logo

Arxaik (ibtidoiy) madaniyat va an’anaviy madaniyat. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

178 KB
Arxaik (ibtidoiy) madaniyat va an’anaviy madaniyat. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati. Reja: 1. Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari. 2. tosh davri madaniyati. 3. Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi. 4. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati. 5. Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishi shart-sharoitlari. 6. Qadimgi Sharqliklar duyoqarashi va tafakkurining o’ziga xosligi. 7. Qadimgi Sharqlikdagi yirik madaniyatlarning (Misr, Mesopotamiya, Hind, Х itoy) o’ziga xos xususiyatlari. 8. Antik madaniyat (Qadimgi Yunon va Rim). 1.Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari. Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat-mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko’lamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. O’sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko’rinishlari bo’lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor xozirga qadar yo’qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang’ich davri keyingi barcha o’zgarishlarga zamin tug’dirgani sababli bu davrni o’rganish insoniyat evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi. Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o’ta qiyin vazifa. Olimlar to’plagan ma’lumotlar 2 xil bo’lib: I Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishi, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug’ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar o’ziga xos belgilari bilan emprik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan tasnifiga asos soldi: 1. paleolit-qadimgi tosh asri, 2. Neolit-yangi tosh asri. Paleolit bosqichining o’zi ham ilk va so’ngi davrlarga bo’linadi. Shuningdek, paleolit va neolit bosqichining o’rtasi mezolit-o’rta tosh asri davriga bo’linadi. II Etnografik ma’lumotlar-zamonaviy xalqlar va xozirgi vaqtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko’ruvchilarning hayoti haqida. Bu ma’lumotlar saqalanib qolgan arxaik madaniyat o’rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o’hshashliklar bo’yicha qayta tiklashga yordam beradi. Т osh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan to eramizgacha 2ming yilgacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. O’z navbatida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk paleolit bo’lib, bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogenez jarayonining sodir bo’lishi, qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo’pol tosh qurollari tayyorlash olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof muhit haqida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi Detsentrizm farazi insoniyat paydo bo’lishini ikki o’choq Afrika va Osiyo bilan bog’laydi, zero hozirgi vaqtda eng qadimgi odam qoldig’i ham Afrika mintaqasida topilan. Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung’ir g’oridan topgan “fergantrop” qoldig’ining yoshi 700 ming yilag teng. Ilk paleolitning oxirgi davri ko’pincha alohida davrga ajralib “o’rta” yoki “muste’” deb nomlanadi. Bu qonuniy hodisa bo’lib, muste’ davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o’sishi sezilvadi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo’ldi. Neandertallar keng xududlarga tarqalib murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g’orlaridan ayiqni bosh suyagi topilgan, maxsus o’rntailgan tosh supa olovda qoraygan, unda ma’lum marosim o’tkazilgan. Neandertallar qabri ko’pincha Sharq-G’arb yo’nalishi bo’yicha joylashib, murda “yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga qayrilgan yoniga tosh qurollar qo’yilan”. Bu marosim udumi o’limdan keyingi hayot mavjudligi haqidagi tasavvurning madaniyatidagi eng qadimgi va barqaror paydo bo’lganligiadg dalolatdir. Neandertal qabri O’zbekistonning Т eshiktosh g’oridan ham topilan, shunigdek, o’sha davrga oid ko’plab manzilgohlar ochib o’rganilgan. 2 Tosh davri madaniyati. Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so’nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So’nggi paleolitning boshlari gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy “aqlli odam” turi paydo paydo bo’ladi. So’nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko’payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to’qimachilik paydo bo’ladi. Nixoyat,dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot - urug’ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli misollarining asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo’lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishining tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi. Ma’naiy madaniyat dastlab juda sodda bo’lib, o’sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uyg’unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo’lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to’plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavurlar paydo bo’lib, tafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’anaviy rivojlanishini tezlashtirdi. O’zlashtiruvchi xo’jalikda ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilishi va tajribaning to’planishi natijasida yuzaga keldi. Dastlab ibtidoiy odamlar oziq-ovqat qidirib o’zi yashayotgan muhitni yahshiroq o’rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Т abitdagi mavjud iste’mol qilishga yaroqli o’simlik va mevalarni qidirib topishi, kuzatishi natijasida botanika bilimlari to’plagan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi sh akllana boshladi. Bu jarayonlarni o’rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi. Kasalikni davolash uchun o’sha zamonning o’ziga xos sodda tabobati bo’lib, davolashda o’simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar. Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo’ladi. Т arbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog’liq bo’lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan. Ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg’un holda vujudga kelgan. Ibtidoiy sanoat xilma xil bo’lib, bir necha turlarga bo’linadi: 1) Suyak, tosh parchasi, shoh, qulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari. 2)G’or devorlarga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvirlangan. Bunday tasvirlar Т uron, Sahroi Kabr, Markaziy Osiyo, G’arbiy Yevropada ko’plab uchraydi. 3) Qoya toshlarga o’yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kun dalik mehnati bilan bog’liq manzaralar o’rin olgan. Qoya tosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Yevropada ko’p uchraydi. 4) Arxaik san’at turlaridan yana bir biri haykaltaroshlik ham urug’chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo’lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek, hayvonlar haykallari ishlangan. Bunday haykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykal tasvirlarda ibtiodiy mehnat va e’tiqod ramzlari namoyon bo’ladi. 5) Ishlab chiqaruvchi ho’jalik (neolit) faoliyati bilan bog’liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o’simlik tasvirlari uchraydi. 6) Ibtidoiy san’at turlaridan biri-niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo’rqitib o’zlarini himoya qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan. 7) Musiqa, qo’shiq, o’yin, ibtidoiy san’at turlari xisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan. 8) Х alq og’zaki ijodi-asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo’lib, ibtidoiy odamning turmushi, o’y-fikri va kayfiyatini ifodalagan- diniy tasavvurlarning shakllanishini asos bo’lgan. Diniy tasavvur va e’tiqod va jamoat tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o’rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi xodisalarning sabablarini tushuna olmagan. Т abiatdani turli xodislarning sir asrorlari ularga ma’lum bo’lmagan. Bu xodisalar negizida sirli, g’ayri tabiiy kuchlar yashiringan deb tushunib, shu g’ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilingan. Т otemizm-jamoaning hayvon yoki o’simlik turi bilan g’ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi bo’lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrida paydo bo’lgan. Bu e’tiqodda totem-hayvon yoki o’simlik nihoyatda hurmat qilingan. Т otemizmning ilk bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o’ldirish yoki go’shtini iste’mol qilish ta’qiqlangan. Faqat urug’ning urf-odat marosimlaridagini bu hayvon go’shti iste’mol qilinmaydi. Animizm-”ruh”, “jon” ma’nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g’ayoritabiiy kuchlarning borligiga ishonish. Т abiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari shular jumlasidandir. Urug’chilik jamoasining rivojlanishi bilan urug’ boshliqlar, harbiy yo’lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig’inish paydo bo’lgan. Matriarxat davrida ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Х o’jalik shakllari paydo bo’lgach tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, yer) ning ruhiga topinish kuchayadi. Sehrgarlik-odamning g’ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko’rsatish qobiliyatga asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san’atda ham o’z ifodasini topgan. Qoyatosh tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo’lg’usi ovning baroridan kelishini ko’zlab, hayvonlarni sehrlanganligini kuzatish mumkin. Ibtidoiy odamning fikrlashi aniklik, ta’sirchanlik, butunlikda farqlanadi. Ibtidoiy odam asta-sekin turli tashqi xodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to’q va ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug’lik va qorong’ulikni ajratadi. Х odisalarning ro’y kuzatishni boshlaydi. O. Freydbergning fikricha, unda kuzatish ta’suroti ustun bo’lgan. Ibtidoiy odamning ta’sirchan, aniq tasavvuri hali xodisalarni umumlashtirish qobiliyatida yiroq edi. U tevarak atrofdagi voqea xodisalarni mohiyatini tahlil qilmasdan faqat yuzaki qayd qiladi. Narsa va jarayonlarga, ularning xusuisiyatiga bir xil yondashgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog’lanishlar o’ta shartli bo’lib, qandaydir xodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi natijasida vaqt o’tishi bilan idrok qilingan. So’nggi paleolit davrida animistik e’tiqodlar va sehr jodu ma’naviy- madaniyatning negizi sifatida qat’iy rasmiylashdi. Qadimgi e’tiqodlarni shakllanishi manbaida tabiatli tashqi ko’rinishi va odamlar jamoasi haqida tasavvurlarni uyg’unlashib ketishi ibtidoiy odam uchun xos bo’lgan inson va tabiatning sub’ekti va ob’ekti birligi ta’sirida, ehtimol jamoa nima bilan shug’ullansa o’shanga bog’liq bo’lgan hayvonlar, o’simliklar, toshlar, ya’ni uning faoliyati doirasida nima mavjud bo’lsa barchasi uchraydi. Dunyoda yashayotgan aholining ko’plab ruh va jonlar bilan munosabatda bo’lish vositasi sifatida sehrgarlikni k yeltirib chiqardi. Sehrgarlikning eng qadimgi turlaridan biri ovchilik, sehrgarligi bo’lib, o’lja yaqinlashishi bilan uni tutish mashqini o’rganadi. Biroq, barcha harakatlar faqat mashq bildan tugamaydi. Uni amalga oshirish jarayoni asosiy masala hisoblanadi. Sehrgarlik harakatlari mazmunida totemizm-hayvonlari ajdodiga tpilishni keltirib chiqardi. Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi urushi, hayvonlarni tutib yeyishi, tug’ilish va o’limini-umuman inson hayotini totemistik, ya’ni, totemlar kurashi va to’qnashishi orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatida kosmogonik manzaraga asos soladi, qayerda har bir totem-koinot borki yeydi, yo’qoladi va tiriladi, qari koinot o’rniga yoshlar keladi. Ularning o’rin almashishi va yosharishi yoki tirilishining borligi o’limdadir. O’zbekiston hududida so’ngi paleolit davriga oid qoyaga solingan tasvir namunalari uchramasada ushbu davrga tegishli 30dan ortq manzilgohlar o’rganilgan, jumladan Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar, tayyorlangan “ustaxona”, Ko’k buloq va Oqtosh manzilgohlari. O’zbekiston xududidagi ibtidoiy tasviriy san’at namunalarini eng qadimgisi mezoli-neolit davrlarga oid bo’lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismidir. Shuningdek, bu tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko’rinish, o’ziga xoslik va farqlik jihatlarga ega bo’lib quyidagi bosqichlardan ibrat: 1. G’orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalar saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar yaratilgan davr. 2. Loy,ganch, tosh va yog’ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli xunarmandchilik buyularidagi tasvirlar yaratilgan davrlar. Mamlakatimiz tog’lik tumanlarda keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil: bir xillari bo’yoq (ohra) bilan; ikkinchi xillari esa o’yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar). O’zbekistondagi qoyatosh tasvirlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Beronsoy, Ko’kansoy, Т akatosh, Т eraklisoy kabi yuzdan ziyodin topilgan. Bu qoyatosh tasvirlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami turalarining kuzatish mumkin. Bular ibtidoiy sher va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’i va jayronlardir. Markaziy Osiyo mintaqasida Neolit davri ancha oldin boshlangan. Bunga mil.av.VI ming yillikda Kopetdog’ etagida vujudga kelgan Joytun madaniyati guvohlik beradi. O’troq dehqonlar va chorvadorlarning bu madaniyati asosan, samonli loydan qurilgan uylardan iborat manzilgoh bo’lib Eron va Mesopotamiya xalqlari madaniyati bilan yaqin aloqada shakllangan Joytunliklarning ma’naviy madaniyatini rivoji haqida katta umumiy ibodatxona devorlariga ishlangan rangtasvir dalil bo’ladi. Mil.av. IV-III ming yillikda Х orazm xududida neolit davriga Kaltaminor madaniyati sh akllandi. Neolit inqilobi mohiyatiga ko’ra arxaik madaniyatning oxiri xisoblanadi. ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi dehqonchilik va chorvachilikka o’tish bilan inson tabiatda mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyatini namoyon qildi, bu insonning ijtimoiy va ma’naviy g’alabasi edi. Agar arxaik madaniyatda jamoat fikri yetakchilik qilib, urug’ a’zosi, urug’ manfaatlari doirasida faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshladi. neolit davrining oxiri va jez asrida arxaik madaniyat barham topdi. Bu davrda jamoa mulki o’rniga xusuiy mulk vujuda kelib, xunarmandchilik ajarlib chiqadi va mahsulot ayr boshlash shakllanadi. Ijtimoiy tuzum shakli murakkablashadi. Mustaqil xo’jalik yuritishda muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurati, ko’pincha jamoaning boshqa a’zolari yoki qabila oilalar bilan qarindoshlik aloqalarining bog’lanmaganligi maxsus boshqaruv apparatini tuzishni talab qildi. Endi oqsoqollar va qabila yo’lboshchilari yig’ining ahamiyati sezilarli oshdi, bu qabila yo’lboshchilariga sig’inishni shakllantira boshladi. Yo’lboshchi qabilaning baxt-saodat sohibi, ajdodlar ruhi unga tuhfa qilgan maxsus fazilat “omad” egasi sifatida demokratiya belgilariga hurmat saqlaydi. Bilimning oshishi natijasida murakkab buyumlar yaratila boshlandi. Qayiq va yelkanli kemalar, taqvim, hisob va o’lchov tizimi vujudga keldi. Х usuiy mulkchilikning paydo bo’lishi xuquqning shakllanishiga olib keldi. Ayrimlari hozirga saqlanib kelayotgan an’analar va qadimgi folklor namunalar vujudga keladi (miflar, dostonlar, hikoyalar, marosim qo’shiqlari), yozuvning ilk tizimi shakllanadi; piktografik (rasm-yozuv), belgi yoki hindularning tugunli yozuvlari. Monumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk momumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk momumental inshoatlar katta tosh bo’lak va tosh plitalardan qurilgan megalitlar hisoblanadi. Megalit Inshoatlarning turlari bir-biridan farq qiladi. masalan, mengirlar baland toshdan iborat bo’lib, balandligi 20 metrdan oshadi, ular alohida yoki hiyobonlarga qator qilib qurilgan. Dolmenlar (tosh maqbaralar) tosh plitalardan sag’ana yoki maqbara (kulba) shaklda qurilgan. Kromlexlar esa atrofiga toshlar yotqizilgan inshoatlardir. Eng mashhur kromlex buyuk Britaniyadagi Stounxendj hisoblanadi. Megalitlar xalqlarni birlashtirib, jamoaning barcha kuchlarini jipslashtirishga, yangi ijtimoiy tuzum vujudga yelayotgan hollarda insonlarni umumlashtirish maqsadlariga xizmat qildi. Negaki, davlat tuzilishi jarayonida turli ijtimoiy qatlamlarning bo’linishi sodir bo’ladi; boshqaruvchilar, ma’naviy madaniyat va bilim egalari kohinlar va oddiy bajaouvchilar. 4. Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi. O’zbekiston xududida jez davri mil.avv. II ming yillik boshlarini o’z ichiga oladi. Х uddi shu davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o’troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat: ko’chmanchi dashtlar madaniyati o’troq dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopolitepa, Jarqo’rg’on madaniyatlari, Farg’ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi - Zamonbobo, Т ozabog’yob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi. O’zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo’lgan ustalar, zargarlar va san’atkor-quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil.avv. XVIII-X ming yillikda oid Sopollitepa va Jarqo’ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi. Bronza davrida shakllangan “ko’chmanchi chorvadorlar” madaniyati mil.avv. III ming yilik oxiri-II m.y. boshlariga bo’lgan Buxoro vohasidagi Zamonbobo manzilgohida o’rganilgan Zamonbobo aholisi katta yarim yerto’lalarda yashab, bronza va qurollar ishlatishgan. Qulolchilik dastgohisiz qo’lda ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo’yi oqimidan, Т oshkent vohasi, Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Chorva qabilalar jez davrida o’troq turmush tarziga o’ta boshladi, qisman dehqonchilik bilan shug’ullanadi, keyinchalik ko’chmanchi chorvadorlarga aylanishgan. Arxaik madaniyat o’rniga qadimgi sivilizatsiya madaniyat o’rnatildi: murakkab-ijtimoiy tizimga ega bo’lgan dastlabki davlatlar, diniy va qonunchilik shakllarining rivojlanishi, shahar va yozuvlar. Biroq arxaik madaniyat izsiz yo’qolmadi. Uning ayrim qirralari jahon xalqlari miflarida, folklarida, inson ruhiyatining chuqur “arxetiplari” da saqlangan. 1. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati. Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g’orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O’rta Osiyoning tog’lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir. O’zbekistondagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko’ksaroy, Тakatosh, Тeraklisoy kabilar bo’lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yerdagi qoyatoshlarda O’zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy fuqalar, sherlar va yo’lbarslar, qoplon, tulki va bo’rilar, bug’u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o’q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg’a, qopqon kabi narsalar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo’lib, bu rasmlar mezolit- neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning G’oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Shuni ta’kidlash joizki, ibtidoiy san’atning eng rivojlangan bosqichi neolit davriga oiddir. Bu davr Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning juda ko’plab namunalari topilgan. Neolit davri odamlari idishlarga har xil rangdagi bo’yoq bilan turli naqshlar, odam va hayvon tasvirlarini ifoda etganlar. Shu bilan birga loydan yasalib, pishirilgan ayol haykalchalari neolit davri san’atining nodir namunalari hisoblanadi. Odamlar yashagan manzillardagi qoya suratlar, bronzadan yasalgan turli xildagi taqinchoq mehnat va urush qurollari ibtidoiy jamoa davri kishisining hayotini bilishga yordam beradi. Bu suratlar birmuncha sodda bulishiga qaramay ibtidoiy jamoa davri kishilari hayoti ularning yovvoyi hayvonlarni ov qilayotgan vaqti ishonarli talqin etilgan. Chopib borayotgan yovvoyi qo’tos, shoxli buqalar va niqob ostiga yashirinib hujum qilayotgan odamlar tasviri orqali ibtidoiy jamoa davri rassomi shu ov manzarasidagi kuchli harakat va hayojonni ustalik bilan ko’rsata olgan. Fop devorlariga ishlangan suratlar O’zbekistonda, jumladan Boysun va Termez tumanlari, Samarkand, Toshkent, Jizzax, Xorazm, Fargona tumanlaridan arxeologlar tomonidan ko’plab topilgan. Bu suratlarning nigatikasi juda chegaralangan. Asosan hayvonlar tasviri yoki ov manzaralari in’ikos etgan. Shu bilan birga uy hayvonlari g’am tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi o’troq holda hayot kechirayotgan odamlarning tevarak-atrofni o’ziga buysundirish, ular tafakkurining taraqqiy etib borayotganini tuhunishda muhim rol’ o’ynaydi. Eramizdan avvalgi asrlarningoxirlari va yangi eraning boshlarida O’zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi hum va ko’zachalar qo’lda bajarilgan. Ularning tashqi bezagiga e’tibor berilganligi seziladi. Keyinchalik hum yuzasi chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlangan. Bu davrlarda oltindan, kumushdan bezak va amaliy buyumlar ishlash san’ati ham keng tarqala boshlagan. Tasviriy san’atda ham mavzu kengaya borgan. Bu o’rinda yuz manzaralarini aks ettiruvchi bo’rtma tasvirlar, jangchilar obrazi diqqatga sazovordir. Quldorlik davrida ham O’rta Osiyoda san’atga qiziqish kuchli bo’lgan. Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan. O’rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo bo’lgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Хususan, 2000 yilda Janubiy Тurkmanistondagi Gonurtepa qo’hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan mil.avv. III ming yillikka oid o’yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Тurkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis Т. Sharlachlarning fikricha, bu hildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo’lib, undagi mixxat yozuvlar «Lukaks xo’jalik va qullar hukmdori», deb o’qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o’zaro aloqalardan dalolat beradi. Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning janubidan ham piktografik beigi-yozuvlar topilgan. Тadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko’rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G’oz qishlog’i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o’g’ir (keli) topilgan bo’lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo’lgan piktorafik belgi-yozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu beigini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o’qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Хullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o’lkamiz hududlarida yozuv paydo bo’lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir. Markaziy Osiyoda shaharsozlik madaniyati. Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib aholinining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar - o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy- siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharsozlikning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. O’lkamiz hududlarida dastlabki shahar madaniyatining shakllanishi ham jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq va bosqichma- bosqich davrlarni bosib o’tgan. O’zbekistonning turli hududlarida tadqiqotchilar qadimgi shahar xarobalarini topib tekshirdilar. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha bu ko’hna shaharlar ba’zilarining yoshi 2 700- 3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob, Ko’ktepa (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu ko’hna shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob-Maraqanda), Kitob- Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Yerqo’rg’on) hududlarida davorn etdi. O’lkamiz hududlarida qadimgi shaharsozlik madaniyatining asoslari quyidagilardan iborat: » aholinining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi; » hunardmanchilik ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida iqtisodiy hamda madaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi; « tabiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. Qadimgi shaharlar -tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ko’pchilik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, shunday xulosaga kelish mumkinki, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyati mil avv. II ming yillikdayoq, ya’ni, bronza davridayoq shakllana boshlaydi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi natijasida mehnat unumdorligi ortib boradi. Natijada turli tarixiy viloyatlarda joylashgan yirik mustahkam manzilgohlar o’rni va atroflarida (Sopolli, Jarqo’ton, Namozgoh, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Bandxon, Uzunqir) dastlabki shahar markazlari shakllanib rivojlana boshlaydi. Ilk shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Ma’lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O’zbekistonning dehqonchilik vohalarida o’troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy- iqtisodiy o’zgarishlar-o’troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o’zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarining kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O’zbekiston hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo’lishida asosiy omillardan hisoblanadi. Jamiyat hayotida sodir bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlariga kelib, O’rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo’lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo’li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O’rta Osiyodagi Jarqo’ton, Sopolli, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintepa, Ulug’tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo’ldi:  aholining o’troq dehqonchilikka o’tishi va keng vohalar bo’ylab yoyilishi;  hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;  qadimgi savdo yo’llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;  tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar. Shahar madaniyati dastavval O’zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so’ngra esa shimolga So’g’d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Х orazm, Shosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu — aynan yurtlar va xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas. Ko’p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O’zbekistondagi ayrim ko’hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo’rg’on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar — tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, shaharlar tarixini o’rganish jarayonida dastavval, eng qadimgi shaharlar shakllanishi va rivojlanishi; aniq hududlar va viloyatlardagi tarixiy- madaniy shart-sharoitning ta’siri; ekologik-geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik muhitlarning darajasi va ta’sir doirasi; shaharlarning vazifasi; qadimgi shahar markazlarining tarixiy-madaniy jarayonlardagi o’rni va ahamiyati masalalariga keng e’tibor qaratish lozim. Хullas, O’rta Osiyodagi urbanizatsiya jarayonining xronologiyasi va shakllari nisbatan turlicha bo’lib, bu jarayon faqat ichki tabiy-geografik va ijtimoiy-siyosiy sharoitlar hamda qo’shni jamoalardagi madaniy ta’sir bilan bog’liq bo’lmasdan, dastavval, Yaqin va O’rta Sharqdagi (Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Eron) jahon urbanistik markazlari bilan ham chambarchas bog’liq edi. O’lkamiz hududidagi ilk shaharlar qishloqlardan intisodiy, siyosiy va madaniy mavqeyi bilan ajralib turgan. Bu .shaharlar asosan aholisi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan vohalarda, qadimgi savdo yo’llari bo’ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroilarida paydo bo’lgan. Bunday shaharlar o’zlari joytashgan vohalarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini bajargan bo’lishi shubhasizdir. Markaziy Osiyo xududidagi ilk davlatlar madaniyati. Yunon-Baqtriya madaniyati. Kushon madaniyati. Ko’pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini yo’q qildi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, Sug’d va Хorazm madaniyati haqida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, QAshqadaryo vohasidagi Uzunqir, Хorazmdagi Ko’ziliqir kabi qadimgi shaharlarda o’tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko’rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli istehkom tizimiga ega bo’lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy qoldiqlari qal’alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo’jaligining asosiy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi haqida ko’p tarmoqli sug’orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, hunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu haqda Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Хususan, Baqtriyaning yirik shaharlari, ko’p sonli aholisi haqida Baqtriya shohi Oksartning afsonaviy boyligi haqida Kgesiy Knidskiy (Mil.avv.V-IV asrlar) yozib qoldirgan. Ko’chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi haqida mashhur qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (Mil.avv.V asr) yozib qoldirgan. U massagetlarning harbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi)da oltindan bezak sifatidan, misdan qurol va sotuv uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bebaho manbasi «Avesto» hisoblangan. «Avesto» so’zining mazmui izohga ega emas, ko’pgina «Asos matni» sifatida tarjima qilinadi. «Avesto» dunyoning eng qadimgi dinlardan bo’lgan zaro’shtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg’ambar Zardo’sht to’planganlarga undan va’z o’qigan. Uning hayot davri mil.avv. IX-VI asrlar atrofida deyiladi. «Avesto» va uning boshqa matnlarining to’planishi ko’p asrlar davomida amalga oshirilgan. «Avesto»ning eng qadimgi matnlari mil.avv. II-minginchi yillarga ta’luqli, «Avesto»ning milodiy VII asrga tegishli bo’lgan to’plami turli mazmundagi 21 kitobdan iborat bo’lib, unda o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardo’shtiylik a’analariga ko’ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug’lik xudosi Axuramazdaning Zaratujrtaga vahiysi hisoblanadi. Biroq, unda qadimgi mifologik tasavvurlar, miflarning keng tarqalishi, qahramonlik epik rivoyatlaridan parchalar ham tasvirlanadi. Shuningdek diniy yo’l-yo’riq «payg’ambar davridan» keyin zardo’shtiylikning rivojlangan «e’tiqod ramzi» yuzaga keldi. Hozirgacha «Avesto»ning ayrim qismilari, 4 kitobi saqlanib qolgan: 1. Videvdat-«Devlatga qarshi qonunlar», bu kitobda asosan zardo’sht va Axuramazda o’rtasida suhbat, yo’l-yo’riq va ko’rsatmalar mazmunida bo’lib, zulmat va yovuzlik xudosi Axrimani boshqaruvchi yomonlik kuchlarini qaytirish haqida. 2. Visprat-«hamma hukmronlar», bu kitobda ibodat namozlari to’plangan. 3. Yasna-«Ibodat», «Marosim» kitobi xudolarga sig’inish va murojaatdan iborat. Yasnadagi « Т ot»lar nomli 17 bob zardo’shtning muqaddas qo’shiqlaridir. 