logo

Psixologik maslahat fanining predmeti. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.5 KB
www.arxiv.uz Reja : 1.Psixologik maslahat haqida tushuncha 2. Psixologik maslahatning rivojlanish tarixi. 3. Psixologik maslahat fanining predmeti. 4. Psixologik maslahatning vazifalari. 5. Psixologik maslahat haqida Nizomning qabul qilinishi www.arxiv.uz Tayanch iboralar: Psixologik maslahat, tarbiyasi qiyin bola, psixologik maslahat, psixokorrekstiya, psixodiagnostika, psixoprofilaktika, psixologik trening. Mustaqil davlatimizning tez suratda ijtimoiy rivojlanib borishini, unda yashayotgan fuqarolarning ijodiy va ma’naviy o’sishlarisiz amalga oshirib bo’lmaydi. insonlardagi ijobiy shaxsiy sifatlarning rivojlanishi va shakllanishi asosan ularning maktab davrlariga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham ta’lim - tarbiya muassasalarining oldiga shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, uning individual xususiyatlari, ruhiy holatlari, bilish jarayonlarini inobatga olgan holda ularning ilk va oddiy aks ettirishdan boshlangan onglarini etuk insonlarga xos darajada rivojlanishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishdek ma’suliyatli vazifa turadi. Hozirgi kunda yuqoridari masalalarni echishda maktablar sezilar li qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Buning sabablaridan biri ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda, bolaning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishidagi psixologik qonuniyatlar va bilimlarga tayanmaslikdir. Keyingi vaqtlarda tarbiyasi «qiyin» pedagogik qarovsiz, o’z xoliga tashlab qo’yilgan o’smirlar xaqida, o’qituvchi va o’quvchi orasidagi salbiy munosabatlardan kelib chiqadigan katta muammolar xaqida ko’p munozaralar olib borilmoqda. Maktablar -hozircha hap bir o’quvchining psixologik xususiyatlari hamda ularning psixik rivojlanish darajalari haqida haqqoniy ma’lumot beradigan maxsus muassasalar bilan ta’minlanmaganlar. Ta’lim-tarbiya jarayonida ro’y berayotgan turli xildagi qiyinchiliklarning yuzaga kelish sababini o’z vaqtida aniqlashda, muammoning asl mohiyati nimada ekanini tyshyniushda maktab o’qituvchisi ma’lum darajada turli qiyinchiliklarga duch keladi. Tarbiyasi qiyin, ham oilaviy ham- pedagogik qarovsiz o’z holira tashlab qo’yilgan, o’qishra qiziqishi nasayib borayottan o’smirlarni hozirgi kunda har bir www.arxiv.uz maktabda uchratish mumkin. Ular bilan ishlash esa yana maktab o’qituvchisining zimmasiga tushadi va o’sha katta mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Endilikda maktablarda ta’lim - tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishda, o’qituvchi va o’quvchi oracidari munosabatlarni ijobiy izga solishda, o’smir va o’spirinlik davrini boshidan kechirayotgan o’qituvchiga ma’naviy va ruhiy ko’mak berishda, ota - onalar orasida psixologik bilimlarni targ’ib etishda, ta’lim muassasalariga amaliy psixolog maslahati kirib keldi. Psixologik maslahat o’zining uzoq yillik tarixiga ega ekaniga qaramay, maktab, listey va kollej amaliyotchi psixologlarining maslahati nisbatan yosh, ammo juda tez rivojlanib kelayotgan yo’nalishdir. Shunga ko’ra, Rsspublikamizning bir qatop viloyatlari shahar va tumanlarida maktab amaliy psixologlari o’z maslahatlarini boshladilar. Psixolog vazifasida maslahat qilayotranlarning-aksariyati mutaxassis psixologlarning etishmasligi tufayli ushbu soxada-qiziqishlari bor bo’lgan pedagog o’qituvchilardir Shuning uchun xam barcha maktab psixologlari o’z ish faoliyatlarini amalga oshirishlarida zarur bo’ladigan amaliy qo’llanmalar metodik tavsiyanomalar, maqsad, vazifalar, burchlari yoritilgan hamda faoliyatlarning yo’nalishlari ko’rsatilgan hujjatlarga muhtojligi sababli imkon darajada uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Bunday holat maktabda psixologik maslahatni tashkil etish va amaliyotchi psixolog faoliyatini to’g’ri belgilash bilan bog’liq bo’lgan barcha zarur muammolarning echimini topishga qaratilgandir. Psixologik maslahat AQSh da 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSh ning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyala sh muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffistentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» maslahatining rivojlanishiga olib keldi. www.arxiv.uz Franstuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1905 yilda Franstiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi. 1990 yilda Franstiyada maktab psixologik maslahati tashkil etiladi. 1970 yilda Franstiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik maslahatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo’yicha bir mutaxassisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800 -1000 o’ quvchiga maslahat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabda maslahat qilishi mumkin. 1985 yilda Franstiya pedagogik psixologlarining funkstiyalari aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tamonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o’qituvchilarni va ota- onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o’z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan. Ko’pchilik Sharqiy Evropa mamlakatlarida maktab psixologik maslahati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo’yicha modda maktab t o’g’risidagi qonunga kiritildi. Psixologik maslahatning asosiy mazmuni - so g’ lom shaxsning o’sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korrekstiya qilish, kasb tanlash muammolaridir. Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funkstiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir. Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar ped a logiya doirasida vujudga keldi. Ped a logiya rivojlanayotgan va o’sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda ped a logik qarashlarini to’xtatish www.arxiv.uz haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga sovet psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to’xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi. Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. 