logo

Temir va uning birikmalari. Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik tarozi va unda tortish qoidalari

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

88 KB
Temir va uning birikmalari. Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik tarozi va unda tortish qoidalari Temir, kobalt va nikel bir-biriga o’xshash elementlardir. Ular VIII guruhning qo’shimcha guruhcha elementlaridir. Fe—Co—Ni qatorida chapdan o’ngga tomon 3d orbital elektronlar bilan to’lib borgan sari d elektronlar ko’proq juftlashadi. Temirning oksidlanish darajasining maksimal qiymati +6 ga yetadi. Kobaltda faqat +3, nikelda +2. Co va Ni ning IV valentli holatlari nihoyatda beqaror. Temirga konsentrlangan sovuq sulfat, nitrat kislotalar va ishqorlar ta’sir etmaydi. Temir suyultirilgan kislotalarda osona erib, ulardan vodorodni siqib chiqaradi va Fe +2 ionini hosil qiladi. Ni va Co suyultirilgan kislotalarda temirdan ko’ra sustroq eriydi. Konsentrlangan nitrat kislotada passivlashib qoladi. Fe +2 — Co +2 —Ni +2 katodlarida chapdan o’ngga tomon qaytaruvchi xossalari zaiflashadi. Fe +3 —Co +3 —Ni +3 katodlarida esa chapdan o’ngga tomon oksidlovchilik xossasi kuchayadi. Temir va uning birikmalariga oid lar Kerakli reaktiv va jixozlar: Temir (II)-sulfat, kaliy rodanit, qizil qon tuzi, temir (III)xlorid. Temir mix, xlorid kislota, sulfat kislota, nitrat kislota, o`yuvchi natriy, Mor tuzi, Texno-kimyoviy tarozi toshlari bilan, shtativ, gorelka, chinni tigel, chinni hovoncha, chinni kosacha, voronka, 100 ml li stakan, shtativ probirkalari bilan II va III valentli Fe ga xos sifat reaksiyalar a) Yangi tayyorlangan va ichida ozroq temir kukuni solingan temir (II)-sulfat eritmasidan ikkita probirkaga ozroq quying. Birinchi probirkaga kaliy rodanit eritmasidan qo’shing. Agar eritmada Fe +3 ioni hosil bo’lsa, hech qanday rang paydo bo’lmaydi. Temir (III)-sulfat bo’lsa, pushti rang paydo bo’ladi. Ikkinchi probirkaga qizil qon tuzi K 3 [Fe(CN) 6 ] eritmasidan qo’shing. Ko’k cho’kma - Fe 3 [Fe(CN) 6 ] 2 hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. b) ikkita probirkaga temir (III)-xlorid eritmasidan quying. Birinchi probirkaga kaliy rodanit eritmasidan bir necha tomchi quying. Ko’k, qizil eritma - berlin zangorisi Fe[Fe(CN) 6 ] 3 hosil bo’lishini kuzating. Reaksiyalarning tenglamalari yozing. Temirga kislotaning ta’siri a) Uchta probirkaga 2-3 donadan probka yoki temir mixlar soling. Birinchi probirkadagi mix ustiga 2 n xlorid kislota, ikkinchi probirkaga 2 n sulfat kislota, uchinchi probirkaga 2 n nitrat kislota eritmasidan qo’shing. Birinchi va ikkinchi probirkada vodorod ajralib chiqishini va temirning II valentli tuzini hosil bo’lishini isbotlang. Uchinchi probirkada gaz chiqmasligini kuzating. Probirkadagi eritmaga ozroq 2 n natriy gidroksid eritmasidan qo’shib, probirkani qizdiring. Ammiak ajralib chiqishini hididan biling. II valentli temir tuzi va ammoniy nitrat hosil bo’lishini hisobga olib reaksiya tenglamasini yozing. b) Ikkita probirkaga probka yoki temir mixlar soling. Birinchi probirkadagi mix ustiga konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan, ikkinchisiga konsentrlangan sulfat kislota qo’shing. Reaksiya bo’lmasligini kuzating. Probirkalarni mix shtativga o’rnatib qizdiring. Probirkada azot (II)-oksid chiqib, havodagi kislorod bilan birikib pushti rangli NO 2 gaziga aylanadi, ikkinchi probirkada o’tkir hidli SO 2 chiqishini kuzating. Probirkalarda uch valentli temir tuzi hosil bo’lganligini kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing. Temir (II)-gidroksidning olinishi va xossalari Yangi tayyorlangan va ichiga temir qirindisi solingan Temir (II)-sulfat eritmasidan probirkaga ozroq olib, uning ustiga 2 n