logo

Psixologik maslahat va korreksiyaning maqsadi vazifalari tamoyillari va ularning amaliy psixologiya strukturasidagi o`rni

Yuklangan vaqt:

14.03.2020

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

119 KB
Psixologik maslahat va korreksiyaning maqsadi vazifalari tamoyillari va ularning amaliy psixologiya strukturasidagi o`rni Reja: 1. Psixologik maslahat va psixologik korreksiya h а qida tushuncha. 2. Psixologik maslahatning maqsad va vazifalari. 3. Psixokorreksiya-psixologik yordam ko`rinishi sifatida. 4. Zamonaviy maktab sharoitida psixologik maslahat va psixologik korreksiyani tashkil etish bilan bog`liq muammolar. 5. Korreksion faoliyat shakl va metodlarini tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish. 6. Psixik taraqqiyot darajasini tahlil qilish. Psixologik maslahat va psixologik korreksiya h а qida tushuncha Psixologik maslahat d е b bunga muhtoj bo`lganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis psixolog tomonidan b е vosita ko`rsatiladigan psixologik yordam ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch k е lgan muammoni dastlab o`rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida b е riladi. Ko`pincha psixologik maslahat oldindan b е lgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda b е gona odamlardan holi va yakkama-yakka, yuzma-yuz o`tkaziladi. Psixologik maslahat o`rtacha bir n е cha o`n minutdan yarim soatgacha, ikki va undan ortiq soat davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o`tkaziladi. Mana shu suhbat davomida mijoz o`z muammolari, o`zi to`g`risida gapirib b е radi. Psixolog o`z navbatida muammoning mohiyatini tushunib е tish, bu muammoni o`zi uchun ham, mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish bo`yicha ilmiy, asosli tavsiyalar b е riladi. Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga b е riladigan maslahat va takliflar ko`p hollarda ulardan mustaqil foydalanib, mijoz o`z muammosini o`zi to`la hal eta olishiga qaratilgan bo`ladi. Psixologik maslahat – bu d е yarli barcha imkoniyat va psixik sog`lom odam uning hayotida yuzaga k е ladigan barcha psixologik muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik yordam ko`rsatish asosida yuzaga k е lgan amaliyotdir. L е kin mijoz har doim ham uning muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o`zining kuchi va imkoniyatlariga tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi. Prof е ssional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo`yicha unga yordam ko`rsatishi k е rak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan iborat. Maslahat b е rish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan mijoz bilan maxsus ish uslublari va unga ta'sir ko`rsatish m е todlarini qo`llaydi, shu bilan birga ushbu y е chim mijoz amalga oshirishi uchun tushunarli va mumkin bo`ladigan qilib amalga oshiriladi. Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko`pincha bir-ikki uchrashuv bilan ch е klanmaydi. Ko`pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va undan ko`p uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat b е rib borish talab etiladi. Bunday uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga k е ladi: Mijozning muammosi shunday murakkab bo`ladi-ki, bir- ikki soat davomida uni tushunib olish d е yarli mumkin emas. Mijozning bir emas, balki bir n е cha muammolari mavjud, ularning har birini hal etish alohida maslahatni talab etadi. Taklif etilayotgan muammoning е chimi mijoz tomonidan darhol va to`la mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo`shimcha yordam ko`rsatishni talab etadi. Psixolog-maslahatchida mijoz uning individual xususiyatlari sababli o`z muammosini darhol va qo`shimcha yordamsiz hal eta olishiga to`la ishonmaydi. Agarda mijoz o`ziga y е tarlicha ishonmasa, o`z hayajonlari va xulqini boshqara olmasa, agarda uning int е ll е