logo

Ion – koordinatsion polimerlanish. Stereoregulyar polimerlar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

27.8955078125 KB
Ion – koordinatsion polimerlanish. Stereoregulyar polimerlar Reja: 1. Ion – koordinatsion polimerlanish. 2. Stereoregulyar polimerlarni sintezi. 3. Sigler va Natta katalizatorlari. 4. Izotaktik, sindiotaktik va ataktik polimerlar. Asosiy tayanch tushunchalar Ion – koordinatsion, Stereoregulyar, Sigler va Natta, Izotaktik, sindiotaktik va ataktik, kompleks, sis- va trans- izomerlar. Ikki yoki uch komponentli ion komplekslar ta‘sirida monomerlarning polimerlanib stereoregulyar tuzilishga ega bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar hosil qilish jarayoni i o n k o o r d i n a ts i o n p o l i m ye r l a n i sh deyiladi. Ion – koordinatsion komplekslarining monomer molekulasi bilan o’zaro ta‘sirlashuvi natijasida qutblangan monomer geterolitik parchalanib aktiv markaz, qutblangan ¾ monomer kompleksini hosil qiladi. Ion ¾ koordinatsiyasi tuzilishiga ega bo’lgan yuqori darajada faol maxsus katalizatorlarni Tsigler va Natta katalizatorlari deyiladi. Ular davriy sistemadagi 1 ¾ 111 gruppa metallarining alkil hosilalari 1V ¾ V111 gruppalardagi d – metallarning hosilalari bilan hosil qilgan kompleks birikmalardir. Bunday maxsus fazoviy tuzilishga ega bo’lgan katalizator ta‘sirida dien uglevodorodlar va olifenlar past haroratda ham katta tezlikda polimerlanib, makromolekula zanjiri qat‘iy tartibli fazoviy tuzilishga ega bo’lgan polimerlar hosil qiladi. Sanoatda qo’llaniladigan bunday katalizatorlardan eng ko’p tarqalgan alyuminiy organik birikmasining titan xlorid bilan hosil qilgan kompleksidir; bu kompleks hosil bo’lishini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: AL (C 2 H 5 ) 2 CL + Ti CL 3 → Olifenlarni polimerlanish jarayonida monomer titan atomi bilan koordinatsion bog’ hosil qilib aktiv ( markazga aylanadi va bu kompleks polimerlanishni boshlab beradi. + CH 2 = CHR → Monomer qo’shbog’idagi p - bog’ning uzilishi bilan katalizatorning etil gruppasining uglerodi s - bog’ hosil qilib bog’lanishi natijasida AI ¾ S orasida yangi koordinatsion metall ¾ monomer kompleks hosil bo’ladi. Bunday kompleks polimerlanish jarayonini boshlab beruvchi aktiv markaz hisoblanadi. Katalitik kompleks ionlar ta‘sirida sodir bo’layotgan polimerlanishda monomer molekulalari kkatalizator sirtiga ma‘lum tartibda fazoviy yo’nalgan holda joylashadi. Natijada o’sayotgan zanjirning fazoviy yo’nalishi, o’zidan oldingi birikkan monomer bo’g’inlar holatiga o’xshash holatda bo’ladi: Bu mexanizm boyicha, polimerlanish tezligi o’sayotgan zanjirning fazoviy tuzilishiga, katalizator tarkibidagi Ti CI 3 ning miqdoriga va katalizator sirtining fizikaviy va ximiyaviy xossalariga bog’liq bo’ladi. Aktiv metall komplekslar hosil bo’lishi uchun avval trialkil alyuminiy bilan titan (IV) xlorid o’zaro reaktsiyaga kirishib, uglevodorodlarda eriydigan kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunda titan (IV) ionlari qisman titan (III) va titan (II) qadar qaytariladi: Ti Cl 4 + AJR 3 ® [ Ti Cl 3 ] + [ ALR 2 CLR ] - Ti Cl 3 + ALR 3 ® ( Ti Cl 2 ) + ( ALR 3 Cl) - Ti Cl 2 + ALR 3 ® ( Ti Cl ) + ( ALR 3 Cl ) - Yuqoridagi reaktsiyalar natijasida hosil bo’lgan titan