logo

Ta`lim maqsadi, uning ta`lim mazmuni, usuli va vositalari bilan aloqadorligi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

182 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Maqsad − muayyan natijaga erishish yo`l va usullarni belgilovchi omil. 2. Ta`lim maqsadi - jamiyatning ma`lum taraqqiyot bosqichida o`z a`zolariga qo`yadigan talablarining avvaldan fikran loyihalashtirilgan modeli. 3. Ta`lim maqsadi - ijtimoiy zarurat, ijtimoiy talab, ijtimoiy buyurtma hamda didaktik masala sifaida. 4. Ta`limning umumiy maqsadi va vazifalari. 5. Ta`limning xususiy maqsadi va vazifalari. 6. Ta`limning tur va bosqichlarida maqsad uzviyligi va davomiyligi. www.arxiv.uz Milliy istiqlol, xususan, uning samarasi bo`lmish "Ta`lim to`g`risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "2004-2009-yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" maktab ta`limi oldiga demokratik jamiyatimizga mos yangi maqsad va vazifalarni qo`ydi. Prezidentimizning: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim past bo`liShi muqarrar", - degan ta`kidlari maktab ta`limi va didaktlar oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtma va jamiyat taraqqiyoti uchun zaruriy ehtiyojdir. Bu esa o`z navbatida ta`lim maqsadini to`g`ri belgilash, shu maqsadga muvofiq moddiy zamin, mazmun va vositalar tanlab, ularni o`zaro muvofiqlashtirish asosidagina amalga oshirilishi mumkin. Bunda bosh masala biriinchi navbatda ta`lim-tarbiya qanday shaxsni yetishtirib berishi haqidagi ijtimoiy talabdir. Prezidentimiznining yuqorida keltirilgan fikrlaridan anglashilib turibdiki, hozirgi davr kishilari erkin, mustaqil fikrlaydigan bo`lishi lozim. Shuning uchun milliy istiqlolning ilk qadamlaridanoq ta`lim islohotlariga jiddiy kirishildi. Ta`lim maqsadining sovet davrida hukmron bo`lgan bilimdon ijrochi shaxsni tayyorlashdan mustaqil fikrli tadbirkor shaxsni yetishtirish yo`nalishida tubdan yangilanishi umumiy o`rta ta`limda barcha o`quv predmetlari maznuni va ta`lim usullarining yangilanishini talab qildi, zeroki maqsad hamisha usul va mazmunni belgilab kelgan. Prezidentimizning " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" yo`q degan shiorlari mulliy istiqlol sharofati bilan kun tartibiga qo`yiilgan bu maqsadning ildizlarini, asoslarini atroflicha o`tganishni, uni bo`lajak o`qituvchilar, til ta`limi va tadqiqi mutaxassislari orasida keng ommalashtirishni talab qiladi. Mana shuning uchun D.Yo`ldoshevaning ushbu o`quv qo`llanmasi oliygoh talabalari va o`qituvchilar uchun juda foydalidir. Bu o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, sovet davri didaktikasida ta`lim maqsadining ilmiy muhokamasi rasm emas edi, chunki ta`lim maqsadi davlat buyurtmasi - davlatning ta`lim oldida qo`ygan bosh vazifasi sanalib, o`sha davrlarda uni muhokama qilinishi, xususan, milliy respublikalarda mutlaqo www.arxiv.uz mumkin emas edi. Shuning uchun mustaqillik havosida yayrab nafas olayotgan va dunyo iqtisodiy, ilmiy-madaniy hamjamiyatiga o`zining mustaqil taraqqiyot yo`li asosida shahdam qadamlar bilan kirib borayotgan o`lkamizdagi har bir masala tog`risida, Prezidentimizning "Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch"asarlarida bayon etgan quyidagi fikrlari ta`lim maqsadiga ham to`la-to`kis aloqadordir: "Agar biz… bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`rilgan va ulardan oziqlanadigan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. El-yurtimiz ko`p asrlik tarixi davomida bunday mash`um xotiralarni necha bor ko`rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma`naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`limiz barchamizga saboq bo`lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo`lib yashashga da`vat etishi lozim. O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagu yo`q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko`p bora o`z isbotini topgan". 1 D.Yo`ldosheva Prezidentimizning mana shu fikrlarini metodologik asos qilib, “ta`lim maqsadini muhokamasiz, so`zsiz qabul qilish” - sovet an`anasini buzadi, ta`lim maqsadining tadrijiy taraqqiyot yo`liga nazar soladi, bugun jamiyatimiz oldida ijtimoiy buyurtma - davlat buyurtmasi sifatida qo`yilgan maqsadning: - o`zbek tilida ta`limning qariyb o`n besh asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqligini, -Prezidentimiz juda to`gri ta`kidlaganlaridek," fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`l"ga ega ekanligini, -bu silsilaning hozirgi kundagi holati uning zamonaviy oliy cho`qqisi bo`lib, -oldinda, istiqbolda rivojlanish, davr bilan uyg`unlashishning deyarli cheksiz imkoniyatlariga ega ekanligini, 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 й. 4-бет. www.arxiv.uz - O`zbekistonimizda turkiy ma`rifatparvarlarning eramizning VII-VIII asrlardayoq o`rtaga qo`ygan "tukriylarga turkona ta`lim berish" maqsadi uzoq mashaqqatli yo`ldan keyin faqat milliy istiqlol sharofati bilan amalda voqelanganligini kitobxonga yetkaza olgan. Shuning uchun bu qo`llanmani bo`lg`usi o`qituvchilar va didaktlar uchun foydali manba bo`la oladi deb hisoblayman. Safarova Rohatoy G`aybullayevna, O`zP F ITI umumiy o`rta ta`lim mazmuni pragnostikasi bo`limi mudiri, p edagogika fanlari doktori, professor . KIRISH …tariximiz haqida gap ketganda, biz hamon rus olimlarining tadqiqotlariga tayanamiz…Lekin qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz. O`z davlatimiz, xalqimiz, millatimiz tarixini o`zimiz tiklamasak, o`zimiz xolisona yozmasak, uni boshqalar boshqacha qilib yozadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas. 1 I.A.Karimov. Ta`lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta`lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta`lim