logo

Masofaviy ta’lim imkoniyatlarini o’rganish, chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

190 KB
2 Mundarija Kirish ……………………………………………………………………………....3 I. BOB. T a’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim… ………... 8 1.1. Masofaviy ta’lim tushunchasi. Masofaviy o’qitish jarayonining o’ziga xos tomonlari va afzalliklari… ……………………………………………………. 8 1 .2. O’zbekiston hududida masofali ta’limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari……………………………………………………………………….20 II. BOB. Til o’rgatishda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va unda yuzaga keladigan interfaollik muammosi… …………………………….26 2.1. Chet tillarini o’qitishda zamonaviy texnologiyalarning o’rni……………....26 2.2. Interfaol ta’lim tushunchasi. Chet tili darslarida interfaol usullardan foydalanish samaralari…………………………………………………………….33 2.3. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish va unda yuzaga keladigan muammolar………………………………………………40 Xulosa……………………………………………………………………………. 48 Summary……………………………………………………………………...…. 52 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………. 55 3 Kirish « ...Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to’liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo’lgan barcha shart – sharoitlar yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo’ladi va har qaysi inson Alloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o’zi uchun, oilasi, millati va xalqining, davlatining faravonligi, baxt - saodati, manfaati uchun to’liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar to’liq taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas 1 .»                 Islom Karimov. XX – asr boshidan beri fan va texnikaning deyarli barcha sohalarida juda ko’p kashfiyot va ixtirolar qilindi. Ilm – fan jamiyatimizning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi 2 . Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unda ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berildi, xususan chet tillarini o’rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarni o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. 1 Karimov I.A. O’zbekiston XXI- asrga intilmoqda. - T.: O’zbekiston. 2000. B-11. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. - T., 2008.B-4. 4 Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 10 dekabrda e’lon qilingan   “ Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”   gi Qarori chet tili ta’limini rivojlantirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni   zamon talablariga mos yetuk   mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu maqsadlarga yo’naltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb- hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida ko’plab ishlar olib borilmoqda. 5 Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet tillariga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ko’zda tutilgan 3 . Chet tillarni izchil o’rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.   Shu jarayonlardan kelib chiqqan holda ta’lim tizimida masofaviy ta’lim tushunchasi kirib keldi. Biz ham universitet talabasi sifatida masofaviy ta’lim imkoniyatlarini o’rgangan holda bugun oldimizda turgan ’’ Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaollik muammosi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimizni yoritib berishga harakat qilamiz. Mavzu yuzasidan izlanishlar davomida ko’plab ingliz, o’zbek, ingliz va rus tillaridagi ilmiy hamda badiiy adabiyot va qo’llanmalardagi mavzuga aloqador ma’lumotlarni bir joyga yig’ishga erishdik. Ilmiy ish darajasiga ko’tarilgan har bir mavzu fanda ko’ndalang turgan muhim savollarga javob bo’lishi mumkin. Ushbu bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu ham ta’lim sohasining deyarli ochilmagan qirralaridan biridir. Bu mavzu yuzasidan ko’plab ilmiy ishlar qilingan bo’lishi mumkin, ammo masofaviy ta’lim va chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaollik muammosi masalasiga kam qo’l urilgan. Zero mavzuning dolzarbligi ham ana shunda. Ma’lumki masofaviy ta’lim tizimidan dunyo xalqlari keng miqyosda foydalaniladi. Izlanishda ta’lim tizimida masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan kengroq foydalanilmaganli, chet tillarini o’qitishda zamonaviy texnologiyalarning xizmatlari kengroq yoritilmaganligi, chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish qulayliklari va unda yuzaga keladigan interfaollik muammosi o’rganilmaganligi, shuningdek uni o’rganishning yangi pedagogik texnologiyasining ishlab chiqilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 3 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T.: - 2008. B-7. 6 Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarning olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy – tatqiqot ishlarida masofali o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni o’quv – tarbiya jarayoniga kiritishning nazariy va uslubiy asoslari o’z aksini topgan. Xususan, ushbu masala bilan S.S.G’ulomov, A.A.Abduqodirov ( “ Iste’dod” jamg’armasi), A.A.Abduqodirov ( O’zMU), M.Oripov, R.X.Hamdamov, N.Toyloqov, E.S.Polat, R.England, A.S.Lauzen, S.Novas, W.Souder va boshqa bir qator olimlar shug’ullanganlar. Masofadan o’qitishni oliy ta’limga qo’llash borasidagi ilmiy tatqiqotlar A.Abduqodirov, T.F.Bardina, R.Boqiev, V.D.Orexova, R.Hamdamov, S.I.Rahmonqulova, U.Yo’ldashev, N.Hammond, A.Jones va boshqalar tomonidan olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi . - Masofaviy ta’lim imkoniyatlarini o’rganish, chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish qulayliklari va unda yuzaga keladigan interfaollik muammosini tahlil qilish. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. – Masofaviy ta’lim tizimi imkoniyatlarini o’rganish; Til o’rgatishda masofaviy ta’lim texnologiyalarining qulayliklarini aniqlash; Chet tili darslarida interfaol usullardan foydalanish afzalliklarini tahlil qilish; Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaollik muammolarini ko’rib chiqish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti. - Hozirgi kunda ta’lim tizimida jadal rivojlanayotgan masofaviy ta’lim. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. - Ta’lim tizimida masofaviy ta’lim imkoniyatlarini o’rganish va chet tillarini masofaviy o’qitishda yuzaga keladigan interfaollik muammosi ochib berish. Metodik asos sifatida O'zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning asarlari, Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrda 7 qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risidagi", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlari olindi. Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. - Mazkur mavzu yuzasi bo’yicha hozirgacha ilmiy tadqiqot olib borilmagan, alohida mavzu bo’lib ishlanmagan, yetarlicha diqqat – e’tibor qaratilmagan. Bitiruv malakaviy ishimizda ilk bor ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar xususan masofaviy ta’lim imkoniyatlari o’rganiladi. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish qulayliklari tahlil qilinadi va unda yuzaga keladigan muammolar aniqlanadi. Mavzuning ilmiy yangiligi ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishining ahamiyati. - Masofaviy ta’lim tizimi imkoniyatlarini kengroq o’rganish, undan keng va samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish va unda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish ta’lim samaradorligini oshiradi. To’plangan materiallar va ularning tahlilidan o’quvchilar masofaviy ta’lim kurslari bo’yicha ma’ruzalar o’qishda, yoki referat tayyorlashda foydalanishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda bitiruv malakaviy ishimiz kelgusida bundanda chuqurroq ilmiy izlanishlarga asos bo’lib xizmat qilishi va keng yoritilishi mumkin. 8 I. BOB. T a’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim. 1.1. Masofaviy ta’lim tushunchasi. Masofaviy o’qitish jarayonining o’ziga xos tomonlari va afzalliklari. Hozirda dunyo shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib qolyapti. Shuning uchun, ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, odamzot informatsion texnologiyalarni yaratdi. Kompyuter — bu oddiy va qulay tarzda ma'lumotlarga yetishish vositasidir. Ma'lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma'lumotlarning qayerda joylashishidan qat'iy nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak 4 . Hozirda shu va shunga o‘xshash boshqa muammolar komputerlar yordamida bartaraf qilinmoqda. Komputerlar inson hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib boryapti va jahonda ularning soni va qo‘llanilish doirasi kengaygandan kengaymoqda. Bu esa kompyuterlarning kundan-kunga yanada rivojlanishini ta'minlayapti. Bularning hammasi ta'lim tizimiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Hozirda puxta bilimga ega bo‘lish uchun informatsion texnologiyalarni ham o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilmoqda, chunki ta'lim tizimi har doim zamon talablariga mos kelishi kerak. Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, ya'ni yangi informatsion texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, ixtiyoriy o‘quv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi ma'lumotlarni olishdir. Bunda bizga internet tizimi yordam berishi mumkin 5 . Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o’zgarishlar ro’y berayotganligi kun sayin yaqqol ko’rinib bormoqda. Turli ta’lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o’qitish keng qo’llanilayotganligi ham quvonchli hol. Ushbu uslubning ko’plab afzallik tomonlari borligi ko’pchilikka ayon. Barcha oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot 4 Abduqodirov A.Pardayev A. Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan. 2009. B. 5-6. 5 Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. B. 4-19. 9 texnologiyalarini rivojlanishi masofadan o’qitishni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o’qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo’l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi. Shu o‘rinda masofaviy ta’lim nima? Uning afzalliklari nimalardan iborat? degan savol tug‘ilishi tabiiy. Masofaviy ta’lim — bu istalgan joydan turib, qaysi vaqt bo’lishidan qat’iy nazar, shaxsiy re’ja asosida o‘qish hamda bilim olish jarayonidir.   Masofaviy ta’limning asosiy maqsadi - tinglovchilarning qayerda yashashidan qat’iy nazar, jahondagi ixtiyoriy ta’lim muassasasida o’qish imkoniyatini yaratish, ta’lim muassasalaridagi professor – o’qituvchilarning salohiyatlaridan foydalangan holda, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarning uzluksiz ta’lim olishlarini ta’minlash va ta’limning turli shakllarini bir – biriga yaqinlashtirishdan iborat 6 . Hammamizga ma’lumki hozirgi kunda butun dunyoda masofaviy ta’lim bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni ko`payib bormoqda. Masofaviy ta’lim va sirtqi ta’lim bir-biriga o‘xshash.   Hozirgi kunda masofadan o‘qitish dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta’lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiya-ning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida masofaviy o‘qitish texnologiyasi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalar va boshqa soha muta x assislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo‘llanilib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan ma‘lumki, dunyoga yuz tutayotgan O‘zbekiston uchun ham bu ta’lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘quv yurtlarida ham ba‘zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi. 6 Abduqodirov A.A. Ta’lim tizimida masofali o’qitish texnologiyasi. - Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyotida telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarining roli va ahamiyati. Xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari – T.: 2005.B-3. 