logo

Amir Temir va temuriylar sulolasi davrida ma`naviyat. Jadidlarning ma`rifatparvarlik harakati va uning xalq ma`naviyatini ko`tarishdagi o`rni

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

82 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma`naviyat egasi va ma`rifat homiysi. 2. "Temur tuzuklari" da ma`naviyat masalalari. 3. Temuriylar davrida ma`naviyat va ma`rifat rivoji. 4. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma`naviyatini ko`tarishdagi roli. 5. Jadidchilarining amaliy harakatlari va tarixiy taqdirlari haqida . www.arxiv.uz Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak ma`naviyat egasi va ma`rifat homiysi XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Vtanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy tarixiy davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda mugillar xukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklarni va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy madaniy-ma`rifiy turg`unlik holatiga tushib kolgan mamlakatimiz o`z mustakilligini tiklashga kirishdi. Bu davrda Amir Temurning yagona bayrog`i ostida markazlashgan kuchli mustakil feodal davlat tashkil topdi. Amir Temur ushbu davrda Movarounnahr va Xorazmga tazyiq o`tkazayotgan To`xtamishxonga qarshi qushin tortdi. Ural va Kavkazda bo`lgan ikki shiddatli jangda Amir Temur g`alaba qozonib Oltin O`rda tazyiqida yashayotgan Rossiyani qad rostlashiga yordam berdi. Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me`mor, notiq, ruhshunos shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jaxonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko`p jildlik kitoblar yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizcha buni qilish imkoniga ega bo`lmadik, chunki kommunistik g`oya bunga yo`l bermadi. Amir Temurning o`zi taxqirlandi, tuxmatu malomatlarga qoldi. Shukurlar bo`lsinki, mustaqillik tufayli ko`p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan ulug` bobomiz Amir Temurni surishtirish va o`rganish imkoniga ega bo`ldik. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shaxrisabzning Xoja ilg`or qishlog`ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat ogir ijtimoiy siyosiy bo`ron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so`ng Amir Temur o`z raqiblarini yengib xoqimiyatni qo`lga oldi. Mayda, tarqoq feodalliklarni birlashtirib markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o`zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benixoya katta. www.arxiv.uz Birinchidan, u mamlakatni yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o`z tug`i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo- sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun "Temur va temuriylar davlati", "temuriylar madaniyati", "Ulug`bek va Samarqand asronomiya maktabi", "Navoiy" va "Bobur" kabi qutlug` so`zlarni nafaqat o`zbekning, balki jaxon xalqlari saxifalarida uchratar ekanmiz bu gaplarning zaminida Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o`zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo`lishga yordam berdi. Masalan, o`sha davrning eng qudratli xukmdoridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib Bolqon yarim oroli va Yevropa xalqlariga ozodlik bag`ishladi; Oltin o`rda xoni To`xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mug`ullar xukmronligidan qutilishini qariyib 300 yilga tezlashtirdi. Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o`qisak, o`rgansak, uning ko`p yaxshi sifatlari: to`g`rilik, muruvatlilik, el-yurtga mehr-muxbbati va boshqa hislatlarini bilib olamiz. Amir Temurning "Temur tuzuklari", Nizomiddin Shomiy, Sharofutddin Ali Yazdiylarning "Zafarnoma"lari, Ibn Arabshohning "Temur xaqidagi xabarlarida taqdir ajoyibotlari" va boshqa asarlarda keltirilgan soxibqironning ibratli pand-nasixatlari va o`gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo`ladi. Bo`lar el-yurt va fuqaroning tashvishini o`ylaydigan marifatparvarlik, mehr-muruvvat qo`shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qaxramonlik haqidagi hayotiy o`gitlardir. Soxibqironning bunyodkorlik soxasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa`y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, saroylar, bozorlar, ko`priklar, yo`llar, bekatlar, karvonsaroylr, qal`alar, qazilgan