logo

O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning tiplari Oiladagi o‘zaro munosabatlar omili

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

95 KB
O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning tiplari Oiladagi o‘zaro munosabatlar omili Reja: 1. Kirish 2. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar 3. O‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning tiplari 4. Oiladagi o‘zaro munosabatlar omili 5. Oilada bolalarni to‘ri tarbiyalash shartlari Pedagogik psixologiyada respublikamiz, sobiq ittifoq va chet el tadqiqotchilari tomonidan o‘qituvchi shaxsi va faoliyati psixologiyasi bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. O‘qituvchining professional-psixologik portreti, u ega bo‘lishi lozim bo‘lgan asosiy sifat va qobiliyatlar to‘plamlari aniqlangan. Lekin bir hurmatli olimimizning yarim hazil, yarim chin qilib "agar bug‘doy seleksiyasi bo‘yicha amalga o‘shirilgan barcha ilmiy tadqiqotlar to‘g‘ri chiqqanda bug‘doy ildizidan uchigacha don tugishi kerak edi" - deganidek ilmiy tadqiqotlar son-sanoqsiz-u, lekin hali ham maktablarda o‘qituvchilar shaxsi xususiyatlari bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. O‘rta va oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi va tarbiyachilar o‘zlarining qo‘polliklari va yoshlarga nisbatan taxqirlovchi muomalalarini "bolalar bilimli bo‘lsin" - degan maqsad bilan oqlamoqchi bo‘lishadi. Bu xuddi o‘sha mashhur "maqsad usulni oqlaydi" - degan qoidaga o‘xshaydi. Go‘yoki bunday o‘qituvchilar bilim va yetuk shaxs tushunchasi teng kuchli emasligini bilishmasmikan degan tasavvur tuyiladi. "Mabodo biror o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o‘qituvchi hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: "Mening aytganim-aytgan, deganim-degan". Psixologiyada o‘qituvchi va umuman inson shaxsi bilan bog‘liq tushunchalar ichida "Men - konsepsiya" tushunchasi alohida o‘rin tutadi. Bu tushuncha shaxsning boshqalar bilan munosabatini belgilab beradigan o‘zi haqidagi tasavvurlar to‘plamidan iborat deb izohlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida esa "Men- konsepsiya" yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi, chunki o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib baho beradi, ularga o‘zi o‘zlashtirgan tajriban uzatadi, singdiradi. Agar o‘qituvchi ijobiy "Men- konsepsiya"ga ega bo‘lsa, ya’ni unda shaxsiy to‘laqonlik hissi mavjud, yetarlicha emotsional barqaror va yetuk bo‘lsa unda bunday o‘qituvchining bolalar bilan munosabati faqat ijobiy tasavvurlar asosiga quriladi, o‘qituvchi bolalardan o‘ziga nisbatan salbiy munosabatni kutmaydi, chunki bunday o‘qituvchida o‘z-o‘zini baholash bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki o‘qituvchining ijobiy "Men - konsepsiya"si o‘quvchi shaxsi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki inson yoshidan qatoiy nazar o‘z faoliyatiga nisbatan ijobiy baholashga ehtiyoj sezadi, bunday munosabat va ibrat esa bolada ijobiy xarakter hislatlarini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Agar o‘qituvchi salbiy "Men - konsepsiya"ga ega bo‘lsa, buning oqibati o‘quvchi shaxsi uchun og‘ir, ba’zan fojeali oqibat bilan tugashi ham mumkin. Nima uchun o‘qituvchining ijobiy "Men - konsepsiya"si, yetukligi va emotsional barqarorligi shunchalik muhim. Gap shundaki aksariyat bolalarning asosiy muammolari ularning o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkor munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Ba’zan o‘quvchilar o‘zlarining luqmalari, savollari va mulohazalari bilan bunday o‘qituvchilarni noqulay ahvolga solib qo‘yishadi. O‘ziga ishonmaydigan, salbiy "Men - konsepsiya"gao ega bo‘lgan o‘qituvchilar bunday o‘quvchilarga zo‘rg‘a chidaydilar, ba’zan esa umuman toqat qilolmaydilar "ularni chaynab olishga, o‘rniga qo‘yib qo‘yishga, uzib olishga harakat qiladilar, bu esa o‘quvchilarning shaxsiy va aqliy taraqqiyotiga albatta salbiy ta’sir qiladi". "Men - konsepsiya" doirasida o‘qituvchining shaxsiy yetukligi va emotsional barqarorligi ham muhim ahamiyatga ega. Yetuklik tushunchasi turli davr va ta’limotlarda turlicha talqin qilinib kelingan. Diniy falsafiy ta’limotlarda bu – ma’lum ko‘nikma amallarni egallagan, o‘z psixik holatini boshqara olish deb talqin qilinsa, totalitar uzumlarda bu - mafkuraga