10 Masofadan o’qitish yangi pedagogik texnologiyalarning bir turi bo’lib, u ko’pgina afzalliklarga ega. Jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, olinayotgan bilimlarning tezkorligi, talabaning bilim olish jarayonida erkinligi, ta’limning iqtisodiy samaradorligi, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafiklar asosida ta’lim berish natijasida o‘zlashtirishning yuqori bo’lishi, bilimlar xolisona baholanishi, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash imkoniyati, dunyoning yetuk professor-o‘qituvchilari ma’ruzalaridan foydalanish kabilardan iborat. Hozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash, o’qitish, bilim berish, zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni o’rgatish maqsadida juda ko’p ijobiy ishlar amalga oshirilib bormoqda 7 . Ularning asosiysi, masofadan o’qitish texnika va texnologiyasidir. Shu nuqtai nazardan yosh avlodni masofadan o’qitish tizimiga tayyorlash bosqichlarini quyidagi ko’rinishda amalga oshirish mumkin: Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o’qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo’lgan ta’lim turlaridan o’zining ayrim ijodiy tamonlari bilan ajralib turadi. Masofadan o’qitishning kunduzgi va boshqa ta’lim turlaridan farqli jihati shundaki, mazkur ta’lim turiga juda keng aholi ommasiga jalb qilish mumkin. Masofadan o’qitish o’zida kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarining ijodiy xususiyatlarini mujassam etadi. Shu jihatlariga ko’ra masofadan o’qitish hozirgi kundagi istiqbolli ta’lim turlaridan biri hisoblanadi. Masofadan o’qitish asosida ta’lim berish uchun o’qish istagida bo’lgan aholining muayyan qismini ta’lim muassasasi joylashgan yerga yig’ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o’quvchi tomonidan ortiqcha sarf – xarajat qilish zaruriyati bo’lmaydi. Uchinchidan, bu ta’lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh 7 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. B. 31-61. 11 cheklanishlarini istisno qilish mumkin. Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi. Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta’limning tarkibiy qisimlari quyidagilar: O‘qituvchi , o‘quvchi va kommunikatsiya. Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchi talabaga o‘quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo’yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar web saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javobini yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo’lsa kerakli ko‘rsatmalar beradi. O‘quv jarayonida o‘quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonferensiyalardan foydalanadi. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchida mustaqil fikrlash, o‘z- o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi. Masofadan o‘qitishda o‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishini tugatadi va o‘qitishni tugatganligi to‘g‘risida sertifikat oldi. Masofaviy ta’lim bu o‘qitishning insonparvar shakli bo‘lib, an‘anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi.Bunda texnik vositalar o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta’limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta’lim tizimi apparatli,dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo‘lib,o‘z 12 ichiga server va ishchi stansiyalar,sha x siy kompyuterlar , kommunikatsiya vositalari, umum ti zi mli va tarmoqli dasturlar ta‘minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv t izi mlari, o‘rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo‘lgan audio va video te x nikalarni oladi 8 . O’zbekiston sharoitida masofadan o’qitishni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta’limning bu turidan keng miqiyosda foydalanish lozim. Mazkur ta’lim turni joriy qilish bilan bog’liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Lekin ularni imkoniyat darajasida hal qilishga erishish mumkin. Masalan, dastlabki paytda televideniyadan foydalanish katta samara berishi mumkin. Hozirgi kunda televideniya orqali ayrim fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil qilinib kelinyapti. Lekin ko’rsatuvlarning samaradorligi hali yetarli darajada emas. Birinchidan, bu ko’rsatuvlar asosan kunduzi namoyish etiladi. Ikkinchidan, uning metodikasini yanada takomillashtirish kerak. Masofadan o’qitishni tashkil qilishdagi eng muhim masalalardan biri professor o’qituvchilarni tanlashdir. Mazkur ta’lim turini amalga oshirish uchun o’qituvchilar eng tajribali va tashkilotchi professor – o’qituvchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki masofaviy o’qitish boshqa ta’lim turlaridan farqli bo’lib, uning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’qituvchining bilimdonligi, tashkilotchilik va boshqaruvchilik xususiyatlariga bog’liqdir. Chunki masofaviy o’qitishga jalb qilinuvchi o’qituvchi bir paytning o’zida mohir pedagog, dono maslahatchi va tajribali boshqaruvchi bo’lishi kerak. Masofaviy o’qitishni tashkil qilishning dastlabki davrida respublika aholisining demografik xususiyatlaridan kelib chiqib, tegishli viloyat yoki mintaqa markazlarida masofaviy o’qitish punktlarini yaratish kerak. Mazkur tuzilma joylarida masofaviy o’qitishni tashkil 8 Abduqodirov A.A. Ta’lim tizimida masofali o’qitish texnologiyasi. - Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyotida telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarining roli va ahamiyati. Xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari – T.: 2005.B-3. 13 qilish bo’yicha mas’ul etib belgilanishi lozim. Keyingi bosqichlarida bir yoki turli yo’nalishlarga ixtisoslashgan bir necha oliy ta’lim muassasalarida masofaviy o’qitish markazlari tashkil qilinishi mumkin. Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi. Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi. Masofaviy ta’lim ham sirtqi ta’lim bo’lib, faqat o’qituvchi bilan tinglovchi o’rtasidagi muloqat kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va internet orqali amalga oshiriladi. O’quv jarayonida tinglovchi o’quv materiallarni va topshiriqlarini o’z kompyuteriga oladi, bajarilgan test va nazorat ishlarini o’qituvchiga internet yoki elektron pochta orqali yuboradi. Bundan tashqari, tinglovchi o’z o’qituvchisi va uslubiyatchisiga savollar bilan murojaat qilishi va ularga o’z vaqtida javob olishi mumkin 9 . Mamlakatimizda masofali ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ko’pchilik masofali ta’lim – bu shunchaki bizga ma’lum sirtqi ta’limning yangi shakli deb hisoblaydilar. Ma’lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson uyidan chiqmasdan o’qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo’lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni aynan masofali ta’lim va zamonaviy texnika hamda texnologiya bir- biridan ajralmasligidan iborat. Bugungi kunda talaba o’z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha G’arb universitetlari dasturlari bo’yicha ta’lim olishi mumkin. Ta’lim siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bo’lib bormoqda. 9 Abduqodirov A.Pardayev A. Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan. 2009. B-13. 14 Masofaviy o`qitish an'anaviy o`qitish shakllaridan quyidagi xarakt е rli xususiyatlar bilan ajralib turadi. Moslanuvchanligi. Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda va sur'atda shug`ullanish imkoniyati. Fanni egallashga ajratilgan vaqtning ch е garalanmaganligi. Modulliligi. Mustaqil fanlar kurslaridan- modullardan individual yoki guruh ehtiyojlariga javob b е radigan o`quv r е jalarini shakllantirish. Parall е llik. Kasbiy faoliyati yoki boshqa o`quv yurtlaridagi o`qishi bilan parall е l holda ta'lim olish. Qamrab olish. Bir vaqtning o`zida o`quv axborotlarining bir qancha manbalariga (el е ktron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va h.k.), o`quvchilarning ko`pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to`rlari orqali bir-birlari va o`qituvchilar bilan muloqotda bo`lishi. Iqtisodiyligi. O`quv xonalari, t е xnika vositalaridan samarali foydalanish, o`quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda taqdim qilish va unga multi erishish o`quv jarayonlarini tashkil etish harajatlarini kamaytirish. T е xnologiyaliligi. Ta'lim jarayonida axborot va t е l е kommunikatsiya t е xnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish insonni jahon axborotlar olamiga kirib b е rishini ta'minlaydi. Ijtimoiy t е nglik. O`quvchining qay е rda yashashidan, sog`lig`ining holati, va moddiy ta'minlanganligidan qat'i nazar, ta'lim olish imkoniyatidagi t е nglik. O`q i tuvchining yangi o`rni. Masofaviy ta'lim o`qituvchining o`rnini k е ngaytiradi va yangilaydi, bilim olish jarayonini muvofiqlashtiradi, o`qitiladigan kurslarni doimo takomillashtiradi, ijodiy faolligi va mutaxasisligi bo`yicha yangiliklar va innovatsiyalarga bo`lgan talabi mos ravishda ortib boradi 10 . 10 Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari va masofadan o’qitish. – T.: Iste’dod. 2006. B-16 15 Masofadan o`qitishning sifati ta'lim olishning kunduzgi shakli sifatida, ko`zga ko`ringan o`qituvchi kadrlar tarkibini jalb qilish va o`quv jarayonlarida eng yaxshi o`quv- uslubiy ishlar va fanlar bo`yicha nazorat t е stlaridan foydalanish hisobiga qolishmaydi. Ular o`qituvchi va o`quvchilar munosabatlaridagi barcha p е dogogik aktlar to`plamini o`z ichiga oladi. Masofadan o`qitish ta'lim jarayonida an'anaviy o`qitish vositalari bilan birga innovatsion- kompyut е r t е xnikasi va t е l е komunikatsiyalarga asoslangan hamda ta'lim t е xnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutuqlardan foydalaniladi. O`quv dasturlari bo`yicha o`qitish uchun zarur bo`lgan moddiy va t е xnik vositalar majmui o`z ichiga o`quv va o`quv-yordamchi xonalarni; laboratoriya uskunalari,o`qitishning t е xnik vositalari ,o`quv kitoblari,o`quv qullanmalari va boshqa o`quv uslubiy mat е riallarni oladi. O`quv ilmiy mat е riallarning katta qismi tinglovchilarning uzoqdaligi sababli virtual-axborot-ta'lim muhitini tashkil etadi. Masofadan o`qitish shakli qo`llanilganda o`qitish vositalari an'anaviylardan tashqari bir qancha qo`shimcha vositalarni o`z ichiga oladi: el е ktron o`quv nashrlari; o`rgatuvchi kompyut е r tizimlari; audio-vid е o o`quv mat е riallari va bir qancha boshqa vositalar. O`quv jarayoniga mo`ljallangan el е ktron nashrlar,qog’oz nashrlarning barcha xususiyatlariga ega bo`lish bilan birga bir qancha tomonlari va afzalliklari bor. Xususan, kompyuterning xotirasida yoki diskda kompakt holda saqlash, gip е rt е kst imkoniyatlari, ko`paytirish imkoniyati, t е zkor tarzda o`zgarishlar va qo`shimchalar kiritish imkoniyatlari,el е ktron pochtadan axborot jo`natish qulayliklari, avtomatlashgan o`qitish tizimi bo`lib, o`z ichiga o`qish dasturi bo`yicha didaktik, uslubiy va axborot-ma'lumotlar mat е riallarini hamda dasturiy ta'minotni oladi va ularni mustaqil bilim olishi va nazorat qilishida kompl е ks foydalanish imkonini b е radi. 16 Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishning asosiy prin s iplarini ko‘rib chiqamiz. Ta’limning insonparvarlik prinsipi. Bu prinsip uzluksiz intensiv o‘qitish tizimida hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lib, masofaviy o‘qitish tizimida uning ahamiyati yanada oshadi.Uning mohiyati shundaki,bilim olish jarayoni o‘quvchi uchun maksimal qulay qilib tashkil etiladi. Bunday o‘qitish insonlarning ta’limga ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Masofaning uzoqligi,insonlarning sog‘ligi yoki boshqa sotsial sabablar ham ularning bilim olishga monelik qilmaydigan sharoit yaratadi. Masofaviy o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda pedagokik yondoshuvlarning ustuvorlik prinsipi. Masofaviy ta’limda an‘anaviy ta’limdagi kabi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik yondoshuv ustuvorligi ta‘minlanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tizimning pedagogik tomoni ustuvor bo‘lganda sistemaning samaradorligi oshadi. Yangi axborot texnologiyalarini qo’llashning pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muofiqlik prinsipi. Bu prinsip masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etish va loyihalashdagi har bir qadamning samaradorligini pedagogik jihatdan baholashni talab etadi. Shuning uchun birinchi o‘ringa texnikani kiritish emas, balki o‘quv kurslarini tegishli ravishda mazmunan boyitish kerak, uni yangi axborot texnologiyalar orqali o‘quvchiga yetkaziy yo‘llarini yetkazish lozim. Ta’lim mazmunini tanlash prinsipi . Mas o f a viy ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak. S h uningdek, ta’lim mazmunini tanlash imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim. Ta’limning boshlang‘ich darajasi prinsipi: Ta’lim samaradorligini oshirish uchun ma ’lu m bir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar zarur. Masofaviy o‘qitish tizimi an’anaviy ta’lim tizimiga zid xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak. Masofaviy o‘qitishda ham an‘anaviy ta’lim tizmidagi ta’lim 17 mazmuni saqlanadi. Lekin uning farqi ta’lim oluvchilar uchun qulaylikning yaratilishida 11 . Masofadan o‘qitish yangi pedagogik texnologiyalarning bir turi bo‘lib, u ko‘pgina afzalliklarga ega. Jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, olinayotgan bilimlarning tezkorligi, talabaning bilim olish jarayonida erkinligi, ta’limning iqtisodiy samaradorligi, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafiklar asosida ta’lim berish natijasida o‘zlashtirishning yuqori bo‘lishi, bilimlar xolisona baholanishi, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash imkoniyati, dunyoning yetuk professor-o‘qituvchilari ma’ruzalaridan foydalanish kabilardan iborat. Masofaviy o’qitish uslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir:   а )         o’qitishning ijodiy muhiti.   Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi bilim beradi, o’quvchi esa faqat berilgan   materialni o’qiydi. Т aklif qilinayotgan masofaviy ta’lim berish asosida o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan malumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta’minlaydi va o’z o’rnida bunday mehnat ta’lim olishni rag’batlantiradi.   b)         mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi .   Masofaviy uslub asosida ta’lim olish – boshlang’ich, o’rta, universitet, sirtqi – kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Т ayyorgarligi har xil darajada inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars jadvallri asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.   d)           ish joyidagi katta o’zgarishlar .   Masofaviy uslub asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, ayniqsa   ishlab chiqarishdan ajralmasdan   ta’lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni 11 Aripov M. Tillayev A. Masofaviy ta’lim. // Fizika. Matematika va informatika. 2002. 2-son. B-12-18. 18 tayyorlashda judayam katta rol o’ynamoqda, ya’ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm olish mumkindir.   e)             o’qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi .   Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, masofaviy uslub asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy uslub asosida ta’lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi – ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta’minlanishidir. Т a’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan holi bo’lishi kerakdir. Masofaviy uslub asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, o’quvchilar Internet orqali jahon bo’yicha sayohat qilishlari mumkin 12 .   Masofaviy o`qitish uslubi asosida tinglovchilarni o`qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan bo`lib, o`qituvchi bilan tinglov-chilar ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim b е rish tizimidir. O`qituvchi va tinglovchining ma`lum bir masofada joylashganligi, o`qituv-chini dars jarayonida kompyut е rlar, sputnik aloqasi, kab е l t е l е vid е ni е si kabi vositalar asosida o`quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyut е r t е xnologiyalarining t е z rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi t е l е kommunikatsiya sohasiga o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Bugungi kunda taraqqiyot juda t е z rivojlanmoqda va juda t е z o`zgarmoqda. D е yarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan voq е alar hodisalar sodir bo`lmoqda. Har bir kunimiz informatsiya oqimi ostida k е chmoqda. Ta`lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi shaklidir. Masofadan o`qitish bu mustaqil masofadan dars o`qishdir. Mustaqil o`qitish 12 Ro’zimurodov O.N. Haydarov T. Masofadan o’qitish texnologiyalari va tamoyillari. – T.: Istiqlol. 2006. B-74. 19 insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi 13 . Masofadan o`qitishning yana bir afzalliklari shundaki, unda o`quvchi o`ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan xolda o`qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda kundan-kunga kеng tarqalmoqda. Ko`pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakani oshirish yoki qayta tayyorlash uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar. Masofadan o`qitishning yana bir afzallik tomoni unda o`qish muddatini tinglovichlar va o`quvchilar o`zlari bеlgilaydilar, ya`ni ular ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarini, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchilar va o`quvchilar bеrilgan vazifani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz kursni va o`qishni tugatadi va guvoxnoma oladi. Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi. Masofadan o`qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o`qitish uchun tinglovchilar uchun auditoriyalar, yotokxonalar zarur emas. Masofadan o`qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o`quv uslubiy matеriallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Kеyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun tinglovchilar sonining oshishi bilan o`qish narxi ham pasayadi. Masofadan o`qitishda asosiy e`tiborni o`quv uslubiy matеriallarni tayyoralshga qaratish darkor. Chunki o`quv uslubiy matеriallarning sifati, masofadan o`qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O`quv uslubiy matеrial qanchalik tushunarli va batafsil bo`lsa, shunchalik u o`quvchiga foydali bo`ladi. Ya`ni matеrial uslubiy jihatdan puxta bo`lmog`i zarur. 13 Tayloqov N.I. Masofali o’qitish kurslarining model va shakllari. // Xalq ta’limi. – T.: 2004. B-34. 20 1 .2. O’zbekiston hududida masofali ta’limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari. Bugungi axborot jamiyatini bilimlar asosida qurilgan jamiyat deb tavsiflash mumkin. Chunonchi davlatlar, kompaniyalar va alohida shaxsning asosiy faoliyati bilim olish bo’lmoqda. Bilimlarni olish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalaridan tashqari, o’qitish ya’ni bilimlarni yetkazish va uzatish texnologiyalari katta ahamiyat kasb etmoqda. O’qitishning an’anaviy shakllari egiluvchan va yengil kirishi mumkin bo’lganligi sababli, u asta – sekin foydalanuvchilarning ko’pgina guruhlari o’rtasida o’z samarasini yo’qotmoqda. Elektron o’qitishdan foydalanish esa, hozirgi vaqtda televizor va mobil telefon kabi zaruriyatga aylanmoqda. Masofali ta’lim, an’anaviy ta’limga qaraganda, bir qator ilg’or yo’nalishlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Masofali ta’limda interfaol uslublardagi kabi ta’lim jarayonining markazida tinglovchi turadi. Tinglovchilar bu jarayonda ham o’qituvchilar bilan qat’iy muloqatda bo’ladilar. Kursning xususiyati, uning takomillashtirilganili va undagi muammoli vaziyatga qarab, har bir tinglovchi va boshqa tinglovchilar, psixolog, texnik mutaxasislar va boshqaruvchilar bilan muloqotda bo’ladi. Asosiysi esa, masofali o’qitishda qatnashgan tinglovchilarning mustaqil ishlash ko’nikmasi keskin oshadi. O’qituvchi masofali kursning barcha guruh a’zolari, shu jumladan, boshqa o’qituvchilar bilan ham muloqotda bo’ladi. Zamonaviy texnologiya va dasturlardan foydalangan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Iste’dod “ jamg’armasi tomonidan masofali malaka oshirish kurslarida yosh, istiqbolli professor – o’qituvchilarning maqsadli malaka oshirishlarini tashkil etish maqsadida Internet tarmog’ida Jamg’armaning Web – sahifasi yaratilgan. Web –sahifaga ma’lumotlarni va yaratilgan dizayn rasmlarni kiritish yuqori sifatli dasturlar yordamida foydalanilgan. Web – sahifaning yaratilishida “Asosiy sahifa“, “ Jamg’arma haqida ”, “ O’quv dasturlari “, “ Yangiliklar “, “ Masofali 21 ta’lim “, “Yordam” va shunga o’xshash bo’limlar asosiy o’rin egallagan. Jamg’arma portalidagi masofali o’qitish kurslari Jamg’arma boshqaruvi yig’ilishining 2003 - yil avgust oyidagi qarori, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga asosan, mamlakatimiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan yosh istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida kasbiy mahoratlarini oshirish, ularning ma’naviy barkamolligini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan. 2006 – yilda republikamizda ilk bor Jamg’arma bazasida tashkil etilgan o’zbek tilidagi “ Ma’naviyat va ma’rifat “, “ Axborot texnologiyalari va masofali o’qitish” ( shu jumladan, rus va ingliz tillarida ham ) va “ Innovatsion texnologiyalar”, “ Ta’lim muassasalari boshqaruvi” kurslari bo’yicha Jamg’arma portalida elektron ko’rinishdagi kurslar yaratildi. Ushbu kurslar republikamizning ta’lim muassasalari va ilmiy – tatqiqot institutlarida faoliyat ko’rsatayotgan yosh, istiqbolli pedagog va ilmiy xodimlar uchun mo’ljallangan bo’lib, hozirgacha 4114 nafar tinglovchi masofali malaka oshirishda qatnashdi. Shulardan 1334 nafari masofali kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va elektron sertifikatlarga ega bo’ldi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan pedagogika oliy ta’lim muassasalariga mo’ljallangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining jamoasi yaratgan portalida masofali o’qitish kurslari ham mavjud. Ushbu kurslar respublika o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. 2007 – 2008 o’quv yilidan boshlab, ushbu portal ishga tushirildi. Ikkala holda ham, masofali kurslarda o’qish uchun Internet brauzeri yordamida “Istedod” jamg’armasi va “Pedagog” saytidagi masofali ta’lim bo’limiga kiritiladi. Tinglovchilar ro’yxatdan o’tish amallarini bajarganlaridan so’ng, kurslar ro’yxatini ko’rsatuvchi reyting daftarchasidagi mavzularni o’qishlari va joriy attestatsiya o’tkazishlari mumkin bo’ladi. Birinchi mavzuga mo’ljallangan testlar topshiriladi va nazorat testlari muvaffaqiyatli topshirilgan (masalan, o’zlashtirish darajasi 75 va undan yuqori foiz )da navbatdagi mavzuga 22 o’tishga ruxsat beriladi. Joriy nazorat testlari natijasiga ko’ra o’zlashtirish darajasi 75foizdan kam bo;lgan taqdirda, navbatdagi mavzuni o’qish va undan test topshiriqlarini bajarishga ruxsat berilmaydi. Kursga mo’ljallangan barcha mavzular muvaffaqiyatli topshirilgach, kompyuter joriy attestatsiyadan olgan jami ballarni umumiy ro’yxatga joylashtiriladi va tinglovchiga kurs bo’yicha yakuniy imtihon topshirishga ruxsat beradi. Yakuniy imtihon natijalariga tinglovchi 75 va undan yuqori ball to’plagan taqdirda elektron sertifikatga ega bo’ladi 14 . Hozirgi kunda respublikamizning O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Guliston davlat universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Toshkent islom universiteti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat institute va boshqa shu kabi oliy ta’lim muassasalarida masofali o’qitish elementlarini kuzatish mumkin. Nima uchun respublikamizda masofali o’qitish shaklidan foydalanish sust rivojlanmoqda? Bu quyidagi oltita asosiy sabablarga ko’ra sodir bo’lyapti: psixologik ( ta’lim muassasasi rahbariyati va o’qituvchilarning inertligi – eng asosiy muammo ); gnoseologik ( masofaviy o’qitish, o’rgatishni sifat jihatidan yaxshilashi yoki o’qitish ko’rsatkichlarini sanoq sifatidan ko’paytirishini hech kim isbotlamaganligi ); uslubiy ( tuli ta’lim texnologiyalarida masofaviy o’qitishni qo’llash uslubiyatining yo’qligi); ishlab chiqarish ( o’qituvchilarning asosiy qismi o’qitilmagan, e- materialni, dars kontentini, kursni yaratishni bilmasligi ); texnik (texnik baza va internet tezligining pastligi, dasturiy vositalarning mavjud emasligi); huquqiy ( me’yoriy, qonuniy, huquqiy hujjatlar bazasining yo’qligi yoki yetarli emasligi) kabilar. Ushbu oltita to’siqni qanday bartaraf qilish mumkin? 