logo

О’zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishi. кimyoviy bog’lanish

Yuklangan vaqt:

25.11.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2944.775390625 KB
О ’zbekistonda organik kimyo fanining rivojlanishi. к imyoviy bog’lanish Reja: 1. Kirish . Organik kimyo fani va uni aloxida fan sifatida o’qitish sabablari 2. Kimyoviy bog’ va uning turlari. Gibridlanish 3. Radikallar, asosiy funksional guruhlar 4. Organik birikmalarning tuzilishi. Izomeriya hodisasi 1. Kirish . Organik kimyo fani va uni aloxida fan sifatida o’qitish sabablari Organik kimyo uglerod birikmalari kimyosidir. Organik kimyo – uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosi deb ham ta&#39;rif berish mumkin. Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asr boshlarida ajralib chiqdi. Bunga asosiy sabablar: Uglerod birikmalari, ya&#39;ni organik birikmalar sonini ko’pligi (10 milliondan ortiq). Vaholanki, uglerod elementidan tashqari D.I. Mendeleevning davriy jadvalidagi barcha elementlarning birikmalari 1 million atrofida. Hozirgi kunda 1 yil davomida 200 mingdan ortiq yangi organik moddalar sintez qilinmoqda. Organik birikmalarning ko’p bo’lishligiga sababni uglerod atomlari o’zaro bir- biri bilan birikib uzun zanjir hosil qilishi, izomeriya xodisasi, hamda tirik tabiat bilan bog’liqligi orqali tushintiriladi. Organik birikmalar xalq va qishloq xo’jaligida, shu jumladan qurilishda katta amaliy ahamiyatga ega. Muxim tabiiy boyligimiz bo’lgan neft, ko’mir, tabiiy gaz, hamda qurilishda qo’llaniladigan turli plastmassalar, polimer moddalar, tabiiy va sintetik tolalar asta sekin an’anaviy qurilish materiallarini ancha engil, chiroyli va mustahkamlariga almashinishiga imkoniyat yaratayapti. Organik kimyoni va uning yangi sohalarini rivojlanishida o’zbek olimlarining hissasi kattadir. Dunyoga mashhur akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqovlar tabiiy birikmalar kimyosi, akademiklar H.U. Usmonov, M.A. Asqarov, S.Sh. Rashidovalar polimerlar kimyosi sohasida ulkan ishlarni amalga oshirib, o’zlarining maktablarni yaratganlar. Taniqli o’zbek kimyogari akademik S. Yunusov o’simlik moddalar kimyosi sohasida dunyoga ma&#39;lum alkaloidlar kimyosi maktabini yaratdi. Dunyo bo’yicha topilgan alkaloidlarning har uchtasidan bittasi S. Yunusov va uning shogirdlariga tegishlidir. O’zbekiston noyob yoqilg’i – energetika resursiga ega. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion m 3 ga yaqin, 160 dan ortiq neft konlari mavjud. O’zbekiston ko’mir zahirasi bo’yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o’rinda turadi. Uning umumiy zahirasi 2 milliard tonnadan ortiq. Organik kimyoning rivojlanishida professorlar A.R. Abdurasulova, Q. Abduvahobov, P.Yo’ldoshev, A.Abdusamatov, A.G.Mahsumov va boshqalarning xizmatlari katta. Respublikamiz ulkan uglevodorodlarning tabiiy manbalariga ega. Respublikamizda neftni qayta ishlaydigan (Farg’ona, Oltiariq va Buxoro), hamda gazni qayta ishlaydigan (Sho’rtan, Muborak va Ustyurt) katta kimyo komplekslar ishlab turibdi. Ulardan hilma-hil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Chirchiq, Farg’ona va Navoiy shaharlaridagi ulkan kimyo korxonalaridan xalq