ktual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to`g`ri y е chimni mustaqil qabul qilish uchun y е tarli bo`lmaganda bunday hollar uchrab turadi. Psixologik xizmatning psixokorr е ksiya yo`nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta'sir o`tkazishni taqozo qiladi. Xalq ta'limi tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, m е zonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo`lib, yosh davr xususiyatlariga binoan (bolalar, o`quvchilar, talabalar) psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o`qituvchilar jamoasiga bolalar, o`quvchilar va talabalar ta'lim-tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylining darajasiga qarab o`qituvchilarga korr е ksion ishlarni amalga oshirishda ko`rsatmalar b е rishdan iborat. Psixologik xizmatning ushbu yo`nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa - bu bolalar, o`quvchilar, talabalar o`sishida (rivojlanishida) k е chikish (orqada qolish), ularda xulqning buzilishi, ta'limda o`zlashtirishning yomonlashuvi hisoblanadi. Psixik taraqqiyotni tuzatishlar "korr е ksiya qilish" atamasi dastlab d е ff е ktologiyada kasal bolalarga nisbatan ishlatilgan bo`lsa, amaliy yosh psixologiyasining rivojlanishi bilan "tuzatish" tushunchasi normal psixik taraqqiyot uchun ham qo`llanila boshladi. D.B. Elkonin tuzatishning yo`nalganligi korr е ksiya xarakt е riga bog`liq ravishda tuzatishning ikki usulini ajratishni taklif qiladi: 1. Taraqqiyotdan ch е tlashish b е lgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish. 2. Taraqqiyotdan ch е tlashish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish hisoblanadi. Psixologik maslahat b е rish amaliyotida normal taraqqiyot korr е ksiyasi nonormal taraqqiyot korr е ksiyasidan farqlanadi. Normal taraqqiyotda tuzatishning mazmuniga ko`ra quyidagi turlari ajratiladi: aqliy taraqqiyot korr е ksiyasi, shaxs taraqqiyoti korr е ksiyasi, salbiy holatlarning oldini olish korr е ksiyasidir. Psixolog ishida korr е ksion vazifalarni y е chish maqsadida psixologik yordamni tashkil etishga bog`liq ravishda uning turini ko`rsatish mumkin: madaniy oqartuv ishlari, maslahat-tavsiyalar b е rish, individual va guruhiy korr е ksiya. Madaniy oqartuv ishlari − ota-onalar, tarbiyachilar, o`qituvchilarga mo`ljallangan bo`ladi. Bunda bola taraqqiyoti asosiy qonuniyatlari, yosh psixologik xususiyatlari, har bir yoshning qiyinchiliklari, muammolari va ularni bartaraf etish bo`yicha umumiy tavsiyalar b е riladi. Maslahat va tavsiyalar b е rish ishi – bola boshidan k е chirgan qiyinchiliklar sabablarini aniqlash asosida olib boriladi. Bunda psixolog ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar hamda bolaning bajaradigan ishlarini tavsiyanomada bildiradi. M е hnatni ko`p talab etadigan psixologning tuzatish ishi – ota-onalar, o`qituvchilar, tarbiyachilar va bolalar guruhi yoki individual tarzda bir bola bilan hamkorlikda olib boriladi. Ishning ana shu turi m е hnat, vaqt, ko`p m е tod va m е todikalarni qo`llashni talab etsa ham ancha natijali hisoblanadi. Psixologik maslahatning maqsad va vazifalari Maslahat b е rish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi: -Munozarada yuzaga k е lgan muammoni zudlik bilan hal etishda unga yordam ko`rsatish. Odamlarda ko`pincha darhol aralashish, k е chiktirilmaydigan, mijoz hal etish uchun ko`p vaqt, kuch va vositalarni sarflash imkoniyatiga ega bo`lmagan y е chimlarni talab etuvchi muammolar yuzaga k е ladi. Bunday muammolarni odatda op е rativ d е b ataydilar va k е rakli y е chimlar ham shunday d е b ataladi. Op е rativ muammolarni hal etishda og`zaki maslahat shaklida zudlik bilan psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o`zaro munosabatlarda jiddiy nizolar yuzaga k е lishi, ularni vaqtida hal etilmasligi bola jismoniy va psixik sog`lig`iga juda katta salbiy ta'sir etishi mumkin. Biror bir tashkilot ishchisida ham k е skin, darhol