logo

Karantin ostidagi materiallar va O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan transport vositalarining fitosanitar nazoratidan o'tkazish tartibi, tranzit tartibi

Yuklangan vaqt:

16.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

55 KB
Karantin ostidagi materiallar va O`zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan transport vositalarining fitosanitar nazoratidan o`tkazish tartibi, tranzit tartibi Reja: 1.O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan karantin nazoratidagi materiallar va transport vositalarini fitosanitar nazoratidan o`tkazish tartibi 2.Diplomatik, konsullik, savdo vakolatxonalari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar tomonidan karantin nazoratidagi materiallarni olib kirishning karantin tartibi 3.Karantin nazoratidagi materiallar tranzitining karantin tartibi 4.Karantin ostidagi materiallar va ular bilan zararlangan transport vositalarni zararsizlantirish va tozalash tartibi 5.Karantin nazoratidagi import va tranzit materiallarga doir hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi 6.O`zbekiston Respublikasidan karantin nazoratidagi materiallarni olib chiqish bo`yicha karantin talablari O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan karantin nazoratidagi materiallar va transport vositalarini fitosanitar nazoratidan o`tkazish tartibi Respublika hududiga olib kirilayotgan karantin nazoratidagi materiallar va transport vositalarini fitosanitar nazoratidan o`tkazish chegaradan o`tish joylarida tashkil etilgan o`simliklar karantini chegara punktlari tomonidan amalga oshiriladi. Respublika hududiga olib kirilayotgan karantin nazoratidagi materiallarni fitosanitar nazoratidan o`tkazish o`simliklar karantini chegara punktlari tomonidan yuklarini tushirishga qadar shuningdek, tushirish va ortish jarayonida amalga oshiriladi. O`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmati inspektorlari boshqa mamlakatlardan respublikamizga kemalar, poyezdlar, samolyotlar va avtotransportlari orqali olib kirilayotgan karantin nazoratidagi materiallarni hamda pochta jo`natmalarini qabul qilib olishda bevosita ishtirok etadilar. Transport yoki yukning yuzasida karantin ostidagi materiallar yo`q bo`lsa, o`simlik materiallarining fitosanitar holatini aniqlash uchun o`simliklar karantini chegara punkti davlat inspektori yuk partiyalaridan belgilangan tartibda namunalarni tanlab oladi va ekspertizadan o`tkaziladi. Yuk va transport vositalarida karantin ostidagi materiallar borligi aniqlansa, tasdiqlash uchun karantin laboratoriyasiga yuboriladi. Aniqlangan karantin ostidagi materiallar belgilangan tartibda zararsizlantirilishi yoki yuk jo`natuvchiga qaytarib yuborilishi lozim. O`zbekistonning chegara punktiga yetib kelgan yo`lovchilar, kema komandalarining a’zolari, samolyot, poyezd brigadalari va avtotransport ekipajlari bojxona deklaratsiyasini to`ldirish vaqtida qo`l yuki yoki bagaj (yuk xona) da urug`liklar, o`simliklar, o`simlik mahsulotlari va boshqa o`simlik materiallari bor- yo`qligini ko`rsatishlari va agar mavjud bo`lsa, ularni fitosanitar nazoratidan o`tkazishlari shart. Vagonlar, tryumlar, avtomashinalar, konteynerlar va yuk qo`yiladigan ayrim joylarni (yuk xonani) ochib ko`rish o`simliklar karantini chegara punkti davlat inspektori talabiga binoan transport tashkilotlarining vakillari, haydovchilar yoki bagaj (yuk xona) egalari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Boshqa mamlakatlardan kelgan transport vositalari