logo

Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik uchun faol bo‘lgan tuganak hosil qiluvchi va ildiz atrofida to‘planuvchi bakteriyalar asosida biopreparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

68.5 KB
Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik uchun faol bo‘lgan tuganak hosil qiluvchi va ildiz atrofida to‘planuvchi bakteriyalar asosida biopreparatlar ishlab chiqarish biotexnologiyasi REJA 1. Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar 2. Simbioz holda yashovchi azotfiksatorlar 3. Azotyutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan preparatlar 4. Tuproq hosildorligi biotexnologiyasi 1. Tuproq biotexnologiyasi va uning vazifalari 2. Tuproq mikrob senozi biologik tizimdir 3. Tuproqda mikrobsenozlari faoliyatini boshqarish. Organik va mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish. 4. Meliorativ tadbirlar organik moddalarni minerallanish muammolari, uni saqlash yo‘llari 5. Nitrifikatsiya jarayonini pasaytiruvchilar 6. Tuproq mikrobsinozlarini gerbitsidlar bilan o‘za'ro ta'siri 1. Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar. Tuproqda o‘tadigan asosiy jarayonlar biologik jarayonlardir. O‘simliklar hayotida mikroorganizmlarning roli beqiyosdir. Har ikkalasi orasida o‘zaro aloqadorlik bo‘lib, bu aloqadorlik tuproq unumdorligiga ta'sir ko‘rsatadi. Har bir o‘simlik o‘zi uchun mikrob senozini tashkil qiladi va ildiz atrofida har xil organik va mineral moddalar ajratadi. O‘simliklarning vegetatsiya davrida uning ildizi, ildiz sochlari (kokillari) hosil qiladi va ularni tashlab yuboradi, bu esa epidermis hujayralarining o‘liklaridir. Bu va boshqa bir qancha elementlar mikroblar uchun oziqa bo‘lib xizmat qiladi. Bularning hammasi o‘simlik turiga xususiyatlarga va h.k qarab o‘ziga xos bo‘lgan mikroorganizmlar to‘plami va ularning miqdorini hosil qilishga sabab bo‘ladi. Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati o‘z navbatida o‘simlikning ildizdan ovqatlanish sharoitini va uning hosildorligini belgilab beradi. SHuni ham aytib o‘tish lozimki, ko‘p sonli jonivorlar orasida o‘simlikka xizmat qilib uning hosildorligini oshiradiganlari ham, o‘simlikka zarar уetkazadiganlari ham uchraydi. Xuddi mana shuning o‘zi mikrobli preparatlarga zaruriyat tug‘dirdi va foydali mikroorganizmlar asosida preparatlar tayyorlash texnologiyalari yaratila boshlandi. O‘simlikning azotli ozuqasini oshirish maqsadida uch xil mikrob preparatlari ishlatiladi nitragin-tuganak bakteriyalar asosida tayyorlangan preparat, asosan dukkakli o‘simliklarni oziqlantirish uchun ishlatiladi. Azotabakterin-azotabekterlar asorsida tayyorlangan preparatlar va diaotrof mikroorganizmlar assotsiasi tayyorlangan preparatlar, oxirgi ikki preparat do‘kkakli bo‘lmagan o‘simliklar uchun ham foydali. Fosfoyuakterii va mikorizo hosil qiluvchi zamburug‘lar asosida tayyorlangan preparatlar, o‘simlikni fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan muhtojligini qondirish uchun ishlatiladi. Mikroblar asosida olingan kompleks preparatlar tarkibida har xil xususiyatga ega mikroorganizmlar bo‘lib ular to‘proqdagi mikroorganizmlarning faoliyatini tiklashda va tuproqdagi mikroorganizmlarni faoliyatini tiklashda va tuproqdagi har xil ozuqa moddalarni parchalab, tayyor holga keltirishga xizmat qiladi. Mikrobli preparatlardan yaxshi foyda olish uchun, ularni xususiyatlarini, tuproqqa bo‘ladigan ta'sirini va tuproqni preparatga ta'sirini hamda ishlatish sharoitlarini bilish zarur. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan preparatlar Rossiyada, YAponiyada, AQSH da, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan va mamalakatlarda yuqori samara bilan ishlatilib kelinmoqda. Ammo, bu preparatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston tuprog‘ida ishlatish mumkinmi? Albatta yo‘q? Bunga asosiy sabab, mamlakatimizdagi yuqori harorat, to‘proqning sho‘rlanganligi, suv tanqisligi va h.k. Buning ustiga har bir mikrobli preparat agrotexnikasiga ega bo‘lish kerak. SHuning uchun ham O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi mikrobiologiya institutida maxalliy shtammlari (ular issiqlikka, sho‘rga chidamli) asosida bir qator texnologiyalar yaratildi va bitexnologiyalar asosida tayyorlangan preparatlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng qo‘llanilib kelinmoqda. SHulardan biri azotabakter xrokokkim asosida tayyorlangan «Er malhami» preparati. 1999 yil mamlakatimizning 110 dan ortiq xo‘jaliklarida joriy yilda esa 120 dan ortiq xo‘jaliklarda kata Samara Bilan ishlatib kelinmoqda. Bu texnologiya asosida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida bioazot zavodi qurilib ishga tushurilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutda yaratilgan «mikrobli o‘g‘it» tuganak bakteriyalar asosida tayyorlangan preparat bo‘lib, soya o‘simligi uchun keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari fosforli brikmalarning eruvchanligini oshirib berish xususiyatiga ega bo‘lgan «FB-1» preparati sinovdan o‘tmoqda. Ilgarilari bakterial preparatlarning ta'siri faqat bir tomondan preparatga asos bo‘lgan mikroorganizmni asosimy faoliyati Bilan (azot yutish qobiliyati) bilan baholanar edi. Endilikda esa bunday preparatlarni mohiyati uning asosi bo‘lgan mikroorganizmlarni har tomonlama faoliyati Bilan belgilanmoqda. Azotobakter, mikroorganizmlar assotsiatsiyasi yoki tuganak bakteriyalar faqatgina havodagi azotni yutibgina qolmasdan, o‘zlaridan o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan bir qator FFM ishlab chiqaradilar. Bir sharoitda mikroorganizmning faoliyati ikkinchi darajali bo‘lsa, boshqa sharoitda asosiy bo‘lishi mumkin. Mikrobli preparatlar hosildorlikka bevosita ta'sir etishlari mumkin. Masalan, preparatni urug‘ Bilan birga ishlatilganda, ildiz atrofidagi mikroflorani o‘zgartirib yuboradi. Bunday sharoitda mikroorganizmlarni umumiy soni ortadi va ba'zi bir guruh mikroorganizmlari orasidagi nisbat o‘zgaradi. Ba'zi sharoitlarda azotobakter kalsiy fosfatni erituvchi mikroorganizmlarning faoliyatini oshiradi va tuproqni fosforning eruvchan tuzlari Bilan boyitadi. Fosfobakterin esa azotli oziqlanishini ko‘chaytirish hisobida azotofiksator va nitrfikator bakteriyalarni faoliyatini oshiradi. Bakterial preparatlar o‘simliklarni ba'zi bir kasalliklardan saqlashlari ham kuzatilgan. L.M.Dorosinskiy va A.A.Morgolarni fikricha tuganak bakteriyalar g‘o‘zani vilt bilan kasallanishining oldini oladi. УE.N.Mishustinning yozishicha azobakteriyalarni ba'zi bir turlari fungistatik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar sintez qiladi. Fosfobakterin kungaboqar va zig‘irni ba'zi bir kasalliklardan saqlaydi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mikrobli preparatlar hosildorlikni oshirishga xizmat qilsalarda, ular na organik va na mineral o‘g‘itlarni o‘rnini, to‘lig‘icha bosa olmaydilar. Faqatgina organik, mineral ug‘itlar va bakterial preparatlardan to‘g‘ri foydalanilgandagina serhosil va sifatli mahsulot уetishtirish mumkin bo‘ladi. SHuning bilan bir qatorda, ba'zi bir paytldarda bakterial preparatlardan foyda olinmasdan, hatto zarar ham kelishi mumkin. Bu faqatgina yoki preparatning sifati buzilganligi yoki qo‘llash usullariga rioya qilinmaganligidan bo‘lishi mumkin. Sulbiy ta'sirlar bo‘lmasligi uchun tayyorlangan preparatning sifatiga e'tibor bermoq zarur bo‘lgan sharoitda esa tuproq holati, uning tarkibi, o‘simlikning o‘sish fazasi va boshqa bir qator faktorlarga e'tibor qilgan holda , biopreparatlarni ishlatish vaqti, normasi, qisqacha qilib aytganda agrotexnikaga e'tibor qilishga to‘g‘ri keladi. Sambioz holda yashovchi azotfiksatorlar. Azothosildorlikni belgilovchi asosiy elementlardan biri. O‘simlikda u