logo

Muomala rivojlanishi gо‘daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, о‘smirlik va о‘spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

89.5 KB
Muomala rivojlanishi gо‘daklik, ilk bolalik, maktabgacha yoshdagi, о‘smirlik va о‘spirinlik, yetuklik va keksalik davrida muomala Reja: 1. G о ‘daklarning kattalar bilan b о ‘ladigan muomala. 2. Ilk bolalik davrida muomalaning о ‘ziga xosligi 3. Kichik maktab yoshidagi bolalar muomala. 4. О ‘smirlarning kattalar bilan b о ‘ladigan muomala.  G о ‘daklarning kattalar bilan b о ‘ladigan muomalai. Oilada bola tug‘ilishi bilan oila a’zolari u bilan muomalaga kirishishga harakat qiladilar. Lekin chaqaloq muomalaga darhol tayyor b о ‘lmasdan, u uxlaydi, yig‘laydi va emadi. Chaqaloq о ‘zining hayotini shartsiz refleks, ya’ni qichqiriq bilan boshlaydi. Birinchi qichqiriq nutqning birinchi belgisidir. Ayrim olimlar birinchi qichqiriqni salbiy emotsiya deb ataydilar. Haqiqatdan ham chaqaloq о ‘zining qichqirig‘i bilan uyquga, ovqatga, issiqlikka b о ‘lgan ehtiyojini bildiradi. Insonning tabiati shundayki, u atrofdagilar bilan muomalada b о ‘lmasdan yashay olmaydi. Bola tug‘ilganda uning onasi о ‘zining mehrini muomala orqali beradi. Shuningdek, oilaning boshqa kattalari ham chaqaloq bilan muomalada b о ‘lmasdan turolmaydi. Kattalar tomonidan b о ‘ladigan t о ‘g‘ri muomala chaqaloqda muomalaga b о ‘lgan ehtiyojni shakllantiradi. Chaqaloqda birinchi u bir oylik b о ‘lganda “ga”, “da”, “ua” kabi nutq belgilari paydo b о ‘ladi. Bolaning muomalai reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda b о ‘ladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muomalai dastlab kattalarning labi va k о ‘zlariga qarashdan boshlanadi. Ijobiy muomalada b о ‘lish uchun kattalar bolaga k о ‘proq kulgulari bilan ta’sir etishlari maqsadga muvofiqdir. Bolani q о ‘lga olib k о ‘targanda u juda xursand b о ‘ladi. Bir yarim-ikki oylikda bola kattalarning jilmayishiga о ‘zining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ona bola uchun ehtiyojlarini qondiruvchi eng asosiy kishi . Ona uchun ham bola barchadan aziz. Kattalar g о ‘daklar bilan doimo ijobiy emotsional munosabatda b о ‘lishlari zarur. 4-5 yoshli g о ‘dakning munosabati о ‘ziga xos harakterga ega. U о ‘z oila a’zolarini begona kishilardan ajratadi. Kattalar doimo g о ‘dak atrofida parvona b о ‘laversalar, u о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynamaydi, balki g о ‘dak onasidan ajrasa injiq b о ‘lib qoladi. 7-9 yoshli bola kattalarning nutqini va harakatini diqqat bilan kuzatadi. S о ‘ngra u kattalarning og‘zidan chiqqan s о ‘zlarni takrorlashga harakat qiladi. Bu davrdagi bolalar kattalarning harakatlarini taqlid qilish orqali egallaydi. Masalan, stolni ustini artishga, idish-tovoqlarni k о ‘tarishga harakat qiladi. Kattalar bolaning ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, predmetlar bilan harakat qilishga ham о ‘rgatadilar, ya’ni hatti-harakatlarini boshqaradilar. Bir yoshgacha bola kattalarning nutqini tinglaydi. О ‘yinchoq -k о ‘ngilochar predmet b о ‘lib qolmasdan, balki bolaning ruhiy rivojlanishi vositasidir. 