maqsadining ta`lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Kraevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o`rganish ta`lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta`lim maqsadi o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Шарқ, 1998. – 32 б. www.arxiv.uz Vaholanki, ta`lim maqsadi ta`lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt va metodistlarning ta`lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta`lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta`lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To`g`ri, davlat va jamiyat ta`lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta`lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta`lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta`lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi. Ta`lim maqsadi silsilasida ona tili ta`limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki maktab ta`limi ona tilini ta`lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta`lim oluvchi ona tilini ta`lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta`limning barcha tur, bo`g`in va bos`ichlari uchun ona tili ta`limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta`limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi tilshunos bo`lishi shartmi?! Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi − til tilshunos va grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, ta`limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta`limining o`ziga xos maqsadi va zarurati mavjud, zarurat esa o`rganilishi lozim. Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida "O`zbekistonda ona tili ta`limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga www.arxiv.uz oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz "bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?". 1 Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta`limida o`qitish maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma`naviy ahamiyat kasb etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta`lim maqsadining uzoq ildizlari bilan tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta`lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta`lim tarixi, ta`lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta`lim maqsadining tubdan yangilanishi, b у maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta`limi nazariyasi va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan. Shuningdek, unda: −"O`zbekistonda ona tili ta`limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi", degan fikrning noto`g`riligi; −"ona tilida ta`lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish" tushunchalari bir nars а emasligi; − ona tilida ta`lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va ta`lim tili tushunchalari bir-biriga mos kelishi; −ona tili ta`limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida ta`limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi; −ona tilida ta`lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta`limi mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar batafsil bayon etiladi. 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т.: Шарқ, 1998. 11-б. www.arxiv.uz Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta`lim maqsadi tushunchasi, uning ta`lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi esa ona tilida ta`lim va ona tili ta`limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida ta`lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini yoritishga bag`ishlanadi. Niyatingni xolis et, shoyadki, bo`lg`aydir qabul Insoniyat tarixida ta`lim olishga ehtiyoj tug`ilgan kundan boshlab, nimani o`rgatish?, qancha o`qitish?, nima uchun o`qitish?, qanday usullar bilan o`qitish kerak? kabi savollar didaktika oldida turgan qadimiy va dolzarb masalalardan sanaladi. Shu muammolarga bog`liq holda kishilarning kundalik faoliyatida maqsad, mazmun, natija kabi tushunchalar tez-tez uchrab turadi. Mantiqshunoslar nuqtayi nazari bilan qaraganda maqsad - ma`lum jamiyatdagi insonlar amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasi. Ba`zi adabiyotlarda qadimgi hindlarga, ba`zilarida yunonlarga yoki arablarga nisbat beriladigan: "Maqsad unga erishish yo`l va choralarni belgilaydi", degan hikmatli so`z ostida juda katta ma`no yotadi. Maqsad insonning biror voqelikka bo`lgan ehtiyojining ongdagi in`ikosi yoki fikriy modeli bo`lib, u obyektiv sharoitlardan kelib chiqadi. 1 Maqsadni amalga oshirish natijaga erishish demakdir. Mazmun esa natijaga erishish jarayonining majmuyi, mag`zi, maqsad va uning natijasi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning yig`indisidir. Natija o`z navbatida jamiyat ijtimoiy talabining qandayqondirilganligini belgilovchi omildir . Pedagogik adabiyotlarda "ta`lim", "ta`lim mazmuni", "ta`lim maqsadi" tushunchalari turlicha talqin qilinadi: "Ta`lim - bilim berish, malaka va 1 Ўзбек СЭ. Т. VII . – Т.:Ўзбек совет энциклопедияси Бош ред.,1975. – 84 -б. www.arxiv.uz ko`nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi". 2 Shuningdek, kishilik jamiyatida ta`lim mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida o`qituvchi va o`quvchi zimmasiga yuklangan o`qitish~ o`qish jarayoni bilan belgilanuvchi vazifadir. Bu ta`limning tor ma`noda o`qitish tushunchasini anglatishidir. Keng ma`noda ta`lim jamiyatning barcha sohalarida ma`lumot berish jarayonini ham bildiradi. 3 Ta`lim tarbiyaning muhim omilidir. Yana ham aniqroq aytsak, ta`lim va tarbiya bir butunlik, bir-biridan ajralmasdir. Bu haqda Prezident Islom Karimov, jumladan, shuni alohida ta`kidlaydilar: "Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta`lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib bo`lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi". 