xo’jaligi va qurilish uchun muxum mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 2. Kimyoviy bog’ va uning turlari. Gibridlanish Uglerod atomning elektron konfiguratsiyasini asosiy xolati 1 s 2 2s 2 2p 2 . Demak, faraz qilish mumkinki, qisman band bo’lgan 2 р orbitalga (ikki vodorod atomidan) ikkita elektron qo’shilsa СН 2 birikma hosil bo’lishi kerak. Bu xolat xar bir vodorodni 1 s orbitali uglerodni 2 р - orbitali bilan qoplanishi natijasida hosil bo’ladi. р - orbitallar 90 o burchak bilan ajralganligi sababli, hosil bo’lgan Н − С − Н zarrachaning burchagi 90 o bo’ladi deb faraz qilamiz. CH 2 ning tahminiy hosil bo’lishi Uglerod atomining asosiy holatini elektron konfiguratsiyasi Uglerod va vodoroddan tashkil topgan faraz qilingan oddiy mo’tadil birikmasi electron konfiguratsiyasi Ushbu CH 2 -guruh tashqi pog’onasida sakkizta elektron bo’lmasdan oltita elektron bo’lgani va elektron yetishmaydigan zarracha bo’lgani sababli bu fikrlar noto’g’riligini ko’rsatadi. Shu sababli barqaror oddiy uglevodorodni molekulyar formulasi CH 4 bo’lib, unda C−H bog’lar ekvivalent bo’lishi kerak. Uglerod o’zida to’rtta vodorodni ushlab turishini tushuntirish uchun uglerodni qo’zg’algan xolatiga murojat qilishimiz kerak. Bunda 2 s - orbital va uchta 2 p - orbital gibridlanishi natijasida to’rtta yangi tashqi orbitallar hosil bo’ladi (Kvant mexanikasi postulatiga asosan). To’rtta gibrid orbitallar bir hil energiyaga, xar biri 2 sp 3 bilan belgilanadi.  Asosiy holat qo’zg’algan sp 3 holat Ushbu gibrid orbitallarni asosiy o’qi yadrodan bir hil masofada kesishgan chiziq bo’yicha yo’nalgan bo’lib tetraedrni hosil qiladi. (tetraedr burchagi 109,5 o ga teng). Shu sababli sp 3 gibridlangan uglerod atomini tetraedrik uglerod atomi xam deb ataladi. Metan molekulasini tuzilishini yakunlashimiz mumkin. O’zida bittadan elektron tutgan uglerod atomini to’rtta sp 3 orbitali, o’zida bitta elektron tutgan vodorodni 1 s - orbitali bilan qoplanishi natijasida bog’langan molekulyar orbitallar hosil bo’ladi.  Metanni keyingi gomologi C 2 H 6 etanni tuzamiz. Faraz qilaylik, sp 3 orbital bilan uchta vodorod bog’langan, keyin vodorodni qo’shmadik. Hosil bo’lgan metil radikallarini biriktirishimiz mumkin. ikkita qoplanayotgan etanni bo’g’lanuvchi molekulyar metil radikali orbitalini C-C fragmenti Bunda qisman to’lgan 2 sp 3 – orbitallar qoplanishi natijasida ikkita uglerod atomi o’rtasida yangi δ - bog’ hosil bo’ladi. Etanda H hosil C−C va H−C−H bog’lar o’rtasidagi burchak taxminan 109,5 o ga teng. Etilenni ikkala uglerod atomi sp 2 - gibridlangan. 2 s - orbital va uchta 2 p – orbitaldan ikkitasi gibridlanishi natijasida uchta sp 2 - gibridlangan orbital hosil bo’ladi va bitta gibridlanmagan 2 p - orbital qoladi. Asosiy holat qo’zg’algan sp 2 holat s р 2 - orbital sp 2 - orbitallar shakli bo’yicha sp 3 -orbitalga o’xshaydi, ammo fazoda boshqacha joylashadi. Uchta sp 2 - orbitallarni asosiy o’qi burchagi 120 o bo’lgan burchakda bir tekislikda joylashadi. Qolgan 2 p - orbitalni asosiy o’qi esa ushbu tekislikka perpendikulyar joylashadi. Ushbu tur gibridlanishni «trigonal» deb nomlanadi. Etilen molekulasini tuzish uchun ikkita sp 2 orbitalni har biriga bittadan