logo

Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining o’zaro bog’liqligi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

48 KB
O qsil , lipid va uglevodlar almashinuvining o’zaro bog’liqligi Reja: 1. Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo’llari. 2. Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi. 3. Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi. 4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi. 5. Uglevodlardan yog’larning biosintezi. 1. Oqsil, lipid va uglevodlar almashinuvining umumiy yo’llari. Tirik sistemalarning muhim struktura monomerlari – aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’ kislotalari, mononukleotidlar o’zaro uzviy bog’langan. Bu b og’liqlik monomerlarning parchalanishi va sintezlanish yo’llarida umumiy bo’g’in vazifasini bajaradigan kalit metabolitlar orqali amalga oshadi. Bunday metabolitlarga piruvat, atsetil-KoA, α-glitserolfosfat va Krebs siklining oraliq mahsulotlari (oksaloatsetat, malat, fumarat, suktsinil-KoA, 2-oksoglutarat, izositrat va sitrat) kiradi. Piruvat glyukoza va boshqa monosaxaridlar hamda ayrim aminokislotalar parchalanishi va sintezining kesishish nuqtasi hisoblanadi. Atsetil- KoA ning esa metabolik bog’lari ko’proq tarmoqlangan. U orqali monosaxaridlar va aminokislotalardan lipidlarga ko’prik quriladi, ya’ni aminokislotalar (oqsillar) va glyukoza (umuman uglevodlar) ning lipidlarga almashinuv yo’llari ochiladi. Uglevodlar va lipidlar orasida yordamchi bog’lovchi bo’g’in vazifasini α- glitserolfosfat bajaradi. U orqali uglevodlarning ayrim lipidlarga (triatsilglitserinlar, fosfoglitseridlar) va aksincha, glitserin saqlovchi lipidlarning uglevodlarga o’tishi amalga oshadi. Bir monomerning ikkinchisiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar Krebs siklining oraliq mahsulotlari uchun xosdir. Krebs sikli orqali moddalar parchalanishi va sintezlanishining hamma asosiy yo’llari tutashadi. Shu sababli atsetil-KoA manbai hisoblangan yog’ kislotalar uglevodlarga (Krebs siklining oksaloatsetati orqali glyukozaning yangidan hosil bo’lishi), aminokislotalarga (oksaloatsetat va 2-oksoglutarat orqali aspartat va glutamat kislotaga), porfirinlarga (suktsinil-KoA orqali) aylanadi. Monomerlar biopolimerlarning struktura bo’g’inlari hisoblanadi, shu sababli oqsillar, uglevodlar, lipidlar ovqatning asosiy komponenti sifatida nisbiy o’zaro almashinuvi bo’lishi mumkin. O’zaro almashinuv chegaralarini tushunish faqatgina bir tarkibli ovqatlanishda modda almashinuvining buzilishini emas, balki ochlikda moddalar almashinuvi o’rnini to’ldirish mexanizmi, ya’ni bir moddaning boshqa endogen zahirasi hisobiga hosil bo’lishini tushunish imkoniyatini beradi. Bu ramkani avvalo aminokislotalar chegaralaydi. Sakkizta almashinmaydigan aminokislota organizmda sintezlanmaydi, yarim almashinadigan aminokislotalar biosintezi ham chegaralangan. Bunday aminokislotalarsiz organizm oqsil sintezlay olmaydi. Shu sababli aminokislotalar boshqa biomolekulalarga nisbatan kelib chiqishiga ko’ra birlamchi. Moddalar almashinuvi yo’llarining o’zaro bog’liqlik cxemasidan agar aminokislotalar va uglevodlar to’liq assortimentda va yetarli miqdorda iste’mol qilinsa, organizm uzoq vaqt lipidlarsiz (yarim to’yingan lipidlardan tashqari) yashay oladi. Aminokislota va uglevodlar atsetil-KoA ning, uglevodlar buning ustiga NADF∙H 2 ning manbai bo’lib, yetarli miqdordagi lipidlarni sintezlash imkonini