logo

Pеdagogika ta`limi jarayonida malaka oshirish kursi tinglovchilarini tabaqalashtirilgan ta`limga o`rgatish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

151 KB
P е dagogika ta`limi jarayonida malaka oshirish kursi tinglovchilarini tabaqalashtirilgan ta`limga o`rgatish N.Shodiev, Q.Yo`ldoshev, R.Shodiev, Samarqand DU «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro`yobga chiqarishning ikkinchi bosqichi (2001-2005 yillar)da «…o`quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o`tish to`liq amalga oshiriladi», deb ta’kidlangan. Shuningdek, jamiyatimizning ta’lim muassasalariga qo`ygan buyurtmasi aks ettirilgan ushbu hujjatda «Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart- sharoit yaratish» zarurligi ta’lim muassasalari jamo a lariga yuklatilgan. Biroq, umumiy o`rta maktablar va kasb-hunar kollejlari umumiy ta’lim fanlari o`qituvchilari, viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda umumiy ta’lim predmetlari bo`yicha kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari malakasini oshirish mintaqaviy markazi tinglovchilari bilan o`tkazilgan suhbat, so`rovnoma, test natijalari tahlili ularning aksariyat ko`pchiligi tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirishga tayyor emasliklaridan dalolat beradi. Ushbu tayyorgarlikning asosiy kamchiliklariga o`qituvchilarning o`z predmetlari bo`yicha mashg’ulotlarda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etaolmasliklari; ko`p xollarda o`qituvchilarning darsda va darsdan tashqari paytda tabaqalashtirilgan ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalari haqida chegaralangan va yanglish, noto`g’ri tasavvur va tushunchalarga ega ekanliklarini; va x.k. ko`rsatish mumkin. Щ ozirgi zamon umumiy o`rta maktab va kasb-hunar kolleji umumiy ta’lim fanlari o`qituvchilari tabaqalashtirilgan ta’limning qaysi turini, tabaqalashtirilgan ta’lim uchun o`quv jarayonini tashkil etishning qaysi shakllarini tanlashda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar; umumiy o`rta va o`rta maxsus ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy o`quv yurtlarida bo`lajak o`qituvchilarning umumilmiy, pedagogik-psixologik, metodik va ilmiy- ixtsoslik tayyorgarligida mavjud imkoniyatlar asossiz ravishda ishlatilmayapti; oliy o`quv yurtida o`quv jarayoni yetarli darajada bo`lajak o`qituvchilarni tabaqalashtirilgan ta’limga tayyorlashga yo`naltirilmagan. Bo`lajak o`qituvchilarni ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirishga tayyorlashda pedagogik amaliyot, ularning ilmiy-tadqiqot, ilmiy- metodik ishlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning imkoniyatlarini namoyon qilinmaganligini ta’kidlash lozim. Shu munosabat bilan biz umumiy o`rta maktab, o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari uchun pedagog kadrlar tayyorlayotgan oliy o`quv yurtlarida o`qitiladigan pedagogika, xususiy metodika fanlari dasturlarini tahlil qildik. Bunda universitetlarda «Ta’lim» sohasi va «Fan» sohasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlanishi, shu sababli pedagogika va xususiy metodika fanlari mazmuni va ularga ajratilgan soatlarning bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi tufayli «Pedagogika nazariyasi va tarixi» kursida ko`zda tutilgan «Ta’lim mazmunini tabaqalashtirish», « Щ ozirgi davr o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limi mazmunini tabaqalashtirish muammolari». «Majburiy va ixtiyoriy (fakultativ) o`quv fanlari»; «Darsda o`quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yalpi, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini uyg’unlashtirish» kabi savollar hamda «Ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish», «O`qituvchining iqtidorli bolalar bilan ishlashi», «O`quvchilarda bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirish» kabi kurs ishlari mavzulari bo`lajak fizika, matematika, biologiya va x.k. o`qituvchilariga mo`ljallangan. «Pedagogika» fani mazmunida o`z aksini topmagan. Shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari uchun amaldagi «Pedagogika masalalari» fani dasturi mazmunida ham tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasini o`rganishga urg’u berilmagan hamda bu sohada ularga mo`ljallangan o`quv-pedagogik adabiyotlar tahchilligi sezilmoqda. Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, oliy o`quv yurtida «Fan» sohasi bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar – bo`lajak fizika, matematika, kimyo va x.k. o`qituvchilarini tabaqalashtirilgan ta’lim nazariyasi, mazmuni, shakl, metodlari bilan ma’lum darajada tanishtirish, ularga mo`ljallangan «Pedagogika» fanining bu sohadagi ichki imkoniyatlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir (1-jadval). «Pedagogika» fanining ta’limni tabaqalashtirish bo`yicha ichki imkoniyatlari 1-jadval Mavzular, savollar Tabaqalashtirilgan ta’limning mazmuni, shakl, metodlari Pedagogika- ning maqsadi, vazifalari Tabaqalashtirilgan ta’limning asosiy maqsadi - ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va o`quvchilarning o`z bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishga bo`lgan ehtiyojlarini ko`proq qondirishdan iboratdir. Uning asosiy vazifasi - ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash uchun o`quvchilarining tayyorgarlik darajasini chuqur o`rganish mezonlarini aniqlash, nimalarga asosiy e’tiborni qaratish lozimligini belgilab olishdan iborat. Tabaqalashtirilgan ta’limning ijtimoiy mohiyati, bir tomondan, har bir o`quvchida ijodkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, bunyodkorlikni shakllantirishdan iborat bo`lsa, ikkinchi tomondan, ta’limdagi tenglashtirish uslubidan qutilish, har kimni qiziqishi, qobiliyati, erishgan natijalari asosida yangi istiqbollarga chorlashga zamin yaratish. «Ta’lim to`g’rida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - pedagogika fanining metodologik asosi Tabaqalashtirilgan o`qitishning metodologik asoslari ta’limni insonparvarlashtirish (o`quvchiga har tamonlama hurmat va muhabbat ko`rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo`rlashdan to`la voz kechish) va demokratiyalashtirish (o`quvchi va o`qituvchi huquqlarini tenglashtirish, o`quvchining erkin tanlab olishi, xatoga yo`l qo`yishi, o`z nuqtai nazariga ega bo`lishi huquqlari)dan iborat bo`lib, u pedagogik-psixologik jihatdan har bir o`quvchiga qulay sharoitda qiziqishi, qobiliyati, extiyojiga yarasha ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Kadrlar Ma’lum talablar asosida tuzilgan guruhdagi o`quvchilarga ta’lim tayyorlashnin g milliy modeli berish ichki tabaqalashtirish uslubi hisoblanib, u eng yuqori qobiliyatga ega bo`lganlar uchun ham umumiydir. U o`quvchilarning bilim, ko`nikmalarini an’anaviy tarzda hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin. O`quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari, erishgan natijalarini aks ettiruvchi aniq dalillar asosida tuzilgan guruhda esa tashqi tabaqalashtirilgan ta’lim amalga oshiriladi. Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib , tabaqalashtirishning quyidagi modelini keltiramiz . Ichki tabaqalashtirish ( toifalarga ajratilmagan ): o` quvilarga tabaqalashtirilmagan xolda yondashish : - xolatiga qarab tabaqalashtirish ; fan dasturi asosida majburiy ta ’ lim berish . Tashqi tabaqalashtirish ( toifalarga ajratilgan ): eklektiv ( yumshoq ) tabaqalashtirish : o` quv - mavzu dasturlari moslashtirilgan ta ’ lim ; erkin mavzularda amaliy mash g’ ulotlar o` tkazish . Selektiv (maxsus) tabaqalashtirish Yangi pedagogik texnologiyala r Tabaqalashtirilgan ta’lim shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalaridan biri sifatida u uslubiy, psixologik-pedagogik, tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o`qitish uchun sharoitlar