logo

Markaziy Osiyo regionidagi geosiyosiy jarayonlar. yangi ming yillikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash muammolari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80 KB
M arkaziy Osiyo regionidagi geosiyosiy jarayonlar. yangi ming yillikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash muammolari Reja: 1. Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar. 2. Narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm masalalari. 3. Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar. 4. Markaziy Osiyoda ekologik vaziyatning namoyon bo‘lish xususiyatlari. 5. Suvning tanqisligi va sho‘rlanganligi. Suv muammosining siyosiy tus olishi Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solayotgan asosiy tahdidlar. Mintakada bundan bir necha yil oldin sobik Ittifok xududidan yangi beshta davlat ajralib chikishini va ular o‘rtasida yangicha munosabatlar tizimi shakllanishini xech kim kutmagandi. SHu sababli mintakadagi integratsion jarayonlarga nisbatan mutaxassislar o‘rtasida bir kator savollar yuzaga chikdi. Ya’ni mintakadagi integratsion uyushma kanchalik chidamli? Mintakaviy integratsiya kandaydir tashki ambitsiyalar mevasi emasmi? SHakllanayotgan yangi makonda geosiyosiy, iktisodiy va madaniy omillarning o‘rni kanday? Mintakada siyosiy va iktisodiy munosabatlarda sub’ektlarning yo‘nalishlari birmi va ular mintakaviy birlikni saklab kolishga kodirmi? To‘g‘ ri, uzok vakt davomida Markaziy Osiyoning ijtimoiy — siyosiy makoni turli xil kuchlar tarkalishi va ta’siri ostida shakllangan. «Markaziy Osiyo» jumlasining o‘zi xam Yevropadan kelib chikkan deb xisoblanadi 1 . Qadimda Osiyo mintakasining ichki — kirishi kiyin bo‘lgan sarxadlari «Ichki Osiyo» atamasi bilan nomlangan. Tabiiyki, geografik jixatdan mavxum b o‘lgan va noanik atama yangi davrga kelib Osiyoning ichki tumanlarining kam o‘rganganilganligini k o‘rsatdi. Bu narsani yuzaga chikargan yondashuvlarni mintakaga (Markaziy Osiyo nazarda tutilmokda) nisbatan yetakchi davlatlarning kizikishi XVII —XVIII asrlardan keyin oshganligi va uning tadrijiy asosda rivojlanganligi bilan boglash mumkin. Bu jarayon ikki k o‘rinishda namoyon bo‘ldi desak bo‘ladi, ya’ni, bir tomondan, Yevropa ilmiy doiralarining kizikishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jaxon siyosatiga ta’sir etadigan imperiyalarning xududiy o‘sish jarayoni ketayotgan edi 2 . XIX asrning oxirlarida rus va garb tadkikotchilari orasida Markaziy Osiyo — Turkiston tushunchasi bilan boglanib koldi. Aytish joizki, «Turkiston» atamasi xududni birlashtiradigan tillar yakinligi, madaniy yakinlik, turmush tarzi yakinligi tufayli yagona tarixiy — madaniy makon sifatida tushunilgan 3 . Bu atamaning oxirgi talkini XX asr o‘rtalarida pay do bo‘ldi. Uning kamroviga O‘zbekiston, Qozogiston, Turkmaniston, Qirgiziston va Tojikiston sovet respublikalari kirgan edi. Sovet davrida bu makonni «O‘rta Osiyo va Qozogiston» deb ataganlar. Bizningcha, bunday talkin va mintakani ajratish kuyidagi omillar bilan boglik: B irinchidan, Qozogistonning Rossiya ta’sir doirasiga ilgarirok kirganligi xamda u yerda turkiy bo‘lmagan axolining tez sur’atlarda ko‘payganligi va ularning shu yerda mukimlashganligi; I kkinchidan, Qozogiston xududining katta kismi geografik jixatdan G‘arbiy Sibir sharoitiga moe kelganligidadir. Tarixga e’tibor bersak, yangi davrgacha Markaziy Osiyodagi ma’muriy — xududiy bo‘linishga etnik omil xam kuchli ta’sir etgan. Masalan, Qo‘kon xonligining