4 Ta`lim va tarbiya bir-biridan ajralmas ekan, ta`lim maqsadi va tarbiya maqsadi mohiyatan bir bo`lishi, jamiyatniing bugungi taraqqiyoti ehtiyojmand shaxsni yetishtirishga xizmat qilmog`i shart. Bunda, albatta, o`qituvchi-murabbiy faoliyati ulkan ahamiyatga egadir. Ustoz-murabbiy faoliyati tufayli ta`lim jamiyat tomonidan puxta o`ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, jamiyat kutgan natijalarni beradi. Inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo`lgan ta`lim, bilimlarni o`zlashtirish natijasida tafakkur rivojlanishini tezlashtiradi, tarbiya jarayoniga onglilik, uqilganlik, istiqboliy rivojlanuvchanlik bag`ishlaydi. Hamma zamonlarda ham ta`lim maqsadini belgilash davlat siyosatining ustuvor sohasi hisoblangan. Ta`limning maqsadi jamiyat amaliy faoliyatining avvaldan fikran o`ylangan natijasi bo`lib, jamiyatnin г maktab oldiga qo`ygan ijtimoiy buyurtmasi ta`lim umumiy maqsadi asosida belgilanadi. 1 Ta`limning 2 Ўзбек СЭ. Т. X .– Т.: Ўзбек совет энциклопедияси Бош ред.,1975. – 607- б. 3 Ўзбек СЭ. Т. X .– Т.: Ўзбек совет энциклопедияси Бош ред.,1975. – 608- б. 4 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 й. 61-62-бетлар. 1 Лернер И.Я. Педагогическая литература о проблемн o м обучении. – М. 1983. www.arxiv.uz maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzumga muvofiq o`quv predmeti, texnika, madaniyat taraqqiyoti asosida tarixan o`zgarib borishi bilan birga o`rta umumta`lim o`choqlarida o`qitishning didaktik tavsifini ham belgilaydi. Ta`limning maqsadi o`qitishning ma`lum maqsadga qaratilganligini va shu maqsadga muvofiqligini o`zida aks ettirgan, ta`limning ijtimoiy tabiatini, uning jamiyatdagi mohiyatini ochib beradigan, uning yo`nalishini, mazmunini, shakl va usullarini belgilab beradigan boshlanmadir. Ta`lim maqsadida insonga nisbatan u qanday bo`lishi kerak, unga qanday ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta`lim berish kerak, degan talablar ifodalangan bo`ladi. Ta`lim jarayonida ta`lim maqsadlarini belgilovchi jamiyat talablari to`la holda aks etsagina, bola shaxsi har tomonlama kamol topishi mumkin. Ta`limning maqsadi o`zining ijtimoiy tabiatiga ko`ra ko`p qirrali bo`lib, u amalga oshgach, ya`ni natijaga erishilgach, erishilgan natija asosida yangi maqsadlar qo`yiladi. Qo`yilgan yangi maqsadlar esa ta`limning ilk maqsadini takomillashtiradi, dastlab tanlangan ta`lim maqsadi, ularni amalga oshirish vositasiga aylanib boraveradi. Chunki umumiy ta`lim jarayonining o`zi ta`lim maqsadini jamiyat taraqqiyoti talablari asosida uzluksiz muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Ta`lim maqsadi ta`lim jarayonini, ta`lim mohiyatini, uning mazmuni, vositalari, usuli, o`qituvchi~o`quvchi munosabatlari va, nihoyat, uning samarasi – qanday shaxsni (yoki mutaxassisni) yetishtirishni belgilab beradi. Ta`lim maqsadi talablariga javob beradigan shaxs o`z navbatida ta`lim maqsadini oldingi bosqichdan yana ham yuqoriroq pog`onaga ko`tarishni talab qiladi va mana shu holatdagina jamiyat va shaxs taraqqiyoti uzluksiz ilgarilab, yuksalib boradi – maqsadni voqelantirish qanday shaxsni yetishtirishni, jamiyatning umumiy tarbiyalanganlik darajasi esa bo`lg`usi taraqqiyot yo`nalishini belgilaydi. Demak, ta`lim maqsadi jamiyatdan oziqlanadi va ayni zamonda jamiyat kelajagini belgilaydi. Butun ta`lim jarayoni – ta`lim materialidan boshlab, ta`lim natijasi (samarasi)gacha - ta`lim maqsadi bilan belgilanadi. Ta`lim maqsadi oldida turgan bosh masala: jamiyatga bugun va kelajakda jamiyat ravnaqi hamda istiqboli uchun qanday shaxs (mutaxassis) tayyorlash kerak, jamiyat qanday shaxsni talab qiladi – www.arxiv.uz ta`lim jarayoni shunday shaxsni yetishtirib berishi zarur. Mana shuning uchun o`qitishning eng muhim bo`g`inlarida ta`lim maqsadi davlat tomonidan belgilab qo`yilgan va jamiyat uchun umumiy va qat`iy qonun tusini oladi. Hozirgi kunda ta`limning turli bosqichlarida maqsadning kim tomonidan belgilanishini birinchi chizmada qo`yidagicha ko`rsatish mumkin: 1-chizma TA` LIM MAQSADI VA UNI BELGILOVCHILAR BELGILOVCHI TA`LIM BOSQICHLARI Davlat hujjatlari ( qonunlar ) Ta`limning umumiy maqsadi Ta`lim turlari va bosqichlari maqsadi DTS O`quv predmeti maqsadi O`quv predmeti bo`limlari maqsadi O`quv predmeti bosqichlari maqsadi Vazirlik ( o`quv dasturi ) O`quv predmetining yillik ta`lim maqsadi O`quv predmetining choraklik ta`lim maqsadi O`qituvchi-metodist O`quv predmetining mavzuviy ta`lim maqsadi O`quv predmetining muayyan dars maqsadi Shu o`rinda bir masalani alohida uqirib o`tish lozim. Ta`lim maqsadi ta`limning mohiyatini belgilar va mohiyatan ijtimoiy buyurtma (davlat zakazi) mavqeyida ekan, u pedagoglar, didaktlar, muayyan o`quv predmetlarni o`qitish usuliyoti mutaxassislari, metodistlar diqqat markazida bo`lishi kerak. Afsuski, hamma vaqt ham shunday emas. Didaktik adabiyotlarda ta`lim mazmuniga jild-jild tadqiqotlar bag`ishlangan holda ta`lim maqsadi masalasi hamisha chetda qolib keladi. Ta`lim maqsadi pedagogik adabiyotlarda eng kam o`rganilgan www.arxiv.uz masalalardandir desak, xato yoki mubolag`a qilmagan bo`lamiz. 