logo

Sifat menejmenti tizimining ishchi holatini baholash, uning natijaviyligi va smaradorligini aniqlashdan qo’llaniladigan vosita va usullar

Yuklangan vaqt:

15.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

69.5 KB
Sifat menejmenti tizimining ishchi holatini baholash, uning natijaviyligi va smaradorligini aniqlashdan qo’llaniladigan vosita va usullar Reja: 1. Sifat menejmenti tizimda axborot texnologiyalarini qo’llash. 2. Sifat bo’yicha menejerlarga qo’yiladagan talablar va ularni tayyorlash. Sifat menejmenti tizimda axborot texnologiyalarini qo’llash. Auditorlarni va audit bo’yicha guruh rahbarini baholash ob’ektiv, izchil, haqiqiy va ishonchli natijalarni ta’minlash maqsadida audit dasturidagi tadbirlarga muvofiq rejalashtirilishi, amalga oshirilishi va hujjatlashtirilishi kerak. Baholash jarayoni o’qitish va tajribalarni oshirishning boshqa usullariga bo’lgan ehtiyojni ko’rsatish kerak. Auditorlarni baholash turli bosqichlarda amalga oshiriladi: - auditor bo’lishni hoxlovchi shaxslarni dastlabki baholash; - auditorlarni bayon qilingan audit bo’yicha guruhni tuzish jarayonining bir qismi sifatida baholash; - bilim va ko’nikmalarni ma’lum darajada ushlash va yaxshilash uchun zarur bo’lgan extiyojlarni aniqlash maqsadida auditor layoqatini doimiy baholash. Baholashning bu bosqichlari o’rtasidagi bog’liqlik ko’rsatilgan. Bayon qilingan jarayon bosqichlari baholashning har bir bosqichida ishlatilishi mumkin. Baholash jarayoni. Baholash jarayoni 4 ta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi: 1-bosqich. Audit dasturining ehtiyojlariga javob berish uchun shaxsiy sifatlar, bilimlar va ko’nikmalarni aniqlash Tegishli bilim va ko’nikmalarni aniqlashda quyidagilarni hisobga olish kerak: -tekshiriladigan tashkilotning hajmi, faoliyat turi va murakkabligini; - audit dasturining maqsadlari va hajmini; - sertifikattlashtirish va akkreditlash talablarini; - tekshiriladigan tashkilotning menejmenti uchun audit jarayonining rolini; - adit dasturi bo’yicha talab qilinadigan mahfiylik darajasini; - tekshiriladigan menejment tizimining murakkabligini. 2-bosqich. Baholash mezonlarini aniqlash Mezonlar miqdori (yillardagi amaliy ish staji, ma’lumoti, o’tkazilgan auditlar soni, auditga o’qitish soatlarining hajmi kabilar) yoki sifat jihatidan (namoyish qilinadigan shaxsiy sifatlar, bilimlar yoki o’rgatishdagi yoki ish jarayonidagi ko’nikmalarning xarakteristikalari) bo’lishi mumkin. 3-bosqich. Tegishli baholash usulini tanlash Baholashni tanlab olingan bita yoki birnechta usullardan foydalangan holda bir kishi yoki hay’at amalga oshiradi. Foydalanilganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: - bayon qilingan usullar imkoniyatlar diapazoni bo’lib, barcha hollarda ishlatilaolmaydi; - bayon qilingan turli usullar o’zining ishonchliligi bilan farq qilishi mumkin; - odatda ob’ektiv, mos keluvchi, haqqoniy va ishonchli natijaga erishish uchun birlashgan usullar tanlanadi. Bilimlar va ko’nikmalar Sifat menejmenti tizimlari yoki ekologik menejment tizimlari auditorlarning umumiy bilimlari va ko’nikmalari. Auditorlar quyidagi sohalarda bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: a) Auditning mohiyatlari, tadbirlari va usullari – auditorlarning ularni tanlash va turli auditlarga qo’llash imkoniyatiga ega bo’lishi va auditlar kerakli va tizimli tarzda o’tkazilishini ta’minlash uchun. Auditor quyidagi harakatlarni amalga oshirishga tayyor bo’lishi kerak: - auditning mohiyatlari, tadbirlari va usullarini qo’llash; - ishlarni samarali rejalashtirish va tashkil qilish; - auditni belgilangan vaqt ichida o’tkazish; - ustivorlilikni aniqlash va jiddiy holatlarga e’tibor berish; - samarali so’rov, tinglash, kuzatish, hujjatlar analizi, yozuvlar va ma’lumotlar yordamida ma’lumotlar yig’ish; - audit uchun tanlama tadqiqotlarning tegishli usullari va natijalarini tushunish; - to’plangan ma’lumotlar aniqligini tekshirish; - audit xulosalari va yakunlarini tasdiqlash uchun audit guvohliklarining etarliligi va muvofiqligini tasdiqlash; - audit xulosalari va yakunlari ishonchliligiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash; - audit vaqtida faliyatni yozish uchun ishchi hujjatlardan foydalanish; - ma’lumotlar maxfiyligini saqlash; - tilni