yerlarida asosan kozoklar va kirgizlar yashagan bo‘lib, uning markazi turkiy va forsiy tillarda gapiradigan axoli yashaydigan o‘trok xayot markazi Fargona vodiysida joylashgan bo‘lgan. Xiva xonligi o‘z tarkibiga turkmanlar, o‘zbeklar, kozoklar va korakalpoklar yashaydigan yerlarni olgan. Buxoro amirligi tarkibida asosan xozirgi Markaziy Osiyodagi eng kup millatlar vakillari istikomat kilishgan. Amirlikda etnolingvistik bo‘linish bo‘lgan, bu yerda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiy etnik guruxlar, shuningdek forsiy va turkiyzabon utrok axoli guruxlari yashagan. Bulardan tashkari, yana bir necha yarim mustakil bo‘linmalar xam bo‘lgan. Masalan, Orol bo‘linmasi, bu yerda navbati bilan turkman, kozok va korakalpok xonlari xukmronlik kilgan. XIX asrning oxirlarida Markaziy Osiyo mintakasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan edi. SHu davrdan boshlab mintaka katta geosiyosat doirasiga tortiladi, uning tarixi orkaga surib kuyiladi va u siyosatning kurboniga aylanadi, desak mubolaga bo‘lmas. Aynan shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoga asta — sekin Yevropa madaniyati, ta’limi kirib keladi va industrial munosabatlarning yangi o‘choklari vujudga kela boshlaydi. SHuni xam tan olish kerakki, Rossiya xukmronligi davrida chor ma’muriyati o‘zining mintakadagi olib borayotgan siyosatida axoliga nisbatan ularni bir — biridan ajratish, ularni uzoklashtirish usuliga tayangan 1 . Markaziy Osiyo xalklarini farklash asosida ular, birinchi navbatda, konfessiyalar, undan keyin xujalik, madaniy va etnik omillarni kuyishgan. Ma’lum darajada bu mintakaning o‘sha davrdagi xakikiy tarixiy rivojlanish darajasini aks etgan desa xam bo‘ladi 2 . Rossiyadagi inkilobdan keyin va Markaziy Osiyodagi fukarolik urushi davomida bolb sheviklar raxbariyati Turkistonni RSFSR tarkibidagi yagona, bitta avtonom okrugga birlashtirmokchi bo‘lishdi. 1918 yilning aprelida «Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tugrisida»gi nizom kabul kilindi. Unga kura, «Turkiston respublikasi tarkibiga geografik chegarasiga asosan butun Turkiston davlati kiradi. Buxoro va Xiva bundan mustasno edi...» Bu yerda sovetlar raxbariyati sobik Turkiston general—gubernatorligini nazarda tutishgan. 1924 yilda bolbineviklarning milliy siyosatiga kura, SSSRning milliy davlat chegaralanishi boshlandi. 1924 yilning sentyabr oyida Turkiston ASSR MIQ «chegaralanish to‘g‘risida»gi karor kabul kiladi, unga kura, uzbek, kirgiz (kozok) kora kirgiz (kirgiz) va tojik xalklariga milliy davlatlar tuzish uchun xukuk berildi. Bundan keyin bu karorni tasdiklaydigan bir nechta karorlar chikarildi. Uzbek va turkman xalklariga SSSR tarkibiga ittifokdosh respublikalar sifatida kirish uchun imkoniyat berildi, Kozogistonga Turkiston ASSRning kozok viloyatlari bilan birlashib avtonomiya sifatida RSFSR tarkibiga kiritish taklif etildi, Kirgizlarga RSFSR tarkibidagi Qora Kirgiz avtonom okrugiga birlashish taklif etildi va tojiklarga O‘zbekiston SSR tarkibida avtonom viloyat tuzish taklif kilindi. Tashki va ichki o‘zaro boglovchi omillarning butun bir guruxi integratsion birlashmaning xosil kilishga muxim sabab bo‘ldi. Ular katorida kuyidagilarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: • integratsion birlashmani xosil kilishga ko‘lay geografik joylashuv; • mintakada yashovchi xalklarning tarixiy — madaniy yakinligi, axolining asosiy kismi islom diniga (umumiy dinga ega ekanligi tomonidan karalsin) mansubligi; • mintaka