logo

Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya hukmronligi davrida kursining maqsad va vazifalari eng asosiy manbalar va adabiyotlar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.427734375 KB
Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya hukmronligi davrida kursining maqsad va vazifalari e ng asosiy manbalar va adabiyotlar Reja: 1. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya hukmronligi davrida kursining maqsad va vazifalari 2. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya hukmronligi davrida kursi b o’ yicha mu h im manbalar va eng asosiy adabiyotlar.  Tayanch so’zlar: O’zbek davlatchiligi, Amir Temur, Dashti Qipchoq, Muhammad Shohbaxt, Movarounnahr, Xitoy, qipchoq, Kenagas, Mang’it urug’lari Kavkaz, Volgabo’yi, manbalar, ilmiy adabiyotlar. 1-masala Insoniyatning keyingi uch ming yillik tarixiga nazar tashlansa, jahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri, Turon, Movarounnahr, Chig’atoy ulusi, Turkiston deb turli asrlarda turfa nomlar bilan atalgan diyorimiz osmonini qora bulutlar qoplagan yillar ko’p bo’lgan. Bu o’lkaga hasad va tajovuz ko’zi bilan qaragan, mardona xalqini qul, tabiiy zahiralarini o’ziniki qilishga jon-jahdi bilan intilgan bosqinchilar son-sanoqsiz edi. Biroq, hamma zamonlarda ham yovga qarshi xalqimizning vatanparvar yo’lboshchilari, millat qahramonlari ozodlik yalovini baland ko’targanlar, or-nomus, o’zlikni saqlash uchun kurashganlar. Pirovard natijada, dushmanlar qoldirgan kultepalar ustida obod kishloklar, shaharlar tiklaganlar. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Turknston o’lkasi qadim zamonlardan beri tabiiy-geografik iqlimi, boyliklarining ko’pligi, hosildor za-mini bilan atrofdagilarning diqqat-e’tiborini o’zi-ga tortib kelgan. Ona diyorimiz bir necha marotaba dushman otlari tuyog’i ostida toptalgan. Xalqimiz o’nlab marta tinch, yaratuvchilik mehnatini to’xtatib, ona-yurt ozodligi va mustaqilligi uchun kurashga otlangan. Asl o’g’lonlar doimo Vatan uchun jonini fido qil-ganlar. Turkistonning taqdiri g’oyat mashaqqatli kechdi. Ro’y bergan vayroialiklardan aql bovar qilmas darajada moddiy-ma’naviy zarar ko’rildi. XIII asrda mo’g’uldar, XIX asrning ikkinchi yarmida esa rus chorizmi bosqinchilari tomonidan o’lkaga ofat yog’ildi. Har ikki g’alamis dushman avvalo milliy davlatchiligimizni yo’q qildi, moddiy-madaniy boyliklarimizni talon-toroj etdi. Xalq va millat sifatidagi qadriyatlar toptaldi. O’lkamiz uzoq yillar mobaynida tanazzul botqog’iga botdi. Shuni ta’kidlash kerakki, mo’g’ullarning o’lkamizga bostirib kirishi ko’plab fidoiy tarixchilarimiz tomonidan izchil ravishda o’rganib chiqilgan, Tarixiy-ilmiy, shuningdek badiiy asarlarda bu voqealar o’z ifodasini topgan. Ammo Rossiya imperiyasining Turkistonni dastlab josuslik yo’li bilan uzoq yillar o’rganib chiqishi, so’ngra o’ta jirkanch usullardan foydalanib uni zabt etishi, nihoyat, mustamlakachilik sirtmog’ining o’lka bo’yniga solnnishi kabi tarix haqiqati O’rta Osiyo xalqlaridan sir tutilib kelingan edi. Chunki xalqimiz undan xabardor bo’lganda, o’z-o’zidan Sho’ro imperiyasining mustamlakachilik qiyofasi ochilib qolgan bo’lur edi . «O’rta Osiyoning bosib olinishi» iborasi unga tamomila qarama-qarshi ibora, ya’ni «qo’shib olinishi» qabilida talqin etildi. Tarixchi olimlar tarix haqiqatiga zid ish qilib, «o’lka qo’shib olingan» iborasini qo’llab, uni