1 Buning obyektiv sabablari ham bor. Birinchidan, yuqorida aytib o`tganimizdek, ta`lim maqsadi ta`lim mazmuni, usuli va, nihoyat, uning butun jarayoni va natajasini belgilovchi omil bo`lganligi uchun ta`limning istagan muammosi tadqiq-u tavsifida, muhokama-yu munozarasida ta`lim maqsadi masalasi muhokama etiladi. Shuning uchun uni maxsus o`rganishga zarurat yo`qdek tuyuladi. Ikkinchidan, ta`limning maqsadi – ijtimoiy buyurtma, ijtimoiy talab va juda ko`p hollarda siyosat, davlat hamda jamiyat taraqqiyoti, shuningdek, talabi bilan uzviy bog`liq masala, pedagog hamda didaktlar hal qiladigan sof ilmiy yoki ilmiy-metodik muammo emas. Ta`lim maqsadi–davlat ahamiyatiga ega bo`lgan siyosiy-ijtimoiy masala: u davlat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot talablari asosida ta`lim oldiga qo`yiladi. Ta`lim peshvolari, ta`lim muassasalari mana shu talabni samarali qondirish yo`l, usul va vositalarini ishlab chiqishlari, uni takomillashtirishlari lozim. U ma`lum taraqqiyot nuqtasiga ko`tarilgach, ta`lim maqsadi yangilanishi va oldingi maqsaddan yuqoriroqlarini o`z oldiga qo`yishi mumkin. Ta`lim maqsadi davlat ahamiyatiga molik masala bo`lganligi sababli u hukumat tomonidan belgilanadi. Buning yorqin misolini mustaqil O`zbekistonimizning taraqqiyot yo`lida ham ko`rishimiz mumkin. Mustaqillik memorondumidan keyin (31-avgust 1991-yil), O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, "mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma`naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, unin г milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish" 1 birinchi darajali masala sifatida o`rta qo`yildi. Bu sohada qilingan eng katta ishlardan biri sifatida Prezidentimiz I.Karimov: "Maktab sohasida "Ta`lim haqida"gi qonun qabul qildik" deb sanab o`tdilar. Haqiqatan ham, mustaqillik memorandumidan keyin tezda O`zbekiston 1 Коменский Я.А. Буюк дидактика. – Т.: Ўқитувчи, 1975.– 240 б.; Леднев В.С. Содержание общего среднего образования (Проблемы структуры). – М.: Педагогика, 1980. – 264 стр.; Скаткина М.Н., Краевского В.В. Знания– один из видов (элементов) содержания образования. – М.: Педагогика, 1978. – № 7. 1 Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. – 5-б. www.arxiv.uz Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun ta`lim tizimimizda erkinlik, ittifoq tizimidan chiqish, ta`limni milliylashtirishga qaratilgan edi. Oradan ko`p o`tmay, mustaqil O`zbekistonimiz jahon hamjamiyatidan, mustaqil davlatlar tizimidan barqaror o`rin oldi va taraqqiyotning O`zbek modelini jahonga namuna qildi. Mana shu O`zbek modelining muhim tarkibiy qismlaridan biri O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni va uni hayotga tatbiq qilish uchun ishlab chiqilgan hamda amalga joriy etilgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (KTMD)dir. "Ta`lim to`g`risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"i bugungi kunda O`zbekistonimizda ta`lim maqsadini belgilab beruvchi asosiy hujjatlardandir. Ta`lim maqsadi davlat tomonidan belgilanishi sababli bu masala, ta`kidlab o`tganimizdek, pedagogik adabiyotlarda ko`p va maxsus muhokama etilmaydi, lekin u ta`lim jarayoni va samarasini belgilaydi. Shuning uchun ta`lim jarayoni masalasi ustida to`xtalamiz. Ayrim didakt-olimlar (S.P.Baranov, V.A.Slastenin, O.R.Roziqov va b.) ta`lim jarayonini "ikki subyekt faoliyatining bir-biriga kirishuvidan shakllanadigan hosila" deb qaraydilar. Ikkinchi guruh olimlar esa (I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, N.V.Savin va b.) o`qitish jarayonini ta`lim maqsadi orqali "ikki subyekt –ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyatini ta`lim maqsadni amalga oshirish uchun munosabatga kirituvchi faoliyat", deb ta`riflaydilar. Nazarimizda, ta`lim jarayoniga o`rgatuvchi va o`rganuvchini ta`lim maqsadini amalga oshirish uchun munosabatga kirituvchi faoliyat sifatida qaraSh ta`lim haqidagi umumiy mantiqqa hamohangdir. Ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyati sintezida ta`limning maqsadi aniq va ravshan tushunilmaganligi sezilsa, shaxsni kamol toptirishga astoydil intilish bo`lmaydi. Balki ta`lim jarayonida bilib bilmay yondashish, o`zibo`larchilik avj oladi, ta`lim ajratilgan vaqtni to`ldirish uchungina olib boriladigan jarayonga aylanib qoladi. Ta`limning aniq begilangan maqsadi esa ta`lim jarayonida jamiyat talablarini qondira oladigan shaxsni tayyorlashni "loyihalash"ga imkon beradi. www.arxiv.uz Ta`limning umumiy maqsad va vazifalari, avvalo, ta`limga qo`yiladigan ijtimoiy ehtiyojlardan kelib chiqadi va o`z navbatida har bir o`quv predmetini o`qitishning xususiy maqsad va vazifalari belgilaydi. Ta`limning umumiy maqsadi tarbiya maqsadi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bu bog`liqlik jamiyat talablariga muvofiq unda tarkib topayotgan kishilar o`rtasidagi munosabatlarning tavsifi bilan aniqlanadi. Ta`limning umumiy maqsadini belgilashda tarbiya maqsadining, ayniqsa, ijtimoiy-ma`naviy tarbiya va estetik tarbiya bilan bog`liqlik jihatlari hisobga olinishi, shu asosda ta`lim-tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchini har tomonlama shakllantirishga yo`naltirilmog`i lozim. –Ta`limning umumiy maqsadi tarbiya maqsadlari bilan uyg`unlashib, mushtaraklik hosil qilgandagina tarbiyalanuvchi ongini jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish, rivojlantirish tizimi – ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda ishtirok etishiga qaratilgan samarali ta`sirlar majmuyi vujudga keladi. Shuning uchun ham ta`limning umumiy maqsadi ta`lim oluvchida faqat fikrlash qobiliyatinigina rivojlantirishni emas, tarbiyalanuvchi shaxsini har tomonlama yetuklikka yetkazishga xizmat qilish imkoniyatlarini belgilab berishdek ulkan vazifani bajaradi, tarbiyaning ko`p maqsad va vazifalariga ta`lim orqali erishiladi. Prezidentimiz o`zlarining tarixiy ma`ruzalarida buni alohida ta`kidlaydilar: "bizga bitiruvchilar emas, maktab ta`limi va tarbiyasini ko`rgan shaxslar kerak". 1 Ta`limning umumiy maqsadini amalga oshirish uchun ilm maskanlarida har bir tarbiyalanuvchini ma`naviy rivojlantiruvchi yetarli shart-sharoit bilan ta`minlash lozim. Shu bilan birga ta`lim maqsadi ta`lim mazmuni, ta`lim materiali, vositalari va nihoyat samarasini belgilaydi. Buni 2-chizmada quyidagicha ifodalash mumkin: 2-chizma TA`LIM MAQSADI TA`LIMNING MAZMUNI, MATERIALI, USUL, VOSITALARI VA SAMARASINI BELGILOVCHI OMIL Ijtimoiy buyurtma (Jamiyatning shaxsga/mutaxassisga qo`yadigan ruhiy, axloqiy, ijtimoiy, kasbiy, jismoniy talablari) 1 Karimov I . A . Barkamol avlod – O ` zbekiston taraqqiyotining poydevori ./ Barkamol avlod orzusi . To ` ldirilgan ikkinchi nashri . Toshkent : O ` zM Э. –2000. –16- b . www.arxiv.uz Tarbiya maqsadi ~ Ta`lim maqsadi (Ta`lim natijasida qanday shaxs yoki mutaxassisni yetishtirish lozim) Ta`lim mazmuni (Mazkur shaxs/mutaxassisga qanday bilim berish, unda qanday zaruriy malaka va ko`nikmalarni hosil qilish bilan amalga oshiriladi) Ta`lim materiali (Ta`lim mazmuni ko`zlagan bilim, malaka, ko`nikmalarni hosil qiliSh uchun ta`lim oluvchining yoshi ва saviyasiga muvofiq ravishda ta`lim mazmunining tarkibiy qismlari) Ta`lim usuli (Ta`lim oluvchi va ta`lim beruvchining o`zaro munosabati) Ta`lim vositalari (Ta`lim oluvchi va ta`lim beruvchi ta`lim jarayonida tayanadigan, foydalanadigan barcha vositalar) Ta`lim samarasi (Ijtimoiy buyurtmaga mos ta`lim maqsadi talablariga javob beradigan shaxs) Jamiyat ravnaqi va istiqboli Ta`lim maqsadini to`g`ri belgilash jamiyat hayoti, ravnaqi va istiqboli uchun iqtisodiy munosabatlar hamda ishlab chiqarishdan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi masaladir. Bu yerda O`zbekiston Respublikasining KTMDda to`g`ri belgilanganidek, shaxs~ishlab chiqarish munosabati bir tomonlama emas, balki ikki tomonlamadir: jamiyat, ishlab chiqarish qanday shaxs yetishtirish lozimligini belgilasa, ta`lim olgan shaxs (ta`lim samarasi) ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun KTMDda shaxs O`zbek modelining markazida turadi. (Qarang: 3-chizma.) www.arxiv.uz 3-chizma davlat va jamiyat ishlab shaxs узлуксиз chiqarish ta`lim o`quv predmeti Shaxs nafaqat ishlab chiqarish, davlat, jamiyat, ta`lim markazida turadi, balki ularning o`zaro munosabatlarini ham, ravnaq-u taraqqiyotini ham belgilaydi. Shaxsni yetishtirish esa ta`lim-tarbiya maqsadi bilan belgilanadi. Demak, ta`lim maqsadining pirovard natijasi jamiyat q?anday shaxsni talab qilishidadir. Butun ta`lim tizimi mana shu maqsadga xizmat qilmog`i, ta`lim jarayonidagi har bir predmet, har bir turdagi faoliyat, har bir dars va topshiriq mana shu maqsadga qaratilmog`i kerak. Ta`lim tizimida o`qitilayotgan har bir o`quv predmeti shu maqsadning qaysidir bir "vint"chasini voqelantirishi lozim. O`quv predmetining xususiy maqsadi ta`limning umumiy maqsadi bilan umumiylik-xususiylik, butun- bo`lak munosabatlari bilan bog1lanishi shart. O`quv predmetininig maqsadi esa uning ta`lim mazmuni, materiali, usulini belgilaydi. O`quv predmeti bo`yicha har bir darsu topshiriq shu maqsadg а bo`ysunmog`i, har bir qadam shu xususiy maqsadning qaysidir yoki qanday "murvat"i bo`lishi zarur. Ta`limning muayyan ijtimoiy talabdan dars-mashg`ulotgacha bo`lgan bosqichlari maqsadida pog`onaviylikni 4-chizmada ko`rsatish mumkin. 4-chizma IJTIMOIY (DAVLAT) TALABI I TA`LIMNING UMUMIY MAQSADI www.arxiv.uz II TA`LIM TURLARI MAQSADI III TA`LIM BOSQICHLARI MAQSADI IV TA`LIM TURI BOSQICHLARI MAQSADI V O`QUV PREDMETINING UMUMIY MAQSADI VI O`QUV PREDMETI BO`LIMLARI MAQSADI VII O`QUV PREDMETI BOSQICHLARI MAQSADI VIII O`QUV PREDMETI DARSLARI MAQSADI Bu pog`onaning ilk to`rt bo`g`inida ta`lim maqsadi davlat tomonidan belgilangan hujjatlarida, jumladan, "Ta`lim to`g`risida"gi Qonunda o`z aksini topadi. Jumladan, bu qonunning 11-, 12-, 13-, 14-, 15-, 16-, 17-moddalari ta`limning har bir turi va tur ichidagi bosqichlarning umumiy maqsadini belgilab beradi. 1 Bunda, masalan, umumiy o`rta ta`lim maqsadi quyidagicha belgilanadi: "Umumiy o`rta ta`lim bosqichlari quyidagilar: boshlang`ich ta`lim (I-IV sinflar); umumiy o`rta ta`lim (V-IX sinflar). Boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim va ko`nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o`rta ta`lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati ва amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga hamda ta`limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste`dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi mumkin". 2 1 Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. – 23-24-б. 2 O ` sha asar . – 23-б. www.arxiv.uz Bevosita o`quv predmeti bilan aloqador bo`lgan V-VIII bo`g`inlarda maqsad, 1-chizmada ko`rsatilganidek, DTS, o`quv dasturi, dars ishlanmasi bilan belgilanadi. Bu silsiladan ko`rinib turibdiki, maktabda har bir dars (topshiriq) maqsadi – bu umummilliy ta`lim maqsadining bir halqasidir. Agar ta`lim maqsadi zanjirining 4-chizmada ko`rsatilgan I-IV bo`ginlari umumdavlat hujjatlari (bizda "Ta`lim to`g`risida"gi qonun, DTSlari) bilan belgilansa, uning beshinchi-sakkizinchi bo`g`inlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan dasturlar bilan belgilanadi. Har bir o`quv predmeti bo`yicha dasturda shu o`quv predmetining bo`lim, bo`g`in, bandlari maqsadi yoritilgan bo`ladi. Shu sababli mutuxassis va amaliyotchilar, o`qituvchilar zimmasiga muayyan o`quv predmetining bo`lim (band)lari maqsadining mavzular va har bir muayyan darsda voqelanishini aniqlash, ta`lim maqsadining ko`rsatilgan 8 pog`onasi orasida uzviylik va davomiylikni izchil davom ettirish mas`uliyati tushadi: o`qutuvchi har bir dars-topshiriq uchun ishlanma yoki ko`rsatma tuzib, uning maqsadini belgilar ekan, uning ko`z o`ngida, diqqati markazida ta`limning umumiy maqsadi, o`quv predmetining muayyan ta`lim maqsadi turishi lozim. Xulosa Ta`lim maqsadi, uning rivojlanishi, jamiyat taraqqiyoti bilan aloqalari, ta`lim tizimi strukturasida tutgan o`rni, ta`lim mazmuni, usuli, vositalari va provard samarasi bilan ko`p tomonli munosabatlarining umumiy masalalari va bu munosabatlarning ona (o`zbek) tili ta`limida voqelanishini ko`rib o`tish natijasida quyidagi umumiy xulosalarga kelish mumkin: 1.Ta`lim maqsadi haqida gapirganda ta`limning u m u m i y m a q s a d i va ta`lim tizimida h a r b i r o` q u v p r e d m e t i m a q s a d i tushunchalarini farqlamoq lozim. Ta`limning umumiy maqsadi va har bir o`quv predmeti maqsadi o`zaro umumiylik~xususiylik munosabatlari bilan bog`lanadi. 