14 Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari va masofadan o’qitish. – T.: Iste’dod. 2006.B-64. 23 1. Bugungi o’qituvchi va rahbarlar uchun masofali o’qitishni qo’llash mumkinligini o’zlari hal qilishga, ko’rishga va xulosa chiqarishlariga imkoniyat berish kerak. Ertangi rahbar bir soat davom etadigan e-dars uchun kontenti (materiallari), uni tayyorlash va chop etishga pul to’lovlarini talab etadigan sakkiz va undan ko’proq soat ketishini bilishi, masofali o’qitish materiali, uslubiyoti, didaktikasi an’anaviydan farqlanishini, asosiy maqsad bilimlarni uzatish, o’quvchilarni o’rgatish va tarbiyalash ekanligini anglashi kerak. 2. Ta’lim muassasalarining moddiy – texnik bazasi bugun yoki ertaga albatta, yaxshilanishi, shuningdek, masofaviy o’qitishni tashkil etish uchun internetda dasturiy vositalarni yaratish zarur. 3. Ko’pgina davlatlarda, jumladan, Rossiyada masafaviy o’qitishni an’anaviy shaklda o’qish va ma’lumot olish bilan tenglashtiriladigan qonunlar mavjud. O’zbekistonda hali bunday qonun ishlab chiqilmagan. Masofaviy o’qitishning moliyaviy tomonlarini hal qilish yo;llarini amalga oshirishni boshlash payti keldi. 4. Masofaviy o’qitishni amalga oshirish barchamizning vazifamiz ekanligini tushunishimiz lozim. 5. Bugungi o’qituvchini barcha texnologiyalar bilan ishlashga o’rgatish, ularning turlari bilan tanishtirish kerak. 6. Albatta, muammolar yo’q emas. Ularning bir qismi – ilmiy tomondan ishlab chiqish bo’lsa, ikkinchi qismi – masofaviy o’qitishni dasturiy vositalar bilan ta’minlash, yana bir qismi – yaxshi uslubiy tahlil o’tkazishdir 15 . Masofaviy o’qitish o’quvchi shaxsini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishga qaratilishi zarur. 10 – 15 yil muqaddam juda katta tezlikda rivojlanib ketgan axborot oqimi, kishilardan butunlay yangi ko’nikmalarni talab etadi va ularda yangicha dunyoqarashni shakllantiradi. Zamonaviy o’quvchi (tinglovchi, talaba ) 15 Abduqodirov A.A. Axboro t texnologiyalari va masofadan o’qitish. – T.: Iste’dod. 2006. B-64. 24 bir birlik vaqtda qancha axborot olishi bilan qiziqadi va axborot ko’p tomonga intiladi. Aynan shu tufayli, yoshlarning ko’pchiligi masofali o’qitish bilan bog’langan o’quv yurtlariga bajonidil kirishga tayyor. Yuqorida aytilganlarga xulosa qiladigan bo’lsak, XXI asrda qo’llanila boshlagan masofali o’qitishning strategik maqsadi – fuqorolarning o’zlari turar – joylarida yoki kasbiy faoliyatlari mobaynida ixtiyoriy darajadagi ta’lim olish huquqini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadda ta’lim ashyolari almashinuvi asosida bilimlarni ko’plab tarqalishiga erishildi. Toshkent Moliya institutida 2000 – yil 1 – sentabrdan boshlab, iqtisodiy ta’limga masofaviy o’qitish komponentlarini kiritish tajriba loyihasi tatbiq qilishga kirishilgan. Institutning kunduzgi va sirtqi o’quv shakllarining barcha fakultetlarida kompyuter sinflari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Birinchi bosqich kredit – iqtisod fakulteti internet tarmog’iga ulangan bo’lib, qat’iy reja asosida professor o’qituvchilar va tinglovchilar undan bilim va malakalarini oshirishda o’z faoliyatlarida foydalanib kelmoqdalar. Tinglovchilarning virtual kitob, virtual kutubxona to’g’risida tasavvurlari kengayib bormoqda. Institutda masofali o’qitish uslubiy materiallari ( matnlar. Audio va video darsliklar, elektron darsliklar) ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natija bermoqda. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’quv – uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish lozim. O’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. Masofaviy o’qitishni respublikamizda yo’lga qo’yish bo’yicha takliflarimiz quyidagilardan iborat: 1. Respublikamizning nufuzli universitetlarida masofali o’qitishda qatnashadigan pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlashni boshlash. 2. Nufuzli oliy o’quv yurtlarida masofali o’qitish shaklida bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo’yicha maxsus mutaxasisliklar ochish va ularga abiturientlar qabul qilish. 25 3. Respublikamizning bazaviy oliy o’quv yurtlarining saytlarida masofali ta’lim kurslar tashkil qilib, ulardan, birinchi navbatda, malaka oshirish, keyinchalik talabalarni o’qitishda foydalanish. 4. Respublikamizda masofali o’qish, tinglovchilarga beriladigan sertifikat, diplomlarga tegishli me’yoriy va huquqiy hujjatlarni ishlash va mutassadi boshqaruv organlarida tasdiqlash. 5. Respublikamizda maxsus elektron darsliklar va o’quv qo’llanmalar ishlab chiqadigan o’quv uslubiy markaz tashkil etish. Xulosa qilib aytganda, respublikamizdagi oliy o’quv yurtlarida masofaviy o’qitish tizimini tatbiq qilish, uni yanada yaxshi yo’lga qo’yish uchun chet davlatlarining tajribasini o’rganmoq hamda multimedia – elektron darsliklar, elektron kutubxonalar, audio va video darsliklar yaratishga jiddiy etibor bermoq lozim. 2. BOB. Til o’rgatishda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va unda yuzaga keladigan interfaollik muammosi. 2.1. Chet tillarini o’qitishda zamonaviy texnologiyalarning o’rni. Bugungi kunda xorijiy tilni bilish o’ta muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili o’qitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlariga zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini qo’llash ta’limdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Davrimizning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan uning imkoniyatlaridan foydalanib, ta’lim jarayoniga yangicha yondashish va uni tashkil etishga alohida e’tibor 26 qaratilmoqda. XXI asr – yuksak texnologiyalar asri bo’lib, zamonaviy yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki elektron olamdagi taraqqiyotga muofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yosh avlodga ta’lim berish jarayoniga boshqacha yondashishni talab etmoqda. Darslarda o’qituvchining o’rni ham o’zgarib bormoqda. O’qituvchi endilikda asosan yo’naltiruvchi vazifani o’tamoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan o’qituvchilar darsning har qanday qismini axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali jonlantirishga tayyor bo’lishlarini davr talab etmoqda. Ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ayniqsa, chet tillarini o’qitish va o’rganishda tobora katta ahamiyatga molik bo’lib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalari chet tillarini o’qitishda katta imkoniyatlar taqdim etadi, fan bo’yicha sifatli bilim olish va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutadi 16 . Ma’lumki davr talabiga monand dars o’tishda mazkur fandan o’tilayotgan birortayam mashg’ulot o’qituvchi yoki o’quvchilarning taqdimotisiz o’tmasligi lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 – yil 10 – dekabrdagi “ Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida “ Zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikatsiyasi texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxasislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda uning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqatni rivojlantirishlari uchun shart sharoit va imkoniyatlar yaratish “ ishlari va buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko’rsatilgan. Mazkur hujjatda 2013 – 2014 o’quv yilidan boshlaboq umumiy o’rta ta’lim maktablarining birinchi sinflaridan chet tillari avval o’yin tarzida keyinchalik asosiy ta’lim sifatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda o’qitish belgilab 16 Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: TDPU, 2004. B-47. 27 berilgan. Ushbu muhim qarorga muofiq bugun, ayniqsa chet tillarini o’rganish darslariga yanada chuqurroq nazar tashlandi. Jahon maydonida yurt sha’nini munosib himoya qilishi uchun yoshlarimiz, avvalo o’zining xorijiy tengdoshlari bilan raqobatlasha olishi lozim. Bugun esa raqobat chet tillari, xususan, xalqaro biznes tili bo’lgan ingliz tilida olib borilmoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari – komyuter texnikasi, magnitafon, kitob, video uskunalari, elektron doska orqali dars vaqtini tejash va yanada ko’proq samarali ma’lumot olishga imkoniyat demakdir. Bugun yoshlar ham qo’shimcha ma’lumot olish uchun kitobni izlab varaqlab vaqt sarflamaydilar, balki uni tejab internetga murojaat qiladilar. Chet tillarini o’qitishda internet hamda uning katta imkoniyatlaridan foydalanishlari natijasida, ta’lim va pedagogik jarayonlariga multimedia texnologiyalarining joriy etilishining istiqbolliligi taboro namoyon bo’lmoqda. Ma’lumki, asosiy kommunikatsiya vositasi sifatida Internet bilan tanishuv to’rt yo’nalishda: Internet axborot olish vositasida sifatida ; Internet muloqat qilish vositasi sifatida; Internet o’qitish vositasi sifatida; Internet ko’ngilochar vosita sifatida amalga oshiriladi. Bunda tarmoqda axborot izlashda kommunikatsiyaning asosiy vositalari ( elektron pochta, chat) bilan ishlashni mashq qilishga katta e’tibor qaratiladi. Boshlang’ich bosqichda axborot almashuv jarayoni faqat yozma matn bilan cheklangan bo’lsa, asta – sekin unga grafik va ovozli hujjatlar kiritiladi 17 . Toshkent viloyati Qibray Qishloq xo’jalik kasb – hunar kolleji ta’lim jarayonida ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Internet taqdim etgan 17 Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboyeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. – T., 2002. B-63. 28 imkoniyatlardan keng foylaniladi. Masalan, o’tgan 2012 – yil davomida kollej o’qituvchilarining 100 foizi axborot texnologiyalari bo’yicha malaka oshirib, o’z bilimlari doirasini kengaytirdilar va bugungi kunda Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlamoqdalar. Internet tizimida barcha chet tili o’qituvchilari va o’quvchilari foydalana oladilar. Kollej o’qituvchilari va o’quvchilari orasida o’tkazilgan so’rovnomamizga asosan, kollejdagi o’qituvchilarning 100 foizi va 65 foiz o’quvchilar uyda kopyuter bilan ishlash imkoniyatiga ega, o’qituvchilarning 90 foizi internet tizimiga ulangan. Kollejda mavjud axborot – resurs markazida Internetga bepul kirish imkoniyati mavjud. Unda o’qituvchi va o’quvchilar darsdan keyin, bo’sh vaqtlarida Ziyonet tarmog’idagi va Youtube, bloglar hamda ko’plab boshqa saytlardan bepul foydalanishlari mumkin. Bu ma’lumotlar chet tili darslarida Internetdan yanada samaraliroq foydalanish imkoniyati mavjud ekanligini ko’rsatadi. Chet tili darslarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va xususan, Internetdan foydalanish orqali bir necha didaktik masalalarni hal etish mumkin. Bulardan, talabalar bilimini tekshirishda: Turli xildagi on-line, ya’ni interaktiv rejimdagi testlar; Off-line testlar, ya’ni testlarning elektron variantlaridan foydalanish ; Internet tizimida bilimini boshlang’ich bosqichdan boshlab eng yuqori bosqichdagi talabalar uchun ko’plab sinovlar TOEFL, IELTS kabi testlar mavjud. Bu kabi testlarning o’quvchi uchun afzalligi abyektiv va tezkor javobidadir. Bir vaqtning o’zida turli bilim saviyasiga ega talabalarga turli testlar berilishi, yangi mavzuni tushuntirishda: dars sifatini fotosuratlar, kliplar, kinolavhalar, videolavhalar orqali oshirish, masalan: o’quvchilar kitob matnidan turli xorijiy davlatlar haqida oddiy ma’lumot olibgina qolmay, shu davlatlarga virtual sayohat, chet davlatlarining an’ana va urf – odatlari haqida video lavhalar, qo’shiqlar, kliplar tomosha qilishlari mumkin. O’tilgan mavzuni mustahkamlashda: 29 o’quvchilar loyihalar yaratishlari; fanlararo darslar o’tishda qo’shimcha ma’lumot qidirish; taqdimot tayyorlash yoki elektron pochta orqali chet ellik do’stlari bilan suhbat o’tkazish orqali o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini sezilarli darajada ko’taradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, dars o’tishda o’qituvchi unga Davlat standartlari asosida re’ja tuzib, tayyorgarlik ko’rishi kerak. Darsda axborot kommunikatsiya texnologiyalari hech qachon o’qituvchining o’rnini egallay olmaydi, balki unga ko’makdoshlik vazifasini o’taydi. Dars mazmuniga ko’ra axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa pedagogik texnologiyalarni navbatma – navbat oqilona qo’llash lozim. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini dars jarayoniga tatbiq qilishdan maqsad darsni boyitish, oddiy kitob bera olmaydigan ma’lumotlarni didaktik ko’rgazmalarni berishdir. Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet tillarga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shu bilan bir qatorda ularning jahon sivilizatsiyasi   yutuqlari hamda dunyo axborot   resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni   rivojlantirishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish ko’zda tutilgan 18 . Chet tillarni izchil o’rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Aytish joizki, shunday vositalardan biri - interfaol elektron doskadir. Ushbu doskalar ijodkor o’qituvchilar uchun darslarni qiziqarli, noan’anaviy tarzda tashkil etish hamda har qanday murakkablikdagi mavzularni o’quvchilarga oson tushuntirish imkonini beradi. 18 Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.B-87. 30 Undagi ko’plab tasvirli rolik va ovozli fayllar esa o’quvchilarga o’qish, yozish, sanashga oid ko’nikmalarini shakllantirish, nutqni soddalikdan murakkablik sari rivojlantirib borishga ko’maklashadi. Bugungi kunda interfaol elektron doskalarning bir qator, jumladan, “SensBox”, “Interwrite DualBoard” va “Uboard” turlari mavjud bo’lib, ular respublikamiz maktablarida tashkil etilgan tajriba-tadqiqot maydonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o’tgan. Albatta, bu kabi o’quv-texnika vositalarini amaliyotga keng joriy etish, birinchi galda, o’qituvchilardan ma’lum ko’nikma va ulardan samarali foydalanishni talab etadi. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xorijiy tillar bo’yicha pedagog kadrlar, xususan, 2013 — 2014 o’quv yilida 1-sinflarda chet tillaridan dars beradigan o’qituvchilarning malakasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ham ishlab chiqilgan. Mamlakatimizda navqiron avlodning mukammal bilim va salohiyatga ega bo’lishi, eng avvalo, o’quv muassasalarida tashkil qilinayotgan ta’lim jarayoniga bevosita bog’liq. 2013-2016 yillarda ta’lim muassasalari xorijiy tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda o’qitishning texnik vositalari hamda anjomlari bilan jihozlashning jadallashtirilishi, shuningdek, televidenie, mahalliy telekanallar orqali bolalar va o’smirlarni xorijiy tillarga o’rgatish bo’yicha ko’rsatuvlar tayyorlash, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyati, jahon ilm-fani va texnikasi yangiliklariga bag’ishlangan ilmiy-ommabop xorijiy badiiy hamda multiplikatsion filmlarni o’zbek tilidagi subtitr yordamida, muntazam ko’rsatib borishni amalga oshirish, “ZiyoNet” tarmog’i orqali ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim va bilim olish manbalariga kirish imkoniyatlarini orttirish, ingliz tilida o’quv va badiiy adabiyotlar, ixtisoslashtirilgan rasmlar bilan bezatilgan gazeta va jurnallarni chop etishni tashkil etish kabi jihatlar mamlakatimiz yoshlariga dunyo xalqlari tarixi, madaniyati ilm-fani bilan yaqindan tanishish imkonini berish bilan bir qatorda, o’z tariximizni, madaniyatimizni va yutuqlarimizni ham namoyon etish imkonini beradi. Ta’lim jarayonida yuqori 31 malakali, fan asoslarini puxta egallagan, har tamonlama yutuk mutaxasislarni tayyorlash asosiy maqsad qilib qo’yilgan. Shuning uchun hozirgi zamon talablariga muofiq xorijiy tillarni o’rganishda zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chet tili darslarida zamonaviy o’quv – texnik vositalari, lingafon xonalari, multimedia, maxsus dasturlashtirilgan mavzular, ko’p tilli electron lug’atlardan foydalanish maqsadga muofiqdir. Chet tillarini o’rganishda masofaviy ta’lim usullaridan, matbuot, telekomunikatsiya va internet materiallaridan foydalanish o’quvchi – talabalarning faqat chet tillarini o’rganibgina qolmay, balki intelektual darajasini oshirish uchun axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Har bir talaba tamonidan o’z mutaxasislik fani bo’yicha xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan adabiyotlardan, kerakli jurnal, gazetalar va axborot tarqatuvchi vositalardan unumli foydalansa ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Adabiyotlar asosan internetdan olinsa, bevosita o’z mutaxasislik fanlari bo’yicha xorjiy manbalardan, darslik o’quv-uslubiy qo’llanmalardan foydalanish samarali natijalar beradi. Talaba yoshlarga har yili oliy o’quv yurtlarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda o’z maqolalarini chet tilida tayyorlab ishtirok etishlari ham chet tilini o’rganishda katta foyda beradi. Chet tillarini o’rganishda kompyuterlardan foydalanish talabalar uchun ancha qulaylik yaratadi. Umumiy til o’rganishdan o’z mutaxasisligi bo’yicha terminlarni o’rganishni rejalashtirish, kompyuter yordamida bu masalani tez va samarali yechish mumkin. Dars jarayonida kompyuterda dasturlashtirilgan mavzular yordamida o’z bilimini oshiribgina qolmay, kompyuterda ishlash malakasini ham o’zlashtiradilar. Xorijiy tillar bilan bir qatorda, o’z mutaxasisligi bo’yicha mukammal o’qish va gapirish talaba yoshlar uchun katta istiqbol yaratadi. Internet orqali mutaxasislik fani bo’yicha rivojlangan mamlakatlar – AQSH,Angliya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa davlatlar kutubxonalaridan kitob, jurnal va yangiliklar olishga harakat qilish maqsadga muofiqdir. Xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirish va til muhitini yaratish uchun turli didaktik tarbiyaviy tadbirlarni uyishtirish va 32 ularning dars jarayonida materiallar bilan bog’liqligini ta’minlash, darsdan tashqari qo’shimcha darslar uyishtirish diktant, bayon, insho yozdirish viktorina va bahslar o’tkazish, testlar yechish, kurs ishi, mustaqil ish va bitiruv malakaviy ishlarini chet tilida yozishni o’rganish talabalar bilimini oshirishda foydali hisoblanadi. O’quv yurtlarida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni xorijiy tilda tashkil etish hamda talaba yoshlarni faol tashkilotchilarga aylantiradi. Bo’lajak malakali mutaxasislar uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan aloqada bo’lish hozirgi zamon talablaridan biridir. Bu til o’rganish bilan bir qatorda yangi adabiyotlarni tarjimasiz o’qitishga imkon yaratadi. Mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga xos o’rni taboro o’sib, xalqaro, savdo-sotiq, turizm va davlatlat o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojlanib borayotgan bir vaqtda uning kelajagini yaratuvchi yoshlarga xorijiy tillarni puxta o’rganish va xorijliklar bilan bevosita muloqat qila olish davomida o’ziga va boshqalarga taalluqli masalalarni erkin muhokama qilish, umuman og’zaki yoki yozma shaklda muloqat qilishni o’rganish hozirgi kunning eng muhim talablaridan biri bo’lib kelmoqda 19 . Xorijiy tillarni o’zlashtirishda yangi texnologiyalarni qo’llash talaba – yoshlarni mustaqil fikrlashga, ya’ni yangi bilimlarni egallashga, dunyo qarash va tafakkurni rivojlantirishga hozirgi zamon talablariga javob beruvchi yuqori malakali mutaxasis bo’lib yetishishiga yordam beradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Internetdan foydalanib, chet tilini o’qitish orqali o’qituvchilar ham va o’quvchilar ham o’z ishlarida qulay imkoniyatlarga ega bo’ladilar, shu boisdan ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini dars jarayonida joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Zamonaviy dars samaradorligiga ta’limiy dasturlar, Internetdan axborotni izlab topish, natija sifatida chet tillarni o’rganishga qiziqishning o’sishi, xalqaro, madaniyatlararo muloqotga 19 Roziqov O., Og’ayev S., Mahmudov M., Adizov B. Ta’lim texnologiyasi. – T.: 2005. B-31. 33 aloqadorlikni anglash, ta’lim muhiti doirasini kengaytirish imkoniyati asosida erishiladi. 2.2. Interfaol ta’lim tushunchasi. Chet tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllantirish, barcha sohalarda eng ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, bu jarayonda interfaol (interaktiv) xizmatlarning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. O’zbek tilining izohli lug’atida ‘’interfaol’’ tushunchasiga axborotlarni kompyuter tarmog’i orqali qabul qilish yoki uzatishga asoslanish deya ta’rif berilgan. Vikipediyada esa interaktivlik ob’yektlar o’rtasidagi o’zaro harakat xarakteri va darajasini ochib beruvchi tushuncha sifatida baholangan bo’lib, axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya, sanoat dizayni va hokazo sohalarda qo’llanilishi aytiladi. Bir so’z bilan aytganda, interfaollik – tizimni tashkil etish tizimi bo’lib, bu tizmning qismlari o’rtasida axborot almashinuvini yo’lga qo’yish orqali muayyan maqsadga erishishdir. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs- munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega 20 . Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish 20 Hayitov A. Boymurodov N. Ta’limdagi noan’anaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish. – T.: Yangi asr avlodi. 2006. B-81 34 sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol ta`lim jarayonida dars o`quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so`zidan olingan bo`lib, «Interakt», ya`ni, Inter — bu «o`zaro», «akt» — harakat, ta`sir, faollik ma`nolarini bildiradi. Interfaollik, bu — o`zaro ikki kishi faolligi, ya`ni, bunda o`quv-biluv jarayoni o`zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o`qituvchi-o`quvchilarning o`zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik — o`zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, o`quvchi-o`qituvchi, o`quvchi-o`quvchi (sub`yekt-sub`yekt) suhbatlarida sodir bo`ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi — o`q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o`quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o`quvchi chetda qolmay, eshitgan, o`qigan, ko`rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`zaro fikr almashish jarayoni sodir bo`ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o`zaro do`stona munosabatlar shakllanadi. Chet tilini o’qitish metodikasida zamonaviy hisoblangan interfaol metodlar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va ularni an’anaviy metodlarga nisbatan samaradorlik darajasi ko’proq ekanligi isbotlangan. Interfaol metodlar o’quv jarayonining bilim salohiyatini an’anaviy metodlarga nisbatan ancha ko’taradi. Chunki, interfaol metodlarda o’quvchining o’zi mustaqil holda erkin fikr yuritadi, o’qituvchi bilan hamkor sifatida ishlaydi. Zamonaviy texnologiyalar orqali chet tili o’qitilar ekan, unda o’quvchi o’zi dars jarayonini rejalashtiradi, o’zi belgilagan o’quv rejasi asosida shug’ullanadi, o’qitish metodlarini o’quvchi va o’qituvchi 35 hamkorlikda tanlaydi, o’quv materiali muhokamasida ishtirok etadilar. Bunda o’quvchilar bir-birlariga yordam beradilar. XX- asr oxiri va XXI - asr boshlarida ta’lim sohasida “interfaol’’ usullar degan ibora pedagogik adabiyotlarda keng ishlatilmoqda. Bu iboraning mohiyatini ochib berishga harakat qilib ko’ramiz. “inter” o’ta degan ma’noda ishlatilmoqda. Interfaol degani o’ta faol ta’lim usuli deganidir. Bu usullar guruhi tez muddatda samarali ta’sir etish o’quvchilarda mustaqil fikr qilishni, ulardagi ijodkorlik hamda mavzu mohiyatini qiziqib o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. O’qitishning interfaol usullari, tushuntirish, ko’rsatmali va vositalardan foydalanish kabi an’anaviy usullardan uning samaradorligi yuqori bo’lib, u talabalarni shaxs sifatida shakllanishi, xususiy qobilyatlarini oshirish, ijodiy mustaqilligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi 21 . Interfaol ta’lim va an’anaviy ta’lim o’rtasida farqlarni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: 1. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi. 2. Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur. 3. Interfaol mashg’ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur. Shularga o’xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to’g’risida bir necha asr muqaddam A.Navoiy o’zining mashhur "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida shunday yozgan edi: "Umid ulkim, o’qig’uvchilar diqqat va e’tibor 21 Safarov A. Ba hramov Q. Noan’anaviy darslar va ta’limning interfaol usullari. – Buxoro. 2004. B-44. 36 ko’zi bila nazar solg’aylar va har qaysisi o’z fahmu idroklariga ko’ra bahra olg’aylar...". Bunda shu asarni har kim turlicha, ya’ni o’z fahmi idroki darajasidagina tushunishi, o’zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo’llay bilishi ko’rsatib o’tilgan bo’lib, bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari to’g’risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o’quvchilarning fahmu idroklarini o’stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin. Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O’zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar bilan talabalar o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo’llab kelingan. Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib etishishlariga xizmat qilgan. Hozir interfaol mashg’ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar qo’llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o’sib o’tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o’zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin. Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o’zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasi - har bir o’qituvchi barcha o’quvchilar ko’zda tutilgandek o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg’ulotni oldindan ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi 22 . Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash 22 Yo‘ldoshev J.G‘. Yangi pedagogik texnologiya: yo‘nalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta’limi» jurnali, 1999, №4, B-4-12. 37 bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim. Interfaol mashg’ulot turlari ko’p bo’lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko’zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko’riladi. Interfaol mashg’ulotda ishtirok etish uchun o’quvchilarning tayyorliklariga o’ziga xos talablar qo’yiladi, bular mashg’ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o’zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o’zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o’z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko’nikmalari va boshqalardan iborat. Mashg’ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to’g’ri tanlash, tayyorlash hamda mashg’ulot o’tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo’lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an’anaviy ta’lim usullari orasida o’ziga xos farqlar mavjud bo’lib, har bir o’qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o’tkazish usullarini tanlashda to’g’ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo’llash mashg’ulotlarida hamda o’quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo’yicha mashg’ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to’g’ri tanlash nazarda tutiladi.To’g’ri tanlangan metodlarni qo’llash mashg’ulotning qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi. Ta’lim texnologiyasining hozirgi taraqqiyot bosqichi ta’lim jarayonida interfaol dars usullarining keng qo’llanilayotganligi bilan xarakterlanadi. Uzoq yillar foydalanilgan o’qitish texnologiyasidagi bir xillik, ta’lim jarayonida o’qituvchi gegemonligi, o’qituvchi tamonidan fanni tayyor, ortiqcha mushohada qilmasdan ham qabul qilinadigan darajaga keltirib o’quvchiga taqdim etishga 38 urinish o’quvchilarning faolligini pasaytirib, ularda ijodiy fikrlash malakasini shakllanishiga to’sqinlik qila boshlagan edi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoniga o’quvchini o’qitadigan emas, balki uni o’qishga, bilim olishga o’rgatadigan interfaol dars usullari ni qo’llashga urinish kuchaydi. Biroq ta’lim amaliyotidagi barcha muammolarni interfaol dars usuli yordamida hal qilishga urinish, ularni muvaffaqiyat keltiruvchi sehrli tayoqcha deb qarash hollari ham uchraydi 23 . Fikrimizcha, bu xato nuqtai – nazar bo’lib, birinchidan interfaol o’yin usullarining ta’limda zaruriy o’rinni topa olishga putur yetkazadi, ularning ijobiy jihatlarini xiralashtiradi, ikkinchidan, an’anaviy texnologoyaning yillar davomida sayqallanib ulgurgan samarali shakllarini chetga surib qo’yadi. Doimo muvaffaqiyat keltiradigan universal o’qitish metodi yo’q, madomiki shunday ekan, an’anaviy o’qitish texnologiyasidan butunlay voz kechish haqida emas, uning yaxshi jihatlarini saqlab qolgan holda, interfaol dars usullarni joriy etish haqida o’ylansa to‘g’ri bo’ladi. Darslar nechog’li qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o’qituvchilarning ijodkorligi, tashabbuskorligiga bog’liq.o’qituvchi faqat o’qitibgina qolmay, o’quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirishi, o’quvchilarni darslik, qo’llanma, internet xabarlari, manbalarini tahlil qilish orqali bilim olishga o’rgatishi, o’quvchi ta’lim jarayonida eshitib, ko’ribgina qolmay, balki dars mazmunini o’rganishda uni faol ishtirokchisiga aylanishini ta’minlashi zarur. Agar o’qituvchi interfaol ta’lim mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini o’qib o’rganib, o’zlashtirib, o’z pedagogik faoliyatiga joriy eta olsa, takomillashgan Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilingan o’quv dasturlarini to’la o’zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Har bir o’qituvchi o’z o’quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolalarning o’qish, o’zlashtirish, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash darajasi yuqori ko’rsatkichlarni tashkil etadi. Dars samaradorlini ta’minlashni maqsad qilib olgan o’qituvchi interfaol dars usullaridan o’z o’rnida mohirona foydalansagina o’z maqsadiga erishadi. 23 Ta’limdagi yangi pedagogik texnologiyalar: muammolar, yechimlar: Ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. – T.: O’zPFITI. 1999. 39 Interfaollik asosida o’tgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birortayam o’quvchi chetda qolmaydi, ya’ni ular ko’rgan, bilgan, o’ylagan fikrlarini ochiq – oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’quvchilar hamkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish o’zlashtirishda o’zlarining shaxsiy hissasini qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’zaro bilimlar, g’oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo’ladi. Bunday holatlar o’zaro samimiylikni ta’minlaydi, yangi bilimlarni olish, o’zlashtirishga havas oshadi, shu jarayonda bir – birlarini qo’llab – quvvatlash, o’zaro do’stona munosabatlar vujudga keladi. Buning tarbiyaviy ahamiyati katta. Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-o’quvchilarning muloqot olib borish bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi, o’quvchilar orasida emostional aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o’z o’rtoqlarining fikrini tinglashga o’rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilarning asabiy zo’riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi. 2.3. Chet tillarni masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish qulayliklari va unda yuzaga keladigan muammolar. Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarni o’zgarishlar ro’y berayotganligi kun sayin yaqqol ko’rinib bormoqda. Turli ta’lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o’qitish keng qo’llanilayotganligi ham quvonchli hol. Ushbu ta’limning ko’plab afzallik tamonlari borligi ko’pchilikka ayon. Barcha oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi masofadan 40 o’qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi 24 . Masofadan o’qitishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo’l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi. Masofadan o’qitishda o’qituvchi bilan tinglovchining orasida to’gridan - to’gri muloqatning yo’qligi ham ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o’qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Tinglovchini yetuk mutaxasis qilib tayyorlashda muammoli o’qitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni hal etish uchun qo’shimcha o’quv materiallarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko’rsatmalar va hakozalar bo’lishi maqsadga muofiq. Ta’lim jarayonida yuqori malakali, fan asoslarini puxta egallagan, har tamonlama yetuk mutaxasislarni tayyorlash asosiy maqsad qilib qo’yilgan. Shuning uchun hozirgi zamon talablariga muofiq xorijiy tillarni o’rganishda zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chet tili darslarida zamonaviy o’quv – texnik vositalari, lingafon xonalari, multimedia, maxsus dasturlashtirilgan mavzular, ko’p tilli elektron lug’atlardan bevosita foydalanish maqsadga muofiqdir. Chet tillarini o’rgatishda masofaviy ta’lim usullaridan, matbuot, telekommunikatsiya va internet materiallaridan foydalanish o’quvchi – talabalarning faqat chet tillarini o’rganibgina qolmay, balki intelektual darajasini oshirish uchun axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Chet tilini o’qitishda eng samarali yondashuvlar qatorida axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida, masofaviy ta’limda til o’rgatish metodikalarini ko’rsatish mumkin. Komyutar texnologiyalari, ayniqsa, internetdan foydalanib til o’rganishda juda keng imkoniyatlar mavjud. Ular quyidagilarga namoyon bo’ladi: 24 Xo‘jayev N.X., Xodiyev B.Yu., Baubekova G.D., Tilabova N.T. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, 2002.B-38. 41 1) chet tilida og’zaki munosabatlar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari va malakalaridan amaliyotda faol foydalanib, olgan til materiallaridan faqat o’zining nutqida emas, balki internet orqali tanishgan suhbatdoshi nutqini tushunishda ham foydalanishda o’rganish; 2) o’zlashtirgan nutqiy bilimlarini munosabatning o’zgaruvchan vaziyatlariga ko’chirish moslashuvchan ko’nikmasini shakllantirish; 3) norasmiy muloqat shaklida amalga oshiriladigan suhbatni uyushtirishga, so’zlashishni o’rganishga nisbatan kuchli, darhol yuzaga keladigan motivatsiyani va haqiqatga yaqin munosabat motivatsiyasini yaratish; 4) psixologik to’sqinlarni yengish, xususan, chet tilida so’zlashishdan va xatoga yo’l qo’yishdan cho’chish, to’sig’ini hamda ichki va tashqi tortinish hamda uyalish hissini yo’qotish; 5) ta’lim sifatining yuqori darajaga ko’tarilishi va darxol natijaliligi; mashg’ulotlar ikkinchi mashqidayoq, foydalanuvchilar asosiy o’quv matnida berilgan nutqiy qolipda o’rganayotgan chet tilida so’zlasha boshlaydilar; matn ta’sir ko’rsatish suggestiv vositalaridan (shu jumladan, xotiraga kiritish) foydalanib, mashg’ulotlar birinchi mashqdayoq etiborga olinadi; 6) ko’p sonly nutqiy, yuksak va grammatik birliklarni taqdim etish va o’zlashtirish; bir taqdim etishda 150 – 200 yangi so’zlar, 30 – 50 nutqiy namunalar va bir nechta odatiy nutqiy hodisalar kiritiladi va o’zlashtiriladi. Internet materiallarida so’zlashish ko’nikmalarini amalga oshirilishi sharti sifatida so’z boyligiga, til materiallari hajmiga unchalik katta talablar qo’yilmaydi. Biroq so’zlashish muloqot jarayonida shaxs sifatida to’laqonli ishtirik etish uchun foydalanuvchi egallab olishi kerak bo’lgan so’z va umuman, til materiallari hajmi zarur minimumini belgilaydi. Masofadan o’qitish kursining maqsadi eng umumiy ko’rinishda birinchi navbatda, o’rganilayotgan tilda muloqat og’zaki shakliga tinglash va gapirishga 42 o’rgatish bilan belgilanadi. Bundan tashqari, kurs uzaytirilishi muloqat yozma shakllariga jiddiy e’tibor qaratish imkonini beradi. Yozma muloqat nutqiy faoliyatning o’qish va yozish (yozma nutq) kabi turlarini o’zlashtirishni ko’zda tutadi. Masofadan o’qitish kursida ta’lim maqsadlarini kengaytirish ilgari egallagan nutqiy malakalarini faollashtirishni, kommunikativ malakani yanada yuqori darajasini shakllantirish