ko’r-ko’rona soxtalashtirdilar. Natijada bu g’oyani rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Shu davr mobaynida keng hajmli, ammo zamini bo’sh «ilmiy» risolalar, monografiyalar uzluksiz chiqib turdi. Bunday holat 80- yillarning oxiriga qadar davom etib, milliy ong, mustaqillik kurtak yoza boshlagandan keyingina to’xtadi. Nihoyat, tarixchilar bu soxta, g’ayriqonuniy qarashlarni rad etib, Vatan yilnomasining fojiali kechmishini adolatli yorituvchi risola va ilmiy maqolalar bilan chiqa boshladilar. O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingandan so’ng tarix haqiqatini ro’yobga chiqarish, tarixiy voqealar va hodisalar qanday kechgan bo’lsa, ularni shundayligicha bayon etish imkoniyati yaratildi. Oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi «Avesto» vujudga kelgan zamonlardayoq o’z tarixiy davlatchiligiga ega bo’lgan Turkistonni istibdodga cho’lg’ab, mustamlaka va mute’ga aylantirgan edi. Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar zuravonlik bilan ushlab turilgan qizil saltanat tuzumi podshohlik Rossiyasi o’rnatgan mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy o’lkalarni ezish va talash, madaniyati va ma’naviyatini oyoq osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini teran faxmlar edi. Sobiq sho’ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi yarmiga qadar bo’lgan tariximiz soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda: «O’zbekistonning, o’zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi — yo’qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? Ular bor kuch-g’ayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo’lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. Inson uchun tarixidan judo bo’lish — hayotdan judo bo’lish demakdir»,— deb juda o’rinli o’qtirgan edilar. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm surdi. Mahalliy aholini xo’rlash va qatag’on etish oktyabr to’ntarishi tufayli hokimiyatga kelgan sho’ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori pog’onalarga ko’tarildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik tuzumi 130 yil umr ko’rdi. 2-masala Yaqin va o’tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Darvoqe, «vatan, millat taqdiri hal bo’ladigan qaltis vaziyatlarda to’g’ri yo’lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning ko’zini ochar ekan. Shunda ko’p xatolarning oldini olish mumkin bo’lar ekan» . Endilikda, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda qad rostlaganining to’qqiz yilini kechirayotgan damlarda kechagi kunga nazar tashlash, so’ggi mustamlakachilik asoratini o’rganish ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy tarixini o’rganish, avaylab himoya qilish kerak bo’ladi. Aytish joizki, 130 yil davomida qattiqqo’llik bilan hayotga tatbiq etilgan mustamlakachilikning mash’um tamoyillari qoldirgan asoratni bugungi kunda O’bekistonning hamma jabhasida: iqtisodiyot va madaniyatda, ilm-fan va maorifda, qishloq xo’jaligi va sanoatda kuzatish mumkin. Biz yaqin kechmishdagi tarixiy haqiqatni u qanday bo’lsa, shu holda tiklash va gavdalantirishdek ezgu va olijanob maqsadni o’z oldimizga qo’yganmiz. Tarixiy haqiqat shundaki, Ros siya imperiyasining sobiq mustamlakasi bo’lgan, endilikda esa suveren davlatga aylangan O’zbekiston Respublikasining Ros siya Federatsiyasi bilan do’stona teng, o’zaro hurmat asosida davom etib