logo

Nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan muassasalar tarmog'i

Yuklangan vaqt:

22.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.5 KB
Nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiyasi bilan shug ` ullanadigan muassasalar tarmog ` i R eja: 1. Nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiyasi bilan shug ` ullanadigan muassasalarning paydo bo ` lish tarixi. 2. Nuqsonli bolalarga ta`lim-tarbiya berishda, ularning sog ` ligini saqlashda, xalq ta`limi, sog ` liqni saqlash, ijtimoiy ta`minot vazirliklarining o ` rni. 3. Nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiya si bilan shug ` ullanadigan muassasalarning vazifalari. 4. Nuqsonli bolalar bilan ishlashda oligofrenopedagogikaning roli. Tayanch iboralar va tushunchalar : g aranglar, yaxshi eshitmaydigan, ko ` rlar, ko ` zi xira ko ` radiganlar, tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo ` lgan bolalar, oligofrenpedagoglar. Kamol topishda kamchiligi bor bolalarni kamchilig i ni o`z vaqtida bilish, kas alin i davolash, pedagogik ta`sir ko`rsatish , muayyan ijtimoiy natij al arga erishish imkonini beradi h amda bu bolalarni kamol topishini ta`minlaydi, ularni maktabda beradigan bilimlarni o`zlashtirib olishga, so`ngra esa jamiyatda shuning foydali a`zolari bo`lib еtishishga yordam beradi. Fan-texnika yutu q larini h ayotga tadbiq etish asosida turli xil yu q umli kasa l liklar umuman tu g atildi. Barcha maxsus maktablar, maktab-internatlar, maxsus bog`chalar, butunlay davlat ta`minotiga o`tkazildi. Nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanadigan muassasalar tarmoqlari sobiq sho`ro hududida ayniqsa, 1920-yillardan keyin jadal sur`atda rivojlandi. Ko`r, kar, aqli zaiflar uchun maxsus, alohida maktablar ochila boshlandi. Maxsus o`quv rejalar, dasturlar, darsliklar, uslubiy adabiyotlar yaratildi. Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va ishga joylashtirish haqidagi qaror 1975-yilda qabul qilingandan keyin, turli nuqsonli bolalarga bo`lgan munosabat bir muncha kuchaydi. Nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanadigan yordamchi maktablar ommaviy maktablar singari yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish, ularni jamiyatning foydali kishisi qilib еtishtirishga xizmat qiladi. L.S.Vigotskiyning 1924-yilda aytgan optimistik bashorati nazariyada real ekanligini hozir nuqsonli bolalar sohasida erishilgan yutuqlar ham ko`rsatib turibdi. “Ehtimol, insoniyat ertami-kechmi ko`rlik, karlik, aqli zaiflikni еngadi. Ammo ularni biologik va tibbiyot tomonidan ko`ra, ijtimoiy va pedagogik tomondan ancha ilgari еngadi”, - deb ta`kidlagan edi. Nuqsonli bolalarning atroflicha rivojlanishida ijtimoiy ta`lim-tarbiya nihoyatda katta ahamiyatga ega. Yunesko ma`lumotlariga ko`ra nuqsonlilarning uchdan bir qismigina maxsus ta`lim-tarbiya jalb qilingan. Nuqsonli bolalarning ta`lim-tarbiyasidagi asosiy qiyinchilik nuqsonni aniqlashdan iborat. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, 0-2 yoshda 15,2%, maktabgacha yoshda 17,7%, kichik maktab yoshida esa 49,6% nuqsonli bolalar aniqlanar ekan. Shundan ko`rinib turibdiki, 10 yoshli bolalar orasida ham 20% ga yaqin nuqsonlilar uchrar ekan. Buning sabablaridan biri diagnostik ishlarning takomillashganligi, еtarli, ishonchli psixologik-pedagogik metodikalarning еtishmasligidir. Nuqsonli bolalarga ijtimoiy ta`lim-tarbiya berish ishlari respublikamizda keyingi 20 yil ichida bir muncha takomillashdi. Xalq ta`lim qonunida ta`kidlashicha, “O`zining jismoniy va ruhiy nuqsonlari asosida umumta`lim maktablarida ta`lim-tarbiya olishga qodir bo`lmagan bolalar uchun maxsus umumta`lim maktablari va maktab-internatlari tashkil etiladi. Bu muassasalarda nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiya olish va davolash bilan birga ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishlari uchun ham imkoniyat yaratiladi”. Hozirgi kunda maxsus muassasalar o`zlarining yuzaga