logo

Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr. O’rta osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari

Yuklangan vaqt:

13.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.7255859375 KB
Turli tarixiy davrlarda tarbiya va p edagogik fikr. O’rta osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari Reja: 1. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. 2. O’rta Osiyoda ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar. 3. Qadimiy ma’rifiy yodgorliklarda ta’lim va tarbiya. 4. Islom dinida ta’lim – tarbiya masalalari. 5. Sharq mutafakkirlari ilmiy faoliyatining dunyoviy bilimlarning tarkalishidagi o’rni. Pedagogika tarixi fan va o’quv predmeti sifatida. Oliy o’quv yurtlarida pedagogika tarixi kursini o’tishda faqat o’tmish pedagoglarining emas, balki mashhur faylasuf, yozuvchi, jamoat va davlat arboblari, dinshunos olimlarning pedagogik qarashlari ham o’rganiladi. Bu buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan madaniy – ma’rifiy meros yosh avlod uchun ibrat va namunalar, ularning ta’lim – tarbiyaga oid ma’rifiy ta’limotlari yoshlarni ona – Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon va e’tiqodli, insof va diyonatli, odob – axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o’zligini anglatishda benazir qadriyatdir. XX asrga qadar davrlardagi ijtimoiy va madaniy hayot tarixidan shu narsa ma’lumki, ta’lim-tarbiyada ma’ naviyatli, ma’rifatli barkamol yoshlarni yetishtirishda xalq pedagogikasining o’ rni va mohiyati katta bo’lgan. Ming yillar davomida shakllanib , rivojlanib kelayotgan xalq pedagogikasi milliy pedagogika tarixining zamini bo’ lgan. “O’ zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi…Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson… biz h aqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur ” (I. Karimov). Demak oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalar milliy pedagogika tarixi, insoniyat tafakkuri tarixi, ijtimoiy hayot tarixi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari kerak. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. Umuminsoniyat tarixida IX-XV asrlarda –Sharqda uyg’onish davrida – ijtimoiy – madaniy hayotda katta o’zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa Amir Temur asos solgan saltanat davrida ijtimoiy hayotda yuksalish, ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlangan. Bu davrda yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At-Termiziy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk daholar jamiyat tarixi va jahon madaniyati rivojiga benazir hisssalarini qo’shganlar. Bu buyuk mutafakkirlar turli fanlarga oid yaratgan asarlarida ma’naviy-madaniy qadriyatlarning ilmiy-falsafiy asoslarini ishlab chiqdilar. 1917-1990 yillarda ijtimoiy-siyosiy madaniy sohalarda kommunistik mafkura ta’lim-tarbiyaning asosi qilib qo’yilishiga qaramay xalqimizning tafakkuri, ma’naviy darajasi, pedagogik ong rivojlanib bordi. 1991 yilda O’zbekiston mustaqil bo’lishi bilan milliy ong, ma’naviyatimiz manbai – tarixi madaniy qadriyatlarimizni o’rganish va tiklashga musharraf bo’ldik. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya mazmunan yangi bosqichga ko’tarildi, inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi uchun zamin yaratildi. Pedagogika tarixi ilmining manbalari, ilmiy nazariy va milliy asoslari hamda asosiy bo’limlari. Har bir millatning o’ziga xos milliy madaniyati va ma’rifati umuminsoniy madaniyat va ma’rifatning ajralmas qismidir. Umuminsoniy sivilizatsiyaga har bir xalq o’z ulushini, hissasini qo’shgan. Umuminsoniy, umumxalq madaniyati, ma’rifati va ilmu- fan rivojida har bir xalq bir-biriga ustozlik qilgan. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan ayrim mutafakkirlar va mashhur olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ta’limotlari haqida ma’lumotlar mavjud. XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining taniqli rahbarlari Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda kabi ma’rifatparvarlar madaniyatni rivojlantirish uchun ma’rifatparvarlikka asoslanish, ta’limni isloh qilish zarurligi g’oyasini olg’a surib, Turkistonda ijtimoiy ong taraqqiyotini boshlab berdilar. Ma’lumki milliy pedagogikamiz tarixi ijtimoiy-siyosiy hayot asosida, Markaziy Osiyoda yashagan qardosh xalqlarning Berdaq, Maxtumquli, Abdurahmon Jomey kabi shoir, adiblarning, Xorijiy Sharq va Ovrupa mamlakatlarining buyuk mutafakkir, shoir va pedagog olimlari Sa’diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Jan-Jak Russo, K.D. Ushinskiy va boshqalarning pedagogik qarashlariga bog’liq holda rivojlangan. Eng qadimgi davrlardan XIII asrgacha O’rta Osiyoda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Markaziy Osiyodagi arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, dastlabki ibtidoiy jamoa va keyinchalik quldorlik tuzumi davrida ham Turon hududida ijtimoiy – madaniy hayot rivojlangan. «Avesto» sof diniy kitob bo’lmay, ijtimoiy – falsafiy, madaniy, adabiy – tarixiy qimmatga ega bo’lgan nodir qomusiy yodgorlikdir. Unda adolat va sulh ulug’lanadi. VII asrda Arabistonda shakllangan islom dini VIII asrga kelib Markaziy Osiyoda keng yoyildi. Markaziy Osiyo arablar tomonidan bosib olindi. Markaziy Osiyoda arab davlati – xalifaligi o’rnatilib, «Qur’on» qonun – qoidalari Markaziy Osiyoda ham amalga oshirildi. VIII asr oxiri, IX asr boshida arab xalifaligining markazi Bag’dodda ilm – fan rivojlandi, yunon olimlaridan Aflotun (Aflotun), Arastu (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevkalid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. IX – XII asrlarda Markaziy Osiyoda feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi, ichki va tashqi savdoning o’sishi, dehkonchilik, hunarmandchilik, binokorlik, o’ymakorlik san’atining rivojiga jiddiy ta’sir etdi. XI – XII asrlarda o’zbeklar Movarounnahrda asosiy aholi sifatida tarkib topdi. O’sha davrda «turk tili» deb nom olgan o’zbek tili adabiy til xususiyatiga ega bo’ldi. Markaziy Osiyo musulmonlari «Qur’on»ni insonni ulug’lashga, qadrlashga, uni mehr – shafqatga, muhabbatga, tinch – totuv yashashga, iqtisodiy va ma’naviy barkamollikka undovchi islom ma’rifati mujassami sifatida qabul qildilar. Zardushtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya. Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo’ldi. Ularda aholining ijtimoiy – madaniy hayoti, turmush tarzi va an’analari ma’lum o’lchovga solindi va belgilandi. Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashhuri Zardushtlik dini, Zardushtlik ta’limotidir. Zard u shtlik dinining asoschisi Zard u sht atalmish buyuk tarixiy shaxsdir. Zardusht sharqning faylasufi, notig’i, shoiri, donishmandi bo’lgan. Zardusht – o’z nasihatlari – o’gitlarida adolatni targ’ib etadi, yaxshi xulq – odobni e’zozlaydi. Uning ta’limoti uch nuqtada: Xumata – yaxshilik, Nuxta – to’g’ri so’z, Xvarishita – yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. U chorvadorlar, dehqonlar va hunarmandlar hayotini badaviy ko’chmanchi yo’lto’sarlar chopqinidan himoya qiladi. Adolat va odillik g’oyasini olg’a suradi. « Avesto» eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar namunasi sifatida . VII-XIII asrlarda O’rta Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot, maktab va pedagogik fikr. « Avesto» zard u shtiylikning muqaddas kitobi bo’lishi bilan birga, ilm – fan, hayotiy voqealar haqida mukammal ma’lumot beradigan eng ko’hna manbaa hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf – odat, e’tiqod, ibodat, qiroat qiladigan oyatlar, diniy marosimlarda ijro etiladigan og’zaki ijodlari