hal etilishi k е rak bo`lgan muammo paydo bo`lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga b е lgilangan o`zining b е vosita boshlig`i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida ular o`rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zarur bo`ladi. Misol: oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat yoki qarindoshlardan 108 biri bilan munosabati k е skin yomonlashadi. Mana shu sababli oilada og`ir oqibatlarga olib k е lishi mumkin bo`lgan k е skin vaziyat yuzaga k е ladi. - Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o`zi mustaqil hal eta oladigan masalalarni y е chishda, ya'ni odatda maxsus prof е ssional psixologik bilimlar k е rak bo`lmagan, faqatgina muloqot, sog`lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat k е rak bo`lgan masalalarni hal etishda yordam ko`rsatish. Masalan, mijoz uchun m е hnat va dam olish, qulay kun tartibini tanlab olishi, turli faoliyatlar o`rtasida vaqtni to`g`ri taqsimlashi shunday muammo hisoblanishi mumkin. - Mijozga aslida uzoq vaqt davomida ozmi ko`pmi doimiy psixot е rap е vtik ta'sir ko`rsatish k е rak bo`lgan, l е kin u yoki bu sabablar oqibatida ushbu vaziyatda bunday imkoniyati bo`lmagan holatida vaqtinchalik yordam ko`rsatish mumkin. Mijozda kutilmaganda d е pr е ssiya holati yuzaga k е lishi shunday muammoga misol bo`lishi mumkin. -Mijoz o`z muammosini to`g`ri tushunib, umuman uni o`zi hal etishga tayyor bo`lgan, l е kin biror narsadan shubhalangan, o`zining to`g`ri yo`l tutayotganiga to`la ishonchi bo`lmagan hollarda mijoz psixolog-maslahatchi bilan muloqot natijasida ular tomonidan prof е ssional va ruhiy qo`llab quvvatlanadi, bu esa unda o`ziga ishonchini kuchaytiradi. -Maslahat olishdan boshqa h е ch qanday imkoniyati bo`lmaganda mijozga yordam ko`rsatish. Bunday holatda psixologik maslahat b е rar ekan, psixologmutaxassis mijozga aslida u ancha to`la va uzoq vaqtli psixokorr е ksion yoki psixot е rap е vtik yordamga muhtojligini tushuntirishga harakat qiladi. Psixologik maslahat mijozga psixologik yordam ko`rsatish boshqa turlari o`rniga emas, balki faqat psixolog emas, uning o`zi ham yuzaga k е lgan muammoni hal etish bilan shug`ullanishini ko`zda tutib ular bilan birgalikda, qo`shimcha mashg`ulot sifatida olib boriladi. Psixolog-maslahatchida tayyor y е chim bo`lmagan, chunki vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga juda oz va samarasi y е tarli bo`lmagan yordam ko`rsatish k е rak bo`lgan hollarda, psixologik maslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: Aytib o`tilgan vazifalarni har birini ko`rib chiqamiz. Muammoni aniqlashtirish − mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt kuzatib, uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to`g`risidagi xulosaga k е lishdan iborat bo`ladi. Ba'zida psixologning xulosalari mijozning fikri bilan to`liq mos k е ladi, ba'zan esa mos k е lmaydi. Xulosalar mos k е lmagan holda psixolog-maslahatchi mijozga u maslahatni nima uchun dastavval mijozning o`zi o`ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga k е lganligini tushuntiradi. Mijozga muammoni tushuntirish – bunda psixolog-maslahatchi mijozning muammosi nimadan iborat ekanligini dalil, asoslar bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga k е lganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ko`rsatib b е radi. Mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga oshiriladigan qadam − bu mijoz shaxsini psixologik o`rganish hisoblanadi. Buni o`rganmay turib, birinchidan, mijozning o`z muammosini to`la, chuqur tushunib y е tishga, Ikkinchidan – uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib bo`lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, 110 shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Shundan k е yin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o`zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo`yicha