logo

Mijozlarga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda bank-mijoz dasturining o‘rni

Yuklangan vaqt:

13.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

106 KB
Mijozlarga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatishda bank-mijoz dasturining o‘rni Reja : 1. “Bank-mijoz” dasturiy ta’minoti va uning axamiyati. 2. “Bank-mijoz” tizimining asosiy vazifalari. 3. Hisob-kitoblarni “Bank-mijoz” tizimi orqali o‘tkazish tartibi. 4. Bank-mijoz dasturi bo‘yicha mijozning ish tartibi. Tayanch iboralar “Bank-mijoz” dasturiy ta’minoti, tizimning asosiy vazifalari, hisob-kitoblar, kompyuter, modem, dastur, shartnoma, kripto-jarayon, to‘lov xujjatlari, ma’lumot, axborot, mijozning ish tartibi, xujjatning asl nusxasi, javobgarlik, avtomatlashtirilgan ish joyi.texnik vositalar, so‘rovnoma, xabarnoma ma’lumot uzatish. «Bank-Mijoz» dasturiy ta’minoti va uning ahamiyati Hozirgi kundagi eng zamonaviy bank xizmatlaridan biri mijozlarga olisdan turib xizmat ko‘rsatishdir. «Bank-Mijoz»deb nomlangan bu tizim eng yuksak xalqaro andozalarga mosdir. «Bank-Mijoz» tizimi bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasi bank xizmatlarining barcha asosiy turlarini o‘z ichiga oladi. Bular, xususan, to‘lovlar o‘tkazish, bankdagi hisobvarqalar holati, ulardagi tushumlar va chiqimlar to‘g‘risida mufassal axborot olish, bankning tegishli xizmatlari bilan amaliy yozishmalar olib borish kabilardir. Mijozga xizmat ko‘rsatish vaqti maksimal darajada kengayadi. Tizimdan foydalanuvchilarga bank dam olish kunlarisiz, kechayu kunduz xizmat ko‘rsatadi. Bundan buyon mijoz har kuni bankka borishi shart emas. Endi u bevosita ofisda, yoki uyda turib uning xizmatlaridan foydalanishi mumkin. «Bank-Mijoz» tizimi bankka borish uchun sarflaydigan vaqt va xarajatni ancha kamaytiradi, hamda bank qayerda joylashgani mutlaqo farqsiz bo‘lib qoladi. «Bank-Mijoz» tizimidagi barcha ma’lumotlar elektron hujjatlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ular kompyuterlar xotirasida saqlanadi va elektron kanallar orqali jo‘natiladi. Bank mijozning elektron imzosi bilan tasdiqlangan elektron raqam shakldagi to‘lov hujjatlarini olishi yuridik jihatdan qog‘ozdagi to‘lov hujjatlari olishi bilan teng hisoblanadi. «Bank-Mijoz» tizimi bank oldidagi quyidagi masalalarni hal qilish uchun ishlatiladi: mijoz uchun navbatga turishga hojat qolmaydi; mijoz uchun bankning operatsiyalar zaliga kelish xarajatlari bo‘lmaydi; - mijoz hisob raqamidagi operatsiyalarni amalga oshirish vaqtini kamaytiradi; hujjatlarni kompyuterga kiritishdagi, tekshirishdagi va qayta ishlashdagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi, xatarini kamaytiradi; bank xodimini mehnati yengillashadi va ish sifati oshadi; mijoz uchun keng ko‘lamdagi xizmat turlari taklif qilinadi va bu xizmat turlari rivojlantiriladi; - mijozlar bankdan sutkasiga 24 soat mobaynida va haftasiga 7 kun mobaynida ma’lumot olishlari mumkin va buning uchun bankda 3 smenali ishni tashkil qilish shart emas; - bankni rivojlantirish uchun, qo‘shimcha investitsiyalar qilmasdan mijozlarni jalb qilish. Aloqa vositasi sifatida oddiy telefondan foydalanish mumkin. Programma ta’minoti sifatida standart Web-Brayzer Microsoft Internet Exployer dasturidan foydalanish mumkin. Mijozda hech qanday qo‘shimcha bank dasturlari bo‘lmaydi va hech qanday baza ma’lumotlari saqlanmaydi. Hamma programma ta’minoti, biznes mantiq va baza ma’lumotlari bankning R-Bank tizimi bilan, bank serverida saqlanadi. Mijoz qachon bank bilan bog‘lansa, o‘shanda barcha ishlarini amalga oshirishi mumkin. «Bank-Mijoz» tizimi bu mijoz va bank o‘rtasidagi himoyalangan elektron hujjatlar almashishning Web-texnologiyalar asosida yaratilgan tizimidir. «Bank-Mijoz» tizimida mijoz operativ holatda On-line rejimida o‘zining hisobvaraqlarini boshqaradi, bankdan joriy vaqtdagi hisobraqamidagi qoldiq haqida ma’lumot olish va ulardan ko‘chirmalar qilish, boshqa har xil vaqtlar uchun ko‘chirmalar qilish imkoni va boshqa moliyaviy ma’lumotlar olish imkonini beradi. “Bank-mijoz” tizimining asosiy vazifalari. Bank- mijoz dasturining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: • elektron pul hisob-kitob hujjatlarini tayyorlash; • so‘rovnomlar va xabarnomalarni shakllantirish; • elektron imzo va ma’lumotlarni raqamlash; • bank bilan modem aloqasi; • ma’lumotlarni qabul qilish va uzatish; • qabul qilingan ma’lumotlarni qayta ishlash; • kerakli ma’lumot va hisobot shakllarni qayta ishlash; • kerakli ma’lumot va hisobot shakllarini bosmadan chiqarish; • ma’lumotlarni arxivlash . To‘lov hujjatlari bilan ishlashda, tizim quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beradi: yangi hujjatni yangidan va namuna bo‘yicha to‘ldirish. Bu degani mijoz bo‘sh blankani olgandan keyin uni uch xil yo‘l bilan to‘ldirishi mumkin. Birinchisi - qo‘l bilan yangidan ma’lumotlarni kiritish. Ikkinchisi - shablon hujjatlar spravochnigini chaqirish orqali. Uchinchidan - oldin qilingan hujjatni ko‘chirib olish orqali, ya’ni oldin qilingan hujjat ro‘yxatdan topiladi va ko‘chirib olinadi. Shu bilan birga mijoz ko‘chirib olgan hujjatini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ladi. Agar mijoz Off-line rejimida boshqa buxgalteriya dasturlari orqali to‘lov hujjatlarini tayyorlab qo‘ygan bo‘lsa, ularni «Bank-Mijoz» tizimiga ko‘chirishi, yoki ushbu ikki programmani bog‘lashi mumkin, lekin bunda ushbu elektron hujjatlar qattiq tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ko‘pgina to‘lov hujjatlarining modellari doimo saqlanib turadi va ularni qaytadan kiritish shart emas. Masalan hujjatning nomeri, oluvchining rekvizitlari va boshqalar. - Mijoz tomonidan spravochnik yuritish. Bunda mijoz tez-tez qaytarilib turadigan hujjatlarni spravochnikka kiritib qo‘yadi va u kerak bo‘lganda spravochnikdan chaqirib oladi va ishlatishi mumkin. To‘lov hujjatlarini mijoz tomonidan birma-bir imzolanishi mumkin, yoki birdaniga hammasi filtr orqali, yoki korrespondensiya orqali imzolanadi. Jo‘natilgan hujjatlarni qaytarib olish imkoni, ya’ni agar mijoz elektron hujjatni jo‘natgan bo‘lsa-yu, bank tomonidan ushbu hujjat bo‘yicha hali to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, hisob raqamida o‘zgarishlar bo‘lmagan bo‘lsa, mijoz to‘lovni bekor qilishi mumkin. Elektron hujjatlarni printerdan chiqarib olish imkoni, ya’ni mijoz barcha elektron hujjatlarni, ko‘chirmalarni o‘ziga qulay holda, printerdan chiqarib olishi mumkin va uni o‘zida saqlab o‘tirishi shart emas. tizimga ulangandan buyon amalga oshirilgan barcha axborotlar arxiviga, ya’ni bank serverida axborotlar saqlash imkoni. Bunda mijoz o‘zing kompyuteridagi disk xotirasini saqlaydi, yana ushbu axborotlarni bilmasdan, yoki ataylab o‘chirilib ketmasligi imkonini beradi. Ushbu tizim mijoz uchun haqiqiy vaqt rejimida quyidagilarni olish imkoni beradi: - O‘zining barcha hisobraqamlaridagi qoldiqlar haqidagi ma’lumotlar; - So‘rov berilgan vaqtgacha bo‘lgan barcha oborotlari haqidagi barcha hisobraqamlaridan ekspress ko‘chirmalar olish; - Hamma hisobraqamlari bo‘yicha bank operatsion kuni yopilgandan keyin ko‘chirma olish imkoni; - Har qanday hisobraqamidan har qanday davr uchun ko‘chirma olish imkoni; - On-line rejimida turgan holda, o‘tkazgan to‘lovlari, bankning moliyaviy holati haqida aniq ma’lumot olish imkoni; - Aniq On-line rejimida turgan holda, 2-kartotekada turgan hujjatlar haqida ma’lumot olish imkoni; Bundan tashqari «Bank-Mijoz» tizimi : - kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni ushlab turish; - ko‘p qirrali elektron imzoni qabul qilish imkoni, ya’ni operator-buxgalter- direktor; Tizim bank bilan pochta almashish imkonini beradi: bankka tekst holatidagi axborotni jo‘natish, yoki bankdan qabul qilib olish imkoni; bankka ixtiyoriy holatdagi fayllarni jo‘natish va qabul qilib olish; - bankning e’lonlar doskasi