2.Ta`limning umumiy mafkuraviy-ma`naviy, ta`limiy-tarbiyaviy maqsadi jamiyatning ta`lim oldiga qo`yadigan vazifasi - ijtimoiy buyurtma mohiyatiga ega bo`lib, jamiyatning taraqqiyoti, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, madaniy ehtiyojlari www.arxiv.uz bilan uzviy bog`langan bo`ladi, davlat, jamiyat tomonidan muayyanlashtiriladi va ta`lim natijasida qanday shaxs jamiyatga yetishtirib berilishini belgilaydi. Shuning uchun ta`limning umumiy maqsadi, ko`p holatlarda ta`limning ayrim tur va bosqichlari umumiy maqsadi davlat hujjatlarida aniq va qat`iy shaklda berilgan bo`ladi. O`zbekiston Respublikasida ta`limning, uning tur va bosqichlarining umumiy mafkuraviy-ma`naviy, ta`limiy-tarbiyaviy maqsadining davlat nazoratida turishi O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni bilan belgilanadi, unda global shaklda beriladi. Davlat ta`lim standartlarida soha, ixtisoslik, yo`nalish va bo`qinlar bo`yicha muayyanlashtiriladi. Bu O`zbekistonning ko`p ming yillik madaniy taraqqiyot tarixida ilk voqeadir va shuning uchun O`zbekiston Respublikasida DTS tizimining joriy etilishi mamlakatimiz ta`limi tarixida inqilobiy burilish sifatida baholanishi lozim. 3. Ta`lim maqsadi bilan ta`lim mazmuni, usuli va vositalari uzviy bog`langan bo`lib, maqsad mazmun, usul va vositani, ular, o`z navbatida, ta`lim samarasi, natijasini − ta`lim jamiyat ehtiyoji va kelajagi uchun qanday shaxsni etishtirishini belgilaydi. 4. Ta`lim maqsadi barcha davrlar uchun o`zgarmas invariant emas: u davrning iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma`rifiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqlikda o`zgarib, rivojlanib, yangilanib boradi. Ta`lim maqsadida turg`unlik va jamiyat taraqqiyotida turg`unlik, tanazzul o`zaro mutanosib bo`lib, bir-biriga nisbatan dialektik sabab-oqibat munosabatlaridadir: jamiyat taraqqiyotidagi turg`unlik ta`lim maqsadida turg`unlikda namoyon bo`ladi. Ta`lim maqsadidagi turg`unlik jamiyatdagi turg`unlik va tanazzulni chuqurlashtiradi. O`zbekisonda XVII-XIX asrlardagi jamiyat va ta`lim taraqqiyotidagi turg`unlik buning yorqin dalilidir − yuz yillar davomida ta`limning umumiy maqsadi − xat-savodli itoatkor mo`min- musulmonni yetishtirish − va ta`lim mazmuni ("Abjad" - "Haftyak" - "Farzi ayn" -"Chor kitob" -"Guliston" - "Bo`ston"-...)ning o`zgarmas holda saqlanishi jamiyatdagi turg`unlikka olib keldi. Shuning uchun O`zbekistonda jadidchilik www.arxiv.uz harakatining asosiy diqqati ta`lim islohoti va uni zamonaviylashtirishga qaratilgan edi. O`zbekistonda mustaqillikning ilk qadamlaridanoq umumiy ta`lim tizimini yangilash va tubdan isloh qilishga yuksak e`tibor ham, unga taraqqiyotning eng muhim sohasi sifatida ulkan mablag`larning ajratilishi va sarflanishi ham, ta`lim maqsadi, mazmuni, usuli, yangi pedagogik texnologiyalarni keng ommalashtirishga va provard oqibatda ta`lim natijasini yangilashga intilish ham shu bilan uzviy bog`liqdir. 5.Ta`lim maqsadining, ta`lim natijasiga ijtimoiy buyurtmaning yangilanishi ta`lim mazmuni, usuli va vositalarining shu maqsadni voqelantirishga mos ravishda yangilanishi bilan ta`minlanmasa, maqsad samara bera olmaydi. Bu sovet didaktikasining tarkibiy qismi sifatida O`zbekistonda ta`lim tizimining 1970-90- yillardagi ish tajribasidan − maqsadni yangilab, mazmun, usul va vositalarni xo`jako`rsinga, faqat nomigagina yangilashning kutilgan natijalarni bermaganligida ham ko`rinadi. 6.Ta`limning umumiy mafkuraviy-ma`naviy, ta`limiy-tarbiyaviy maqsadi UMIS sifatida ta`lim tizimi strukturasidan o`rin olgan o`quv predmetlarining xususiy maqsadlarida har bir o`quv predmetining xususiyat va imkoniyatlarga uyg`un ravishda voqelanadi. Bu maqsadlar umumiy maqsadga nisbatan YHVO mavqeida bo`ladi. 7. Ona tili ta`limining maqsadi ta`limning umumiy maqsadining voqelanish ko`rinishlaridan biridir, u, avvalo, xat-savodlilikni ta`minlash, ikkinchidan, til va tafakkur mushtarakligi asosida tafakkur, uning nutqda yuzaga chiqishi bilan uzviy bog`liqligi sababli ta`lim tizimi va strukturasidan o`rin olgan boshqa o`quv predmetlari ta`lim maqsadidan ancha farq qiladi. Shuning uchun, eng avvalo, ikki tushunchani: a) ona tilida ta`lim sharoitida ona tili ta`limi maqsadini, b) ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitishning maqsadini farqlash talab qilinadi. Ona tilida ta`lim sharoitida ona tili ta`limi yo`q deb hukm chiqarish mutlaq о noto`g`ri, chunki bu sharoitda ona tili ta`lim tili sifatida www.arxiv.uz voqelanadi va ta`lim tilining (demak, ona tilining) imlo, talaffuz, me`yor, ifoda, hamda leksik va grammatik vositalari o`rganiladi, ona tilida bayon etilgan fikrlarni uqish va o`z fikrini ona tilida bayon etish ko`nikmalari shakllantiriladi. Buni ixcham ravishda ona tili ta`limining xat-savodlilikni ta`minlash maqsadi yoki oddiygina ona tili ta`limining umumiy maqsadi sifatida umumlashtirish mumkin. Ta`lim o`choqida ona tili maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitilganda uning ta`limi oldiga bu umumiy maqsaddan tashqari davr talablari bilan bog`langan ijtimoiy buyurtma sifatida qo`shimcha −x u s u s i y maqsadlar qo`yiladi. 