haqida ma’lumot berilgan. « Avesto»da yaxshilik, unib – o’sish, yerda hayotni saqlash uchun intiluvchi kuchlar bilan razolat va qabohat, zulmat va halokat kuchlari o’rtasidagi kurashda mardlik, jasorat va matonat, ma’rifat va insoniylik g’alaba qozonadi. « Avesto»da inson tozalikka, sog’lomlikka da’vat qilinib, ularga badan tarbiya bilan shug’ullanish, kunda yuz – qo’lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib doimo to’q yurishi lozimligi uqtiriladi. « Avesto»da ta’kidlanishicha, qarindoshlar o’zaro oila qurmasligi, qavm va urug’ qoni toza, avlod benuqson saqlanishi kerak, ko’p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozim, bir yo’la 2 – 3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovordir. Islomda ta’lim-tarbiya . Islom jahonga keng yoyilgan dindir. Uning ta’limotlari - Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islom dinida onalar mo’’tabar zot sifatida ulug’lanadi va sharaflanadi. Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi. Zero, mehnat – inson hayotining ko’rki, bezagidir. Mehnat insonga baxt – saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Qur’onda ilmga katta e’tibor berilgan. Bunga unda «ilm» so’zining 765 marta takrorl a nishi yorqin dalildir. Ilmlarni o’rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o’rganishdan murod mansab emas, avval o’qigan ilmiga o’zi amal qilib, so’ng xalq va Vatan oldidagi burchni ado etishdir. Islom dini ilm talab qilinishini ibodat darajasiga ko’taradi, ilm talabini ixtiyoriy ibodatdan yuqori qo’yadi. Islom ta’limotiga ko’ra, ilm olishda erkak ham, ayol ham teng huquqlidir. Islom ta’limotida sabr axloqiy fazilat, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Sabr musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik baxsh etadi, alam berayotgan dardiga malham bo’ladi. Sabrsizlik insonni kayg’udan qutqaza olmaydi: uning o’zi kuydiruvchi bir q ayg’u. Islom ta’limotida vafodorlik sadoqat turlaridan hisoblanadi. Vafo – insoniy eng oliy fazilat. Islom ta’limotida mol – dunyoga erishgan har bir inson o’z boyligini to’g’ri yo’lda sarflashi kerakligi ta’kidlanadi. Islom dinida birovning haqiga xiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag’ini zo’rlik va aldov bilan olish, o’g’rilik qilish og’ir gunoh, q abih odat hisoblanadi. Islom ta’limotida aytilishicha, baxil kishi oqibatda xor bo’ladi, ko’pchilikning nafratiga uchraydi. Islom dinida insonga baxsh etilgan sifatlardan yaxshisi, xushxulqdir. Xushfe’llik inson aql – idroki, madaniyati, bilimliligidan dalolatdir. Xushfe’l inson samimiy, mulohazali, pokdil, irodali, sabr – toqatli bo’ladi. Bunday fazilatli inson boshqalarda o’ziga nisbatan hurmat, samimiylik, izzat, hurmat hissini uyg’otadi. Madrasalar va hadis ilmining paydo bo’lishi. Islom Qur’oni Karimdan keyin mo’’tabar sanalgan payg’ambarimiz Muhammad Alayhisallomning «Hadis» i Shariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy jihatdan barkamol bo’lishlarini orzu qilib ota – onaga hurmat, mehnatsevarlik, o’zaro ahil bo’lish, mehr – oqibat, ehson, sabr – toqat, kamtarlik, vafo – sadoqat, poklik kabi insoniy sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo’lish yo’llari bayon etilgan. Vafo hayotda obro’ – e’tibor va muvafaqqiyatga sabab bo’luvchi fazilatdir. Omonat va vafo hayotda tinchlik va baxt – saodat orzu qilgan har bir jamiyat, xalq, oila, inson uchun zaruriy fazilatdir. Vafodorlik insoniylikdir. Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. Muhammad payg’ambar odamlarga manfaatlirog’larini ya xshi odam hisoblaganlar. Manmanlik xususiyati bo’lgan kishida go’zallik bo’lmaydi. Mol – dunyosi bilan faxrlansa, o’lganda ulardan asar ham qolmaydi. Kamtarlik insoniy eng go’zal fazilatdir. Kamtarlik insonning madaniyati, odamiyligi, mardligi kabi insoniy fazilatlar bilan belgilanadi. Kamtar kishida havoi g’urur, manmanlik bo’lmaydi, u odob – axloqli, mehr – shafqatli bo’ladi, ishida, so’zida qat’iy turadi. Imom Ismoil al Buxoriy, Imom At-Termiziyning hadis ilmining yoyilishidagi xizmatlari. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al – Mug’ira ibn Bardibza al – Buxoriy hijratning bir yuz to’qson to’rtinchi yili shavvol oyidan o’n uch kun o’tganda juma namozidan keyin (milodiy hisob bilan 809 yil 13 mayda) Buxoroda tavallud topdi. Otasi Shayx Ismoil ibn Ibrohim ahlihadislardan bo’lib, savdo ishlari bilan shug’ullanar edi. Rivoyatlarga ko’ra, Imom Ismoil al – Buxoriy 16 yoshga qadam qo’yganda Abdulloh ibn Muborak al – Marvazdiy va Vaqi’ ibn al – Jarrohlarning kitoblarini batamom yod olgan. U yod olgan hadislarning matnini dalillari va roviylarning tarjimai hollari bilan birga qo’shib yod oladi… Imom al – Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag’dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Askalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar to’plash, yozish va ko’plab toliblarga ilm o’rgatish bilan shug’ullanadi. Ismoil al – Buxoriy insonlarni to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisi bo’lishini ko’rsatib, ular yolg’on gapirishdan, va’daga vafo qilmaslikdan va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. Insonning kuch – qudrati jismonan pahlavonligida emas, balki jahl chiqkan vaqtda o’zini tiya olishini pahlavonlik deb hisoblaydi. U o’zining asarlarida musulmon kishi uch kundan ortiq o’z birodaridan arazlab, gina saqlab yurishi mumkin emasligini, qo’shnisiga ozor bermasligi, mehmonni hurmatini o’rniga qo’yish muhimligi, qarindosh – urug’larga oqibatli bo’lish, ularning ahvolidan xabardor bo’lib yurishini ta’kidlaydi. Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to’plami – «Al - Jome as – Saxiq» islom dinida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’idir. Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at – Sulami al – Bug’iy at – Termiziy 824 yili Termiz shahrida dunyoga keldi. Imom at – Termiziy ham yoshlik chog’idan hadis mutolaasiga kirishib, tezda hadislarni to’play boshlagan va bu yo’lda ko’plab hadis olimlari bilan muloqotda bo’lib, ularning suhbatini olgan. Imom at – Termiziy Imom al – Buxoriyga shogird bo’lgan. Undan tashqari Muslim, Abu Dovud, Kutayba, ibn Sa’id, Ishoq ibn Abdurahmon, Muhammad ibn Bashorat, Ali ibn Hujr, Ahsad ibn Muni’, Muhammad ibn al – Musanno, Sufyon ibn Vaki’ kabi qator yirik muhandislarni ham o’ziga ustoz deb bilgan. Imom at – Termiziy o’zining «Sunan» asaridan tashqari yana quyidagi kitoblarni yozganligi ma’lum. Chunonchi: «Kitob al – ilal» («Nuqsonlar kitobi»), «Kitob at – tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob ash – shamoil annabiyya» («Payg’ambarimizning axloq – odoblariga bog’liq oid kitob»), «Kitob azzuhd» («Zohidlar haqida kitob», «Kitob al – asmo valkuna» («Roviylarning ism va laqablari haqida kitob») va boshqalar . Imom at-Termiziy to’plagan hadislar orasida bolalarni ahloq – odobga, marhumlarga hurmat ruhida tarbiyalashga da’vat kuchli: «Chinakkam sabr – toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamligiga aytiladi». Abu-Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Az-Zamaxshariyning dunyoviy bilimlarni tarqalishidagi o’rni. Abu Nasr Forobiy – o’rta asr Shar q ining mashhur mutafakkiri, q adimgi yunon falsafasining Shar q dagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’ q idi, so’ng Arab xalifaligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil isti q omat q ildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa q ilish, turli tillarni o’rganish bilan shug’ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar q oldirdi. U o’z davrining faylasufi, musi q achisi, shoiri, q omusiy olimi sifatida shuhrat q