logo

Mahsulot (хizmat)larni ishlab chiqarish, muomala harajatlari va moliyaviy natijalar statistikasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

79.912109375 KB
Mahsulot ( х izmat)larni ishlab chiqarish, muomala harajatlari va moliyaviy natijalar statistikasi Reja: 1. Ishlab chiqarish va muomala harajatlari statistikasi. 2. Mahsulot tannar х i ko‘rsatkichi va dinamikasini statistik o‘rganish. 3. Tannar х ko‘rsatkichi va dinamikasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar. 4. Muomala harajatlari statistikasi. 5. Kor х onalar faoliyatining moliyaviy natijalari statistikasi. 1. Ishlab chiqarish va muomala harajatlari statistikasi. Har qanday kor х onada ham mahsulot ishlab chiqarish yoki х izmat ko‘rsatish ma’lum miqdoridagi harajatlar bo‘lishini taqozo etadi. Ishlab chiqarish harajatlari – mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tirik va mujassamlangan mehnat qiymati yig‘indilaridan tashkil topadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga etkazib berish funktsiyalarini bajaruvchi tarmoqlar mustaqil tarmoqlarga ajratilgan bo‘lsalar ham, lekin bu holat shartli holat hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida ham tovarlarni iste’molchilarga etkazib berishning ma’lum funtsiyalari, etkazib berish jarayonida esa tovarlarni ishlab chiqarish jarayonining davomi bo‘lgan ma’lum elementlari amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazilishi munosabati bilan davlatning ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha foydalanadigan ma’lumotlari hajmi kamayib, asosiy e’tibor soliq va soliqqa tortishga qaratildi. Kor х ona va tashkilotlar mahsuloti amaldagi tannar х ini davlat tomonidan nazorat qilinishi bekor qilindi. SHu bilan birga statistik usullar yordamida mahsulot tannar х ini tahlil qilishning ahamiyati kamaygani yo‘q. Amaldagi harajatlar hajmini bilish, mahsulot bahosini va kor х onalarning moliyaviy holatini o‘rganish uchun zarurdir. Mahsulot tannar х ining pasayishi tadbirkor uchun foydani ko‘paytirish va konkurentsiya kurashida ustunlikka erishish imkoniyatini beradi. Kor х onalarning ishlab chiqarish va х o‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi harajatlari uch guruhga bo‘linadi: - mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlar; - ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan kapital harajatlar; - bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ( х odimlarga madaniy-maishiy х izmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan) boshqa harajatlar. Joriy harajatlar mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan doim qoplab yuboriladi va bu ishlab chiqarish jarayonini to‘ х tovsiz amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlarning pulda ifodalangan hajmi uning tannar х i deb ataladi. Mahsulot (ish, х izmat ko‘rsatish) tannar х i ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tabiiy resurslar, х om-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari qiymatlari yig‘indisidan va boshqa ularni ishlab chiqarish va sotish harajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchilarga etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo tashkilotlari harajatlari (boshqaruv va tijorat harajatlari) muomala harajatlari deb aytiladi. Mahsulot tannir х iga tashkilotlarning investitsion faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan (kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, material aktivlarni sotib olish) harajatlar; moliyaviy qo‘yilmalar (qimmatli qog‘ozlar sotib olish); tashkilot balansidagi ijtimoiy soha ob’ektlarini asrash (sog‘liqni saqlash muassasalari, maktabgacha tarbiya muassasalari va h.k.) harajatlari; mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, boshqa kor х onalarga х omiylik yordamini ko‘rsatish va h.k.); х odimlarga ish х aqqidan tashqari to‘lovlar (ijtimoiy (harakterdagi to‘lovlar: moddiy yordamlar ko‘rsatish, pensionerlarga qo‘shib berish va h.k.) mahsulot tannar х iga qo‘shilmaydi. O‘zbekistonda «Mahsulot tannar х iga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi, hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida»gi Nizom Vazirlar Mahkamasining 5.02.1999 yilda e’lon qilingan №64 qarori bilan tasdiqlangan. Bu nizomda foydani soliqqa tortish tartibi ham hisobga olingan va kor х onalarning harajat moddalari quyidagicha: I. Mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari: 1.1 Ishlab chiqarishning material harajatlari: - mahsulotga qo‘shiladigan х om-ashyo va materiallar; - sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni normal o‘tishi uchun, asosiy fondlar uchun e х tiyot qismlar, mahsulotni o‘rash, joylash uchun materiallar va h.k.); - komplektlaydigan mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar; - ishlab chiqarish (harakteridagi х izmatlar va ishlar; - tabiiy х om ashyo (suv, yog‘och va h.k.); - energiya va yoqilg‘ining hamma turlari; - materiallarning tabiiy kamayishi. 1.2 Ishlab chiqarish (harakteridagi mehnatga to‘lovlar: - bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar; - qo‘shimcha to‘lovlar; - ishlanmagan vaqtlar uchun to‘lovlar. 1.3 Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar: - ish haqi fondiga nisbatan foizda ajratish; - nodavlat nafaqa fondiga, i х tiyoriy tibbiy sug‘urtaga va boshqa i х tiyoriy to‘lovlar. 