8.Ona tili ta`limining xat-savodlilikni ta`minlash maqsadi davr bilan bog`liq emas, barcha davr va jamiyatning hamma bosqichlari uchun umumiydir; ta`lim ona tilida amalga oshirilsa, uning bu umumiy maqsadi−ta`lim tili sifatida, albatta, voqelanadi. 9. Turkiy xalqlarning bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklarining materiallari turkiy (o`zbek) tilda ta`lim eramizning V asrdan hozirgacha uzluksiz davom etib kelgan va shuning uchun ona (o`zbek) tili ta`limining xat-savodlilikni ta`minlash maqsadi shuncha davr davomida u z l u k s i z voqelanib kelgan degan qat`iy hukm chiqarish, "O`zbekistonda ona (o`zbek) tili ta`limi Oktyabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi" degan g`ayriilmiy o`ydirmaga chek qo`yish haqida xulosa chiqarishga asos bo`ladi. O`lkamizning bir yarim ming yillik uzluksiz tarixiy yozma yodgorliklari butu н tariximiz davomida turkiy (ona - o`zbek) tilida ta`lim hech qachon tamoman so`nmaganligini ko`rsatib kelmoqda. Ayrim davrlarda bosqinchilar tazyiqi ostida ona (o`zbek) tilida ta`lim biroz susaygan, zaiflashgan bo`lishi mumkin, lekin hech qachon tamoman so`nmagan va yo`qolmagan. Ona (o`zbek ) tilida ta`lim zo`ravonlik bilan zaiflashtirilgan sharoitda ham Bilga To`nyuquq, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Abulg`ozi Bahodirxon, jadidlar kabi ko`p sonli turkiy til jonkuyarlarning asosli isyoniga sabab bo`lgan. 10. O`lkamizda islom dini o`rnashgunga va hukmron mafkuraga aylangunga qadar (VIII-IX asrlarda) turkiy til ta`limi oldida turkona mafkura bilan yo`g`rilgan savodli shaxsni yetishtirish maqsadi, islomiy mafkuraviy hukmronligi www.arxiv.uz davrida (IX-XIX asrlarda) bu maqsad savodli mo`min (musulmon)ni tarbiyalash shaklida o`z davri uchun zamonaviylashdi va shu tarzda uzoq muddatda − qariyb o`n asr davomida turg`unlashdi. Bu maktab ta`limida ta`lim mazmuni, usuli va vositalarining ham turg`unlashishi, qotib qolishiga olib keldi; yuzlab yillar davomida yosh avlod undan bir necha yuz yil oldin yaratilgan o`quv materialidan foydalanib, orqaga qarab bordi. Shuning uchun Mahmudxo`ja Behbudiy va boshqa jadidlar: "Orqaga qarab emas, oldinga qarab intilayluk" 1 deb ta`limni orqaga emas, oldinga qaratilgan bo`lishi zarurligini ta`kidlaydilar. 11.XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida jadidchilik harakatida ta`limni bu asriy turg`unlikdan chiqarish jamiyat taraqqiyotining bosh omillaridan biri deb baholandi va ona tili ta`limi oldiga milliy mafkura va islomiy dunyoqarash bilan yo`g`rilgan, zamonaviy taraqqiyotdan xabardor, madaniy va savodli shaxsni tarbiyalash maqsadini qo`yishga intildilar, umummilliy adabiy til ta`limi masalasini−ta`limgohda ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish masalasini−o`rtaga qo`ydilar. Biroq bu maqsadni o`sha vaqtda tarqoqlik va hokimiyatning bo`linganligi sababli amalga oshirish mumkin emas edi. O`zbekiston sho`ro respublikasi ta`sisidan keyingina bu maqsadlarning amalga tatbiqi uchun ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy imkoniyat tuqildi - ta`lim o`zbek tilida olib boriladigan maktabda xususiy maqsadli ona tilini alohida o`quv predmeti sifatida o`qitish amalga joriy qilindi. 12. O`zbek maktablarida ona (o`zbek) tilini o`qitishning xususiy maqsadi xususiyatlariga ko`ra o`rgatish tarixini uch davrga bo`lish mumkin. Bular: a) adabiy til me`yorlarini singdirish va ommalashtirish davri (1924-1970- yillar); b) nutqni rivojlantirish davri (1970-1990-yillar); v) ijodiy tafakkurni rivojlantirish davri (1990-yildan hozirgi kungacha). 13.Birinchi davrda ona tili ta`limi oldida turgan maqsadni voqelantirish uchun jahon tajribasida o`zini oqlagan yagona to`g`ri usulga - ona tilining fonetik, leksik va grammatik qurilish birliklariga tayangan holda adabiy til me`yorlarini ta`lim 1 Беҳбудий М. Танланган асарлар (Нашрга тайёрловчи Б.Қосимов). – Т.: Маънавият, 1997. – 132 б. www.arxiv.uz oluvchilarga singdirish va ulardan amaliy foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish usuliga tayanildi va bunday ta`lim yaxshi samara berdi − 1960-yillarda adabiy til me`yorlari deyarli to`liq ommalashdi va ona tili ta`limining maxsus maqsadi amalga oshdi. 14. Navbatdagi bosqichda - yozma va og`zaki nutqni rivojlantirish bosqichida - maqsadga erishish usuli noto`g`ri tanlandi - ilmiy grammatik o`quv materialini chuqurlashtirish, yuqori sinflarda uslubiyat asoslarini o`rganish orqali nutqni rivojlantirishga erishib bo`lmadi. Natijada 1970-80-yillarda ona tili ta`limida - o`zbek ilmiy va ommaviy matbuotida keng muhokama etilgan - turg`unlik va tanazzul hukm surdi. Buning bosh sababi til ta`limini tafakkur rivojidan ajralganligi bo`ldi; tafakkurni rivojlantirmasdan nutqni rivojlantirishga urinish urug`siz o`simlik undirishga intilishdek samarasiz edi. 15. Milliy istiqlol davrning ilk qadamlaridanoq ta`limni, jumladan, ona tili ta`limining maqsadi, mazmuni, usuli va vositalarini tubdan yangilashga jiddiy kirishildi. Jahonning ilg`or didaktikasi, ta`lim psixologiyasi, milliy an`analarimiz va qadriyatlarimiz asosida ona tili ta`limining ongli kognitiv-pragmatik (induktiv) ta`lim usuli, shu maqsad va usulga mos ta`lim mazmuni ishlab chiqildi hamda amalga joriy etildi. Bu usulning mohiyatini nutqni o`z-o`zidan emas, balki ona tili imkoniyatlari orqali ta`lim oluvchida mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko`nikmalarini shakllantirish, tafakkurning voqelanish shakli sifatida nutqni rivojlantirish tashkil etadi. Ilk tajriba-sinov ishlari bu usulning sersamara va istiqbolli ekanligini ko`rsatmoqda. Hozir bu maqsadni