniyatlararo muloqoti uchun asos yaratishga yo’naltirilgan “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo’lida Samarqand birdamligi tashabbusining” ilgari surilishi sammitning asosiy natijalaridan biri bo’ldi. Mohiyatan, o’zida bunyodkorona “Samarqand ruhini” mujassamlashtirgan, amaliy hamkorlik va o’zaro tushunish g’oyalarini ifodalovchi xalqaro hamkorlikning mutlaqo yangi shaklini ilgari surish bo’yicha kelishuvga erishildi. Hozir Samarqand oliy darajadagi navbatdagi uchrashuv – Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Aynan shu yerda, o’zbek zaminida ushbu birlashmaga a’zo va ishtirokchi davlatlar rahbarlari ilk bor sifat jihatidan yangi shaklda – to’laqonli Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida to’planadi. Samarqand yana bir necha kunga xalqaro muloqot va hamkorlik markaziga, muhim siyosiy va iqtisodiy qarorlar qabul qilinadigan joyga aylanadi. O’tgan galgi Istanbul sammitidan va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TDHK) to’laqonli Tashkilotga aylanganidan keyin bu turkiy davlatlar rahbarlarining ana shunday keng tarkibdagi birinchi uchrashuvidir. Samarqandga barcha a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari keladi. Turkiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishni tashqi siyosiy kursining ustuvorligi deb belgilagan O’zbekistonning faol tashqi siyosati bunga ko’p jihatdan ko’maklashdi. 2019 yil oktyabrida O ’ zbekiston TDHKning to ’ laqonli a ’ zosiga aylandi . Oradan ikki yil o ’ tgach , 2021 yilda Istanbul sammitida tashkilot tarixida yangi sahifa ochildi – Kengash “ Turkiy davlatlar tashkiloti ” deb qayta nomlandi . Toshkentning turkiy davlatlar oilasiga qo ’ shilgan paytdan buyon o ’ tgan qisqa davrda O ’ zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkilotga a ’ zo davlatlar o ’ rtasidagi o ’ zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ko ’ maklashish bo ’ yicha 30 dan ziyod tashabbus va takliflar ilgari surildi . Samarqandda bo ’ ladigan sammit ham TDTning istiqbolli xalqaro tuzilma sifatidagi rolini mustahkamlashga ko ’ maklashadi . Shu nuqtai nazardan , Samarqanddagi uchrashuvga ham mamlakat ichida , ham xorijda jiddiy e ’ tibor qaratilayotgani bejiz emas . Milliy va xorijiy OAVning 570 dan ortiq vakili tadbirni bevosita Samarqanddan yoritib boradi. Shunisi muhimki, sammit tashkilotda mavjud bo’lgan ulkan salohiyat qay tarzda amalga oshirilishiga, belgilangan strategik ustuvorliklarga erishish uchun qanday aniq mexanizmlarga tayanishiga oid savollarga javob beradi. Boshqacha aytganda, o’tgan yili Istanbul sammitida qabul qilingan “Turkiy nazar – 2040” konsepsiyasining amaliy o’lchami qanday bo’lishi oydinlashadi. Aynan ushbu konseptual hujjatda turkiy xalqlar aholisi 170 million kishini tashkil etuvchi 4,5 million kvadrat metrlik keng makonda Umumiy uyni barpo etish g’oyasiga sodiq ekanligini tasdiqladi. Hozirgi kunda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida erishilgan o’zaro har tomonlama hamkorlik darajasi katta rag’bat uyg’otmoqda. Ammo uning real salohiyati bundan ancha yuqori. Xususan, turkiy davlatlar o’rtasidagi umumiy savdo hajmi nisbatan kamtarona bo’lib qolmoqda. Iqtisodchilar hisob-kitoblariga ko’ra, mavjud hamkorlik salohiyati amalga oshirilganda, tovar aylanmasi vaqt o’tishi bilan yuzlab milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Shu munosabat bilan, Shavkat Mirziyoyev bir necha marotaba ta’kidlaganidek, faol rivojlanish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni izlab topish TDTning ustuvorligiga aylanishi kerak. Jahon bozorida shakllanib borayotgan kon’yunktura tashkilotning iqtisodiy asosini mustahkamlashni – o’zaro savdoni ko’paytirish, texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish, yirik infratuzilmaviy loyihalarni, jadal rivojlanayotgan sektorlarda va istiqbolli yo’nalishlarda investitsion almashinuvni qo’llab- quvvatlashni taqozo etadi. Turkiy dunyoning iqtisodiy o’lchami hamkorlik lokomativiga va odamlar farovonligining o’sishi asosiga aylanishi zarur. Bugun TDT mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1,2 trillion dollardan ko’p. Bu jahon YAIMning salkam 1,5 foizini yoki Osiyo YAIMining 5,5 foizini tashkil etadi. Ushbu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyevning TDT o’rtasida savdo hamkorligi borasida tadqiqot markazini yaratish bo’yicha taklifi dolzarb ahamiyatga ega. Mamlakatlarimizning yetakchi sanoat korxonalari, investitsion kompaniyalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlari o’rtasidagi kooperatsion aloqalarni mustahkamlash, hududlararo o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish zarur. Bu borada O’zbekiston yetakchisi tomonidan taklif qilingan TDTning Taraqqiyot bankini yaratilishi muhim asos bo’lishi mumkin. Toshkent, o’z navbatida, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqda. So’nggi yillarda O’zbekistonning tashqi siyosatidagi ushbu yo’nalish naqadar muhimligini faktlar ham tasdiqlaydi. 