hamda foydalanuvchilarning Grammatik bilimlarini yanada chuqurroq tizimlashtirishni ko’zda tutadi. Masofaviy ta’limning samaradorligi tinglovchilarga xotiralarida ko’proq axborotni saqlab turish, o’zlarining xabardorliklarini kengaytirish, ishlarida yaxshiroq natijalarga erishish imkoniyatini beradigan omillardan biri interfaollik omilidir. Masofaviy ta’limda yuqorida aytilgan afzallik va qulayliklardan tashqari ba’zi bir muammolarga duch kelishimiz mumkin. Avvalambor masofaviy ta’lim jarayoniga mos va xos bo’lgan metod tanlab olishimiz maqsadga muofiq bo’ladi. Chunki har bir ta’lim tizimining samarali va muvaffaqiyatli bo’lishi unda qo’llanilgan metodlarga bog’liq albatta. Shu o’rinda ta’lim metodi tushunchasiga ta’rif berib o’tsak. Ta’lim metodi bu – zamonaviy darajada o’quv tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol ta’lim metodini tanlash bu ayni maqsadga muofiq ish. Chunki interfaol ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon qilish va ifodalash imkoniyati, maruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar tashabbus ko’rsatishga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh , sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos 43 ahamiyatga ega. Ana shularni inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki. Interfaol metod chet tillarini masofaviy o’qitish jarayonida ko’plab ijobiy natijalarga olib keladi. Chet tillarini masofaviy o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’quvchilarning ishtirokini faollashtiradi, ularni maksimal natijaga samaraga erishishga undaydi. Shuningdek , interfaollik, o’qituvchilarga kursga murakkabroq materiallarni kiritishga yordam beradi 25 . Interfaollikni ta’lim jarayonida o’quvchilar tanishishi kerak bo’lgan muhitni imitatsiya qilish bilan qo’shib olib borish mumkin. Masalan, agar kurs kompyuter dasturidan foydalanishni nazarda tutgan bo’lsa, ekrandagi tasvirlar, ushbu dasturni ishlashda tasvirlanishi kerak bo’lgan rasmlarga mos kelishi kerak. O’quvchilarga esa, o’rganilayotgan masalalardan biriga mos keladigan amalni bajarish vazifasini berish lozim. Bu masalaga oid murakkabroq mavzular uchun tijorat jarayonini modellashtirish va o’quvchiga undan o’tishni tavsiya etish mumkin. Masofaviy ta’lim – interfaollikni nazarda tutgan internet texnologiyalarining maxsus vositalar bilan amalga oshiriladigan, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro ta’sir masofada amalga oshiriladigan va o’quv jarayoniga mos bo’lgan komyuterlarni aks ettirgan ta’lim shaklidir. Yuqorida keltirilgan ta’riflardan masofaviy ta’lim mohiyatini tushunishga yagona tizim yo’q deb xulosa qilish mumkin. Biroq hozirgi vaqtda oliy o’quv yurtlarida masofaviy ta’limni masofaviy ta’limning texnologiyasi ko’rinishida keltirilgan, bu esa qonunchilik bazasi bilan mustahkamlanmagan. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol metodlarni qo’llashning asosiy maqsadi o’quvchilarni faol ta’lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar o’qituvchi va o’quvchining faol munosabati, bir – birini to’liq 25 Saidahmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llash namunalari. – T.: RTM, 2000.B.7-9. 44 tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o’quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo’lmasin, qayerda o’qitilmasin darsda o’qituvchi bilan o’quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O’qituvchi darsiga tegishli muommolarga o’quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o’zlashtirishlarni ta’limlashi lozim. Masofaviy o’qitishda interfaol metod bugungi kun nuqtai – nazaridan eng lozim bo’lgan metodga aylanmoqda. Misol uchun men ma’lum mavzu yuzasidan o’z fikrimni bildiraman. Unga munosabat, boshqalarning fikri menga qiziq bunday vaziyatda aynan tarmoq orqali tarmoq orqali fikr almashish, nafaqat tanishlardan balki, internet orqali tanish yoki notanish bo’lgan boshqa foydalanuvchining fikrini bilish ham qiziq. Turli millat vakili turlicha fikr bildirishi mumkin. Ana o’shanda umumiy xulosani chiqarib olish imkoniyati yuzaga keladi. Interfaol metod o’qitilayotgan mavzuning ham tushunarliroq holda yetib borishi uchun xizmat qilishi mumkin. Fikr so’ralishi shunga binoan ma’lum mavzu tanlanishi. Oddiy misol ham mana shu ko’targan mavzuimizga bildirilayotgan fikrlarda ham mujassam. Endi esa masofaviy ta’lim kamchiliklar haqida to’xtalib o’tsak; Birinchi muammo bu – masofali o’qish odamlar bilan muloqat qilishni chegaralaydi. Masofali ta’lim ishtirokchilarning turli hududlarda (joylarda) bo’lishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, ko’pchilik tinglovchilar an’anaviy ta’limga qaraganda, tyutor – maslahatchi va kursdoshlari tamonidan ko’proq shaxsiy e’tibor hamda ular bilan muloqat qilish imkoniyatlariga ega deb hisoblaydilar. Sifatli masofali dasturlar talabalarni guruh bo’lib bajaradigan loyihalar va on – line munozaralar yordamida o’ziga tortadi. Bunda o’qituvchilar talabalar savollariga o’z vaqtida javob beradilar va ularning ishlarini doimiy ravishda baholaydilar, talabalar esa ko’proq o’zaro muloqot qilish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Keying muammodan biri bu – masofaviy ta’lim kurslarida o’qiyotgan talabalarning bilimini baholashda aniqlik bularmikan? Olisda turib istalgan shpargalkadan foydalanish mumkin. Uning uchun hech qanday cheklovlar yo’q. 45 Navbatdagi muammolardan biri bu – vaqt. Ta’lim olish vaqti sizning qo’lingizda bo’lmaydi. Maxsus tayinlangan vaqtlardagini siz ta’lim olish imkoniga ega bo’lasiz. Galdagi muammo bu – siz foydalanayotgan texnologiya bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Aytaylik texnikaning buzilib qolishi, yoki internet tezligining kam bo’lishi sizga noqulayliklar olib kelishi mumkin. Ta’lim tizimida interfaol usulni qo’llaganda o’qituvchi o’quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ba’zi hollarda o’quvchining kamgapligi yoki uyatchanligi, o’z fikrini ochiq ifoda etishda tortinchoqligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu hol albatta ta’lim samaradorligini tushurishga xizmat qilishi mumkin. Aynan ana shunday holatlarga duch kelmaslik va bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida aynan masofaviy ta’limda boshqa ta’lim metodlarida nisbatan ko’proq interfaol metodni tanlash va amalda qo’llash ko’zlangan maqsadga tezroq va samaraliroq yetib olishga yordam beradi. Interfaol asosda dars jarayonini tashkil etilganda, o’quvchining o’zaro faolligi oshadi, hamkor, ijodkorlikda ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’quv re’ja, dastur, darslik, standart me’yor, qo’llanmalar, mavzu mazmuni bilan ishlash malakalari shakllanadi. Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutolaa qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik shaxsiy ishlariga aylanadi. O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay olishga odatlanadi. Eng muhimi o’quv jarayonida didaktik motivlar vujudga keladi. Ya’ni o’quvchining ehtiyoj, xohish, istagi qondiriladi. O’quv – biluv jarayonida o’quvchining manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini o’quv maqsadlariga erishishda yuqori bosqichga ko’taradi. Endi esa chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanishning afzalliklari haqida to’xtalsak, bunda birinchi galda o’qitish mazmuni yaxshi o’zlashtirishga olib keladi. O’z vaqtida o’quvchi – o’qituvchi – o’quvchi orasida ta’limiy aloqalar o’rnatiladi. o’zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o’quv materiali yaxshi esda qoladi. O’quvchida o’zaro muloqatga 46 kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko’nikmalari shakllanadi. Har bir o’quvchining o’zi mustaqil fikr yurita olishga, ishlanishga, mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o’tilgan darslarda o’quvchi faqat ta’lim mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi. Albatta interfaol darslarni tashkil etishning ham o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Bular, o’quv – biluv jarayoni ko’plab vaqt sarflashni talab qiladi. Interfaol mashg’ulotlarida barcha o’quvchilarni keraklicha nazorat etib borishning imkoniyati bo’lavermaydi. Juda murakkab materiallar o’rganilayotganda o’quvchilar muammoni to’laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda o’qituvchining ro’li past bo’lishi hollari kuzatiladi. Guruhlarda o’quv jarayoni kechayotgan kuchsiz o’quvchilarning ishtiroki tufayli kuchli o’quvchilar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi 26 . Xulosa shuki, bunday sharoitda o’qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobilyatiga, muammolar bo’yicha mushohada yuritishga, muammolarni o’z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo’lishi kerak. 26 Hayitov A. Boymurodov N. Ta’limdagi noan’anaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish. – T.: Yangi asr avlodi. 2006.B-18. 47 Xulosa Masofaviy ta’lim – iborasi bugungi kunda ko’pchilikka ma’lum. Masofaviy ta’lim respublikamizda ta’lim tizimiga yangi kirib kelayotgan usul bo’lib, hozirgi kunda bu jarayonga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Barcha oliy o’quv yurtlarida kompyuter sinflari tashkil etilgan bo’lib, ularning ko’p qismi internet global tarmog’iga ulanish asosida faoliyat ko’rsatmoqda. Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud: 1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi (pedagog) ilm beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‘qitish asosida esa o‘quvchi-talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi. 2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. 3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. 4. O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim olish Oliy o‘quv yurti tomonidan qo‘yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarning boshqalardan ustunligi ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o‘qituvchi (pedagog)lar bilan 48 ta’minlanishidadir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda o‘qituvchi (pedagog) auditoriyada o‘qitish shartlaridan holi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillarini mukammal bilish bo’lib qoldi. Xalqaro muloqot tillar o’rtasida yetakchi o’rinni egallab kelayotgan ingliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ingliz tili o’qitish, o’rgatish ilmiy yondashuv asosida, davr talablarida javob bera oladigan yangi axborot – kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko’tarilib bormoqda. Chet tillarini o’rganish hozirgi davr talabi ekan, o’sib kelayotgan yosh avlodga til o’rganishning yangi uslublarini, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ga asoslangan holda ishlab chiqib, o’qish jarayoniga tavsiya qilish olimlar, mutaxasislar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. O’zbekiston sharoitida masofali o’qitishni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta’limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim. Mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllantirish, barcha sohalarda eng ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, bu jarayonda interfaol (interaktiv) xizmatlarning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Chet tili o’qitish metodikasida zamonaviy hisoblangan interfaol metodlar olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va ularni an’anaviy metodlarga nisbatan samaradorlik darajasi ko’proq ekanligi isbotlangan. Interfaol metodlar – shunday metodlarki u o’quvchilarning o’zaro muloqot va o’zaro ta’siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul. “ Interaktiv “ so’zi inglizcha bo’lib, “ o’zi faoliyat yurituvchi “degan ma’noni bildiradi. Interfaol usullardagi dars o’quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Hozirda yangicha metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarning o’quv jarayonida qo’llanilishi tushuniladi. Interfaollik bu o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni bunda 49 o’quv – biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida, dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o’quvchining o’zaro muloqatiga asosan