vodorodni qo’shamiz. Ikki ushbu fragmentni biriktirganimizda, ikkita uglerod-uglerod bog’ hosil bo’ladi. Bularning bittasi δ - bog’ (2 sp 2 orbitallar qoplanishi) , ikkinchisi π bog’ (ikkita p - orbital qoplanishi). Ikkita uglerod atomi o’rtasidagi δ va π bog’larni qo’sh bog’ deb ataladi. Atsetilenni ikkita uglerod atomi s р – gibridlangan. Atsetilen molekulasini tuzish uchun 2 s - orbital bitta 2 p - orbital bilan gibridlanishi natijasida uglerod atomi s р gibridlangan holatga o’tadi. Natijada ikkita gibridlangan 2 s р orbital hosil bo’ladi, ikkita 2 p orbital esa gibridlanmaydi. Etilendagi bo’g’ hosil bo’lishini usuli Etilendagi orbitallar Etilendagi π – bog’ Asosiy holat qo’zg’algan sp-holat s р – gibridlangan uglerod atomini ikkita s р –orbitali 180 о burchakda joylashgan. Atsetilendagi ikkita uglerod atomi bitta δ -bog’ va ikkita π -bog’ bilan bog’langan: bu kombinatsiyani uch bog’ deb ataladi. sр - orbi t al 3. Radikallar, asosiy funksional guruhlar Alkanlar sinfi reaksion qobiliyati yuqori bo’lgan birikmalarga kirmaydi va RH dagi H ayniqsa bir reaksion qobiliyatli guruh emas. Umuman olganda alkan tuzilishida vodoroddan tashqari guruh bo’lsa, bunday guruh funksional guruh hisoblanadi. 1 jadvalda bu turdagi birikmalarga misollar keltirilgan. Bularning barchasi keyingi boblarda muhokama qilinadi. Karbonil (C=O) guruh tutgan organik birikmalarning ayrim muhim sinflari tushunarli qilib ajratilgan. Karbonil tutuvchi birikmalar tabiiy birikmalarning eng ko’p tarqalgan va biologik ahamiyatli bo’lgan sinflar qatori orasida o’rin tutadi. Masala . Ko’p birikmalar bittadan ko’p funksional guruhga ega. Prostaglandin E 1 , silliq muskullarning qayta tiklanishini nazorat qiladigan garmon bo’lib, ikkita har hil turdagi karbonil guruhlarni tutadi. Har birini sinflang (aldegid, keton, karbon kislota, amid, alkil xlorid yoki karbon kislota angidridi) 1-jadval Organik moddalarning muhim sinflaridagi funksional guruhlar Sinf Umumiylashtiril gan formula Tipik vakillar Namuna lar nomi * Spirt ROH CH 3 CH 2 OH Etanol Alkil galogenid RCl CH 3 CH 2 Cl Xloretan Amin † RNH 2 CH 3 CH 2 NH 2 Etanamin Epoksid Etilen oksid Efir ROR CH 3 CH 2 OCH 2 CH 3 Dietilefir Nitril RC≡N CH 3 CH 2 C≡N Propanni tril Nitrolal kan RNO 2 CH 3 CH 2 NO 2 Nitroetan Tiol RSH CH 3 CH 2 SH Etantiol *Ko’p moddalar bittadan ortiq kerakli nomga ega. Misol tariqasida birlamchi aminni (RNH 2 ) keltirish mumkin. Ikkilamchi aminlar umumiy R 2 NH tuzilishga ega; uchlamchi aminlarga R 3 N kiradi. Organik sintezdagi karboksil guruhning muhim reaksiyalari tuzilishi aniqlangan birikmalarning olinishini rejalashtirish va o’tkazish organik kimyoning sohasi hisoblanadi. Organik kimyogarlar reaksion qobiliyatning funktsional guruh deb nomlanuvchi mos jihatlari bilan aniq tuzilishli birliklarni birlashtirdilar. Ular katta molekulalarga, reaksion qobiliyati yo’q tuzilishlarga birikkan funksional guruhlarning kolleksiyalariga e’tibor beradilar. “Funksional guruh yond о shuvi” nafaqat taxminiy kuchga ega, balki vaqt va tajriba ko’pchilik talabalar uchun organik kimyoni o’qitishning osonroq materialini tuzilishni ko’rsatdi. Biz bu bobni uglevodorodlar – funksional guruhlar joylashgan, faqat