logo

Didaktika fani va uning vazifalari. Ta'lim mazmuni. Ta'lim qonuniyatlari va qoidalari

Yuklangan vaqt:

22.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

57.5 KB
Didaktika fani va uning vazifalari. Ta`lim mazmuni. Ta`lim qonuniyatlari va qoidalari Reja : 1. Didaktika fani va uning vazifalari. 2. Bilish to`g`ri sida tushuncha. 3. Ta`lim mazmuni to`g`ri sida tushuncha. 4. O`qish rejasi va datsuri. 5. Ta`lim qonuniyatlari va qoidalari. Didaktika ta`lim jarayonining umumuy qonuniyatlarini o`rganuvchi kismdir.Didaktika-grekcha so`z bo`lib «Didayko»-o`qitish, «Didaskoli»- O`qituvchi degan so`zlardan kelib chiqkan. Didaktika pedagogikaning «nimaga o`qitish», «nimani o`qitish», «qanday o`qitish»,kabi savollariga javob beradi. SHark Xalqlari pedagogikasining buyuk allomasi YUsuf Xos Xojib o`zining «Kutadgu bilig» asari orqali ilm fan, ma`rifatning axamiyati,ta`rifi va tavsifida odamlarni tinmay ilm olishiga, bilim o`rganishiga undagan. Dunyodagi barcha xayrli ishlar, e`zgu amallar negizida ilm ma`rifat yotadi, ilm dunyosi tufayli jaxolat zulmati yoziladi, fikri ravshanlashadi,olamga rushnolik taraladi.Xar bir soglom fikrli odam dunyoning bosqich ishlaridan ogox bo`lishi, buning uchun tinmay bilim olishi,ma`rifatga intilishi kerak. Mutafakkir Abu rayxon Beruniy (973-1048) ilmning kadr kimmatini yuksak baxolab ta`kidlaydi. Ilm o`zi lazzat bagishlaydi. Odamlar ilm tufayli e`zgulikka e`rishadilar.Ular ilm tufayli yovuzlikkdan xolos bo`ladilar. SHuning o`zi e`ng aniq foyda, e`ng katta davlat e`masmi axir. O`zbekitsonda pedagogik ta`limotning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Xamza, Muxammadrasul, Rasuliy, Kori Niyoziy, O.SHarafid-dinov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog`liq. Pedagoglar bir qancha avlodlarning mexnati bilan qo`lga kiritilgan, pedagogika fani e`rishgan barcha kimmatli yutuqlar, zamon san`atidan utgan jamiki ilgor qarashlarni avaylab asrashi va shu merosdan faol ravishda foydalanishsa foydadan xoli e`mas. Bilim-ta`lim jarayonining metelogik asoslari. Bilim jarayoni kabi ta`lim jarayonida o`quvchi bilmaslikdan bilishga, noto`g`ri va noaniq bilishda tobora to`liqrok va aniqrok, chukurrok bilishgacha bo`lgan yo`lni bosib utadi. Bu jarayonda xissiy idrok e`tish xam, abtsrakt tafakkur xam amalda sinab ko`rish mumkin. Bilim ikki pallaga-nazariya va amaliyotga bo`linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikridir. Nazariya xar xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, rakam va boshqa. Nazariyada g`oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning xaqiqiyligini ko`rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o`zgartirish, yaratish bo`lar amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy xayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishga inson uchun asosiy qurol bo`lib xizmat qiladi. Ilmiy bilishning vazifasi moxiyatini ularning rivojlanish qonuniyat- larini ochishdagina e`mas, balki biron bir qonunning kay tarika namoyon bo`lish sabablarini xam ko`rsatib berishdan iborat. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak atrofdagi vokelik, narsa va xodisalarning sezgi organlarimizga tasir e`tuvchi ayrim sifatlarning ongimizda aks e`tishidir. Sezgilar-olam xaqidagi barcha bilimlarimizning manbaidir. Ammo ilmiy bilish bilan o`quvchining bilishi o`rtasida umumiylik bo`lsada, ular bir-biridan fark qiladi. O`qitish natijalari bilim sifatida, o`quvchining rivojlanish darajasida o`z aksini topadi. Ta`lim jarayoni. Ta`lim insoniyat tajribasining ma`lum tomonlarini, ya`ni o`quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining xozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiya e`ga bo`lishlarini taminlaydigan faoliyatdir. Ta`lim jarayonining mazmunini, bilim. ko`nikma va malakalar tashkil qiladi. Demak o`quvchilar o`qish orqali bilim bilan qurollanadilar. O`quvchi olgan bilim asosida ko`nikma xosil qilish kerak. Ko`nikma -mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig`indisidir. Iqtisod va ko`nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Bilim asosida ko`nikma , malaka xosil bo`ladi. Bilim baxsda kerak bo`lsa, ko`nikma mexnatda, dunyoni o`zgartirishda zarur. Ta`lim jarayoni o`quvchi bilan O`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati bo`lib, ikki tomonlama xarkterga e`gadir. Ta`lim jarayonining ikki tomonlama xususiyati. O`qitish jarayoni ikki faoliyatni –O`qituvchi va o`quvchi faoliyatini o`z ichiga oladi. O`qituvchining faoliyati: -O`quv materiallarni bayon qilish -ularni fanga kiziktirish -bilim va ko`nikma larni tekshirish -o`qishga moyilligini uygotish -ragbatlantirish -bilimini xolis baxolash -o`quvchining faoliyati -materialni o`zlashtirish Ta`limning aosiy moxiyatini, vazifasi shu avlodni ilmiy bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ilmiy bilimlarni e`gallash-muayyan fanlar o`rtasidagi boglanishlarni idrok qilish, ularni izoxlay bilish, mutsaqil xolda umumlashtirish, xulosalar chiqarish demakdir. Ana shular asosida o`quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira kabi bilish qobiliyatlari usib boradi, ularda e``tiqod tarbiyalanadi. Muallim bilimlarni urgatar e`kan usha jarayonda bolalarning imkoniyatlarini o`rganadi, qiyinchiliklarni ko`radi, uni bartaraf e`tish choralarni ko`radi. U ijodiy ishlaydi. Xuddi ana shunday ish jarayonida pedagogikaning o`ziga xususiyatli shakllanadi. Ta`lim jarayonida bilish faoliyatining bosqichlari , Bilimni o`zlashtirish, voke`likdagi narsa va xodisalarni sezish va idrok qilishdan boshlanib bu bosqichlarning axamiyati katta. 1.Bilimlarni idrok qilish 2.tushunish 3. amalda qo`llash 1. Idrok-bosqichning odam ongida aks e`tishidir. Idrok o`quvchilarning bilimlari amaliy tajribasi darajasiga qarab muayyan maqsadni ko`zlovchi jarayon bo`lmogi kerak. 2. Ilmiy bilimlarni e`gallash-muayyan fanlar o`rtasidagi boglanishlarni idrok qilish, ularni izoxlay bilish, mutsaqil xolda umumlashtirish, xulosalar chiqarish demakdir. Ana shular asosida o`quvchilarda kuzatuvchanlik, tafakkur. 3. O`quvchilarning bilish faoliyatidagi ikkinchi bosqich-tushunish va o`zlashtirishdir. 4. Tushunchalarning xosil bo`lish jarayonida induktsiya va deduktsiya kabi fikrlash masalalari katta urin tutadi. -Induktsiya-xususiy xollardan umumiy qoidaga boradigan fikr yuritish yo`lidir. 5.Bilimlarni mutsaxkamlash va amalda qo`llash. -amaliy mashg`ulotlarni bajarish -ko`rsatmali qurollarni qo`llash -kompyuterlar bilan ish olib borish -uy vazifalarni bajarish -bob yoki bo`limni takrorlash Bilim ko`nikma va malakalarni muvaffakiyatli e`gallab olish vositalaridan biri-avval o`zlashtirilib olingan bilimlarni amalda qo`llashdir. Ta`limning mazmuni. Ta`limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deganda o`quvchilarning o`qish jarayonida e`gallab olishi lozim bo`lgan to`zimga solingan bilim, malaka va ko`nikma larning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. Ta`limning mazmuni bir qator e`xtiyojlarni xisobga olish bilan belgilanadi. a) Ijtimoiy ishlab chiqarishning e`ng zarur e`xtiyojlari, ijtimoiy tizimning xususiyatlari b) Davlatning Xalq ta`limi va muayyan turdagi