kanallar va boshqa inshoatlarning son-sanog`i yo`q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome` masjidi, Go`ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me`moriy mo`jizalari, Bog`i Chinor, Bog`i Dilkusho, Bog`i Bexisht, Bog`i www.arxiv.uz Baland singari o`nlab go`zal saroy-bog`lar va shu kabi boshqa inshoatlar shular jumlasiga kiradi. Tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur "Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoye bo`lishini ravo ko`rmasdi". Tarix bu ko`xna dunyoda juda ko`p jaxongirlarni ko`rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo`yi bunyodkorlik bilan mashg`ul bo`lgan. Uning "Qay bir joydan bir g`isht olsam, o`rniga o`n g`isht qo`ydirdim, bir daraxt keltirsam, o`rniga o`nta ko`chat ektirdim", degan so`zlari bunyodkorlik, yaratuvchilik faoliyatining tasdig`idir. "Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo`lsangiz, qurgan binolarimizga boqing" deganda Amir Temur avvalo o`z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz. Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma`rifatsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Buni teran anglagan soxibqiron xoqimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etish, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan bog`lagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o`sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suxbat qurar, turli mavzularda baxslashar edi. Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me`morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat soxibqironning nabirasi Mirzo Ulug`bekka o`tgani shubxasiz. Mirzo Ulug`bekning davlat arbobi bo`lish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishida bobosi Amir Temurning ta`siri benihoya katta bo`lgan. U Ulug`bekdagi noyob iste`dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yoniga olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan baxramand etgan. Amir Temur ma`naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo`yi amal qilgan "Kuch - adolatda" degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan. "Temur tuzuklari" da ma`naviyat masalalari www.arxiv.uz Amir Temurning ma`naviy va ma`rifiy qarashlari uning o`z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o`gitlari - "Temur tuzuklari" da mujassamlashgan. Bu bebaho asarda podsholar, xoqimlar va vazirlarning xaqi- huquqini himoya qilish, sipoxlarga munosabat, ilm-fan namoyondalari, din peshvolariga, ustozlarga, yaxshilik qilgan kishilarga munosabat kabi hayotiy ma`naviy-ahloqiy qonun-qoidalar o`z ifodasini topgan. Tuzuklardan quyidagi misollarni keltiramiz. X X X Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to`g`ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. X X X Zolimlardan mazlumlar haqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o`rtasida muxokama qildim va bir gunoxkorning o`rniga boshqasiga jabr-zulm o`tkazmadim. X X X Kimki birovni molini zo`rlik bilan tortib olgan bo`lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda kim tish sindirsa, ko`zini ko`r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino ishlar qilsa, devondagi shariat qozisiga olib borib topshirsinlar. Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo`lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Jumladan Amir Temur bu to`g`rida shunday deydi: X X X Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko`tarib, ishimga ko`p ziyon yetkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan o`chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo`l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan. Shubhayu qo`rquv bo`lsa, unut bo`lardi” XXX www.arxiv.uz Menga xasad qilib, o`ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg`a- in`omlar berib, muruvvatu ehson ko`rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko`rib, xijolat teriga g`arq bo`ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do`stlarim oldimga panox tilab kelganlarida, ularni o`zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim. Amir Temurning umr bo`yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag`alparvarligini uning quyidagi o`gitlaridan ham bilish mumkin: XXX Kimki biron saxroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog` ko`kartirsa, yohud biror harob bo`lib yotgan yerni obod qilsa, birincha yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun - qoidaga muvofiq xiroj yig`sinlar. Amir Temurning quyidagi so`zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, vatan haqida qayg`urishga chorlab keldi. XXX Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir.Zaiflarni ko`ring, yo`qsillarni boylar zulmiga tashlamang.Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin. Temur va Temuriylar davrida ma`naviyat va ma`rifat rivoji temuriylar davri; umuman Sharq, xususan Markaziy Osiyo-ilm- fan,madaniyat,ma`naviyat,adabiyot va san`at rivojida muhim boskich,yangi tarixiy davr,tub burilishdir. Bu davrdagi ma`naviy va ma`rifat hayotidagi ko`tarilish va yuksalishning manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda Markaziy Osiyoning madaniy-ma`naviy va ma`rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma`naviyati va ma`rifati davomidir. Markaziy Osiyo xalqlaridan yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy olimlar- Ulug`bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faysafus shoirlar- Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; Musavvirlar- Kamoliddin Bexzod, Qosim Ali, Mirak naqqosh; xattotlar-Sulton Ali Mashxadiy, Sulton Muhammad xandan Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. www.arxiv.uz Ularning hammasi o`sha davr va o`zlarigacha bo`lgan insoniyat ma`naviyati, ma`rifati va madaniyati yutug`ining barcha sohalarini mukammal bilib va o`zlashtirib olgan, o`zlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho`qqilarini egallagan ulug` siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo`lganlar. Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko`tarilgan musavvirlik san`ati Sharq uyg`onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o`zining takrorlanmas ijodi, go`zal miniatyura san`ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun duyoda ham o`chmas iz qoldirgandir. “Ikkinchi Moniy”, “Sharq Rafaeli” deb yuksak darajada e`zozlangan Behzod mashhur so`z san`atkorlari - Jomiy, Husayn Bayqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma`naviyat egasidir. Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma`rifat rivoji Mirzo Ulug`bek (1394- 1449) ning nomi bilan chambarchas bog`lanib ketgan. U davlat arbobi, fan, ma`rifat homiysi, buyuk olim va munajjim. U o`zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma`rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to`plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bo`lar Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abo`l Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonaning zabardast olimlari bo`lgan. Mirzo Ulug`bek Samarqandda “Samarqand akademiyasi”-”Ulug`bek akademiyasi”ga asos solgan edi. “Ziji Ko`ragoniy” (“Ko`ragoniyning yangi astronomik jadvali”) va “To`rt ulus tarixi” nomli asarlarning muallifidir. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha “Ulug`bek geometriya borasida Yevklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o`xshardi”. Mirzo Ulug`bek fan homiysi bo`lish bilan birga, mamlakatda ma`rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Mavorounnahrda bir emas uch madrasa qurdirdi. Bo`lardan biri Samarqandda (1417-1420); ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi G`ijduvonda (1433)dir. Hatto, Buxorodagi madrasa peshtoqiga hadisdan: “Ilm olish uchun har bir mo`min va muslima uchun farzdir”,-deb yozdirib qo`ydi. www.arxiv.uz Ulug`bek ko`proq buyuk olim, ilm-fan, ma`rifat homiysi bo`lgani uchun ham yanada qadrliroqdir. U geometriya matematika astranomiya, tarix, adabiyot, mantiq, musiqa ilmlarini bilgan. Qur`on, hadis va faqh ilmlaridan ham yaxshi habardor bo`lgan allomadir. XV asrda aniq fanlarning, xususan astranomiyaning rivojida Ulug`bekning xizmatlari beqiyosdir. Uning dahosi bugun ham insoniyatga xizmat qilmoqda. Temuriylar davri ma`naviyati,va ma`rifati rivo ji o`zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt - saodati, xalqlar asosyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san`at rivojiga bag`ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) lar ning nomi bilan chambarchas bog`liqdir. Abdurahmon Jomiy O`rta Osiyo xalqlari ma`naviy olamida, badiiy tafakkur osmonida yorqin nur sochib, o`chmas iz qoldirgan mutafakkirlardan biridir. Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo`lmish naqshbandiylikka ixlos qo`ygan, uni qabo`l qilgan, o`zi shu yo`l dan borgan va uning g`oyalarini targ`ib etgan. Naqshbandiylik adolatni, o`z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma`qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g`irrom yo`llar bilan mol-mulk to`plashni qoralagan. Bu ta`limot insonparvarlik, rostgo`ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma`naviy, poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug`lagan. Uning “Dil ba yoru, dast ba kor”- “Ko`ngil Allohdayu, qo`l mehnatda” shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o`ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug` siymo, so`z san`atkorlari naqshbandiychilik yo`lini qabo`l qilganlar va o`z ijodlarida uning g`oyalarini tarannum etganlar. O`zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o`zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O`rta Osiyoning ma`naviy va ma`rifiy fikr taraqqiyotida alohida o`rin tutadi. U adabiyot, san`atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Hamsa”, “Maxbubo`l-Qulub”, “Muxokamatul-lug`atayn”, “Majolisun-nafois”, “Lisonut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o`z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo`yadi. www.arxiv.uz Odami ersang demagil odami, Oniki yo`q xalq g`amidin g`ami,-bayti Navoiy ma`naviyati va insonparvarligining markaziy nuqtasi desak, hech yanglishmaymiz. Navoiy butun umri bo`yicha insonpar-varlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug`lab o`tgan. Kishilar g`amida bo`lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko`rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo`lgan. Uning qabrida mana bu so`zlar bitib qo`yilgan: “Shohi g`aribon”, ya`ni g`ariblar, yolg`izlar, faqirlar shohi. Navoiy sahovat va muruvvatda benazir inson bo`lgan. O`zining joylardagi yer-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to`laligicha hayriya ishlariga sarflagan. Temuriylar davri ilm-fan, ma`rifat, ma`naviyat va madaniyat jaxon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo`lib qo`shildi. Bunda ulug` bobomiz, davlat arbobi, benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to`g`ri anglamog`ingiz lozim, ulug` zot ila fahrlanishimiz barchamizning burchimiz. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma`naviyatini ko`tarishdagi roli Rossiyada Oktabr to`ntarishidan keyin sovet xoqimiyatining dastlabki yillarida boshqa jumxuriyatlarda bo`lganidek, O`zbekistonda ham, albatta madaniy, ma`rifiy taraqqiyot bo`ldi, tabiiy ijtimoiy fanlar anchagina o`sdi, milliy ziyolilar safi kengaydi, iqtisodda ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o`zgarishlar bo`ldi. Bundan ko`z yumish mumkin emas. Lekin O`zbekiston mustaqilligiga qadar yetmish to`rt yil ichida madaniy-ma`rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to`la foydalana olmadik. Markaz tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-odatlarimiz rivojlanishiga yo`l bermaydigan g`ovlar paydo bo`ldi. Agar Chor Rossiyasi bizning ma`naviyatimizni turg`unlikda, qoloqlikda tutishiga uringan bo`lsa, bol`sheviklar mahalliy xalqlarni o`z milliy madaniyatidan butkul begonalashtirish siyosatini tutdilar. O`zbek xalqining madaniyati va ma`naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga to`sqinlik qilish sobiq Sovet jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko`ra kuchaysa-kuchaydiyu, ammo kamaymadi. SHo`ro davlati milliy chekka o`lka xalqlarini ezish, boyliklarini talash maqsadida chorizm mustamlakachilik siyosatini www.arxiv.uz oshkora davom ettirdi. SHo`ro tuzimi milliy birdamlik, milliy tuyg`u rivojlanishi va yuksalishiga millatchilik deb qaradi. SHo`ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e`tiqodi rad etildi , o`rniga “shaxsga sig`inish” balosi ro`baro bo`ldi. Insonlarning ma`naviy-axloqiy tarbiyasini ta`minlashga ko`maklashadigan muqaddas kitob Qur`oni Karim, Hadisi sharif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo`tabar asarlari xalqdan yashirildi , ularga o`t qo`yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik va mutelik