davlatlarining yukori darajada o‘zaro boglik bo‘lishi; • yagona ekosistemaning mavjudligi; • mintaka davlatlarining barchasi deyarli bir xil bo‘lgan davlat tuzilmasiga va davlat institutlariga ega bo‘lishi; • xar bir davlat xududida boshka davlatga tegishli bo‘lgan anklav va xududlarning mavjudligi; • mintaka davlatlari xavfsizligiga ta’sir kiluvchi tashki destruktiv kuchlarning faollashuviga karshi kurash muammosi; • o‘sib borayotgan narkobiznes, terrorizm xavfi ostida mintakaviy xavfsizlikni ta’minlash muammolari va xokazolar. Umuman olganda, mintakaviy integratsiya jarayonlari, keyingi iillarda dunyoning turli mintakalariga xos bo‘lgan xolat bo‘lib koldi. Bunga misol kilib Yevropa kit’asidagi, SHimoliy Amerika, Osiyo va Tinch okeani, shuningdek boshka mintakalardagi integratsion jarayonlarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. Ushbu tendentsiya Markaziy Osiyo davlatlarini xam chetlab utmadi va bu yerdagi integratsiya jarayonlari jaxon iktisodiy va siyosii makonida saklanib kolishning tobora murakkablashib borayotgan shart—sharoitlariga ushbu mamlakatlarning javobini aks ettirar edi. Qozok siyosatshunosi U.Kasenov fikricha, mintaka ichidagi o‘zaro siyosii integratsiya aloxida davlatlarning suverenitetini mustaxkamlaydi. Jumladan u «Markaziy Osiyoda davlat suverenitetining mustaxkamlanishi sobik respublikalarning rivojlanishlari ular o‘rtasidagi davlatlararo integratsiya bilan birgalikda olib borilsagina mumkin bo‘ladi. Markaziy Osiyo integratsiyasi va siyosii muvofiklashtirish muassasalarining samarali faoliyati xar bir davlatning iktisodiy rivojlaninishini jadallashtirishga imkon beradi va shu bilan bir vaktda ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan va vujudga kelish extimoli bor bo‘lgan karama — karshiliklarni xal etishga sharoit yaratadi» 1 — degan edi. Aynan shu sababli, mintakadagi davlat raxbarlari mustakillikning dastlabki yillaridan mamlakatlari xar tomonlama rivojlanishi uchun kulay sharoit shakllantirishni asosiy maksad sifatida belgiladilar. Bu borada mintaka davlatlari tashki siyosatda kupvektorlik uslubini (Turkmanistondan tashkari 2 .), milliy davlatchilikni shakllantirishda kuppartiyaviylikka asoslangan demokratik printsiplarni va iktisodiyotni rivojlantirishda bozor iktisodiyotiga yo‘naltirilgan turli ko‘rinishdagi modellarni tanladilar Markaziy Osiyo davlatlari turli xalkaro tashkilotlar, yetakchi davlatlar bilan ikkiyoklama va ko‘pyoklama uslubidagi siyosiy va savdo — iktisodiy alokalarni mustaxkamlashmokda. Xususan, mintaka respublikalarining barchasi BMT, YeXXT, MDH, IKT, EKO kabi xalkaro tashkilotlar a’zosidir. Bundan tashkari, mintaka davlatlari tashki siyosiy va iktisodiy faoliyatlarning muxim yunalishlaridan biri sifatida siyosiy va iktisodiy soxalarni kamrab oluvchi mintakaviy tashkilotlarni yaratishga katta e’tibor karatdilar. Bu borada ularning faoliyatini ikki boskichga bo‘lish mumkin bo‘ladi. Birinchisi, 1991 yil oxirlaridan 1994 yil iyuligacha bulgan davr. Bu davrda MDX mikyosidagi markazdan kochish tendentsiyalari bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlari mintaka ichida o‘zaro xamkorlik xarakatlarni yo‘lga kuyish va muvofiklashtirish mexanizmini shakllantirish borasidagi ishlarni boshlashdi. 