O`quv yurti oldida qo`yadigan maqsad va vazifalari. v)O`qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini e``tiborga oluvchi didaktik talablar. Maktablarda beriladigan ta`limning mazmuni tarixiy va sinfiy xususiyatlarga e`gadir. Jamiyat taraqqiyotining xamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta`limning mazmuni xajmi usha ijtimoiy tuzimning iqtisodiy talab va e`xtiyojlari,fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan. Pedagogika tarixida umumta`lim maktablarida uqiladigan O`quv fanlari tanlash va ularning mazmunini belgilashda ikki yo`nalishdagi qoidalarga amal qilinadi. 1) Qo`lchilik nashriyotchilar «shakl ma`lumot» tarafdorlari-maktabda o`qitiladigan fanlar yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish, ilmiy bilimlar tizimini e`gallashlari uchun xizmat qilmay, balki yoshlarning qobiliyatlarini tasavvur va xotiralarini utsirishda xizmat qilmogi kerak. 2) 18-asrning oxiri va 20-asrning boshlariga kelib «formal ma`lumot» qoidalari asosidagi maktablar tarakkiy e`tib borayotgan kapitalizm to`zumi talablariga javob bera olmay qoldi. SHunga ko`ra maktab ta`limi tizimida yangi bir okim «Moddiy ma`lumot» nazariyasi paydo bo`ldi. Xozirgi zamon maktablarida ta`limning mazmuni umuminsoniy fazilatlarga e`ga bo`lgan iymonli, e``tiqodli yoshlarni tarbiyalab etishtirishdan iboratdir. Bundan tashqari maktablarda yoshlarga kurik ilmiy bilimlar bermasdan ularga turmushda zarur bo`ladigan Xalq xunarmandchiligi, tabobat asoslari, odob- axlok yo`nalishdagi fanlarni ko`proq o`qitish talab e`tilmokda.Maktablarda «Odobnoma» fani va diniy «Islom tarixi va madaniyati» ni o`qitish ayni muddoodir. O`qitish rejasi . O`qitish rejasi davlat xujjatidir. O`quv rejasi-barcha umumta`lim maktablarida so`zsiz amal qilinishi lozim bo`lgan davlat xujjatidir.Maktabning O`quv rejasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiklanadi. O`quv rejasini to`zishda quyidagi omillarga asoslaniladi . 1)O`quv rejasi O`quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarni xayotda qo`llashini urgatishdir. 2)Maktablarning birligi o`z qoidalariga asoslanadi (ya`ni boshlang`ich maktab 1-4 sinf, to`liqsiz maktab 8-9 sinf, umumta`lim maktab 10-11) 3.To`liqsiz va urta maktablarda o`quvchilarga bir butun tugal bilim beriladi. 4.O`quv rejasi kiritilgan fanlarning xajmi qaysi sinfda o`qitilishi, ajratilgan soati bolalarning yosh va bilim saviyasiga qarab belgilanadi. O`quv rejasi-jugrofiya, biologiya, fizika, atsronomiya, ximiya, matematika va informatika markaziy o`rinni e`gallaydi. Ijtimoiy fanlar-tarix til, ona tili, ingliz tili, rus tili, adabiyot, tasviriy san`at, musika va ashula jismoniy tarbiya va boshqa fanlarga xam soat ajratiladi. O`quv datsuri . Xar bir O`quv fani uchun O`quv datsuri to`ziladi.O`quv datsuri O`quv rejasi asosida qarab chiqiladi,u xar bir O`quv fanining o`qitish uchun ajratilgan bilim xajmi, to`zimi va g`oyaviy siyosiy yo`nalishini aniqlab boradigan davlat xujjatidir. O`quv datsuri quyidagi bir qator qoidalarga amal qiladi. 1)datsurning qatiyligi (jamiyatga mos) 2) Ilmiylik 3) O`quv materiali mazmuni to`g`ri tanlash 4) nazariyatning amaliyot bilan birligi qoidasi 5) O`quv datsurida tarixiylik qoidasi 6) datsur ikki usul bilan 1. ketma-ket 2.kontsentrik tarzda joylashtirishi Datsur 3 bo`limdan iborat . 1) qisqacha o`qitilish xati (datsurga amal qilish yuzasidan yo`l yuriqlar) 2) O`quv materiallari mazmuni 3) kushimcha adabiyotlar ruyxati. Darslik. Darslik O`quv jarayonining zarur qismidir. Darslik-o`quvchilarning ikkinchi muallimi chunki u avvalo o`quvchi uchun zarur qo`llanmadir. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini datsurga va didaktikaga talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir. Maktab isloxati va Xalq tizimini qayta ko`rish darslik yaratuvchilar oldida bir qator talablar kuyadi. 1) Xar qaysi O`quv fani uchun yaratiladigan darslik ilmiy bilimlar tizimi va uning xajmi datsur talablariga xamda shu sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan bo`lishi kerak. 2) Darslikdagi ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g`oyaviy yo`nalishi tizimli va izchil bo`lishi, darslikdagi dalillar ishonchli bo`lishi, taxlili to`g`ri bo`lishi, aniq bo`lishi kerak. 3) nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan boglangan bo`lishi kerak. 4) darslikdagi materiallar ko`rgazmali bo`lishi kerak. (rasm, grafik, jadval) 5) Darslik tushunarli tilda yozilishi kerak. 6) Darslikning tashqi kurinishi bezagi shu sinf o`quvchilarining didiga mos bo`lishi kerak. Ilm osmonining yuldo`zlari Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Donte, Ulugbek, Jomiy, A.Navoiy kabi allomalar xam iloxiyot fanini o`rganishgan. Gogol, Pushkin, CHernishevskiy, Kur`onga g`oyat yuksak baxo berishgan. SHu jixatdan maktablarda «Islom dini va madaniyati» tarixini fan sifatida o`qitish maqsadga muvofiq dir. Diniy dars bolalarda, e`ng avvalo e``tiqod iymon xislarini tarbiyalashga katta yordam beribgina qolmay, tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizni tushunishda xam qo`l keladi. Ta`lim qonuniyatlari va qoidalari . Qonuniyat-bu barkaror, zaruri, u yoki bu xodisalar va jarayonlar o`rtasidagi mutanosiblik va muxim aloqa. SHuning uchun xam ijtimoiy e`xtiyojlar va sharoitlar O`quv jarayonining xarakterini, vazifalarini mazmunini shakllarini, usullarini, vositalarini qonuniy ravishda aniqlab beradi. O`quvchilarga urgatilayotgan xar bir bilim asoslari jamiyatmizning rivojlanishi va uning yo`nalishi bilan bevosita bog`liq bo`lishi kerak. Ta`lim qoidalari O`qituvchilarning faoliyatini va o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirilishi, tegishli ko`nikma va malakalar xosil qilishning asosiy qonun va yo`l yuriqlarini o`z ichiga oladi. Ta`lim qoidasi deb-umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oishirishga karatilgan o`qish va o`qitish jarayonlarining yo`nalishi, o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimining o`zlashtirilishi, bilim va malakalar xosil qilishning asosiy qonun qoidalarining yig`indisiga aytiladi. Ta`lim qoidalari quyidagicha guruxlashgan: 1) Ta`limning ilmiy bo`lishlik qoidasi. 2) Ta`limning to`zumi izchil bo`lish qoidasi 3) Ta`limning tarbiyalovchilik qoidasi xarakteri 4) Ta`limning nazoratini amaliyot bilan bog`liqligi 5) Ta`limda onglilik, faollik va mutsaqillik qoidasi 6) Ta`limda ko`rsatmalik qoidasi (tat, graf, rasm va bosh.) 7) Ta`lim jarayonida xar qaysi o`quvchiga xos xususiyatlarni xisobga olish qoidasi 8) Ta`limda ilmiy bilim va ko`nikma malakalarni puxta, mutsaxkam o`zlashtirish qoidasi 9) Ta`limning o`quvchiga mos bo`lish qoidasi 10) Ta`lim va tarbiyaning birlik qoidasi. Qo`llanilgan adabiyotlar: 1. Munavvarov A.K. Pedagogika, Toshkent, O`qituvchi, 1996, 62-76 b 2. Tursunov I, Nishonaliev U. Pedagogika kursi: darslik,Toshkent «O`qituvchi», 1997 89-101 b. 3. Gaybo`llaev N va b. Pedagogika, Toshkent, 2000, 85-100 b. 4. Baranov S.P. va b. Pedagogika, Toshkent, «O`qituvchi» 1990, 67-73 5. Savin N.V. Pedagogika, Toshkent, «O`qituvchi». 1975. 77-88 b. 6. Babanskiy YU.K. va b. Pedagogika, Moskva, 1988. 329-339 b. 7. www.ziyonet.uz