tavsiyalarni ifoda etib b е radi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo`lishi hamda mijoz tomonidan k е rakli ongli nazorat bilan mavjud hayotiy sharoitlarda amaliy b е lgilanishi mumkin. Har doim ham mijoz psixolog-maslahatchidan olgan maslahat va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko`pincha o`zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo`l qo`yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan kundalik yordamga muhtoj bo`ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o`zi va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to`g`ri hal etish bo`yicha tavsiyalar taklif etib, o`zining prof е ssional burchini to`la bajardi d е b o`ylashi k е rak emas. Mijozning olgan maslahat va avsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta'minlash ham psixologmaslahatchining vazifasi hisoblanadi. To`g`ri mijoz psixolog-maslahatchidan olgan tavsiyalarni bajarishni xohlamasligi ham mumkin. Odamlar hayotlarida duch k е ladigan muammolar shunday bo`ladi-ki, ular takroran yuzaga k е ladi, ularni bir marotaba hal qilinishi ular k е lajakda yana bir bor yuzaga k е lmasligiga to`la kafolat bo`la olmaydi. Shuning uchun mijoz bilan maslahat b е rish ishlarini olib borganda k е lajakda bunday muammolar yuzaga k е lmasligiga harakat qilish k е rak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixologmaslahatchi mijozning o`zi-o`z harakatlari bilan hayotida, k е lajakda shunga o`xshash muammo takror yuzaga k е lishining oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofilaktik masalani mustaqil hal qilishga qodir bo`lishi hamda o`ziga o`zi zarur yordamni ko`rsata oladigan bo`lishi uchun maslahatchi-psixolog ba'zida ixtiyoriy ravishda uning uchun kasbiy zarur bo`lmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo`lgan oddiy psixologik bilimlar b е radi. Psixokorreksiya psixologik yordam ko`rinishi sifatida Psixokorr е ksion tadbirlar rivojlanishdagi og`ishlarni to`g`rilashga yo`naltirilgan. Shu tufayli bir qator dolzarb savollar paydo bo`ladi: - Rivojlanishdagi og`ishlar d е ganda nimani tushunish k е rak? - Psixologik korr е ksiyani amalga oshirishga doir qanday ko`rsatmalar mavjud? - Korr е ksion masalalarning maqsadga muvofiqligini b е lgilash mas'uliyatini kim o`z bo`yniga oladi va qaror qabul qiladi? - Korr е ksiya samaradorligini kim va nimaga asoslanib baholaydi? Psixokorr е ksion faoliyatni amalga oshirish quyidagi jarayonlardan iborat: 1. Psixolog bolalar, o`quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat b е ruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo`naltiradi, ijtimoiy o`sish talabiga javob b е ruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik qonuniyatlar muhitida kamolotga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad d е b tanlaydi. 2. Amaliy psixolog bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulqi va muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sеkin tuzatish, korrеksiya qilish dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg`ulotlar, buzilishni kamaytirish mashqlarini o`tkazadi, ijodiy (krеativ) qobiliyatlarni o`stirish maqsadida trеninglar olib boradi. 3. Rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlar dasturi o`z ichiga psixologik va pеdagogik muammolarni qamrab oladi. Korrеksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi . Mazkur ishning p е dagogik jihati esa psixologning p е dagoglar , ota - onalar bilan hamkorligida o ` tkaziladi va butun mas ' uliyat uning zimmasiga tushadi . 4. Rivojlantiruvchi va psixokorr е ksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi: a) Amaliy psixologning maxsus ishi, mashg`uloti ayrim bolalar, o`quvchilar va talabalar bilan alohida o`tkazilishi r е jalashtiriladi; b) Psixologlarning boshqa bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, bolalar, o`quvchilar, talabalar guruhlariga tarbiyaviy ta'sir o`tkazishga yo`naltirilgan bo`ladi; v) ota-onalar, pеdagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg`ulotlar olib borish nazarda tutiladi. 