ozondi. U «A q l ha q idagi risola», «Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak», «Substansiya ha q ida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan orti q risolalar yaratdi. Farobiy ta’lim – tarbiya berish usullari haqida yozadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar q anoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil q ilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g’ayrat, kasb – intilish, harakatga aylantiradi.» Olim, daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, deydi, Farobiy o’z davridagi yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari zarurligi xususida fikrlar bildirdi. Bu fikrlar hozir ham ta’lim – tarbiyada g’oyat muhimdir. Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan zo’r iste’dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o’lmas ilmiy asarlari jahon tarixida va taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir. Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentabr (hijriy 362 yil 2- zulhijja) kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi. U yoshlikdan ilm – fanga g’oyat qiziqadi. Xorazmda shuhrat qozongan olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo’lida ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug’ullanadi, butun sharqning fan va madaniyatini o’rganadi, ona tilidan tashqari arab, sug’diy, fors, suyoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaydi. Hindistonda sanskrit tilini o’rganadi. Beruniy o’z didaktik qarashlarida tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga xolisona baho berish – inson tabiatini bildiruvchi omil ekanligini ta’kidlab, kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo’lishga undaydi. Olimning ta’kidlashicha, sezgi o’z qo’zg’atuvchi a’zolari orqali yuzaga keladi. Qo’zg’atuvchilar bir me’yorda bo’lsa, yoqimli va zararsiz, agarda me’yordan ortiq bo’lsa, dardli va halokatli bo’ladi. Ko’rish sezgisini nur qo’zg’atadi, eshitish, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo’ladi, ta’m – ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu to’rt sezgini his etuvchi maxsus a’zolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir. Beruniy inson ana shu xususiyatlari bilan barcha mavjudotlardan ustunligini ta’kidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko’zlagan maqsadiga erishish, yaxshilik ko’rishdir, degan g’oyani olg’a suradi. Beruniy ilm – fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi, ilm – fanning gullab yashnashida, odamning baxti esa, uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr – ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shafqat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidladi. Beruniy olg’a surgan insonparvarlik g’oyalari, ta’lim-tarbiya xususidagi fikr – o’gitlari mustaqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib yetishtirishga xizmat qiladi. Ibn Sino butun musulmon Sharqining ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o’rta asr fanining turli sohalari – falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiiiy adabiyot bo’yicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qo’shdi, o’z davrida «Shayx – urrays» (olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi. Uning 150 dan ortiq asari ma’lum. Uning «Tib qonunlari» nomi bilan shuhrat qozongan asari Sharqda ham, G’arbda ham medisinada asosiy qo’llanma hisoblangan. Olimning medisinaga doir kashfiyotlari, ayniqsa, turli o’simliklardan kimyoviy yo’l bilan dori – darmonlar tayyorlash haqidagi fikrlari hamon o’z qimmatini saqlab kelmoqda. Ibn Sino olim bo’lish bilan birga iste’dodli adib hamdir. Uning forsiy tilda yozgan she’rlar devoni, «Donishnoma» kitobi, arab tilida yozilgan «Salamon va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Qush» va boshqa qissalari bizga