2-3 yoshli bola о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynay boshlaydi. О ‘yinchoqlar yorqin rangli, q о ‘ng‘iroqli ovozli b о ‘lishi bolada ijobiy emotsiyani keltirib chiqaradi. Onasi bolaga о ‘yinchoqlar bilan qanday о ‘ynashni о ‘rgatadi. О ‘yinchoqlarning tovushlari bolaning kayfiyatini yanada k о ‘taradi, uning idrokini rivojlantiradi. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda о ‘yin b о ‘lib hisoblanadi. Kattalar о ‘yinchoqlar tilidan bola bilan muomalada b о ‘lishlari muhim ahamiyatga ega. О ‘yinchoq bilan о ‘ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og‘ziga solishga, ichini ochib k о ‘rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi о ‘yinchoqdan tashqari qog‘oz, qalam ham berish kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin b о ‘ladi. О ‘yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muomalaini rivojlantirishda kattalar muhim rol о ‘ynaydilar. Chunki bolalar hali mustaqil harakat qila olmaydi, ongi yaxshi rivojlanmagan. Bolaning ongini о ‘stirish uchun о ‘yinchoqlar va о ‘yin turlaridan k о ‘proq foydalanish yaxshi natija beradi. Ilk bolalik davrida ham о ‘yinning ahamiyati katta. О ‘yin orqali bolalarda ruhiy xususiyatlar rivojlanadi. Bu davrdagi bolalar predmetli о ‘yinchoqlarni k о ‘proq о ‘ynaydilar. Ayniqsa didaktik о ‘yinchoqlar bola hayotida muhim о ‘rin egallaydi. Bola endi bitta о ‘yinchoq bilan emas, balki bir necha о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynaydi. Bu davrda bolalar kattalar bilan muomalada b о ‘lishga nisbatan k о ‘proq о ‘yinchoqlar bilan muomalada b о ‘ladilar. Maktabgacha yoshidagi bolalar о ‘yinda kattalarning hatti-harakatlari, о ‘zaro munosabatlarini taqlid qilish orqali ifodalaydilar. Bu ularda muomalani rivojlanishiga yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi о ‘quvchilarda о ‘yin faoliyati о ‘ziga xos harakterga ega. Ular k о ‘proq harakatli, sport harakteridagi о ‘yinlarni о ‘ynaydilar. О ‘yin orqali о ‘quvchilar bir-birlari bilan muomalada b о ‘ladilar. О ‘smirlarda, ayniqsa, 5-6- sinf о ‘quvchilarida о ‘yinga b о ‘lgan ehtiyoj saqlanib qoladi. Tanaffus paytlarida, darsdan b о ‘sh vaqtlarida о ‘smirlar о ‘yin faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Ularda о ‘yin orqali muomala shakllari rivojlanadi. Umuman о ‘yin faoliyati bolalar hayotida muhim о ‘rin egallaydi. Ilk bolalik davrida muomalaning о ‘ziga xosligi. Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram b о ‘ladilar, chunki ularning mustaqil harakat qilishlari qiyin b о ‘ladi. Hatti-harakat xulq normalarini bolalar kattalar orqali о ‘rganadilar. Bu davrda bola xulqining motivi anglanilmagan b о ‘ladi. Bolaning ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bog‘liqdir. Chunki bola kattalar kutgan muomalani darhol bera olmaydi. Bola predmetlarga b о ‘lgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni q о ‘llash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga qanday talablar q о ‘yishlari muhim о ‘rin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam muomalada b о ‘lsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Muomalaga b о ‘lgan ehtiyoj bolada о ‘z- о ‘zidan rivojlanmaydi, balki predmet faoliyati b о ‘yicha kattalarning muomalai orqali о ‘sadi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil y о ‘l orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muomalai faqatgina s о ‘zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. B о ‘lar harakatga signal b о ‘lib xizmat qiladi. 