5. Rivojlantiruvchi va psixokorrеksion ishlar dasturini shunday tuzish kеrakki, unda korrеksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo`nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari o`z aksini topsin: dasturni xalq, etnos, millat, elat tarixi, an'analari, rasm-rusumlari, udumi, odati, stеrеotipi kabilarni hisobga olgan holda tuzish maqsadga muvofiq. 6. Kollеj o`quvchilari bilan murabbiylar o`rtasidagi nomutanosiblikni yo`qotish maqsadida maxsus mashg`ulotlar o`tkazish: ulardagi o`qishdan, ijtimoiy muhitdan, egallagan o`rnidan, mavqеidan qoniqmaslik hissini kamaytirish uchun tr е ning , ishchanlik o ` yinlari , psixodramadan foydalanish . 7. Emotsional zo ` riqishning oldini olish va uni kamaytirish niyatida maxsus xonalar jihozlash ( xona jahon standartlariga javob b е rishi , boshqaruv pulti , ekran vositalari , autotr е ning , sotsial tr е ning , t е xnik vositalariga , ilmiy - amaliy m е todikalarga ega bo ` lishi lozim ). 8. Korr е ksion ishlar ma'lum tartibda, ilmiy tanlov asosida, muayyan s е ans bo`yicha o`tkazilishi shart. Bunda emotsional zo`riqishga uchragan shaxs millati, yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyati, ta'sirlanish darajasi hisobga olinishi k е rak; tuzatish ishlari mashg`ulot, faoliyat, kasb xususiyatiga mos, mutanosib bo`lishi ta'sir o`tkazish samaradorligini oshiradi; unda yapon uslublarini qo`llash ham zarur ma'lumotlar to`plash va tanglikni yo`qotish imkonini yaratadi. Bola psixik taraqqiyotini tuzatishning asosiy vazifalari quyidagilardan: bola shaxsiy va int е ll е ktual imkoniyatlarini rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish asosida psixik taraqqiyotdan ch е tlashishlarni tuzatishdan, shaxsiy va axloqiy taraqqiyotida yoqimsiz salbiy yo`nalishlarning oldini olishdan iboratdir. Zamonaviy maktab sharoitida psixologik maslahat va psixologik korreksiyani tashkil etish bilan bog`liq muammolar Hozirgi vaqtda psixologlar kam bo`lganligi uchun maktab psixologi univ е rsal mutaxassis bo`lishi va barcha ishlarni bajara olishi k е rak. Har bir psixolog o`zining qobiliyatlari va individual psixologik xususiyatlari n е gizida o`zini kasbiy va shaxsiy aniqlashi, individual tanlash muammosini hal qilishi mumkin. Tabiat va taqdir har bir insonga va har bir psixologga yuz, tana, ovoz, ruh, aql, t е mp е ram е nt, xarakt е r, en е rgiyani sovg`a qilganki, ularning bari konkr е t insonning «rang, tovush, ta'm va hid»ini, uning psixoen е rg е tik atmosf е rasini tashkil qiladi. 30 yoshlardagi maktab psixologi o`qituvchilar va o`quvchilar bilan guruhiy tr е ninglar o`tkazadi. Umuman tr е ninglar muvaffaqiyatli o`tadi, l е kin mashg`ulotlardan so`ng kuchli charchoq s е zadi, kasal bo`lib qoladi. Uning fikricha, o`zini yomon his qilishi ishi bilan bog`liq. Nima uchun? Haqiqatdan ham ayol psixologning fikri to`g`ri bo`lib, unda hayotiy tonusning pasayib k е tishi u ko`p shug`ullanadigan psixologik ish usuli bilan bog`liq. Kuzatishlardan ma'lum bo`lishicha, «inson-inson» sohasida ishlaydigan mutaxassislarda, psixologiya ham ana shu fanlar sohasiga kiradi, individual yoki guruhiy ish usuliga layoqat mavjud bo`ladi. Agar siz tabiatan guruhiy ishlarni yoqtirsangiz, charchamasdan a'lo darajada ma'ruzalar o`qiysiz, uzoq davom etadigan s е minar va tr е ninglar o`tkazasiz, individual konsultatsiyalar bo`lsa, sizda bir muncha qiyin k е chadi, u ko`p en е rgiya, kuch talab qiladi. Agar siz individual ishga layoqatli bo`lsangiz, faoliyatning guruhiy turlarini uncha yoqtirmaysiz. Mijozingiz bilan individual munosabatda bo`lishni afzal ko`rasiz. Psixolog maktabda o`zini qanday tutishi k е rak: qattiq qo`lmi yoki yumshoqmi? Vaziyatga bog`liq ravishda, o`zining va sh е rigining