yuk va bagajdan bo`shatilganidan keyin chegara punktlari transport tashkilotlari tomonidan, yuk olib borish mo`ljal qilingan joyda esa yukni qabul qilib oluvchi tomonidan orasta qilib tozalanishi lozim. Karantin obyekti borligi aniqlansa yoki borligi gumon qilinsa o`simliklar karantini davlat inspektori kemalarni fumigatsiyaga, vagonlar va transport vositalarini esa, yuvish dezinfeksiya stansiyalariga jo`natish to`g`risida ko`rsatma beradi. O`zbekiston va chet el transport vositalaridagi karantin obyekti yoki boshqa xavfli zararkunandalar bilan zararlangan oziq-ovqat zahiralari davlat inspektorining ko`rsatmalariga binoan zararsizlantirilishi yoki transport vositalari to`liq zararsizlantirilgunga qadar O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lishi vaqtida omborxonalarda so`rg`ichlab tamg`a bosib qo`yilishi lozim. Ikkinchi marta fitosanitar nazoratidan o`tkazilganidan keyin va laboratoriya ekspertizasi uchun zaruriyat bo`lmasa karantin nazoratidagi materiallar kelib tushgan joydagi o`simliklar karantini mahalliy davlat inspeksiyasi tomonidan mazkur mahsulotdan foydalanish shartlari to`g`risida xulosa chiqariladi va ijro etilishi zarur bo`lgan fitosanitar tadbirlar belgilanadi. Karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o`simlik kasalliklari va begona o`tlar bilan zararlangan karantin ostidagi materiallarga nisbatan zararsizlantirish va tozalashning samarali tadbirlarini qo`llashning imkoni bo`lmasa ular belgilangan tartibda eksportyorga qaytarilishi yoki yo`q qilinishi lozim. Urug`liklar va ko`chatlar solingan posilkalar va banderollar O`zbekistonga yetib kelganidan keyin fitosanitar nazorati va ekspertizasidan o`tkazilishi lozim. Chegara punktining inspektori tomonidan posilkalar va banderollar ko`zdan kechirilganida ularda karantin obyekti borligi gumon qilinsa ular ekspertizadan o`tkazish uchun karantin laboratoriyasiga topshiriladi. Diplomatik va tashqi savdo tashkilotlarinig nomiga kelib tushgan karantin nazoratidagi materiallarning tovar namunalari umumiy asoslarda fitosanitar nazorati va ekspertizadan o`tkazilishi lozim. Diplomatik, konsullik, savdo vakolatxonalari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar tomonidan karantin nazoratidagi materiallarni olib kirishning karantin tartibi Diplomatik, konsullik, davlat savdo vakillari hamda O`zbekiston hududida joylashgan xalqaro tashkilotlarning vakillari shuningdek, imtiyozlar va imunitetlardan foydalanuvchi shaxslar davlat chegarasidan o`tish vaqtida o`simliklar karantini chegara punktining davlat inspektori ularga O`zbekiston Respublikasida amalda bo`lgan o`simliklar karantiniga doir qonun hujjatlarini hamda karantin nazoratidagi materiallarni fitosanitar nazoratidan o`tkazilishini tushuntiradi. Diplomatik, konsullik, savdo vakolatxonalari va O`zbekiston hududida joylashgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlari uchun yuborilgan karantin nazoratidagi yuklar, yuk egasi yoki uning vakili va yuk kelib tushgan joydagi bojxona organi xodimi nazoratida ekspertiza uchun namunalar olgan holda, fitosanitar nazoratidan o`tkaziladi. Mazkur yuklarga ularni jo`natgan mamlakatning karantin xizmati tomonidan berilgan fitosanitar sertifikati ilova qilingan bo`lishi lozim. Karantin obyektlari mavjud degan shubha tug`ilsa, yuk ekspertiza uchun karantin laboratoriyasiga topshiriladi, basharti, karantin va boshqa xavfli zararkunandalar, o`simlik kasalliklari va begona o`tlar mavjudligi aniqlansa, ularni zararsizlantirish yoki