yaratib beradi. H ar bir insonning o`ziga xosligi: uning qiziqishi, layoqati, qobiliyati, iste’dodi, imkoniyatini ng turli O`quvchilarning qobiliyatlari bo`yicha tabaqalashtirilgan ta’lim- ularning: a) umumiy qobiliyatlari va b) xususiy qobiliyatlari bo`yicha, ya’ni eng yuqori o`zlashtirganlar va pastroq o`zlashtirganlar guruhlariga bo`lib o`qitish. Bu xolda sinflarga A,V,S va x.k. harflar beriladi. Intellekt bo`yicha tabaqalashtirilgan ta’lim. Rivojlangan mamlakatlarda o`quvchilarning intelektual qobilyatlarini aniqlash bo`yicha ishlab chiqilgan «ay-kyu» testlaridan foydalaniladi. Qobiliyatsizligi bo`yicha tabaqalashtirish. U yoki bu predmetlar bo`yicha past o`zlashtirayotgan o`quvchilarni past darajada kichik darajada ekanligi. Har bir kishining o`z hayotini ma’nodor bo`lishiga intilishi xajmda o`rganiladigan guruxlarga birlashtirib o`qitish. Loyihalanadigan kasb bo`yicha tabaqalashtirish. 14-15 yoshdan boshlab ko`pchilik o`quvchilarda u yoki bu fan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga turg’un qiziqish vujudga kelishi munosabati bilan ular ota-onalari bilan birgalikda o`zlarining kelgusi xayoti uchun u yoki bu kasbni tanlashni mo`ljallaydilar. Masalan: rang tasvir, musiqa, raqs san’ti, chet tillari va x.k. o`rganishga layoqati, qobilyati yorqin namoyon bo`lgan va rivojlanayotgan bolalarni maxsus maktablarda o`qishga jalb etish. O`quvchilar qiziqishlari bo`yicha tabaqalashtirilgan ta’lim. O`quvchilarning qiziqishlari bo`yicha sinflarga (ba’zan maktablarga) guruhlanadilar va ularni qiziqtirgan fanlar chuqur o`rgatiladi. Щ ozirgi vaqtda respublikamizda fizika-matematika, kimyo-biologiya, gumanitar fanlar chuqur o`rganiladigan sinf va maktablar keng tarqalgan. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar Iqtidorli bolalarni o`qitish va tarbiyalash. Iqtidorli inson jamiyatga oddiy qobiliyatga ega bo`lgan insonga nisbatan ko`proq foyda keltiradi. Shu bois jamiyat va maktab oldida iqtidorli o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalash muammosi turibdi. Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlangani sari bu muammoning keskinligi kuchayib boraveradi. Mamlakatimizda iqtidorli bolalarni izlab topish va namoyon qilish uchun turli tuman tanlovlar, olimpiadalar o`tkazilmoqda. Talantni tarbiyalash, uning tabiiy layoqatini rivojlantirishni har bir maktab, litsey, kollej, oliy o`quv yurtida amalga oshirish zarur, uni uchun ularda tegishli shart- sharoit yaratish zarur. Mehnat, estetik va ekologik tarbiya: Kasbga yo`naltirish Tabaqalashtirilgan ta’lim sharoitida o`quvchilarni kasbga yo`naltirish ishini yaxshi yo`lga qo`yish mumkin. Bunda kasbga yo`naltirish ishi o`quvchilarda o`quv predmetlariga namoyon qilingan va yetarli darajada rivojlangan qiziqishlari tufayli ularni chuqur o`rganishga tayanishi juda ham muhimdir. … mehnat darslari Ta’lim metodlari Tabaqalashtirilgan ta’lim metodlari umumdidaktik metodlar bilan bog’langan. Ta’limning tashkiliy shakllari Tabaqalashtirib o`qitishning shakllari: har bir sinf (akademik guruh) ichida ichki tabaqalashtirish; mavjud sharoitlar va yetarli ma’lumotlar asosida tabaqalashtirish; yakka tartibda tabaqalashtirish; o`quvchilarning tanlovlari bo`yicha fakultativ mashg’ulotlar; turdosh predmetlarni chuqur o`rganuvchi sinflar; ixtisoslashtirilgan fizika-matematika, kimyo-fizika maktablari; va x.k. Shunday qilib, viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi umumiy ta’lim predmetlari o`qituvchilarini malakasini oshirish markaz (fakultet)lari professor- o`qituvchilari yuqorida keltirilgan ishlanma (1-jadval)dan foydalanib «Pedagogika masalalari» fani bo`yicha o`quv reja va dasturini tabaqalashtirilgan ta’limning maqsadi, vazifasi, metodologiyasi, modeli, shakl, metodlari kabi masalalar bilan boyitib tinglovchilarni kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda faol ishtirok etish imkoniga ega bo`ladilar.