oqsil, xlorofill, aminokislotalar, amidlar, alkoloidlar va bir qator boshqa moddalar tarkibiga kiradi. O‘simlikning azotga bo‘lgan muhtojligini barg chiqaradigan davrga, ya'ni o‘simlik o‘sishining birinchi davriga to‘g‘ri keladi. Azot o‘simlikka birinchi navbatda mineral holatda, nitratli va ammoniyli tuzlar holatida suriladi. Bu birikmalar tuproqdagi organik moddalarni minerallanish jarayonida, mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlantirish havodagi birikmalarni yomg‘ir orqali yuvilishi momaqaldiroq natijasida hosil bo‘lgan azotli birikmalarni cho‘kishi orqali va h.k yo‘llari bilan dastlab tuproqqa keyin esa o‘simlikka уetib boradi. Tuproqni azot bilan ta'minlovchi asosiy manbayi-atmosferadagi molekulyar azotni biologik yutish yo‘lidir. Ma'lumki molekulyar azot o‘simlik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilina olmaydi. Planetamizda molekulyar azotni yutish nitrogenaza fermenti sintez qila oladigan mikroorganizmlar ishtirokida olib boriladi xolos. Nitrogenaza molekulyar azotni ammiakga aylantirib beradigan ferment Nitrogenaza N2 NH3 Mlekulyar azotni yutish jarayoni moddiy yordamida muxtoj emas, atrof - muhitni ifloslashtirmaydi, maxsus asbob- uskunalar ham talab qilmaydi. SHu tufayli jahonning ko‘pgina mamlakatlarida bu jarayonni tezlashtirish, uni boshqarish ustida ilmiy izlanishlar boshlab yuborilgan. Mana shu yullarda n biri dukkakli o‘simliklarni nitriginizasiyalash yo‘lidir. Nitragin- jahonda birinchilardan bo‘lib, tuganak bakteriyalar asosida tayyorlangan biopreparatdir. 1888 yil M. Beyуernik tomonidan toza holda rizobiylar avlodiga mansub tuganak hosil qilishdagi roli va dukkakli o‘simliklarni azot bilan ta'minlanishi mimkinligi haqida fikr uygonda. Tuganak bakteriyalar o‘ziga xos mikroorganizmlar bo‘lib, ularni biologiyasi saprofit holatda tuproqning ta'sirida o‘simlik bilan simbioz holatda o‘rganilgan Tuganakli bakteriyalar aerob getrotrof mikroorganizimlar bo‘lib, har xil tabiiy va sintetik ozuqa moddalarida yaxshi o‘sib, rivojlanadi. O‘sish tezligi bo‘yicha tuganak bakteriyalar ikki guruhga bulinadi: tez o‘suvchilar va sekin o‘suvchilar. Tez o‘suvchi tuganak bakteriyalarni generatsiya davri 2-4 soat, sekin o‘suvchilarniki esa 6-8 soat. Tuganakli bakteriyalar o‘ta spetsifiklikka ega bo‘lganliklari sababli har bir dukkakli o‘simlik uchun alohida preparatlar tayyorlanadi. 1 Azotyutuvchi mikroorganimzlar asossida tayyorlangan preparatlar “Nitragen” nomi bilan birinchi preparat 1896 yil Germaniyada tayyorlangan. Hozir bu nomli preparat o‘nlab mamlakatlarda ishlab chiqarilishiga qaramasdan, O‘zbekiston bu preparatni chet eldan valyuta hisobiga sotib oladi. Masalan, Andijon vilyatida soya уetishtirish uchun preparat AQSHdan xarid qilinadi . CHet eldan keltirilgan biopreparatlarni o‘ziga yarasha kamchiliklari borligi to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tgan edik. 1997 yildan boshlab O‘.z.FA mikrobiologiya insitutida soya usimligiga snitikfik bulgan biopreparat “mikrobli ug‘it” nomi bilan chiqarila boshlandi. Dastlabki sinovlar preparat ta'sirida soyaning dukkaklar hosil qilishi ancha oshib, hosildorligi ko‘tarilgani haqida dalolat berib turibdi. Nitrogen уerda yangi dukkakli o‘simliklar ekanligiga va boshka dukkaklilar bo‘lmagan sharoitda juda katta foyda keltirishi anik buldi. Aksincha, agar beda ekilgan maydonga soya ekiladigan bulsa xech qanday tuganak xosil bulmaydi va xosildorlik xam kam buladi. Uzoq ishlatilib keladigan dukkakli usimliklar ekilib kelingan уerlarda nitragen ishlati ancha muammo, chunki bunday tuproqlarda tuganak bakteriyalarni shu o‘imlikka xos va tuproqqa moslashgan shtammalari to‘planib qolgan bo‘ladi. Bunday tuproqlarga qo‘shimcha bakteriyalar solish kerakmi, bunday texnologiya iqtisodiy samara beradimi? Akademin УE.N. Mishustin rahbarligida ko‘p yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar asosida bu