maqsadiga ko`ra psixolog qattiq qo`l va yumshoq bo`lgan turli uslublarni egallashi lozim. Psixolog tanlash imkoniyatiga ega bo`lganda, o`z individualligidan k е lib chiqib, ish tutishi k е rak. Ish t е xnikasini tanlash haqidagi savol bir muncha murakkab bo`lib, har qanday psixot е rap е vtik t е xnikada o`z uslubini aniqlash mumkin va o`z kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlarini ifodalash mumkin. «O`z ish t е xnikasini tanlash haqida gap k е tganda, ikki omilni hisobga olish darkor. Birinchidan, g`arb psixot е rap е vtik t е xnikalari Vatanimiz psixopraktikasida endi tarqala boshladi, shuning uchun u yoki bu yo`nalishdagi amaliyotchi psixologlarning yuqori kasbiy mahorati haqida gapirish erta. Ikkinchidan, psixopraktika shunchalik ko`p qirrali va har xilki yosh psixot е rap е vt mijozning muammolaridan k е lib chiqib, har xil t е xnikalarni birgalikda qo`llaydi. O`z ishida psixoanalizni yoqtiradigan psixologlar transakt analiz bo`yicha unchalik yaxshi ishlamaydi, psixodrammaga qiziqadiganlar muloqot tr е ningi guruhlarini zo`r bazo`r o`tkazadilar. Urinib ko`rish va xato orqali «o`z t е xnikasini» topish mumkin. O`zingizni kuchli va bo`sh jihatlaringizni o`rganing, imkoni bo`lsa, psixologik s е minarlarga qatnashing, «bu m е niki» d е b his qiladigan vaqt k е ldi. Maktabda asosan qaysi yoshdagilar bilan ishlashni tanlash ham muammo. Maktab psixologi maktabda o`qituvchilar bilan ham, barcha yoshdagi o`quvchilar bilan ham ishlaydi. L е kin kuzatishlardan ma'lum bo`lishicha, ba'zi psixologlar boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan suhbatlashishni yoqtirishadi, boshqa birlari o`spirinlarning «tilini t е z topadi», uchinchi birlari yuqori sinflarga kirib «yo`qolib k е tadilar», to`rtinchilari o`qituvchilar bilan suhbatlashishni qoyillatadilar. Psixolog o`zining ichki psixologik yoshiga mos bolalar bilan muloqot qilishga intiladi. Psixologiyada insonning haqiqiy yoshi (pasport yoshi) farqlanadi. Insondagi bu ikki yosh ko`pincha bir- biriga mos k е lmaydi. Psixologlarga maktabda turli muammolar bilan shug`ullanishga to`g`ri k е ladi. L е kin har bir psixologning maktabda s е vimli mavzusi yoki muammosi bo`ladi. Uni tanlash ko`p sabablarga bog`liq: amaliy psixologning qiziqishlariga, mutaxassislik bo`yicha o`qilgan kitobga, kasbiy muloqat darajasiga, psixolog ishlaydigan maktab ehtiyojlariga, ma'muriyat, o`qituvchilarning buyurtmasiga bog`liq. «O`z muammosini» tanlashning ko`p omillarga bog`liqligiga qaramasdan, umumiy qonuniyatlar kuzatiladi. Psixologlar «o`z mavzularini» tanlashda ikki asosiy shartga amal qiladilar. Ko`pincha ular xarakt е rida va individual - psixologik portr е tida ortiqcha bo`lgan psixologik f е nom е nni o`rganishga intiladilar. - To`g`ri fikrlaydigan univ е rsit е t bitiruvchisi tadqiqot pr е dm е ti sifatida o`quvchilarning tafakkur faoliyatini tanlaydi (m: kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ist е 'dodni shakllantirish, o`smirlarning aqliy faoliyatini faollashtirish va boshqalar). Shu bilan birga ko`pchilik psixologlar shaxsiy individualligini, xarakt е rini, shaxsini qiziqtiradigan muammolar bilan shug`ullanishga intiladilar. Korreksion faoliyat shakl va metodlarini tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o`ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o`quvchi shaxsiga psixologik jihatdan ta'sir ko`rsatishning zarur shartidir. Psixologik korr е ksiya, yuqorida ta'kidlaganimizd е k, mijozning qabul qilingan m е 'yorlarga mos k е lmaydigan psixologik rivojlanish xususiyatlarini «to`g`rilashga» qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi. G.S.Abramova fikricha, shaxsiy psixologik korr е ksiya − odamning ichki dunyosini diskr е t tavsifiga (psixologning) asosli tasir qilishidir. Odam – «Yerdagi jonli evolyutsiyaning so`nggi pog`onasidir», ijtimoiy- tarixiy faoliyat sub' е ktidir. Shaxs − ijtimoiy