ko‘r-ko‘rona sodiqlik va unga og‘ishmay amal qilish deb izohlangan. Har bir jamiyat o‘z axloqiga, ijtimoiy norma va qadriyatlariga ega. Lekin jamiyatning har qanday talabi ham maqsadga muvofiq degan mezon yo‘q. Agar inson ijtimoiy ongning oddiy ijrochisiga aylansa, unda ijtimoiy oriyentatsiya, mustaqil fikrlash yo‘qoladi. "Inson xulqni boshqaruvchi tartib qoidalarga qanchalik sodiq bo‘lsa, o‘z-o‘zi bilan shunchalik ziddiyat holatida bo‘ladi. Xulq tartib qoidalariga kuchli tobelik kuchli nevrotik holatga sabab bo‘ladi. Hech qanday xulq tartib qoidasi odamning psixik solomligini belgilab berolmaydi. Haqiqiy psixologiya uchun faqat insongina muhim. Hamma xulq tartib qoidalari mezonlari turli-tuman va markazga intiluvchi kuchga ega. Shunday hodisalar bo‘lganki, o‘z g‘oyasining fanatigini ko‘rgan zaxotim unda psixologik komplekslar va psixopatologiyani aniqlaganman". (Antonio Menegetti) "yetuk", aslida psixologik kompleksga ega bo‘lgan odamlar o‘zlarining ruhiy holatlarii bevosita boshqalarga ko‘chirishadi. Yetarlicha yetuklikka, ya’ni mustaqil, ongli munosabatga va emotsional barqarorlika ega bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘zlarining shaxsiy muammolarini bevosita bolalarga ko‘chirishadi: yetarlicha bo‘lmagan shaxsiy emotsional barqarorliklari va muvozanatsizliklari ular tomonidan bolalarning tarbiyasizligi sifatida idrok qilinadi. Bolalarning oddiy sho‘xliklarini hurmatsizlik, bolalarcha soddalikni odobsizlik, bolalarcha samimiylikni bunday o‘qituvchilar qo‘pollik o‘rnida qabul qilishadi. Shu narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, agar o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammo paydo bo‘lsa, sababini birinchi navbatda o‘qituvchidan qidirish kerak. Fikrimizcha bu yerda o‘ziga xos "yopiq doira" hodisasi muhim rol o‘ynaydi. Salbiy "Men - konsepsiya"ga ega bo‘lgan o‘qituvchi ishonchsizlik, mustaqil fikrlay olmaslik, emotsional muvozanatsizlikni shakllantiradi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilar voyaga yetib, birlari ota-ona sifatida, birlari o‘qituvchi sifatida o‘zlari o‘zlashtirgan tajribani keyingi avlodga singdirishadi. Buning oldini olish uchun o‘rta va oliy ta’lim pedagog xodimlarining sayi-harakatlari, yosh avlodga mehr-muxabbati va sabr-toqat bilan yondashib, o‘z salbiy xususiyatlarini yo‘qotib, ijobiy "Men - konsepsiya"ni shakllantirishi muhim sanaladi. o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning tiplari Bizga ma’lumki tarbiyasi qiyin o‘smirlarlarning shakllanish sabablaridan biri o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan salbiy munosabatidir. Demak, o‘smir xulqida chetga og‘ish natijasida o‘qish kundalik faoliyat funksiyasini yo‘qotadi. Natijada o‘yin kulgugiga mukkadan ketish, ko‘chalarda izg‘ib yurish hollari vujudga keladi, ya’ni o‘z xohlaganicha "xordik" chiqarishga intiladi. Keyingi davrlarda pedagogik qarovsiz qolgan o‘quvchilar uchun xordiq chiqarishning ikki turi tipik hisoblanadi. Ularning aksariyati do‘stlar bilan maqsadsiz vaqt o‘tkazishni yoqtirsalar qolganlari pala-partish tarzda musiqa eshitishni istaydilar. Ko‘pchilik pedagogik qarovsiz o‘quvchilarda ikkinchi yilga qolish hollari uchraydi. Bu holat esa ularning xulq- atvorida ayrim o‘zgarishlar va kechinmalarni vujudga keltiradi. Sinfda o‘smir o‘zini erkin his qila olmaydi. Uning yoshi sinfdoshlaridan bir oz katta, lekin, bilim saviyasi past, ko‘pchilik fanlarni o‘zlashtira olmaydi. Ya’ni, o‘zlashtirishda orqada qoladi. Shu tufayli ular sinfdoshlari orasida mavjud axloq normalariga zid bo‘lgan turli yo‘llar bilan o‘zlarini ko‘rsatishga, o‘quvchilar jamoasida "lider " bo‘lishga harakat qiladilar. Ba’zan o‘qituvchilar ham, sinfning a’lochi o‘quvchilari ham ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lsalar-da yordam berishga xohishlari yo‘q bo‘ladi. Natijada ularning fanlarga, umuman o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari doirasi pasayadi, mazmunan qoloqlashib qoladi. Bundan tashqari o‘zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasinio‘rganishda psixik jarayonlardan diqqat va xotira muhim rol o‘ynaydi. Bizga ma’lumki odamning har qanday aqliy harakatlari diqqatsiz amalga oshmaydi. O‘quvchilarning diqqati o‘quv ishiga jiddiy qaratilgandagina o‘quv materiali to‘la anglanib va mustahkam o‘zlashtirib olinadi. Demak, o‘zlashtirishga