yuk jo`natuvchiga qaytarib yuborilishi lozim. Bu haqida alohida dalolatnoma tuzilib, o`simliklar karantini bo`yicha davlat isnpektori manfaatdor taraflarga ma’lum qiladi. Chet davlatlarning elchixonalari, missiyalari yoki ayrim diplomatik va savdo vakolatxonalari nomiga kelib tushgan urug`li, dukkakli va sitrus o`simliklarni fitosanitar nazoratidan o`tkazilib, donalab tozalangan, shuningdek laboratoriya ekspertizasidan o`tkazilgandan keyin sof mevalari, basharti, karantin ostidagi materiallar mavjud bo`lmasa, zararsizlantirilmagan holda olib kirilishi va ulardan oziq-ovqat sifatida foydalanishga yo`l qo`yish mumkin. Karantin nazoratidagi materiallar tranzitining karantin tartibi Karantin nazoratidagi materiallar O`zbekiston Respublikasi hududidan yopiq yoki izotermik, tashishga yaroqli va plombalangan vagonlarda, avtofurgonlarda, avtorefrejerator yoki konteynerlarda hamda “Bojxona tranzit rejimi to`g`risida” gi Nizom (O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 577-raqam bilan ro`yxatga olingan) talablarini inobatga olgan holda tranzit tarzida tashib o`tiladi. Ushbu qoidalar buzilgan taqdirda tranzit tarzida o`tishiga yo`l qo`yilmaydi. O`zbekiston hududida tranzit tarzda olib o`tiladigan karantin nazoratidagi materiallar O`zbekiston chegara punktlarida fitosanitar nazoratidan o`tkazilishi lozim. Karantin nazoratidagi materiallarini O`zbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida olib o`tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: urug`liklar, ko`chatlar, mevalar, sabzavotlar, yog`och materiallari karantin nazoratidagi boshqa mahsulotlarning tovar partiyalari Inspeksiya tomonidan tranzit uchun beriladigan ruxsatnomalarda belgilanadigan shartlar asosida; (tranzit yuklariga eskportyor mamlakatning fitosanitar sertifikati ilova qilingan bo`lishi lozim); Pochta orqali, yo`lovchilarning bagaj (yuk xona) va qo`l yuk ichida keltirilgan urug`liklar, yangi mevalar, sabzavotlar va karantin nazoratidagi boshqa mahsulotlar-o`simliklar karantini bo`yicha chegara punkti davlat inspektorining fitosanitar nazoratidan o`tkazilganidan keyin olib kirishga ruxsat etiladi. Karantin ostidagi materiallar va ular bilan zararlangan transport vositalarni zararsizlantirish va tozalash tartibi Karantin ostidagi materiallar va boshqa xavfli o`simlik zararkunandalari bilan zararlangan barcha import yuklar O`zbekiston Respublikasiga olib kirilishi vaqtida chegara punktlarida zararsizlantirilishi, qaytarib yuborilishi yoxud yo`q qilinishi va bu haqda alohida dalolatnoma rasmiylashtirilib, manfaatdor taraflarga ma’lum qilinishi lozim. Karantin ostidagi materiallar tashib bo`linganidan keyin barcha turdagi transport vositalari albatta tozalanishi hamda belgilangan tartibda zararsizlantirilishi lozim. Transport vositalarini chegara punktida yoki realizatsiya punktida karantin ostidagi materillardan zararsizlantirish zaruriyati o`simliklar karantini davlat inspektori tomonidan aniqlanadi. Yuk qabul qilib oluvchilar yoki transport tashkilotlari inspektorning ko`rsatmasi asosida o`simliklar karantini bo`yicha tegishli davlat inspekiyalarining maxsus fumigatsiya otryadlariga zararsizlantirish tadbirlari o`tkazish to`g`risida talabnoma beradilar. Fumigatsiya kameralari, shtabellar, kemalarning tryumlari va bagaj (yuk xona) larida, vagonlar va konteynerlarda hamda transportning boshqa turlarida karantin ostidagi materiallar va o`ta xavfli zararkunandalar bilan zararlangan material (tovar yuk)larni zararsizlantirish bo`yicha