logo

Maktabda kimyoviy tajriba, uning vazifalari. Kimyoviy tajribalar va kimyo xonasiga bo’lgan talablar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38 KB
Maktabda kimyoviy tajriba, uning vazifalari. Kimyoviy tajribalar va kimyo xonasiga bo’lgan talablar Reja. 1. Kimyo o’qitish jarayonida eksperiment, uning turlari. 2. Kimyoviy tajribalar ko’rsatish. 3. Maktabda kimyo xonasiga qo’yiladigan talablar. 4. Kimyoviy tajribaning bajarilishiga bo’lgan talablar. 5. Ko’rgazmali va o’quv tajribalarga qo’yilgan talablar. 6. Kimyoviy tajribalar o’qitish jarayonida qachon qo’llaniladi? Maktabda kimyo asoslarini o’qitish tegishli kimyoviy tajribalarni tashkil etmasdan turib takomillasha olmaydi. Kimyoviy tajriba moddalar va kimyoviy reaktsiyalar xaqidagi bilim manbai - o’quvchilarning bilim olish faoliyatini oshirish va darsga barqaror qiziqishini tarbiyalashda, kimyoviy bilimlarni amalda qo’llash tasavvurlarning shakllanishida muxim shart xisoblanadi. Tajriba - mavzui yoki eng muhim tomonlarini turli asbob-qurol, texnik vositalar yordamida ajratish va o’rganish imkonini beradi. Zarur bo’lganda tajriba tadqiqotchi tomonidan takrorlanishi mumkin. Bu esa ko’p jihatdan ilmiy tajribaning asosiy vazifasini bizni qurshab turgan borliq haqida ishonchli dalillar olishni aniqlaydi. O’quv tajribasining ilmiy tajribadan farqi shuki, uning natijasi oldindan ma’lum bo’ladi. O’quv tajribasi texnik jihatdan birmuncha sodda va odatda vaqti cheklangan bo’ladi. O’quv tajribasi maktab kimyo kursida oziga xos o’rganish ob’ekti, tadqiqot usuli, yangi bilimning vositasi va manbaidir. Maktab kimyoviy tajribasi uch asosiy vazifani bajaradi: O’qitish, bilim olish - kimyo asoslarini ozlashtirish uchun amaliy muammolarni qo’yish va yechish, hozirgi zamon hayotida kimyoning ahamiyatini aniqlash. Tarbiya berish - materialistik dunyo qarashni shakllantirish, mehnatga bo’lgan ehtiyojni ongli ravishda xis etish, o’quvchilarni ishchi kasbiga ihlosini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish. Rivojlantiruvchi vazifa umumiy ilmiy va amaliy bilim hamda mahoratlarni egallash va ularni takomillashtirishdan iborat. Kimyoviy tajribani asosiy vazifalaridan biri - kuzatishni maqsad sari yo’nalishini tashkil etish, kuzatish mahoratini shakllantirish, kuzatish natijalarini tushuntirish, ozlashtirilgan ma’lumotni xotirada saqlashdan iborat. Bundan tashqari o’quv materialini tushuntira bilish, sababning natijaga bog‘liqligini qonuniyatlari, o’rganaladigan mavzuni tub mohiyatini aniqlashdan iborat. Maktab kimyo tajribasining turlari. Kimyo o’qitish amaliyotida kimyoviy tajriba ikki turga bo’linadi: Ko’rgazmali tajriba - o’qituvchi tomonidan bajariladi. O’quv tajriba laboratoriya tajribalari, amaliy mashg‘ulotlar, amaliyot o’tkazish, tajribaviy masalalar yechish tarzida o’quvchilarning ozlari bajaradilar. Bu klassifikatsiya o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati asosida yaratilgan. Bu klassifikatsiya o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyati asosida yaratilgan. Ko’rgazmali tajribalar dastavval o’quvchilar oldindan o’rganadigan mavzu va voqelik bilan tanish bo’lmagan va kuzatishga tayyor bo’lmagan holda o’tkaziladi. Bunday vaqtda o’qituvchi o’rganiladigan mavzuni ko’rsatibgina qolmay, balki uni kuzatishni tashkil etish va kerakli tomonga yo’naltirishi ham zarur. Kimyoviy tajriba jarayonida o’qituvchi o’quvchilar kuzatishini tashkil qiladi, laboratoriya jihozlari bilan tug‘ri foydalanishni ko’rsatadi: o’quvchilar diqqatini tajriba o’tkazish sharoitlariga, uning maqsadga muvofiqligiga va ta’sir asosiga hamda havfsizlik texnikasiga jalb etadi. Kimyoviy tajriba uziga xos ko’rgazmali qurol va qo’llanma bo’lib, uni tayyorlash uchun o’qish jarayonida o’qituvchining anchagina vaqti sarflanadi. Kimyoviy tajribaning yetakchi roli o’quv reja bo’yicha ajratilgan vaqtga nisbatan 2-3 barobar ko’proq vaqt talab etuvchi, o’quvchilarning mustaqil tajribalarda ham oz kuchini saqlab qoladi. Kimyo kabineti yaxshi jihozlanganligi o’quvchilarning mustaqil tajribalarini tashkil etish uchun zaruriy jihozlar yetishmasligi natijasida bunday tajribalarni amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirganda ham o’qituvchi ko’rgazmali tajribalarini o’tkazishi shart. Ko’rgazmali tajribalarga qo’yilgan talablar . Tajribaning ko’rsatmaligi. Kuzatishni yaxshi tashkil qilish, hamma o’quvchilar uchun ko’rinishi yaxshi bo’lmog‘i zarur, shuning uchuy tsilindr, stakanlar, kup miqdorda reaktiv ishlatiladi. Ayni tajribaga kerak bo’lmagan reaktivlar stoldan olinishi shart. O’qituvchini ozi va uning qo’llari ham kuzatishiga xalaqit bermasligi kerak. Oddiylik. Asboblarni yig‘indisi oddiy bo’lishi kerak, chunki asbobning oddiyligi tajribani tushuntirishiga yordam beradi. Lekin, bu uy-ruzg‘or idishlarni ishlatish mumkin degan gap emas, chunki tajriba madaniyati susayadi. Tajribaning havfsizligi. Sinfda va sinfdan tashqari darslarda o’qituvchi o’quvchilar havfsizligiga javoblar. Shuning uchun har bir amaliy yoki laboratoriya mashg‘ulotida texnik havfsizligi tug‘risida o’quvchilar bilan suhbat olib borishi shart. O’qituvchi ozi texnik havfsizligini va birinchi yordam berishni bilishi shart! Ishonliyligi. Nar bir qilinadigan tajribalarni o’qituvchi oldindan tayyorlash kerak. Agar tajriba darsda chiqmay qolsa, uni o’quvchilarga tushuntirib berish va keyingi darsda albatta ko’rsatib o’tish kerak. Tajribani tushuntirish kerakligi. Nar bir tajribaning bilim qiymmati uning tushuntirilgandagina oshadi. Tajriba bu fokus emas, balki ilmiy tadqikotning bir usulidir. Ko’rgazmali tajribaning asosiy talablaridan biri bo’lgan uning texnikasidir. O’qituvchining arzimagan hatosi o’quvchilar tomonidan takrorlanadi. Ko’rgazmali tajribalar uslubiyoti. Tajribaning maqsadini aniklash. Tajriba ko’rsatiladigan asbobning tasviri, kerakli sharoit va reaktivlar bilan tanishtirish. O’quvchilarning kuzatishini tashkil etish. O’qituvchi asbobning qaysi tomonini kuzatish kerakligini, nimani kutish kerakligini aniqlab berish kerak. O’quv tajribasi . O’kuvchilar tomonidan bajaraladigan o’quv tajribalari mustaqil ishning bir turidir. O’quv tajriba ishlari yangi mavzuni o’rganish, uni tekshirish va puxtalashga qaratilgan hamma bir xil (frontal) tarzda yoki guruhlarga bo’lib bajaraladigan laboratoriya tajribalari va amaliy mashg‘ulotlaridan, dasturning alohida mavzularini o’rganib bo’lganidan keyin turli xil tajriba masalalarini yoki amaliyotdan iborat bo’lishi kerak. O’quv tajribaning o’qitish jarayonida qo’llanish quyidagicha: Ayni darsda o’tgan mavzuni qaytarishda. Shunda o’quv tajribaning maqsadi - bu o’tilgan darsda moddalarning hossali yoki hodisalari tug‘risida bilimlarni chuqurlashtirish, umumlashtirilgan tushunchalarni shakllantirish. Masalan, suvda erimaydigan asoslarni o’rganishda o’quvchilarga quyidagi vazifalarni tavsiya qilish mumkin: a) mis (II) - gidroksidini olib, uning suvda eruvchanligini tekshiring, indikatorga reaktsiya berishini kurnet, parchalanish reaktsiyani o’tkazing. b) temir (II) - gidroksidini olib a) -ga o’xshab tekshiring. v) rux gidroksidini olib a) -ga o’xshab tekshiring. O’qituvchi bilan birgalikda olib borilgan tajribalar o’quvchilarning texnik malakasini oshirishga yordam beradi. Yangi o’quv materialni o’rganishdan oldin o’tkaziladigan o’quv tajribalarning maqsadi o’quvchilarni yangi bilim olishga tayyorlash, ayni darsda rivojlanadigan tushunchalarni eslatish va aniqlashdan iborat. Lekin bunday o’quv tajribalari amalda kam olishda katta ahamiyatga ega. Bunday darsda o’quvchilar taqqoslash, olgan bilim va malakalarni mustahkamlash va umumlashtirishni o’rganadilar. Kimyo kursining bir qismi o’tilgandan keyin o’quv tajribalar laboratoriya tajribalari, amaliy mashg‘ulotlar va amaliyotdan iborat. Laboratoriya tajribasining maqsadi - yangi bilim olish, yangi mavzuni o’rganish. Laboratoriya tajribalari yangi o’quv materialni o’qitishda ko’proq qo’llaniladi, o’quvchilarning ko’nikma va malakalar egallashda yordam beradi. Laboratoriya tajribalarining hillari : individual (yakka tartibda); guruh (bitta stolda o’tirgan o’quvchilar bir hil tajribani bajaradilar-u, lekin o’rtasidagi vazifalar taqsimlanib qo’yilgan bo’ladi); jamoa (turli xil stolda o’tirgan o’quvchilar turlicha tajribalar bajaradilar, natijasi esa sinfda muhokama qilib, jamoa bo’lib xulosalar qiladilar). Laboratoriya tajribasining darsdagi muvafaqqiyati uni tayyorlashga bog‘liq. Avvalo, har bir stol uchun zarur bo’lgan jihozlarni tanlash va uni oz joyiga qo’yish hakida o’ylash lozim. Asbobning bir qismi, yoki probirka va shunga o’xshashlarning yuqligi butun sinf ishini izidan chiqaradi. Idishlardagi reaktivlar albatta o’qituvchi tomonidan tekshirilib ko’rilishi kerak. Agar bir qism reaktivlarni probirkalarga quyib berish kerak bo’lsa, ularni raqamlash, doskada esa qaysi probirkada qanday modda birligini yozib qo’yish kerak. Navfsizlik texnikasi qoidasiga rioya qilish maqsadida biroz murakkab tajribalarni yakka tartibda emas, balki o’quvchilar guruh bo’lib (2-3 kishi) bajargani ma’qul. Tajribani bajarish paytida o’quvchilarning faoliyati boshqarilishi, kim yaxshi ishlayotganligini ta’kidlash, xavfsizlik texnikasi va natijalarini kuzatib borish kerak. Ish yakunida avvaldan yig‘ishtirish uchun bir necha daqiqa qoldirish kerak. Ish tamom bo’lgandan so’ng, uning natijalari muhokama qilinadi va daftarga yoziladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o’quvchilar ayrim mavzularni o’tgandan keyin mustaqil ozlari bajaradilar, ya’ni mavzu tamom bo’lgandan so’ng bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, konkretlashtirish amaliy ko’nikmalarni shakllantirish, o’quvchilarda mavjud bo’lgan ko’nikma va malakalarini takomillashtirish uchun o’tkaziladi. Demak, laboratoriya tajribasi va amaliy mashg‘ulot didaktik maqsadiga kura bir-biridan farq qiladi. Yangi programmalarga kiritilgan, asosiy maqsadi o’quvchilar olgan bilimlarni amalda qo’llash, zaruriy ma’lumotlarni mustaqil topish, tajriba vositasida sifat va mikdoriy masalalar yechish o’quvini rivojlantirish bo’lgan amaliyot (praktikum) alohida o’rin tutadi. O’quvchilarning tayyorgarlik darajasi va ularning amaliy vazifalarni mustaqil bajarishga tayyorgarligi turlicha bo’ladi. O’quvchilar tajriba konkret turlarining didaktik vazifasi ham bir xil bo’lmaydi. O’quvchilar laboratoriya tajribalarini bajarishda ayniqsa kimyo kursining o’rganishning boshlanishida ularga o’qituvchining bevosita ishtiroki va rahbarligi talab qilinadi. Yuqori sinfda o’quvchilar tegishli malakalarga ega bo’lganlaridan keyin o’qituvchining vazifasi umumiy rahbarlikning ozi bilangina cheklanadi. Amaliy mashg‘ulotlar bajarishda o’quvchilarning mustaqilligi yanada ortadi. Tajribaviy masalalarni yechishda o’quvchilar batamom mustaqil bo’lishlari talab qilinadi. O’qitish jarayoni nuqtai-nazaridan o’quv tajribaning bajarilishi quyidagi bosqichlarni o’tish zarur: tajribaning maqsadini anglash; moddani o’rganish; asbob yig‘ish yoki tayyor asbobdan foydalanish; tajribani bajarish; tajribani taxlil qilish va xulosa chiqarish; olingan natijalarni tushuntirish va reaktsiya tenglamalarini yozish; hisobot yozish. O’quvchilar tajribaning xar bir shakli, texnikasi, uslubiyoti, uning uchun ajratilgan vaqt va tegishli uskunalarni tanlash kabi ishlarni mustaqil bajarishlari kerak. Tayanch sozlar : kimyoviy tajriba, ko’rgazmali tajriba, o’quv tajribasi, laboratoriya ishlari, amaliy mashgulot, praktikum, Kimyoviy tajribaning uslubiyoti. Savollar: 1.Kimyo o’qitish jarayenida kimyoviy tajribalar qanday o’rin tutadi? 2.qanday o’quv tajribalarni ko’rgazmali deb aytsa bo’ladi? 3.Ko’rgazmali tajribalarga qanday talablar qo’yilgan? 4.O’quv tajribalar turlarini aytib bering. Ular nima bilan farqlanadilar? 5.O’quv tajribalar o’qitish jarayenida qachon qo’llaniladi? 6.Laboratoriya ishlari sinfda qanday olib boriladi? Adabiyotlar ro’yxati 1. Borisov I.N. «Kimyo o’qitish uslubiyoti». T.: «O’qituvchi». 1966. 2. Abdullayev Sh.B. «Kimyo o’qitish uslubiyotidan ma’ruzalar matni». Namangan ,Faxrizoda xususiy kichik korxonasi, 2002. 3. Azizov M.T. «Ximiya ta’lim uslubiyoti fanidan ma’ruzalar matni». «Qarshi». 2000. 4. Ozbekiston Davlat standarti. Ozbekiston uzluksiz ta’limining Davlat standartlari tizimi. Oliy ta’lim 5440400 - kimyo yo’nalishiga oid bakalavrning tayyorgarlik darajasi va ozlashtiradigan bilimlari mazmuniga zaruriy talablar. Rasmiy nashr: T. : 2002. 5. Mehnat va kasb ta’limida o’qitishning faol usullaridan foydalanish. «Maktab va hayot» jurnalining 5 - soniga ilova. T.: 2003. 6. Ta’limda tabaqalashtirish. «Maktab va hayot» jurnalining 3 - soniga ilova. T.: 2003. 7. Barkamol avlod - Ozbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: 1998. 8. «Ma’rifat» gazetasi. 2000 yil 4 noyabr soni.