bilishi yoki tarjimon yordamida samarali ma’lumot almashish; b) Audit sohasini qamray olish va audit mezonlarini qo’llay olish uchun – menejment tizimi va havola qilinadigan hujjatlar. Bu sohadagi bilim va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - menejment tizimini turli tashkilotlarga qo’llash; - menejment tizimi elementlarining o’zaro ta’siri; - audit mezonlari sifatida qo’llaniladigan sifat menedjmenti tizimining yoki ekologik menejment tizimining standartlari, qo’llaniladigan tadbirlar yoki menejment tizimining boshqa hujjatlari; - havola qilinadigan hujjatlarning farqi va ustivorlari; - havola qilinadigan hujjatlarning audit vaqtidagi turli holatlarga qo’llanilishi; - ma’lumot tizimi va jarima solish uchun usullar, hujjatlar, ma’lumotlar va yozuvlarni tarqatish va boshqarish xavfsizligini ta’minlash; s) Auditorga tekshiriladigan tashkilotning ish tizimini tushunishga imkon berish uchun – tashkiliy lahzalar. Bu sohadagi bilim va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: tashkilotning xajmi, tuzilishi va vazifalari va uning tarkibidagi (bo’limlarning) o’zaro aloqalarini; - umumiy biznes – jarayonlar va tegishli atamalarni; - tekshiriladigan tashkilotning madaniy va ijtimoiy urf-odatlarini; d) auditor bu sohada ishlashga imkon berish va tekshiriladigan tashkilotlarga qo’yiladigan talablarni tushunish uchun predmetga doir qo’llaniladigan qonunlar, texnikaviy reglamentlar. Bu sohadagi bilimlar va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - maxalliy, regional va milliy qoidalar majmui, qonunlar, me’yoriy huquqiy hujjatlar va texnikaviy reglamentlar; - bitimlar va shartnomalar; - xalqaro bitim va konvensiyalar; - tashkilot bajarish majburiyatini olgan boshqa talablar. Audit bo’yicha guruh rahbarlarining umumiy bilim va ko’nikmalari. Audit bo’yicha guruh rahbarlari auditni samarali va foydali o’tkazishga ko’maklashish uchun auditga rahbarlik qilish bo’yicha qo’shimcha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak. Audit bo’yicha guruh rahbari quyidagi ishlarni bajarishga tayyor bo’lishi kerak: - auditni rejalashtirish va audit vaqtida resurslardan samarali foydalanishga; - audit buyurtmachisi va tekshiriladigan tashkilot bilan aloqa vaqtida audit bo’yicha guruhni tanishtirish; - audit bo’yicha guruh a’zolarining ishlarini tashkil qilish va ularni ishga jo’natish; - stajerlar ishiga rahbarlik va kuzatib borishni ta’minlash; - audit bo’yicha yakuniy xulosa olish uchun audit bo’yicha guruhga rahbarlik qilish; - ziddiyatlardan ogohlantirish va ularni bartaraf qilish; - audit bo’yicha hisobotni tayyorlash va tugatish. Sifat bo’yicha menejerlarga qo’yiladagan talablar va ularni tayyorlash. Sifat menejmenti tizimi auditorlarining maxsus bilimlari va ko’nikmalari. Sifat menejmenti tizimining auditorlari quyidagi sohalarda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: a) Sifatga aloqador bo’lgan usul va texnologiyalarga – auditorga sifat menejmenti tizimini tekshirish va audit bo’yicha zarur xulosalar olish hamda audit bo’yicha tegishli yakunlar qilishga imkon berish uchun. Bu sohadagi bilim va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - sifat bo’yicha atamalarni; sifat menejmenti tizimlarini va ularni qo’llashni; - sifat menejmenti usullari va ularni qo’llashni (masalan, jarayonlarning statistik nazorati, rad etishlarining va ularning oqibatlarining analizi va boshq.); b) Xizmat ko’rsatish bilan birga jarayonlar va mahsulotni – auditorga audit o’tkaziladigan texnologik o’ziga xoslikni tushunishga imkon berish uchun. Bu sohadagi bilim va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: - ma’lum sohadagi atamalarni: - xizmat ko’rsatish bilan birga jarayonlar va mahsulotlarning texnikaviy xarakteristikalarini; - ma’lum sohadagi jarayonlar va ish tajribasini. Ekologik menejment tizimi auditorlarining maxsus bilim va ko’nikmalari Ekologik menejment tizimining auditlari quyidagi sohalarga bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: a) ekologik menejment usullari va texnologiyalari – auditorga ekologik menejment tizimini tekshirish va auditning zarur kuzatuvlarini va audit bo’yicha yakuniy xulosalarni olishga imkon berish uchun. Bu sohadagi bo’lim va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - ekologiya