1994 yil yanvarida Qozogiston va O‘zbekiston yagona iktisodiy makonni yaratish xakidagi SHartnomani imzolashdi. Oradan bir oy utgach bu shartnomaga Qirgiziston xam kushildi va 1994 yil 30 aprelda CHo‘lpon — Otada (Qir g‘iziston) Qozo g‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat raxbarlari uch davlat o‘rtasida yagona iktisodiy makon yaratish turrisida shartnoma imzolashdi. SHundan keyingi yillarda integratsiya jarayonlari rivojlanishining eng muxim dastagi Qozogiston, O‘zbekiston va Qirgiziston respublikalarining Davlatlararo Kengashi bo‘lib koldi. Davlatlararo Kengash a’zolari dastlabki paytdan boshlab uz maksadlari xakida e’lon kilishdi, ya’ni iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, xukukiy, xarbiy va boshka soxalarda yakindan xamkorlik kilish; mintakaviy va xalkaro darajadagi tashki siyosiy faoliyat soxasida bir —biri bilan kelishgan xolda xarakat kilish. Lekin ushbu e’lon kilingan maksadlarning barchasiga xam erishildi deb tula aytib bo‘lmaydi. 1994 yil iyulidan mintaka davlatlarining o‘zaro yakinlashuvida ikkinchi boskich boshlanadi. Xuddi usha paytda, ya’ni 1994 yil iyulida bo‘lib utgan Markaziy Osiyo davlat raxbarlarining Olma—Ota sammitida «Markaziy Osiyo ittifoki »ning tuzilishi e’lon kilingan edi. SHunday kilib mintakada umumiy axoliey 50 mln.ga yakin kishini tashkil etgan, ulkan hududga va salmokli mikdordagi resurs salohiyatiga ega bo‘lgan yadro vujudga keltirildi. Bunga mintaka davlatlaridan o‘zining betaraflik mavkeida kat’iy turgan Turkmaniston va usha paytda fukarolar urushi girdobida bo‘lgan Tojikiston kirmadi. Keyingi yillarda ham mintakadagi uch davlat o‘rtasida o‘zaro integratsiya jarayonlarini chukurlashtirish borasida doimiy ish olib borildi. Buning natijasi o‘larok 1997 yil 10 yanvarida Markaziy Osiyo Iktisodiy Hamjamiyati (MOIH) a’zolari, ya’ni Uzbekistan, Qozogiston va Qirgiziston o‘zaro «Abadiy do‘stlik to‘g‘risida» shartnoma imzoladilar. Keyinchalik esa, O‘zbekiston, Qozogiston, Qirgiziston va Tojikiston davlat boshliklarining 2001 yil 27 — 28 dekabrda Toshkentda e’lon kilingan Q o‘shma bayonotida esa Markaziy Osiyo Iktisodiy Hamdo‘stligini Markaziy Osiyo Hamkorligi (MOH) tashkilotiga o‘zgartirish to‘g‘risida karor kilindi. Bundan ko‘zlangan maksad integratsiya jarayonlari kamrab oluvchi sohalarni yanada kengaytirish va ushbu jarayonlarni yanada chukurlashishini ta’minlashdan iborat edi. 2002 yil 28 —fevralda Olma —Ota shazfida to‘rt mamlakat prezidentlari Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkilotini ta’sis etish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar 1 . SHu bilan Markaziy Osiyo mintakasidagi integratsion jarayonlarga Turkmanistondan tashkari mintakaning barcha davlatlari jalb etildi. Turkmaniston esa mustakillikning dastlabki yillaridanok mintakadagi kushnilari bilan munosabatlarda anchagina o‘zini chetga tortish siyosatini yurita boshladi. Turkmanistonning bunday faoliyat yuritishiga olib kelgan bir kator omillar mavjud. Ushbu respublika sobik ittifokdan aholi soniga nisbatan juda katta hududni meros kilib oldi. Bundan tashkari bu hudud tabiiy kazilma boyliklari bo‘lgan neft va gaz buyicha katta zahiralarga ham ega. SHu boisdan ham mamlakat rahbariyati rivojlanishda betaraflik siyosatini kabul kilib, Eron bilan hamkorlik kilishni afzal ko‘rdi. Markaziy Osiyo mintakasida kechayotgan davlatlararo integratsiya jarayoniga o‘z siyosiy ta’siri o‘tkazib kelayotgan MDH tashkilotini ham ko‘rsatishimiz mumkin. Hammamizga ma’lumki, MDH doirasidagi integratsion harakatlar o‘z natijasiga erishmay koldi. CHunki ba’zi davlatlar MDHni ham oldingi ittifok boshkaruvining nomi o‘zgargan shakli sifatida kabul kilib, uning faoliyatida fakat nomigagina