o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing (o’yuvchi natriy eritmasidan havoni chiqarib yuborish uchun avval qaynatib olinadi). Oq cho’kma temir (II)-gidroksid hosil bo’ladi. Cho’kmani shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Temir (II)-gidroksid cho’kmasi havo kislorodi bilan oson oksidlanib, asta-sekin ko’k-yashil, qora va nihoyat, qizil-qo’ng`ir tusga o’tadi. Agar eritmaga temir (III)-sulfat aralashgan va o’yuvchi natriy eritmasi qaynatilmagan bo’lsa, bunda ozroq bo’lsada temir (III)-gidroksid cho’kmasi hosil bo’lib, temir (II)-gidroksid cho’kmasi och yashil rangga o’tadi. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Ilova. Temir (II) tuzlari havoda oksidlanuvchi bo’lganlini uchun ko’pincha laboratoriyada Mor tuzi (NH 4 ) 2 SO 4 -FeSO^H 2 O dan foydalaniladi.b) Temir (II)- gidroksid cho’kmasini hosil qiling. Buning uchun probirkaga Mor tuzi eritmasidan olib, uning ustiga ishqor eritmasidan qo’shing. Cho’kmani tezda ikkiga bo’lib, biriga 2 n o’yuvchi natriy, ikkinchisiga 2 n xlorid kislota eritmasidan qo’shing. Temir (II)-gidroksidning xlorid kislotada erishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Temir (III)-gidroksidning olinishi va xossalari Temir (III)-xlorid eritmasi solingan probirkaga 2 n o’yuvchi natriy eritmasidan qo’shing. Qo’ng`ir cho’kma temir (III)-gidroksid hosil bo’lishini kuzating. Cho’kmani to’rtta probirkaga bo’ling. Birinchi probirkaga 2 n nitrat kislota, ikkinchisiga 2 n sulfat kislota, uchinchisiga xlorid kislota eritmasidan cho’kma eriguncha qo’shing. To’rtinchi probirkaga konsentrlangan natriy gidroksid eritmasidan mo’l miqdorda quying. Probirkani qizdiring. Temir (III)- gidroksid qisman erishini kuzating. Temir (III)-gidroksid qanday xossalarga ega.? Reaksiya tenglamasini yozing. Ikki valentli temir sulfatning gidrolizi Probirkaga 4-6 tomchi lakmusning neytral eritmasidan quyib, uning ustiga Mor tuzidan 2 mikroshpatel soling aralashtiring. Lakmus rangining o’zgarishi Mor tuzining gidrolizga uchraganligini ko’rsatadi. Gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing. Uch valentli temir xloridning gidrolizi Ikkita probirkaga lakmusning neytral eritmasidan 4-tomchidan quying va uning ustiga 1 mikroshpateldan temir (III)-xlorid tuzidan soling. Eritmalarning muhitini lakmus bilan tekshirib ko’ring. So’ngra probirkalardan birini isiting, ikkinchisiga esa 5 tomchi suv qo’shing. Ikkala holda ham eritmalarning rangi o’zgaradi. Sababi nima? Eritmalarni suyultirish va ularni isitish gidroliz dara’jasiga qanday ta’sir etadi? Gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing. Bu tuzning gidrolizlanishini qanday qilib kamaytirish mumkin? Ikki valentli tuzning birgalikda gidrolizi Probirkaga FeCl 2 eritmasidan 3-5 tomchi quying va uning ustiga cho’kma hosil bo’lguncha soda eritmasidan qo’shing. Temir gidroksid cho’kib, gaz ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Analitik kimyo fani va uning metodlari. Analitik tarozi va unda tortish qoidalari Analitik kimyo moddalar (yoki ularning aralashmalari)ning sifat va miqdoriy tarkibini tekshirish metodlari haqidagi fandir. Analitik kimyoning vazifasi analiz usullarini ishlab chiqish, ularni amalda qo`llash hamda analitik kimyo metodlarining nazariy asoslarini keng miqyosda o`rganishdan iboratdir. Yangidan-yangi prinsipial analiz metodlarini izlash hamda hozirgi zamon fani va texnika yutuqlarini analitik maqsadlar uchun qo`llash analitik kimyoning muhim vazifasidir. Analitik kimyo muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Deyarli barcha kimyo qonunlari analitik kimyo metodlari yordamida topiladi. Turli moddalar, ma’danlar, minerallar, oy tuprog`i, uzoq, sayyora va boshqa osmoniy jismlarning tarkiblari analitik kimyo metodlari orqali aniqlangan. Hozirgi zamonning biror-bir kimyoviy izlanishini, hox u yangi modda olish bo`lsin yoki yangi texnologik tizim ishlab chiqilmasin, ishlab chiqarishni jadallashtirish yoki mahsulot sifatini oshirish bo`lmasin, baribir ularni analitik kimyo metodlarini qo`llamasdan turib amalga oshirib bo`lmaydi. Analitik tarozilar va ularning ishlash prinsiplari Analitik tarozilar (13,14-rasmlar) juda aniq va nozik asbobdir. Ular 0,0001-0,0002 g aniqlikda tortish imkonini beradi. Bu tarozilarda tortish mumkin bo’lgan maksimal og`irlik 200 g. 13-rasm. a) VDA-200 dempfer elektr tarozi; b) Bir pallali analitik tarozi d) Analitik tarozi toshchalari. Rasmda ko`rsatilganidek, analitik tarozining sxemasi quyidagicha tuzilishga ega: 1- shayin; 2 –richaklar tizimi; 3 –aylanuvchi limba; 4 –dempfer; 5 –kolonka; 6 – palla; 7 - shkalani harakatlantiruvchi buragich; 8 – taglik; 9 – arretir dastasi; 10 – ekran; 11 –mil; 12 – prizma. Uchta agat prizma mahkamlangan dastak analitik tarozilarning eng muhim qismlaridan biridir. o`rta prizma tortish vaqtida dastakning tayanchi bo’lib xizmat qiladi. Dastakning chekkalaridagi prizmalar tarozi pallalari uchun tayanchdir. Dastakka uzun vertikal strelka, uning oxiriga esa mikroshkala mahkamlangan. Veytograf deb ataluvchi alohida optik moslama ekranida kuzatuvchi qo’zg`almas sanash chizig`i atrofida mikroshkalaning kattalashtirilgan tasvirining qo’zg`alishini kuzatadi. Mikroshkalaning raqam bilan belgilangan har bir bo’limi 1 mg (0,001 g) og`irlikka to’g`ri keladi. Ikkita bo’lim orasi (tarozi markasiga qarab) 10 yoki 5 bo’lakka bo’lingan bo’lib, har bir bo’lak 0,0001 yoki 0,0002 g ga to’g`ri keladi. Tarozi bandi yoki pallasiga tarozi tebranishini to’xtatadigan moslama - dempferlar mahkamlangan. Buning natijasida tarozi strelkasi muvozanat holatga tez keladi. Bu tortishni osonlashtiradi va tezlashtiradi. Analitik tarozilarga mahsus moslama - arretir o’rnatiladi. Arretir yordamida tarozi dastagi ko’tariladi va shunday holatda turib qoladiki, bunda birorta prizma ham o’zining tayanch yostiqchasiga tegmaydi. Arretir tarozi yog`ochining pastki qismiga mahkamlangan band bilan harakatga keltiriladi. Arretir bandini ohista va ehtiyotlik bilan burish kerak. Tarozi ohista ishlashi kerak, ya’ni arretirni ehtiyotlik bilan bo’shatilganda va ko’tarilganda strelka zarb bilan emas, balki ohista harakatga kelishi kerak. Tortiladigan predmet tarozi qanday temperaturaga ega bo’lsa shunday temperaturada bo’lishi kerak, shuning uchun tortishdan oldin tarozi temperaturasi bilan bir xil temperatura olishi uchun uni tortish xonasida kamida 15—20 minut saqlash kerak. Adabiyotlar: 1. Q. Axmerov, A. Jalilov, R. Sayfutdinov. Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent: “O’zbekiston”, 2003. 2. K. Rasulov, Sh. Mirkomilov, M. Nishonov, M. Sodiqov. Anorganik kimyo. Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 3. К. Расулов, О. Юлдошев, Б. Қораболаев. Умумий ва анорганик кимё. Т.: «Ўқитувчи», 1996. 4. N . A . Parpiyev , X . R . Raximov , A . G . Muftaxov . Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O’zbekiston». 2000y 5. Bozorov N.I. Umumiy kimyo. Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2017.-368 b. 6. Raymond Chang.General Chemistry:The Essential Concepts. McGraw-Hill Education; Enland. -2013. 7. Analitical chemistry. 6 th . Edition. Gary D. Christian.University of Washington.2004.848 8. Paula Yurkanis Bruice, ORGANIK CHEMISTRY, New York, USA, 2016 9. O. Fayzullayev. Analitik kimyo. T: Yangi asr avlodi. 2006 y. 10. М . Т . Ғуломов , Т . Норов , Н . Туропов . Analitik kimyo.T.: Ворис нашриёти , 2009 й . 11. Shoymardonov R. Organik kimyodan praktikum. Toshkent - O’qituvchi -1982.