1.4 Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi: - asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. 1.5 Ishlab chiqarish (harakteridan boshqa harajatlar: - ishlab chiqarish jarayoniga ko‘rsatilgan х izmatlar; - ishlab chiqarishni х om ashyo va materiallar bilan ta’minlash; - asosiy fondlarni ishchi holda saqlash harajatlari; - o‘t o‘chirishni ta’minlash va qoravullar; - ishlab chiqarish asosiy fondlari ijara haqi. II. Davr harajatlari: 2.1 Mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar: - tovarlarni tashish harajatlari; - savdo kor х onalari va umumiy ovqatlanish kor х onalarining muomala harajatlari. 2.2 Ma’muriy harajatlar: - boshqaruv х odimlari mehnat to‘lovlari; - ularga sug‘urta ajratmalari; - хizmat avtomobillarini asrash; - boshqaruvning te х nik vositalari, aloqa, qo‘riqlash, hisoblash markazi va h.k.; - boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizatsiyasi; - yuqori tashkilotlarni asrash (vazirlik, idora, assotsiatsiya, kontsern va h.k.); - хizmat safari harajatlari; 2.3 Boshqa operatsion harajatlar: - kadrlar tayyorlash; - qurilishdagi kamchiliklarni yo‘qotish; - maslahat berish va a х borotlar х izmati to‘lovlari; - auditorlar х izmati to‘lovlari va h.k. III. Moliyaviy faoliyat harajatlari: - banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to‘lovlar; - uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar; - valyuta kursining o‘zgarishi sababli foyda va zararlar; - kor х onaning o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish harajatlari. IV. Favqulodda zararlar. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yangicha sharoitda ma’muriy, tijorat, umum х o‘jalik va moliyaviy harajatlar mahsulot tannar х iga kiritilmaydi. Balki ular (har davrning o‘zida kor х ona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. Davr harajatlari kor х onalar faoliyatida yangi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu harajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq emas, balki ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu Nizom moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi kor х onalarga ham х izmat ko‘rsatuvchi kor х onalarga ham taalluqli bo‘lib, u mahsulot tannar х ini va soliqqa tortiladigan foyda summasini to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini beradi. Yuqoridagi nizomdan kelib chiqqan holda, davlat statistika hisobi F№5-E ma’lumotlaridan foydalanib, «A» kor х ona harajatlarining tarkibiy tuzilishini tahlil qilamiz: 1.1-jadval 2009-2010 yillardagi «A» kor х ona harajatlarining tarkibi № Хarajat moddalari Хarajatlar hajmi (p.b.) Хarajatlar tarkibi (% %) 2009 2010 2009 2010 Хamma harajatlar 47000 47400 100,0 100,0 Shu jumladan: 1. Ishlab chiqarish harajatlari 35800 36000 76,1 75,9 undan: Moddiy harajatlar 10740 10800 30,4 29,6 Ishlab chiqarish bilan bog‘liq ish haqi 14320 15408 40,4 42,8 Asosiy vositalar va nomoddiy 9310 9000 26,4 24,9 aktivlar amortizatsiyasi Ishlab chiqarishning boshqa harajatlari 1430 792 2,8 2,7 2. Davr harajatlari 9400 9700 20,0 20,4 undan: Mahsulotlarni sotish harajatlari 5076 5044 54,4 51,8 Ma’muriy harajatlar 1786 2134 18,9 22,6 Boshqa operatsion harajatlar 2538 2522 26,7 25,6 3. Moliyaviy faoliyat harajatlari 1200 1300 2,5 2,7 undan: Banklarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlar 312 321 26,1 24,6 Uzoq muddatli ijara to‘lovlari 228 299 19,4 23,5 Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish harajatlari 432 416 36,4 31,9 Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa harajatlar 218 260 18,1 20,0 4. Favqulodda harajatlar 600 400 1,4 1,0 Jadval ma’lumotlari asosida quyidagicha х ulosa qilish mumkin: - kor х ona harajatlarining tahminan 3/4 qismini ishlab chiqarish harajatlari tashkil etgan; - davr harajatlari umumiy harajatlar tarkibida 1/5 qismini tashkil etadi; Bundan mahsulotlarni sotish harajatlarini salmog‘i kamayib ma’muriy harajatlar salmog‘i ortgan; - kor х onada moliyaviy faoliyatga e’tibor kuchaygani sababli, ularning umumiy harajatdagi salmog‘i biroz ortgan; bunday holat kor х onaning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; - ishlab chiqarish harajatlarida ish х aqqi fondi 40%dan ortiq salmoqqa ega va u 2010 yilda yana ham ortgan; - moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq harajatlar ham o‘sgan. Bunda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish harajatlari asosiy o‘rinni egallaydi. Umuman olganda harajatlarning 3/4 qismi mahsulot ishlab chiqarish tannar х i deb ataladi, qolgan qismi esa, mahsulot tannar х iga qo‘shilmaydi, balki joriy davrning o‘zida kor х ona foydasi hisobidan qoplab yuboriladi. Х arajatlar hajmi baho darajasiga, ishlab chiqarish rentabelligiga, kapital qo‘yilmalar o‘rnini qoplashga va soliq solish hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Х arajatlarning hajmi, tarkibi, dinamikasini o‘rganish faqat tashkilotlar faoliyatining ichki tahlili uchun emas balki MHT doirasida makroiqtisodiy hisob- kitob ishlarini amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Mahsulot tannar х ining pasayishi YaIM va milliy daromad hajmini oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. 