1984 yilda Moskvada SSSR FA psixologiya institutida «SSSR da psixologik maslahat muammolari bo’yicha I umumittifoq anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda maktabda psixologik maslahat sekstiyasi ham ish olib boradi. Sobiq sovet Ittifoqida birinchi bo’lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik maslahat tashkil etildi / rahbari X.I. X.Liymets, Yu.L. Serd bo’lib, tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib boradilar/. Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. 1989 yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning etishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. Psixologik maslahatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: 1. Ilmiy nuqtai nazar, 2. tashviqot nuqtai nazar, 3. amaliy nuqtai nazar. Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik maslahat predmetini tashkil etadi. Ilmiy nuqtai nazar psixologik maslahatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy funkstiyasi maktab p s ixologik maslahatida ishning psixodiagnostik, psixokorrekstion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat. Tashviqot nuqtai nazari halq ta’limi xodimlarini psixologik bilimlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yo’nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo’lib, pedagoglar, metodistlar, didaktlar, maydonga chiqadi. www.arxiv.uz Maslahatning amaliy nuqtai nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar, ularning vazifasi - u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o’qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat. Hozirgi bosqichda psixologik maslahat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’qo’vchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular hulq-atvoridagi, muloq o tdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo’nalishi har bir bola individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’ quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’ oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir- biri bilan bog’liq. Psixologik maslahat ha q ida nizom. Kollejlardagi va akadeaik listeylardagi psixologik maslahat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu maslahatning zaruriyligi kollej va akademik listey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’kuvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik maslahat t o’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’ quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’ quv – tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korrekstiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik maslahat maktabda o’ quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik maslahat uch asosiy bo’g’ indan tuzilgan: www.arxiv.uz 1) Aniq o’kuv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi, 2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi. 3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi. Psixologik maslahat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qizi qishlariga tayanadilar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik maslahat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa maslahat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi. O’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik maslahatning ma qs adi- shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik maslahatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’ quvchilar, maxsus o’ quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’ quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin. Psixologik maslahatning mazmuni: a)psixoprofilaktika, b) psixologik maorif va ma’rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorrekstiya, d) psixologik maslahat . Psixologik maslahat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi. Psixologik maslahat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin: a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’ quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trening mashg’ ulotlari o’tkazish va aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish, www.arxiv.uz g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar/, d) psixologik maslahat berish, e) pcixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorrekstion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot ob’ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ quv dasturi, o’ quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hakozolar. Psixologik maslahat xaqida Nizom 6 bo’limdan iborat. Ular: 1. Umumiy qoidalar. 2. Psixoprofilaktik ishlar. 3. Psixodiagnostik ishlar 4. Rivojlantiruvchi va korrekstion ishlar. 5. Psixologning maslahat berish ishlari. 6. Psixologik maslahat xodimlarning mas’uliyati aks etgan. Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan. 1. Psixologik maslahat xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 2. Psixologik maslahat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi. 3. Psixologik maslahat mutaxassislari o’z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik maslahat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog’atga etmagan o’smirlar inspekstiyasi, ota-onalar qo’mitasi, ishlab chiqarish, jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar. Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. O’quvchilar soni 500 gacha bo’lgan maktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilar soni 250 ta bo’lsa, 1 www.arxiv.uz shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Bog’chalarda har 2 bog’chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq. Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorrekstion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo’yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. www.arxiv.uzАсосий адабиётлар : 1. Fози eв Э.Г. “Олий мактаб психологияси. Т. Уқитувчи. 1997 йил. 2. Fози eв Э.Г. , Мамедов К.К. “Олий мактаб психологияси. Т. Укитувчи. 1997 йил 3. Нишонова З.Т. “Олий мактаб психологияси” Т-20 03 4. Каримов И.А “Баркамол авлод Ўзбекистон тара ққ иётининг пойдевори”. Т.Шар қ (63 бет). 1997 йил 5. Каримов И.А. “Баркамол авл од орзуси”. Т. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2000 йил 6. Каримов И.А “Со ғлом авлод бизнинг келажагимиз”. Т. Абу Али Ибн Сино. 2000 йил 7. Давлетшин М.Г Жалилова С.Х. “Олий мактабда таълим жараёнининг самарадорлигини психологик томонлари”. Т. 2001 8. М.И.Дьяченко, А.А.К андыбоевич “Психология высшей школы” 9. БТУ Минск-1978