katnashardilar. SHuningdek, mustakil davlatlar uchun dastlabki davrlarda o‘z mustakilliklarini mustaxkamlash, jamiyatdagi tub o‘zgarishlar yuz berayotgan bir paytda o‘z davlat yaxlitligini saklab kolish, jamiyat barkarorligini ta’minlash yuzasidan juda ogir muammolarni xal kilishlariga to‘g‘ri keldi. SHunday bir sharoitda yangi mustakil davlatlar uchun nafakat iktisodiy, balki boshka soxalarda xam o‘zaro xamkorlik juda zarur edi 1 . Bular bilan bir katorda, mintakaga turli yo‘nalishdagi ekstremistik kuchlarning nigoxi karatilishi bilan birga, ba’zi chet davlatlar xam bu yerdagi faoliyatlarini ancha jonlantira boshladilar. Bundan tashkari, mintaka bir necha yillardan beri bevosita jangovor xarakatlar tinmayotgan notinch Afgoniston bilan bevosita k o‘shni bo‘lib, u yerdagi mojarolar agar o‘z vaktida oldi olinmasa Markaziy Osiyoga xam ko‘chib o‘tishi extimoli ham bor edi. SHuning uchun mintaka mamlakatlari, ayniksa O‘zbekiston, xavfsizlik masalasi bo‘yicha MDH davlatlari o‘zaro hamkorliklarini yukori pogonaga k o‘tarish zarurligini ta’kidlashgan edi 2 . Bu harakatlar natijasida 1992 yil 15 mayda Toshkentda MDHning 6 ta ishtirokchisi (Armaniston, O‘zbekiston, Qozogiston, Qirgiziston, Rossiya va Tojikiston) o‘rtasida Kollektiv Xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma (KHSH) imzolangan edi. Keyinrok 1993 yildan ular safiga Gruziya va Ozarbayjon ham ko‘shildi. Lekin bu tuzilmaning ishtirokchi davlatlarning xavfsizligini ta’minlash borasidagi samarasi unchalik xam ko‘rinmadi va asta —sekin u ba’zi davlatlarning boshka davlatlarga o‘z ta’sirlarini utkazish mexanizmiga aylana bordi. Bunday karama — karshiliklarning mavjudligi natijasida 1999 yilga kelib Uzbekistan bu tuzilmadan chikkanligini bildirdi. Markaziy Osiyoning Kozogiston, Qirgiziston va Tojikiston kabi davlatlari bugungi kunda xam ushbu tashkilot a’zolari xisoblanishadi Umuman olib Karaganda, Markaziy Osiyo mintakasi boshka davlatlarning e’tiborini o‘ziga jalb kilganligini kuyidagi omillar bilan izohlashimiz mumkin: • ushbu davlatlar Yevrosiyoning Osiyo kismida juda muhim geostrategik joylashuviga; ular hududidan eng muhim yer va xavo kommunikatsion liniyalari o‘tadi; • mintaka katta mikdordagi kimmatli metallar xom —ashyosi va energetik resurslarga ega, ayniksa Kaspiydagi neft va gaz zaxiralarini inobatga oladigan bo‘lsak; • bu mintaka xozirgi paytgacha to‘liq egallab olinmagan katta xajmdagi ichki bozorga ega; • bu davlatlarning ishlab chikrish va kommunikatsiya tarmoklarini nazorat kilish orkali, ko‘shni davlatlarga xam ta’sir o‘tkazish mumkin; • mintaka juda katta mikdordagi investitsiyalarni o‘zlashtira oladi, ayniksa xom —ashyo kazib olish va eksport kilish tarmoklari; • kup yillik Rossiya ta’sirining pasayishi, bu mintakada boshka davlatlar uchun uz faoliyatini aktivlashtirish va uz ta’sir doirasiga olish imkoniyatini yaratmokda. Mintakada o‘z manfaatlariga ega bo‘lgan davlatlarning Markaziy Osiyoga va bu yerda kechayotgan integratsiey jarayonlarga nisbatan yondashuvlari ma’lum bir tamoyillar asosida olib borilmokda. Ular orasida «geosiyosiy mintakaviylik» tamoyili yakkol ajralib turadi. Bu tamoyil Markaziy Osiyo mintakasini yagona geosiyosiy makon, umumiy siyosiy va iktisodiy manfaatlarga ega bo‘lgan xudud sifatida karash imkonini beradi. Mintakada o‘z geosiyosiy manfaatlariga ega bo‘lgan davlatlardan biri bu shubxasiz Rossiya Federatsiyasidir. Sobik ittifok davlati yemirilganidan keyingi o‘tgan bir kancha vakt davomida Rossiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan tutgan siyosatida anik bir yo‘nalish ko‘zga tashlanmaydi. Masalan, ba’zida u sobik ittifokdosh respublikalarni MDH doirasida integratsiyalashuvi uchun katta kuch — gayrat sarflamokda, shuningdek Bojxona Ittifoki (keyinchalik YevrOsIH)ni tuzish tashabbuskorlaridan biri sifatida maydonga chikdi, MOHTda (Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkiloti) kuzatuvchi makomini oldi. Boshkacha kilib aytadigan bo‘lsak, u sobik Ittifok xududida o‘zi tomonidan bosharila oladigan integratsiey muassasaviy tizimni yaratishga intilmokda. Rossiyaning bu makonda yetakchilik mavkeini saklab kolish imkoniyatlari juda past bo‘lib kolmokda. Keyingi o‘n yil davomida Rossiya MDH doirasidagi davlatlarga G‘arb ta’sirining kirib kelishini oldini olishga xarakat kildi, lekin u yetarli darajadagi iktisodiy va siyosiy kuchga ega emasligini namoyon kildi 1 . Natijada, Rossiya o‘zining mintakadagi davlatlar uchun asosiy xavfsizlik kafolati va xamkor sifatidagi mavkeini ma’lum darajada yo‘kotdi. Hozirgi paytda rasmiy Moskva tomonidan Markaziy Osiyo yo‘nalishi Rossiya uchun strategik axamiyatga ega deb tan olinishi e’tiborni jalb etadi. Bundan kelib chikkan xolda, Rossiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan tutgan pozitsiyasi xam bir muncha ziddiyatlidir. Bir tomondan, mintakaviy integratsiya natijasida vujudga keladigan makon terrorizm va narkobiznesning Rossiyaga kirib kelishiga «janubiy kalkon» vazifasini utab, uning xavfsizlik borasida olib borayotgan xarakatlariga ancha moe tushadi. Ikkinchi tomondan esa, birlashib katta siyosiy va iktisodiy kuchga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo Moskvaning nazorati ostidan chikib ketishi xech ran emas. Bunday sharoitda, Rossiya bu yunalishidagi asosiy e’tiborini ushbu xududda o‘zining iktisodiy, siyosiy manfaatlarini ximoya kilish va xavfsizlik, kommunikatsiya, xarbiy va madaniy soxalarda xamkorlikni rivojlantirishga karatmokda. Amerika Qo‘shma SHtatlari xam bu mintakada uz manfaatlariga ega bo‘lgan davlatlardan biri xisoblanadi. Sobik Ittifokning parchalanib ketishi natijasida AQSHning mintakaga kirib kelishiga o‘ziga xos yo‘l ochib berildi. Ma’lumki, amerikalik siyosatshunos Z.Bjezinskiy Markaziy Osiyo mintakasini mojarolarga moyil xududlardan biri sifatida e’tirof etgan edi va shu munosabat bilan u bu mintakani «Evrosiyo Bolkoni» deb atagan 1 . Ikki kutbli tizimdan keyingi davrda AQSH butun dunyoda tinchlik va barkarorlikni ta’minlashga o‘zini ma’sul xisoblamokda va shu jixatdan xam u mintakada AQSH boshkaruvidagi siyosiy barkarorlikning o‘rnatilishidan manfaatdordir. SHuningdek, Mintaka davlatlari diniy ekstremizmning nishoniga aylanishi va bu davlatlarning keying rivojlanishida diniy yunalishning tanlanishi xam AQSH manfaatlariga ziddir. Aksincha, u mintakadagi davlatlarning diniy ekstremizmning keng tarkalishiga to‘sik bo‘luvchi kuchga aylanishi tarafdoridir. Bu bilan birga, AQSH Markaziy Osiyoni bir kator yirik davlatlar bilan iktisodiy va ijtimoiy alokalari ortib borayotgan muxim strategik mintaka sifatida xam karaydi. AQSH rasmiy vakillari ko‘pchilik chikishlarida bu davlatning Markaziy Osiyo mintakasidagi manfaatlari kuyidagilarda mujassamlashtirib, keng jamoatchilik ongiga singdirishga xarakat kilishmokda: 1) mintakada demokratik siyosiy muassasalarni barpo etish; 2) mintakada iktisodiy rivojlanish sur’atlarini tezlashtirish maksadida bozor iktisodiyoti isloxotlarini