4. Yasht-«Qadrlash», «Hamdu sano» kitobi-xudolarni sharaflovchi qadimgi gimnlar va ezgulik xudolariga yovuzlikka qarshi kurash yordam beruvchi kuchlar haqida. Bundan tashqari, «Avesto» majmuiga «Kichik Avesto» ham mansub, u avesto tilida yozilgan bo’lib, ibodat kalimalari joylangan. Zardo’sht yuksak axloqiy idealdagi va ishontiruvchi fikrlari bilan birinchi haq payg’ambar. Zardo’sht ta’limotiga muvofiq barcha quruqlikning o’zgarmasi ibtidosi Arta bo’lib, «Avesto»da haqiqat, olov ruh deyiladi. Axuramazda tartibni saqlovchi osmon xudosi yorug’lik va ezgulik hisoblangan (oxura-xo’shayish, ega; mazda- idrokli, bilimdon). Axuramazdaning o’g’li – Atar (olov), uning vatani bulutlardek qurigan suvlar, ularning makoni-xududsiz yog’du. Axuramazda 6 ta ruhni- yordamchilarni yaratdi (ashema spenta): ezgu aql, yaxshi tartib, layoqatli qudrat, olijanob mo’minlik, sog’lomlik va boqiylik. Unga Axrimanning zulmat qo’shini- devlar, urushlar timsoli, ochlik, kasallik, adovat va boshqa yovuz kuchlar qarama- qarshi turadi. Olam va barcha insoniyat hayotining asosida ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy kurash yotadi. Zardo’shtiylikda birinchi bo’lib esxatalogik ta’limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming yilni tashkil qiladi. Bu maddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo’q qiladi, biroq xaloskor Saoshyant halok bo’lgan dunyoni va barcha marhumalarni tirildiradi, barcha gunohlarni do’zahdan chiqarib Ohurumazdaning ideal hukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu tariqa zardo’shtiylikda birinchi bo’lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so’roq kuni g’oyasi shakllanadi. Bu g’oyalar Doro I ning Bexustun yozuvida va Kserksning Persepoldagi yozuvida ham qayd qilinadi. Zardo’shtiylik Markaziy va Old Osiyo xududlarida ming yillar davomida hukmron din bo’lib keldi va shubhasiz, bu din xristianlik va islom kibi jahon dinlarining shakllanishida katta o’rin tutdi. Ilmiy- tarixiy, amaliy-didaktik qimmatga ega bo’lgan, ushbu yilda 2700 yilligi nishonlanadishan buyuk merosimiz «Avesto»ning butun ma’no mohiyati Inson taqdiri, uning Istiqboliga qaratilgan. Jumladan, Т angriga iltijo va murojaatlarda shunday deyiladi: «Axuramazda yaratgan yaxshilik moyasiga, sog’lom, aql-hushi tetik farzandlarga, jasur, dono, turli tillar biladigan o’g’il-qizlarga, uzoqni ko’ra biladigan, yurtni balo-qazolarlan himoya eta olidigan o’yg’onlar, yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan poktiynat avlodlarga olqishlar bo’lsin 1 . Mil.avv. V asrda Oks daryosining o’ng sohilida Miletlik Yunonlarning manzilgohi tashkil topadi. Shu tariqa Ahmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, hindlar bilan yaqin munosabatda bo’lish, madaniyatining ham o’zaro ta’siriga imkon yaratdi. Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko’pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o’zining hissasini qo’shgan. Zardushtiylik Ahmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga G’arbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar sana’tining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko’plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug’dan lojuvard va qimmatli toshlar, Х orazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Т ojikistonning Janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, hazinada, Eron va Baqtriyada tayyorlangan jihozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita qurg’iy shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga xos «Hayvon shakli» bitilgan jihozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o’zaro ta’siri jarayoni esa o’z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ahmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Ahmoniylar saltanatini yemirib tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan suhd madaniyatini aylantirdi. Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim.Afg’oniston), Saksanoxur va Т ahtisangin ( Т ojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqurg’on, Afrosiyob Т alibarzi (O’zbekiston) kabi shaharlar qurildi. Yunon harbiy manzilgohlari aholisining tushmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslubdan Yunon-Baqtriya shaharlarda ochib o’rganildi. Infoatlar tosh, xom va pishiq g’ishtdan tiklandi. 1 Щамидов Х., Асл наслни деб... «Хал= сызи» газетаси, 2000 й. 21 июнь. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan holda ko’rilgan. Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo’lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo’lgan. Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko’ra matnlarni o’zgartirganlar-musohaba, xazil- mutoyiba, havj, hikoya, -qo’shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko’zbo’yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muhim elementlari bo’lgan. Hukmdorlar homiylik ko’rsatgan mahalliy aktyorlar ham shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning-namunasida hamon ellinistik belgilar saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qoirshiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko’rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o’zaro singishib ketishida ham ko’rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, Yunon-Baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta harf qo’shim (jami 25 ta harf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan. Zardo’shtiylik hukmron din sifatida saqlansada aholini yunon xudolari timsollariga sig’inish alomatlari paydo bo’lgan. Х orazm madaniyatini alohida ta’kidlash lozim. Shu mintaqa sug’oriladigan dehqonchilik, shahar madaniyati shakllangan eng qadimgi manzilgohlardan bo’lib, bu yerda O’zbekiston hududidagi qadimgi (er.avv. VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Х orazm (er.avv. IV asrlarda) Aleksandr Maqduniy bosqiniga qadar Ahmoniylar istilosidan ozod bo’lgan davlat, xorazmiylar Hindiston, Х itoy, Yaqin Sharq va Yevropa Sharqi bilan qizg’in savdo aloqalari bilan dong taratganlar. Т arixiy solnomalarda xorazmliklarni tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm sohiblari» deb ataganlar. Kanal, qal’a, ko’pqavatli saroylar qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab hisob-kitob va o’lchovlarni ham talab qilar edi. Moviy yo’l ko’rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-sahrolardan o’tib bo’lmasdi. Х orazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o’zlari foydalangan mahsus taqvil tizimini yaratdilar. Bu taqvim Al-Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufaasal tavsiflangan. Uning ma’lumotlarini arxeologlar tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa huddatlar ham tasdiqlaydi. Beruniyning ma’lumotiga ko’ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga eng bo’lgan devorlar bilan o’rali, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo’lgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra Qo’yqurilgan qal’a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgohi bo’lgan. Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo’lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug’orish infoatlari barpo etildi. Hunarmanchilik va savdo-sotiqning jadal rivojlanishi shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g’ishtlardan bino etilgan qal’a va Saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu paytda G’arb mamlakatlari, xususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan sado aloqalari birinchi o’ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiyev yaqinida, «Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaharlaridan topilgan. Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo- Х itoy, Yaponiya, Koreyaga tarqalish manzilgohini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon-baqtriya alfaviti, sug’d va xorazm yozuvi rvojlandi: Surxq Qotalda (Afg’oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Т ermizdagi Qoratepa, Fayoztepadan hinlarning Brahma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxondaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo’lyozma (er.avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi. Asrimizning boshida Buyuk Х itoy devori minolaridan birida topilgan «ko’hna so’g’d yozuvi» alohida qiziqish uyg’otadi. Yozuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan bo’lib, unda Х itoydagi so’g’d savdogarlarining faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan. Kushonlar san’ati qo’shni mamlakatlar va xalqlar san’atlariga ta’sir ko’rsatuvchi namunalarni yaratdi. Er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy hususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta’sirni tafakkur tarozisidan o’tkazishdir. Х alchayon (Er.avv. I–e...ni 1 asrlari)-Kushon san’atining ilk yodgorliklaridan biri bo’lib undan topilgan asarlarda ko’proq hukmdor Geroy Sanat ulug’langan. Qabulxona devorlarining yuqori qismidan o’rin olagan loydan ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a’yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo’lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko’zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohim hoimlari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Kushon san’ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Hindiston va Х itoylik san’at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san’ati an’analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, Sug’ddagi bo’rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Т urkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyoti mobaynida o’ziga xos an’ana va yutuqlarni saqlabgina qolmasdan, ulkan mintaqada umumiy qadriyatlarni vujudga kelishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqa munosabatlarini rivojlantiriga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni yangi sifat bosqichiga ko’tardi. Qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj nuqtasi bo’lgan Kushonlar madaniyati hududiy va mazmun jihatidan ayro olingan madaniyat emas edi. U o’zida Sharq, Markaziy Osiyo, Antik dunyo va hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida mujassa etib, Sharq va Jahon xalqlari madaniyatini yana ravnaq topishiga asos bo’ldi. Kushon imperiyasi davrida (I-III asrlar)Markaziy Osiyoda sug’orma dehqonchilik, hunarmadchilik, shaharsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Buga Kushon-Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o’sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon bo’ladi. Т ermiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg’ishroq toshlardan haykallar o’rnatilgan. Bino ichida g’ishtdan ishlangan «Budda» haykalining qoldiqlari topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, O’rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o’zaro ta’sirida rivojlanganligidan dalolat beradi. Kushon davri madaniyati Markaziy Osiyoning eng cho’qqisi hisoblangan, ma’lum zudud va zamon bilan chegaralanmaydi. Bu madaniyat Old Osiyo, Markaziy Osiyo, Antik va Hind madaniyatlari yutuqlarini o’zida jamlab, qo’llab Sharq xalqlarining o’rta asrdagi madaniyati rivoji uchun asos bo’ldi va jahon madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. 6.Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishi shart-sharoitlari. Qadimgi Sharq hududida mil. avv. X-VII ming yillikda insoniyat sivilizatsiyasi va madaniyat rivojlanishining ibtidoisi bilan bog’liq bo’lgan eng muhim jarayonlar ro’y beradi. Sharq madaniy faoliyatning turli shakllari va sohalari vujudga keladi. Yozuv, adabiyot, san’at, fan, birinchi jahon dini-buddizm paydo bo’ladi. Qadimgi Sharq tushunchasi, Sharq haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos kelmaydi. Negaki, Qadimgi Sharq yer sharining Misrdan to Х itoygacha bo’lgan keng mintaqasini o’z ichiga olib, bu yerda mil. avv . VII ming yillikdan boshlab insoniyat tarixida shakllanishi eng yirik daryolar-Nil, Daj la va Frot, Hind va Gang, Х uanxe va Yanszi vodiysida, ya’ni dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo’lgan joylarda ro’y berdi. Х uddi shu joylarda dastlabki davlatchilik tuzilmasi, siyosiy, diniy va savdo markazi sifatida shaharlar, yozuv vujudga kelgan. Bu reda dastlab ma’naviy madaniyat ishlab chiqaruvchi mehnat faoliyatidan bevosita ajralib mustaqil faoliyatga aylandi. Jamiyat hayotida alohida kishilar qatlami boshqaruv , ta’lim, ma’lumotlarni to’plovchi va uzatuvchi sohalarda shug’ullanuvchilar ajraladi va ko’payib boradi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Х itoy sivilizatsiyalari eng ko’xna va yirik madaniyatlar edi. Bu madaniyatlar ta’sirida Urartu, Finikiya, Х ett, Elam sivilizatsiyalari shakllanib, insoniyat madaniyati tarixida sezilarli ta’sirga eng bo’ldi. I.P.Veynbergning ta’kiblashicha, qadimgi Sharq madaniyati “Ilk kashfiyotchi va asoschi sifatida ulkan missiyani” bajardi; yozuvni ishlab chiqdi va davlatchilik poydevorini qurish, o’zining etnik, kasbiy, mulkiy va ijtimoiy ahvoli bilan farqlanuvchi kishilarning birga yashashlari uchun sharoit yaratdi. Agar boshqa madaniyatlar ibtidoiy va qadimgi Sharq madaniyatining tajriba va yutuqlaridan foydalangan bo’lsa, qadimgi Sharq madaniyatining o’zi esa ibtidoiylikning bir tarzida shakllandi. Ibtidoiy muhitning ta’siri kuchli va doimiy bo’ldi. ibtidoiy davrdan meros bo’lib mifologik fikrlash usuli, nutq va faoliyat o’tdi. Shu bilan birga qadimgi Sharq madaniyati namunalari o’z dunyosining “boshlovchisi” , “yangiliklarini” o’ziga xos jiddiy his qildi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Х itoy miflarida nafaqat “dunyoning yaratilish” (asmon, yer, jonivorlar, inson) mavzui, balki, bu rivoyatlar olamida ibtidoiy dunyodan keskin farqlovchi “madaniyatlarning yaratilishi” mavzui ham katta o’rin egallaydi. “Enklar va koinot” (Mesopotamiya), tangri Ptax haqida (Misr), Х itoyning afsonaviy hukmdori haqidagi miflarda xudolar va ilk ajdodlar dehqonchilik va hunarmandchilik kashfiyotchilari, ilk shaharlar bunyodkori, davlatchilik va dinni o’rganuvchilar, qonun va yozuv ijodkorlari sifatida ya’ni, ibtidoiylikdan farqlanuvchi sivilizatsiyaning barcha yutuqlarini yaratuvchilar bo’lib tasvirlanadi. Shuningdek, miflarda bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi va bu ikki dunyoning dushmanligi mavzui ham tasvirlanadi. Qadimgi Sharq xalqlarining urf-odatlari va e’tiqodlari haqida ma’lumot turli manba’larda, adabiyot va san’at yodgorliklarida saqlanib qolganki, bular bizning tasavvur dunyomizni keskin farq qiluvchi olamga boshlaydi. Qadimgi Sharq madaniyatining shakllanishida mifologik tafakkur katta rol o’ynagan. 7. Qadimgi Sharqliklar duyoqarashi va tafakkurining o’ziga xosligi. Qadimgi Sharq kishisi sababli natija munosabatlarni tushungan va farqlagan, biroq ularni mujmal va qounga mos bo’lmagan hodisa sifatida, ko’pchiligi esa shaxsiy qudrat sifatida ongli va ixtiyoriy idrok qiladi. Sabablarni izlashda “qanday” deb emas, baliki “kim” deb so’rashadi (“hodisada kim aybdor”), “ixtiyoriy, aniq maqsadda harakat qilganni” izlashgan. “Sabablarni” bunday idrok qilish oqibatida mifologik tafakkur ayrim va buguncha, bir-biriga o’xshash har qanda y tashqi moslikni qabul qiladi. Funksional aloqadorlik sifatida makon va zamondagi har qanday bog’likligi haqida gapirishga imkon to’g’iladi. Fikriy bog’liklik bilan o’xshash gapirishga imkon to’g’iladi. Qandaydir yangi narsani ko’rib inson o’ziga deydi: “Bu yangi narsa nimaga o’xshaydi?”-va unga o’xshash narsani o’zidan va ajdodlari tajribasidan izlaydi. Х ususan, “asl namuna” tamoyili keng tarqalgan bo’lib, unga ko’ra hayotdagi barcha muhim narsalar (ehrom, podsho hokimiyati, inson) ilohiy qudratning “asl namunasiga” muvofiq yaratilgan. Olamni mifologik tasavvur qilish uning nihoyatda tartibli, qat’iy iyerarxik qurilishida ifodalanib, uning asosi turli xil oppozatsiyalar tizimi hisoblanadi. Aynan shular mifologik razmiy tasniflashdagi dastlabki “poydevor” hisoblanadi. Mifologik tafakkurning tafakkurning muvofiq va o’xshash jihatlari uning an’anaviyligi bilan bevosita bog’liq. An’ana bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan boshqa bo’lgan hodisalar urf-odat, marosim, ibodat, udum, odob singari faoliyatda namoyon bo’ladi. Bularning bari u yoki bu sinuatsiyadagi aniq axloq dasturiga ega bo’lib, harakatning to’g’riligini kafolatlaydi, noto’g’ri harakatlarni ogohlantiradi, negaki an’analar negizida sotsiumning katta tajribasi mujassamdir. Qadimgi Sharq madaniyatida an’analarga asoslanish ustun turadi. Ajdodlar an’anasi, tajribasi mutloq haqiqat kabi baholangan. Mutloq haqiqat hukmronligi bilan, D.S.Lixachev ta’kidlashicha “odoblik” bog’lik bo’lgan. Qadimgi Sharq kishisining axloqi harakat va faoliyatda muqaddas an’analarni qayta tiklashga qaratilgan “ilohiy o’rnatilgan” me’yor va qoidalarga borib taqaladi. Mifologik tafakkurning o’ziga xos xususiyati shundaki, qadimgi sharq kishisi o’zini har doim sotsiumning bir qismi deb his qilgan, sotsium esa koinot kuchiga bog’liqlikda, tabiatga aralashgan holda ko’rinadi. Garchi, qadimgi Sharq madaniyatining turli qirralarida shaxsni individual lashtirish imkoniyatlari mavjud bo’lib, ular har doim individning turmush sharoitlarini belgilovchi asosiy sohalarga nisbatan ikkinchi darajali hisoblangan. Qadimgi Sharqda makonning paydo bo’lishi chegaralanishi alohida o’rin tutadi. Qadimgi Sharq mifologiyasida kosmogenez jarayoni Х aosning ajralishi sifatida namoyon bo’ladi (Misol uchun, hindlarda Indra haqi da mif, Mesopotamiyada Marduq haqida). artibli uyushgan makon, betartib makonga qarama-qarshi qo’yiladi. Т abiiyki, tartibli, tashkiliy jihatdan uyushgan makon-”yaxshi”, “o’z” makonning, undan tashqarida “begona”, “uning” betartib, tashkiliy uyushmagan “xunuk” makoni-ko’chmanchilik, ibtidoiylik dunyosi joylashgan. Diniy aqidalar hukmronligi kishilar xayotini belgilaydi. Inson qayerda osmon bo’lsa-xudolar dunyosi va yerni-odamlar denyosi deb bildi. Ular doimo o’zaro munosabatda, bir butunlikda olam daraxtining tanasi va shoxlari kabi viqor bilan yashashgan. Х udolar insonlar hayotining barcha sohalariga faol yashashgan, uning tug’ilishi, o’limini va o’limdan keyingi taqdirini belgilagan. O’sha davrlarda diniy ta’limotlar dan tashqari hech qanday boshqa dunyoqarash bo’lmagan. Inson xudolardan hatto arzimas narsalar haqida maslahat so’ragan va unga xatlar yozib ibodatxonaga olib bergan. 