kationlari o’zlarining o’zlarining elektron konfiguratsiyasi va reaktsion faolligi, monomer moleklasining p - elektornlariga nisbatan aktseptorlik xossasi bilan bir – biridan farq qiladi. Bundan tashqari, titanning quyi valentli tuzlari erimasligi tufayli katalitik kompleks qattiq kristall fazodan iborat bo’ladi. Titan kationlarning aktivligi uning valentligi ortib borishi bilan kuchayib boradi. Chunki, metall ioni orbitalining birikmada oktet hosil qilib, elektronga toyinish ehtimolligi ortib boradi. Demak, ( Ti Cl ) + ioni uchun ikkita elektron, (Ti Cl 2 ) + va (Ti Cl) + ionlari uchun uchtadan va to’rttadan elektron yetishmaydi. Reaktsion faolligi kam bo’lgan kation ta‘sirida polimerlanish tezligi sust boradi. Shunday polimer zanjirining tuzilishi katalizatorning tarkibiga va fazoviy tuzilishiga bofg’liq bo’ladi. Dien uglevodorodlarning [ Al (C 2 H 5 ) 3 ] + [Ti Cl 4 ] kompleksi ishtirokida polimerlanishida katalizator monomerning birinchi molekulasi bilan reaktsiyaga kirishib p - allil tipidagi aktiv markaz ¾ addukt hosil qiladi va u zanjir o’sishini boshlab beradi: Zanjirning o’sishi hosil bo’lgan aktiv markaz p - kompleks ta‘sirida monomer molekulalarining ko’p martalab takroriy ravishda qayta koordinatsiyalanishi tufayli o’zaro birikishi natijasida sodir bo’ladi: Zanjirning uzilishi shu o’sayotgan aktiv markazning p - kompleksdan ajralishi yoki zanjirning monomer orqali uzatilishi natijasida sodir bo’ladi. Zanjirning uzatilishi Ti Cl 4 yoki koordinatsion birikma hosil qilishga ulgurmay qolgan alyuminiy alkil bilan o’sayotgan zanjirning aktiv p - kompleksining o’zaro ta‘siri tufayli ham sodir bo’ladi: Zanjirning uzilishi quyidagi reaktsiyalar natijasida kuzatiladi: a) O’sayotgan zanjirdan aktiv metall kompleksning o’z – o’zidan birdaniga ajralishi reaktsiyasi: CH 3 CH 3 | R uz | Me — CH 2 — C ~ ———→ Me — H + CH 2 = C ~ ↑ | ― - - - - - - - H Hosil bo’lgan metall gidridning baqarorligi tufayli monomer molekulasi bilan ta‘sirlanib yangi o’suvchan zanjir boshlanadi: ― MeH + CH 2 = CHR —→ Me + + CHR — CH 3 b) Zanjirning monomer orqali uzatilishi: CH 3 CH 3 | R uz | Me — CH 2 — C ~ ——→ Me — CH 2 — CH 2 + CH 2 = C ~ ↑ │ │ │ ¦ CH 3 │ ¦ ― CH 2 = CH - - | CH 3 Zanjirning trietil alyuminiyga uzatilishi tufayli CH 2 CH 3 | R uz | v) Me — CH 2 — CH ~ ——→ Me — C 2 H 5 (C 2 H 5 ) 2 — Al — CH 2 — CH ~ Shunday qilib, geterogen katalizatorlarda a - olifenlarning polimerlanish jarayoni quyidagi tenglik orqali ifodalanishi mumkin: V = R о ‘s d m [ C o ] Bu yerda [C o ] ¾ katalizator sirtida hosil bo’lgan aktiv markazning miqdori. d m ¾ monomer molekulalari yutilgan katalizator sirtining kattaligi. V ¾ Polimerlanish jarayonining umumiy tezligi. d m ¾ Katalitik sirt kattaligi Lengmyur tenglamasiga binoan quyidagicha topiladi: R M [M] d m = ———————— 1 + R M [M] + R a [A] Bunda [A] ¾ metalalkilning miqdori, R m ¾ monomer sirtiga yutilish doimiyligi, R a ¾ metalalkil sirtining yutish doimiyligi. Yuqorida keltirilgan o’sayotgan zanjirning uzilish reaktsiyalari polim erlanishning aktiv markazlarini parchalanishiga olib kelmasdan, balki molekulyar zanjir o’sishini chegaralaydi, xolos. Shuning uchun ham polimerlanish darajasining o’rtacha qiymati statsionarlik holati uchun quyidagi tenglamaga ega bo’ladi. 1 R 