uglerod va vodorod tutuvchi organik birikmalarning har hil turlarini qisqacha tahlil qilishdan boshlaymiz. Keyin esa alkanlar haqida ko’proq ma’lumotlarni muhokama qilish uchun uglevodorodlarga qaytamiz. Alkanlarning nomlari oldiniga qiziq tuyulishi mumkin, biroq ular organik nomenklaturaning juda keng qabul qilingan tizimi uchun asosni shakllantiradi. Ushbu nomenklatura tizimining asoslari, IYUPAK qoidalari mazkur bobning eng asosiy mazmun va mohiyatlarini o’zida mujassam etadi. Uglevodorodlar o’zida faqat uglerod va vodorod tutadi va ikkita asosiy sinfga: alifatik va aromatik uglevodrodlarga bo’linadilar. Bu sinflanish o’n to’qqizinchi asrdan, qachonki organik kimyo deyarli tabiiy resurslardan olinadigan materiallarni tadqiq qilishga bag’ishlangandan buyon atalib kelinayapti va terminlar birikmalarning kelib chiqishidan aks ettirilgan. Ikkita manba bo’lib yog’lar va moylar hisoblangan va alifatik so’zi grekcha aleiphar (“yog’”) so’zidan kelib chiqqan. Aromatik uglerovodorodlar o’zlarining spetsifik hidiga qaramay, odatda yoqimli hidli o’simliklarni kimyoviy ekstraksiya (ajratish) usuli yordamida olingan. Alifatik uglevodorodlar asosiy uchta guruhga bo’linadi: alkanlar, alkenlar va alkinlar. Alkanlar deb hamma bog’lari bitta bog’lardan tashkil etgan uglevodorodlarga aytiladi. Alkenlar uglerod-uglerod qo’sh bog’ini tutsa, alkinlar uglerod-uglerod uch bog’ini tutadilar. Alifatik uglevodorodlarning uchta sinfiga misol qilib, ikkita uglerod atomini tutgan birikmalar – etan, etilen va etinlarni keltirish mumkin. Aromatik uglevodorodlarning boshqacha nomi arenlar deyiladi. Arenlarning xossalari alkanlar, alkenlar va alkinlardan tubdan farq qiladi. Aromatik uglevodorodlar ichida eng muhim sanaladigani benzoldir.  Organik kimyoning ko’p prinsiplari uglevodorodlarning alkanlar, alkenlar, alkinlar va arenlar tartibidagi uglevodorodlar seriyalarini o’rganish yordamida ishlab chiqilishi mumkin. Funksional guruh berilgan aniq bir sharoitlar ostidagi molekulaning reaksion qobiliyati uchun ma’sul ob’ekt hisoblanadi. U yagona vodorod atomidek kichik yoki bir necha atomlardan tashkil etgan bo’lishi mumkin. Alkanning funksional guruhi vodorodi almashinadigan hohlagan guruh hisoblanadi. Keyingi bobda muhokama qilinadigan reaksiya alkanni xlor bilan ta’sirlashadigan reaksiyadir. Masalan, Etanning bitta vodorod atomi xlorga almashinadi. Vodorodning xlor bilan bunday almashinishi barcha alkanlarning reaksion tavsifi hisoblanadi va quyidagi reaksiya bo’yicha ifodalanishi mumkin: R−H + Cl 2 → R− Cl + HCl Alkan Xlor Alkil xlorid Vodorod xlorid Funksional guruhning ko’rinishi (– H) alkan molekulasining qoldig’i R deb qisqartirilganda aniq ko’rsatiladi. Bu odatda keng qo’llaniladigan belgilash bo’lib, bizning e’tiborimiz funksional guruh qayta o’zgarishi, o’zgarmay qolgan molekulaning qismlari yordamida boshqa tomonga burilmasligiga qaratiladi. Alkandagi vodorod atomi boshqa har qanday alkandagi vodorod atomining xlor atomiga nisbatan reaksion qobiliyati juda o’xshashdir. Bizning qobiliyat umumiy tenglamani yozish bo’lib, u organik kimyoda funksional guruh usuli nima uchun shunchalik foydali ekanligiga tushuntirishlar beradi. Vodorod atomi