yillarida sodir bo`lgan bu daxshatli voqea va hodisalar o`zbek xalqining milliy manaviyati muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo`ldi. SHo`ro xukumati va tuzumi qurila boshlagan dastlabki yillardayoq, avvalo butun ziyolilar va xatto eski o`zbek yozuvini biladigan kishilar ham qamoqlarga jo`natildi. Keyinchalik esa uyda arab alifbosi yozuvidagi kitob va qo`lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq tazyiq ostiga olindi, xullas, o`zbek xalqining ilg`or qismi -ziyolilarga ma`rifat homiylariga juda katta zarba berildi. Bu qatog`onlik xatti -harakati o`tgan 70 yil davomida u yoki bu darajada doimiy va uzviy ravishda davom etdi. Til - har bir xalq bir millatning milliy o`zligini namoyon qilishda muhim vositadir. Sobiq sovet xukumati xukmronlik qilgan 70 yildan ko`proq vaqt davomida milliy chekka xalqlar, jumladan o`zbeklarning milliy tili, tarixi va madaniyati rivojlanishiga to`sqinlik qilishi uchun ishlatilmagan hiylayu nayrang qolmadi. Shaxsga sig`inish yillarida millatlarning bir-biriga qo`shilib yagona sovet xalqiga aylanish xaqida nazariyalar paydo bo`ldi. “Milliy tillar yo`qoladi, yagona til bo`ladi”, deb “bashorat” qilindi”. Bunday soxta nazariya Stalin tomonidan o`rtaga tashlangan edi. 1930 yildan boshlab, qariyib 60 yil davomida sobiq markaz millatlar va milliy tillarni qo`shib yuborish siyosatini zo`r berib hayotga joriy etishga urindi. Baynalminallik bayrog`i ostida milliy tillar rivojlanishi cheklab qo`yildi. O`zbek tiliga nisbatan qilingan ijtimoiy adolatsizlik, ayniqsa, daxshatli tus oldi. Bu narsa davlat siyosati darajasiga ko`tarilib amalga oshirildi. Uning lug`at tarkibiga ruscha baynalminal so`zlar sinfiy ravishda tiqishtirildi. Natijada og`zaki va yozma nutqimiz ortiq darajada buzildi. www.arxiv.uz Mustabid tuzum siyosati talabi va zo`ravonligi asosida ma`naviyatimizning muhim qirrasi imlomiz ketma-ket uch marta o`zgartirildi. 1929 yilda arab alifbosidan lotin alifbosiga o`tildi. Oradan o`n ikki yil o`tgach, kirill alifbosi qabo`l qilindi. Shu tariqa xalqimiz o`zining 1000-1200 yillik ko`hna tarixidan, o`tmishidan, ma`naviy me`rosidan mahrum bo`ldi. Ota-bobolarimizdan qolgan kitoblar, asosan arab va fors tillarida yozilgan. Imloning o`zgartirilishi natijasida o`sha kitoblarni o`qiy olmay digan bo`lib qoldik. Yaqin o`tmishimizning riyokor siyosati natijasida mo`g`il bosqini keltirilgan yo`qotishdan ham ko`ra kattaroq ma`naviy falokatga uchradik. Bu tariximizni, madaniyatimizni, milliy ma`naviy me`rosimizni yo`qotishga urinishning yangicha yo`li edi. Insofu-diyonatni yo`qotgan kommunistik mafkura yalovbardorlari, arab va lotin alifbosini yo`qotib maqsadlariga erishib bo`lgach, o`zbek xalqi “inqilobgacha” savodsiz edi, yozuvi ham, maktabi ham, kitobi ham, olimu ulamolari ham bo`lgan emas, tili rivojlanmagan degan safsatani butun dunyoga yoydilar. Bu xalqimiz sha`niga ag`darilgan g`irt tuhmatdir. Bu o`lkadan yetishib chiqqan ilm-fan, madaniyat, ma`naviyat namoyondalarini ilgari Sizlar bilan ko`rib o`tganmiz... O`lkamiz qadimdan ma`naviyat va ma`rifat yuksak darajada rivojlangan xudud bo`lganligi bilan faxrlanishimiz lozim. Jadidchilarining amaliy harakatlari va tarixiy taqdirlari haqida Jadidchilik aslida ma`rifatparvarlik harakatining ko`rinishidir. Shuning uchun biz bu o`rinda masala bayonini ma`rifat va ma`rifatparvalik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik. Ma`rifatning lug`aviy ma`nosi bilish, tanish, bilim, demakdir. Boshqacha aytganda ma`rifat bilmoq, kishilarning ong bilimini madaniyatini oshirishga qaratilgan ta`lim - tarbiya jarayonidir. Ma`rifat so`zining ko`plikdagi ma`nosi maorifdir. Ma`rifat atama sifatida - tabiat, jamiat va inson mohiyati haqidagi turli- tuman bilimlar, ma`lumotlar majmuasini bildiradi. Ma`rifatli degani-bilimli, muayyan sohada ma`lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya`ni ma`rifatning ma`lum sohasinigina egallashga erisha www.arxiv.uz oladi. Masalan, kimyoning ma`lum soxasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, meditsina va boshqalarning ham ma`lum yo`nalishlarini egallaydilar. Ma`rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma`rifat-bilim va madaniyatning qo`shma mazmuni bo`lib, maorif esa ana shu mazmunni quroli, vositasidir. Jamiyatda ma`rifat, ya`ni bilim ma`rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma`rifatparvar-ma`rifat uchun kurashuvchi; ilm, bilim chirog`ini yoquvchi; ma`rifat homiysi va tarafdori demakdir. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o`tishi ma`rifatparvarlikdan boshlanadi. Ma`rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatning, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g`oyalarni ilgari suradilar, shu g`oyalarni amalga oishirish uchun kurash olib boradilar. Turkiston ma`rifatchilik maktabi boy o`tmish va ulkan me`rosga ega. Maxmudxo`ja Bexbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o`g`li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan halos etishning yagona yo`li ma`rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma`naviy qullik va zulm zo`ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma`rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o`lkani, uning kishanlarini ilm chirog`i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etidlar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko`rsatdilar. Ko`rinadiki, jadidchilik, ma`rifatchilik ham millatni ma`rifatli qilish, ma`naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yuzaga kelgan buyuk tarixiy ahamiyatdir. Jadidchilik-yangilanish, yangi usul ma`nosini anglatadi. U yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo`llari tarafdorlarining umumiy nomi. Jadidchilikning asosiy g`oya va maqsadalri: Turkistonni o`rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofatlardan ozod qilish, “Usuli qadim” ni inkor etgan holda o`lkani, www.arxiv.uz xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo`liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo`shin tuzish va boshqalardan iborat. Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o`zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo`lganligi bilan ajarlib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma`rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g`oyalar yetakchilik qilgan. O`lkani mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo`ydilar. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o`stirish zarurligini payqadilar. Shu orqali milliy uyg`onish yasamoqchi bo`ldilar. Buni esa ta`lim va tarbiyada-ma`rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha ta`lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo`lida hormay-tolmay ishladilar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo`lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma`naviy inqirozi chuqurlashgan bo`lib, milliy madaniyatni ko`tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo`lmay ma`rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo`lga qo`ygan ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo`lmas edi. Jadidlar, ya`ni ma`rifatchilar millatning ma`naviy kamoloti yo`lida o`zining butun kuchi va iste`dodini safarbar etishga tayyor bo`lgan fidoyilar edi. Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog`idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qat`iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta`lim berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g`oyasini ilgari surganlar va bu borada o`zlari amaliy harakat namunasini ko`rsatganlar. Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida миллий уйғониш va milliy yuksalishida katta rol o`ynagan. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. Karimov I. A. Amir Temur-fahrimiz, g`ururimiz. Halk so`zi, 1996, 25 oktabr. 2. Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch .T.: Ma`naviyat, 2009. 3. Karimov I. A. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., 2009. 4. Karimov I. A. Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor . T., O`zbekiston, 2009. 5. Temur tuzuklari. Akademik B.Axmedov taxriri ostida. Т., 1991. 6. Amir Temur o`gitlari. T.: Navro`z, 1992. 7. Mo`minov I. M. Amir Temurning O`rta Osiyo tarixida tutgan o`rni va roli.T.: Fan, 1963. 8. Axmedov B. Buyuk Temur. T., 1996. 1. Axmedov B. Amir Temur va Sharqning uyg`onish davri. O`zbekiston adabiyoti va san`ati, 1996, 9 may. 2. Tursunov I.Y. Amir Temur - ma`rifat homiysi. Xalq ta`limi, 1996, 2son. 11. O`zbekiston : qaramlik va mustaqillik yillarida. T.: O`qituvchi , 1996. 12. www.e-tarix.uz