2 yoshli bolalar oldida о ‘yinchoqlar turgan b о ‘lsa onasi unga “ber menga”deb о ‘yinchoqni k о ‘rsatsa darhol bola uni olib beradi. “Mumkinmas” degan s о ‘z bolaning harakatlarini t о ‘xtashiga signal b о ‘lib xizmat qiladi. Masalan, rozetkaga q о ‘li tegayotganida, qizib turgan dazmolga q о ‘li yaqinlashayotganida, oyoq kiyimlarga q о ‘lini tekkazayotganida bu s о ‘zni aytilishi bola harakatlarini t о ‘xtashiga olib keladi. 3 yoshga t о ‘lganda bola kattalar bilan munosabatlarga bemalol nutq orqali kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini о ‘zi kiyishga harakat qiladi. О ‘z ehtiyojlarini s о ‘zlar orqali bayon qila oladi. Chunki nutqni t о ‘la egallaydi. Bola kattalarning k о ‘rsatmasiga binoan hatti - harakatlarini t о ‘g‘ri y о ‘naltirishga о ‘rganadi. U kattalarning о ‘zaro muomalaini jon qulog‘i bilan eshitadi, tushunishga harakat qiladi. Bu davrda bolalar ertak, hikoya, she’rlarni eshitishni juda yaxshi k о ‘radi. Bu bolaning tashqi olamni bilishiga katta ta’sir k о ‘rsatadi.1,5 yoshli bolalar 30-40 s о ‘zdan 100 gacha b о ‘lgan s о ‘zlarni egallaydi, holos. 2 yoshdan s о ‘ng bolalar kattalarga juda k о ‘p savollar bilan murojaat qiladilar. “Bu nima?”, “nimaga bunaqa?” kabi savollar bolaning nutqini о ‘sayotganidan dalolat beradi. 2 yoshni oxirigacha bola 300 ta s о ‘zni о ‘rganadi. 3 yoshning oxiriga borib, 500-1500 gacha s о ‘zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi bolalar nutqi avtonom b о ‘ladi, ular nonni “nanna”, suvni “umma”kabi iboralar bilan ataydi. Asta-sekin kattalar bolalar bilan t о ‘g‘ri muomalada b о ‘lsalar, bu avtonom nutq y о ‘qolib boradi, ya’ni bola har bir narsaning о ‘z nomi bilan ayta boshlaydi. Bolaning bitta aytgan s о ‘zi uning aytmoqchi b о ‘lgan gapini ifodalab beradi. Masalan, “oyi”desa oyisi bolaga non berishi yoki suv olib berishi mumkin. Shu bilan bolaning ehtiyoji qondiriladi. Bolani muomalaga о ‘rgatish uning ruhiy jarayonlarini ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Bu davrdagi bolalar nimani xohlasa о ‘sha zahoti namoyon b о ‘lishi kerak. Lekin buni asta-sekin tarbiyalash orqali y о ‘qotish mumkin, ya’ni sabrli b о ‘lishni bolaga yoshlikdan о ‘rgatish lozim. 3 yoshli bolalarda birinchi“inqiroz”davri boshlanadi. Bu davrda bolalarda «hamma ishni о ‘zim qilaman», “men о ‘zim”degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq b о ‘lib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda e’tiborliroq b о ‘lishlari lozim. 3 yoshdan s о ‘ng bolalardagi krizis(inqiroz) davri sekinlashib qoladi. Bolaning kattalar bilan b о ‘ladigan muomalalari normallashadi. Bola bu yoshda ota-onaning diqqat markazida b о ‘lmaydi, chunki uning kichik ukasi b о ‘lishi mumkin. Hozirgacha u kattalarning diqqat-e’tiborida b о ‘lgani uchun endi uning fikricha ota-onasi faqat bir-biri bilan munosabatda b о ‘lib, unga e’tibor bermay q о ‘yishyapti. Unga tushunarli b о ‘lmagan narsalar haqida gaplashadilar. Bu unga yoqmaydi, natijada injiq b о ‘lib qoladi. Haqiqatda esa bola ancha mustaqil b о ‘lib qolgani uchun onasi undan k о ‘ngli t о ‘lib, kamroq e’tibor beradi, bu esa bolaga yoqmaydi. Shuning uchun ota-ona bu davrdagi bolalarga e’tiborliroq b о ‘lishlari lozim. Shunday vaziyat ham b о ‘ladiki, oilada