1 + R 2 + R 3 [Al (C 2 H 5 ) 3 ] 0,5 — ———————————— P R о ‘s [M] Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, zanjirning o’sishi (monomerga va aktiv kompleksga nisbatan ) birinchi tartibli reaktsiya bo’lib, uning aktivlanish energiyasi 48 ¾ 60 kJ/ mol atrofida bo’ladi. Zanjirning o’sish tezligini doimiyligi, 30 0 C da ( Al ¾ Ti ning o’zaro nisbati o’zgarmas bo’lganda) R о ‘s = 13,6 +, 4 l/ mol.s. ga teng bo’ladi. R о ‘s ¾ ning qiymati Al : Ti o’zaro nisbatining ortishi bilan kamayadi. Shuningdek, zanjirning uzilishi aktiv ¾ kompleksning miqdoriga nisbatan ikkinchi tartibli reaktsiya bo’lib, uning aktivlanish energiyasining qiymati 65, 5 kJ/mol ga teng bo’ladi. Shunday qilib, Tsigler ¾ Natta katalizatorlari ishtirokida olingan yuqori molekulyar birikmalar juda keng molekulyar massaviy taqsimlanish doirasiga ega bo’ladi. Yuqorida keltirilgan polimerlanish jarayonining ifodasi to’g’ridan – to’g’ri qat‘iy tartibli polimerlar hosil bo’lish sabablarini tushuntirib bera olmaydi. Shu sababdan dien uglevodorodlarining titan va alyuminiy birikmalari ishtirokida n - katalitik polimerlanishi, dien uglevodorodlarining oraliq metallar bilan hosil qiladigan p - allil komplekslari ta‘siridagi polimerlanish qonuniyatlariga o’xshash bo’ladi. Barcha d – metallarning (ayniqsa nikel, xrom va kobaltning) p - allil komplekslari katalitik faollikka ega ekanligini aytib o’tamiz. Kompleks birikmalarning molekulyar tuzilishiga qarab, dien birikmalar polimerlanganda hosil bo’ladigan polimerlardagi monomerlar 1,4 – tsis, 1,4 – trans yoki 1,2 fazoviy izomerlar holatida bo’ladi. Ko’pgina ilmiy – tadqiqot ishlarining natijalariga ko’ra, hozirgi paytda Mendeleev davriy sistemasidagi VIII gruppa metallari (Co, Ni, Fe, Rh) ning (shuningdek, titan va vanadiy) ishtirokida dien birikmalarining polimerlanish jarayoni davrida ko’pgina hollarda 1,4 – tsis holatda birikkan bo’g’inlaridan iborat polidienlar, V va VI gruppa metallari (xrom, molibden, volfram, niobiy) ishtirokida esa 1,2 tartibda joylashgan monomer bo’g’inlaridan iborat polimerlar hosil bo’lishi qayd etilgan. Monomerlarning turli izomerlariga nisbatan, katalizator tanlash xususiyatini (aktivlik doirasini ) shu katalitik kompleks birikma tarkibiga har xil ligandlar kiritish yo’li bilan o’zgartirish mumkin. Katalitik kompleks birikmalarni chuqurroq, batafsil o’rganilganlari ¾ nikel galogenidlari bilan allil birikmalarining o’zaro ta‘siridan hosil bo’lgan p - komplekslardir. p – allilmetallkomplekslarining dimerlari beqaror bo’lib, tezda monomer p - metallkomplekslarga aylanadi. Asosan ana shu hosil bo’lgan monomer komplekslar katalitik faollikka ega bo’lib, polimerlanish jarayonini boshlab beradigan aktiv markaz bo’lib xizmat qiladi: (Bunda R ¾ H, ¾ CH 3 ; X ¾ CL, Br ). Shunday qilib, o’sayotgan polimer zanjiridagi o’rinbosarlarning oraliq metallga nisbatan joylanishiga qarab, p - kompleksni sin va anti tarzga ajratiladi: Sin – tarzi Anti - tarzi (qarama – qarshi tarzi) O’suvchi zanjir uchida monomer bo’g’inlarining hosil bo’lishi aktiv markaz, p - kompleksining fazoviy tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, monomer (butadien – 1,3) ning molekulasi aktiv markaz tarkibida ikki xil yo’l bilan joylashishi mumkin. (Birinchisi Me … CH 2 – bog’i bilan. Ikkinchisida esa Me ... SH – bog’i bilan). Birinchi yo’l bilan monomer molekulalarini kelib joylashishidan 1,4 – tsis fazoviy tuzilishga ega bo’lgan polimer zanjiri hosil bo’ladi. Agar p - ligand kompleksi anti tarzda bo’lsa, u holda monomer molekulasi o’suvchi zanjirga tsis – 1,4 bo’g’inlar hosil qilib birikadi , sin ¾ tarzida esa p - kompleksda monomer molekulasi 1,4 – trans holatdagi bo’g’inlar hosil qilib birikadi: p - kattalik aktiv kompleks tarkibidagi metall atomining musbat zaryadining ortib borish bilan 1,4 – tsis tuzilishiga ega bo’lgan monomer halqalarning hosil bo’lish ehtimolligi kuchayadi. Chunki bunday holatda ( tsis tuzilishiga ega bo’lgan p - kompleks hosil bo’lish jarayonida monomer molekulasining har ikkala qo’shbog’i ham qatnashadi. Natijada o’suvchi zanjirda monomer halqalari tsis ¾ fazoviy tuzilishiga ega bo’lgan izomer hosil qilib bir – biri bilan birikadi: H 2 C = CH ¾ CH Haqiqatan X o’rnida elektromanfiyligi kuchliroq bo’lgan atomlar joylashgan bo’lsa, (shuningdek, katalitik sistemaga Lyuis kislotalari yoki elektronaktseptorlik xossalari kuchli bo’lgan qutblangan moddalar qo’shilsa) butadiendan 1,4 – halqali¾ tsis tuzilishiga ega bo’lgan polibutadien hosil bo’ladi. Katalitik sistemaga qo’shilgan elektron – aktseptorlik (EA) xossasiga ega bo’lgan moddalar π - kompleksidagi metall atomida musbat zaryadning miqdorini ortishiga olib keladi. eA π - C 4 H 7 NiX ——→ π - C 4 H 7 Ni 6+ X (EA) – 1,4 – tsis monomer bo’g’inlarining hosil bo’lishiga, katalizatorning samaradorligi, p - komplekslarning oksidlanishi tufayli ham ortib boradi. Katalitik sistemaga bir qator moddalar (masalan, suv, oddiy efirlar, sulfidlar, fosfitlar, aminlar va h.k.) qo’shganda oraliq metall atomidagi musbat zaryad miqdori kamayadi. Metall atomidagi musbat zaryadning kamayishi bilan monomerning mavjud ikki qo’shbog’i orasida koordinatsion bog’ning hosil bo’lish ehtimolligi ham kamayib, faqat qo’shbog’ning bittasi bilan koordinatsiyalanishi ehtimolligi ortadi va monomer molekulasi ¾ trans holdagi fazoviy tuzilishga ega bo’lgan bo’g’inlardan iborat bo’ladi. Hosil bo’lgan kompleks bu holda ¾ sin shaklga ega bo’ladi. Anti ¾ shaklga nisbatan p - kompleksning sin ¾ shakli termodinamik jihatdan barqarorroq bo'lganligi uchun zanjirning o’sish reaktsiyasi bilan bir qatorda anti ¾ shakldan sin ¾ shaklga o'tish (izomerlanish ) ham kuzatilishi mumkin. Bunday izomerlanish reaktsiyalari, ayniqsa, sistemada monomer miqdori kamaygkan sari yaqqolroq namoyon bo'ladi. Chunki sistemada monomer miqdori kamayishi bilan zanjirning o'sish reaktsiyasining tezligi ham kamayadi. Biroq sin ¾ anti izomerlanish reaktsiyasining tezligi o'zgarmay qoladi. Masalan, sistemada butadienning miqdori 4 dan 0,04 mol/l ga kamayishi natijasida hosil bo'layotgan polibutadien tarkibida 1,4 – tsis bo'g'inli tuzilishga ega bo'lgan zanjirning miqdori 94 ¾ 95% dan 74 % gacha kamayadi. Monomer molekulasining p - allil kompleksidagi metall bilan CH bog‘i orasida birikishi natijasida, asosan 1,2 tuzilishga ega bo'lgan qat‘iy tartibda joylashgan monomer bo’g’inlaridan iborat polimer hosil bo’ladi. Bunday holda, aktiv markaz p - kompleks asosan sin ¾ shakldagi tuzilishda bo'ladi. Zanjirning uzilishi ¾ polimerlanish jarayonida monomer molekulasidan o’sayotgan zanjirga vodorod atomining uzatilishi natijasida (ya‘ni monomer molekulasi bilan birikkan oraliq metallning p - allil kompleksidagi gidrit ionining uzatilishi bilan boradigan reaktsiya tufayli) sodir bo'ladi. Olefin uglevodorodlarining aktiv markaz p - komplekslar ta‘siridan polimerlanishida monomer molekulasidan vodorod atomining zanjirga uzatilish reaktsiyasi osonlik bilan sodir bo'ladi. Chunki o'sayotgan zanjir uchidagi monomer tutgan bo’g’inda p - elektronlarning yo'qligi sababli aktiv markaz,monomerning keyingi molekulasi bilan birikish natijasida p - kompleks parchalanadi, hosil bo'lgan metall ( organik birikma zanjir uchida monomer bo'g'ini bilan birlamchi s - bog' hosil qilib bog'lanib qoladi: Demak, etilen va uning gomologlarini ion ¾ koordinatsion polimerlanishni tartibga tushiruvchi moddalar (regulyatorlar) sifatida ishlatish mumkinligini ko’ramiz. Darhaqiqat, 3 % li etilen qo'shib 5 0 C haroratda butadienni [CoCl ¾ AlCl (izo ¾ C 4 H 9 ) 2 ] katalizator ishtirokida polimerlanganda hosil bo'lgan polibutadienning molekulyar massasi 440 mingdan 208 minggacha kamayadi. Polimerlanish tezligi esa butun jarayon davrida deyarli o’zgarmaydi. Shuningdek, dien kauchugining monomer bo’g’ini zanjirida etilenga o'xshash qo'shbog' tutganligi tufayli p - allil kompleks bilan reaktsiyaga kirishib, tarmoqlangan zanjirli polimer hosil qiladi: R ¾ CH 2 R ¾ C = CH 2 ¾ R CH 2 CH ¾ R │ │ CH ╱ ╲ Me Xn + ║—→ R ¾ CH ———→ CH 2 ╲ ╱ CH ¾ R │ – H Me X n │ CH CH 2 CH │ │ ║ CH 2 ¾ R HC = CH ¾ CH 2 ¾ R CH │ CH 2 ¾ R Monomerning polimerga aylanish darajasi ortib borgan sari bunday reaktsiyalarning sodir bo'lish ehtimolligi ham ortadi. O’z navbatida tarmoqlangan zanjirning kattaligi ham ortadi. Shu bilan bir qatorda hosil bo'lgan kauchukning molekulyar massasining taqsimlanish darajasi kengayadi. Ba‘zi hollarda molekulyar massaning taqsimlanish diagrammasida ikkita maksimum qiymatlardan iborat egri chiziqlar hosil bo'lib, bimodel xarakterga ega bo'lgan kauchuklar hosil bo'ladi. Shuningdek, Tsigler ¾ Natta katalizatorlari ishtirokida ham izopren kauchugidan tashqari texnikaviy ahamiyatga ega bo'lgan muntazam tartibli ¾ tsis – butadien kauchuklari olinmoqda. Molekulasi tarkibidagi qo'shbog’da o'rinbosarlar tutgan monomerlarning Tsigler ¾ Natta katalizatorlari ishtirokida polimerlanishidan muntazam taritbli (stereoregulyar) polimerlar olish mumkin. monomer qo'shbog'idagi uglerod atomi o'rinbosar tutganligi sababli, u assimmetrik atomga aylanadi. Shu sababdan ham hosil bo'layotgan polimer makromolekulasi uch xil fazoviy izomerga ega bo'ladi. Agar molekulada monomer halqalari a va i shaklda polimer va o’rinbosarlar zanjirining faqat bir tomonida takrorlanib kelsa, bunday polimer i z o t a k t i k polimer deyiladi. Agar molekulada monomer bo'g'inlar a va i shaklda ketma – ket birikib, uning o'rinbosarlari polimer zanjirining har tomonida joylashgan bo'lsa, bunday polimerlar ¾ s i n d i o t a k t i k t u z i l i sh l i p o l i m ye r l a r deyiladi. Agar polimer zanjirida monomer bo’g’in o’rinbosarlari tartibsiz joylashgan bo’lsa, bunday polimerlar a t a k t i k p o l i m ye r l a r deyiladi.( izos ¾ bir xil, taktik ¾ tartib). Bundan tashqari molekulada monomer halqalari a va i shaklda polimer zanjirining alohida qismlarida ketma – ket takroriy ravishda (ya‘ni blok shaklida) joylashgan polimerlar hosil bo'lishi mumkin. bunday polimerlar m u n t a z a m b l o k p o l i m ye r l a r deyiladi va quyidagicha tuzilishga ega bo’ladi: . . . . ¾ a a a i i i a a a i i i ¾ . . . . va h. k. Polimerlar tuzilishidagi bunday xilma – xilliklar ularning xossalariga katta ta‘sir ko'rsatadi. Ataktik polimerlar boshqa tuzilishga ega polimerlarga qaraganda molekulalari zich joylashgan bo'lib, ular ktistall fazalarga ega bo'lmaganligi sababli, cho'zitlganda mo'rt bo'lganligi uchun tezda uziladi. Ular izotaktik polimerlarga qaraganda yaxshi eruvchan bo'ladi. Izotaktik va sindiotaktik polimerlar ataktik polimerlarga qaraganda nisbatan molekulalari zichroq joylashgan hamda cho'zilish mustahkamligi kuchliroq va tez kristallanish xususiyatiga ega bo’ladi. Quyida har xil tuzilishga ega bo'lgan polibutadienning suyuqlanish va shishalanish harorati berilgan. Stereoizomer Suyuqlanish Shishalanish harorati; T c . 0 C harorati; Tsh. 0 C Izotaktik ¾ 1,2 polibutadien ¾ ¾ ¾ ¾ 120 ¾ ¾ ¾ ( ¾ ) 10 Sindiotaktik polibutadien 1,2 ¾ ¾ ¾ 154 ¾ ¾ ¾ ¾ Trans ¾ 1,4 polibutadien ¾ ¾ ¾ 135 ¾ ¾ ¾ ( ¾ ) 83 Tsis ¾ 1,4 ¾ polibutadien ¾ ¾ ¾ ¾ 10 dan + 1 gacha ¾ ¾ ( ¾ ) 110 Keyingi paytlarda polimerlanish jarayonini faollashtirish uchun bir qator katalitik sistemalar topilgan bo'lib, ularning polimerlanishiga ta‘sir mexanizmi ham Tsigler ¾ Natta katalizaktori mexanizmi kabi bo'ladi. Bular nikel, kobalt, vanadiy, molibden oksidlarining alyuminiy oksidiga qo'shib tayyorlangan katalizatorlardir. Katalizatorlar tarkibiga ularni aktivlash uchun har xil promotorlar (metall alkillari) ham qo’shiladi. Katalizatorlar tarkibidagi faol birikmalar Tsigler ¾ Natta katalizatorlariga o’xshash aktiv markazlar, komplekslar hosil qiladi. Katalizatorlar ishtirokida polimerlanish jarayonlari 100 ¾ 200 0 C harorat va ma‘lum bosim ostida (3,0 ¾ 3,5 MP a) eritmalarda olib boriladi. Tarkibi oksidli birikmalardan iborat katalizatorlar ta‘sirida trans – 1,4 tuzilishga ega bo'lgan stereoregulyar dien polimerlar olish mumkin. Ko’pchilik hollarda katalizator sifatida xromoksidlari ishlatiladi. Masalan, a - olefinlarning bunday katalizatorlar ishtirokida polimerlanishdan stereoregulyar tuzlishga ega bo’lgan polimerlar ¾ poliolifenlar olinadi. Katalizatorlarning katalitik ta‘sirining samaradorligi xrom atomining valentlik holatini o'zgarishiga bog'liqdir. Shunday qilib, polimerizatsiya jarayonining dastlabki bosqichi xrom (VI) valentli birikmasi ta‘sirida borsa, makromolekulaning o'sish jarayoni esa xrom (II) va xrom (III) birikmalari ta‘sirida boradi. Masalan, xromli katalizatorlar ta‘sirida etilenni polimerlanish jarayoni tezligi, katalizator tarkibidagi xrom atomining qaytarilish tezligiga bog’liq ekanligi amaliy tajribalar natijasida aniqlandi. Polimerlanish jarayonining dastlabki bosqichida monomer bilan katalizator (xrom (VI) birikmasi) o’zaro birikib oraliq birikmani hosil qiladi va monomerning molekulasi ta‘sirida oksidlanish – qaytarilish reaktsiyasi sodir bo'lib xromning quyi valentli birikmasi hosil bo’ladi. Sodir bo'lgan o'zaro ta‘sir natijasida xrommonomer kompleksi asosida o’suvchi markaz hosil bo'lib, polimerlanish jarayoni sodir bo'ladi.