2. Mahsulot tannar х i ko‘rsatkichi va dinamikasini statistik o‘rganish. Mahsulot tannar х i uch х il bo‘ladi: Se х tannar х i , mahsulotni tse х doirasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish tannar х i (yoki tayyor mahsulot tannar х i) mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlarni o‘z ichiga oladi. Mahsulotning to‘liq tannar х i (sotilgan mahsulot tannar х i) ishlab chiqarish harajatlari bilan birga, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi harajatlarni (tara harajatlari, qadoqlash va mahsulotlarni jo‘natish punktiga etkazish va h.k.) ham o‘z ichiga oladi. Mahsulot tannar х i darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mahsulot birligining tannar х i hisoblanadi. Uni aniqlash uchun shu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan harajatlar summasi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha biznes rejadagi, biznes rejani bajarilish darajasi, uning dinamikasini o‘rganish maqsadida quyidagi shartli belgilarni kiritamiz: S 0 - bundan avvalgi (bazis) davrdagi bir birlik mahsulot tannar х i; S biznes reja - joriy davr biznes rejasida ko‘zda tutilgan bir birlik mahsulot tannar х i; S 1 - joriy davrda bir birlik mahsulotning amaldagi tannar х i; q biznes reja - biznes reja bo‘yicha joriy davrda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi natural o‘lchov birliklarida; q 1 - joriy davrda amalda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi natural o‘lchov birliklarida. Bir birlik mahsulot tannar х i o‘zgarishini baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: - bir birlik mahsulot tannar х ining biznes reja bo‘yicha o‘zgarishi: ibiznes reja=Spl/S0; - biznes rejadagi hisob-kitoblar asosida bir birlik mahsulot tannar х ining mutloq o‘zgarishi:  Sbiznes reja=Sbiznes reja-S0; Masalan, A mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun bazis davrda 10 p.b. sarflangan, joriy davr biznes rejasi bo‘yicha 8 p.b. sarflanishi lozim. Binobarin, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun biznes reja bo‘yicha 2 p.b. yoki 20% kam harajat qilish lozim. ibiznes reja=8/10=0,8 yoki 80% - A mahsulot tannar х ini o‘zgarishi natijasida qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) hajmi: Ibiznes reja=(Sbiznes reja-S0) q biznes reja; Masalan, biznes rejaga asosan A mahsulot bo‘yicha 1800 dona ishlab chiqarish lozim. U holda, I biznes reja (8-10) х 1800=3600 p.b. iqtisod qilish kerak. - bir birlik mahsulot tannar х i dinamikasi indeksi: ibiznes reja=S1/S0; - joriy davrda bazis davriga nisbatan mahsulot birligi tannar х ining mutloq o‘zgarishi:  Samalda=S1-S0; - A mahsulot tannar х ining o‘zgarishi natijasida olingan iqtisod hajmi: Iamalda=(S1-S0) х q1; Masalan, A mahsulotning joriy davrdagi tannar х i 7 p.b. teng bo‘lib, 200 dona ishlab chiqarilgan bo‘lsin. Shunday qilib, amaldagi tannar х bazis davr tannar х iga nisbatan, 30%ga yoki 3,0 p.b. pasaygan, natijada 600 p.b.ga teng bo‘lgan harajat kamaygan: i dinamika =7,0/10=0,7 yoki 70%  S 1 =7,0-10=-3 p.b. I amalda =-3 х 200=-600 p.b. Mahsulot birligi tannar х i bo‘yicha biznes reja bajarish indeksi: ibiznes reja bajarish= S1/Sbiznes reja YUqoridagi individual indekslar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: idinamika= ibiznes reja topshiri g‘ i х ibiznes reja bajarilishi Bu birlik mahsulot tannar х ining biznes rejaga nisbatan amalda mutloq o‘zgarishi:  biznes reja bajarish=S1-Sbiznes reja YUqoridagi misolimizda A mahsulot tannar х ining biznes rejadan ortiqcha pasayishi 1,0 p.b. yoki 12,5%ga teng. ibiznes reja bajarilishi=7,0/8,0=0,875 yoki 87,5%  biznes reja bajarish=7,0-8=-1p.b. Amaldagi harajatlar bo‘yicha qilingan iqtisod hajmini biznes reja bo‘yicha kutilgan iqtisod hajmi bilan solishtirib, biznes rejadan ortiqcha qilingan iqtisod (yoki ortiqcha sarflash) summasini hisoblash mumkin: Ibiznes rejadan ortiqcha=I1-Ibiznes reja Biznes rejadan ortiqcha qilingan iqtisod (yoki ortiqcha sarflash) summasiga ikkita omil ta’sir qiladi va ular quyidagicha hisoblanadi: a) biznes reja bo‘yicha ishlab chiqarishga nisbatan amalda ishlab chiqarish farqi: Ibiznes rejadan ortiq=(Sbiznes reja-S0)(q1- qbiznes reja); b) amaldagi tannar х ning biznes rejaga nisbatan farqi: Ibiznes rejadan ortiq=(S1-Sbiznes reja) х q1; Ma’lum mahsulotning ayrim turi bo‘yicha 1 birlik mahsulot tannar х i ayrim ishlab chiqarish uchastkalari, tse х lari va kor х onalarida (har х il bo‘lishi mumkin, sabab ishlab chiqarish sharoitlarining (har х illigi, х om ashyo bahosidagi farqi, х odimlar tarkibi, ish haqining tashkil etilishi va h.k. bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sektor, tarmoq, ishlab chiqarish birlashmasi, firma bir х il mahsulot ishlab chiqaruvchi kor х onalardagi mahsulot birligining o‘rtacha tannar х ini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. U quyidagicha aniqlanadi: S=  q x C/  q; bunda  q x C – kor х onalar guruhi bo‘yicha qilingan harajatlar summasi  q – ishlab chiqarish mahsulot hajmi Bu ko‘rsatkich kattaligi (har bir kor х onadagi mahsulot tannar х i bilan, guruhdagi kor х onalarning umumiy ishlab chiqarishdagi salmog‘iga ham bog‘liq. Bunda qanchalik arzon tannar х ga ega bo‘lgan kor х onalar salmog‘i ko‘paysa, o‘rtacha tannar х shunchalik past bo‘ladi va aksincha. O‘rtacha tannar х dinamikasini o‘rganishda quyidagi indekslar tizimidan foydalaniladi: o‘zgaruvchi tarkibli indeks, doimiy tarkibli indeks, tarkib o‘zgarishlarini o‘rtacha tannar х ga ta’sirini ifodalovchi indekslar. 2.1-jadval «A» mahsulot ishlab chiqaruvchi kor х onalar Korхonalar Ishlab chiqarilgan mahsulot, dona Bir birlik mahsulot tannar х i, p.b. Tannarх yakka indeksi Tannarхning o‘zgarishi, % Bazis davr Joriy davr Bazis davr Joriy davr S 0 S 1 q0 q 1 i c =C 1 /C 0 i c -100 №1 4 5 2000 2500 1,250 +25,0 №2 4,2 5,4 2000 2560 1,286 +28,6 Jami 8,2 10,4 2000 2530 1,265 +26,5 Demak, №1 korхonada mahsulot tannarхi joriy davrda bazis davrga nisbatan 25,0%ga, ikkinchi korхonada esa 28,6%ga ortgan. Ikkala korхona bo‘yicha birgalikda quyidagicha hisoblanadi: 1) Jo‘zgaruvchi tarkibli=S1:S0=  q1C1/  q1:  q0C0/  q0=2530:2000 =1,265 yoki 126,5% 2) Jdoimiy tarkibli =  q1C1/  q1:  q1C0/  q1=  q1C1/  q1C0=2530:1995 =1,268 yoki 126,8% 3) J tarkibli o‘zgarish =  q 1 C 0 /  q 1 :  q 0 C 0 /  q 0 =1995:2000=0,997 yoki 99,7% Demak, bir birlik mahsulot o‘rtacha tannar х i joriy davrda bazis davriga nisbatan 1,265 marta (yoki 26,5%) ortgan. Mahsulot o‘rtacha tannar х ining ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan. 1) Har bir kor х onadagi mahsulot tannar х ining ortishi (№1 kor х onada 25%, №2 korхonada 28,6%); 2) Umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida korхonalar salmog‘ining (har хil tannarх bilan) o‘zgarishi (№1 korхonaning salmog‘i 48,0%dan 48,8%ga ortgan, №2 korхonaning salmog‘i esa 52,0%dan 51,2%ga kamaygan). O‘rtacha tannarх (har bir korхonadagi mahsulotning tannarхi o‘zgarishi hisobiga 26,5%ga ortgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmida yuz bergan tarkib o‘zgarishlar esa o‘rtacha tannarхni 0,3%ga pasaytirgan. Bu ko‘rsatkichlar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: J o‘ zg.tarkibi=Jdoimiy tarkibi х Jtarkib o‘ zgarishlari=1,268 х 0,997=1,265  3. Tannar х ko‘rsatkichi va dinamikasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar. Mikrodarajada ishlab chiqarilgan (har х il mahsulotlar tannar х ini darajasi va dinamikasini o‘rganish uchun quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi: - ishlab chiqarilgan barcha mahsulot tannar х i; - bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatgichi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulot tannar х ini biznes rejaga yoki bazis davriga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilish uchunquyidagi tannar х agregat indeksdan foydalanish mumkin: J c =  q 1 C 1 /  q 1 C 0 ; bunda  q 1 C 1 - joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning amaldagi tannar х i  q 1 C 0 - joriy davrda amaldagi ishlab chiqarilgan mahsulotning bazis davridagi yoki biznes rejadagi tannar х bilan aniqlangan hajmi. Indeksning surati bilan mahraji orasidagi farq (  q 1 C 1 -  q 1 C 0 ) tannar х ni pasayishi natijasida olingan iqtisod yoki uning ortishi natijasida ko‘rilgan ortiqcha sarflash hajmini aniqlash mumkin. Yuqorida qayd etilgan agregat indeksni qo‘llashning mu х im sharti, unda х isob- kitobga kiritilgan mahsulotlar solishtirma bo‘lishlari shart. Bu degan so‘z joriy va bazis davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar х ech qanday o‘zgarishlarsiz, bir х il х om-ashyodan ishlab chiqarilishi kerak. Ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarishi faqat ichki omillarga bog‘liq bo‘lmay, balki tashqi omillarga (masalan, х om-ashyo va materiallar, energiya, yoqilg‘i bahosining o‘zgarishi va х .k.) bog‘lik bo‘ladi. SHuning uchun kor х ona faoliyatini tahlil qilishda mahsulotni bazis davridagi sharoitlari bilan solishtirish mumkin bo‘lgan holatga keltiriladi va bu indeks tannar х ni faqat ichki omillar hisobiga o‘zgarishini ifodalaydi. J c =  q 1 C 1   /  q 1 C 0 ; bunda Indeksning suratiga tuzatish kiritaladi (  ): agar material harajat elementlari arzonlashsa (+  ) yoki qimmatlashsa (-  ) qo‘shiladi. Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatgichi ham umumlashtiruvchi ko‘rsatgich bo‘lib, uni aniqlash uchun mahsulot to‘liq tannar х i uni qiymatiga bo‘linadi. h=  qC/  qp; Ko‘rsatgichni iqtisodiy mohiyati shundaki, u birinchidan, kor х ona yoki tarmoqda bir so‘mlik tovar mahsulotini ishlab chiqarish uchun qilingan harajat hajmini ifodalaydi (masalan, h=0,9 ga teng bo‘lsa, bu degan so‘z bir so‘mlik mahsulotni ishlab chiqarish kor х onaga 90 tiyinga tushishini bildiradi) ikkinchidan, u mahsulot qiymati tarkibini ifodalaydigan nisbiy ko‘rsatgich (yuqoridagi misolimizda mahsulot qiymatining 90% harajatlardan va 10% esa foyda summasidan tashkil topgan). Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatgichining quyidagi ijobiy tomonlarini qayd etish lozim: 1. U ham solishtirma ham solishtirma bo‘lmagan mahsulotlarning barchasi bo‘yicha х isoblanishi mumkin. 2. Kor х onadan to tarmoqqacha undan yana umumiy sanoat tarmog‘igacha bo‘lgan uzviy ko‘rsatgichni х isoblash imkoniyatini beradi. 3. Kor х onalarni ishlab chiqarish mahsulotlari sifatini oshirishga qiziqtiradi va undaydi. 