amalga oshirish; 3) Markaziy Osiyo mintakasi davlatlari o‘rtasida mintakaviy xamkorlikni va ularning jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashuvini rivojlantirish; 4) xavfsizlik soxasida, terrorizm va narkotiklar savdosi bilan kurash borasida samarali siyosat utkazish. Ushbu yunalishlarni shartli ravishda xozirgi kunda AQSH raxbariyatining Markaziy Osiyoga nisbatan strategik loyixasi sifatida karash mumkin. Lekin Z.Bzejinskiy bu borada kuyidagicha fikr bildirgan: «Qo‘shma SHtatlar bugungi kunda Yevroosiyoning yangi javdatlarida uz siyosiy ishtirokini kengaytirish xarakatida bo‘lsalarda, birok, bu davlat Markaziy Osiyoda xal kiluvchi rolni o‘ynay olmaydi...» 1 . Xozirgi kunda AQSH Markaziy Osiyo davlatlarining iktisodiy nochorligidan foydalangan xolda, mintakani iloji boricha o‘zining nazorati ostiga olishga xarakat kilmokda. SHuni aytish mumkinki, ularning bunday xarakatlari uz natijalarini bermokda. Xitoyning Markaziy Osiyodagi manfaatlariga to‘xtalib o‘tishda bu davlatning kadimdan ushbu xudud bilan bevosita savdo — iktisodiy, madaniy va xavfsizlik masalalariga daxldor bo‘lgan munosabatlarni olib borganligiga aloxida e’tibor berish lozim. Bu munosabatlarning ildizi mil.avv. II asr oxirlaridan, ya’ni Buyuk Ipak Y o‘li orkali alokalar boshlangan davrlarga borib takaladi. Oxirgi paytda, Markaziy Osiyo mintakasi Xitoy uchun strategik axamiyatga ega xudud sifatida karaladi. Xatto ba’zi bir xitoy olimlari «Xitoy Markaziy Osiyosiz, bu mintaka esa Xitoy siz mavjud bulolmaydi» va «Markaziy Osiyo mamlakatlari Xitoyning yordamisiz va kullab kuvvatlashishisiz uz xavfsizliklarini ta’minlay olmaydi», degan fikrlarni o‘rtaga tashlaganlar 2 . Markaziy Osiyodagi barkarorlik Xitoy manfaatlariga tula moe kelishi bir kancha taxlilchilar tomonidan kayd etib utilgan. Ular bu xududdagi bekaror vaziyat Xitoyga xam ko‘chib utishi mumkinligiga aloxida e’tibor karatishadi va Xitoy mintaka davlatlariga xar tomonlama yordam ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlanadi 3 . Xitoy bu xududda Rossiya ta’sirining rolini tan olsada, bu yerda garbning ishtiroki unga biroz nokulaylik tugdiruvchi omil xisoblanadi. CHunki mintaka Xitoyning eng bekaror xududi — Sinbdzyanb — Uygur Avtonom Rayoni bilan bevosita kushni bulib, bu yerda Xitoyga rakib xisoblanuvchi biror bir kuchning mavjud bulishi, uning manfaatlariga moe kelmaydi. Bugungi kunda Xitoy Markaziy Osiyo mintakasi davlatlari bilan alokalarini xar tomonlama chukurlashtirishga intilayotganligini kuzatish mumkin. Bu yerda uning iktisodiy manfaatlarini xam e’tibordan chetda koldirib bo‘lmaydi, albatta. Markaziy Osiyo Xitoy uchun energiya resurslari manbai, o‘z maxsulotlarini sotilishi uchun bozor, shuningdek, G‘arb bilan alokalarni olib borishda muxim transport y o‘li sifatida muxim axamiyatga ega. SHu sababli, davlatlararo integratsiya tez fursat mobainida yakun topishi Pekinning bu manfaatlarini realizatsiya kilishda juda ko‘l keladi. Adabiyotlar: 1. Boden J. Metod legkogo poznaniya istorii. - M.:Nauka, 2000, 412-bet 2. Vasilenko I.A. Geopolitika. - M. Logos, 2003, 204-bet. 3. Gadjiyev K.S. Vvedeniye v geopolitiku. Izd 2, dop. i pererab. M., 2001. 4. Gadjiyev K.S. Geopolitika. –M.:Mejdunarodniye otnosheniya,1997, 384-bet. 5. Geopolitika: teoriya i praktika // Sb.statey pod red. Pozdnyakova E.A. -M., 1993,236-bet. 6. Dergechev V. Geopolitika. O‘quv qo‘llanma. – M., 2000. 7. Dugin A. Osnovi geopolitiki. Birinchi qism. - M.:Arktogeya,1997,121-130- betlar.