8.Qadimgi Sharqdagi yirik madaniyatlarning (Misr, Mesopatamiya, Hind, Х itoy) o’zga xos xususiyatlari) Barcha Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilmlarni to’plab ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatdi. Bizgacha yetib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va goyemetriya (turli shaklning hajmi va yuzasini o’lchash), astronomiya (aniq quyor taqvimining tuzilishi keyinchalik Yevropada taqvimga asos bo’lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari haqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o’rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Atrofdagi mamlakatlarga Mesopotamiya matematikasi va astronomiyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirga qadar biz Mesopotamiyada tuzilgan vaqt va burchak o’lchov uchun 60 bo’lakli tizimdan foydalanamiz. Mesopotamiyaliklar matematika va asotronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo’lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyoralar ro’yxati, ko’plab harakat holatlarini aniqlash bo’yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig’i-astrologiyaning ham vatanidir. Qadimgi Hind va Х itoy fani ham ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritli. Hindistondagi noldan foydalanib o’nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi (“son”, “tub son”, “sinus” kibi atamalar hindistonda paydo bo’ldi). O’lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fiziologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti haqida tibbiyotga oid asarlardan birida jarrohlikning 300 turi bo’lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Hitoy ipak, chinni va qog’ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek Х itoyda porox, kompas (mil. avv. III asr) yer qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil.av. 613 yilga tegishli Х itoy qo’lyozmalari topilib unda Galley kometasi haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Х itoyda osmon globusi, 2500 yoritqichning o’rni ko’rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. Yangi taqvim jori y qilinib (mil.av.104 y) , unga ko’ra bir yil 365 24 1 kunga teng bo’lgan. Mil.av. 28 yilda Х an imperiyasining astronomlari quyoshda dog’lar mavjudligini kuzatganlar. Х itoy materiallari tarixda birinchi bo’lib hisobda manfiy sonni qo’llaganlar. Т ibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar. Hindiston va Х itoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq shakllandi va o’z navbatida sermahsul taraqqiy etdi. Biroq, bu fanlar g’arbdagi kabi madaniyatga sezilarli ta’sir ko’rsatmadi. Bu Oliy haqiqatni anglash yo’lidagi mustaqil ta’limot bo’lib qolish bilan bog’liq. Masalan, Hindisnotda bilim uch darajaga ajraladi: 1. Bilmaslik (avidya). 2. Тushuncha, “ilmiy” bilim (vijnayana). 3. Hamma narsani bilish (prajnya), ya’ni birinchi daraja mantiqsiz fikrlash, ikkinchisi-mantiqiy, uchinchisi mantiqdan ustun idrok qilishga muvofiq keladi. Yer yuzasidagi eng ko’hna va bir qadar o’rganildi, ko’plab xalqlar madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan madaniyatlardan biri-qadimgi Misr madaniyatidir. Qadimgi Misr yozuvi ko’plab hozirgi yozuvlar “papirus” , “oazis”, “ximiya”, “ bazalt” va boshqa hozirda ham muomalada saqlanib kelmoqda. Misrda turli, o’ta chalkash topinishlar tizimi mavjud bo’lgan: xudolarga sig’ingan, jonivor, o’simlik , tuproq, suv, Nilni muqaddaslashtirgan. Quyoshga, tirik xudo-Fira’vnga sig’inish qonuni tusiga kirgan. Misrliklar madaniyatida dafn marosimi alohida o’rin tutgan. Ular o’limni insonning ikkinchi hayot boshlanishi deb bilgan. Mangu hayot tushunchasi Osirus va Izida haqidagi mifdan paydo bo’lgan. Qadimgi yunon muallifi “Misrliklar hayoti o’limga tayyorgarlik ko’rishdan iborat”-deb bekorga yozmagan. Misrliklardan farqli qadimgi Mesopotamiya aholisi yerdagi hayotga ko’proq e’tibor qilishgan. O’lim bilan hammasi tugaydi deb o’ylashsada, narigi dunyoga ishonishgan. Misrliklar dan farqli ravishda, narigi dunyoga inson ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib yashaydigan qo’rqinchli dunyo deb tasavvur qilishgan. Sharuppakning Mesopotamiyaliklarga nasihatida aytiladiki “Shirin hayotdan tashqari biron narsa aziz emas”. Mensopotamiyaliklarning quvonchi hayot haqidagi qarashlari “Gilgamish” dostonida ham tasvirlanadi . Ular shaxsiy hayot muammolari bilan ko’proq qiziqqanlar. Hindiston-birinchi jahon dini buddizm vatani bo’lsada, Hindistonning o’zida induizm bilan ikkinchi dajarada turadi. Bu ikki din ham “Veda” da aks ettirilgan qadimgi tasavvurlardan kelib chiqqan. Hindlarning dunyoqarashi va barcha tushunchalarini belgilovchi markaziy g’oya, hind madaniyatining o’ziga xos xususiyati-dunyoda sodi r bo’luvchi benihoya uzliksiz harakat g’oyasi hisoblanadi, ya’ni dunyoning aylanishini na ibtido, na nihoya , na aniq maqsadga ega. Sharqning qadimgi sivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sohalaridagi ko’plab o’ta muhim yangiliklarni vujudga keltirdi. Х ususan, mil.avv. I ming yillik ma’naviy g’alayonlar jarayoni bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga keldi: umuminsoniy birlik va shaxsning ma’naviy mustaqilligi. G’oyalar erkinligi boshlanib inson o’z hayotini unga asoslanib qurdi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi G’arbga nisbatan ertaroq boshladi. Yunonlar madaniyati Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning o’zlari ham e’tirof etishgan. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki Sharq va G’arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: Yunon- Baqtriya va gandxar san’ati, iskandariya fani, fayum prortretlari bunga misol bo’la oladi. Qadimgi Sharq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular “Gilgamesh” va “Mahobhorat” dostonlari, Kalidasi drammalari va Chjuanszining ramziy masalalari, Misr ehromlari va Buyuk Х itoy devori va boshqalar. 9.Antik madaniyat (Qadimgi Yunon va Rim). Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa sivilizatsiyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo’ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko’tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyati vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi va “Antik madaniyat” nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. Lotin tilida “antik” (antiguus) so’zining ma’nosi “qadimgi” demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak Antik davr Qadimgi dunyoning oxiri-qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan Yunoniston va Rim uchun xarakterli bo’lib, Yunoniston mil.avv. XI- IX asrlarda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to’la mohiyat-mazmunga ega bo’ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi Antik madaniyatni inqirozga olib keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo’llanilib kelayotgan “antik” so’zi ko’proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki Yevropa xalqlari o’zlarining madaniy taraqqiyotlari yo’lida yolg’iz Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo’lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar. Yunonlarning tasavvuricha, olam avvalida Х aosdan iborat bo’lgan, Yer- Geya va yer osti olami Т artar ham bo’lgan. Geyadan o’g’li Uran-osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos to’g’ilgan va o’z otasi Uranni ag’darib tashlagan. Bular titanlar-katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera va Zeve kabi kichik xudolar kelib chiqqan . Zeve boshchiligida kichik xudolar. Т itanlarni ag’darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zeve bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar hisoblangan. Uning xotini Gera-osmon ma’budasi va nikoh homiysi bo’lgan. Poseydon-dengiz xudosi, Demitra- hosildorlik ma’budasi, Gestiya-uy-ro’zg’or ma’budasi, Aid-yer osti olami hudosi hisoblangan. Zevening boshidan donishmanlik va urush ma’budasi Afina paydo bo’lgan; Appolon-ro’shnolik va san’at xudosi, Artemidaoy va ov ma’budasi, Gefest- temirchilik xudosi, Afrodita go’zallik va sevgi ma’budasi, Dionis-uzum va musallas xudosi sifatida a’zozlangan. Zevsning ko’p farzandlari xudolar bo’lgan. Yunonlar dinida totemizm qoldiqlari bo’lgan, ya’ni ma’budalarga biron hayvon yoki qush atalgan. Shuningdek, yunonlar ikkinchi darajali ma’budlarga - Nimfa va Kentavrlarga ham topinganlar. Guyoki chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar yashagan; dengizda nayadalar va sirena-ayol boshli qushlar yashagan. Ma’budalarning oddiy ayollar bilan aloqasidan to’g’ilgan yarim xudo- qahramonlar ham e’zozlangan. Ayniqsa 12 marta jasorat ko’rsatgan Gerakl- yozuvlikni yenguvchi obraz bo’lgan. Yunonistonda xudolar sharifiga o’tkazilgan maxsus bayramlar faqat dini y mazmunga ega bo’lmagan, chunki, jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa, qo’shiq kabilar mazkur bayramlarning eng muhim ishlari hisoblangan. Yunon shaharlari o’z bayramlari, sport musobaqalari , orakullari (kohinvaliylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo’lgan. Argosda Gera, Afinada Afina sharafiga bayramlar o’tkazilgan. Olimpiada shahrida Zevs sharafiga Olimp musobaqalari bo’lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar. Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo’lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar. “ Т arixning otasi” deb nom olgan yunonistonlik tarixchi Gerodot (mil.av. V- asr) Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o’zining “ Т arix” kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Yunon olimlaridan biri Demokrit (ml.av.460-370 yillar) “”Hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan”, -degan fikrni ilgari surgan. U fanning ko’p sohalari bilan shug’ullangan. Kos orolida tug’ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil.av.460-375 yil) tibbiyot bilimlarini otasi Geraklitdan o’rganadi. U mashhur tabib bo’lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug’ullangan va ulug’ faylasuf ham bo’lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan iborat “Gippokrat to’plami” nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. Afinalik faylasuf Suqrot (mil.avv. 441-399y) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undamb, -haqiqat bahs orqali bilinadi, -degan. Suqrot o’z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o’limga hukm qilishgan. Makedoniya saroy tabibining o’g’li Arastuni (mil.avv.384-322 y) Sharqda “Birinchi muallim” deb ataganlar. U juda ko’p asarlar yozib, ilmiy bilimlarini alohida sohalarga bo’lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Yer koninotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari “Siyosat”dir. Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo’lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. “Prometey”, “Greakl”, “Didal va Ikar”, “ Argonavtlar”, “Odessiya” va “Iliada” kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. “Iliada” va “Odessiya” dostonlarini mil.avv. VIII asrda yashagan ko’p baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Т roya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadim gi Т roya madaniyatini topganlar. Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan . Qadimgi Yunon teatri mil.avv. VII asrlarda qishloq ho’jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Т eatr yunoncha “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 min tomoshabin joylashgan. Т eatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Т ragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi. Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Uning “Zanjirband Prometey”, “Forslar” tragediyalari, Sofokolning “Shoh Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo’lgan. Sofokol 120 dan ko’pro q tragediya yozgan. Qadimgi yunonlarda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit- Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.avv. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi. Qadimgi yunonlar ma’morchilikda ustunli binolar qurishlikni misrliklardan o’rgangan bo’lsada, bu usulni qayta ishlab uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar. Dastlab bunda y binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, yerga o’rnatilgan. Keyinchalik marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga o’xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland poydevorlari bo’lib, ichki va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan. Mil.avv. IV asrda rasm bo’lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf o’simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan. Yunon rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo’lsa-da, asosan ko’za, vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni tortadi. Iskandariyadagi va Sharqiy O’rta dengiz bo’yidagi boshqa shahar kutubxonalarida Yunoniston va Sharq mamlakatlaridan olib kelingan ilmiy asarlar to’plangan. Iskandariyada teart, saroy, gimnaziyalar va mashhur Muzey bo’lgan. Muzeyda rasadxona va ulkan kutubxonada 700 mingga yaqin qo’l yozma saqlangan. Shahar oldidagi orolga 140 metr balandlikdagi mayoq qurilgan. Bu mayoq kemalarning gavanga kirish yo’lini ko’rsatib turardi. Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solindi. Straton xizmati bilan fizika fani paydo bo’ldi. Yevklid va Arxemed matematikani rivojlantirdi. Aristrax astronomiya sohasiga ulkan hissa qo’shdi. Sharq mamlakatlarida yunon me’morlari, haykaltaroshlar, rassomlar nodir asarlar yaratganlar. Biroq, mil.avv. III-II asrlarda yunon san’atining xususiyatlari o’zgargan. Hukmdorlar saroylari korinfcha uslubdagi ustunlar bilan qo’rilgan. Т asviriy san’atda odamlarning tashqi qiyofasini va ichki kechinmalarini ko’rsatishga intilishi yangilik edi. A dabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т .: «O’zbekiston», 2009 y. 2. Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Т.1. Т.: «O’zbekiston», 1996 y. 3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Т.2. Т.: «O’zbekiston», 1996 y. 4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Т.3. Т.: «O’zbekiston», 1996 y. 5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. Т.4. Т.: «O’zbekiston», 1996 y. 6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Т.5. Т.: «O’zbekiston», 1997y. 7. Karimov I.A. Хavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lidan. Т.6. Т.: «O’zbekiston», 1998 y. 8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Т.7. Т.: «O’zbekiston», 1999 y. 9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon turmush-pirovard maqsadimiz. Т.8. Т.: «O’zbekiston», 2000 y. 10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. Т.9. Т.: «O’zbekiston», 2001 y. 11. Karimov I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т.10. Т.: «O’zbekiston», 2002 y. 12. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l- demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. Т.11. Т.: “O’zbekiston”, 2003 y.