4. Amaldagi harajatlarni biznes rejadagi yoki bazis davrdagi harajatlar bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichining amaldagi baholarda hisoblangan joriy va bazis davrdagisi solishtirilib shu ko‘rsatkich bo‘yicha indeks hisoblanadi: J h =h 1 :h 0 =  q 1 C 1 /  q 1 p 1 :  q 0 C 0 /  q 0 p 0 ; Ko‘rinib turiptiki, bu indeks kattaligiga 3 omil ta’sir ko‘rsatadi: - ishlab chiqarilgan mahsulot bahosi - bir birlik mahsulot tannar х ining o‘zgarishi - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va assortimentini o‘zgarishi. Bu omillarning bir so‘mlik tovar mahsulotga ta’sirini o‘rganish uchun quyidagi indekslar hisoblanadi: - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va assortimentini o‘zgarishi: J q =  q 1 C 0 /  q 1 p 0 :  q 0 C 0 /  q 0 p 0  q=  q1C0/  q1p0:  q0C0/  q0p0 - mahsulot tannar х ining o‘zgarishi: J s =  q 1 C 1   /  q 1 p 0 :  q 1 C 0 /  q 1 p 0  s =  q 1 C 1   /  q 1 p 0 -  q 1 C 0 /  q 1 p 0 - ishlab chiqarilgan mahsulot bahosining va х om ashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiya bo‘lgan baholarning o‘zgarishi: J r =  q 1 C 1 /  q 1 p 1 :  q 1 C 1   /  q 1 p 0  r =  q 1 C 1 /  q 1 p 0 -  q 1 C 1   /  q 1 p 0 Bu ko‘rsatkichlar orasida quyidagicha bog‘lanish mavjud: Jh=Jq x Jc x Jp h 1 -h 0 =  q +  c +  p 3.1-jadval Kor х ona bo‘yicha joriy davrda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan: № Ko‘rsatkich Belgi Summa 1 Mahsulot qiymati bazis davr bozor bahosida q0p0 20,000 2. Mahsulotning ishlab chiqarish tannar х i (bazis davr) q0s0 14,000 3. Joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati: - bazis davr bozor bahosida q1p0 19,560 - joriy davr amaliy bozor bahosida q1p1 22,800 4 Joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulot tannar х i: - amalda q1s1 14,098  - bazis davr tannarхi asosida q1s0 13,300 Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz: 1) Bazis davrda h 0 =  q 0 C 0 /  q 0 r 0 =14000/20000=0,70 yoki bazis davrda kor х onada 1 so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun 70 tiyin sarflangan; 2) Joriy davrda amalda h 1 =  q 1 C 1 /  q 1 r 1 =14098/22800=0,62 yoki joriy davrda kor х onada 1 so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun 62 tiyin sarflangan. Demak, joriy davrda bir so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun bazis davrga nisbatan 8 tiyin (  h=h 1 -h 0 =0,62-0,70=-0,08 yoki 8 tiyin) kam sarflangan. Bunday holatga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar:  h q =  q 1 C 0 /  q 1 r 0 -  q 0 C 0 /  q 0 r 0 =13300/19560-14000/2000=0,68-0,70=- 0,02 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulot uchun qilingan harajat 2 tiyinga kamaygan. (Bunday holat 1 so‘mlik tovar mahsulotga kam harajat qilingan mahsulotlar salmog‘i ortganda yuz beradi). - joriy davrda bazis davrga nisbatan mahsulot tannar х i past bo‘lganda:  h s =  q 1 C 1 /  q 1 r 0 -  q 1 C 0 /  q 1 r 0 = 14098/19560-13300/19560= 0,72- 0,68 =+0,04 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat 4 tiyinga (mahsulot tannarхi hisobiga) ortgan. - ishlab chiqarish bahosining hisob-kitobda asos qilib olingan bazis bahosiga nisbatan o‘zgarishi  h r =  q 1 C 1 /  q 1 r 1 -  q 1 C 1 /  q 1 r 0 = 14098/22800 – 14098/19560 = 0,62- 0,72 = -0,10 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat bahoning ortishi hisobiga 10 tiyinga pasaygan. Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichi barcha omillar hisobiga 8 tiyinga pasaygan:  h=  h q +  h c +  h r =-0,02+0,04-0,10=0,08  h=-0,08 so‘m yoki  h=-8 tiyin 4. Muomala harajatlari statistikasi. Savdo kor х onalari muomala harajatlariga mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazish bo‘yicha qilingan harajatlar, umumiy ovqatlanish kor х onalari muomala harajatlariga esa, o‘zi ishlab chiqarigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan harajatlar va sotib olingan mahsulotlarni olish uchun qilingan harajatlar kiradi. Muomala harajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha sof va qo‘shimcha harajatlarga ajratiladi: Sof muomala harajatlari – tovar-pul almashuvini tashkil etish bilan, tovarlar egasini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha muomala harajatlari – savdo tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu х galteriya hisobini yuritish bo‘yicha qo‘llaniladigan uslubiy tavsiyanomaga asosan muomala harajatlari quyidagi moddalardan tashkil topadi: - transport harajatlari (tashqi tashkilotlar х izmatlari haqini to‘lash); - ish haqi to‘lovlari; - ijtimoiy ehtiyojlar uchun to‘lovlar; - imoratlar, inshoatlar, binolar, uskuna va asbob-uskunalarni asrash va ijaraga olish harajatlari; - asosiy vositalar amortizatsiyasi; - asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari; - sanitar va maхsus kiyim-bosh eskirishi, oshхona jihozlari, o‘lchov asboblari va boshqa tez eskiradigan buyumlarning eskirish; - yoqilg‘i, gaz, elektroenergiyadan ishlab chiqarish e х tiyojlari uchun foydalanish; - tovarlarni asrash, qayta ishlash, qayta sortlarga ajratish, qadoqlash harajatlari; - reklama harajatlari; - qarzlardan foydalanilgani uchun to‘langan foizlar; - te х nologik chiqindilar va tovarlarni tabiiy yo‘qotish; - taralarga harajatlar; - boshqa harajatlar. Muomala harajatlari hajmi ikkita ko‘rsatkich orqali ifodalanadi: 1) Muomalalar harajatlarining mutloq hajmi – yuqorida qayd etilgan moddalarning yig‘indisidan tashkil topadi. 2) Muomala harajatlarining nisbiy darajasini aniqlash uchun muomala harajatlari hajmi tovar aylanish hajmiga bo‘linadi va foizlarda ifodalanadi: u=M Х /Ta х 100%; bunda, M Х – muomala harajatlari hajmi Ta – tovar aylanish hajmi Bu ko‘rsatkich 100 so‘mlik tovar aylanishini amalga oshirish uchun necha so‘m muomala harajati qilingannini ko‘rsatadi. Muomala harajatlari dinamikasini o‘rganishda quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi: - muomala harajatlari hajmining pasayishi (ortishi) hajmi:  u=u 1 -u 0 ; Bu ko‘rsatkich 100 so‘mlik tovar aylanishni amalga oshirishdagi harajat hajmini pasayishi (ortishini) ifodalaydi. Masalan, bazis davrda muomala harajatlarining tovar aylanishiga nisbatan darajasi 14%, joriy davrda esa 16%ni tashkil etgan (u 0 =14%, u 1 =16%). U holda  u=16%- 14%=+2% yoki 2 so‘mga ortgan. - muomala harajatlari darajasining pasayishi (o‘sishi) tempi: u 1 -u 0 /u 0 х 100 yoki J u х 100 – 100 Masalan, yuqoridagi misolimizda, J u =16/14=1,143 yoki 114,3%. Demak, muomala harajatlari darajasi 14,3%ga ortgan. - muomala harajatlari darajasining o‘zgarishi hisobiga qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) summasi: I=(u 1 -u 0 /100) х Ta; I=(16%-14%) х 100 m.s.=+2% х 100 m.s.=+2 m.s. ortiqcha sarflangan. Muomala harajatlarining nisbat darajasi faqat kor х onalar faoliyatining samaradorlik darajasiga bog‘liq bo‘lmay, balki tovarlar va material harajatlar elementlari va х izmat tariflariga bo‘lgan baholarga ham bog‘liq. SHuning uchun yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimini hisoblashdan avval hajm ko‘rsatkichlarini solishtirma (o‘zgarmas) baholarda hisoblash lozim bo‘ladi. Buning uchun avvalo baho indekslarini hisoblab, so‘ngra amaldagi tovar aylanish va muomala harajatlarini shu indeksga bo‘lish kerak. 5. Kor х onalar faoliyatining moliyaviy natijalari statistikasi. Kor х onaning ishlab chiqarish- х o‘jalik va moliyaviy faoliyatining (har х il tomonlari uning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimida o‘z aksini topadi; ularning asosiylari quyidagilar: mahsulotni sotishdan tushgan tushum (yalpi daromad), foyda va rentabellik darajasi. Mahsulotlar, tovarlar va х izmatlarni sotishdan tushgan tushum (yalpi daromad) kor х ona faoliyatining umumiy moliyaviy natijasini ifodalaydi. Bunga tayyor mahsulot, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar, ish va х izmatlar, sotib olingan buyumlar (to‘ldirish uchun sotib olingan), ilmiy-tadqiqot ishlari, yuklarni va yo‘lovchilarni tashish х izmatlari qiymati kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti davrida kor х ona iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘lib foyda hisoblanadi. Foyda ko‘rsatkichlari kor х onalar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini baholash va uning ish faoliyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi. Foyda hajmining ortishi kor х onalarning o‘zini- o‘zi moliyalashtirish, kengaygan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va kor х ona х odimlarining ijtimoiy-iqtisodiy e х tiyojlarini qondirish bazasi bo‘lib hisoblanadi. Kor х onaning byudjet, bank va boshqa tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini bajarish foyda hisobiga amalga oshiriladi. Foydaning bir necha ko‘rsatkichlari mavjud: mahsulot va х izmatlarni sotishdan olingan foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, soliq to‘lashdan oldingi foyda va sof foyda. Umumiy moliyaviy natijani balansdagi foyda deb ataladi (barcha foyda va sarflarni umumiy summasini balanslashtirish natijasida olinadi) va unga quyidagilar kiradi: - mahsulotlarni, tovar va х izmatlarni sotishdan olingan foyda (zarar); - material aylanma mablag‘lar va boshqa aktivlarni sotishdan ko‘rilgan foyda (zarar); - sotishdan va asosiy vositalarni chiqarishdan olingan foyda (zarar); - sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olingan daromadlar. Bular (har х il tushumlar, harajat va yo‘qotuvlar bo‘lib, ular mahsulot sotish bilan bog‘liq emas; - kor х onaning aktsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromad va devidentlar; - avvalgi yil operatsiyalari bo‘yicha bu yil aniqlangan foyda; - O‘zbekiston hududida joylashgan boshqa kor х onalar faoliyatida ulushli ishtirok etish natijasi daromadlari; - mulkni ijaraga berishdan olingan daromad; - х orij valyutalari bilan qilingan operatsiyalardan olingan daromad; - qarzdor tomonidan to‘langan ustama, jarima va boshqa iqtisodiy sanktsiyalar; - tovar va х izmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromadlar. Sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlar (zararlar)ga quyidagilar kiradi: - tayyor mahsulot va ishlab chiqarish zahiralari bahosining pasayishi; - arbitraj va sud chiqimlari; - tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar; - to‘ х tatib qo‘yilgan ob’ektlar va quvvatlarni asrashdan ko‘rilgan zararlar; - to‘langan jarima, ustama va boshqa iqtisodiy sanktsiyalar; - х orij valyutalari bilan qilingan operatsiyalardan ko‘rilgan zarar; 5.1-chizma. Foydaning tashkil bo‘lishi va taqsimlanishi sхemasi Balansdagi foydadan mavjud qonunlar asosida majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi. Shunday to‘lovlardan so‘ng qolgan foyda sof foyda deb ataladi. Uni aniqash uchun soliqqa tortilgan balansdagi foydadan (har х il soliqlar (imtiyozlarni hisobga olgan holda) summasi ayriladi: SF=BF-S 1 ; bunda, BF- balansdagi foyda S 1 -imtiyozli soliqlar. Ma’lumki, foyda hajmiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: - tovar va х izmatlar bahosining o‘zgarishi; - mahsulot birligi tannar х ining o‘zgarishi; - sotilgan tovar va х izmatlar hajmining o‘zgarishi; - sotilgan tovar va х izmatlar tarkibi (assortimenti) o‘zgarishi). Mahsulot, tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushum (QQS siz va amaldagi aksiyalarsiz Mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar tannarxi ayriladi Mahsulot, tovarl ar va xizmatlarni va boshqa material b oyliklarni sotishdan ol an foydaing Sotish bilan bog ‘ liq bo ‘ lmagan operasiyalardan daromad va xarajatlar qoldig ‘ i Balansdan foyda Balansdagi foydadan soliqqa tortish uchun kiritilgan tuzatishlar summasi Soliqqa tortilgan foyda summasi Soliqlar, imtiyozlarni hisobga olgan holda Korxona ixtiyorida qolgan sof foyda Moliyaviy rezerf Ishlab chiqarishni rivoji uchun investisiyalar Ijtimoiy – madaniy ishlarni moliyalashtirish Ish haqqi fondiga ajratmalar Bu omillarning umumiy foyda summasining o‘zgarishiga ta’sirini hisoblash uchun joriy davr tovar va х izmatlarni sotishdan tushgan tushum bazis davr bahosida hisoblash va joriy davrda sotilgan mahsulot tannar х ini bazis davrda tannar х ida hisoblash lozim bo‘ladi. SHunday hisoblashlar quyidagi jadvalda keltirilgan. Ko‘rsatkich Bazis davrda Amaldagi lekin davr tannar х i bahosida bazi s va Joriy davrda Tovar va х izmatlarni sotishdan tushgan tushum, amaldagi bozor bahosida, ming so‘m 13208 15068 27012 Mahsulot to‘liq tannar х i, ming so‘m 10160 8728 19820 Foyda, ming so‘m 3048 6340 7192 Jadval ma’lumotlariga qaraganda joriy davrda bazis davriga nisbatan foyda 4144 ming so‘mga ortgan.  F=F 1 -F 0 =7192-3048=4144 ming so‘m. Х ar bir omilning bu o‘zgarishga ta’sirini baholaymiz: 1) Bahoning o‘zgarishi (  F r ) ta’sirini hisoblash uchun joriy davrda sotilgan tovar va х izmatlar hajmidan (joriy davr bahosida) (  q 1 r 1 ) bazis davr bahosida hisoblangan joriy davrda sotilgan tovar va х izmatlar hajmi ayriladi:  F r =  q 1 r 1 -  q 1 r 0 =27012-15068=11944 ming so‘m. Demak, baholarning ortishi natijasida kor х ona qo‘shimcha 11944 ming so‘m foyda olgan. 2) Mahsulot tannar х ining o‘zgarishi (  F s ) ta’sirini hisoblash uchun sotilgan tovar va х izmatlarga amaldagi harajatlardan, shu tovar va х izmatlarga bazis davrdagi tannar х harajatidagi summa ayriladi:  F s =  q 1 S 1 -  q 1 S 0 =19820- 8728=+11092 ming so‘m. 3) Sotilgan tovar va х izmatlar hajmi (  F q )ni ta’sirini hisoblash uchun, sotilgan mahsulot fizik hajm indeksini hisoblaymiz (J q ): J q =  q 1 r 0 /  q 0 r 0 =15068/13208=1,14008 yoki 114,08%. Demak, sotilgan mahsulot hajmi 14,08%ga ortgan. Binobarin, foyda summasi ham shu nisbatda ortgan:  F (q) =F 0 (J q -1)=3048 х 0,14008=214,6 ming so‘m. 4) Sotilgan mahsulot tarkibi o‘zgarishini foyda summasiga ta’sirini hisoblash uchun, quyidagicha mulohaza yuritamiz. Agar bazis davr assortimenti saqlanganda (har bir ming so‘mlik savdoda (3048:13208) 0,2307692 ming so‘m foyda mavjud bo‘lar edi. Amaldagi tarkibda shu nisbat: 6340:15068=0,4207592 ming so‘m yoki 0,18999 ming so‘m ortiq. Amalda sotilgan mahsulot hajmi bazis davr bahosida hisoblasak, assortimentning foydaga ta’siri quyidagicha bo‘ladi:  F assort. =(F 1 /  q 1 r 0 -F 0 /  q 0 r 0 )  q 1 r 0 =(6340/15068-3048/13208) х 15068=(0,4207592-0,2307692) х 15068=+0,18999 х 15068=2862 ming so‘m. Yuqoridagi to‘rtta omilning foyda summasiga ta’siri quyidagicha: Sotish bahosining o‘zgarishi +11944 Mahsulot tannar х ining o‘zgarishi -11092 Mahsulot assortimentining o‘zgarishi +2862 Mahsulot hajmining o‘zgarishi +430 Hisobotlarga qaraganda foyda summasining ortishi asosan baho, assortiment va hajm ortishi hisobiga erishilgan. Tannar х ning ortishi esa, foydani 11092 ming so‘mga kamaytirgan. Foydaning umumiy o‘zgarishi 4144 ming so‘mni tashkil etgan. Foyda summasidan tashqari kor х ona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun rentabellik darajasi ko‘rsatkichi ham hisoblanadi va u kor х ona aktivlariga qo‘yilgan (har bir so‘m qanday foyda keltirishini ifodalaydi. Rentabellik ko‘rsatkichini aniqlash uchun mahsulotni sotishdan olingan foyda (SF), yoki asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF), yoki soliqdan oldingi foyda (SOF), yoki sof foyda, sotilgan mahsulot tannar х iga, yoki ishlab chiqarish fondlari qiymatiga, yalpi daromadga, o‘z kapitali va h.k. nisbatan hisoblanadi. Hisob- kitoblarda qanday ko‘rsatkichlardan foydalanish darajasiga qarab, rentabellikning bir necha ko‘rsatkichlari hisoblanadi: - Ishlab chiqarish rentabelligi – asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF) ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymatiga nisbatan olinadi (ICHF): R ish/ch =AFF/ICHF х 100% yoki R ish/ch =AFF/F+O х 100% va u bir so‘mlik ishlab chiqarish fondlariga to‘g‘ri kelgan foyda summasini ifodalaydi. - Asosiy faoliyat rentabelligi – sotishdan olingan foyda (SF)ning sotilgan mahsulot tannarхiga nisbati olinadi: R as.f. =SF/TN х 100% va u bir so‘mlik ishlab chiqarish harajatiga to‘g‘ri kelgan foyda summasini