savollarga ijobiy javob berish mumkin. Birinchidan, eskidan ishlatilib kelinadigan tuproqlarda “chorraxa” yuqish, ya'ni dukkaklilar tuganak bakteriyalar bilan o‘ziga yaqin bulgan o‘simliklarni yuqtirishlari mumkin. Bunday sharoitda tuganaklar xosil bulsada to‘lik faollik ko‘rsata olmaydi. Nitrigin ishlatilganda o‘simlikni faol tuganak bakteriyalar bilan yuktirilada va bu yaxshi natidaja ko‘rsatdi. Ikkinchidan, dukkakli o‘simliklar ekilmagan tuprpoqlarda tuganak bakteriyalar saprofit holatda uchraydilar. Ba'zi bir holatlarda tuproqda tuganak bakteriyalar yashashi va ko‘payishi uchun qo‘lay sharoit bo‘lmaydi. SHu sababli, bakteriyalar soni kamayib, faolligi simbioz hosil qilish uchun уetarli bo‘lmaydi, shu sababli nitrigin ishlatish yoki ishlatmaslik uchun, dasavval, ma'lum tproq obi-havo sharoitida tuganak bakteriyalarni tarqalishi va ularni faolligini o‘rganish bo‘yicha kuzatishlar oloib borish lozim bo‘ladi. Tuganak bakteriyalarni tarqalishi dukkakli o‘simliklarni bor- yuqligi bilan o‘zviy bog‘liq. Dukkakli o‘simliklar bor joyda uganak bakteriyalar uchraydi. Bu esa dukkaklilar bo‘lmagan joyda. Tuganak bakteriyalar bo‘lmaydi degani emas. Masalan Angliyaning Rotamsted stansiyasida 1843 yildan boshlab, hamisha ildiz mevali o‘simliklar ekilib kelingan tuproqlarni har bir grammida yuzlab tuganak bakteriyalar borligi isbotlangan. Qurish va namlanish sharoitlarida tuganak bakteriyalarning saqlanishi tuproqning tuzilishiga uni kolloidligiga bog‘liq. Loyli va organogen tuproqlarda уengil mexanik tartiblituproqlarga nisbatan tuganak bakteriyalari ko‘proq saqlanadi. Qurg‘oqchilikda sekin o‘suvchi bakteriyalar, tez o‘suvchilariga nisbatan chidamliroq bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlar tuganak bakteriyalarga faqat o‘simlik orqali ta'sir ko‘rsatadi. Bog‘langan azot bilan ta'minlangan, dukkakli o‘simliklar ildizlari, rizobiy bakteriyalari o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bulgan kand moddalarini kam chiqaradi. O‘g‘itlangan (meniral o‘g‘it bilan ishlov berilgan) dukkakli o‘simliklar rizosferasida tuganak bakteriyalarni oziqlanish rejimi buzulganligi sababli ularni soni kamayib boradi. Tuganak bakteriyalarning sonining kamayishida tuproqda yashovchi yirtqich sodda, mikrobakteriyalar, mikrob- antogonistlar, riziobiofaglar hamda turlararo va turlar ichidagi antogonizm ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. D.G. Zvyaginsev raxbarligidagi bir gurux olimlarning takidlashicha, tuganak bakteriyalarni 1 gr tuproqdagi soni 1 milliondan kam bo‘lgan holatda ularni tuproqda tarqalishiga va ko‘payishiga ijobiy ta'sir kursatadi. Bunday sharoitda tuganak bakteriyalar oligetrof mikroorganizmlar singari, uglerod almashinuvi doirasi faoliyat kursatishadi. Tukganak bakreriyalar o‘sish sharoiti va turiga qarab har xil fiziologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. 4. Tuproq hosildorligi biotexnologiyasi Tuproq biotexnologiyasi va uning vazifalari. Tuproq hosildorligini tashkil etish va boshqa ishda biologik omillarning rolini brinchilardan bo‘lib tuproqshunoslik fanining asoschilari V.V.Dokuchaуev , P.A. Kostuchev, va V.R. Vilyamslar baholab berganlar. Ular tuproq hayotida biologik birikmalarning roli juda ham katta ekanligi isbotlab berdilar. Bu g‘oya keyinroq S.N. Vinogradskiy, УE.N.Mmishustin. M.M. Kononova, D.G. Zvyaginsev, V.T.Emsev,D.I.Nikiten, va boshqa olimlarni izlanishlarida o‘z rivojini topdi va ancha b muncha aniqlik topdi va ancha muncha aniqlik ham kiritdi. УE.N.Mmishustin, D.G. Zvyaginsev, V.T.Emsev va boshqalar tuproq hosildorligida mikroorganizmlarning roli beqiyos ekanligini isbotlab berdilar va shu tufayli mikrobiokimyo asoslari tiklana boshladi. Hozirgi vaqtda mikroorginizmlar o‘zlarining faoliyati massasi bilan tuproq xosildorligini belgilashda asosiy rol o‘ynashi aniq bo‘lib qoldi. SHunday ekan, har xil qishloq