bilan bog‘lanib turish va u yerdan axborotlar olish imkoni . Mijoz tizim bilan xohlagan vaqtida, xohlagan joyidan turib, mehmonxonadami, uyidami, ishxonasidami, yoki boshqa shaharda bo‘lsa ham sistemaga ulangan kompyuteri va modem orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu tizim ko‘pchilik tomonidan birdaniga foydalansa bo‘ladigan imkonga ega, ya’ni mijoz tomonidan ham bank tomonidan ham. To‘lov hujjatlarini bir yerda to‘ldirib buxgalter, yoki direktor boshqa yerdan turib imzolashi ham mumkin. Ushbu tizim yuqori darajali himoyaga ega bo‘lib, aloqa yo‘llari orqali mijoz tomonidan, yoki bank tomonidan noqonuniy kirishlardan himoyalangan. Mijoz va bank tomonidan kiritilgan axborotlar shifrlanadi va elektron imzo bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblarni «Bank-Mijoz» tizimi orqali o‘tkazish tartibi O‘zbekistonda bank tizimi rivojlanib borgan sari banklar tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda, ularga yangi bank xizmatlari taklif etilmoqda. Shulardan biri yangi texnologiya bo‘lib hisoblangan «Bank- Mijoz» dasturi bo‘yicha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 497-sonli bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan «Hisob-kitoblarni «Bank- Mijoz» dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish to‘g‘risida»gi Nizom asosida olib boriladi. “Bank mijoz” dasturiy majmuasi (dastur) bank va mijozning avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqasi uchun belgilangan bo‘lib, pul mablag‘larining operativ boshqarishning o‘sishiga va quyidagilarga imkoniyatlar yaratadi: - mijozning har kuni bankka qatnamasligi hisobiga o‘z vaqtini va mablag‘ini tejashga; - manzilning uzoq yaqinligiga qaramasdan mijozning bankni o‘zi ixtiyoriy ravishda tanlashiga; - bank mijozlari bo‘lgan fuqarolarga, ularning uyida, yuridik tashkilotlarga esa, ularning idoralarida avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil qilgan holda, bank xizmatini ko‘rsatishga; - operatsion va axborotlar sohasida mijozga ko‘rsatiladigan xizmat doirasini kengaytirishga; - bank buxgalterlarining mehnat unumdorligini oshirishga; - operatsiyalarning yuqori tezlikda va sifatli ro‘yxat qilinishini ta’minlashga. Bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz o‘rtasida kommunikatsion aloqa tarmog‘i orqali faylda ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Mijozlar bilan ma’lumotlarni almashish uchun bankda mijozlar uchun pochta qutisi tashkil qilinadi, unga parol va identifikator orqali kiriladi. Mijozlarning so‘rovlarini qayta ishlash, ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish avtomatlashgan holda, amalga oshiriladi. Bank-mijoz dasturi bo‘yicha mijozning ish tartibi. Bank mijoz dasturi bankning shaxsiy mulki hisoblanadi. Bank mijozlari ushbu dasturning asosiy foydalanuvchilari hisoblanib, ular munosabatlari tartibga solinishi uchun shartnoma tuziladi. Lekin “Bank mijoz” dasturi orqali operatsiyalarni amalga oshirishdan avval mijozlar bir qator texnik vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Mijoz uchun talab etiladigan texnik vositalar Shunday qilib, sxemada ko‘rinib turganimizdek dasturiy majmuaga ulanishlari uchun mijozlarda quyidagilar bo‘lishi talab etiladi: • shaxsiy kompyuter; • modem; • printer ; • mos dasturiy ta’minot, ya’ni Windows 98, 2000; Win NT4, NT Server, Windows XP, Millennium va hokazolardan biriga ega bo‘lishi kerak. Bank-mijoz dasturi bo‘yicha mijozning xujjatlarini bankka yuborish uchun eng avvalo, ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mijozlarning elektron pul hisob-kitob hujjatlarini bankning ma’lumotlar bazasiga kiritish quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: 1-sxema Xujjatlarni ma’lumot bazasiga kiritish sxemasi Elektron pul hisob hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi, shifrlanishi va ularning aloqa kanallari orqali bankka uzatilishi bo‘yicha javobgarlik mijoz zimmasiga