bo’yicha atamalarni; - ekologik menejment prinsiplari va ularni qo’llashni; - ekologik menejment usullarini (ekologik samaradorlikni baholash, hayotiy darvni baholash, ekologik menejment samadorligini baholash va boshq. kabi); b) Atrof-muhit muxofazasi bilan bog’liq bo’lgan atrof-muhit va texnologiyalar to’g’risidagi fanni – auditorga inson faoliyati bilan atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro munosabat asosini tushuntirishga imkon berish uchun. Bu sohadagi bilim va ko’nikmalar quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: - inson faoliyatining atrof-muhitga ta’sirini; - ekotizimlarning o’zaro ta’sirini; - atrof-muhitni tashkil etuvchilarni (masalan, havo, suv, er): - tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarishni (masalan, qazib olinadigan yoqilg’ilar, suv, flora va fauna); - atrof-muhit muxofazasining asosiy usullarini; s) Faoliyatning texnik va ekologik tomonlari – auditorga tekshiriladigan tashkilotning maxsuloti, xizmat ko’rsatish turlari va faoliyatning atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirini tushunishga imkon berish uchun. Bu sohadagi bilim va ko’nikmalar quydagilarni o’z ichiga olishi kerak: - iqtisodiyotning ma’lum sohasidagi atamalarni; - ekologik masalalar va atrof-muhitga ta’sirini; - ekologik masalalar ahamiyatini baholash usllarini; ichki jarayonlar, mahsulot va xizmat ko’rsatishlarning tanqidiy tavsifini; - monitoring va o’lchashlarning usullarini; - ifloslanishni oldini olish texnologiyalarini. Auditorning ma’lumoti, amaliy tajribasi, ularni o’qitish va audit o’tkazish tajribasi. Auditorlar. Auditorlar ma’lumotga, amaliy ish tajribasiga ega bo’lishlari, audit bo’yicha o’quv mashg’ulotlari kursini o’tishlari va auditorlik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak: a) ular 7.3-bandida bayon qilingan bilim va ko’nikmalarni egallashga imkon beruvchi to’liq ma’lumotga ega bo’lishlari kerak; b) ular bayon qilingan bilim va ko’nikmalarini oshirishga yordam beruvchi ish tajribasiga ega bo’lishlari kerak. Amaliy ish tajribasi texnikaviy, boshqaruv yoki qarorlar qabul qilish, muammolarni bartaraf etish va boshqa rahbar yoki maxsus mutaxassis shaxslar, shu darajadagi xodimlar yoki boshqa qiziquvchi tomonlar bilan ma’lumot almashish bo’yicha tajribalarni ham qo’shib hisoblaganda kasbiy sohada bo’lishi kerak. Amaliy tajriba yana bajariladigan ish bilim va tajribalarni quyidagi sohalarda oshirishga yordam beradigan lavozimlarda ham bo’lishi kerak: - sifat menejmenti tizimining auditorlari uchun sifat menedjmenti; - ekologik menejment tizimining auditorlari uchun ekologik menedjment; s) ular bayon qilingan bilim va ko’nikmalarning o’sishini ta’minlovchi audit bo’yicha o’quv kurslarini o’tishlari kerak. Bu o’qish shu tashkilotning o’zida yoki boshqa tashkilotda bo’lishi mumkin; d) ular bayon qilingan faoliyat bo’yicha auditlar o’tkazish tajribasiga ega bo’lishlari kerak. Adabiyotlar : 1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining kushma majlisidagi nutki. -T.: "O’zbekiston" NMIU, 2016.- 2. Mirziyoev SH.M. Konun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt tarakkiyoti va xalk farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruza 2016 yil 7 dekabr. T: "O’zbekiston" NMIu. 2016-486. 3. Mirziev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalkimiz bilan birga kuramiz. - T.: "O’zbekiston"NMIU, 2017. - 488 6. buyicha 4. Ismatullaev P.R., Matyakubova P.M. Turaev SH.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Dasrlik. T.: Lesson-Press, 2015.423 5. Ismatullaev P.R., Axmedov B.M., Matyakubova P.M., Xamrokulov F.X. Turaev SH . A . Sertifikatlashtirish asoslari va sifat menejmenti . Darslik. Toshkent, Sano-standart, 2014. - 330 6. 6. Abduvaliev A.A. i metrologii i upravleniya kachestvom Izdatelstvo TGTU, 2002. - 287 s. dr. Osnovы standartizatsii, sertifikatsii produksii. Uchebnoe posobie. - Tashkent: 7. Axmedov B.M., Ismatullaev P.R., Turaev SH.A. Sertifikatlashtirish va sifatni boshkarish asoslari, o’kuv kullanma. O’zR O MTV; TDTU. – Toshkent 2007. -233 6. 8. Axmedov B.M., Ismatullaev P.R. Turobjonov S.M., YUsupov E.D. Typaev SH . A . Osnov ы sistem ы menedjmenta kachestva . Izd-vo iptd Uzbekistan. - Tashkent, 2009. -208 s.