kechadi. Interfaollik – o’zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, u o’quvchi va o’qituvchi muloqatida sodir bo’ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o’quvchining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o’zini intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va o’quv sifati va samaradorligini oshiradi. Interfaollik asosida otgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o’quvchi chetd qolmaydi, ya’ni ular ko’rgan, bilgan, o’ylagan fikrlarini ochiq – oydin bildirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Masofaviy ta’lim tizimi bilan ikki yoqlama muloqot, talabalarning o’zaro muloqoti. Masofaviy ta’lim jarayonida talabalar o’rtasida o’zaro ma’lumot almashinuvi jadalligitalaba va o’qituvchining orasida ma’lumot almashinuvidan ko’ra yuqoriroq, shuning uchun o’quv jarayonining barcha ishtirokchilariga elektron manzillar ma’lum qilish lozimdir. Interfaol usuldan foydalanilganda bir vaqtda bir nechta masalani hal qilish imkonini beradi. Bulardan asosiysi o’quvchilarning muloqot olib borishi bo’yicha ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol ta’lim metodini tanlash bu ayni maqsadga muofiq ish. Chunki interfaol ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishlarini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradiAna shularni inobatga olgan holda shuni aytishimiz mumkinki. Interfaol metod chet tillarini masofaviy o’qitish jarayonida ko’plab ijobiy natijalarga olib keladi. Chet tillarini masofaviy o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’quvchilarning ishtirokini faollashtiradi, ularni maksimal natijaga samaraga erishishga undaydi. Shuningdek , interfaollik, o’qituvchilarga kursga murakkabroq materiallarni kiritishga yordam beradi. Albatta interfaol darslarni 50 tashkil etishning ham o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Bular, o’quv – biluv jarayoni ko’plab vaqt sarflashni talab qiladi. Interfaol mashg’ulotlarida barcha o’quvchilarni keraklicha nazorat etib borishning imkoniyati bo’lavermaydi. Juda murakkab materiallar o’rganilayotganda o’quvchilar muammoni to’laqonli, aniq yecha olmaydilar, bunday sharoitlarda o’qituvchining ro’li past bo’lishi hollari kuzatiladi. Guruhlarda o’quv jarayoni kechayotgan kuchsiz o’quvchilarning ishtiroki tufayli kuchli o’quvchilar ham past ball yoki baho olish hollari kuzatiladi. Masofaviy ta’limda, shuningdek, chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish ijobiy natijalarni ta’minlovchi muhim omillardan sanaladi. Ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish o’quvchilarga dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay muhit yaratadi. O’quvchilarning o’zaro fikr almashishlariga imkon beriladi. O’zaro axborot olish va berish uchun sharoit tug’diriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir – birlariga namoyish etadilar. Bir – birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Bir – birlarini tushunib, balki qiziqish paydo bo’lib, vaqt o’tganini bilamay qoladilar. Ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirishga erishadilar. 51 Summary The majority of distance learning today takes place using the Internet, now readily accessible for the vast majority of students whether in their own homes or at facilities such as local libraries. These electronic means are used to distribute the learning material, keep students in touch with teachers, and provide access to communication between students. Of course, distance learning can use other   technological formats   as well including television, DVDs, teleconferencing, and printable material, but the immediacy and functionality of Web learning has made it a first choice for many distance learners. Online programs often take advantage of a number of emerging technologies to make keeping in touch and effectively communicating ideas easier and more efficient than ever before and students may find themselves using interactive videos, e-mail, and discussion boards to complete their lessons. Distance learning makes it much easier for some students to complete a degree or get additional job-training while balancing work and family commitments. Because the hours when class work can be completed are flexible, as most distance learning programs allow students to work at their own pace and on their own time, many students can complete their work during times when they are free, rather than scheduling their lives around a set classroom time. With more flexibility comes more responsibility on the part of the learner. Students must learn to work well independently and without the constant guidance and monitoring of an instructor, making distance learning a challenge for those who are not easily self-motivated. Distance learning is also a great tool to help reach students who are in geographically remote areas and may not have readily available access to educational facilities or who want to explore opportunities not offered by their local schools. Of course, schools are not the only people who are taking advantage of distance learning, as many businesses have found it a valuable tool in making employee education and training quicker and more cost efficient. 52 Distance learning is a new method of teaching in our country and nowadays it is being paid attention widely. In all universities and institutes computer rooms had been established and most of them are connected with internet. Today’s requirement is to know foreign languages perfectly. Thus, learning foreign languages is today’ requirement, we should create the new methods of teaching foreign languages for our younger generation according to our national program of preparing specialists. We can get great result by establishing distance education in Uzbekistan. At present it is necessary to use this type of teaching. Interactive method which is modern in the method of teaching foreign languages have already been made by scientists and it has been proved that this method of teaching is more effective than the traditional one. Interactive method is a method that learners ( students or pupils ) can share each others’ ideas. The lessons based on the interactive methods lead to think creatively, being initiative, sharing ideas, solving problems in groups, working with people and noting his/her ideas. Today when we talk about new methods or innovations in education, it is practicing interactive methods in teaching. Interactiveness is an activeness to one another of two persons, in other words learning process goes as a conversation between two people. Interactiveness is activeness to each other, motion, influence and they goes in the dialogue of teacher and learner. The main aim of interactive method is to create leaners the most comfortable atmosphere to think independently. Learner can show his/her ability of intellect and increase the quality and effectiveness of the lesson. Lessons based on the interactive methods is held that none at the learners is paid attention, that is they can freely share their opinion. It is important to choose interactive method for teaching foreign languages using distance education. Because this method increases activeness between teacher and learners and helps learners to activate knowledge assimilation. Using interactive methods helps to increase lesson’s effectiveness. Thus, this method makes a good result in teaching foreign languages using distance education. Using 53 this method encourage learners to get good result. Moreover, interactiveness helps teachers use more difficult tasks during teaching. On other hand, there are some problems of organizing the interactive lessons. These are, it takes a lot of time, it is impossible to control all learners during lessons. While learning difficult materials learners can not solve the problem exactly, in such situations we can see teachers being passive. While working in groups active learners could get bad marks because of working with passive learners in group. Using interactive methods in teaching foreign languages in distance education is one of the main factors of effectiveness. Also, it helps learners to share or to get information. They can do tasks together by exchanging ideas. Basing on the getting information they can show to one another their solutions. Inspirving each other they get mental satisfaction of their results. They even don’t pay attention how fast the lesson last because of understanding each other and being interested. They assimilate the contect of education perfectly. 54 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI- asrga intilmoqda. - T.: O’zbekiston. 2000. 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. - T.: 2008. 3 .Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq. 1998. 4. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1998. 5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1998. 6. Abduqodirov A.A. Ta’lim tizimida masofali o’qitish texnologiyasi. - Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyotida telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarining roli va ahamiyati. Xalqaro ilmiy konferensiyasi materiallari(2005 –yil 27-29sentabr) – T.: 2005. 7. Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari va masofadan o’qitish. – T.: Iste’dod. 2006. 8. Abduqodirov A.Pardayev A. Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan. 2009. 9. Aripov M. Tillayev A. Masofaviy ta’lim. // Fizika. Matematika va informatika. 2002. 10. Azizxo‘jaeva.N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.–T.: 2003. 11. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy – nazariy asoslari. – T.: Fan. 2007. 55 12. Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: Fan. 2000. 13. Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboyeva F.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning zamonaviy usullari. – T.: 2002. 14. Hayitov A. Boymurodov N. Ta’limdagi noan’anaviy darslar va interfaol usullardan foydalanish. – T.: Yangi asr avlodi. 2006. 15. Ishmuhamedov R.J. Innovatsiya texnologiyalari yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: TDPU. 2004. 16. Jalolov J. Chet tili o’qitish metodikasi. – T.: O’qituvchi. 1996. 17. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000. 18. Og‘ayev S. Yangi pedagogik texnologiya-hayotiy ehtiyoj. «Xalq ta’limi» jurnali.2001. 19. Roziqov O., Og’ayev S., Mahmudov M., Adizov B. Ta’lim texnologiyasi. – T.: 2005. 20. Ro’zimurodov O.N. Haydarov T. Masofadan o’qitish texnologiyalari va tamoyillari. – T.: Istiqlol. 2006. 21. Safarov A. Bahramov Q. Noan’anaviy darslar va ta’limning interfaol usullari. – Buxoro. 2004. 22. Sayidahmedov N., Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. – T.: RTM. 1999. 23. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya. 2003. 24. Tayloqov N.I. Masofali o’qitish kurslarining model va shakllari. // Xalq ta’limi. – T.: 2004. 56 25. O’zbek tilining izohli lug’ati. 2 – jild. – T.: 2011. 27. Xo‘jayev N.X., Xodiyev B.Yu., Baubekova G.D., Tilabova N.T. Yangi pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan. 2002. 28. Yo‘ldoshev J.G‘. Yangi pedagogik texnologiya: yo’nalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta’limi» jurnali.1999. 29. Ziyomuhammadov B., Abdullayeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot «Ma’naviyat asoslari» darsi asosida ishlangan uslubiy qo‘llanma. -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 2001. 30. Choriyev A.Yangi pedagogik texnologiyalar. Maruzalar matni. – Qarshi. 2000. 57 F o y d a l a n i l g a n l u g ` a t l a r . 1. Isoqov.U, Raximov.M, Sobirov.B. Inglizcha – o’zbekcha -lug’at. – T.: Yangi asr avlodi. 2010. 2. Butayev.Sh. Irisqulov.A. inglizcha – o’zbekcha, o’zbekcha – inglizcha lug’at. – T.: Fan. 2009. 3. Oxford Advanced Learner`s Dictionary. A.S.Hornby. – Oxford University Press.2001. 58 Foydalanilgan internet saytlari 1. http://en.wikipedia.org/wiki/Distance_learning 2. http://www.distance-learning –college – guide.com/index.html 3. http://www.google.uz – masofaviy ta’lim