kelayotgan aloqalarini mustahkamlashda u ikki tomonlama saboq va ibrat vazifasini o’tashi lozim bo’ladi. G’oyat murakkab kechgan bosqin jarayonini tarixan xolis va ilmiy yoritishda asosan ikki manbaga: rus zobitlari va harbiy mundir kiygan olimlarining esdalik, xotira hamda ilmiy asarlariga, shuningdek, istilo davrida yashagan, shu voqealarga shohid bo’lgan mahalliy muarrixlarning qo’lyozma kitoblariga tayanildi. Respublika Prezidenti, O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi I.A.Karimov 1991 yildayoq SSSRning parchalanib ketishi va o’zbek xalqining mustaqillikni qo’lga kiritishi tasodifiy hodisa bo’lmasdan, uning chuqur tarixiy zaminga ega ekanligini asoslab berdi. Sho’ro saltanati halokati yuz bergan paytda O’zbekiston hukumati mustaqillik bayrog’ini dadil ko’targanida ana shu zaminga suyangani, xalqimiz 130 yildan beri rus saltanatiga va sho’ro tuzumiga bo’lgan norozilikning poyoniga yetganini tushunganligi uchun milliy davlatchiligimizning qayta tiklanishi nisbatan yengil ko’chganligi ravshan. Turkiston o’lkasining rus mustamlakachiligi va sho’ro hukmronligi davrida kechgan mazlumona hayoti tarixiy-ilmiy adabiyotlarda, qay nuqtai nazardan bo’lmasin, har holda, nisba tan to’laroq ifoda etilgan, deyish mumkin. Bu adabiyotlarni mazmun va mohiyat e’tibori bilan to’rt davrga ajratish to’g’ri bo’ladi. Birinchi davr asosan 1917 yilgacha yozilgan tadqiqotlarni, ikkinchi davr 20—50-y illarda, uchinchi davr esa 50-yildan to 80-yillar birinchi yarmiga qadar yaratilgan asarlarni qamrab oladi. To’rtinchi davrga oid adabiyotlar tarixshunoslikda «qayta qurish» deb nom olgan 80-yillarning ikkinchi yarmidan to O’zbekiston Respublikasining mustaqilikka erishganiga qadar va mustaqillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir. Birinchi davrga mansub tarixiy-ilmiy kitoblarda rus mustamlakachilik siyosatiga doir tanqidiy fikr-mulohazalar deyarli uchramaydi. Chunki ularning mualliflari asosan boshqa xalqlarni talashdan, ezishdan manfaatdor bo’lgan dvoryan- pomeshchiklar, zobitlar, savdo-sanoat korchalonlari, nufuzli amaldorlar bo’lishgan. Bu xil manbalarda ko’proq. Rossiyaning Turkistonda qo’llay boshlagan iqtisodiy-siyosiy zug’umlarini oqlash, saltanat hukmron doiralarining manfaati nuqtai nazaridan o’lkani o’zlashtirish bo’yicha yana qanday tadbirlar ko’rish zaruriyati bayon etiladi. Bu asarlardagi bosh g’oya, yetakchi yo’nalish, qanday bo’lmasin, saltanatning Turkistondagi tajovuzi va mustabid tizimini g’oyaviy asoslashga, yangi «ikkinchi rus Turkistoni»ni barpo etish uchun zarur yo’nalishlarni belgilashga qaratilishi bilan bog’liq edi. Bu jihatdan general-leytenant M.A.Terentevning «O’rta Osiyoning bosib olinishi tarixi» (1906) asarini qayd etish mumkin. Sankt-Peterburg zodagonlari vakili, o’lkashunos olim knyaz V.I.Masalskiy esa diqqatini Turkistondagi yer-suv masalalariga qaratib, arzon paxta xom ashyosiga erishish uchun o’lkada paxta yakka hokimligini o’rnatish, ruslarni ko’paytirish choralarini ko’rish lozimligini o’qtiradi. Podsho vaziri A.V.Krivoshein ham asarlarida xuddi shu haqda fikr yuritadi. O’lka iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda asosan hukmron davlat— Rossiya manfaatlari nuqtai nazaridan masalaga yondoshiladi, mustamlaka siyosatini mustahkamlash, shu orqali imkon qadar o’lka qonini zulukdek so’rish chora va usullari bahs etiladi. Taassufki, ularda Rossiya