iynalayotgan bunday o‘quvchilarda diqqat barqaror bo‘lmaydi, uning qo‘zgoaluvchanligi ustun turadi. Ularda diqqat bo‘linuvchan parishonxotirlikka moyil bo‘ladi. Diqqat o‘z navbatida xotira jarayoni bilan bog‘liqdir. Inson diqqatini bir ob’yektga to‘la qarata olmaganidan keyin albatta uning xotirasida to‘la esda qolmaydi, natijada maktabda beriladigan bilimlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shunday qilib ular fanlarni bo‘sh o‘zlashtiradilar yoki umuman o‘zlashtira olmaydilar. Demak, o‘smirlarning o‘zlashtira olmasligining asosiy sabablari sifatida: 1. Bilim olish faolligining pastligi; 2. Bilimga qiziqishning kuchsizligi; 3. Zarur yordam bo‘lmasligi tufayli, ayrim fanlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarinng ortib borishi; 4. Aqliy o‘sish nuqsonlari, ya’ni psixologik ko‘rinishlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligining sabablari quyidagilar ham bo‘lishi mumkin, ya’ni soligining yomonlashuvi, ovqatlanishining yaxshi emasligi, ish qobiliyatining sustligi. Bu hususda shoshilinch choralar ko‘riladi. Boshqa sabablarga, oiladagi munosabatlarning yomonlashuvi, konfliktlar, janjallar, ota-onaning spirtli ichimliklar ichishi kiradi. Albatta bu salbiy hodisalarga ota-onalarning o‘zlari barham berishlari, ba’zan esa ularga jamoatchilik orqali ta’sir o‘tkazish lozim. O‘quvchilarning o‘zlashtirmasliklarining yana bir keng tarqalgan sabablaridan biri o‘quv mehnati ko‘nikmalarining shakllanmaganligi, topshiriqlarni bajarish tartibini to‘g‘ri tanlay olmaslik, o‘qish va yozishdagi sustlik, uy vazifasini olingan kunda bajarmaslikdir. Shunda o‘quvchiga yordam ko‘rsatish chorasini jamoa bilan belgilash va uni ota- onalar bilan birgalikda amalga oshirmoq zarur. O‘zlashtirish va xulqdagi nuqsonlarning sabablaridan biri o‘qishga sitqidildan yondoshmaydigan tengdoshlarning ta’siridir. Bunday holatda sinf rahbari va ota-onalar bolaning tengdoshlari bilan munosabatida yangi, nisbatan foydali aloqalarni o‘rnatishga harakat qiladilar. O‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va uning oldini olish o‘quvchilarning bilim faoliyatiga, intellektual sohalarga oid xususiyatlarini, shuningdek ularning shaxsiga oid ba’zan bir xususiyatlarini sinchiklab tahlil qilish asosida muttasil o‘zlashtirmaslikning oldini olish va unga barham berishning optimal yo‘llari aniqlangan. Muttasil o‘zlashtirmaslikka barham berish uchun o‘quvchining o]z kuchiga ishonishi, o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga ishonch bilan qarashi muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchini u o‘quv materiallarini o‘z o‘rtoqlaridan yaxshiroq bila olishi va tushina olishiga "qiyin" degan narsa "qilib bo‘lmaydi" degan ma’noni bildirmasligiga ishontirish kerak. o‘qituvchilar shu narsani hamisha esda tutishlari lozimki, o‘z kuchiga ishonch bilan qarashni tarkib toptirish o‘quvchiga dastlabki va o‘z muvaffaqiyatlarini ham his qilishiga yordam beradi. Shu sababli o‘zlashtirmovchi o‘quvchi bilan ishlashni shunday tashkil etish muhimki, u ‘zini ilgarilab borayotganini his qilsin. Unga dastlabki muvaffaqiyatlari quvonchini his etishga imkon berish kerak. O‘qituvchi o‘quvchining garchi oz bo‘lsa ham, erishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidlash, uning diqqat e’tiborini erishgan ayrim yutuqlariga qaratish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishi muhim. oiladagi o‘zaro munosabatlar omili Odatda ota-onalik hayot maromiga mos keladi. Voyaga yetgan, yetuk, barkamol har bir inson o‘zini o‘z farzandlarida takrorlaydi, o‘zidagi tasavvurlar, qadriyatlar, tajriba, o‘z "Men - konsepsiyasini" bolaga uzatadi. Lekin, tan olish kerak, har doim ham bo‘lg‘usi ota-ona yetarlicha yetuk, oiladan to‘laqonli baxtiyor bo‘lavermaydi, bunday ota-onalarning oila hayotiga psixologik tayyorgarligi masalasi hozircha ochiq qolmoqda. Chunki, asosan ayol kishini mehnatga, jamoat ishiga jalb qilish orqali uni to‘la baxtiyor qila olish degani emas. Psixologik ma’noda ijtimoiy qoniqish bilan shaxsiy qoniqish hissini aralashtirib yuborib bo‘lmaydi. Ana shunday to‘la yetuk bo‘lmagan, to‘laqonli oilaviy baxtiyor bo‘laolmagan, xali o‘zida ana shu to‘laqonlik hissini tuymagan onalarning o‘z farzandlariga nimani uzata olishi va uning oqibati bola psixikasida qanday aks etishi haqida so‘z yuritmoqchimiz. Insoning "Men"i onani taraqqiyot va o‘sishning tashabbuskori va vositachisi deb biladi. Ona bolaning "ichki mohiyati" uchun tug‘ilgandan boshlab unga g‘amxo‘rlik qiladigan, uni himoyaqiladigan va bola bilan atrof muhit o‘rtasida vositachilik qiladigan shaxs hisoblanadi. Bolaning "ichki mo‘iyati" uchun o‘z vaqtida "chetga chiqa oladigan" va uni o‘z tashabbusiga qo‘yib beradigan ona yaxshi ona hisoblanadi. Bola ota va ona obrazida konkret hayoti tarixining boshlanishini ko‘radi va ota-onaga muhabbat aslida bolaning hayotga muhabbatini anglatadi. Inson yetuklikka erishib, mustaqil bo‘lgandan boshlab faqat uning o‘z shaxsiy "ichki mohiyati"gina haqiqiy ota va ona vazifasini bajara boshlaydi. Boshqa tomondan ota-onalik - bu hayotda har bir odamning burchi hisoblanadi, lekin bu vazifani bajarish sifati har bir konkret insonning taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham ba’zan shaxsiy yetuklik darajasiga ega bo‘lmagan ota-onalar bolaning to‘g‘ri shakllanishiga yordam bera olmaydilar, ba’zan esa aksincha bolada o‘ziga xos "edip psixologiyasi" (qarama- qarshi jinsdagi ota-onaga nisbatan jinsiy maylning uyg‘onishi)ning shakllanishiga sabab bo‘ladilar. O‘zbek oilalarida ota va ona, ota-ona va bolalar, bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy ko‘rinishlari haqida behisob fikrlarni aytish mumkin. Odob, ahloq, andisha asosiga quriladigan bunday munosabatlar bir qaraganda to‘laqonli ijtimoiy individni shakllantirish uchun yetarlidek tuyuladi. Bularning hammasi aslida oilaning baxti, oila a’zolarining qoniqish hissi uchun yetarli bo‘lishi kerak edi. Lekin ming afsuski xali hozir ajralishlar sonining ko‘pligi, ajralmay, lekin baxtsiz yashayotgan oilalarning yetarlicha topilishi bizning bu yerda nimanidir hisobga olmayotganligimizni, nimanidir unutib qo‘yayotganligimizni, nimagadir yetarlicha e’tibor bermayotganigimizni ko‘rsatadi. Fikrimizcha ana shu nazardan chetda qolayotgan narsa bu ayolning "shaxsiy vujudiy egoizmi" bo‘lishi mumkin. Aynan biz yuqorida ijobiy omil sifatida sanab o‘tgan, ayrim hollarda chegaradan tashqari taqiqlovchi kuchga ega bo‘lgan odob, ahloq, andisha ayolning "shaxsiy vujudiy egoizmi"ning to‘la qondirilmasligiga, uning frustratsiya (qoniqtirilmagan stimullashgan ehtiyojlar mavjudligi bilan xarakterlanadigan psixik holat)lanishiga sabab bo‘ladi. Natijada ayolda o‘z hayotidan xafsalasi pir bo‘lish, asabiylik, xavotir va umidsizlik holatlari paydo bo‘ladi. Onaning bu holati bevosita uning hayotiy davomchisi bo‘lgan bolasining shaxsiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu narsa yaxshi ma’lumki hayotdan quvona olmaydigan, o‘z ichki mohiyatidan uzoqlashgan, shaxsiy vujudiy "egoizmini" yo‘qotgan ona go‘yoki "niqobda" yashaydi va o‘z bolasi uchun qopqon yaratadi. Emotsiyalarining cheklanganligi sababli bunday ona o‘z bolasini emotsional tobelikda ushlab turish uchun kuchli ehtiyoj sezadi va shu maqsadda o‘z bolasi bilan o‘zaro faoliyatning o‘ziga xos usulini yaratadi. Uzoq davom etadigan "infantillik" (organizm jismoniy va psixik taraqqiyotining tormozlanishi)ni rejalashtiradigan bunday vaziyat bolaga o‘z onasi bilan munosabatning primitiv usulini o‘rgatadi, uning normal taraqqiyotga tomon harakatini tormozlaydi va boladan onaning har qanday yashirin istaklarini albatta bajarishni talab qiladi. Bunday vaziyat "edip kompleksi"ning teskari ko‘rinishini eslatadi. Chunki bunday vaziyatda bola emas, balki ona agressiyaning sababchisi bo‘lib qoladi, "agressiyaning birlamchi qo‘zuvchisi har doim ko‘proq darajada ichki agressiv hisoblanadi va shunday darajada tashqi tomondan rad etiladi". Ko‘p hollarda bular uy xizmatkoriga aylangan (Zumradni eslang), namunaviy infantil yoki frustratsiyalashgan onalar o‘lib, ular o‘z agressiyalarini (qondirilmagan maylar hisobiga to‘plangan tajovuzkorlik) oilaning katta a’zosi - otaga yo‘naltirishadi, bolalarni esa o‘z ehtiyojlariga moslab o‘stirishadi. Ayollardagi bunday psixik holat sekin va uzoq davom etadigan fustratsiya tufayli paydo bo‘ladi va ikkita omil bilan izohlanadi: a) o‘zining ayollik tabiatini yashirish anoanasi, chunki u erkakni faollikka undaydigan darajada haddan tashqari jo‘shqin, bu esa oqibatda ijtimoiy tartibsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ko‘pchilik ayollar ayollik tabiatining nodir qadriyatini anglash o‘rniga o‘zlarida