logo

O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari

Yuklangan vaqt:

25.11.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

190.353515625 KB
O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari Reja: 1. O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi 2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar 3. Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari 4. Kimyoning stexiometrik qonunlari Kimyo –moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o’zgarishlarni o’rganadigan fan. Kimyo moddalarning tarkibini, tuzilishini, xossalarini va bir-birlariga o’zgarshishlariga olib keladigan reaktsiyalarni o’rganadi. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 18 mln.dan ortiq modda o’rganilgan. Masalan: suv, neft, oltin, temir, havo. Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga o’xshaydigan va birbiridan farq qiladigan belgilari. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo’linadi:  Moddaning fizik xossalari: zichlik, ta’m, rang, agregat holat (gaz, suyuq, qattiq va plazma), qaynash, erish, suyuqlanish, muzlash haroratlari, issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, qovushqoqlik, elastiklik va h.  Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metallmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish va h. Masalan: Suv (H 2 O) – 1) zichligi birga teng bo’lgan ta’msiz, rangsiz suyuqlik, 100 0 С da qaynaydi, 0 0 С da muzlaydi, issiqlik va elektr tokini yomon o’tkazadi. 2) yonmaydigan, neytral modda. Molekula – moddaning xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekulyarga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Atom – musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq atom fanga ma’lum. Atom – grekchadan olingan bo’lib, “bo’linmas” degan ma’noni anglatadi. Moddalarni o’rganish bilan har hil tabiiy fanlar shug’ullanadi, ular orasida kimyo eng muhim o’ringa va ahamiyatga ega. 1. O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi O’zbekiston Respublikasi kimyo fani va kimyo sanoatining rivojlanishi uchun hamma sharoitlarga ega. Yirik xomashyo zahiralari mavjud: bularga tabiiy gaz, gaz kondensati, fosforit, silvinit, osh tuzi, marmar, ohaktosh, neft va boshqalar kiradi. Kimyo korxonalari kompaniyalarida 30 mingdan ortiq yuqori malakali ishchilar ishlaydi. Oliy o’quv yurtlarida kimyo mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash amalga oshirilmoqda. 2001 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyati tuzildi. “O’zkimyosanoat” davlat aktsionerlar jamiyatining 2004-2007 yil va 2014 yilgacha korxonalarning “Rivojlanish va texnik qayta qurollanish rejalari” ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. Kimyo sanoatining rivojlanish yo’nalishlarining asosiy strategiyalariga: - harakatdagi mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish; - to’xtab qolgan ishlab chiqarish mahsulotlarini eksportbop qilib ishlab chiqarishni o’zlashtirish kabilar kiradi. Kalsiylangan soda (Na 2 CO 3 ) ishlab chiqarishni ko’paytirish hisobiga kimyo sanoatlari, qurilish materiallari sanoatlari uchun shisha, shisha mahsulotlari, silikagel ishlab chiqarishda zarur bo’lgan Na 2 CO 3 ning quvvati bir yilda 700 ming tonnaga yetkaziladi. 2005 yilda ushbu mahsulot ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi. Respublikaning oliy o’quv yurtlarida muhandis-texnik xodimlar, kimyogarlar va ishchi kadrlar tayyorlash bo’yicha tinimsiz ishlar olib borilmoqda. Har yili yirik kimyo korxonalariga, o’quv muassasalariga minglab yuqori malakali kadrlar tayyorlab bermoqda. “O’zbekiston o’z er osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi – bu erda Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan” degan jumlani hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov aytgan va O’zbekistonda kimyoni rivojlanishiga haqiqiy ob’ektiv baho bergan. O’zbekiston bugungi kunda oltin zahirasi bo’yicha dunyoda 4-o’rinda, uni qazib olish bo’yicha 7-o’rinda turadi. Respublikamizning Navoiy va Chirchiq shaharlarida joylashgan eng yirik elektr kimyo kombinatlari bugungi kunda o’z maxsulotlari bo’yicha nafaqat Respublikamiz talabini qondirib qolmasdan, balki jahonning qator mamlakatlariga o’z mahsulotlarini eksport qilmoqda. Respublikamiz Mustaqillikka erishgandan keyin o’nlab yangi neft’ konlari izlab topildi va bugungi kunda ularning soni 160 dan oshib ketdi. Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy – G’arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg’ona kabi mintaqalarda neft va gazning yirik zahiralari mavjudligi aniqlandi. 