istibdodi, milliy xo’rlash siyosatiga oid jiddiy tanqidiy fikr-mulohazalar o’z ifodasini topmagan. Lekin, garchand axborot tarzida bo’lsa-da, bu adabiyotlarning qimmati shundaki, mualliflar xech bir istihola qilmay, o’zlari tarafdor bo’lgan mustamla- kachilikning haqiqiy basharasini, oshkor va pinhon niyatlarini takabburlik ila namoyish etadilar. Bu esa, rus mustamlakachiligining qabohati ingliz, ispan, frantsuz va nemis mustamlakachiligiga qiyos etilganda, ulardan necha bor tahlikali tusda amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Birgina ruslarning temir yo’l, sanoat va harbiy sohadagi barcha malakali ishchilarni o’z tasarrufiga olishi mohiyatiga e’tibor beraylik. Bundan ko’zlangan pinhona va razilona maqsad Turkiston tub aholisining taraqqiyotiga chek qo’yish, ko’zga ko’rinmas turlar bilan uning oyoq-qo’lini chirmab tashlash, oxir- oqibatda, o’lkani Rossiyasiz mustaqil kun ko’rishdan mahrum etish edi. Bu maqsad yo’lida ular o’z madaniyatini, tili va adabiyotini, musiqa va hatto, me’morchiligini Turkiston aholisi didiga yaqinlashtirishga, shu orqali, ularning ich-ichiga kirib borishga intiladi. Tub joy kishilar bilan o’zlarini teng qilib ko’rsatish, shu taxlit ular hurmatini qozonish, birga o’tirib turish, qon-qardosh bo’lib ketganligini pesh etish odatdagi holga aylanadi. Rus mustamlakachiligi ning bu xildagi qabih va ayyorona dasturi fikr yuritilayotgan birinchi davr adabiyotida yaqqol gavdalanadi, deyish mumkin. Mustamlakachilar bor kuch-gayratlarini Turkistonning o’tmishini kamsitishga, bizni asl tariximizdan judo qilishga sarflaganlari bu davr adabiyotiga xosdir. Ikkinchi davrga taalluqli adabiyotda Turkiston o’lkasidagi mustamlakachilik siyosati va uning asosiy yunalishlari, shuningdek, istiqlol uchun olib borilgan kurashlar qamrab olinadi. Tabiiyki, bu mavzular shu davr adabiyotida, ayniqsa, 20-yillar tarixshunosligida bir qator mualliflarning asarlarida turli darajada, turlicha saviyada o’z aksini topdi. Muhimi shundaki, 20-yillarda qalam tebratgan mualliflar o’zlari tasvir etgan, fikr yuritgan ijtimoiy-siyosiy voqea va hodisalarning bevosita ishtirokchilari bo’lishgan. Shu boisdan bu asarlarda davrning murakkab, ziddiyatli, mahzun ruhi ufurib turadi. Chunonchi, mustamlakachilik siyosatining tub mohiyati G.I.Safarov, P.G.Galuzo va A.Z.Validiy To’g’on tadqiqotlarida ilk daf’a to’laroq aks etdi. U chinchi davr (50-yillardan 80-yillar birinchi yarmiga qadar) adabiyotida tarixni soxtalashtirish va buzib talqin etish sohasida o’ziga xos poyga avj oldi. Binobarin, Turkiston o’lkasida bo’lib o’tgan barcha milliy-ozodlik harakatlari haqida ijobiy fikr bildirish u yoqda tursin, bor haqiqatni yozish go’yo rus xalqiga qaratilgan millatchilik harakati sifatida baholanar edi. Bu shu darajaga borib yetdiki, XIX asr ikkinchi yarmidagi milliy -ozodlik kurashlariga munosabat bildirish «ulug’ rus xalqi bilan bo’lgan do’stlikka rahna solish» sifatida siyosiy xatoga yo’yildi. Masalaning bu tarzda gazaklashi «ulug’ og’a» vakillarining ayrim vijdonli, halol olimlarida hijolat tuyg’usini uyg’otmay qolmadi. Biroq, adolat nuqtai nazaridan, tarixiy vaziyat va kommunistik mafkura tazyiqini hisobga olgan holda aytiladigan bo’lsa, fikr yuritilayotgan davrning 70—80-yillari boshlarida bir qancha ilmiy-tarixiy asarlar yaratildiki, ularning ilmiy ahamiyatini pasaytirish nojoizdir. Turgan gapki, bu xildagi tadqiqotlarda