doimiy chuqur aybdorlik hissini tuyadilar, b) o‘zi jinsiy fustratsiyalashgan onaning, tabiat tomonidan berilgan instinktlarni jilovlaydigan, salbiy nazorat ta’siri. ona va qiz o‘rtasidagi emotsional tobelik natijasida ona o‘z qiziga o‘zining jinsiy fustratsiyasini uzatadi, qiz esa o‘zini onasi bilan indektifikatsiya (o‘zini uning timsolida aks ettirib) qilib jinsiy instinktlarining bo‘ib qo‘yilishiga ega bo‘ladi. Hammaga yaxshi ma’lumki qizlarning tabiiy go‘zalligi – bo‘lusi ayol siyrati 16-18 yoshda shakllanadi. Qizlarda vujud ustunligi uyonadi va ulardagi bu tabiiy go‘zallikni, tobora avj olayotgan hayotiy instinktlarni uning o‘zigina emas, atrofdagilar ham payqashadi. Uning hayotiy, tabiiy jinsiy instinktlari go‘yoki namoyon bo‘lishga yo‘l qidira boshlaydi, lekin onaning ovozi unda "ehtiyot bo‘l! Kulfat sodir bo‘lishi mumkin!" - deb eslatib turadi. onaning bunday doimiy tazyiqi hayotiy instinktning harakatiga erkinlik bermaydi va go‘yoki butun hayotiy energiyaning namoyon bo‘lishini bo‘ib qo‘yadi, qiz bolada ichki qo‘rquvni vujudga keltiradi. Fikrimizcha butun gap xuddi ana shu izohsiz "ehtiyot bo‘l! Kulfat sodir bo‘lishi mumkin!" - degan ogohlantirishda bo‘lsa kerak. holbuki ilmiy asoslangan, psixik, jinsiy energiyani sublimatsiya qilish (faoliyatning boshqa turiga yo‘naltirish) usullari ham mavjudki, ko‘pchilik ayollar aynan shu masalalarda savodsizliklari, tajribasizliklari uchun ham oddiy, taodidli ogohlantirish bilan cheklanadilar. Ko‘pgina ayollar o‘ziga jalb qiluvchi va vayron qiluvchi negativ psixologiyani rivojlantirisadi. Bu jarayonda ota-ona manipulyatsiyasining ob’yektiga aylanadi, chunki aynan uning o‘zi o‘z yashirin istaklaridan kelib chiqib, otaning bolalar bilan munosabatini boshqarib turadi. Ya’ni ona otaning bolalar bilan bevosita munosabatga kirishishiga qarshilik qilib, bu munosabatlarni shaxsiy qoniqish olish uchun o‘zi o‘xlagandek tashkil qiladi. ota bolalarni ona qanday tasvirlasa shunday tasavvur qiladi, bolalar esa otaning ona tomonidan filptrlangan obrazini olishadi. Ota bilan bolalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar onaning ichki holati va semantik maydonining (individuumlar o‘rtasidagi amalga oshadigan o‘ziga xos informatsiya almashishi) aksi hisoblanadi. Bunday ona dastavval unga oilaviy dinamikaning namoyon bo‘lishini nazorat qilishga va barcha oila a’zolaridan yuqori darajada emotsional javob olishga imkon beradigan hamma emotsiyalarning epitsentriga aylanadi. Bunday ona odatda o‘z eriga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qiladi: "Bugun o‘lingiz juda yomon ish qildi ... butun vaqtim bolalarga ketyapti, huning uchun sizga vaqt ajrata olmayapman... Bolalarni tarbiyasi bilan ishingiz yo‘q... Aagar bolalar bo‘lmaganda, allaqachon bosh olib ketardim... o‘rinda ham bexavotir yotolmayman, bolalar uyonib qolishi mumkin, chunki men onaman... o‘zim xohlagandek yashashga ham mkonim yo‘q..." Bolalarga esa shunday murojaat qiladi: "To‘polon qilmanglar dadangni uyg‘otib yuborasizlar... Dadangga aytib beraman... Dadang bilsa bormi... Dadang aytdiki... otalaring mening hayotimni barbod qildi... Dadangga tegib nima ko‘ribman... Dadang yaxshi odam, lekin uning hayoti bo‘lak... Dadangni har doim hurmat qil, chunki u sening otang". Ota va bolalar gaplashganda esa, bir-birlariga onaning so‘zlariga qarab baho berishadi. Agar ona jismonan bemor bo‘lsa, unda "yer osti qora pochtasi" yanada qattiqqo‘lroq bo‘ladi. onalarning bunday tipida o‘z manfaatlari uchun ochiq kurashishga jur’at yetishmaydi. Aslida har bir ayol avval o‘zini, keyin erini, undan so‘ng bolalarini o‘ylashi kerak, o‘z egoizmini himoyaqilishi kerak. Fustratsiyalashgan ona butun oilani manipulyatsiya qiladi va birinchi navbatda o‘z bolalarini shaxsiy kompensatsiyalariga qurbon qiladi. Bunday ayollar 40 yoshga yaqinlashib, o‘z omadsizliklarini his qilishgandan so‘ng, ularda xavotirlik hissiga bo‘yalgan "zabt etish" semantikasi yanada kuchayadi. Bu esa boladan judo bo‘lish (turmushga chiqishi, alohida ro‘zg‘or qilishi, ko‘chib ketishi) natijasida paydo bo‘ladigan turli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Yaxshi ona bo‘lish uchun eng avvalo "ayol bo‘lish" va "baxtli odam" bo‘lish kerak. O‘zini, hayotini, butun tabiiy ehtiyojlarini bolalarga, oilaga qurbon qilish yaxshi ona bo‘lish degani emas. Bunday ona