to`la voqelantirish uchun to`siq bo`layotgan narsa o`quvchilarning ona tili darslarida keng foydalanishlarini ko`zlab tuzilgan ona tili imkoniyatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi axborot bankining turli shakl va ko`rinishlari − xilma-xil maqsadli lug`at, qomus, ma`lumotnoma, ko`rgazmali qurollar, ularning elektron variantlari, kompyuter dasturlari v.h.larning juda ozligidir. Bunday qo`shimcha vositalarsiz bu ta`lim usuli o`z maqsadiga to`la erisha olmaydi. Ta`lim usulining bosh talablaridan biri − ta`lim oluvchi o`quv materialining darslik bilan cheklanmasligidir. Buni esa ona tili imkoniyatlari axborot bankigina ta`lim oluvchiga yetkaza oladi. Shuning uchun www.arxiv.uz ona tili o`qitish metodikasi, tadrischi va tilshunos olimlar, ilg`or amaliyotchilar oldida turgan asosiy vazifalardan biri ona tili ta`limining ongli kognitiv-pragmatik (induktiv) ta`lim usuli uchun zarur bo`lgan va amaldagi dasturda o`z aksini topgan qo`shimcha ta`lim vositalari - axborot banklarini tuzish va sinflarga, har bir o`quvchiga yetkazish, o`quvchilarda axborot banklarini bilish, ulardan foydalanish madaniyatini, juda ko`p imkoniyatlardan muayyan sharoitda qaysi biri eng samarali ekanligini topa olish hamda undan amalda foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishning yo`l va usullarini − yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va keng ommalashtirishdir. 16. Turli davrlarda amalga oshirilgan ta`lim jarayonining maqsadlari bilan umumiy maqsadlar tahlili shuni ko`rsatdiki, ta`lim maqsadi muntazam rivojlanuvchi, dinamik jihatdan takomillashib boruvchi ijtimoiy-didaktik hodisa ekan. Buni ona tili ta`limi maqsadi dinamikasi misolida V asrdan hozirga qadar quyidagi jadvalda ko`rishimiz mumkin: (Qarang: 6-chizma.) 6-chizma ONA TILI TA` LIMI MAQSADINING PROGRESSIV DINAMIKASI № DAVRLAR MAQSAD VOSITALAR 1 V-IX asrlar Xat-savodli turkona tabiatli shaxsni shaklantirish Qadimgi turkiy yodgorliklar 2 IX-XIX asrlar ( jadidlargach а) Xat-savodli, itoatkor shaxsni shakllantirish IX-XIX asr maktabidagi o`quv manbaalar 3 XX asr boshlari ( jadidchilikd а) Zamonaviy ilmiy bilim asoslari bilan tanishgan, milliy tuyg`ularga ega bo`lgan xat- savodli (faol) shaxsni shakllantirish Jadid namoyandalari tomonidlan yaratilgan darslik va o`quv qo`llanmalari 4 1925-1970 -yillar Adabiy me ` yorlarni singdirish , milliy adabiy tilni ommalashtirish , rasmiy yozma - og ` zaki nutqda sheva nutqidan 1925-1970-yillar mobaynida yaratilgan o`quv dasturlari, darsliklar va o`quv adabiyotlari www.arxiv.uz foydalanishga chek qo ` yish 5 1970-1990 -yillar Milliy adabiy tilda yozma - og ` zaki nutqni rivojlantirish , o ` quvchilarning ijtimoiy - gumanitar hamda tabiiy o ` quv predmetilar bo ` yicha savodxonligini oshirish O ` quv dasturlari , darsliklar , o ` quv qo ` llanmalari , ilmiy va badiiy adabiyotlar 6 1999- yildanr hozirgacha O ` quvchida ijodiy , evristik hamda mustaqil tafakkurni rivojlantirish , ijodiy tafakkur mahsulini nutqsharoitiga mos ravishda to ` g ` ri , ravon bayon etish ko ` nikmalarini tarkib toptirish DTSlar , o ` quv dasturlari , darsliklar , qo ` llanmalar , audio vositalar , kompyuter texnologiyalari , ilmiy hamda badiiy adabiyotlar Jadvalda ona tili ta ` limi maqsadi misolida o ` quv predmeti umumiy va xususiy maqsadining davr talabi hamda ehtiyojlari asosida uzluksiz progressiv dinamikasi − keyingi davr maqsadi oldingi davr maqsadini o ` z ichiga olgan holda undan yuksakroq maqsadni ko ` zlashini ko ` rsatib turibdi . ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР 1.Каримов И.А. Адолатли жамият сари. – Т.: Ўзбекистон, 1998. 2. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Шарқ, 1998. 3. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 й. 4.Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Т.: Шарқ, 1997. 5. Баркамол авлод орзуси. – Т.: Шарқ, 1999. 6.Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандарти ва ўқув дастури. Она тили. Адабиёт. – Т.: Шарқ, 1999. 7. «Ўзбекистон Республикаси давлат тили ҳақида» Қонун. – Т.: Ўзбекистон, 1989. 8.Абдуллаев Ф.А. XV аср адабий тилининг диалектал асослари // Навоий ва адабий таъсир масалалари. – Т.: 1968. www.arxiv.uz 9.Абдуллаев Й. Мактабда ягона орфография ва нутқ режими. – Т.: ЎзПФИТИ, 1953. 10. Абдуллаев Й. 7-синфда она тилидан баъзи темаларни ўтишдаги тажрибамиз // Сов. мактаби. – 1954. – № 4. 11. Абдуллаев Й. Эски мактабда хат-савод ўргатиш. – Т.: Ўрта ва олий мактаб, 1960. 12. Абдуллаев Й. Эски ўзбек мактабларида (1865-1917 йиллар) савод чиқариш: – Пед. фанлари номз…дисс. афтореф.– Т.: 1961. 13.Абдураҳмонов Н. Қадимги туркий тил. – Т.: Ўқитувчи, 1989. 14.Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. – Т.: Ўқитувчи, 1982. 15.Абдураҳмонов Ғ. Ечимини кутаётган муаммолар// Ўзбекистон адабиёти ва санъати. –1988, 29 июль. – № 31. 16.Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек халқи ва тилининг шаклланиши ҳақида.– Т.: ТДШИ, 1999. 17.Абдураззоқова Қ. Она тилидан 5-синфларда ўқувчилар фаоллигини ошириш: – Пед. Фанлари номз…дисс. афтореф. – Т.: 1964. 18.Абулғозий Б. Шажарайи турк. – Т.: Чўлпон, 1995. 19. Абулғозий Б. Шажарайи тарокима. – Т.: Чўлпон, 1995. 20.Авлоний Абдулла. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 1-жилд. (Нашрга тайёрловчи Б.Қосимов.) – Т.: Маънавият, 1998. 21. Авлоний Абдулла. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 2-жилд. (Нашрга тайёрловчи Б.Қосимов.) – Т.: Маънавият, 1998. 22.Ausubel D.P. The Use of Advance Organizees in the Storning and Retention of Meaningful Verbal Manreal//Educational Psychology.–N.Y.,1960.–№ 51.– P. 267- 273. 23. Ausubel D.P. Educational Psychology. A Cognitive View.–N.Y.,1968. – № 45.