tarixga xolisona yondoshish bobida, birinchi galda, rus saltanatining O’rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga ilmiy baho berishdagi cheklanish o’sha davr ruhi bilan izohlanadigan asosiy qusurlar hisoblanadi. S’ho’ro davlati o’zini nechog’lik qudratli hisoblamasin, u ichdan chirib tugayotgan edi. Ayniqsa, 80-yillar ikkinchi yarimlari jahon afkor ommasi oldida qizil saltanatning qadam-baqadam fosh bo’lish yillari sifatida tarixga kirdi. «Qayta qurish» siyosati tizgini tobora qo’ldan chiqib borayotgan saltanat otini qamchilashga behuda so’nggi urinish edi. 1985 yildan so’ng matbuotda, ilm-fanda oshkoralik to’lqini vujudga kelib, tarixshunoslikda erkin fikrlash, xolis ilmiy xulosalarni o’rtaga tashlash imkoniyati tug’ildi. Mavzu tarixshunosligining to’rtinchi davri 80-yillar ikkinchi yarimlaridan to hozirgi kunlarga qadar bo’lgan muddatni o’z ichiga oladi. Garchand bu davr tarixan juda qisqa — o’n-o’n besh yilni qamrasa-da, vujudga kelgan adabiyotlar mohiyat va mundarija e’tibori bilan g’oyat salmoqli ekanligini ta’kiddashga to’g’ri keladi. Mustaqillik, shubhasiz, olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan siyosiy voqea bo’ldi. Ko’pgina qalam ahli, muarrixlar,olimlar sodir bo’lgan voqea ahamiyatini teran anglab yetganlari holda, bu buyuk o’zgarish mohiyatini daf’atan ilg’ab ololmagan tarixnavislar ham bo’ldi. Qolaversa, o’tmishni qo’msash vasvasasi ham bu yillarda yozilgan ayrim asarlar sahifalarida aks etmay qolmadi. S’hu tariqa, tarixshunoslikka doir asarlarning to’rtinchi davriga oid bu bosqichida uch holat, uch xil jarayon va qarashlar mavjudligi ko’zga tashlanadi. Birinchidan sho’rolar Ittifoqi parchalanishidan , uning o’rnida yosh, mustaqil O’zbekiston kabi davlatlarning maydonga kelishidan norozi bo’lib, o’tmishni qo’msab, tarixiy jarayonlarga eskicha «ulug’ rus» millatchiligi, buyuk shovinistik siyosat va g’oyalar nuqtai nazaridan yondoshib ish ko’ruvchi (V .Pikul, A. Soljenitsin, V.Jirinovskiy, M.Popov, B.Kostin, V.Dubovitskiy va boshqalar) siyosatdonlar, adiblar, tarixchi va jurnalistlar podshohlik Rossiyasi bosib olgan hududlar «Rossiya yerlaridir, bu yerlar buyuk Rossiyaning kichik bir «uyezdi» yoki «guberniyasi» bo’lishi kerak, deb ayuhannos solishda davom etmoqda. Ular rus qo’shinlari tomonidan O’rta Osiyoning har-biy yo’l bilan istilo qilinganligini har jihatdan oqlab, bu mudhish ishni amalga oshirganlarni milliy qahramonlar darajasiga ko’tarmoqdalar. Ikkinchidan. o’zimizdan chiqqan milliy tarixchilarimizning ayrim vakillari hamon o’sha qizil saltanat davrida shakllangan mezon, kontseptsiya asosida ish ko’rib, «O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinganini», «O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shilishining xalqaro ahamiyatini» asoslashga urinib, sobiq mustamlakachilar olib borgan siyosatni soxtalashtirmoqdalar. Uchinchidan. qayta qurish va mustaqillik yillarida o’tmish tariximizga yangicha yondoshib, undagi «oq» va «qora» dog’larni bartaraf qilish niyati bilan, tarixni qanday bo’lsa, shundayligicha, xolisona, bo’yoq va andozalarsiz yoritishga harakat qilayotgan olim va adiblarimiz ma’lum darajada ijobiy ishlar qilayotganliklarini ta’kiddash mumkin. «O’zbek olimlarining kuch-g’ayratlari bilan, - deb yozgan edi IA.Karimov,- - tariximizning ko’pdan-ko’p g’oyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri -XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o’tmishimizni «oqlash» vazifalari umuman olganda bajarib bo’lindi hozir esa asosiy vazifa tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iboratdir».1 O’zbekiston 1991 yil 31 avgustda istiqlolga erishgach, ta-rixshunoslik fanida yangi sahifa ochildi. Ayniqsa, bu borada Prezident Islom Karimovning 1996 yil 18 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida «O’zbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish to’g’risida»gi tarixiy Farmoyishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 dekabrdagi qarori g’oyat katta dasturulamal ahamiyatga ega bo’ldi.1 Mazkur tarixiy hujjatlarda «O’zbekistonning yangi tarixi»ni tayyorlashdek g’oyat ulkan vazifa qo’yildi. Buni amalga oshirishda XIX asrning o’rtalaridan hozirgi kungacha xalqimiz hayotida sodir bo’lgan tarixiy bosqichlarni va o’zgarishlarni to’la qamrab olishga e’tibor berilishi alohida ta’kidlandi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini yoritish borasida mualliflar ana shunday qarashlarga raddiya beruvchi o’z fikrlarini tarixiy dalillar bilan asoslaganlar. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 iyuldagi «O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida»gi qarori ham o’zbek tarixshunosligining bundan buyonga yo’nalishini belgilab olishda, o’zbek milliy davlatchiligi tarixini tadqiq etishda, umuman tariximizning kontseptsiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Islom Karimovning 1998 yil 26 iyunda bir guruh tarixchi olimlar, jurnalistlar, ijodiy soha xodimlari bilan bo’lgan uchrashuvda bildirgan fikr-g’oyalari, 1999 yil 2 fevralda «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblari, 16 fevralda Toshkentda ro’y bergan favqulodda mudhish hodisa munosabati bilan so’zlagan benihoya ta’sirchan nutqida ijtimoiy jarayonlarimizning dolzarb masalalari qatori tariximiz haqida ham ko’pdan-ko’p dasturulamal, kontseptual, yangicha talqinlar ilgari surildiki, ular o’zbek tarixshunosligining hozirgi taraqqiyot bosqichini, eski holatdan yangi holatga o’tishi va bundan keyingi ustivor yo’nalishlarini belgilab bermoqda. Ўзбекистон халқдари тарихи Давлат музейи ва Тошкент теп- ловоз-вагон таъмири заводи музейида сақланаётган 1905—1917 йиллар воқеалари иштирокчиларининг эсдаликлари, ҳужжатла- ри (Д. Устабоев, С. Қосимхўжаев, О. Бобожонов, М. Мирходиев ва бошқалар) ва Туркистон вақтли матбуоти нашрларидан ҳам унумли фойдаланилди. Империянинг ижтимоий ва сиёсий найрангларини фош этувчи қатор нсёб хужжатларни ана шу архивдан қўлга кири- тиш мумкин бўлди. XIX асрнинг иккинчи ярмида Туркистонда зўравонлик би лан амалга оширилган рус истилоси ва бу босқинчиликнинг даҳшатли оқибатларига бағишланган қўлёзма манбалар — тари хий асарлар, ҳужжатлар, манзумалар ҳам беназир илмий аҳамият касб этади. Тарихшуносликда бу тажовуз тарихини ҳозирга қадар бир ёқлама, фақат рус манбалари асосида ёритишга интилиш кузатилади. Ҳолбуки, мустабидлар тўккан қонлар сову май туриб Тошкентда, Андижонда, Самарқандда, Бухорода, Қўқонда, Хивада, Наманганда, Қаршида, Жиззахда ва бошқа шаҳарларимизда ёзилган асарлар — улар хоҳ тарихий, хоҳ бади ий ёхуд ҳужжат бўлсин, тамомила унут бўлиб келди. Рус истилосига доир қўлёзма манбаларни уч туркумга ажратиш мақбул кўринади. Бу жиҳатдан, тарихий асарлар биринчи туркумни ташкил этади, дейиш мумкин. Хусусан, Муҳаммад Солиҳ Тошкандий, Мулла Муҳаммад Ниёз Ҳўқондий, Аваз Муҳаммад Аттор Ҳўқондий, Муҳаммад Азиз Марғилоний, Му ҳаммад Содиқ Мунший, Муҳаммад Абдулазим Сомий, Мирзо Олим Мушриф, Аҳмад Дониш, Комил Хоразмий, Мирзо Олим Тошкандий, Муҳаммад Фозилбек, Муҳаммад Ҳакимхон тўра, Исҳоқжон Жўнайдуллахожа Ибрат, Аҳмад Закий Валидий асар ларини шу сирага киритиш мумкин бўлади. Домулло Муҳаммад Солиҳнинг «Тарихи жадидаи Тошканд» асари 1862 йилда ёзила бошланиб, 1886—1887 йилларда тугал ланган. Икки жилддан иборат қилиб тузилган бу асарнинг биринчи қисмида ислом ва умуман, ўрта асрлар Марказий Осиё тарихи ёритилган бўлса, иккинчи жилдда XIX аср Қўқон хон лиги кечмиши қаламга олинади. Муаррих 3 бобдан иборат бу жилдда фақат Қўқон хонлигида юз берган рус истилоси оқибатларини келтириш билан чекланмай, Бухоро амирлиги воқеаларига ҳам кенг тўхталади. Муаллифнинг Тошкент, Мар ғилон, Наманган, Андижон, Самарқанд каби шаҳарларнинг руслар томонидан забт этилиши ҳақида ўзи гувоҳ бўлган воқеалар асосида фикр юритиши алоҳида қимматга эгадир. Мирзо Муҳаммад Абдулазим Сомий Бўстонийнинг »Дорус-салтана Бухоройи шариф манғит султонлари тарихи» 1906 йилда ёзилган. Асар мамлакатда ҳукм суриб келаётган парокандалик, ўзаро низолар охир- оқибатда юртнинг мустамлакага айланиб қолишида асосий омил бўлганлигини англашда муҳим манба ҳисобланади. Айни вақтда асарда халқнинг босқинчиларга қарши мардонавор кураши манзараси ҳам ёрқин акс эттирилади. Мулло Муҳаммад Ниёз Ҳўқондийнинг «Тарихи Шохрухий», Аваз Муҳаммад Аттор Ҳўқондийнинг «Тарихи жахоннамойи», Исҳоқжон Ибратнинг «Фарғона тарихи» Муҳаммад Юсуф Баёнийнинг «Шажараи Хоразмшоҳий», Ҳожи Муҳаммад Ҳаким Сайид Маъсумхоннинг «Мунтахаб ут-таворих», Мирзо Муҳаммад Содиқ Муншийнинг «Мусаннофоти Мирзо Содиқ Мунший», Мирзо Олим Мушрифнинг «Ансоб ус-салотин ва тавори ул -ҳавоқун» (Қўқон хонлиги тарихи) , «Тарихи Манзум», Муҳаммад Азиз Марғилонийнинг «Тарихи Азизий» (Фарғона чор мустамлакаси даврида), Аҳмад Донишнинг «Таржимат ал-аҳвол амирони Бухоройи шариф», Ҳамид ибн ғози Бақо ҳожанинг “Танзил ул-мисол зикр баён ал-аҳвол», Муҳаммад Фозилбекнинг «Мукаммали тарихи Фарғона” а сарларида ҳам рус истилосига дахлдор воқеа-ҳодисалар батафсил баён этилади. Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Шарқшунослик институти (ЎзРФАШИ) жамғармасида сақланаётган ва юқорида зикр этилган тарихий асарлардан ташқари мавзуни тўлдиришда асқотадиган «Тарихи жадидаи Тошканд» (11072-рақамли), «Тарихи Алимқули амири лашкар» (12136- рақамли), «Алимқул жангномаси» (Холбек ибн Мулло Андижоний асари, 8816-рақамли), «Жангномайи Худоёрхоний» (Мулло Шамси асари, 599/1- рақамли), «Тазкирайи Султоний» (Мулло Васийжон асари, 592-рақамли), «Худоёрхоннинг сўнгги кунлари» (Аҳмад Закий Валидий асари, 15743- рақамли), «Тазкирайи ҳаз-рати Мажзуб Намангоний» (2662/11-рақамли), «Фатҳномайи Султоний» (Мир Олим Бухорий асари, 1838-рақамли), «Тажовузи ўрус» (Қози Абдулвоҳид Садр-Сарири Балхий асари, 2260/ 1У- рақамли), «Туҳфайи Шоҳий» (Мирзо Абдулазим Сомий асари, 2091- рақамли), «Зафарномаи Худоёрхоний» (Абдул Ғофур асари, 598-рақамли), «Туҳфат ул-хоний» (Муҳаммад Вафо Карминагий асари, 5359/11-рақамли), «Тарихи амир Ҳайдар» (мулло Ибодулло Муҳаммад Шариф асари, 1836- рақамли), «Тарихчайи Туроний» (Умидиддин Марғиноний асари) сингари қўлёз-ма манбаларни ҳам истифода доирасига киритиш жоиз ҳисобланади. Бу тарихий манбаларнинг айримларида учрайдиган чекланишлар, хонларнинг айрим