ishlar chegara punktlarida o`simliklar karantini bo`yicha davlat xizmatining maxsus fumigatsiya otryadlari tomonidan amalga oshiriladi. Kemalar va barjalar, vagonlar, konteynerlar, avtotransport va yuklarni zararsizlantirish bo`yicha ishlarni olib borish uchun transport tashkilotlari va yuk qabul qilib oluvchilar tomonidan zararsizlantirish texnologiyasi va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan maxsus jihozlangan bandargoxlar, maydonlar va binolar ajratiladi. Transport vositalari va yuklarni fumigatsiya, hamda degazatsiyaga tayyorlash bo`yicha ishlar fumigatsiya otryadlari mutaxassislarining rahbarligi ostida transport tashkilotlari tomonidan bajariladi. Karantin nazoratidagi materiallar chet ellardan zararsizlantirilgan holda jo`natilganda ular O`zbekiston Respublikasi chegara punktlarida fumigatsiya otryadlari tomonidan to`g`ri degazatsiya qilinganligi tekshiriladi. Sitrus o`simliklari mevalarini refrejeratsiya qilish va ularni muzlatgich kameralarda zararsizlantirish o`simliklar karantini davlat inspektori nazorati ostida yukni qabul qilib oluvchilar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Zararlangan karantin ostidagi materiallarni degazatsiya, fumigatsiya, refrejeratsiya qilish yoki boshqa usullarda zararsizlantish (tozalash, qaytarib yuborish yoki boshqa manzilga jo`natish, yo`q qilib yuborish), yuklarni, bagaj (yuk xona) larni posilkalarni ochish yoki o`ramlash, ularni zararsizlantirish joylarga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish bilan bog`liq xarajatlar yukni qabul qilib oluvchi hisobidan qoplanadi. Karantin nazoratidagi import va tranzit materiallarga doir hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi Import materiallarga karantin ruxsatnomasini olish uchun import qilayotgan tashkilotlar kontrdalolatnoma tuzishga kamida 30 kun qolganida O`zbekiston Respublikasi O`simliklar karantin bosh davlat inspeksiyasiga ariza berishlari lozim. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko`rsatilishi lozim: O`zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o`tish m q ljallangan karantin nazoratidagi materiallarning nomi va midori (har biri turi bo`yicha alohida); materiallar jo`natiladigan va ulardan foydalaniladigan joy (manzil, tranzit tarzidagi yuklar uchun esa yo`nalish va jo`natilayotgan mamlakat); tranzit tarzidagi karantin nazoratidagi import materiallarni olish mo`ljal qilinayotgan mamlakat, shuningdek mazkur materiallar yetishtirilgan mamlakat nomi; karantin nazoratidagi materiallar yetib kelishining yoki tranzit tarzida tashib o`tilishi mo`ljal qilinayotgan muddatlari; mazkur yuklar olib kiriladigan va chiqib ketiladigan O`zbekiston Respublikasidagi chegara punktining (port, bandargoh, temir yo`l stansiyasi, aeroprot, avtostansiya va shu kabilar) nomi. Karantin nazoratidagi import materiallar uchun ruxsatnoma berish so`ralgan arizada importyor o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan karantin shartlari va tadbirlarini o`z hisobidan va o`z kuchi bilan bajarishini ta’minlash kafolatini zimmasiga olishi shart. Karantin nazoratidagi materiallarni olib kelish to`g`risida birinchi marotaba ariza berilganda arizaga faoliyatining ushbu turi bilan shug`illanish huquqini beruvchi hujjat ko`rsatilgan holda ro`yxatga olinganlik haqidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi. Pochta jo`natmalarida yo`lovchilarning yoki kemalar, samolyotlar ekipajlarining a’zolari yoxud poyezd brigadasi a’zolarining bagajda, qo`l yukida O`zbekistonga olib kirish taqiqlangan karantin ostidagi materiallar mavjud ekanligi ma’lum bo`lib qolsa, o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspektori tomonidan unday mahsulotlar olib qo`yiladi va yuk egalari ishtirokida yo`q qilib yuborilishi yoki zararsizlantirilishi lozim. Ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan urug`liklar va ko`chatlar ularning egalari roziligi bilan introduksion-karantin pitomniklariga topshirilishi mumkin. Yo`lovchilardan karantin ostidagi materiallar (qo`l yuki va bagaj) olib qo`yilganda bu haqda o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspektori ikki nusxada dalolatnoma tuzadi va uning bir nusxasi material egasiga topshiriladi. Import urug`liklar, ko`chatlar va boshqa karantin nazoratidagi import materiallar chegara punktlaridan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlariga transportirovka qilinganida yoki yukni qabul qilib oluvchilar turlicha bo`lganida o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspektori har bir holda alohida belgilangan shakldagi fitosanitar sertifikati (namunasi Nizomning 4-ilovasida keltirilgan) beradi. Sertifikatning birinchi va ikkinchi nusxalari transport hujjatlariga ilova qilinadi. Karantin fitosanitar sertifikat har bir transport birligi uchun alohida beriladi. O`zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan karantin nazoratidagi materiallar o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspektori tomonidan fitosanitar sertifikati bor- yo`qligi tekshirilgan holda karantin nazoratidan o`tkaziladi va foydalanish (uni qayta ishlash) uchun har bir birlik (partiya) uchun fitosanitar sertifikat beradi. Zararsizlantirilgan karantin ostidagi materiallarga berilgan karantin sertifikatida zararsizlantirish o`tkazilgan joy, soat, mahsulot qanday usul bilan zararsizlantirilganligi, uning miqdori, ekspozitsiyasi, gramm normasi va zararsizlantirish o`tkazilgan kun ko`rsatilishi lozim. Karantin nazoratidagi materiallarni daryo portlari, aeroportlar, temir yo`l va avtomobil stansiyalari, aloqa korxonalari va boshqa chegara punktlari hududidan, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga faqatgina fitosanitar sertifikati mavjud bo`lsa yoki ilova qilingan hujjatlarda o`simliklar karantini bo`yicha chegara punktining O`zbekistonga olib kirishga ruxsat etadigan belgilangan namunadagi shtampi tushirilgan bo`lsa yo`l qo`yiladi. Basharti, chet mamlakatlardan karantin ostidagi yuklar va materiallar kelgan bo`lib, ularni karantin shartlariga binoan boshqa muassasa, tashkilot yoki mintaqaga jo`natib yuborish lozim bo`lsa, mazkur materiallarni boshqa manzilga jo`natish, Inspeksiya ruxsati bilan tegishli o`simliklar karantini davlat inspeksiyasi ko`rsatmasiga binoan aloqa korxonalarining, aeroportlar, temir yo`llar va avtostansiyalar hamda boshqa transport tashkilotlarining ma’muriyati tomonidan yuklar va materiallarni qabul qilib oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasidan karantin nazoratidagi materiallarni olib chiqish bo`yicha karantin talablari O`zbekistondan chet mamlakatlarga olib chiqiladigan karantin nazoratidagi materiallar O`zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o`rtasida o`simliklar karantini bo`yicha tuzilgan konvensiyalar va halqaro bitimlarda shuningdek savdo shartnomalarida, kontraktlarda va import qilayotgan mamlakatning qo`shimcha talablarida nazarda tutilgan fitosanitar shartlarga javob beradigan bo`lishi lozim. Ilmiy tadqiqot muassasalari va qishloq