logo

Texnik me’yorlash asoslari. Texnik asoslangan vaqt me’yori to’g’risida tushuncha va uni aniqlash usullari

Yuklangan vaqt:

08.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.8115234375 KB
Texnik me’yorlash asoslari. Texnik asoslangan vaqt me’yori to’g’risida tushuncha va uni aniqlash usullari Reja: 1. Texnik asoslangan vaqt me’yori to’g’risida tushuncha va uni aniqlash usullari. 2. Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi. 3. Ishchining malakasini aniqlash Texnik asoslangan vaqt me’yori to’g’risida tushuncha va uni aniqlash usullari. Texnik me’yorlash deganda ma’lum bir ishni bajarish uchun sarflangan vaqt me’yorini aniqlash tushiniladi. Vaqt me’yorini to’g’ri belgilash ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega. Ishni bajarish uchun sarflangan vaqt birligi texnologik jarayonni qanday darajada takomillashganligini ko’rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Vaqt me’yorini texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlarni, kesuvchi asboblarni imkoniyatlaridan to’liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga qo’yilgan texnikaviy shartlarni inobatga olib aniqlanadi. Mashinasozlikda vaqt me’yori belgilash metall kesish dastgohlarida bajariladigan alohida amal uchun sarflangan vaqtni yoki vaqt birligi ichida tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir. Shunday qilib texnik asoslangan vaqt me’yori deganda ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg’or usullar yordamida unumli foydalanib texnologik jarayon amalsini bajarish uchun sarflangan vaqt tushiniladi. Vaqt me’yorini o’rnatishda quyidagi shartlarni inobatga olish zarur: 1. Ish ma’lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur; 2. Ushbu ishni bajarish uchun eng unumdor moslama va asboblar qo’llanilishi zarur; 3. Optimal kesish ma’romlari tanlanishi kerak, ko’p keskichli dastgohlar va shu kabi Yuqori unumdorlikka ega usullardan foydalanish zarur; 4. Mexanik ishlov berish uchun qo’yimlar miqdori to’g’ri belgilanishi kerak; 5. Vaqt me’yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo’lda bajariladigan ishlar kiritilmasligi kerak; 6. Vaqt me’yoriga nuqsonli detallarni to’g’rilashga va ularni o’rniga boshqasini tayyorlash uchun sarflangan vaqt kiritilmaydi; 7. Ishni to’g’ri tashkil qilish maqsadida ish o’rniga chizmalar, materiallar, moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo’yilishi zarur; 8. Kesuvchi asboblarni charhlash markazlashgan bo’lishi zarur; charhlangan kesuvchi asbobni ish o’rniga tayyor holda uzatiladi; 9. Vaqt me’yoriga hal qilinmagan tashkiliy masalalar bo’yicha to’xtashlar uchun va boshqa ko’rinishdagi uzilishlar uchunsarflangan vaqt kirmaydi; 10. Vaqt me’yori normal ish sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur. Texnikaviy vaqt me’yori ishchining ish haqini belgilashda va mahsulotni tannarxini kalkulyatsiya tuzilishda asosiy omillardan biri. Vaqt me’yorini aniqlash usullari. Texnik vaqt me’yorini aniqlash alohida amalni bajarishni tahlil qilib, har bir ish uchun sarflangan vaqtni hisoblash asosida olib briladi. Bu usul hisobiy analitik usul deb yuritiladi. Texnik vaqt me’yorini hisoblash usuli ishlab-chiqarish xarakteriga bog’liq bo’ladi. Yalpi ishlab-chiqarish sharoitida vaqt me’yorini aniqlashda har bir hatti- xarakat inobatga olinsa, seriyali ishlab-chiqarmsh sharoitida xatti-harakatlar guruhi inobatga olingan holda hisob olib boriladi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida namunaviy texnologik jarayonlar va amallar bilan taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Bu usullarga ko’ra, qo’lda bajariladigan harakatlar va harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt xronometraj asosida ishlab chiqarilgan vaqt me’yoriga (me’yorlash bo’yicha jadvallarda keltirilgan) ko’ra aniqlanadi. Bu holda harakatlarni bajarish unumli ketma-ketlik asosida bo’lib asosiy vaqt davomida ayrim harakatlarni bajarilishi nazarda tutiladi. Asosiy vaqt (asosiy-texnologik yoki mashina vaqt) tenglamalar asosida nazariy hisoblanadi. Bu tenglamalar (formulalar) dastgohning kinematik sxemasiga ko’ra kesish ma’romlarini inobatga olib tuzilgan. Xronometraj usul. Bu usulda vaqtni me’yorlovchi xodim (normirovshik) bajariladigan ishlar bilan to’liq tanishib chiqadi. Amalni bajarish uchun harakatlar guruhini tuzadi. Ilg’or ishchi tomonidan bajariladigan harakatlar uchun sarflangan vaqt ham o’lchanadi. Har bir xarakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt 10-100 marta takroran o’lchanadi va o’rtacha miqdori qabul qilinadi. natijada bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlanadi. Shu vaqtga ko’ra ishchining ish xaqi bajarilgan ishiga qarab va rag’batlantirishni hisobga olib tayinlanadi. Agarda ushbu ishni bajaruvchi ishchilarni ko’p qismi vaqt me’yorini 120 % bajarsa, u holda vaqt me’yori qayta ko’rib chiqiladi. Xuddi shu usulda bajarilgan ishlar yozib borilsa va sarflangan vaqt aniqlansa, bu usulni ish joyini suratga olish usuli deb ham yuritiladi. Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi. Bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quyidagicha bo’ladi: a) asosiy yoki texnologik vaqt; b) yordamchi vaqt; v) ish joyiga xizmat ko’rsatish uchun sarflangan vaqt. Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt deb yuritiladi. Bundan tashqari, tayyorlash vaqti ham mavjud bo’lib, u bitta partiyadagi detallar uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miqdori partiyadagi detallar soniga bog’liq bo’lmaydi. Shunday qilib, donaviy - kalkulyatsiya vaqti asosiy va tayyorlash vaqtlarini yig’indisiga teng bo’ladi. Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarflangan vaqt bo’lib ma’lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan bog’liqdir. Yordamchi vaqt quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) dastgohni boshqarish uchun sarflangan vaqt, bu dastgohni yurgizish, to’xtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini o’zgartirish va h.k.; b) kesuvchi asbobni yordamchi yurishi; v) xomashyoni moslamaga o’rnatish, mahkamlash, ishlov berilgandan so’ng olib qo’yish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o’rnatish va olib qo’yish; g) Detalning o’lchamlarini nazorat qilish: o’lchov asbobini olish, o’lchash, joyiga qo’yish. Yordamchi vaqt qo’lda, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin. Ish joyiga xizmat ko’rsatish: texnik va tashkiliy xizmat ko’rsatishlarga bo’linadi. Ish joyiga texnik xizmat ko’rsatishga quyidagilar kiradi: a) dastgohni sozlash va moslash; b) o’tmaslashga kesuvchi asbobni almashtirish; v) kesuvchi asbobni to’g’rilash (olmos yordamida); g) qirindidan (ish jarayonida) tozalash. Ish joyiga tashkiliy xizmat ko’rsatishga quyidagilar kiradi: a) ish smenasini boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblarni saranjomlash; b) dastgohni moylash va tozalash; v) dastgohni ko’zdan kechirish va sinab ko’rish. Ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti asosiy texnologik vaqtga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ushbu vaqtni miqdorini asosiy va yordamchi vaqtlar yig’indisi operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi (ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish) va 3-5 % atrofida bo’ladi. Tanaffuslar, dam olish va ishchining jismoniy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflangan vaqt. Bu vaqt ishlab-chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Og’ir va ishni tez toliqtiruvchi ishlarda tanaffuslar va dam olish uchun vaqt ko’zda tutiladi. Ishchining jismoniy ehtiyojni qondirish uchun sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib 2-3% ni tashkil etadi. Tayyorlash vaqti. Bu vaqt seriyalab ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi va yangi partiya detallarni chizmasini, texnologik jarayonni o’rganish uchun ajratiladi. Bundan tashqari, dastgohni sozlab , moslama va kesuvchi asboblarni almashtirish ishdan so’ng esa (partiya detallariga ishlov berilgandan so’ng) ularni yana qayta almashtirish kabi ishlar ham shu vaqt doirasiga kiradi. Yuqoridagilarni inobatga olib donaviy vaqt quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: t d = t a + t yor + t xiz + t j min; bu yerda: t a - asosiy vaqt, min; t yor - yordamchi vaqt, min; t xiz - ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti, min; t j - ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan vaqt, min. Donaviy-kalkulyatsiya vaqt esa: td − k =t a+t yor +t xiz +t j+t tay n min; bu yerda: t tay - tayyorlash vaqti, min; n- partiyadagi detallar soni. Ishchining malakasini aniqlash Vaqt me’yorlarini aniqlashda ishchining malakasi ham belgilanadi. Ishchining malakasini belgilashda ishlab chiqarish tarmog’idaga binoan malakaviy-tarif ma’lumotlariga asoslaniladi. Ishni bajarish uchun qancha boy tajriba va bilim talab qilinsa ishchining malakasi shuncha yuqori bo’ladi. Donali ishlab chiqarishda dastgohni sozlash, kesuvchi asbobni o’rnatish, o’lchov asboblaridan foydalanish talab etilganligi sababli yuqori malakali ishchi ishlaydi. Yalpi ishlab chiqarish sharoitida aksariyat ishlar mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilganligi sababli hamda dastgohni va kesuvchi asbobni sozlovchi ishchi tomonidan sozlanishi, yuqori malakali ishni talab etilmaydi. Ishchilarga ish haqqi belgilashda birinchi toifa asos qilib olinadi. Qolgan toifalar bo’yicha ish xaqqi belgilashda birinchi toifaga miqdorini tarif koeffitsientiga ko’paytiriladi. Adabiyotlar: 1. K.P.Abduraxmanov, O’.Egamov “Fizika kursi” darsligi, Toshkent.: Aloqachi 2013 y. 2. K.P.Abduraxmanov, O’.Egamov “Fizika kursi” darslik, Toshkent, “O’quv ta’lim metodikasi” 2015 y. 3. Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989 т. 1 4. Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989 т. 2 5. Савельев И. В. Курс физики. М.: Наука 1989 т. 3 6. Савельев И. В. Сборник вопросов и задач по общей физик е . М.: АСТ. Астрель. 2005. С.320. 7. К.П.Абдурахманов, Ў.Эгамов “ Физика курси” дарслиги, Тошкент, 2010 й. 8. П.А.Типлер, Р.А.Ллуэллин Современная физика (Лучший зарубежный учебник в двух томах) М. Мир.2007.С.496 (1том) 9. П.А.Типлер, Р.А.Ллуэллин Современная физика (Лучший зарубежный учебник в двух томах) М. Мир.2007.С.416 (2том) 10. Трофимова Т.И. Курс физики.М.Высшая щкола 1999.С.543 Интернет сайтлар: 1. ww.ziyonet.uz ; 2. ww.estudy.uz ; 3. ww.fizika.uz ; 4. ww.elearning.uz ; 5. ww.bilim.uz ; 6. ww.edx.uz ; 7. ww.my.estudy.uz ; 8. ww.conrsera.org.uz ;