kelish, rivojlanish, takomillashishda ma`lum tarixiy yo`lni bosib o`tdi. 1930- yillardan boshlab turli joylarda 4-8 yoshli aqli zaif bolalar uchun bog`chalar, 8-15 yoshlilar uchun esa o`quv-ishlab chiqarish korxonalari tashkil etila boshlandi. Respublikamizda nuqsonlilarga yordam 3 yo`nalishda: xalq ta`limi, sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot vazirliklari orqali olib borilmoqda. Xalq ta`lim vazirligi qoshida: ko`r, zaif ko` ruvchi bolalar maktab-internatlari va ular qoshida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun guruhlar: kar, qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab yoshidagilar uchun esa ular ta`lim-tarbiya oladigan maktab-internatlar: aqli zaif bolalar uchun maktabgacha muassasalar va o`quv kuni uzaytirilgan maktablar: maktab-internatlari; murakkab nuqsonlilar uchun maxsus ta`lim-tarbiya muassasalari; o`rta umumta`tim maktablar qoidalarida nutq sinflar: ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun maktab internatlari va kenglashtirish sinflari, harakat-tayanch sistemalari buzilgan bolalar uchun maktab-internatlar: umumiy ta`lim maktablarining Brayl sistemasi bo`yicha nashr etilgan darslik va qo`llanmalari ishlatiladi. Ko`r bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internatda bolalar 12 yil ichida 8 yillik umumiy ta`lim maktabi dasturini o`zlashtiradi. So`ngra kechki maxsus maktablarda o`qishni davom ettirishlari mumkin. Ushbu maktablarda xalq xo`jaligi uchun malakali ishchilar tayyorlash, hunar-ta`lim ishlari olib boriladi. Mehnat darslarida 5-7 o`quvchilar, umumiy ta`lim darslarida 12 bola qatnashishi kerak. Debil darajali kar bolalar esa maxsus tashkil etilgan yordamchi sinflarda ta`lim oladilar. Bu sinflarda bolalar 7-8 kishidan oshmasligi kerak. Qulog`i og`ir bolalar uchun tashkil etilgan maktab-internat 2 bo`limdan iborat bo`lib, amaliy nutqqa ega bo`lgan bolalar, ya`ni gapira oladigan bolalar birinchi bo`limda, ikkinchi bo`limda juda katta qiyinchiliklar bilan noaniq gapiradigan bolalar ta`lim- tarbiya oladilar. Birinchi bo`limda o`qish muddati 10 yil, ikkinchi bo`limda esa 11- 12 yil. Har bir sinfda 12 tadan bola o`qishi lozim. Aqli zaif, qulog`i og`ir bolalar 7-8 kishidan iborat bo`lgan maxsus sinflarda ta`lim oladilar. Og`ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun xalq maorifi vazirligi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga mo`ljallab nutq bog`chalari yoki bolalar bog`chalari qoshida nutq guruhlari tashkil etilgan. Bu turdagi maxsus bog`chalarning asosiy vazifasi nutq kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniglab, ularni bartaraf etish va shu yo`l bilan nutq nuqsonlarining og`irlashib ketishiga yo`l qo`ymaslikdir. Xalq ta`limi vazirligi qoshida aqli zaif bolalar uchun maxsus bog`chalar tashkil etilgan bo`lib, bu еrga bolalar 4 yoshdan qabul qilinadilar. 7 yoshga to`lganda esa ular yordamchi maktablarga yuboriladi. Yordamchi maktab- internatlar, aqli zaif bolalar bog`chalarida barcha ta`lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi, tashkil etuvchi o`qituvchi tarbiyachilar – oligofrenopedagoglar deb yuritiladi. Oligofrenopedagoglar o`qituvchi, tarbiyachi, psixolog, ilmiy bo`lim mudiri, tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, direktor vazifasida ishlashi mumkin. Oligofrenopedagoglar o`quvchilarni atroflicha pedagogik o`rganishi asosida butun ta`lim-tarbiya ishlarini rejalashtiradi, ularni jismoniy va ruhiy nuqsonlarini tuzatadi, harakat sistemalarini to`g`rilab boradi, bilish faoliyatlarini shakllantiradi, xulq-atvor normalarini tarbiyalab boradi. Nuqsonli bolalar ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi muassasalar tarmog`i nuqsonli bolalarni (ya`ni ko`r, kar, aqli zaif bolalarni) himoyalash, ularga ta`lim- tarbiya berish va ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta`lim- tarbiyaning metodlarini ishlab chiqish hamda ularni jamiyatning foydali kishisi qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.