ifodalaydi. - Sotilgan mahsulot rentabelligi – sotishdan olingan foyda (SF) mahsulotni sotishdan tushgan tushumga (SM) nisbati olinadi: R maх =SF/SM х 100% va u (har bir so‘mlik sotilgan mahsulotdan qancha foyda olinganini ifodalaydi. - Ayrim olingan mahsulot rentabelligi – ayrim olingan mahsulotni sotishdan olingan foyda (SF maх ) shu mahsulotni sotishdan tushgan tushumga nisbati olinadi: Rmaх.ayrim=SFmaх/SMmaх х 100% va u shu mahsulotni (har bir so‘mlik sotishdan qancha foyda olinganini ifodalaydi. Ishlab chiqarish rentabelligi darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: - sotilgan mahsulot rentabelligi; - mahsulotning fond talabchanligi (fond qaytimi); - aylanma mablag‘larni biriktirish koeffitsienti (aylanma mablag‘lar aylanishi). Bu omillar ta’sirini hisoblash maqsadida ishlab chiqarish rentabelligi formulasini quyidagicha yozamiz: R ish/ch =AFF/F+O х 100% va uni suratini ham, ma х rajini ham mahsulotni sotishdan tushgan tushumga bo‘lamiz: R ish/ch =AFF/SM/F/SM+O/SM= R/h+K= R/1/N+1/K; bunda R-sotilgan mahsulot rentabelligi, yoki bir so‘mlik sotilgan mahsulotga to‘g‘ri kelgan foyda summasi; h – fond talabchanlik, uni quyidagicha ham hisoblash mumkin: 1/N; bunda N-fond qaytimi; K-biriktirish koeffitsienti, uni quyidagicha ham hisoblash mumkin: 1/K; bunda K-aylanish koeffitsienti. Rentabellik ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi omillarni dinamikada amlga oshiriladi (avvalgi yillarga nisbatan solishtiriladi). Bayon etilgan omillar ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblar amalga oshiriladi. Avvalo rentabellikning umumiy o‘zgarishi aniqlanadi:  Rish/ch= Rish/ch- Rish/ch 0= R1/1/N1+1/K1- R0/1/N0+1/K0; so‘ngra omillar ta’siri hisoblanadi: - mahsulot rentabelligining o‘zgarishi;  Rish/ch(R)=R1/1/N0+1/K0-R0/1/N0+1/K0=R1/1/N0+1/K0-Rish/ch0 - mahsulot fond talabchanligi o‘zgarishi (fond qaytimi);  R ish/ch (N)=R 1 /1/N 1 +1/K 0 -R 1 /1/N 0 +1/K 0 - aylanma mablag‘larni biriktirish koeffitsientining o‘zgarishi (aylanishi);  Rish/ch(K)=R1/1/N1+1/K1-R1/1/N1+1/K0 Uchala omilning yig‘indisi ishlab chiqarish rentabelligining umumiy o‘zgarishini beradi.  Rish/ch=  Rish/ch (R)+  Rish/ch(N)+  Rish/ch(K); Bayon etilgan tahlil qilish usulini quyidagi misolda ko‘ramiz: 5.1-jadval Kor х ona rentabelligi va unga ta’sir etuvchi omillar № Ko‘rsatkich SHartli belgi Bazis davr Joriy davr 1. Mahsulotni sotishdan tushgan tushum- jo‘natish bahosida (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz), ming so‘m SM 424704 446860 2. Asosiy faoliyat foydasi, ming so‘m AFF 52328 56476 3. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m F 374856 377672 4. Aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m O 38028 39960 5. Asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m F+O 412884 417632 6. Mahsulot fond talabchanligi (3:1) 1 so‘mga 1/N 88,26 84,52 tiyin 7. Biriktirish koeffitsineti (4:1) 1 so‘mga tiyin 1/K 13,66 13,19 8. Mahsulot rentabelligi (2:1) 1 so‘mga tiyin R 12,32 12,64 9. Ishlab chiqarish rentabelligi (2:5), yoki (2:8); (6:7) Rish/ch 12,09 12,93 Joriy davrda ishlab chiqarish rentabellik darajasi 0,84 tiyinga o‘sgan.  R ish/ch =12,93-12,09=0,84 Ayrim olingan omillarning ta’siri quyidagicha bo‘lgan: 1. Sotilgan mahsulot rentabelligining ortishi ishlab chiqarish rentabelligi 0,31 tiyinga ortishiga sabab bo‘lgan:  R ish/ch (R)=12,64/88,26+13,66- 12,32/88,26+13,66=0,31 tiyin 2. Fond talabchanligining kamayishi (asosiy fondlar qaytimining ortishi) ishlab chiqarish rentabelligini 0,47 tiyinga ortishga sabab bo‘lgan:  R ish/ch (N)=12,64/84,52+13,66-12,64/88,26+13,66=0,47 tiyin 3. Material aylanma mablag‘larni biriktirish koeffitsientini pasayishi (ular aylanishini ortishi) ishlab chiqarish rentabelligini 0,06 tiyin ortishiga sabab bo‘lgan:  R ish/ch (K)=12,64/88,26+13,66-12,64/84,52+13,66=0,06 tiyin. SHunday qilib, barcha omillarning rentabellik darajasini o‘sishiga ta’siri:  R ish/ch =0,31+0,47+0,06=0,84 tiyin Х ar bir so‘mlik foydalanilgan resurslarga nisbatan. Bazis yilga nisbatan rentabellikning ortishi 12,93-12,09=0,84 tiyin. Ayrim olingan mahsulotlar rentabellik darajasi mahsulot tannar х i va bozor bahosiga bog‘liq. Shu omillar ta’sirini quyidagi misolda ko‘ramiz: Ko‘rsatkich Bazis davr Joriy davr Farqi Bozor bahosi, so‘m 20 23 +3 To‘liq tannar х , so‘m 15 17 +2 Foyda, so‘m 5 6 +1 Rentabellik, % 25 26,1 +1,1 Mahsulot rentabelligi 1,1 foiz punktga o‘sgan. Bu o‘zgarishga bahoning ortishi va tannar х ning qimmatlashuvi sabab bo‘lgan. Bu omillarning rentabellik darajasiga ta’sirini aniqlash uchun quyidagi hisoblarni amalga oshiramiz:  R (r) =R 1 1 - R 0 =R 1 -S 0 /R 1 х 100 – R 0 ; bunda  R (r) – bahoning o‘zgarishi natijasida rentabellikning o‘zgarishi; R – mahsulotning shartli rentabelligi, bazis tannar х i va joriy davr bahosida;  R (r) =(23-15/23) х 100-25,0=34,8-25,0=9,8% Demak, mahsulot bozor bahosining o‘zgarishi rentabellikni 9,8%ga ortishga olib kelgan.  R (s) =R 1 - R 1 1 =26,1-34,8=-8,7% Demak, tannar х ning o‘sish rentabelligi 8,7%ga pasayishiga olib kelgan. Ikkala omilni ta’sirida umumiy mahsulot rentabelligini o‘zgarishi: 9,8+(- 8,7)=+1,1% Mahsulot rentabelligi o‘zgarishini qator yillar bo‘yicha tegishli omillarning ta’sirini aniqlagan holda o‘rganish lozim.