yuklatiladi. Bank mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni to‘g‘ri hisobdan chiqarilganligi va o‘tkazilganligi, hamda elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha axborotni o‘z vaqtida uzatish uchun javobgardir. Aloqa kanallari orqali mijoz bilan bank o‘rtasidagi axborot almashinuvi shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot kuni boshlanishdan oldin mijoz o‘tgan kun bo‘yicha o‘z depozit hisobvarag‘idagi harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan taqqoslab tekshirib olishi shart. Agar harakatlar va qoldiqlar mos kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va hujjatlarni kiritish uchun ruxsat beriladi. Aks holda ular o‘rtasidagi farq sabablari aniqlanadi va mijoz axborot bilan muvofiqlashtiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar bank bilan mijoz o‘rtasidagi axborot so‘rovnomalari va xabarlar almashinishi amalga oshiriladi. Mijoz aloqa kanallari orqali jo‘natilgan pul hisob hujjatlarining asl nusxalarini bankka shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda yetkazishi lozim, bunda elektron hujjatlar asl nusxa bilan solishtirilib, buxgalter imzosi va unga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda bankning kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi. Dasturdan foydalanuvchi mijozlarning pul hujjatlarining asl nusxalarini yuritish uchun bankda alohida hujjat papkalari yuritiladi. Dastur orqali mijozning ish tartibi quyidagicha bo‘ladi: Mijoz pul hujjatlarini 60-yo‘riqnomaga asosan rasmiylashtiradi. Mijozning ma’lumotlarini hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga asoslangan holda, kompyuterga kiritishni amalga oshiradi. Kompyuterga kiritilgan hujjatlarning ro‘yxati bosmadan chiqarilishi zarur. Javobgar xodim, ya’ni bosh buxgalter, yoki majburiyat yuklangan boshqa bir shaxs ushbu ro‘yxatlarni pul hujjatlarining asl nusxalari bilan taqqoslashi, ularning mosligini tasdiqlashi va bankka jo‘natish uchun, ruxsat berishi lozim. Axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangandan keyin, u kriptografik himoyaga o‘tadi va aloqa kanali orqali xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga uzatiladigan elektron fayl shakllantiriladi. Kriptografik himoyadan o‘tgan fayl, mijozni dahl qilish imkoniyatidan mahrum qiladi. Tijorat bankida qabul qilingan axborotlar dasturiy ravishda qayta ishlanadi va kelib tushgan hujjatlar, elektron pul hisob-kitob hujjatlari, shaxsiy hisobvaraqlar ro‘yxati shakllanadi. Mijoz qabul qilgan ma’lumotni kompyuter ekranida ko‘rishi va uni bosmaga chiqarishi mumkin. Mijoz uni o‘chirish, yoki o‘zgartirish imkoniga ega emas. Pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha bankdan jo‘natilgan va qabul qilingan barcha axborotlar dasturiy ravishda arxivlanadi, hamda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi. Axborotlarni saqlash muddati tugashi bilan dasturiy ravishda arxivdan o‘chiriladi. Arxivga faqat korxonaning javobgar, yoki ruxsat berilgan xodimigina, kirishi mumkin. Elektron to‘lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan so‘ng, mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan barcha ma’lumotlar arxivlanadi va o‘rnatilgan tartibda saqlanadi. Adabiyotlar: 1. Астанов Х.З. Пул-кредит орқали мувофиқлаштириш. Ўқув қўлланма. - Т.: “Иқтисодиёт”. 2015 й. 121 б. 2. Банкларда бухгалтерия ҳисоби. Дарслик, II нашри. А.Омонов, Т. Қоралиев, ТМИ, -Т.: “Иқтисод-Молия”, 2014. 241 б. 3. Қоралиев Т.М., Абдуллаев Ё.А. “Банк иши” ўқув қўлланма. - Т.: « ИҚТИСОД-МОЛИЯ » , 2009. - 580 4. Наврўзова К., Н.Ғ.Каримов. Банкларда бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. - Т.: Молия, 2012. -320 бет. 5. Наврузова К.Н., Ортиков О А. Нақд пулсиз ҳисоб-китоблар ва тўлов тизими -Т.: « ИҚТИСОД-МОЛИЯ » , 2014 й. 6. Тоймухамедов И., Умаров З., Хусаинов Ғ. Нақд пулсиз ҳисоб-китоблар ва тўлов тизими. Ўқув қўлланма. LESON PRES , 2018. - 435 бет.