avvalo o‘zini aldaydi, qolaversa o‘zi xo‘lamagan holda, ongsiz ravishda bolalar shaxsi taraqqiyotini ham barbod qiladi. Ona eng avvalo o‘zini sevishi, tabiiy impulpslari va ijtimoiy talablarga mos ravishda shaxsiy hayot tarzini anglashi kerak.Buning uchun esa u o‘z turmush o‘rtog‘i bilan qoniqarli aloqada bo‘lishi va o‘zi uchun ma’qul ijtimoiy aloqalarga ega bo‘lishi lozim. Gedonistik (lazzatlanish) sohada amalga oshmagan ayol (yoki amalga oshmagan ota-onalar) vaziyatni har doim o‘zlariga tobe sub’yektlarga tajovuz qilish bilan qoplashga harakat qiladilar. Ko‘pgina onalar o‘zlarining bunday "fazilatlari" bolalarining "aybdorlik hissida" davom etayotganligini payqamaydilar. Har qanday siqib chiqarilgan instinkt sadistlarcha (birovni azoblab lazzatlanish) bevosita tobe odamga uzatiladi. Tobe odam begona emotsiyalar proyeksiyasi ob’yektiga aylanadi. Bitta odam ong osti sohasi bilan boshqa odam ong osti sohasi o‘rtasida aloqa o‘rnatilganda bunday proyeksiya amalga oshaveradi va u nafaqat ona ilan bola o‘rtasidagi aloqada, balki emotsional munosabat mavjud bo‘lgan yoki semantik maydonlari o‘zaro hamkorlikda bo‘lgan har qanday odamlarda namoyon bo‘laveradi. Aytish mumkinki, agar organizm uzoq vaqtgacha asosiy hayotiy ehtiyojlari frustratsiyalashgan boshqa organizmning ta’siriga tushib qolsa, unda bunday organizm begona semantikaning salbiy ta’siri doirasiga tushib qoladi. Frustratsiyalashgan, shaxsiy vujudiy egoizmini yo‘qotgan, ichki mohiyatidan uzoqlashgan bunday onaning bolalar shaxsi shakllanishiga ta’sirini tasavvur qilish qiyin emas. O‘z-o‘zidan shunday savol tuiladi, ayollarda bunday negativ psixologiyaning shakllanishiga nima sabab bo‘ladi. Avvalo o‘zi yoshligida doimiy ta’sir doirasida bo‘lgan o‘z onasining salbiy semantik maydoni, qolaversa uning o‘z turmush o‘rtoi. Er turmush o‘rtog‘ini har qanday holatda asta-sekinlik bilan bunday psixik holatdan chiqarib olishi mumkin, lekin bu sohadagi savodsizlik va tajribasizlik to‘sqinlik qiladi. "Ayollar o‘rtasida olib boriladigan ishlarning shakllarini kengaytirish, ularning ilmiy va madaniy saviyasini ko‘tarish kerak. Shuni unutmaylikki jamiyatning demokratik o‘zgarishlar yo‘lidan nechog‘li ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollariga bo‘lgan munosabati uning madaniy-ma’naviy saviyasini belgilaydi". Umuman olganda, oldingi bandda tilga olganimizdek, ichki psixik energiya har bir odamda doimiy ravishda to‘planib turadi, bu xuddi tiriklik belgisidek gap va bu energiya agressivlik va seksuallik ko‘rinishida jinsiy va ijtimoiy muloqot kanali orqali sarf bo‘lib turishi shart. Sarf bo‘lmagan energiya esa yoki individual nevrozlarga yoki ijtimoiy nevrozlarga sabab bo‘ladi. Nevrozning har ikkala turi ham inson salomatligi va jamiyat barqarorligi uchun xavflidir. Shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan to‘plangan agressiyani chiqarib tashlash, psixik taranglikni yumshatish muhim. Energiyaning uzoq vaqt to‘planib turishi esa ijtimoiy noroziliklarning o‘sishiga va bir kun uning vulqon ko‘rinishidagi keskin harakatlarga aylanib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Psixik taranglikni yumshatishning ko‘plab usullari mavjud. Maktablarda o‘smirlik va undan yuqori yoshdagilar uchun doimiy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, shoular tashkil qilish, talabalar uchun bulardan tashqari turli aqliy baxslar, ommaviy bayram tadbirlarini, ommaviy mehnat faoliyatini tashkil qilib turish, umuman yoshlar uchun ko‘ngilochar maskanlarni ko‘paytirish maqsadga muvofiq natijalar berishi mumkin. Xalq uchun sayllar, bunda ommaviy xalq o‘yinlari: uloq, kurash, kabilarni tashkil qilish agressiyani pasaytirishning eng ma’qul usullaridan sanaladi. Umuman, jamiyatda shunday ijtimoiy barometrni tashkil qilish kerakki, toki u ijtimoiy kayfiyatning har qanday o‘zgarishini oldindan payqash va zarur tadbirlarni belgilash imkonini bersin. oilada bolalarni to‘ri tarbiyalash shartlari Ota-onalarning o‘z hayotlari, turmush tarzlari bola shaxsidagi ilmiy dunyoqarash asoslari ma’naviy, ahloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Respublikamizning ma’naviy hayoti va uning o‘ziga xos tomonlari muttasil rivojlanmoqda. Shaharlarning ko‘payishi, aholi o‘sishi yashash sharoitining yaxshilanishi madaniy va moddiy tomondan yuksalishi oilalarning yuksalishiga va bolalarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib kamol topishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘p bolalilik avvaliga nisbatan kamayib orayotganiga qaramay, hali ham bu ko‘rsatkich o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Mehnatkash xalqimiz "Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor" deb bejiz aytishmagan. Sir emas Markaziy osiyo respublikalarida, jumladan o‘zbekistonda ko‘p bolalikdan 3-4 taga keyin 1-2 taga o‘tish fakti yil sayin ko‘paymoqda. Pedagogik jihatdan yakka bolalik tarbiyani qiyinlashtiradi. oiladagi yakka farzand kattalarni "jonli o‘yinchoqlari", sevgi va ururlari, erkatoylari bo‘lib v о go‘yaga yetadi. Bu qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini tahlil qilaylik: 1. Ijtimoiy va ruhiy nuqtai nazardan bolasizlik yoki kam bolalik oila mustahkamligini barbod qiladi. Respublikamizdagi ajralishlarning aksariyati yo bolasi yo‘q yoki kam bolali oilalarga to‘g‘ri keladi. 2. Tibbiyot borasidagi tadqiqotlar va antropogen omillarning ko‘rsatishicha hayot qiyinchiliklarini bartaraf eta oladigan bolalar deb oiladagi ikkinchi yoki uchinchi bola belgilangan. Yakka bola bilan chegaralanish kelajakda deffektli shaxslarning ko‘payishiga olib keladi. A.S.Makarenko ta’kidlaganidek "Qat’iy aytish mumkinki yog‘iz o‘g‘il yoki qiz tarbiyalash bir necha bolani tarbiyalashga qaraganda ancha qiyin ish. Agar moddiy jihatdan bir muncha qiynalganda ham yolg‘iz bola bilan kifgo‘yalanib qolish yaramaydi. "Agar oilada o‘zaro yordam, bir biriga ishonch holati mavjud ekan, bunday oilada samimiy, mehribon, o‘rtoqlariga doim yordam berishga tayyor bo‘lgan inson kamol topadi. O‘zida odobli kishiga xos fazilatlarni mujassamlashtirgan kishilarning oilalarida doimo huzur-halovat va samimiy hurmat qaror topadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarda kattalar bilan munosabatda bo‘lish hissi kuchli bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda tinch totuv yashaydiganlarning oilalaridagi bolalar ham shu oilada mavjud bo‘lgan ahloqiy hislatlar: hushmuomilalik, odoblilik, kattalarga hurmat, kishilarga g‘amxo‘rlik qilish, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ayniqsa ayollarga nisbatan ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik kabi ijobiy hislatlardan namuna oladilar. Darhaqiqat, oila jamiyat hayotini olg‘a yetaklovchi, kelajak avlodni tarbiyalab yetishtiruvchi, kamol topishi uchun ma’sul bo‘lgan g‘o‘yat muhim boshlanich guruhdir. Oila erkak va ayollarning to‘la teng xuquqligi, oila uchun barobar javobgarligi asosida quriladi. Oiladagi daromadlarning o‘sishi, bir tomondan ota-onalarning bilish saviyalari va madaniy hayotlarining yaxshilanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, oila a’zolarining yuqori ma’naviy ehtiyojlarining ijobiy shakllanishiga, oilaviy munosabatlarining takomillashuviga, boyishiga, kattalar va kichiklar orasidagi muloqat mazmuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayotimizning ko‘rsatishiga, tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilish orqaligina oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya uyunligini ta’minlash mumkin. Demak, oila hayotini tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish uchun o‘qituvchilar keng jamoatchilik pedagogika fani orqali aholiga ko‘maklashishi, ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini ishlab chiqishlari lozim. Pedagog olimlar tadqiqotlarida isbotlanganidek, oilaviy tarbiyaga doir ishlar quyidagi sharoitlarda bajarilsa, tarbiya samaradorligi yanada oshadi: 1. Maktab o‘zining barcha ta’sirlari majmuyini oilaviy tarbiya jarayoniga izchil yo‘naltirsa; 2. O‘qituvchi jamoasi oila bilan o‘zaro hamkorlik davrida o‘zlarining yetuk pedagogik tarbiyaviy talablarini to‘g‘ri tashkil etsa; 3. Xalq ta’limi bo‘limi muassasa va tashkilotlar, ota-onalarni tarbiyaviy jarayonga uyushtirsa; 4. O‘qituvchilar tomonidan oilaviy tarbiyaga rahbarlik bolalar maktabga kelmasdan oldin boshlansa va bu ish doimiy davom ettirilsa, oila maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalasidir. Chunki, birinchidan, oila tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muammolardan tashqari jamoalar, kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh urular turli mehnat jamoalarining vakillari bo‘lib, yoru do‘stlarining ma’naviy hayotlaridagi omillarni muxokama qiladilar, ularning hayotga, sanoatga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarda tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab, o‘z ota-onalariga baho beradilar. Uchinchidan, o‘zbek oilalarining hayoti tarzida ijtimoiy voqealar natijasida sifat jioatidan yangi o‘zgarishlar qilish uchun yangi samarali yo‘l va usullar qidirmoq zarur. Oilada farzand paydo bo‘ladi. Farzandning oilaga qancha shodlik, qancha tashvish keltirishi uni to‘g‘ri va bilib tarbiyalashga bog‘liq. Bola tug‘ilishi bilan bir qator savollar paydo bo‘ladi: Bolani qanday tarbiyalash kerak, tarbiya asosida nima yotadi, bola odob axloqli, xushxulq bo‘lib o‘sishi va yomon odatlarga o‘rganmasligi uchun nimalar qilish kerak? Bolani albatta gapga kiradigan qilib o‘stirish kerakmi, qanday jazo usullarini qo‘llash kerak? Taltayib ketgan bolani qanday qilib qayta tarbiyalasa bo‘ladi? Televizion ko‘rsatuvlarni ko‘rishga qanday qarash kerak, nima uchun bitta oilada har hil bolalar o‘sadi? Chapaqay bolani o‘ng qo‘lga o‘rgatish kerakmi?Bolaga raxm qilib yoki uning harxashasiga yuragi dosh bermay, nima desa shuni qiladigan ota-onalar xatoga yo‘l qo‘yadilar, oqibat natijada shunday bo‘ladiki bola 3 yoshga kirganda hamma narsa men uchun qilinishi kerak deb o‘ylaydi. Talablari bajarilmaganda u yig‘laydi, injiqlik qiladi. Bunday vaqtda ota-ona kelishib ish ko‘rishi kerak. Masalan: Bola birorta o‘yinchoqni sotib olib berishlarini so‘raydi, ota bunga ko‘nmaydi, chunki bola keyingi vaqtlarda o‘zini yomon tutgan, ona esa otaning yonini olishni o‘rniga shu o‘yinchoqni olib beradi. Ota-onalarning bunday harakati bolani yolg‘on gapirishga majbur qiladi. Ota- onaning ayniqsa, bola oldida janjallashishi, xususan bola tarbiyasi ustida tortishishi juda yomon. Bunda bolaning fikrlari buziladi. Unda kattalarning talablariga umuman quloq solmaslik yoki ota-ona o‘rtasidagi kelishmovchilikdan osongina foydalanish shakllanadi. Bolani birorta ishni yaxshi qilganda, maqtaganda, birorta ayb qilib qo‘yganda muloyimlik bilan aybini aytganda, buni tushunishga o‘rgatish kerak. Faqat baqiriq- chaqiriq bilan bo‘ysunishga olib bormaslik lozim. Bolani chaqaloqligidanoq gapga kiradigan, mo‘min qilib tarbiyalash kerak. Bolaning gapga kiradigan bo‘lishi uchun unga oqilona, qo‘lidan keladigan talablarni qo‘ying. Man etishlar asosli bo‘lishi lozim. Aqli yetib turgani holda, hamma narsani qilishga ruxsat berish mumkin emas, biroq hamma narsani man etmaslik ham kerak. Oila inson shaxsini tarkib topishida alohida muhim hisoblanadi. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarini va ularning muammolarini o‘rgangan Venger sotsiologi M.Koshli 10-14 yoshli maktab o‘quvchilarining o‘qishga va mehnatga bo‘lgan munosabatiga ta’sir qiluvchi oila muhiti omillarini to‘rt guruhga ajratadi: 1. Ota-onalarning jamoatchilik faoliyati, ularning siyosiy pozitsiyalari va ishiga bo‘lgan munosabatlari; 2. Ota-onaning o‘zaro munosabati, ota-onaning buvi - buvalarga munosabati, ota-onalarning farzandlariga munosabati, aka-ukalar, opa-singillarning o‘zaro munosabatlari; 3. Ota-onalarning tarbiyaviy, pedagogik faoliyati, maktab bilan hamkorligi va ularning tarbiyaviy ta’siri; 4. Oiladagi o‘quvchilarning faoliyati, ularning kun tartibi va xo‘jalik ishlaridagi majburiyati .M.Koshli tomonidan yiilgan ma’lumotlar tahlili natijasida oila uch toifaga ajratiladi: 1. Ijobiy; 2. o‘zgaruvchan; 3. Salbiy. V.M.Slivanov oilada shaxsning tarkib topish jarayonini o‘rganib, uning uch ko‘rinishga mansubligini ko‘rsatadi: 1. Shaxslararo munosabatlar, yuksak axloqli, insoniy tamoyillardan kelib chiqqan oila; 2. Umumbashariy yo‘nalish uzil kesil xal qilinmagan, oilaviy munosabatlar niqoblangan oila; 3. Meshchanlik udumi va ideallari hukmronlik qiluvchi oila.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki oila omillari o‘smir tarbiyasida muhim hisoblanadi. Shuning uchun o‘smirlar tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligiga erishish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1.Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi maoruza, 1995 yil 23 fevral. 2.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T. O‘zbekiston, 1997 - 326 b. 3.Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisining IX sessiyasidagi ma’ruza. 1997 yil 29 avgust. 4. www.ziyonet.uz