beradi. Shuningdek, odam organizmi uchun ovqat bilan birga purin va pirimidinli nukleotidlar talab etilmasligining sababi, ovqat tarkibida oqsil va uglevodlar bo’lganda ular yetarli miqdorda sintezlanadi. Bundan kelib chiqadiki. Oqsil va uglevodlar organizm to’qimalarining hayotiy muhim komponentlarining va uning normal faoliyatini uzoq vaqt davomida ta’minlash imkonini beradi. Albatta bu holatning oqsil va uglevodlar bilan birga vitaminlar, suv va anorganik ionlar kirgan sharoitda imkoni bo’ladi. Odam zarur miqdordagi boshqa ovqat komponentlari kirgan taqdirda uzoq vaqt uglevodlarsiz ham yashashi mumkin. 2. Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi. Modda almashinuvi integratsiyasida aminokislotalar dezaminlanish natijasida hosil bo’ladigan azotsiz qoldig’i alohida o’rin tutadi. Ba’zi aminokislotalarning azotsiz qoldig’idan uglevodlar, boshqalaridan esa keton tanachalari hosil bo’ladi. Shu sababdan aminokislotalar quyidagi guruhlarga bo’linadi: Aminokislotalar azotsiz qoldig’ining almashinuvi Glikogen aminokislotalar Ketogen aminokislotalar Glikogen va ketogen aminokislotalar Alanin , arginin, asparagin, sistein, glutamin, glitsin, gistidin, gistidin, Leytsin Izoleytsin, lizin, fenilalnin, tirozin prolin, oksiprolin, metionin, serin, treonin, triptofan, valin Glikogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida piruvat, oksaloatsetat, α-ketoglutarat hosil bo’ladi, ulardan glikogen sintezlanadi. Ketogen aminokislotalarning almashinuvi natijasida atsetoatsetat, atsetil-KoA va atseton (keton tanachalari) hosil bo’ladi. 3. Aminokislota va glitserindan glyukoza sintezi. Aminokislotalardan glyukoneogenezning mumkinligi qandli diabetni o’rganishda ko’rsatilgan. Eksperimental qandli diabet hayvonlarda 50% (ba’zida 80% gacha) kiritilgan oqsilning glyukozaga aylanishi ko’rsatilgan. Bu jarayonda glikogen aminokislotalar eng muhim o’rinni egallaydi, ularning parchalanishidagi azotsiz qoldig’idan pirouzum kislota hosil bo’ladi, u esa glyukoza parchalanishi va sintezining oraliq metabolitidir. Mushaklarda oqsilning parchalanishidan hosil bo’lgan alanin, serin, treonin, sistein kabi aminokislotalardan glyukoza-alanin sikli yordamida qondagi glyukozaning miqdori organizmda glyukoza yetishmagan davrida, uning qondagi miqdorini boshqarishda ahamiyatga ega Gliterin triatsilglitserinlar parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Uglevod va lipid almashinuvi o’rtasidagi bog’lanish glitserin orqali amalga oshadi, chunki glitserin oksidlanganda pirouzum kislotasi hosil bo’ladi va undan glyukoza sintezlanadi. Bu jarayonlarni boshqarishda glyukokortikosteroidlar muhim ahamiyatga ega. Ularga kortizol, kortikosteron, kortizon va boshqalar kiradi. Ular glyukoneogenezning spetsifik fermentlari – piruvatkarboksilaza, fosfoenolpiruvatkarboksilaza, fruktozo-1,6-bisfosfataza, glyukozo-6-fosfataza hosil bo’lishini stimullaydilar. Periferik to’qimalarda glyukozaning sarflanishini pasaytiradilar. Gidrokortizon glyukozaning hujayrada faol transportini ingibirlaydi. 4. Aminokislotalarning uglevodlardan biosintezi. To’qimalarda glyukoza parchalanishi jarayonida pirouzum kislotadan sirka kislota hosil bo’ladi. Krebs siklida u shavel sirka kislotasi va α-ketokislota aminlanishi natijasida aminokislotaga aylanadi: +NH 3 - H 2 O Bu reaktsiyalar natijasida uglevod va oqsil almashinuvi o’rtasida to’g’ri bog’lanish vujudga keladi. 