bola yo onasi bilan qoladi, yoki otasi bilan yashaydi. K о ‘pincha bola balog‘atga yetmaganligi uchun onasi bilan yashaydi. Bunday oila not о ‘liq oila deyiladi. Bunday oilada о ‘sayotgan bola avval otasi y о ‘qligini his qilmaydi, lekin birdaniga his qilib, u q о ‘zg‘aluvchan, hissiyotga beriluvchan b о ‘lib qoladi. Bu paytda onasi qaysidir qarindoshidan iltimos qilib, otasi о ‘rniga bola bilan muomalada b о ‘lishlarini s о ‘rashi zarur. Ota-onalar farzandi uchun mas’uliyatlilikni his qilishlari lozim. Chunki bola ota-onasining munosabatlarida aybdor emas. Agar bola sog‘lom о ‘ssa, uni bolalar bog‘chasiga beriladi. U yerda bola yangi kishilar bilan, yangi tengdoshlari bilan yangicha munosabatlarga kirishadi. Bu davrdagi bolalar о ‘yini ham о ‘ziga xos b о ‘ladi. Bolalar о ‘yinda turli rollarni о ‘ynaydilar. О ‘yin qoidalariga rioya qila boshlaydilar. Muomala shakllari bola hali guruh b о ‘lib о ‘ynamasidan avval, ya’ni о ‘z- о ‘zi bilan о ‘ynaganidayoq shakllanadi. Bu davrda bola о ‘yin о ‘ynaganida k о ‘proq о ‘zining hatti-harakatlariga e’tibor beradi. О ‘zaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muomalaga kirisha boshlaydi. 4 yoshli bolalar esa k о ‘proq boshqa bolalar bilan muomalada b о ‘lishga harakat qiladilar. Bu bosqichda bolalar bir-birlari bilan о ‘yinchoqlarini almashtiradilar, bir-birlariga yordam bera boshlaydilar. Hamqorlikda о ‘ynaladigan о ‘yinda bolalar bir-birlarini tushunishga, bir-birlariga yordam berishga о ‘rganadilar. Endi bola о ‘zi о ‘ynamasdan boshqa bolalar bilan о ‘ynashga harakat qiladi. О ‘yin о ‘ynaganda bolalar k о ‘pincha boshliq b о ‘lishga harakat qiladilar. Kim о ‘yinni tashkil qilsa u doimo boshliq b о ‘lgisi keladi. Shunda konflikt (nizolar) kelib chiqadi. О ‘yindan qoniqmagan bola “men о ‘ynamayman, sen bilan,”deb noroziligini bildiradi. О ‘yin vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini rivojlantiradi. Kichik va о ‘rta maktabgacha yoshdagi bolalarda s о ‘z boyliklari о ‘yin faoliyati orqali ortib boradi. Mashg‘ulotlar orqali bolalarda nutq rivojlanib boradi. Chunki mashg‘ulotlarda bolalar she’r yodlaydilar, ertaklar eshitadilar. О ‘g‘il va qiz bolalar о ‘rtasidagi munosabatlar bolalar bog‘chasida о ‘ziga xos xususiyatga ega. Bolalar bog‘chasi bola uchun faqatgina tashqi olamni bilish, dunyoni hissiy baholash emas, balki о ‘z tengdoshlari bilan muomalada b о ‘lish imkoniyatini beradigan joydir. Ayniqsa о ‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar о ‘rtasidagi munosabatlar о ‘ziga xos tarzda amalga oshadi. Bog‘chada bolalar jamoasi shakllanadi. Ilk bolalik davrida bola о ‘g‘il bola bilan qiz bolani ajrata olmaydi. О ‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar esa ajrata boshlaydilar. Kattalar bolaga о ‘g‘il bola qanday b о ‘lishi kerakligi, qiz bola qanday b о ‘lishi kerakligi haqida tushuntiradilar. Masalan, о ‘g‘il bola yig‘lasa “ yig‘lama, sen erkak b о ‘lishing kerak”, “qiz bolamisan?”deb, qizlarga esa “daraxtga tirmashma, sen qiz bolasan”kabi iboralar bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari bolalar katta erkak va ayollar xulq - atvorlariga qarab ham о ‘zlarini qanday tutishni о ‘rganadilar. О ‘yin faoliyatlarida erkak va ayollarga xos xususiyatlarni namoyon qiladilar. Demak, bu davrdagi bolalarda muomalaning shakllanishi о ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muomalani rivojlantirish tarbiyachilarning mahoratiga bog‘liq, ya’ni mashg‘ulotlarning t о ‘g‘ri tashkil qilinishi muhimdir. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar endi о ‘zlari mustaqil harakat qila oladilar. О ‘zlari yuvinadilar, qiyinadilar. Lekin baribir ular ota-onalarining erkalashlariga, diqqat-e’tiborida b о ‘lishga harakat qiladilar. Ota-onalar bola tarbiyasida quyidagi usullardan foydalanadilar: 1. Avtoritar uslub - boshqarish qattiqq о ‘llik asosida olib boriladi. Boladagi tashabbus ota-onalar tomonidan ta’qiqlanadi. Har bir hatti-harakati albatta jazolanadi. Bu usul orqali tarbiyalangan bolalar q о ‘rqoq, jur’atsiz b о ‘lib qoladilar, о ‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmaydilar. Chunki ota-ona unga sharoit yaratib bermaydi. 2. Liberal uslub - bu usulda ota-ona farzandiga befarq b о ‘ladi, u nimaga qiziqadi, nimaga layoqati borligiga qiziqmaydi. Bola nima yomon, nima yaxshiligini bila olmaydi. Natijada bolalar mustaqil va faol harakat qila olmaydilar. 3. Demokratik uslub - tarbiyaning mahsuldor usuli b о ‘lib, unda ota-ona farzandiga bor mehrini berib, uning qiziqishlari, imkoniyatlari bilan hisoblashadi. Bolaning erkin fikrlashini istaydi. Bu usul bolani t о ‘g‘ri tarbiyalash imkonini beradi. Ayrim oilalarda bola yolg‘iz farzand b о ‘lgani uchun ota-ona unga barcha mehrlarini berib, uni erkalatib, xudbin qilib q о ‘yishlari mumkin. Yoki bola ukalari tug‘ilganda ham о ‘zini yomon his qiladi. Chunki ota-ona endi kichik farzandiga k о ‘proq e’tibor beradi. Bunday holatlarda kattalar bolaga u endi mustaqil ish qila olishi, aqlliligini tushuntirsalar, shunda u kichik ukalariga nisbatan mehrli b о ‘ladi. Tarbiyachi guruhga uyda tarbiyalangan yangi bola kelib qushilganida boshqa bolalarga u bilan iliq munosabatda b о ‘lishlarini tushuntirishi lozim. Unga k о ‘proq e’tibor berish, yaxshi muomalada b о ‘lish kerak, shunda bola yangi muhitga tezroq k о ‘nikadi. Agar tarbiyachi yangi kelgan bolalarga mashg‘ulotlar davomida yaxshi muomalada b о ‘lsa, qolgan bolalar undan о ‘rganadilar. Tarbiyachi bolalar bilan d о ‘st sifatida munosabatda b о ‘lsa, bunday guruh uyushgan b о ‘ladi, bir-birlari bilan iliq munosabatda b о ‘lishni о ‘rganadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda о ‘yin faoliyati orqali irodaviy sifatlari shakllanadi. О ‘yinda bolaning emotsional rag‘batlantirilishi yaxshi natija beradi. О ‘yin faoliyati bolalarning bir-birlari bilan muomalada b о ‘lishlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, rolli о ‘yinlar orqali bolalarning bir-birlariga b о ‘lgan munosabatlarini aniqlash mumkin b о ‘ladi. Shuningdek, о ‘yin orqali bolalarda boshqalarga nisbatan g‘amx о ‘rlik, t о ‘g‘ri munosabatda b о ‘lish, ehtiyojlarini qondirish amalga oshiriladi. О ‘yin faoliyatida bolalar о ‘yin qoidasiga rioya qiladilar, “onasi unday qilmaydi”, “doktor bunday ukol qilmaydi” kabi fikrlari bilan bir-birlarini harakatlarini t о ‘g‘rilab turadilar. О ‘yin bolaning kattalar hayotini t о ‘g‘ri tushunishlariga yordam beradi. Muomalaga b о ‘lgan ehtiyoj о ‘yinda qondiriladi. О ‘yin qoidasini buzganda bola samimiylik bilan “endi bunday qilmayman”deydi. Demak, о ‘yin bolani samimiylikka, his-tuyg‘ularini