xo`jaligi ekinlarining navlarini sinash davlat komissiyasi tomonidan chet mamlakatlarga yuboriladigan urug`liklar va ko`chatlar ular yetishtirilgan joylarda karantin ekspertizasidan o`tkazilib, ularga fitosanitar sertifikati ilova qilinadi. Fitosanitar sertifikati importyor mamlakatlar bilan o`simliklar karantini bo`yicha tuzilgan bitimlar va xalqaro konvensiyalarda nazarda tutilgan, shuningdek importyorlarning qo`shimcha ravishdagi fitosanitar talablarida ko`rsatilgan talablarga muvofiq, karantin nazoratidagi materialda zararkunandalar, o`simlik kasalliklari va begona o`tlar yo`q ekanligini tasdiqlash lozim. Fitosanitar sertifikatida yukni zararsizlantirish t o`grisida ma’lumotlar, bunday materiallarni yetkazib berish byicha boshqa qo`shimcha fitosanitar talablar bajarilganligi to`g`risida ma’lumotlar ko`rsatiladi, basharti, bu narsa importyor tomonidan yoki shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, o`simliklarni botanik nomi lotincha yoziladi. Fitosanitar sertifikati yuk olib chiqib ketayotgan har bir transport birligiga (vagon, avtomashina, kema, barja va boshqalar) yoki har bir partiyaga yukni jo`natishga ko`pi bilan o`n besh kun qolganida beriladi va boshqa hujjatlar bilan birgalikda yukni qabul qilib oluvchi nomiga jo`natiladi. Fitosanitar sertifikati muhr bilan tasdiqlanadi. Eksport yoki qayta eksport uchun fitosanitar sertifikati olish maqsadida yuk jo`natuvchi importyorning talablariga muvofiq holda yuk partiyasini tayyorlab qo`yish va karantin nazoratidagi materiallarni jo`natishdan kamida 30 kun oldin Respublika, viloyat, shahar o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspeksiyasi yoki uning punktlariga fitosanitar sertifikati berilishi uchun ariza taqdim etishi lozim. Eksport qilinayotgan yuklar dastlab jo`natilayotgan joylarda fitosanitar nazoratidan o`tkaziladi, ikkinchi marta esa, qayta yuklash (eksport partiyasining shakllantirish) vaqtida daryo portlari, temir yo`l stansiyalari va boshqa chegara punktlarida utkaziladi. Chegara punktida qayta yuklanmagan holda eksport qilinganida yuk jo`natilgan joydan berilgan fitosanitar sertifikati qay darajada to`g`ri rasmiylashtirilganligini tekshirish bilangina kifoyalanish mumkin. Olis xorij mamlakatlari uchun fitosanitar sertifikati arizaga muvofiq har bir vagon, kema, barja, avtomashina yoki boshqa transport birligi, yohud eksportga jo`natilayotgan karantin nazoratidagi materiallar partiyasi uchun beriladi. Fitosanitar sertifikati uch nusxada tuzilib, birinchi va ikkinchi nusxalari yuk jo`natuvchiga beriladi, uchinchi nusxa esa, chegara punkti yoki davlat inspeksiyasida qoldiriladi. Karantin nazoratidagi materiallar qayta eksport qilinayotganda ularga nisbatan ushbu Nizomda ko`rsatilgan barcha karantin talablari tadbiq etiladi. Karantin nazoratidagi materiallarni Respublikadan chiqib ketishiga ular tayyorlangan joydagi tegishli o`simliklar karantini bo`yicha davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan karantin fitosanitar sertifikati mavjud bo`lgan hollarda yo`l qo`yiladi. Adabiyotlar: 1. Karimov I. A. «O'zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent. O’ zbekiston, 1997. 2. Baratov P . Tabiatni muhofaza q ilish. T.Oqituvchi, 1991. 3. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi . T.1998. 4. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. Qarshi. Nasaf, 2003. 5. T o’ xtayev A. Xamidov A . Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza q ilish. T. O’qit. 1997. www.arxiv.uz www.ziyonet.uz