5. Uglevodlardan yog’larning biosintezi. Triatsilglitserinlar molekulasi glitserin va 3 ta yog’ kislotasi qoldig’idan hosil bo’lgan. Glikoliz metabolitlari: fosfodioksiatseton yoki fosfoglitserinaldegiddan glitserin sintezlanadi. Yog’ kislotalari sintezi uchun asosiy modda bo’lib atsetil-KoA hisoblanadi. U piruvatning oksidlanib, dekarboksillanishidan hosil bo’ladi. Limon kislota sikli va siydikchil hosil bo’lishi – ornitin sikli o’rtasida murakkab bog’lanish bo’lib, hujayraning energiyaga bo’lgan talabi va metabolizmini oxirgi mahsulotlari komtsentratsiyasiga bog’liq holda ma’lum darajada reaktsiyalar tezligini belgilab beradi. Fumarat kislotasi arginino-qahrabo kislotasini parchalanish davrida hosil bo’ladi, ularni sintezi uchun esa aspartat bo’lishi kerak. Hosil bo’lgan fumarat kislotasi keyinchalik limon kislota siklida undagi 2 ferment fumaratgidrataza va malatdegidrogenaza ta’sirida oksaloatsetatga aylanadi, u esa spetsifik transaminaza ishtirokida aspartatga aylanadi, ya’ni o’ziga xos sitrat siklini siydikchil hosil bo’lish sikli bilan bog’langan aspartat-arginino- qahrabo shunti hosil bo’ladi. Shunday qilib bu jarayon o’ziga xos birlashgan mexanizm yordamida ikki sikl reaktsiyalar bir-biri bilan bog’lanadi. Bu mexanizm Krebs velosipedi degan nom olgan. Bu reaktsiya orqaga qaytmas bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun yuqori yog’ kislotalardan uglevodlar hosil bo’lmaydi. Shunday qilib uglevodlar yog’lar C H 3 C = O COOH Piruvat C H 3 C = NH + NADH 2 COOH Imino-kislota C H 3 C H – NH 2 + NAD + COOH Alanin tarkibiga kiruvchilar faqatgina glitserindan hosil bo’ladi. Vaholanki, odatdagi sharoitlarda reaktsiya orqaga borishi mumkin, ya’ni uglevodlar oksidlanishidan hosil bo’lgan glitserindan yog’lar sintezlanishi mumkin. Uglevod, yog’ va qator aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan atsetil-KoA yog’ kislotalari sintezi uchun boshlang’ich substrat bo’lib hisoblanadi, shuningdek u uchkarbon kislotalar siklining birinchi substratidir. Bu siklda atsetil- KoAni oksidlanishi uchun oksaloatsetat zarurdir, u Krebs siklini ikkinchi kalit substratidir. Oksaloatsetat pirouzum kislotasi va karbonat angidriddan sintezlanishi yoki transaminlanish jarayonida asparagin kislotasidan hosil bo’lishi mumkin. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiyalanib, atsetosirka kislota (atsetoatsetat) hosil bo’ladi, u esa boshqa keton tanachalarini, xususan β-oksimoy kislotasi va atsetonning manbai bo’lib hisoblanadi. Ikki molekula atsetil-KoA kondensatsiya reaktsiyasi xolesterin sintezining birlamchi bosqichini tashkil etadi. Xolesterin, o’z navbatida, steroid gormonlar, D 3 vitamini, shuningdek o’t kislotalarning o’tmishdoshi hisoblanadi. Galaktoza va qisman glyukoza MNS faoliyatida spetsifik funktsiya bajaruvchi serebrozid va glikolipidlar biosinteziga sarflanadi, bu sintezlarda erkin monosaxaridlar emas, balki galaktozamin va glyukozamin qatnashadi, ularni sintezi o’z navbatida glutaminni amid azoti bo’lishini talab etadi. Shunday qilib, natijada uglevod, lipid oqsil almashinuvi integratsiya qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Pl e shkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g. 2. L e b e dov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. 4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y. 4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004 5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g. 6. www.ziyon e t.uz