хатти-ҳаракатларига ортиқча баҳо бериш жиҳатларидан қатъи назар, яқин ўтмишни ойдинлаштиришда улар аҳамияти бўлакчадир. Иккинчи туркум манбалар бевосита маҳаллий ҳукмдорлар билан рус армияси қўмондонлиги ўртасида амалга оширилган сулҳга доир ҳужжатлар, тарихий шахсларнинг хотираларини қамрайди. Рус босқинидан сўнг вужудга келган вазият, мустамлака сиёсатининг ўрнатилиши, вассаллик ситамлари, элчилик борди-келдилари ҳам қатор ҳужжатларда, эсдаликларда ўз ифода сини топади. Комил Хоразмий, Аҳмад Дониш ва бошқа элчиларнинг, шунингдек, амир Абдулаҳаднинг Петербургга қилган сафарлари ҳақидаги маълумотлар шулар жумласидандир. Қўлёзма манбаларнинг учинчи туркуми мундарижасини бадиий асарлар: шеърлар, манзумалар ташкил этади. Рус истиб додидан сўнг у келтирган «маданият ва маърифат»ни улуғловчи асарлар махсус буюртмалар асосида ёзилганлиги маълум. Би роқ, юртнинг фидойи шоирлари босқинчиликни қоралаб, унинг мудҳиш оқибатларини лаънатлаб шеърлар яратганлар. Жумладан, 1912 йилда Ғулом Ҳасан Орифжонов матбаасида XVI аср шоири Мушфиқийнинг «Саду як банд» тўплами чоп этилган. Муҳими шундаки, тўпламда XIX аср иккинчи ярмида яшаб ижод этган қашқадарёлик шоир Ҳофиз Рўзибой Машраб ва Муҳаммад Амин Ҳўқондийларнинг рус истилосига доир манзумалари қўшиб берилган. «Ҳикмат» деб номланган ва шу асар охирида келтирилган шеърларда яссавийона рухда босқин чиларнинг разил башараси, хотин-қизларга нисбатан қилган қабиҳликлари фош этилади. Рус босқинчиларига қарши мардонавор курашиб ҳалок бўлган лашкарбоши Алимқул жасорати ҳақида 10 йил Сибирь бадарғасида бўлган ватанпарвар Мулло Ҳолбек ибн Мусо Ан дижоний достон яратгандир. Камина, Хаёлий, Носир, Таржимон сингари шоирларнинг асарларида ҳам рус босқини туфайли халқимиз бошига тушган кулфатлар ифода этилади. Бухоро амири, Ожиз тахаллуси би лан шеърлар ёзган амир Абдулаҳад шеърларида ҳам ички аф сус-надомат ишораси сезилиб туради. Шубҳасиз, ҳозирга қадар эълон қилинмаган, ўрганилмаган, аммо рус истилоси ҳақида бор ҳақиқатни бадиий гавдалантирган асарлар тарихий воқеликни холисона, бўёқларсиз идрок этишда муҳим манба бўлиб ҳисобланишга лойиқдир. Айниқса, Туркистонда XIX аср иккинчи яримларида фао лият кўрсатган матбуот нашрлари, ватанпарвар зиёлилар, му аррихлар, олимлар, шоирларнинг юрт тақдири ҳақида катта қалб билан қайғуриб ёзган мақолалари, асарлари рус мус- тамлакачилигининг қабиҳ моҳиятини, истиқлол учун олиб борилган тинимсиз курашларнинг қанчалик оғир кечганлиги  Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «S’Harq», 1998. 2. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T. ”O’zbekiston” 2008 y. 3. Ahmedov.B.A. Tarixdan saboqlar. T. «O’qituvchi», 1994. 4. Azamat Ziyo O’zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000. 5. Gulomov.X. Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey vXVIII- pervoy polovine XIX veka.-T., 2005. 6. Ziyoev X.Z. O’rta Osiyo va Sibir. T., “FAN”, 1962. 7. Ziyoev X.Z. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash.-T., 1998. 8. Ziyoev X.Z. Tarix-o’tmish va kelajak ko’zgusi.-T., 2000. 9. G’afforov Sh.S. Tarix va taqdir: Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko’chirilganlar.-T., 2006. 10. G’ulomov X.G’. Rossiyaning Buxoro xonligi bilan XVII asrda elchilik munosabatlariga doir. T., “FAN”, 1992. 11. O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. Mas’ul mu hа rirlar D.A.Alimova., E.V.Rtveladze. T., 2001.