qadar yetib kelgan. Ibn Sino xalq og’zaki ijodidagi termalar asosida yozma adabiyotga ruboiy janrini olib kiradi. O’z g’azal va ruboiylarida shoir go’zallikni, ilm – fanni targ’ib etadi, jaholat, zulm - zo’rlikni qoralaydi. Bir ruboiysida ilmda kamolot cho’qqisiga yetishsa - da, hamon qadrlanmaganidan shikoyat qilsa, boshqa birida o’z ilmiy qudratini ta’kidlaydi: Qora yer qa’ridan to avji Zuhal, Koinot mushkulin barin qildim hal. Ko’p chigal tugunni angladim, yechdim, Yechilmay qolgani birgina ajal. O’z qissalarida Ibn Sino mardlik, insonparvarlik, halol – poklik, mehnatsevarlikni targ’ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg’onchilik, ishyoqmaslikni, riyokor imomlarning ikki yuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm – fanni o’rganishga, kasb – hunar egallashga da’vat etadi. Ulug’ olim va iste’dodli adibning nodir asarlari biz uchun hamisha aziz va mo’’tabardir. Yusuf Xos Hojib ning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo’lish, adolatparvarlik g’oyalari asosiy o’rin tutadi. U har bir kishining yuksak kamolot cho’qqisiga yetishini orzu qiladi. Yusuf xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarida XI asrdagi ijtimoiy va oilaviy tarbiya, maktablardagi fan tarmoqlari, o’qitish tizimining o’ziga xos xususiyatlarini aqliy, axloqiy, mehnat va jismoniy, nafosat tarbiyasiga doir fikrlari bayon etilgan. Yusuf Xos Hojibning fikricha, insonning ulug’ligi, aql – idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, o’quvi hunarga egaligidir. O’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o’qish – o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi: O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lur, Bilig kimda bo’lsa, beduglu alur. O’qushlik uqar – ul, bitiglig bil u r, Biligli, o’quli tilakka tegir. Shoirning fikricha, bilim bir boshbog’ yoki jilov kabidir. U kishining har xil noloyiq ishlardan asraydi. Shu xususiyati tufayli bilim aziz va mo’’tabardir. Adib ta’lim tizimi, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga, ta’lim mazmuniga oid bir qator jiddiy fikrlarni aytadi. U ayrim fanlarni o’qitishdagi izchillikni ham ko’rsatib o’tgan. Yusuf Xos Hojib insonda o’quv – idrok va bilim til, so’z orqali ayon bo’lishini aytadi, ravon tilni bilishga da’vat etadi. Yusuf Xos Hojib tilni avaylab asrash zarurligini ta’kidlaydi. “ Ko’p so’zlik foydasiz mashg’ulotdir. Shuning uchun ham tuman so’z tugunini bir so’zda yozish lozim ” . Zero, kishi so’z tufayli qadr topishi yoki, aksincha «boshi egik bo’lishi» mumkin. Buning far q iga bilim bilgangina yetadi. Bilimsiz odam ko’zi ko’r kishiga o’xshaydi. Bu hol uning so’zlar ma’nosidagi ayrimini ham ko’rmaslikka olib keladi. Demak, so’z ma’nolarini ilg’ash uchun ham bilimdonlik talab etiladi. Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u, tug’ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Shoir o’g’il va q izning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi, bu – ularning kelajak hayotlari jamiyat rivoji uchun kerak. Yusuf Xos Hojib a q liy tarbiyaning baland mavqe tutishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir – biri bilan uyg’un bo’lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy – ma’naviy boy bo’lishiga ishonadi. Farzandlariga turli bilim va hunarlar o’rgatish, ularni go’zal axlo q li qilib, voyaga yetkazish ota – onaning burchidir. Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Neku ter, eshitgil sinamish qari, Sinamish qarilar so’zi so’z qo’ri… Ya’ni: Ko’p narsalarni sinagan qari kishi nima deydi, eshitgin, Sinagan qarilarning so’zlari so’z qo’r – quti. Yusuf Xos Hojibning Shar q ijtimoiy – siyosiy, axloqiy – ta’limiy hamda badiiy tafakkuri taraqqiyotiga qo’shgan hissasi beqiyosdir. Allomaning pedagogik qarashlari ham bu sohadagi ulkan me’rosdir. Ular tarix nuqtai nazari bilan gina emas, bugungi kunimizga xizmat qilishi bilan ham zo’r ahamiyat kasb etadi. Abulqosim Umar az – Zamaxshariy 1075 yil 19 martda Xorazmning Zamahshar qishlog’ida tug’ildi, boshlang’ich bilimni o’z qishlog’ida oldi, so’ngra Xorazm madrasasida o’qidi. U madrasada arab tili va adabiyotini, diniy bilimlarni, hattotlik san’atini mukammal egalladi, Buxoro madrasasida tahlil ko’rgach, Xorazm shoh saroyida xizmat qildi. Zamaxshariy oliyjanoblik fazilatga ega bo’lganlarni ulug’ odamlar hisobladi va ularni el – yurt olqishiga sazovor, aziz odamlar deb bildi. «Odamlarning, - deydi Zamaxshariy, - eng aziz va hurmatlilari qayg’u – hasratu tashvishli damlarida bilinur, go’yoki bu tashvishlar ular uchun tug’ishgan opa – singildek ya q indir». Zamaxshariyning fikricha, odamlarning o’zaro do’stona munosabatda bo’lishlarida millati, nasl – nasabi emas, balki ilm – ma’rifatli, aqli va zakovatli bo’lishi muhimdir. Ilm o’qish va yozish orqali mukammallashadi, bu – olimning kamolatga erishganiga yorqin dalolatdir. Zamaxshariy ilm – fanni insonlarning, ilm ahlining o’zaro muloqotda bo’lishlarida asosiy vosita hisoblaydi. Zamaxshariy o’z pedagogik qarashlarida axlo q – odob tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. U odamlarni to’g’rilikka, haq yo’lidan borishga da’vat etadi. Uning fikricha, to’g’rilik kuchli mahobatdir. «To’g’ri va haq yo’ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko’ra ham mahobatliroqdir». Zamaxshariy ahillikni ham ulug’lab, odamlarni, qavm- qarindoshlarni o’zaro do’st, hamdard, xayru ehsonli bo’lishga, bir – birlariga ezgulik ko’rsatishga chorlaydi. Ahillik jamiyat tinchligi, xalq farovonligi uchun g’oyat muhimligini ta’kidlaydi. Inson iffatli, go’zal xulqli bo’lmog’i lozim. Az – Zamaxshariy xasislik, takabburlik, manmanlikni qoralaydi, odamlarni bu illatlardan yiroq bo’lishga undaydi, go’zal fazilatli bo’lishga chorlaydi. U deydi: «Go’zal sifat va husni xulk siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko’rkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forig’ bo’lmas» . Az – Zamaxshariyning insonlarni yaxshilik, insoniy yaxshi fazilatlarni egallash, axloq – odob haqidagi fikrlari, pand – nasihatlari o’z davrida kishilar, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etdi, pedagogik fikr rivojida munosib hissa bo’ldi, hozir ham ta’lim – tarbiyada xos o’rinda bo’lishi shubhasizdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. I.A.Karimov Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Xalq so’zi. 2012 yil 8-dekabr 2. Karimov I. A. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent, “Sharq”, 1997 yil 3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Toshkent, “O’zbekiston”, 2010 yil 4. Karimov I.A. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi Qarori. Toshkent, 2010 yil 29 yanvar 5. Bikbayeva N. U. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996 yil 6. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent, 2005 yil 7. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. “Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi” Toshkent, “TDPU” 2005 yil 8. Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchlarni rivojlantirish nazariyasi va netodikasi (KHK uchun) Toshkent, “Ilm-Ziyo” 2005 yil 9. Jumayev M.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va netodikasi (KHK uchun) Toshkent, “Arnoprint” 2005 yil 10. Toshmurodov B. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish Toshkent “O’qituvchi”, 2000 yil 11. Jumayev M. E. “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum” Toshkent “O’qituvchi” 2004 yil 12. Omonov B. “Qiziqarli matematika” Toshkent “O’qituvchi”, 1994 yil 13. Mavlonova R. A. Raxmonqulova N.X. “Boshlang’ich ta’lining integratsiyalashgan pedagogikasi” Toshkent “Ilm ziyo”, 2009 yil