tarbiyalashga, boshqalarga yaxshiliq qilishga, t о ‘g‘ri muomalada b о ‘lishga о ‘rgatadi. О ‘yin qoidasini buzadigan bolalar oxiri yakkalanib qoladilar, qolgan bolalar uni yoqtirmaydilar, u bilan о ‘ynagilari kelmaydi, hatto u bilan muomalada b о ‘lishni ham istashmaydi. О ‘yinni musobaqa tarzida tashkil qilishda tarbiyachi ehtiyotkor b о ‘lishi lozim. Chunki о ‘yinda yutqazgan bolalarda yutgan bolalarga nisbatan adovat tug‘ilishi mumkin. О ‘yindan s о ‘ng ular nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi hali yaxshi rivojlanmagan b о ‘ladi. Ular “u yig‘layapti”, “u yiqildi”kabi 3 - shaxs birligini q о ‘llash orqali og‘zaki fikrini bayon etadilar. Maktab yoshiga yetgandagina bu holat y о ‘qoladi. Bolalarning nutqi hali tarbiyalanmagan b о ‘lgani uchun ular tarbiyachining fikrini oxirigacha eshitgilari kelmaydi. Ular о ‘yin qoidasini eshitmasdan tezroq о ‘ynagilari keladi. Bolalarga egotsentrik ( о ‘ziga qaratilgan) nutq xos b о ‘ladi. Bola bu davrda ham о ‘yinga b о ‘lgan ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. U yangi о ‘yinchoqka nisbatan “eski” о ‘zining doim о ‘ynaydigan о ‘yinchog‘i bilan о ‘ynashni yaxshi k о ‘radi. q о ‘g‘irchoq- sadoqat va refleksiyani shakllanishida ajoyib vosita. Bolaning q о ‘girchog‘i bilan b о ‘ladigan muomalai uning kattalar bilan b о ‘ladigan muomalaiga taqlid qilishidir. +iz bolalar k о ‘proq q о ‘g‘irchoqlar, idish-tovoqlar ( о ‘yinchoq) bilan muomalada b о ‘lsalar, о ‘g‘il bolalar esa turli о ‘yinchoqlar (samolyot, koptoq, t о ‘pponcha, mashina, velosiped) bilan muomalada b о ‘ladilar. Q iz bolalar о ‘g‘il bola q о ‘g‘irchoq о ‘ynasa uning ustidan kuladilar, tanbeh beradilar. Demak, bolalar jinsga qarab о ‘yinchoqlarni tanlaydilar. Maktab yoshiga yetganda ham bolalar о ‘zlarining sevgan о ‘yinchoqlaridan voz kechmaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar muomala s i. Bola endi maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muomalada b о ‘lgan b о ‘lsa, endi maktab о ‘qituvchisi, sinf rahbari bilan ham muomalada b о ‘ladi. Bolalarda bu davrda mas’uliyat hissi shakllanadi. Bolalar nutqining о ‘sishida ularning maktabda о ‘qishi katta rol о ‘ynaydi. Bola maktabgacha yoshda о ‘ylamasdan gapiradi, maktabda esa bola gaplashayotgan til о ‘qitiladigan va о ‘rganiladigan ilm b о ‘lib qoladi. Grammatikani о ‘qib о ‘rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati t о ‘g‘ri b о ‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi. Maktabda о ‘qitilayotgan hamma fanlarni о ‘rganish jarayonida о ‘quvchi nutqining lug‘ati boyiydi, s о ‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining о ‘sishida muhim bosqich b о ‘ladi. Bola о ‘z fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga harakat qiladi. О ‘quvchi о ‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganda о ‘zining shu ishiga baho berilishini, о ‘z fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab baho berilishini oldindan bilib turadi. О ‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni о ‘ziga - о ‘zi gapirib berishni mashq qilib turishi о ‘quvchi nutqining о ‘sishiga katta ta’sir qiladi. Bolalar nutqining о ‘sishida о ‘qituvchining nutqi katta rol о ‘ynaydi, chunki uning nutqi о ‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shuning