alkenlar, alkinlar, shuningdek alkanlardagi funksional birlik (o’lcham) hisoblanadi. Biroq bu uglevodorodlar ikkinchi funksional guruhni ham tutadi. Uglerod-uglerod qo’sh bog’i alkenlardagi funksional guruh va uglerod-uglerod uch bog’i alkinlardagi funksional guruhlar hisoblanadi. Vodorod atomi arenlardagi funksional sanaladi va biz arenlarni ArH sifatida ifodalaymiz. Biz arenlarning reaksion qobiliyatini muhokama qilganimizda, ularning kimyoviy tarkibi alkanlarga nisbatan boyroqdir. Shuning uchun uning bir butunligida halqani ko’rib chiqish funksional guruh sifatida ko’proq to’g’ri keladi. 4. Organik birikmalarning tuzilishi. Izomeriya hodisasi Izomerlar ikki asosiy guruhga bo’linadi: • Tuzilish izomerlar; • Fazoviy izomerlar yoki stereoizomerlar. S t r u k t u r a izomerlar yoki tuzilish izomerlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: Z a n j i r i z o m e r i ya s i. Masalan, butan quyidagi molekulyar formulaga ega C 4 H 10 . Atomlar orasidagi bog’larning ketma-ketligiga qarab ikki hil izomer holatda bo’ladi: n-butan 2- metilpropan * Funktsional guruh holatiga ko’ra: CH 3 –CH 2 – CH 2 OH CH 3 –CHOH–CH 3 Propanol-1 Propanol-2 S i n f l a r a r o guruhlar izomeriyasi. Masalan, C 2 H 6 O empirik formulaga ham spirt, ham oddiy efir mos keladi: CH 3 –CH 2 –OH CH 3 –O–CH 3 Etanol Dimetil efir F a z o v i y i z o m e r l a r y o k i s t e r e o i z o m e r l a r bir hil tuzilishga ega birikmalar, ya’ni molekuladagi atomlar yoki atom guruhlarning fazodagi joylanishi har hil birikmalardir. Molekuladagi atomlarning fazoviy tuzilishini ikkita eng muhim tushunchalar tavsiflaydi: • Optik izomeriya; • Geometrik izomeriya. > C = C < bog’ini tutgan birikmalar tuzilishi ma’lum darajada mustahkam bo’lganligi uchun, o’rinbosarlar qo’sh bog’ atrofida erkin aylana olmaydi, ular faqat qo’shbog’ga nisbatan fazoda turli hil tarafga yo’nalishi mumkin. Agar qo’shbog’ bilan bog’langan guruhlar turli tabiatli bo’lib, ikkalasi fazoda qo’shbog’ga nisbatan bir tarafga joylashsa – s i s -i z o m e r, har hil tarafda joylashsa, t r a n s - i z o m e r hosil bo’ladi. sis – Buten – 2 trans – Buten – 2 Geometrik izomerlar odatda turli fizikaviy va kimyoviy xossaga ega bo’ladi. Masalan, olein kislota sis-izomer bo’lib, moysimon suyuq modda bo’lsa, uning trans-izomeri elaidin kislota qattiq moddadir. Malein va fumar kislotalar ham izomeriyaning bu turiga misol bo’la oladi. Bilasizmi? Kimyo tarixida dastlab sintez qilingan organik modda oksalat kislota va mochevinadir (nemis kimyogari F. Vyoler 1824, 1828). Anilin sintezi (rus olimi N.N. Zinin 1832). Sirka kislota sintezi (nemis olimi G. Kolbe 1845). Yog’simon modda sintezi (fransuz olimi M. Bertlo 1854) Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A. M. Butlerov 1861). Fanga valentlik tushunchasi kiritildi (E. Frankland,1852) Uglerodning valentligi aniqlandi(F.Kekule, A.Kolbe,1857). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI 1. Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) 2. Anatol Malijevsk ґ y.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) 3. A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) 4. A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik)