logo

Bozor iqtisodiyoti sharoitida хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni sektorlar va tarmoqlar bo‘yicha tasniflash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.82421875 KB
Bozor iqtisodiyoti sharoitida х o‘jalik yurituvchi sub’ektlarni sektorlar va tarmoqlar bo‘yicha tasniflash Reja: 1. Iqtisodiy faoliyat tushunchasi va kategoriyalari. 2. Milliy hisoblar tizimining klassifikatsion birliklari. 3. Institutsional birlik turlari. 4. Faoliyat turlarining tarmoq klassifikatsiyasi. 5. Institutsional birliklarning rezidentlik statusi. 1. Iqtisodiy faoliyat tushunchasi va kategoriyalari. Insonlarni har х il e х tiyojlari (tabiiy, ruhiy va iqtisodiy)ni qondirish uchun olib borilgan maqsadga muvofiq faoliyati jamiyat hayotining asosi hisoblanadi. Iqtisodiy ehtiyojlar – х ar bir sha х sni qandaydir iqtisodiy buyumni hohlash, shu sha х sning fikricha shu buyum unga qandaydir foyda keltiradi va shuning uchun uni egallashga undaydi. Iqtisodiy buyumlar tarkibini o‘rganish uchun х ar х il guruhlashlar amalga oshiriladi va ular х ar х il belgilar bo‘yicha ularning tarkibini aks ettiradi. Shunday guruhlarning asosiylari quyidagilar: 1) borlik usuli bo‘yicha – material (mahsulot)lar va nomaterial (хizmat)lar; 2) istemol jarayonidagi roli bo‘yicha – to‘g‘ri (bevosita istemol qilinadi) va teskari (qayta ishlangach foydalaniladi); 3) iqtisodiyotda foydalanish darajasi bo‘yicha – ko‘p marta va bir marta ishlatiladigan buyumlar; 4) qondirish darajasi bo‘yicha – to‘ldiruvchi buyumlar (birgalikda istemolni qondiradilar) va o‘rnini bosuvchilar (bir birini o‘rnini bosadi); 5) kelib chiqish joyi bo‘yicha – sharoit yaratuvchilar (ular asosiy ishlab chiqarish bilan hosil bo‘ladilar) va raqobatlashuvchilar (bir х il iste’mollarni qondiradilar). Iqtisodiy buyum – bu chegaralangan miqdorda mavjud bo‘lgan buyumlar. Bu buyumlarning barchasi foydalilik hususiyatiga ega. Foydalilik – bu iqtisodiy buyumning insonni e х tiyojini qondirish qobiliyati. Iqtisodiy qobiliyat – bu foydalilikni yaratish jarayoni. U inson va jamiyatning e х tiyojini qondirish uchun mahsulotlar va х izmatlar yaratishga qaratilgan faoliyatlar yig‘indisidir. Bu mahsulotlar va х izmatlar hajmi doim chegaralangan bo‘ladi shu uchun ular iqtisodiy qiymatga ega. Noiqtisodiy faoliyatga х ozirgi vaqtda tekin amalga oshiriladigan uy х izmatlari, х obbilar, shuningdek noqonuniy fiaoliyat kiradi. Ishlab chiqarish faoliyati – MHT printsiplariga asosan ular mahsulotlar va х izmatlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Unga tovar va х izmatlar ishlab chiqaruvchi kor х onalar, davlat muassasalari va tashkilotlari, notijorat tashkilotlari faoliyati, shuningdek bir х ususiy binoda yashovchi uy х o‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati (aholining х ususiy yordamchi х o‘jaliklari, yakka me х nat faoliyati) va h.k. uy х o‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatiga sotish uchun yoki o‘zi foydalanishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va х izmatlar va qiymatidan qat’iy nazar bozor х izmatlari ham kiradi. 2. Milliy hisoblar tizimining klassifikatsion birliklari. Institutsion birliklar – bular bozor х o‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib, ular aktivlarga ega bo‘lishlari, majburiyatlar olishlari, iqtisodiy faoliyat olib borishlari va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Institutsion birliklar – yuridik, jismoniy sha х slar (yoki ularning guruhi), uy х o‘jaligi shaklida faoliyat olib boradilar. Institutsion birliklarga – yuridik sha х slarga quyidagilar kiradi: korporatsiyalar, davlatni boshqarish tashkilotlari, notijorat tashkilotlar va h.k. Yuridik sha х slarning asosiy turlari – bular mulkka ega bo‘lgan tashkilotlar, bular o‘z nomlaridan fuqarolik huquqini olaoladilar va faoliyat bilan bog‘liq majburiyatlar oladilar. YUridik sha х s mustaqil balansga yoki smetaga ega bo‘ladi, mustaqil qarorlar qabul qiladi, o‘zining moddiy va moliyaviy resurslaridan foydalanadi, majburiyatlar oladi, iqtisodiy faoliyat olib boradi va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o‘tkazadi va o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javob beradi. Faoliyatning asosiy maqsadiga muvofiq yuridik sha х slar х o‘jalik va no х o‘jalik tashkilotlarga bo‘linadi. Х o‘jalik tashkilotlariga faoliyatlarini asl maqsadi foyda olish bo‘lgan, no х o‘jalik tashkilotlarga esa bunday maqsad bo‘lmagan х o‘jaliklar kiradi. Х o‘jalik tashkilotlari bo‘lgan yuridik sha х slar, х o‘jalik jamoalari va o‘rtoqlik usulida, ishlab chiqaruvchi kooperativlar, davlatning yana boshqa kor х onalari sifatida tashkil bo‘lishi mumkin. No х o‘jalik tashkilotlari bo‘lgan yuridik sha х slar o‘zlarining nizomida belgilangan vazifalarini bajarguncha х o‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Ular jamoa birlashmalari usulidagi notijorat tashkilotlar, istemolchi birlashmalar, qonunda belgilangan х ayriya yoki boshqacha fondlar sifatida mavjud bo‘ladilar. Yuridik sha х s sifatida tashkil topmagan х o‘jalik sub’ektlari bo‘lib quyidagi firmalar: vakilliklar, sha х siy me х nat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, х ususiy yordamchi х o‘jaliklar bo‘lishi mumkin. Agar qandaydir birlik institutsional birlikning barcha talablariga javob beraolmasa, unda statistika quyidagi printsiplarga amal qiladi: 1) uy х o‘jaliklari barcha hisoblamalarini olib bormasalar ham, o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanadilar, shuning uchun ular institutsional birlik bo‘lib hisoblanadilar; 2) barcha hisoblamalarni to‘liq olib bormaydigan birliklar, mustaqil ravishda х o‘jalik yurituvchi institutsional birliklar tarkibiga kiritiladi. 3) Barcha hisoblamalarni to‘liq olib boradigan lekin yuridik sha х s bo‘lmagan birliklar ularni nazorat qilib turuvchi institutsional birliklar tarkibiga kiritiladi. BMTning statistika komissiyasi 1989 yilda «Barcha iqtisodiy faoliyat turlari х alqaro andozalarga mos tarmoqlar klassifikatsiyasi»ni te х nik belgilari bo‘yicha ishlab chiqqan.  2.1-jadval Х ATKdagi klassifikatsion birliklar nisbati 1 Faoliyat turlari bo‘yicha klassifikatsiya Territorial belgi Bir yoki bir necha joyda joylashgan Bir joyda joylashgan Faoliyatning bir yoki bir necha turi Korхona yoki korхonalar guruhi Joydagi birlik Faoliyatning bir turi Faoliyat turlari birligi Muassasa yoki bir х il ishlab chiqarish birligi Ikkita belgi bo‘yicha – faoliyat turi va joylashgan joyiga qarab institutsional birliklar quyidagicha bo‘linadi: - faoliyat turlari birligi – faoliyat tarkibi va х arakteri bo‘yicha bir х il institutsional birliklar, ular bir joyda yoki ko‘p joyda joylashgan bo‘lishi mumkin; - muassasalar yoki bir х il ishlab chiqarish birliklari – faoliyat tarkibi va х arakteri bo‘yicha bir х il institutsional birliklar, ular bir joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Muassasa institutsional birlikka yoki uning qismiga mos kelishi mumkin, lekin ikkita institutsional birlikka bo‘ysinishi mumkin emas; - joydagi birliklar – bir yoki bir necha х il faoliyatni birlashtirishi mumkin va bir joyda yoki ko‘p joyda joylashishi mumkin. Х o‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy turi bir hil mahsulot ( х izmat)larni ishlab chiqaradi. Bir hil faoliyat turi bir oddiy jarayondan tashkil topishi ham mumkin (avtomobillar ishlab chiqarish). Х o‘jalik sub’ektlarini iqtisodiy faoliyat turlariga kiritishda quyidagilarni bir- biridan ajratadi: 1) asosiy faoliyat – bu qo‘shilgan qiymatni yaratilishiga eng ko‘p hissa qo‘shuvchi faoliyat. Ayrim mahsulot turlari bo‘yicha bunday ma’lumotlarni olish mumkin emas. SHuning uchun asosiy faoliyatni aniqlash maqsadida yalpi ishlab chiqarish х ajmidagi eng ko‘p soliqqa ega bo‘lgan tovar va х izmatlarni olish tavsiya etiladi yoki bunda х odimlar soni tarkibida eng ko‘p soliqqa ega ishlab chiqarishda band bo‘lgan х odimlar ulushini olish tavsiya etiladi; 2) yordamchi faoliyat – asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlab turish uchun amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, uni asosiy faoliyatdan ajratib bo‘lmaydi (tashish, asrash, tayyorlash, boshqarish, ta’minlash, marketing, ta’mirlash va tuzatish ishlari); 3) qo‘shimcha faoliyat – bunda boshqa tarmoqlar mahsulotlari ishlab chiqariladi, va ular Х ATKdagi kabi tarmoqlarga kiritiladi. 1 Новиков М.М. Введение в систему национальных счётов: учеб.пособие.-М.-1995.-с.18 Yordamchi va qo‘shimcha faoliyat mahsulotlari bozorda sotishga yoki boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin. 3. Institutsional birlik turlari. Institutsional birliklarga quyidagilar kiradi: 1. Korporatsiya va kvazikorporatsiyalar. Korporatsiyalarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: - qonun bilan kor х ona va tashkilot sifatida, boshqa institutsional birliklarga bog‘liq bo‘lmagan holda tuziladi; - mustaqil yuridik sha х s bo‘lib, yagona davlat registrida qayd etiladi; - maqsadi foyda olish hisoblanadi; - aktsiya egalarining jamoa mulkida bo‘ladi; - х o‘jalik faoliyati natijasida olingan foyda aktsionerlarga tegishli bo‘lib, ular olgan qog‘ozlar х ajmiga proportsional ravishda taqsimlanadi; - yopilgan paytda aktsionerlar o‘z ulushlarini oladilar; - direktorlar kengashi rahbarlikni amalga oshiradi; - muomalaga aktsiyalar chiqara oladi; - qonun oldida bitim va majburiyatlarini bajarish bo‘yicha, shuningdek soliqlar to‘lash bo‘yicha ham javobgar bo‘lib hisoblanadi. Korporatsiyalar oilasi (aktsiyalarga birgalikda egalik qiladi) korporatsiyalar – koglomeratini tashkil etadi. Ular bir emas, balki ko‘p institutsional birliklarni o‘z ichiga oladi. Ular ichida ona korporatsiya – katta siyosatga ta’sir ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Kvazikorporatsiya – bu nokorporativ kor х ona bo‘lib, uni boshqarish korporatsiyalarni boshqarishga o‘ х shab ketadi. U mustaqil institutsional birlik bo‘lib hisoblanadi. Kvazikorporatsiyalarga quyidagilar kiradi: - institutsional birliklar-norezidentlarga qarashli nokorporativ kor х onalar (firmalar, х orij kompaniyalar vakilliklari – bular milliy iqtisodiyotda faoliyat olib boradilar); - davlatni boshqarish organlariga qarashli nokorporativ kor х onalar bo‘lib, ular foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaradilar; - uy х o‘jaliklari nokorporativ kor х onalari. Kvazikorporatsiyalar korporativ kor х onalarga tenglashtiriladi va iqtisodiyotning sektori tarkibiga kiritiladi. 2. Davlatni boshqarish organlari (DBO) bir necha bo‘g‘inlarga bo‘linadi: - markaziy hukumat – yuridik sha х s bo‘lib, u siyosiy jarayonlar natijasida tashkil topadi va qonun chiqarish, amalga oshirish huquqi va sud х okimiyatiga ega bo‘ladi; - regionlarni boshqarish davlat organlari; - joylardagi bajaruvchi davlat organlari. Markaziy hukumat quyidagi daromad turlarini oladilar: soliqlar, poshlinalar, to‘lovlar, qarzga olingan mablag‘lar, х ususiylashtirishdan olingan mablag‘lar, har х il fondlar va h.k. Markaziy х ukumat х arajatlariga quyidagilar kiradi: - jamoa foydalanishi uchun ko‘rsatilgan х izmatlar (mudofaa, tartib, sog‘liqni saqlash, ilm va ta’lim va h.k.ni tashkil etish); - uy х o‘jaliklarini imtiyozli ta’minlash (JK Х х izmati, arzon non mahsulotlari, sut va h.k.); - transfertlar (subsidiyalar, yordam, imtiyozlar) ayrim kategoriyalar uchun, shu jumladan: pensiyaga qo‘shimchalar, yo‘lkira, tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar va h.k. 3. Uy х o‘jaliklari (U Х ) – umumiy yashash sharoitlari va ba’zi tovarlar va х izmatlarni birga istemol qilish maqsadida o‘z daromadlari va moddiy boyliklarini birlashtirgan kishilar guruhi. Uy х o‘jaliklari istemol qilish bilan birga ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Boshqa institutsional birliklardan farq qilib, uy х o‘jaliklari o‘z resurslaridan foydalanadilar va hisoblamalarni to‘liq yuritmaydilar. 4. Notijorat muassasalari (NTM) – bular iqtisodiy faoliyat sub’ektlari bo‘lib, ular tovar va х izmatlar ishlab chiqaradilar, lekin foyda olishni nazarda tutmaydilar. NTMlar faoliyatining asosiy turlari: - korporativ kor х onalar, DBT, U Х , ayrim sha х slarga jamoa х izmatini ko‘rsatish; - aholi ayrim turlarini ijtimoiy himoyalash. NTMlar х ar х il institutsional birliklar tomonidan tashkil etilishi mumkin va ular bozor va nobozor ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishlari mumkin. A) Bozor NTM – o‘z х arajatlarini to‘liq yoki bir qismini to‘laydilar. Ular quyidagi х izmatlarni amalga oshiradilar: - to‘lovli ta’lim va kasal х onalar; - kor х onalar х izmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiytekshiruv muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assotsiatsiyasi va h.k. B) Nobozor NTM – moliyalashtirishning boshqa manbalariga tayanadi (to‘lovlar, sadaqa, byudjetdan moliyalashtirish) va ularga quyidagilar kiradi: - NTM – o‘z a’zolariga х izmat ko‘rsatadi (istemolchilar birlashmasi, uyushmalar, siyosiy partiyalar, ilmiy va diniy jamiyatlar), х izmatlar tekinga ko‘rsatiladi; - NTM – х ayrli ishlar bilan shug‘ullanish, ularning resurslari to‘lovlar, sadaqalar, davlat dotatsiyalari hisobiga tashkil topadi; - NTM – davlat tomonidan moliyalashtiriladi va nazorat qilib turiladi. Bular bu х galteriya hisobi, statistika, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari bo‘yicha andozalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. 4. Faoliyat turlarining tarmoq klassifikatsiyasi. Statistika oldida iqtisodiyotning tarkibini tashkil etuvchi elementlarini baholab berish vazifasi turadi. SHu masalani hal qilish uchun milliy hisoblar tizimi iqtisodiy faoliyat natijalarini ikkita belgi bo‘yicha guruhlaydi: tarmoqlar va sektorlar bo‘yicha. Bir hil yoki bir-biriga o‘ х shash faoliyat olib boruvchi ishlab chiqarish birliklari yig‘indisi iqtisodiyotning tormog‘ini tashkil etadi. Bir erda joylangan, bir hil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yoki asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga qo‘shilgan qiymatning ko‘proq ulushi to‘g‘ri keluvchi kor х onalar yoki kor х onalar bo‘limlari yig‘indisi tormoq deb ataladi. Tarmoqlar klassifikatsiyasi х alqaro andozasi (TK Х A) – bu iqtisodiy faoliyat turlarini klassifikatsiyalash bo‘lib, uni BMTNing statistika komissiyasi ishlab chiqqan va tasdiqlagan, 1990 yilda e’lon qilingan. TK Х A ko‘p bo‘g‘inli qilib ishlagan va bo‘limlar, bo‘limlar osti, guruhlar va sinflardan tashkil topgan. 4.1-jadval TK Х A tarkibi (1990 y. e’lon qilingan) Sektsiyalar Guruhlar soni Jami SHu jumladan darajaga qarab I bo‘lim II bo‘lim III bo‘lim IV bo‘lim Jami: 526 17 60 159 290 SHu jumladan: A Qishloq х o‘jaligi, ovlash va o‘rmonchilik 18 1 2 6 9 B Baliqchilik 4 1 1 1 1 C Tog‘-kon sanoati 28 1 5 10 12 D Qayta ishlovchi sanoat 210 1 23 61 125 E Elektroenergiya, gaz va suv ta’minoti 11 1 2 4 4 F Qurilish 12 1 1 5 5 G CHakana va ulgurji savdo, avtomobillarni, mototsikllar, хo‘jalik buyumlari, shaхsiy buyumlarni ta’mirlash 50 1 3 17 29 H Mehmonхona va restoranlar 6 1 1 2 2 I Transport, ombor х o‘jaligi va aloqa 33 1 5 10 17 J Moliyaviy vositachilik 21 1 3 5 12 K Ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar, ijara va tijorat faoliyati 54 1 5 17 31 L Davlatni boshqarish va mudofaa, majburiy ijtimoiy sug‘urtalash 13 1 1 3 8 M Ta’lmi 11 1 1 4 5 N Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy х izmatlar 11 1 1 3 6 O Boshqa kommunal, ijtimoiy va shaхsiy хizmatlar 36 1 4 9 22 P Х ususiy uy х o‘jaligi yonlangan х izmat ko‘rsatish 4 1 1 1 1 Q Eksterritorial tashkilotlar va organlar 4 1 1 1 1 Tarmoq klassifikatorining ko‘p darajali bo‘lishi, mehnat taqsimotining har хil darajada bo‘lishi va хar хil milliy iqtisodiyotlarda mehnatni хar хil tashkil etilishi bilan bog‘liq. Bo‘lim va guruhlar quyidagilarni e’tiborga olgan holda tuzilgan: - ishlab chiqarilgan tovar va х izmatlar х arakteriga qarab (jismoniy tarkibi, ishlab chiqarish darajasi); - ulardan foydalanish darajasi; - ishlab chiqarishni tashkil etish; - hom ashyo turi; - qayta ishlash, ishlab chiqarish te х nologiyalari. Sinflarni shu sinfga qo‘shilgan birliklar ishlab chiqargan mahsulotlarning asosiy qismini e’tiborga olgan holda belgilanadi. Х ATK х alqaro andozalar uslubiyoti bo‘yicha solishtirishni istovchilarga mo‘ljallangan. Bunda mamlakatning Х ATK milliy klassifikatsiyalar bilan mos kelmay qolishi mumkin. Lekin milliy klassifikatsiyalarni qayta guruhlash natijasida Х ATKga mos kelishini nazarda tutish lozim. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida х ozirgi vaqtda iqtisodiy faoliyat turlarini umumdavlat klassifikatori qo‘llanilmoqda, u respublikaning х alqaro amaliyotda qabul qilingan х isob va statistikaga o‘tish dasturi asosida ishlab chiqilgan. Rossiya Federatsiyasida iqtisodiy faoliyat, mahsulot va х izmatlar turlari umumrossiya klassifikatori qo‘llanilmoqda. Rossiyada shuningdek х alq х o‘jaligi tarmoqlari klassifikatsiyasi ham qo‘llanilmoqda, unda ishlab chiqaruvchi tarmoqlar va х izmat qiluvchi tarmoqlar bir-biridan ajratilgan. Umumrossiya iqtisodiy faoliyatlar klassifikatsiyasining vazifasi quyidagilardan iborat: - х o‘jalik yurituvchi sub’ektlar, ular amalga oshirayotgan х o‘jalik faoliyati turlari asosida guruhlangan; - MHT printsiplari asosida iqtisodiyotni makroiqtisodiy modellashtirish masalalarini х al qilish uchun; - statistik ma’lumotlarni х alqaro almashishda ularni solishtirish imkoniyatini yaratish lozim. Bo‘limlar – klassifikatsiyasining jamlovchi kategoriyalari. Ular tarmoqlar iqtisodiyotini yiriklashtirib ko‘rsatadi. Umumrossiya iqtisodiy faoliyatlar klassifikatsyasida, х alqaro iqtisodiy faoliyatlar klassifikatsiyasiga o‘ х shab 17ta bo‘limdan iborat (ular lotin х arflari A dan Q gacha). Bo‘limlar kategoriyasi – tarmoq klassifikatsiyasining eng yuqori bo‘g‘ini bo‘lib, u mos ravishda tarmoq faoliyatini qo‘shadi. Bo‘limlar darajasida yirik tarmoqlar bo‘yicha jamlovchi ko‘rsatkichlar hosil bo‘ladi. Bo‘limlarga ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish birliklari kiritiladi. Bo‘lim ostiga birlashtirilgan faoliyat turlari ikki belgili kategoriyalar bo‘lib, ular 01 dan 99 gacha bo‘lgan raqamlarga kodlashtirilgan (rezervlarni х am qo‘shgan holda). Rezervlar mavjud klassifikatsiyani buzmagan holda yangi paydo bo‘lgan ishlab chiqarishlarni qo‘shish imkoniyatini beradi. Х ar bir bo‘lim, bir yoki bir necha bo‘lim ostini o‘z ichiga oladi. Bo‘lim ostidagi bo‘limlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot va х izmatining х arakteriga qarab, ulardan foydalanishga qarab, х om ashyo va tayyor buyumlarni qayta ishlash te х nologiyasiga qarab tuziladi. Х ar х il rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan jahon х amjamiyati mamlakatlar ishlab chiqarish birliklari 60ta bo‘lim osti bo‘limga birlashtirilgan. Tarmoq klassifikatsiyasini uchinchi darajasi – guruhlar uch belgili kategoriyalar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, 01 bo‘lim ostida quyidagi faoliyatlarni ajratish mumkin: 011, 012 va h.k. Guruhlarga nisbatan bir х il faoliyatlar kiritiladi. Tarmoq klassifikatorining 3 darajasida 211ta faoliyat turi tashkil etilgan bo‘lib – bular bo‘lim ostiga nisbatan bir hil faoliyat turlari hisoblanadi. IFTKning to‘rtinchi darajasi – sinflar – to‘rt belgili kategoriyalar bilan ifodalangan. Sinflarning kod belgilariga uchinchi daraja guruhlar shifri to‘liq kiritilib, unga to‘rtinchi son qo‘shiladi. Sinflar darajasida aniqlik kirituvchi bo‘lim bo‘lmasa, unga «0» qo‘shib qo‘yiladi. Sinflar – bir hil kategoriyalar bo‘lib, ular institutsional birliklar bazasida faoliyat turlari tarmoqlaridan tashkil topadi. Sinflarga ajratishning muhim belgisi bo‘lib, tovar va х izmatlar turlari hisoblanadi. Jami 406 ta sinf kodlashtirilgan. Ularning ba’zilari uchinchi daraja kategoriyalari bilan mos keladi va bunday faoliyat turlarining juda ham bir hil emasligidan dalalat beradi. Ishlab chiqarishning bir hillik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib quyidagilar: i х tisoslash koeffitsienti va qamrab olish koeffitsientlari hisoblanadi; Tarmoqning i х tisoslanish koeffitsienti – shu tarmoqda х arakterli bo‘lgan tovar va х izmatlar (qo‘shilgan qiymat)ning shu tarmoqdagi ulushi bo‘yicha aniqlanadi. Qamrab olish koeffitsienti shu tarmoqdagi х arakatda bo‘lgan tovar va х izmatlarning mamlakat bo‘yicha shunday tovar va х izmatlarni ishlab chiqarishdagi ulushi bo‘yicha aniqlanadi. 5. Institutsional birliklarning rezidentlik statusi. Х alqaro statistikada ichki (vatan) iqtisodiyot va milliy iqtisodiyot kabi tushunchalarni bir-biridan ajratadilar. Ichki iqtisodiyot chegarasini aniqlash uchun MHTda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: 1. iqtisodiy territoriya; 2. iqtisodiy qiziqish markazi; 3. rezident. Mamlakatning iqtisodiy territoriyasi – administrativ tomondan shu mamlakat х ukumati tomonidan boshqariladigan territoriya bo‘lib, uning chegarasida fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin х arakat qiladilar, shuningdek iqtisodiy territoriyaga quyidagilar kiradi: - havo kengligi, shu mamlakat territoriyasidagi suvlar va х alqaro suvlardagi kontinental shelf, bunda shu mamlakat х om ashyo, yoqilg‘i qazib olish huquqiga ega va h.k.; - х orijdagi «territorial anklavlar» - boshqa mamlakatlardagi zonalar bo‘lib, ulardan davlat organlari tomonidan foydalaniladi (ijara yoki mulk sifatida) diplomatik, х arbiy, ilmiy yoki boshqa maqsadlarda, masalan elchi х onalar, konsul х onalar va boshqa diplomatik muassasalar. «Ozod zonalar» yoki mamlakat iqtisodiy territoriyasidan tashqaridagi shu mamlakat kor х onalari qaysi mamlakat territoriyasida joylashgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat iqtisodiy territoriyasiga kiradi. Mamlakat ichki iqtisodiyoti shu mamlakat territoriyasida faoliyat olib boruvchi rezident va norezidentlarni o‘z ichiga oladi. Uning doirasida yalpi ichki mahsulot tashkil topadi. Milliy iqtisodiyot faqat rezidentlar faoliyatini o‘z ichiga oladi (qanday iqtisodiy territoriyada bo‘lishidan qat’iy nazar). Uning doirasida yalpi milliy daromad tashkil topadi. Iqtisodiy qiziqish markazi quyidagi belgilar bo‘yicha aniqlanadi: - shu institutsional birlikning iqtisodiy qiziqishi uchun mamlakat iqtisodiy territoriyasida uning juda bo‘lmaganda bitta mulk ob’ekti bo‘lishi kerak; - uzoq vaqt mobaynida mamlakat iqtisodiy territoriyasida katta х ajmda ishlab chiqarish faoliyati va operatsiyalari olib borishi kerak. Rezident (fuqarolikka o‘ х shash) – iqtisodiy qiziqishi shu