2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar O’zbekistonda nafaqat anorganik kimyoning, balki kimyoning hamma tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek kimyogar olimlaridan Obid Sodiqovich Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov, Malik Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich Usmonov, Karim Sodiqovich Axmedov, Zokirjon Salimovich Salimov va boshqalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan buyuk o’zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 1-rasm. Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) O’z.FA akademigi. O’z.FA.Prezidenti (1966- 1984). Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofati laureati. O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o’zbek olimi. Sodiqov Obid Sodiqovich organik, bioorganik va tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim, ilmiy ishlari O’rta Osiyodagi alkaloidli o’simliklarni tekshirish, yangi alkaloidlar ajratib olish, ularning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashga, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasiga, g’o’za tarkibidagi alkaloidlarni, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklarni tarkibidagi alkaloidlarni muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgandir. G’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilgan. Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini ham chuqur o’rganish asosida ayrim guruh moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik vazifasini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi. Bu tadqiqotlarda spektroskopiya, kvant kimyosi, stereokimyo kabi eng zamonaviy tahlil usullari qo’llanildi.Bu organik kimyo, bioorganik kimyo va biokimyo kabi fanlarining muhim nazariy masalalarini hal etishga imkon berdi. O.S.Sodiqov rahbarligida respublikamizda birinchilardan bo’lib, turli guruhdagi tabiiy birikmalarning reaktsiyaga kirishish mohiyatini, ularning tuzilishi va molekulalari konformatsiyasi bilan o’zaro aloqadorligi o’rganildi. O.S.Sodiqov O’z.R.FA.Prezidenti sifatida bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi, paxta tsellyulozasi, biologiya, geologiya kabi sohalarning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimdir. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining va bir qator chet ellar akademiyalarining akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek kimyogarlaridan biri Sobir Yunusovich Yunusovdir. 2-rasm . Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1995) O’zFA akademigi, «Leopol’din» nomidagi nemis tabiatshunoslari akademiyasi akademigi. D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukof о ti laureati” Buyuk xizmatlari uchun”ordenlari bilan mukofatlangan. Ilmiy ishlar io’simliklar tarkibidan alkaloidlarni izlash, ularni ajratib olish, xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanilishiga bag’ishlangan. Akademik Sobir Yunusovich rahbarligida alkaloidlarning o’simliklarda yig’ilish dinamikasi va hosil bo’lish mexanizmi chuqur o’rganildi. To’rt mingdan ortiq o’simlik o’rganilib, ularning yarmisi tarkibida alkaloid mavjudligi aniqlandi. Bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olindi. Uch yuzdan ortiq yangi alkaloidlarning tuzilishi aniqlandi. Ko’pgina preparatlarning tibbiyotda qo’llanilishiga Sobir Yunusovichning xizmati katta bo’ldi. Uning rahbarligida yuqori samarali pestitsidlar topildi va qishloq xo’jaligiga joriy etildi. 3. Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari Dastlab, moddalar ko’zga ko’rinmaydigan zarrachalardan iborat degan tasavvurlar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan edi. Eramizdan ilgari V asrda yaratilgan bu atom gipotezasi rivojlanmasdan qolib ketdi. Undan yigirma asr o’tgach, ya’ni XVI asrning boshida fransuz olimi, fizik, matematik va filosof P. Gassendi tarixda unutib yuborilgan atom tushunchasini yana fanga kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning hillari ko’p emas, degan fikrni maydonga tashladi. Ammo atom-molekulyar nazariya yana rivojlanmaganicha qolib ketdi. Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta’limot ancha keyin XVIII-XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta’limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning asoslarini «Matematik kimyo elementlari» degan asarida bayon etdi. M.V.Lomonosov tomonidan yaratilgan korpuskulyar nazariyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1) barcha moddalar «korpuskula»lardan iborat bo’lib, ular birbirlaridan oraliq, ya’ni fazo bilan ajralgandir (Lomonosovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma’nosiga ega). 2) «korpuskula»lar to’xtovsiz harakatda bo’ladi; 3) «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» ma’nosiga ega). «Elementlar» ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi; 4) «element»lar aniq massa va o’lchamga ega; 5) oddiy moddalarning «korpuskulalari» bir hil «element»lardan murakkab moddalarning «korpuskulalari» turli «element»lardan tuzilgan. Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o’zgarishlarning tabiati haqidagi hozirgi zamon tasavvurlarimiz atommolekulyar ta’limotga asoslanadi. Atom-molekulyar ta’limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya’ni moddalar yaxlit bo’lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Yadro zaryadi bir hil, atom massasi va neytronlar soni har hil, bo’lgan atomlar izotoplar deb ataladi . Z- yadro zaryadi(Atom no’meri), A- atom massasi. Masalan: vodorodni 3 ta izotopi ( 1 H, 2 H, 3 H), xlorni 2 ta izotopi ( 35 C1, 37 C1), simobni 7 ta izotopi tabiatda uchraydi. Hozirgi kunda izotoplarninig soni, ayrim ma’lumotlarga qaraganda 2000 dan ortiq, 400 ga yaqini tabiatda uchraydi, qolganlari sun’iy hosil qilingan. Elementlarning tartib raqami va atom massasi aniq bo’lsa uning ayni izotopidagi neytronlar soni quyidagicha hisoblab chiqiladi. N=A-Z - neytronlar soni Z - protonlar soni (tartib raqami) A- atomning nisbiy massasi (atomning massa soni) Masalan: xlor 37 izotopdagi neytronlar soni N =37-17=20 ga teng bo’ladi. Keyingi paytda chiqqan adabiyotlarda izotop o’rnida nuklid so’zi ishlatilmoqda. Nuklidlar – bu yadrosida ma’lum sonda Z va N saqlaydigan atomlar. Masalan, kislorod-18 izotopida protonlar soni 8 ta, neytronlar soni N=18-8=10 ta Ko’pchilik elementlarning bunday izotoplari (nuklidlarni) nechta bo’lishidan qat’iy nazar bir hil kimyoviy xossaga ega bo’ladi. Shunday atomlar borki, qaysiki ularning yadro zaryadi har hil, lekin atom massasi bir hil bo’ladi. Bunday atomlar izobarlar deb ataladi. Masalan: K-40, Ca-40, Ar-40. Ular har hil element atomlari bo’lgani uchun kimyoviy xossalari bilan tamoman bir-biridan farq qiladi. Atom massa. Nisbiy atom massa. Atomlar nihoyatda kichik zarracha bo’lgani uchun, ularni odatdagi eng sezgir tarozilar bilan ham o’lchab bo’lmaydi. Shuning uchun dastlab atomlarning og’irliklari bir-biriga solishtirib ularning nisbiy massalari aniqlangan. Ular dastlab vodorod, keyinchalik kislorod birligida, 1961 yildan uglerod birligida ifodalangan. Hozirgi paytda uglerod-12 izotopi masasininig 1/ 12 ulushi massaning atom birligi (m.a.b.) qilib olingan. Boshqacha qilib aytganda uglerod atomining 12 ta massasi bir-biriga teng «sharcha»lardan iborat hisoblanib, ulardan bittasi 1(m.a.b.) o’lchov birligi – etalon qilib qabul qilingan shunga muvofiq: atom massasining atom birligida ifodalangan og’irligi uning nisbiy massasi deb ataladi. Masalan, magniyning nisbiy atom massasi 24 m.a.b. ga teng degani, bu uning uglerod-12 atomi massasining 1/12 ulushi –1 m.a.b.dan 24 marta katta (og’ir) ekanligini anglatadi. Absolyut atom massa. Keyingi paytlarda tortish texnikasini takomillanishi bilan atomlar qanchalik mayda bo’lmasin ularning haqiqiy (absolyut) massalarini o’lchash imkoniyati yaratildi. Atomning absolyut massasi halqaro birlik kilogrammlarda ifodalandi. Allotropiya xodisasi- bitta element atomi bir bechta oddiy moddalar hosil qilishiga aytiladi. Kislorodning 2 ta allotropik shakl o’zgarishi mavjud: O 2 (kislorod) va O 3 (ozon)lardir. Fosfor elementining 3 ta allotropik shakl o’zgarishi mavjud bular oq, qora va qizil fosforlardir. Uglerodning allotropik shakl o’zgarishlari quyidagilar: olmos, grafit va karbin hisoblanadi. 4. Kimyoning stexiometrik qonunlari Moddalar masasining saqlanish qonuni: M. V. Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. Natijada u massaning saqlanish qonunini kashf etdi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi. Lomonosov bu qonunini birinchi marta 1748 yilda ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idishlarda qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi. 1789 yilda moddalar massasining saqlanish qonuni fransuz kimyogari Lavuazye tomonidan kashf etildi (Lomonosov ishidan bexabar holda). Lavuazye kimyoviy reaksiyalarda moddalarning umumiy massalaridan tashqari o’zaro ta’sir qiluvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari ham saqlanib qolishini ko’rsatadi. 1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasida bog’lanish borligini ko’rsatadi va bu bog’lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalaydi: E= mc2( Bu tenglamadagi c - vakuumdagi yorug’lik tezligi 2,997925·10 8 m/s yoki taxminan 300000 km/s ga teng). Eynshteynning bu tenglamasi mikro zarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir. Kimyoviy reaksiyalar natijasida doimo ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi yoki yutiladi. Ammo kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdorlariga to’g’ri keladigan massa miqdori nihoyatda kam bo’lganligidan uni o’lchash qiyin. Shu sababli kimyoviy reaksiyalarda energiyaga aylanib ketadigan massa hisobga olinmaydi. Kimyoviy reaksiya tenglamasi uning miqdoriy tavsifi hisoblanadi. Kimyoviy reaksiya uchun elementlarning qancha atomi olingan bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar molekulasida o’shancha atom saqlanadi.Reaksiyaga kirishgan moddalarning massalari reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning massalariga teng. Masalan, temir bilan oltingugurt atomlari orasida reaksiyani olib ko’raylik. M.V.Lomonosov 1748 yilda moddalar massasini saqlanish qonunini kashf etdi. Kimyoviy reaksiya vaqtida atomlar yo’qolmaydi va yo’qdan paydo ham bo’lmaydi, balki ular qayta guruhlanadi. Atomlar soni reaksiyadan oldin ham, keyin ham o’zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o’zgarmaydi. Massa tushunchasi bilan energiya tushunchasi orasida o’zaro bog’lanish mavjud. Harakatdagi zarrachaning massasi harakat tezligiga bog’liq ravishda ifodalanadi: mo m = 2 2 1 - v ÷ c bu erda: m o - v = 0 bo’lgandagi zarrachaning tinch massasi; m- harakatdagi zarrachaning massasi; c - yorug’lik tezligi 3·10 10 sm/sek 2 . Bu tenglamadan agar zarracha tezligi V = C bo’lsa zarrachaning massasi cheksiz katta bo’ladi; agar zarracha tezligi kichik bo’lsa m = m 0 bo’ladi degan xulosa kelib chiqadi. Massa bilan energiya orasidagi miqdoriy bog’lanish borligini dastlab M.V.Lomonosov ko’rsatgan edi. M.V.Lomonosov tomonidan taklif qilingan massa va energiyaning saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonuni hisoblanadi. Materiya massasi xuddi energiyadek vaqt o’zgarishi bilan doimiy bo’lib qoladi. ∑ M = const ∑ E = const Massa va energiyaning bog’liqligi A.Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi. E = mc 2 yoki Δ E = Δ mc 2 Bu tenglama energiya o’zgarganda massa o’zgarishini va aksincha massa o’zgarganda energiya ham o’zgarishini ko’rsatadi. Ekvivalent. Ekvivalentlar qonuni. Ingliz olimi J.Dalton elementlar muayyan miqdorlardagina o’zaro birika oladi, degan fikrni aytdi va bu miqdorlarni «birikuvchi miqdorlar» deb atadi. Ammo keyinroq bu termin o’rniga ekvivalent termini qabul qilindi. Ekvivalent so’zi «teng qiymatli» demakdir bu terminni kimyoga 1814 yilda Valloston kiritgan. Elementning bir massa qism vodorod yoki sakkiz massa qism kislorod bilan birika oladigan yoki shularga almashina oladigan miqdori uning ekvivalenti deb ataladi. Masalan, kalsiyning ekvivalenti 20 ga teng, 8 massa qism kislorod bilan qoldiqsiz birikadi (CaO). Elementning ekvivalentini uning vodorod yoki kislorod bilan hosil qilgan birikmasi tarkibi orqali yoki vodorodga almashinishi orqali hisoblab topiladi. Shuni ham aytish kerakki, biror elementning ekvivalentini vodorod yoki kislorod orqali aniqlash shart emas, ekvivalenti ma’lum bo’lgan biror element bilan hosil qilgan birikmasi yordamida ham aniqlasa bo’ladi. Ekvivalent tushunchasi murakkab moddalarga ham tatbiq qilinadi. Murakkab moddaning vodorodning bir ekvivalenti bilan yoki umuman boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan miqdori shu murakkab moddaning ekvivalenti deb ataladi. Tahlil va hisoblashlarda, umuman turli reaksiyalarda, ko’pincha elementlar, kislotalar, asoslar, tuzlarning ekvivalentlarini hisoblashga to’g’ri keladi. Elementning ekvivalenti uning atom massasini valentligiga bo’lish bilan hisoblanadi, elementning atom massasi ekvivalentining valentligiga ko’paytmasiga tengdir. Valentligi o’zgaruvchan elementlarning ekvivalentlari ham o’zgaruvchan bo’ladi. Kislota ekvivalentini hisoblash uchun molekulyar massasini kislotaning negizligiga bo’lish kerak, (1) formulada keltirilgan kabi. Masalan: Asos ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini (2) formulada keltirilgan kabi shu asos tarkibidagi metallning valentliligiga bo’lish kerak. Masalan: M r Tuz ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini tuz tarkibidagi metallning umumiy valentligiga bo’lish kerak, masalan: Kimyoga «ekvivalent» tushunchasi kiritilgandan so’ng ekvivalentlar qonuni quyidagicha ta’riflandi. Elementlar (moddalar) bir-birlari bilan o’z ekvivalentlariga proporsional bo’lgan miqdorlarda birikadilar. Gazning molekulyar massasi uning havoga nisbatan zichligiga qarab ham topiladi. Havo garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo’lsa ham, uning tarkibi doimiy bo’lgani uchun o’rtacha molekulyar massasi ham doimiy bo’lib, 29 ga teng. Tekshiriladigan gazning havoga nisbatan zichligini D havo bilan belgilasak, molekulyar massasini hisoblab topish uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz: M = 29 ∙ D havo Bu usulning asosiy qiyinchiligi gazning nisbiy zichligini topishdir. Molekulyar massani topishning yana bir necha usullari bor. Shulardan biri Meyer usulidir : Tarkibiy qismlarga ajralmay qaynaydigan suyuqliklarning molekulyar massasini aniqlash uchun V.Meyer usulidan foydalanamiz. Bunda modda bug’lari rezervuardan havoning bir qismini siqib chiqaradi, siqib chiqarilgan havoning hajmi modda bug’ining hajmiga teng bo’ladi. Haydab chiqarilgan havo silindrga yoki byuretkaga suv ustida yig’iladi. Hisoblash Klapeyron-Mendeleev tenglamasi: yordamida olib boriladi. Bu erda, g – suyuqlikning (suyuqlik maxsus shisha sharchada olinadi) massasi, V – modda bug’lari siqib chiqargan havoning hajmi; T – havo yig’ilgan idishdagi harorat; В - atmosfera bosimi; h – ayni haroratdagi suv bug’i bosimi. Tarkibning doimiylik qonuni . Lomonosovning moddalar tuzilishi haqidagi fikrlarini o’sha zamon olimlari tushunmadilar. Bu fikrlarni o’sha davrda tajriba yo’li bilan tekshirish imkoniyati yo’q edi. Shu sababli atom-molekulyar ta’limot rivojlanmadi. Chunki o’zaro ta’sir etuvchi moddalar bilan ta’sirlashuv natijasida hosil bo’ladigan moddalar orasidagi nisbatni tushuntirib beruvchi qonunlar hali kashf qilinmagan edi. Bu qonunlar faqat XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida kashf etildi. A. Lavuazye 1787 yilda karbonat angidrid gazini 10 hil usul bilan hosil qildi va bu usullarning barchasida olingan gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat bir hil (3:8) ekanligini aniqladi. Shundan keyin har qanday kimyoviy toza birikmalarni tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosaga kelindi. 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tajribalari asosida kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkiblari reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liqdir, degan xulosaga keldi. Fransuz olimi Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta tahlil qildi: toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir hil bo’lishini juda ko’p tahlillar bilan isbotladi. Prust bilan Bertole orasidagi munozara 7 yil davom etdi. Ko’pchilik olimlar Prust xulosalarini yoqladilar va natijada 1808 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibining doimiylik qonuni kashf etildi. U quyidagicha ta’riflanadi. Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, toza suv – H 2 O tarkibida 11,11% vodorod va 88,99% kislorod bo’ladi. Karbonat angidrid – CO 2 tarkibida 27,29% uglerod va 72,71% kislorod bo’ladi. Tarkibning doimiylik qonunini hamma moddalar uchun qo’llash mumkin emas. Masalan, izotoplarda ayni modda tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari orasidagi nisbat faqat bu elementlarning izotop tarkibi doimiy bo’lgandagina o’zgarmas bo’lishi mumkin. Elementlarni izotop tarkibi o’zgarganda birikmalarning miqdoriy tarkiblari ham o’zgaradi. Masalan, og’ir suv tarkibida 20% ga yaqin vodorod bo’lsa, oddiy suv tarkibida faqat 11% vodorod bo’ladi. Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi. Atom tuzilishiga ega bo’lgan moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bu qonunga bo’ysunmasligi mumkin. Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S. Kurnakov rivojlantirdi. U qotishma va eritmalar haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar deb atadi. Masalan, vismutni talliy bilan hosil qiladigan birikmalarida talliyning bir og’irlik massasiga vismutning 1,24 dan 1,82 gacha bo’lgan og’irlik massasi to’g’ri kelishi mumkin. O’zgarmas tarkibli birikmalar bo’lgani singari, o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo’lar ekan. N.S. Kurnakov taklifiga ko’ra, o’zgarmas tarkibli birikmalar dalt о nidlar(ingiliz fizik kimyogari Daltonning xotirasiga bag’ishlab) deb nomlandi. XX asrning 30-yillarida bertolidlar faqat metallarning bir-biri bilan hosil qiladigan birikmalaridagina kuzatilmasdan, ularning tabiiy birikmalar orasida ham uchrashi aniqlandi. Masalan, oksidlar, metallarning oltingugurt, azot, uglerod, vodorod bilan hosil qiladigan birikmalari orasida bertolidlar uchrashi mumkin. Gaz qonunlari. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni. Avogadro qonuni Kimyo sanoatida halq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ko’pchilik mahsulotlarni ishlab chiqarishda gaz moddalardan foydalaniladi. Shu sababli gaz moddalarning miqdoriy tavsifiga doir nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan batafsilroq tanishib chiqish lozim. Gazlar orasida bo’ladigan reaksiyalarni miqdoriy jihatdan dastlab tekshirgan olim gazlarning issiqdan kengayishi haqidagi mashhur qonunning yaratuvchisi fransuz olimi Gey-Lyussak bo’ldi. U, 1804 yildan 1808 yilgacha, reaksiyaga kirishadigan va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan gazsimon moddalarning hajmlarini o’lchash bilan shug’ullandi. Hajmiy nisbatlar qonuni. Reaksiyaga kirishadigan gazlar hajmlarining bir-biriga nisbati va reaksiyada hosil bo’ladigan gazsimon mahsulotlar hajmlariga nisbati kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi. Albatta, bunda reaksiyada ishtirok etadigan hamma gazlarning hajmlari bir hil bosim va bir hil harorat sharoitida o’lchanadi. Gey-Lyussak qonunining to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun, gazsimon moddalar orasida bo’ladigan ba’zi reaksiyalarni ko’rib chiqamiz. Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori haroratda reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug’i hosil bo’ladi. Yoki 1 hajm vodorod 1 hajm xlor bilan birikib, 2 hajm vodorod xloridni hosil qiladi. E’tibor bergan bo’lsangiz, birinchi misolda vodorodning kislorod bilan birikishida, ularning hajmlari va hosil bo’ladigan suv bug’ining hajmi orasida juda oddiy nisbatlar bor. O’zaro reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari orasidagi nisbatlarning oddiyligi bu o’rinda gazlarning qandaydir asosiy xossasi, bosim va harorat o’zgarganda hamma gazlarning hajmi ham bir hilda o’zgarishi bilan ifodalanadigan xossasi barcha ximiklarni o’ziga jalb etdi. O’sha davr kimyogari Berseliusning fikriga ko’ra, bu xossa shundan iboratki, bir hil sharoitda olingan va hajmlari bir hil bo’lgan gazlardagi atomlar soni teng bo’ladi. Ammo, bu taxmin darhol bir necha ziddiyatga duch keldi. Darhaqiqat, hajmlari o’zaro bir hil bo’lgan gazlardagi atomlar soni teng bo’lsa, u holda, 1 hajm xlor va 1 hajm vodoroddan 1 hajmdan ortiq vodorod xlorid hosil bo’lmasligi kerak, chunki vodorod xloridning murakkab atomi, kam deganda 1 ta xlor va 1 ta vodoroddan iborat bo’lishi lozim. Holbuki, Gey-Lyussak tajribalarida 2 hajm vodorod xlorid hosil bo’lgan. Berseliusning fikri to’g’ri bo’lganda edi, 1 hajm vodorod bilan 1 hajm xlordan 1 hajm vodorod xlorid hosil bo’lgan bo’lardi: Gey-Lyussak qonunlarini izohlab berishni yo’lini Italyan fizigi Avogadro topdi. U, 1811 yilda, har qanday moddaning mustaqil ravishda mavjud bo’la oladigan eng kichik zarrachasi- m o l e k u l a degan tushuncha kiritilsa va, atom tushunchasi ham saqlanib, atom turli birikmalaridagi elementning eng kichik miqdori deb hisoblansa, bu ziddiyatlar osongina bartaraf bo’ladi, deb ko’rsatdi. Shu bilan birga Avogadro oddiy moddalarning molekulalari elementar atomlarning aynan o’zi emasligini alohida ta’kidlab o’tdi; aksincha, oddiy moddalarning molekulalari odatda, bir hil atomlarning bir nechtasidan tuzilgan. Avogadro gipotezasining asosiy qoidasi quyidagidan iborat: Bir hil sharoitda (bir hil harorat va bir hil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalari soni o’zaro teng bo’ladi. Avogadro gipotezasi reaksiyaga kirishadigan va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan gazlarning hajmlari orasidagi oddiy nisbatlarni izohlabgina qolmay, balki oddiy va murakkab gazlarning molekulalaridagi atomlar soni to’g’risida ham juda muhim ba’zi xulosalarni chiqarishga imkon berdi. Avogadro gipotezasi hilma- hil faktlar bilan tasdiqlandi va 1860 yildan boshlab Avogadro qonuni deb tan olindi. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni Avogadro qonuni asosida juda qulay izohlanadi. Masalan, 1 hajm vodorod 1 hajm xlor bilan birikib, 2 hajm vodorod xlorid hosil bo’lishini quyidagicha izohlash mumkin: vodorod va xlorning har bir molekulasi ikki atomdan iborat; vodorodning bitta atomi xlorning bitta atomi bilan birikib, bitta vodorod xlorid molekulasini hosil qiladi; vodorodning ikkinchi atomi esa xlorning ikkinchi atomi bilan birikib, yana bir vodorod xlorid molekulasini hosil qiladi; shunday qilib, Avogadrodan mustaqil ravishda Amper ham Avogadro xulosasiga o’xshash xulosaga keldi. Amper o’z gipotezasini quyidagicha ta’rifladi: bir hil sharoitda molekulalar orasidagi masofa hamma gazlarda ham bir hildir. Avogadro qonunidan uchta xulosa kelib chiqadi: 1) oddiy gazlarning molekulalari ikki atomdan iborat. Molekulyar massalarni aniqlash shuni ko’rsatdiki, oddiy gazlarning molekulalari ikki atomdan (H 2 , F 2 , CI 2 , O 2 , N 2 ), nodir gazlarning molekulasi esa-bir atomdan tarkib topgan (He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn). Nodir gazlar uchun “molekula” va “atom” tushunchalari teng qiymatlidir. Lekin ayrim oddiy moddalarning molekulalari uch va undan ko’p atomlardan tarkib topgan, masalan, ozon O 3 , fosfor P 4 molekulalari, o’rtacha haroratda oltingugurt bug’lari S 8 . 2) normal sharoitda bir mol miqdordagi gaz 22,4 l hajmni egallaydi. Bu hajm gazning molyar hajmi ( aniq qiymati 22,414 l/mol ) deyiladi. Gazlarning molyar hajmi-bu modda hajmining shu moddaning miqdoriga nisbatidir: V m = V . n 3) bir hil sharoitda baravar hajmda olingan ikki gaz massalari orasidagi nisbat shu gazlarning molekulyar massalari orasidagi nisbatga teng. m 1 :m 2 =M 1 :M 2 . Bundan, bir gaz hajmi massasining xuddi shunday hajmdagi ikkinchi gaz (o’sha sharoitlarda olingan) massasiga nisbati birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi (D harfi bilan ifodalanadi): Gazsimon moddalarning hajmi va miqdori uning tarkibidagi zarracha (molekula, atom)lar soniga bevosita bog’liqdir. Ma’lum bir miqdordagi modda molekulalari soni bir-biriga teng bo’ladi. Har qanday moddaning “1 mol” miqdori tarkibida 6,02•10 23 ta zarracha (molekula, atom, ion) lar bo’ladi. Bu Avogadro soni deyiladi. Avogadro qonuni. Atom va molekula, ularning o’lchamlari. Italyan fizigi Avogadro (1776-1856) moddaning eng kichik zarrachalari molekulalar, elementlarning eng kichik zarrachalari esa atomlar degan fikrni aytdi. Uning ta’limotiga ko’ra oddiy moddalarning molekulalari bir element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari turli elementlarning atomlaridan tuziladi. Bu bilan Avogadro Lomonosovning moddalarning tuzilishi haqidagi ta’limotni quvvatladi va 1811 yilda quyidagi qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi. Bir hil harorat va bir hil bosimda olingan teng hajmdagi har qanday gazlarning molekulalari soni teng bo’ladi. Berselius va uning tarafdorlari Avogadro topgan qonuniyatni e’tirof etmadilar. 1840 yildagi kimyogarlar xalqaro s’ezdidan keyin bu gipoteza Avogadro qonuni deb tan olindi, molekula va atomga quyidagi ta’rifni berdilar. Molekula moddaning mustaqil mavjud bo’la oladigan va moddaning kimyoviy xossalariga ega bo’lgan eng kichik zarrachasidir. Atom elementning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarrachasidir. Har bir elementning barcha atomlari bir hil xossalarga egadir. Bir elementning atomlari o’zaro birikkanda oddiy modda hosil bo’ladi. Masalan: H 2 , N 2 , O 2 , Cl 2 . Demak, oddiy modda bo’lgan vodorod ikkita vodorod atomlaridan tuzilgan. Turli element atomlarining birikishidan murakkab modda hosil bo’ladi, masalan suv H 2 O modda vodorod bilan kislorod atomlaridan iborat, shakar C 12 H 22 O 11 esa uglerod, vodorod va kislorod atomlaridan iboratdir. Atom va molekulalar nihoyatda mayda zarrachalardir. Atom va molekulalarni kichik doira shaklidagi zarrachalar deb hisoblasak, ularning radiusi santimetrning yuz milliondan bir ulushlari bilan, ya’ni Ǻ (angstremlar) bilan ifodalanadi. (1Ǻ = 10 -8 sm = 10 -10 m). Alyuminiy atomining radiusi 1,43Ǻ ga, oltin atomining radiusi 1,44 Ǻ ga, temir atomining radiusi esa 1,27Ǻ ga tengdir. Gazlarning zichligi va nisbiy zichligi haqida tushuncha . Agar har hil gazlardan bir hil sharoitda 1 l dan olsak, ulardagi molekulalar soni baravar bo’ladi. Ammo olingan gazlarning og’irliklari har hil bo’ladi, chunki bir gazning molekulyar og’irligi bir hil bo’lsa, ikkinchi gazning molekulyar og’irligi boshqacharoq bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki, molekulalar soni teng bo’lgani holda, bir gaz molekulasi ikkinchi gaz molekulasidan necha marta og’ir bo’lsa, birinchi gaz ham ikkinchi gazdan shuncha marta og’ir bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilganiday bir hil sharoitda teng hajmdagi gazlar massalarining o’zaro nisbati gazlarning nisbiy zichligi deb ataladi. Masalan, kislorodning vodorodga nisbatan zichligi: Mr ( O 2 ) 32 D H 2 = = = 16. Mr ( H 2 ) 2 Har qanday gazsimon moddaning zichligi hajm birligidagi (1 litr) gazsimon moddaning massasi bo’lib, ρ -bilan belgilanadi; birligi g/l, kg/m 3 . Avogadro qonunidan foydalanib, masalalar ishlashda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin: 1. Moddaning berilgan massasidan foydalanib, undagi molekulalar sonini, hajmini (n.sh.) (agar u modda gaz yoki gaz holatiga o’ta oladigan bo’lsa) aniqlash. m N = * N A Mr m V = * V m Mr m n = (12) Mr bunda N-modda molekulalari soni; N A -Avogadro soni (6,02•10 23 ) o’zgarmas qiymat; m-modda massasi g (kg); M r -moddaning molekulyar massasi g/mol (kg/kmol); V-modda hajmi (n.sh.) l (m 3 ); V m -gazlar molyar hajmi (22,4 l) o’zgarmas qiymat; n-modda miqdori, mol (kmol). 2. Moddaning berilgan hajmidan (n.sh.) foydalanib, uning massasini, undagi molekulalar sonini topish. V m = * Mr V m V N = * N A V m V n = V m 3.Moddaning molekulalar sonidan foydalanib, uning massasini, hajmini (n.sh.) topish. N m = * Mr N A N V = * V m N A N n = N A 4. Modda miqdoridan foydalanib, modda massasini, undagi molekulalar sonini hamda hajmini (n.sh.) topish. m = n * Mr N = n * N A V = n * V m Zarrachalar radiuslaridan kattaroq masofalarda neytral atomlar, ionlar yoki molekulalararo ta’sir etadigan juda zaif o’zaro tortishuv kuchlari Van-der-Vaals kuchlari yoki zarrachalararo kuchlar deb ataladi. Ayni modda molekulalari (ionlari yoki atomlari) orasida o’zaro tortishish kuchlarining namoyon bo’lishi – kogeziya, turli hil moddalarning molekulalari orasidagi tortishish kuchlarining namoyon bo’lishi esa – adgeziya deb ataladi. Van-der-Vaals kuchlari uch hil ko’rinishda bo’ladi: 1) orientatsion, 2) induksion va 3) dispersion kuchlar. Ularning umumiy energiyasi uch holat energiyalari yig’indisiga teng: U um =U or +U ind+ U disp Orientatsion kuch faqat qutbli zarrachalar orasida bo’ladi. Qutbli molekulalar o’zaro yaqinlashganida ularning bir hil ishorali qutblari birbiridan qochadi, qarama-qarshi ishorali qutblar esa bir-biriga tortiladi. Natijada bunday molekulalar fazoda ma’lum tartibda joylashadi. Orientatsion kuch energiyasi ayni moddaning qutblanuvchanligiga va molekulalararo masofaga teskari proporsional bo’lib, harorat ko’tarilganida orientatsion kuch kamayadi, haroratning ko’tarilishi zarrachalarning tartibsiz harakatini kuchaytirib, qutbli zarrachalarning o’zaro batartib yo’nalgan holatini o’zgartirib yuboradi. Keezom oddiy orientatsion kuch energiyasini hisoblash uchun quyidagi formulani taklif qildi: bu erda: μ – dipol moment. U or – orientatsion ta’sir energiyasi, r – dipollarning markazlararo masofasi, N – Avogadro soni, R – universal gaz doimiysi, T – absolyut harorat . Orientatsion ta’sir energiyasi katta dipol momentli moddalar (masalan, suv, ammiak) orasida kuchli namoyon bo’lib, ba’zi modda (masalan, uglerod (CO- oksid) orasida (chunki uning dipol momenti kichik) kuchsizdir. Induksion kuchlar qutbli va qutbsiz zarrachalar orasida vujudga keladi. Qutbsiz molekula yaqiniga qutbli molekula kelganida qutbsiz zarracha qutblanadi. Uning qutbli zarrachaga yaqin qismida qarama-qarshi ishorali, uzoq qismida esa bir hil ishorali zaryadlar hosil bo’ladi. Natijada qutbsiz molekula induksion dipolga ega bo’lgan zarrachaga aylanadi. Ikkita qutbli molekula orasida ham induksion ta’sir vujudga kelishi mumkin, chunki ular bir-biriga yaqinlashganda o’zaro induksiya-lanish tufayli ularning qutbliligi ortadi. Qutbliligi o’zaro teng bo’lgan ikki zarracha orasida vujudga keladigan induksion ta’sir energiyasi Debay taklif etgan quyidagi formula bilan hisoblanadi: bu erda: α – molekula elektron qobig’ining qutblanuvchanligi (deformatsiyalanuvchiligi), r — masofa, μ — dipol momenti; U ikd – induksion ta’sir energiyasi. Induksion ta’sir energiyasi orientatsion ta’sir energiyasidan deyarli 10–20 marta kichik. Yuqoridagi formulaga muvofiq induksion ta’sir energiyasi haroratga bog’liq bo’lmasligi kerak, bu formulada ikkinchi molekula izotop deb faraz qilingan. Molekulalararo kuchlar kimyoda katta ahamiyatga ega, chunki moddalarning fizik xossalari (suyuqlanish harorati, eruvchanligi, qattiqligi, issiqdan kengayish koeffitsientlari, pishiqligi, moddalarni o’zida eritish qobiliyati va hokazolar ayni shu kuchlarga bog’liq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI 1. Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik) 2. Anatol Malijevsk ґ y.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik) 3. A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik) 4. A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik)