logo

Tovar –pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishning asosidir

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.1826171875 KB
Tovar –pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir Режа: 1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. 2. Tovar va uning xususiyatlari. 3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi. 4. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari. 1-savol. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi Ijtimoiy xo’jalik yuritishnig ikki shakli mavjud. Birinchisi, natural ishlab chiqarish xo’jalik yuritishning bu shaklining mazmuni shundan iboratki, yaratilgan barcha mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning o’z ehtiyojlari uchun sarf qilingan. Natural xo’jalik avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo’jaligi, feodal pomestyalarida amal qilingan. Xo’jalik yuritishning bu shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qatiy cheklab qo’yadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga imkoniyat berilmaydi, ishchi kuchi shu xo’jalik doirasida faoliyat ko’rsatadi. Ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, ishlab chiqarish hajmi jihatdan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysundirilgan. Natural ishlab chiqarish o’rnini asta sekinlik bilan tovar ishlab chiqarish egallagan. Tovar xo’jaligi ni shakllanishi va rivojlanishi natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilaning o’zlarini iste‘moli uchun emas, balki bozorda sotish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini quyidagicha ifodalash mumkin. № Asosiy jihatlar Natural xo’jalik Tovar xo’jaligi 1. Moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish maqsadi. SHaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi- sotdi qilish 2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi. Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqarishning xususiy manfaati asosida aniqlanadi. 3. Iste‘molchini o’ziga jalb etish uchun kurash Bunday kurash mavjud emas Bunday kurash mavjud va tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan kuchayib beradi. 4. Ishlab chiqarilgan Barcha ishlab Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste‘mol qilinishini darajasi chiqarilgan mahsulotlar to’laligicha iste‘mol qilinadi. mahsulotlar ayrim turlari va qismlarining sotilmay qolishi, ya‘ni iste‘mol qilinmasligi. 5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamomillari Ishlab jarayonida faqat o’zining va oila a‘zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi. Ishlab chiqarish jarayonida yollanma ishchi kuchidan ham foydalanish mumkin. Tovar xo’jaligida mehnat taqsimoti chuqurlashadi, mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi, ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning u yoki bu turiga ixtisoslashib boradilar, xususiy mulkka ustuvorlik beriladi, ishlab chiqaruvchilar bilan iste‘molchilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tovar ayirboshlash asosida vujudga keladi, vaqt va moddiy resurslar tejaladi, tovarlarni ayirboshlashda ishtirok etuvchilarni bir-birlariga bog’liqligi kuchayadi. Tovar xo’jaligini rivojlanishi jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Xullas, tovar xo’jaligining vujudga kelishi va amal qilishining ijtimoiy- iqtisodiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 1. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va uni turlarini ko’payishi va kengayishi; 2. Ishlab chiqarishni ixtisosilashuvi; 3. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi, mehnat natijalarini o’zlari tasarruf etishlari. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jaligining rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorini ko’payishi natijasida paydo bo’ldi deyish mumkin. Tovar xo’jaligining mohiyatini keng ma‘noda tushunish uchun uning xususiyatlarini o’rganmoq zarur. 2-savol. Tovar va uning xususiyatlari Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovarga aylanishi uchun u sotilishi va sotib olinishi kerak, ya‘ni, mahsulotni ishlab chiqarishga sarf qilinadigan xarajatlar qiymat shaklidagi namoyon bo’lishi va uning real ko’rinishi pulda ifodalanishi lozim. Ya‘ni, tovar-pul (T-P) va pul–tovar (P-T) shakliga aylanishi hamda T-P-T ko’rinishini hosil qilishi lozim. Tovarga iqtisodchi omillar turlicha ta‘rif berganlar. Masalan, Ye.F. Borisov “Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir”[1]. degan ta‘rifni bergan. Bu ta‘rifdan ko’rinadiki, tovar inson mehnatining mahsulidir deb qaragan. V.I. Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda “ne‘mat” va “tovar” tushunchalariga kengroq ta‘rif berilgan: “Tovar - bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne‘mat”[1]. Tovarga berilgan ta‘rifga asoslanib aytish mumkinki, tovar iqtisodiy kategoriya bo’lib, inson mehnatining mahsuloti, biron-bir naflik va qiymatga ega bo’lgan va sotish-sotib olishga mo’ljallangan mahsulotlar majmuasidir . Tovar ikki xususiyatga ega: birinchidan, tovar insonning biron-bir ehtiyojini qondiradi; ikkinchidan, tovar boshqa mahsulotga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda tovar iste‘mol va almashuv qiymatlariga egadir. Tovarning iste‘mol qiymati kishiga foydaliligi va nafligidir. U shaxsiy iste‘mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida insonlarning biron-bir ehtiyojini qondiradi. Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflikning boshqa turdagi naflikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Masalan, bitta bolta 20 kg doga ayirboshlash qilinadi. Tovarda mujassamlashagan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovarlar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun ham almashuv qiymati-qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. (ya‘ni iste‘mol qiymatlarini ayirboshlash nisbatini bildiradi). L. M. Kulikov qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratib ko’rsatadi. Ya‘ni, “qiymat - bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib “ishlab chiqarish xarajatlari” deb ataydilar) qanchaga tushganligining ifodasidir. Tovar ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumikn endi ularni boshqa ko’rsatkich-almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan nisbatdir.[1] Tovarning o’zi esa ikki tomon-naflilik va qiymatning uzviy esa birligidan iboratdir. SHu o’rinda aytish mumkinki, ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatining bir qismi bo’lib, miqdor jihatdan undan kamdir. Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblab chiqiladi . Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitida biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun bo’lgan ish vaqtidir. Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu - muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste‘mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb aytiladi. Ikkinchi tomondan, mehnat - aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir va bu mehnat tovar qiymatini yaratadi. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini chizmada tasvirlab ko’rsatish mumkin. Aniq mehnat → Ijtimoiy nafligi → Ijtimoiy zaruriy naflik ↓ ↓ ↓ Mehnat → Tovar → Talabga mos miqdordagi tovar ↓ ↓ ↓ Abstrakt mehnat → Ijtimoiy qiymat → Ijtimoiy zaruriy mehnat Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Tovar qiymatining miqdorida mehnat yotadi. Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat unumdorligi ma‘lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Mehnat intensivligi mehnat unumdorligining oshishiga ta‘sirini o’tkazadi. Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali ifodalanuvchi ko’rsatkichdir. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi jadalligining darajasi bo’lib, u mehnatni kuchayishi, tig’izligi va zo’rayishi degan ma‘nolarni bildiradi. Mehnat intensvligini jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat ichida yaratilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmat miqdori ko’rsatkichdan foydalaniladi. 3-savol. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi Tovar qiymatini aniqlashda ikki asosiy yo’nalish mavjud: 1. Kiymatning mehnat nazariyasi; 2. Kiymatning keingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U. Petti qiymatning manbai mehnat hisoblanadi degan ta‘limotni asoschisidir. Aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tdi. Ammo, U. Petti tovarning iste‘mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U.Petti tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi deb fikrni bildirgan. A. Smit o’zining “Xalqaro boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqotlar” (1776 yil) nomli asarida tovarning iste‘mol va almashuv qiymatining farqini ochib bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi deb ko’rsatgan. Tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. D. Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan holda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbot qilib bergan. U tovarning iste‘mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishining ko’rsatib bergan. Demak, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarning fikricha, tovarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilan o’lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasiga asosan tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasida o’zaro aloqalar, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob‘ektiv qiymat qonuni mavjud bo’lishini tan olingan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni indivual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshiradi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yiach taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonunining tartib solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat bo’ladi: 1. Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat. 2. Talab › taklif bo’lgan holda narx › qiymat. 3. Talab ‹ taklif bo’lgan holda narx ‹ qiymat. Xullas, tovar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob‘ektiv qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari Avstriya maktabi vakillari K.Menger (1840-1914), F.Vizer (1851-1926), Ye. Bem Baverk (1851-1914) lar hisoblanadi. Bu nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xil-xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlar hamda xizmatlar ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne‘matlar nafliliklarga ega bo’lishi sababli qadrlanadi. “Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi” atamasi iqtisodiy adabiyotlarda turlicha atamalar bilan ifodalanmoqda: ya‘ni, “me‘yoriy naflilik”, “me‘yoriy foydalilik”, “chegaraviy naflilik”, “chegaraviy faydalilik” kabilardir. Lekin “keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi” atamasi esa bu mazmunga ko’proq mos keladi. Shuning bilan bir qatorda “so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi”, “qushilgan miqdor nafliligi”, “keyingi qo’shilgan naflilik” atamalari ham qo’llaniladi. “Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi” nazariyasining tarafdorlari bu muammoni o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik xayol orqali tasvirlab ko’rsatganlar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: Birinchi qopdagi don eng zarur, ya‘ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun iste‘mol qilinadi, ikkinchisi - ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi - uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi - pivo tayyorlash, beshinchisi - cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngil xushlik qilish uchun ishlatish mo’ljallangan. Aytish mumkinki, chol uchun beshinchi qopdagi donning nafliligi unchalik ahamiyatli emas. To’rtinchidan qopdagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchidan esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajasiga yetadi, ya‘ni u ovqatlanish ehtiyojini ta‘minlaydi. 4-savol. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari Biron bir tovarning qiymati uni boshqa tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ikki tovar bir-biriga ayirbosh qilinganda, ular bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularni roli esa turilichadir ya‘ni, bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini pul tovari bajara oladi. Qiymat shakllarini rivolanishi bosqichlari pulning paydo bo’lishida muhim rol o’ynagan. Qiymatning bir qancha shakllari amal qilgan. 1. Oddiy yoki tasodifiy; 2. To’la yoki kengaytirilgan; 3. Umumiy va pul shaklidir. Oddiy hamda kengaytirilgan shakllarda umumiy o’lchov bosh sifatida tovarni tovarga almashtirish yoki bir tovar bir necha tovarga ayirbosh qilingan bo’lsa, keyinchalik umumiy ekvivalent rolini nodir metallar bajara boshlagan. Nodir metallar, jumladan oltin bu vazifani bajarishining sabablari bor: 1. Sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi; 2. Uzoq muddat saqlash mumkinligi; 3. O’zining tarkibiy tuzilishining o’zgartirmasligi; 4. Yumshoqligi, tez bo’linishi va yana yaxlit holga keltirish mumkinligi; 5. Bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi; 6. Tabiatda nisbatan kamyobligi; 7. Ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. Qiymat shakllarini rivojlanib, takomillashuvi natijasida barcha tovarlar uchun umuiy ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar-pul ajralib chiqqan. SHunday qilib, pul - bu umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir. Pul paydo bo’lgandan keyin tovarlar dunyosini ikkiga bo’lish mumkin bo’ldi. Bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pul tovariga ajraladi. tovarlar Tovarlar dunyosi pullar Pulning mohiyatini u bajaradigan asosiy vazifalardan ko’rish mumkin: 1. Qiymat o’lchovi; 2. Muomala vositasi; 3. Boylik to’plash vositasi; 4. To’lov vositasi . Pulning qiymat o’lchovi vazifasini ideal pul bajaradi, ya‘ni tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq qilgan taqdirdagina uning qiymatiga mos keladi. Tovarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nasbati kabi omillarga bog’liq bo’ladi. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagina pul materialini birlik qilib olinadi. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning narxlari real pulga aylanadi. Tovarlar va xizmatlarni ayirbosh (oldi-sotdi) qilish jarayonida pul muomala vositasi vazifasi ni bajaradi . Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pulning bevosita kumush yoki oltin qo’ymalar ishlatilgan. Shuning bilan bir qatorda ayirboshlash vaqtida qiynchiliklar tug’dirgan. Monetalar - ya‘ni oltin tangalar uzluksiz muomalada bo’lishi natijasida siyqalanib, yoyilib hajmi kamayib boradi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajaradi. Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan bo’lsa, tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan pul jamg’arish ko’rinishida amal qiladi. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda to’lov vositasi bo’ladi. Qog’oz pullar veksel va banknotlar pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasini bajaradi. Pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan uumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. Bu tovar ham iste‘mol qiymatga va qiymatga egadir. Qog’oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajratiladi: naqd pullar (qog’oz pul tangachalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, to’lov talabnomalari). Xulosa qilib aytganda, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va pulning kelib chiqishi hamda tovar-pul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va bozorning rivojlanishiga shart- sharoit yaratib berdi. Asosiy tayanch tushunchalar: Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyolari uchun ishlatiladi. Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar uning egasini iste‘moli uchun emas, balki bozorda sotishga mo’ljallangan bo’ladi. Tovar - bu iste‘mol qiymatiga va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir. Iste‘mol qiymat (naflilik ) – tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yaroqliligidir. Qiymati (almashuv qiymati ) – bu biron bir tovarning boshqa tovarga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Aniq mehnat - muayyan aniq iste‘mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat. Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qatbiy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi. Mehnat unumdorligi – ma‘lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi. Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi. Pul - hamma turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini bajaruvchi maxsus tovardir. Qog’oz pullar esa shu tovar pulning vakilidir.