xo‘jalik tizimida tuproq hosildorligini oshirish va uni saqlab turish, bu jarayonni boshqarish. Ko‘p ma'noda tuproqda mikrobiologik jaralarni boshqarish bilan uzviy bog‘liq. Qishloq ho‘jalik ekinlaridan unimli hosil olish jarayonini va tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo‘jalik fanida yangi yo‘nalish tuproq biotexnologiyasini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu yo‘nalish tuproq sharoitida mikroorgnaizmlar tarkibini o‘rganish va boshqarish muammolariga asoslashgan bo‘lib, mikroorgnaizmlar faoliyatini boshqarish, va ular tomonidan olib borilayotgan mitobolik reaksiyalarni, qishloq xo‘jalik ekinlarini xosildorligi oshirishga yo‘naltirishga taqazo etadi. Tuproq biotexnologiyasi fanining asosiy muammosi- tuproqda, ayniqsa o‘simliklar rezosferasi va rezoplanida o‘tadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishdir. Bu muammo. Faqatgina ma'lum bir belgilangan sharoitda, ma'lum tarkibga ega bo‘lgan mikroblar assotsiatsiyasini tashkil qilish bilan belgilanadi. Bu muammolarni уechishni aniq yo‘llari belgilab olgan. U ham bo‘lsa qo‘yidagilar bilan belgilanadi: agronomik ahamiyatlik mikrob senoziga yoki guruh mikroorganizmlariga tashqaridan turib ta'sir qilishi boshqarish, ya'ni ularning ko‘payishi, o‘sishi rivojlanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan FFM (antibiotiklar, o‘simlikning o‘sishini boshqaruvchi moddalar) va x.k. Ishlab chiqarishni tashkil qila bilish, tuproqda mikroblarning o‘sishi va rivojlanishini ta'minlovchi o‘simliklar orasida almashlab ekinni tashkil qilish va shu tufayli mikrobiokimyoviy boshqarish tuproqda mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarishda organik va mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish: tuproq mikroorganizmlarninng azot yutish va fasforli birkmalarni eritish qobilyatidan oqilona foydalanish: mikrobiologik jarayonlarni to‘la qonli o‘tish uchun har xil turdagi tuproq milioratsiyasidan foydalanish. 4.2. Tuproq mikrob senozi- biologik tizimidir Tabiatda sodir bo‘ladigan bir qator muhim voqevalar, - biogeotsenoz, tuproqdagi organik moddalarni menerallashtir-ish, ularning hayotiy zarur biologik (modda almashinuvi) jarayonlarida ishtirokini belgilash, mikrotsenozi (ma'lum sharoitdagi mikroorganizmlarning tarkibi va faolligi) bilan belgilannadi. Tuproq mikroflorasini aniqlashda, ularning tarkibi va o‘ziga xosligini belgilashda, antropogen ta'sirlarsharoitida o‘zgarishi va boshqa bir qator sharoitlarda mikrobning tuzilishi va faolligi (funksiyasi) asosiy belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Mikroorganizmlarning soni va sifatini mikroskop ostida, dinamikada tahlil qilinganda ularning doimiy emasligi va vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turishi isbotlangan. Mikrob massasining tez o‘zgaruvchanlik davri, mu'tadillashib(stabilizatsiya) borishi byuilan almashib turadi. Boshqacha qilib aytganda bir vaqtda mikrob massasi tez o‘zgaradi, ba'zi-bir vaqtda esa o‘zgarmasdan turadi va h.k. Tuproqnnig mikrob senozi (tarkibi) - bu biosferaning o‘ziga xos reaktiv komponentidir. Uning yuqori reaktivligi fiziologik xilma- xilligi, o‘sish tezligi, polifunksional-ligi, oqibat natijada esa modda almashinuvi , mineralizatsiya- lanishi jarayonidagi beqiyos ishtiroki bilan belgilanadi. Mikrob senozi- mikroblar klassifikatsiyasining katta bir bo‘lagi sifatida, bir xil sharoitda yashab turgan mikroorganizmlar to‘dasidir. Mikrorganizmlar uchun o‘ta zarur sharoitlar mikroklimat, suv rejimi, tuproqning geologik tuzilishi va ozuqa moddalri hisoblanadi. SHu va boshqa omillar hisobidan mikrob senozi ma'lum biotsenozdagi organik va mineral moddalar transformatsiyasida hamda biologik va nobiologik moddalarni biosferada o‘zaro ishtirok etadi. Tuproqda mikrob senozi xilma –xildir. УE.N.Meshustin ularning zimogen, avtoxton, oligotrof, avtotrof, guruhlarga bo‘lib o‘rganishini tavsiya qiladi. Bu guruhlar o‘rtasidagi aloqadorlik, doimiy o‘zgarib turadi va ko‘p ma'noda tuproqqa bo‘lgan ta'sir bilan belgilanadi. D.N.Nikitin ekosistemada oligotrof mikroorganizmlarni roli katta ekanligini, ular tabiatda tarqalgan energiyani to‘plash qobiliyatiga ega ekanligini e'tirof etadi. Oxirgi yillarda tuproqdagi mikrob biomassasi haqida ko‘proq fikrlar yoritiladigan bo‘lib qoldi . Bunga bir necha sabablar bor albatta. D.G. Zvyagensev mikrob massasi va uni “aylanish” (oborachivaуemost) tezligi tuproq xususiyatiga bog‘liq (ya'ni – rN namlik, xarorat aeratsiyaga) deb hisoblaydi. T.V. Tarvis tuproqda mikrob massasi to‘planganda mikrob bilan o‘simlik orasida ozuqa muhiti uchun konkurensiya ketadi degan fikrni ilgari suradi. Mikrob biomassasini tez to‘planishi, ularni energetik materiallar bilan ta'minlanganligiga bog‘liq bo‘lib, tuproq unumdorligidan xabar beradi. Azot yutuvchi mikrorganizmlarning tarkibi, ularning energetik, resurslari , fiziologik faolligi , mikrob massasining miqdori, minerilizatsiya jarayoni va tuproq unumdorligi haqida ma'lumot beradi. Mikrob massasining to‘planishi va parchalanishi, tuproqdagi azot miqdorini o‘zgarishiga va o‘simlikning oziqlanish sharoitigato‘g‘ridan – to‘g‘ri ta'sir etib, tuproq unumdorligining oshishigaxizmat qiladi. Tuproqning fermentativ faolligi, ya'ni tuproqda yashovchi tirik organizimlar fermentlarning o‘ziga sorbsiya qilish xususiyati ham diqqatga sazovardir. Tuproqda bog‘langan (immobilizatsiya qilingan) fermentlar faolligi ular uchun diaginostik ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Tuproqda fermentlarniuchrashi va faollik ko‘rsatishi, tuproqni biologik faolligi va unumdorligidan xabar beradi. Mikrob senozi o‘z –o‘zini boshqaruvchi biologik tizimdir. Bu tizimni mo‘tadil foaollik ko‘rsatishi har xil guruxga mansub mikrorganizmlarning rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. SHu o‘rinda tuproq doimiy ravishda tashqi muhit ta'siriga tabiiy va antropogin ta'siriga uchrab turishi, bu esa uning tarkibiy qismi bo‘lmish mikrorganizmlarga ham ta'sir ko‘rsatishni esda tutmoq lozim. YAngi ekologik tizimda mikroorganizmlar faolligi o‘zgarib, uning imkoniyatlari tizimning dinamik rivoji uchun уetarli bo‘lmay qolishi mumkin, bunday sharoitda, tuproqdagi mikrobiokimyoviy jarayonlarni normallashtirish uchun ularni yo‘nalishlarini o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Bunda imkoniyatlar, mikroblar tizimining ichki imkoniyatlarini chuqur taxlil qilish, ularni funksional xilma- xilligini o‘rganish, geteraotrof mikroorgnazmlarning faollgini chuqur o‘rganish orqali minerallanish gumus moddalari hosil qilish jarayonlarini taxlil etish kabi bir qatoor biokimyoviy jarayonlarni o‘rganish orqaligina amalga oshiriladi. Faqatgina, Tuproqdagi mikroorganizimlar guruhlarini, ularning faolligini o‘zgartirish orqaligina tuproq unumdorligini va o‘simlik hosildorligini oshirish mumkin. Mikrob guruhlari faoliyatini boshqarish bilan hamohang bo‘lib, tuproq biotexnologiyasining asosini, uning mazmun mohiyatini tashkil qiladi. 4.3. Tuproqda mikrob senozlari faoliyatini boshqarish. Organik va mineral o‘g‘itlar; almashlab ekish. Tuproqdagi mikrobiokimyoviy jarayonlarni faoligini va tuproq unumdorligini oshirishning asosiy yo‘laridan biri organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish. Nordon tuproqlarni ohaklantirish almashlab ekishni tug‘ri yo‘lga qo‘yishdir. O‘g‘itlar ta'sirida tuproq mikroflorasining hayotiy rejimi o‘zgarib boradi. Dastlab o‘g‘itlangan tuproqda mikrobiologik jarayonlar tezlashib boradi. Asosiy fiziologik guruh mikroblar bilan birga nitrofikatsiya va selyuloza parchalovchi mikrorgnanizmlar faolligi oshib boradi. Bu esa tuproqda aminokislotalar, fermentlar faoligining oshishiga olib keladi. Uzoq vaqt, surunkasiga meneral o‘g‘itlardan foydalangan, tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar susayib boraveradi. Ko‘p yillik kuzatuvlar natijasida go‘ng va mineral o‘gitlardan barobar foydalanganda tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar uzoq vaqt oshib borgani kuzatilgan. Mineral o‘g‘itlarning yuqori dozasi tuproqdagi ba'zi-bir fiziologik guruo mikroorganizimlarni, xususan aerob azot yutuvchi va anaerob sulfatreduksiya qiluvchi guruolarning faoliyati susayib ketishiga olib keladi. Organik o‘g‘itlardan alohida va mineral o‘g‘itlar bilan birga uzoq muddatda ishlatish natijasida L.A.Karyagina shunday xulosaga keladi: “mineral o‘g‘itlarni tuproq mikroflorasiga ta'siri bir qator omillarga, xususan o‘simlik vegitatsiya davrining obihavosiga ham bog‘liq bo‘ladi”. SHunday bo‘lishiga qaramasdan mineral o‘g‘itlarga nisbatan organik o‘g‘itlar tuproq mikroflorasi va uning faoliyatiga ko‘proq ta'sir qiladi. Ammonifikatsiya va nitrofikatsiya qiluvchi bakteriyalar sonining oshishi torif- gung va NPK birgalikda ishlatilganda kuzatilgan. O‘zbekiston sharoitida ham, tuproq turlariga qarab mahaliy o‘g‘it va NPK birgalikda ishlatilsa, hamda nordon tuproqlar o‘z vaqtida ohaklantirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunday sharoitda tuproqda aksinomitlar soni oshib boradi. O‘g‘itlar ta'sirida selyuloza parchalovchi mikroorgnanizmlar, ush jumladan mikromitsetlar soni o‘zgarib borishi kuzatilgan. O‘simlikni oziqlanish rejimini me'yoriga keltirish (organik va mineral o‘g‘itlar kompleksidan me'yorida foydalanish) tuproqdagi mikrorganizmlar faolligi, ularning azotni organik birikmalarini minerallashtirish faoliyati bilan muhofaza qilib turiladi. Mikrobiologik jarayonlarni boshqarish imkoniyati faqatgina orgonamineral o‘g‘itlar tizimidan to‘g‘ri foydalanish orqaligina amalga oshiriladi. Tuproqqa bunday ta'sir, mikrobalr faolligining oshishiga olib keladi. Bu holda, mikrob massasi oshadi, oligotrof mikroorganizimlar faolligi, umuman tuproq faolligi oshadi. Tuproq biodinamikasida kuzatiladigan o‘zgarishlar, biokimyoviy jarayonlarning ko‘chayishiga, organik moddalarning parchalanishiga, umuman esa tuproq unumdorligining oshishiga olib keladi. Surunkasiga bir o‘simlikni ekish (monokultura xokimligi ) tuproq mikroflorasini o‘zgarishiga olib keladi. Bunday sharoitda mikrometsitlar, aktinomitsetlar spora hosil qiluvchi bakteriyalar soni ko‘payib. Faol mikrorganizmlar xususan azotfiksatorlar kamayib ketadi. Monokultura hokimligidagi tuproqlarda proteaza, amilaza, pektinaza, sellyulaza, oksidlanish – qaytarilish reaksiyasini olib boradigan fermentlar faolligi pasayib ketadi. Xususan, gumus hosil bo‘lish hamda tuproqdagi plifenollarni parchalanishida ishtirok etuvchi polifenoloksidaza fermenti faolligi butunlay yo‘qolib ketadi. O‘simliklarni almashib ekini to‘g‘ri tashkil qilgan tuproqlarda o‘simliklar ildiz tizimi bilan o‘zviy aloqada bo‘lgan mikrobiokimyoviy kompatentlar paydo bo‘ladi, bu esa biokimyoviy jarayonlarning ishlab kelagnidan xabardor qiladi. 4.4. Miliorativ tadbirlar: Organik moddalarni menerallanish muammolari uni saqlash yo‘llari. Tuproqning miliorativ holatini yaxshilash uni agrokimyoviy xususiyatini tuzatish, xususan organik o‘g‘itlarni va gumin kislotasini umumiy miqdorini oshirishga olib keladi. Azot va uglerod moddalarning transformatsiyasida qatnashadigan mikroorganizmlarni soni va sifati yaxshilanadi. Melioratsiya turlari: gidromelioratsiya, kimyomelioratsiya, quritish melioratsiyasi va h.k. O‘zbekistonda dexqonchilik qilib keinayotgan tuproqlarni tizimiga solib, ularda mikrorganizmlarning tarqalshi, tuproq unumdorligiga ta'sirini hamda bunga miliorati tadbirlar rolini tahlil qilib chiqish zarur. 4.5. Nitirifikatsiya jarayonini pasaytiruvchilar. Ma'lum bir sharoitda tuproqda faol rivojlanib kelayotgan nitrifikatsiya jarayoninin pasaytirish, faydasiz minerallash jaaryoninin to‘xtashida katta ahamiyat kasb etadi. Tuproqga solingan nitrofikatsiyani pasaytiruvchilar, shu jaraynni olib boruvchi nitrifikatsiya qiluvchi mikroorgnanizmlarni faoliyatini bo‘g‘ish orqali, azotni ammak formada to‘planishiga olib keladi. Bunday sharoitda nititlarni nitratlarga oksidlanish jarayoni pasayadi, nitritlarning yuvilishi va ularning gazsimon moddalar aylantiruvchi denitrifikatsiya jarayoni pasaydi, tuproqni nitrifikatsiyalash qobilyati tuxtaydi yoki juda ham pasayadi. Nitrifikatsiya jarayonini pasayturuvchi bir necha preparatlar ma'lum bo‘lib, shulardan biri, nitropirin-2 xlor-6 trixlormentil pridin, bu preparat “N-Servr –24” nomi bilan ma'lum. Peparatni 240/gl yog‘dagi eritmasini ammiakli o‘g‘itlar bilan (6kg/ ga) tuproqga solinganda, nitrifikatsiya jarayonida qatnashsvchi bateriyalarning soni juda ham kamayib ketgani tasdiqlangan. SHuningdek preparatni ikkilamchi xususiyati- amminofikatorlarning o‘sishini pasaytirishi ham kuzatilgan (tuproqning 2-6 sm qatlamida). SHunday bir halotida bu preparat boshqa tur va turkumlarga mansub bakteriyalarga ta'sir etmagan. 4.6. Tuproq mikrob senozlarining gerbinidlar bilan o‘zaro ta'siri. Tuproqga solingan gerbitsidlar o‘zlarining asosiy vazifasi bo‘lgan begona o‘tlarni yo‘qotish bilan birga, tuproqda amalga oshishi lozim bo‘lgan biokimyoviy jarayonlarga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Tuproqda yashovchi mikroorganizimlar faoliyatining buzilishi (tuproqda organik va neorganik moddalarni, jumladan gebitsid, pestitsid va boshqayadoximikatlarning to‘lanib qolishi) tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda, zudlik bilan tuproqni har xil sidlardan tozalash, undagi (tuproqdagi) mikrobiologik jarayonlarni tiklash lozim bo‘ladi. Tuproqda girbitsedlar mikrorganizmlar massasi bilan o‘zaro aloqaga kiradi. Demak, gerbitsinlarni yo‘qotish yoki ular o‘lib ketish, shu tuproqdagi mikrorganizlarning faolligiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘likdir. Ko‘pchilik hollarda. gebitsit sepilgan tuproqlarda mikrorganizmlar dastlab kamayib ketadi 10-12 kun o‘tkach, mikroorganizmlarning shu sharoitga moslashuvi (adabtatsiya) boshlanadi. 1,5-2,0 oy orasida gerbetsid ta'siri pasayib, mikrobiologik jarayonlar tiklana boshlaydi. Mikrorganizmalning tiklanish davri bir tmondan shu sharoitda yashab turgan mikrorganizalrning moslashuviga , ikkinchi tomondan gerbitsidlarning xususiyatiga bog‘lik.Ayniqsa gerbitsitlardan foydalanganda uni ishlatish normalarga rioya qilmaslik, tuproqni uzoq vaqt davomida butunlay ishdan chiqarishgacha olib keladi. Gerbitsidlar (TXA –Na, diokoteks, prometrin, simozin va h.k) bilan tuproqni va uning atrofidagi suv havzalarning ifloslantirmaslik uchun quyidagi tadbirlardan foydalanishni tavsiya qilamiz: gerbitsidlardan foydalangan tuproqning namligini 60% atrofida (suv rejimini boshqarish yo‘li bilan) ushlab turish lozim, chunki shu sharoitda mikrorganizmlar tomanidan gerbitsidlar parchalanish tezlashadi; Ø Promegrin ishlatilgan, unnig parchalanishi sust ketishini e'tiborga olmoq lozim. Ø Prometrin va simazinning yuqori konsentratsiyasi ishlatilganda, gerbitsidlarning tuproqda qolgan va atrofdagi suvga o‘tgan konsenratsiyasini aniqlab borish lozim, chunki gerbitsidlar drenaj suvlar o‘tib undagi xilga o‘tib qolishi mumkin. Ø Simazin ishlab chiqarish yoki undan doza nitrifikatsiya jarayoniin 20-45 kunga pasaytirish TXA-Na esa nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalarnng faolligini oshirish va nitratlarni to‘plashga olib keladi. Tuproq biotexnologiyasi, tuproq sharoitida mikroorganizmlar massasini, ularning faoliyatini o‘rganish qishloq xo‘jaligini zamonaviy usullar bilan rivojlantirishda. Xizmat qilib kelmoqda. Tuproq biotexnologiyasi asosida mikroorganizmlar faoliyatidan tug‘ri va oqilona fqoydalanish orqali tuproq unumdorligini oshirish, yuqori sifatli va mo‘l mahsulot уetkazish mumkin.