logo

Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda termodestruksion jarayonlar. Og’ir xomashyoni visbrekinglash tehnologik jarayon qurilmasi

Yuklangan vaqt:

13.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

171.376953125 KB
Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda termodestruksion jarayonlar. Og’ir xomashyoni visbrekinglash tehnologik jarayon qurilmasi Reja: 1. Termodestruksion jarayonlar. 2. Visbreking xom ashyosi va mahsulotlari. 3. Visbreking qurilmasi tuzilishi . Jarayonlar uch tipda o’tkaziladi: 1.Suyuq neft xomashyosini yuqori bosim ostida (20-70atm) termokrekinglash (Visbreking). 2. Neft qoldiklarini past bosimda termokrekinglash (kokslash). 3. Suyuq va gaz holatidagi neft xomashyosi yuqori temperaturada (450 0 C dan 1200 0 C gacha) piroliz qilish. Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470 – 540 0 C da nisbatan yengil hom – ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlaganda asosiy mahsulot sifatida qozonhona yoqilg’isi olinadi. Bunday jarayon og’ir qoldiq xomashyoni yengil sharoitda bir karrali termik parchalashdir. Visbreking xomashyosi – neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi. Visbreking orqali xomashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonhona yoqilg’isi ishlab–chiqarish uchun (I variant), yohud gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xomashyosi bo’lgan gazoyl ishlab-chiqarishni ko’paytirish uchun (II variant) o’tkaziladi. Har ikkala variantda ham yengil yon mahsulotlar gaz va benzin fraksiyalari hisoblanib, odatda ularni chiqishi 3 va 8 % dan oshmaydi. Visbreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir seksiya ko’rinishida kiradi, masalan: neftni atmosferali haydash – atmosferali mazut visbrekingi gazoyl fraksiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash – gazoyllarini ajralishi – kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini termik krekinglash. Gudronlarni krekinglash jarayoni 460 – 500 0 C temperatura, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o’tkaziladi. Visbreking jarayoni issiqlik yutilish (endotermik) reaksiyasi bilan kechadi. Visbreking mahsulotlari va chiqish ko’rsatkichlari quyidagicha keltirilgan. Ko’rsatkichlar Yengil neft mazuti Yengil neft gudroni Neftning yarim gudroni Mahsulotlar chiqishi % (mass): Vodorod sulfid 0,2 0,3 - C 4 gacha bo’lgan gazlar 2,1 2,2 0,8 C 5 va C 6 fraksiyalar 1,4 1,3 C 7 -185 0 C fraksiya 4,7 4,6 5,6 185 – 370 0 C fraksiya 10,7 - - Qoldiq (>371 0 C) 80,9 - - Qoldiq (>185 0 C ) - 91,6 92,6 Jami: 100,0 100, 99,0 Visbrekingdan olingan benzin fraksiyalari oktan soni 58 dan 68 (motor usulida qo’ndirmasiz (prisadkasiz)) oralig’ida bo’ladi. Benzin va kerosin fraksiyalarda oltingugurt miqdori xomashyodagiga nisbatan kam bo’ladi, bu fraksiyalarni tozalashga to’g’ri keladi. Reaksion kamerali visbreking qurilmasi Neftni haydash qurilmasidan qizigan (qaynoq) mazut 1-nasos yordamida 2- zmeevikli pechga beriladi. Xomashyo pechdan chiqib, 1,7 MPa bosim atrofida ishlovchi 3-reaksion kamera (reaktor) da visbrekinglanadi. Olingan mahsulotlar aralashmasi 4-reduksion klapan orqali o’tib, so’ngra 8-fraksiyalovchi kolonnaga yuboriladi.Aralashma kolonnaga kirguncha 7-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali berilayotgan sovuq gazoyl oqimi quyilishi hisobidan sovutiladi. Sovuq gazoylni qoldiq (resirkulyat) qismi 8-kolonna o’rta qismiga qaytariladi. Gazoylni balans miqdori 5-sovutgich orqali qurilmadan chiqariladi. Benzin bug’lari kondensatsiyalash va gazlarni sovutish uchun 8-kolonna yuqorisida 11-havoli sovutgich hizmat kiladi. Undan so’ng aralashma 12-suvli sovutgichdan o’tadi. Gorizontal separator 13 da og’ir gazlar beqaror benzinlardan ajratiladi. Benzinning bir qismi 14-nasos yordamida kolonna yuqori taralekasidan sovuq quyilish hosil qilish uchun qaytariladi, qolgan qismi qurilmadan chiqariladi. Kolonnadan yengil kerosin fraksiyasi tarelkalararo chiqarish joyidan olinib, 10-nasos yordamida qurilmadan chiqariladi. Ayrim qurilmalarda bu fraksiya yordamchi bug’latuvchi kolonnalar orqali chiqariladi. Qoldiq – og’irlashgan visbreking mazut 8-kolonna pastidan 9-nasos yordamida chiqarilib, vakuum bosqichga yuboriladi. Yuqorida ko’rilgan qurilma uyg’unlashgan qurilmalar bir qismidir. 11-rasm. Reaksion kamerali visbreking qurilmasi texnologik sxemasi: 1, 7, 9, 10, 14-nasoslar; 2-quvurli pech; 3-reaktor; 4-reduksion klapan; 5- sovitkich; 6-issiqlik almashtirgich; 8-fraksiyalovchi kolonna; 11-havoli sovitish jihozi; 12-suvli sovitkich; 13-separator. Adabiyotlar : 1. Альбом технологических схем ы процесс ы переработки нефти и газа. // Под. Ред.Бондаренко Б.И. М., Химия, 198 4 . 124 с. 2. Гуревич И.Л. Технология переработки нефти и газа, ч. 1; Учеб. для вузов. М., Химия, 1972. 360с. 3. Александров И. А. Перегонка и ректификация в нефтепереработке. М.: Химия, 1981. 352 с.