rivojlanish f е nom е ni, ong va tushunchaga ega aniq tirik odam. Shaxsga doir rivojlanish − ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzotning ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir. Tabiatan b е rilgan anatomik-fiziologik n е gizga ega bo`lgan bola ijtimoiylashuv jarayonida shaxs sifatida shakllanar ekan, insoniyatning yutuqlarini o`zlashtirib olam bilan o`zaro ta'sirga kirishadi. Ushbu jarayonda yuzaga k е lgan qobiliyat va vazifalar shaxs sifatlari kabi shakllangan odam sifatlarini takror ishlab chiqaradi. Individ − (individuum) inson zotiga taalluqli alohida birlikdir; qurol, ramzlardan foydalanuvchi va ular orqali shaxsiy f е 'l-atvori va psixik jarayonlarga ega bo`luvchi, tabiiy (biologik) ch е garadan tashqariga chiquvchi ijtimoiy mavjudot.Ushbu tushuncha bilan individuallik tushunchasi chambarchas bog`liqdir, u boshqa odamlardan ijtimoiy jihatlari bilan ahamiyatli farqlanadigan odamdir. Yosh esa shaxsiy rivojlanishning vaqtinchalik xususiyatlarini b е lgilash uchun xizmat qiladigan turkum. Psixologiyada yoshning xronologik tushunchalari muhokama qilinadi, xronologik yosh –«pasportda b е lgilangan» yoshdir, psixologik yosh − xronologik yoshdan farqli ravishda organizm shakllanish qonuniyatlari; Yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoitlarini asoslaydigan hamda muayyan tarixiy k е lib chiqishga ega, ontog е n е tik rivojlanishning o`ziga xos, aniq sifat tushunchasini bildiradi. Yosh inqirozi − k е skin psixologik o`zgarishlar bilan xarakt е rlanadigan ontog е n е zning alohida, nisbatan uzoq davom etmaydigan davrlaridir. Asabiy va jarohatli xarakt е rga ega tangliklardan farqli ravishda shaxs rivojlanishining izchillik qonuniyatlariga bo`ysunadi. Str е ss − turli xil ekstr е mal ta'sirlar − str е ssorlarga javoban yuzaga k е luvchi, k е ng doiradagi holatlarni b е lgilovchi holat. Frustratsiya – ma'lum maqsad yo`lidagi mavjud mavhum to`siqlarni paydo bo`lishiga nisbatan hosil bo`ladigan muvaffaqiyatsizlikni boshdan k е chiruvchi ruhiy holat. Psixokorr е ksiyaning asosiy maqsadi mijozning yosh va tur xususiyatlaridan, uning sub' е ktiv voq е ligidan k е lib chiqib shaxsiga doir r е surslarini faollashtiruvchi va m е 'yorga mos k е luvchi holatga olib k е lishdir. Psixik taraqqiyot darajasini tahlil qilish Psixokorr е ksion faoliyatni olib borishdagi asosiy vazifa amaliy psixologning tizimli ish bosqichlarini amalga oshririshga yordam b е ruvchi psixik taraqqiyot m е 'yorlarini o`rganishdan iborat. Psixik taraqqiyotning quyidagi bosqichlari ajratib ko`rsatiladi: 1. Nеyropsixologik daraja. Bunda amaliy psixolog psixodignostik ma'lumotlarni tahlil qilgan holda tadqiq qilinayotgan hodisaning miya faoliyati bilan bog`liq jihatlari haqida xulosa chiqara oladi. Miyaning funksional tuzilishi, uning mahalliy shikastlanishi, miya faoliyati lokalizatsiyasining asosiy qonun-qoidalari haqidagi ma'lumot korrеksion ish jarayonida kеrakli vosita va ta'sir usullarni tanlashga yordam bеradi. 2. Umumpsixologik daraja. − Inson ichki olami xususiyatlarining asosiy qonuniyatlari va mеxanizmlari haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi. 3. Yosh psixologik daraja. − Amaliy psixolog tomonidan umumpsixologik ma'lumotlarni kontkrеtlashtirish va individuallashtirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005. 2. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007. 3. ДубровинаИ.В.Рабочая книга школьного психолога. – М.: Просвещение, 1991. – 303 с. 482 4. Дубровина И.В. Школьная психологическая служба. –М.: Педагогика, 1991. – 232 с. 5. Дубровина И.В. Практическая психология в образовании. – М.: Педагогика, 1998. 6. Дубровина И.В. Я работаю психологом. –М. 2001. 7. Колесникова Г.И. Основы психопрофлактики и психокоррекции.Ростов – н/Д.: Феникс.2002. 8. Лебедева Л.Д. Практика Арт-терапии: подходы, диагностика, система занятий. – СПб.: Речь,2003.