uchun о ‘qituvchi о ‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi kerak. Maktabda bolalarda eng avvalo faol ishlatiladigan s о ‘zlarning miqdori oshadi. Yozma nutqni, о ‘qish va yozishni о ‘zlashtirish о ‘quvchi hayotida hosil qilingan malaka hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tovushlarni bir-biriga qushish orqali s о ‘z tuzish malakasini egallab olgach, ba’zida matn mazmunini not о ‘g‘ri tushunadilar. Unga о ‘quvchilarning s о ‘z boyligining kamligi yoki asosiy fikrni ajrata bilmasligi sabab b о ‘ladi. Shu munosabat bilan о ‘qituvchi oldida bolalarda lug‘at boyligini oshirish va ularni о ‘qigan narsalari yuzasidan mustaqil reja tuzishga barvaqtroq о ‘rgatish vazifasi turadi. Yozuv darslarida bola harf va s о ‘zlarni yozishda katta qiyinchiliqka duch keladi. Dastlab bola b о ‘tun e’tiborini yozish texnikasiga va о ‘tirish qoidasiga rioya qilishga qaratadi. Avval bolaning yozma nutqi uning og‘zaki nutqi orqali belgilanadi, ya’ni u s о ‘zni qanday talaffuz etsa shunday yozadi. Bu davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish b о ‘yicha muntazam mashqlar о ‘tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli о ‘zlashtirishida katta ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan foydanilmaydi, bolalarning yozma nutqlari ularning og‘zaki nutqiga qaraganda ancha b о ‘sh b о ‘ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida о ‘sadi. Shuning uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og‘zaki va yozma nutqni о ‘stirish bilan birga nutq madaniyatini ham о ‘rgatib borishlari zarur. О ‘smirlarning kattalar bilan b о ‘ladigan muomalai. Naslimiz davomchilarini nafaqat jismonan baquvvat, balki ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muomala jarayonida erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. “Ta’lim t о ‘g‘risida”gi qonun, “qadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, о ‘smir va о ‘spirinlarni muomala jarayonida mustaqil fikrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Zero, XX1 asrda yashaydigan har bir insonning tanqidiy fikrlashi uchun avvalo muomalaga о ‘rgatish zarur. О ‘smir va о ‘spirinlarni muomalaga о ‘rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlarni о ‘qishga tavsiya qilish, muomala jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish, fikrlashini aniqlash va shu jarayonda psixologik о ‘yinlar, mashqlar, treninglardan foydalanish muhimdir. Maktabning о ‘rta va yuqori sinflarda yozma nutq mazmunli, ta’sirli b о ‘lib, grammatik jihatdan tobora t о ‘g‘ri, mukammal tuzilib boradi va oqibatda bunday nutq og‘zaki nutqning о ‘sishiga ijobiy ta’sir k о ‘rsata boshlaydi. Bolalar nutqi bevosita kattalar nutqi ta’sirida о ‘sadi. Shuning uchun о ‘qituvchi nutqi о ‘quvchilar nutqini о ‘stirishda namuna b о ‘lib xizmat qilishi kerak. О ‘quvchilar tafakkurini о ‘stirmay turib, ularning nutqini о ‘stirib b о ‘lmaydi. Og‘zaki gapirish, bayon yoki insho yozishda о ‘quvchilarning reja tuzib olishlariga e’tibor berish kerak. Yozma va og‘zaki nutqni о ‘stirish uchun kitob ustida muntazam ishlash, о ‘qigan matnlarning tezisini, konspektini tuzish, ma’ruza, referatlar tayyorlash, adabiy kechalar, yozuvchilar bilan uchrashish muhim ahamiyatga ega. Nutq shartli reflekslar paydo b о ‘lishining umumiy qonunlari asosida о ‘sadi. Agar kishi biror bir tovushni not о ‘g‘ri talaffuz qilishga о ‘rganib qolgan b о ‘lsa, unda bu kamchiliqlarni tugatish qiyin b о ‘ladi. Shuning uchun bolalarda yoshligidanoq ijobiy nutq odatlarini tarbiyalashga ahamiyat berish zarur. О ‘smirlar muomalaiga nisbatan о ‘spirinlar muomalai ancha tarbiyalangan b о ‘ladi. Chunki ular muomala madaniyati, muomala sirlarini egallagan b о ‘ladilar. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri-bu muomalaga b о ‘lgan ehtiyoj. Muomalaga b о ‘lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muomalaga b о ‘lgan ehtiyojimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir muomaladan qoniqish hosil qilamiz, ba’zi hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz. Katta yoshdagi kishilar rasmiy va norasmiy munosabatlarga kirishadilar. Rasmiy munosabatlar ish, xizmat yuzasidan b о ‘ladi. Norasmiy muomala esa ishdan boshqa paytlarda, о ‘yda (oila), mahallada, k о ‘cha - k о ‘ylarda b о ‘ladi.Kattalar muomalaida k о ‘pincha muomala madaniyati amalga oshiriladi, ya’ni bir-birlarini hurmat qilish, ishonish, anglash kabilar. Ammo ba’zi paytlarda muomala buzilishi ham mumkin. Chunki kattalar ayrim paytlarda bir-birlarini tushunmasdan xafa qilib q о ‘yishlari, k о ‘ngilga og‘ir botadigan gaplar aytib yuborishlari, natijada nizolarni keltirib chiqarishlari mumkin. Agar muomala madaniyati kishilarda yaxshi shakllangan b о ‘lsa, ular bir- birlarini tushunishlari oson r о ‘y beradi. Muomala madaniyati yoshlikdan oilada, ijtimoiy muhit ta’sirida, о ‘z- о ‘zini anglash, tarbiyalash oqibatida shakllanishi mumkin. Biz kattalar yoshlarga namuna, ibrat b о ‘lishimiz bir-birimizga b о ‘lgan muomalaimizdan kelib chiqadi. “Oltin s о ‘zlar ”(azizim, aylanay, о ‘rgilay, juda ham ajoyibsiz, bugun boshqachasiz, ochilib ketibsiz, kiyimingiz juda yarashibdi kabi) dan kundalik hayotimizda k о ‘proq foydalanishimiz zarur. Kattalar muomalaiga yoshlar taqlid qilishlari orqali ularda muomala san’ati, madaniyati shakllanib boradi. Ayniqsa, oilada biz bu holatlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki “qush uyasida k о ‘rganini qiladi” degan naql bejiz emas. Kattalar ham bir-birlariga verbal, noverbal va paralingvistik ta’sir k о ‘rsatadilar. Biz vaqti kelganda imo-ishora, mimika, pauzalar orqali ham bir- birimizga ta’sir eta olamiz. Bir og‘iz s о ‘z bilan ham xursand, yoki xafa qila olamiz. Shuning uchun doimo kattalar bir-birlariga samimiy munosabatda b о ‘lib, ta’sir qilishlari lozim. Kattalar muomalai ma’lum bir yoshlarda о ‘ziga xos b о ‘ladi. Masalan, kattalar ma’lumotlariga, yoshlariga, jinslariga, kasblariga qarab muomalada b о ‘ladilar. Keksalar muomalai о ‘ziga xosdir. Ular xuddi kichik bolalardek izzat- talab, injiq, e’tibor talab b о ‘lib qoladilar. Keksalarga ehtiyotkor b о ‘lib muomalada b о ‘lish zarur, chunki k о ‘ngillari nozik b о ‘ladi. Ularga k о ‘ngillarini k о ‘taradigan s о ‘zlarni k о ‘proq q о ‘llash zarur. Demak, har bir yoshga kiradigan kishilar, shu jumladan, kattalar ham о ‘ziga xos muomalaga kirishadilar. Muomala har bir davrga xos holda amalga oshiriladi. Adabiyotlar: 1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s. 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s. 5. www.referat.arxiv.uz www.slayd.arxiv.uz www.ziyonet.uz