2016 yilda yurtimizning turkiy dunyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 2 barobarga o’sib, 7 milliard dollardan ortdi. Turkiy davlatlar birdamligini mustahkamlashga qodir bo’lgan yangi mintaqaviy yo’laklar va logistik infratuzilmani rivojlantirish alohida e’tiborga molik. O’zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, asosiy maqsadimiz – quruqlik yo’llarimiz va dengiz portlarini dunyo bozorlari bilan bog’lovchi yagona transport makonini shakllantirishdan iborat. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan TDTning transport sohasidagi o’zaro bog’liqlik dasturlari aynan shu vazifani hal qilishga qaratilgan. Turkiy davlatlar transport sohasidagi bog’liqlikni rivojlantirib, o’zaro savdo hajmlarini kengaytirishga erishadi, global bozorlarga keng yo’l ochiladi. Shu tarzda iqtisodiyotlar va insonlar integratsiyasi darajasi ko’tariladi, tashkilotning uzoq muddatli strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishiladi. Turkiy davlatlar o’zaro harakatining yana bir asosiy yo’nalishi – bu To’rtinchi sanoat inqilobini ilgari surish bo’yicha sa’y-xarakatlarni birlashtirishdir. “Yashil” va “aqlli” iqtisodiyotlarni yaratish barqaror taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlashga qodir bo’lgan innovatsiyalar, nou-xau va modellarni ishlab chiqishda imkoniyatlarni kengaytirish uchun poydevor bo’lishi mumkin. Axborot texnologiyalari va ilg’or usullarni faol joriy etish qishloq xo’jaligi kabi an’anaviy soha uchun juda muhim. O’zbekistonda iyul oyida o’tgan birinchi Turkiy agroforumda davlatlarimiz oziq-ovqat xavfsizligi muammolariga duch kelayotgani aytilib, ularni hal qilish imkoniyatlariga ega ekanliklari ko’rsatildi. TDT nafaqat bir-birlariga, balki jahon bozoriga qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini katta hajmlarda yetkazib berishga qodir. Birgalikda olg’a intilish istiqbollarini belgilagan holda, shuningdek, xalqlarimizning ma’naviy-ahloqiy qadriyatlari, boy tarixi va madaniyati, ko’p asrlik do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch an’analariga tayanish muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Turkiy dunyo hamjihatligiga qo’shgan hissasi uchun” Alisher Navoiy nomidagi mukofotning ta’sis etilishi ahamiyatli voqealardan biri bo’ldi. Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish doirasida birgalikda festival, konsert, madaniyat kunlari, ijodiy jamoalar bilan almashinuv kabilarni amalga oshirish e’tiborlidir. Shu bilan birga, ko’rsatib o’tilgan ustuvor maqsadlarga mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlamay turib, erishish mushkul vazifa ekanligini tan olish darkor. Xalqaro vaziyatning murakkablashuvi, ziddiyat va qarama-qarshiliklarning chuqurlashuvi, global darajadagi ishonchning yo’qligi xavfsizlikka yanada yangi tahdid tug’diradi. Bundan tashqari, iqlim o’zgarishi, epidemiologik kasalliklar, destruktiv axborot oqimlari bilan bog’liq bo’lgan xavflar keskinlashmoqda. Yangi imkoniyatlar hamda yangi tahdidlar ortayotgan hozirgi zamonda turkiy davlatlarining birdamligini mustahkamlashni davr talab etmoqda. O’zaro kuchlarni birlashtirgan holda zamonaviy tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashish, o’z manfaatlarini ilgari surish, umumiy muammolarni hal qilish yengilroq kechadi.   Biroq, bu dunyoni o’zimizniki va begonalarga bo’lish, xalqaro munosabatlarda kuchlar muvozanati an’analariga qaytish, degani emas. Turkiy davlatlar tashkilotini rivojlantirish strategiyasi asosini inklyuzivlik va ochiqlik tamoyillariga yanada sodiqlik tashkil etadi. Turkiy dunyoning gullab- yashnashi doimo keng ko’lamli muloqotlar, xalqlarimizning o’z qo’shnilari va sheriklaridan eng yaxshi fazilatlarni o’zlashtirishga qodirligi va tayyorligi tufayli ta’minlangan. Aynan shu narsa tashkilotning muvaffaqiyatli rivoj topishi, uning jahon maydonidagi obro’-e’tibori mustahkamlanishining garovi hisoblanadi. Turkiy davlatlarining tarixiy tajribasi, Osiyo va Yevropa chorrahasidagi noyob joylashuvi tamaddunlar, mamlakat va xalqlarni konstruktiv hamkorlik va umumiy taraqqiyot yo’lida birlashtiruvchi ko’prik vazifasini bajara oladi va bajarishi kerak. Jahonning o’ta keng miqyosli xilma-xilligini shak-shubhasiz hurmat qilish Turkiy davlatlar tashkilotining tashrif qog’ozidir. Shunday yondashuvga asoslangan holda TDT o’zining nufuzli va zarur mintaqaviy tuzilma, shuningdek, xalqaro munosabatlarning zamonaviy tizimidagi muhim element sifatidagi maqomini mustahkamlashda davom etadi. Shubhasiz, Samarqand sammiti bu yo’ldagi muhim bosqich bo’ladi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning diplomatiyasi, nufuzi tufayli bugun Samarqand izchil ravishda konstruktiv hamkorlik, o’zaro ishonch va do’stlik timsoli sifatida muvaffaqiyatli diplomatik maydonga aylanib bormoqda. Shu sababli, yaratuvchan “Samarqand ruhi” o’zaro taraqqiyot va rivojlanishga qaratilgan turkiy davlatlar hamkorligining yanada yuksalishida hal qiluvchi o’rin tutadi.