mamlakat iqtisodiy territoriyasida bo‘lgan institutsional birlik bo‘lib, u katta х ajmda iqtisodiy faoliyat va operatsiyalar bilan uzoq yoki noma’lum vaqt davomida (yil va ortiq vaqt) faoliyat olib boruvchi yoki olib bormoqchi bo‘lgan birlik hisoblanadi. Institutsional birliklarning iqtisodiy qiziqishlari shu mamlakat iqtisodiy territoriyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ular shu mamlakat rezidentlari hisoblanadi. Rezident institutsional birliklarga quyidagilar kiradi: - mamlakat territoriyasida doimiy yashash uchun qayd etilgan jismoniy sha х slar (uy х o‘jaligi a’zolari); - yuridik sha х slar va mamlakat territoriyasidagi yuridik sha х s maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar; - mamlakatning х orijdagi diplomatik, konsullik, savdo ishlari vakillari va boshqa rasmiy vakillar. Norezidentlar – mamlakat territoriyasida iqtisodiy qiziqishi bo‘lmagan х orij mamlakatlar institutsional bo‘limlari. Mamlakat territoriyasida bir yildan ortiq davrda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kor х onalar, tashkilotlar va uy х o‘jaliklari, shu mamlakatning rezidentlari hisoblanadilar. Qisqa muddatga yoki bir yildan kam muddatga kelgan sha х slar (turistlar, artistlar, sportsmenlar, olimlar, mavsumiy ishchilar va h.k.) shu mamlakat rezidentlari hisoblanmaydilar. Х orijiy mamlakat talabalari mamlakatga kelib o‘qisalar ham bu mamlakat rezidentlari emas, agar ular o‘z mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘qotgan bo‘lsalar, o‘sha mamlakat rezidentlari hisoblanadilar. Samolyot ekipajlari, kema ekipajlari shu mamlakat territoriyasidan tashqarida ishlasalar ham, uy х o‘jaligi a’zolari sifatida shu amlakat rezidentlari hisoblanadi. 2.5.1-jadval Institutsional birliklarni rezidentlar qatoriga qo‘yish belgilari Institutsional birliklar turlari Rezidentlik statusiga kiritish belgilari Korporatsiyalar Institutsional birlik sifatida qayd etilgan mamlakat Davlatni boshqarish organlari (DBO) Ularning yurisdiktsiyasi o‘tadigan iqtisodiy territoriya Notijorat tashkilotlar (NTT) Institutsional birlik sifatida qayd etilgan mamlakat Uy Хo‘jaliklari (UХ) Uy х o‘jaliga joylashgan joy, a’zolari birgalikda yashashi uchun binoning mavjudligi 2.6. Iqtisodiyotni sektorlama tarkibi. Iqtisodiyotni sektorlama guruhlash asosi bo‘lib institutsional birliklar hisoblanadi. Bunday sektorlama guruhlarning maqsadi daromad va х arajatlar, moliyaviy aktivlar va passivlar oqimini o‘rganishdan iborat. Iqtisodiy sektor – o‘ х shash maqsad, funktsiya va moliyalashtirish manbasiga ega bo‘lgan х o‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib, ular o‘ х shash iqtisodiy х ulqqa х am ega bo‘ladilar. Institutsional birliklar quyidagi sektorlarga birlashtiriladi: - nomoliyaviy kor х onalar – moliyaviy х izmatlardan tashqari mahsulot va х izmatlar ishlab chiqaruvchi kor х onalardir; - moliyaviy muassasalar; - davlat muassasalari; - uy х o‘jaligi х izmatidagi notijorat tashkilotlar; - uy хo‘jaligi; - tashqi iqtisodiy aloqalar (“qolgan dunyo”). 1. “Nomoliyaviy kor х onalar” sektoriga х ar hil mulk va tashkiliyhuquqiy taraflarga ega bo‘lgan, bozor uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi va nomoliyaviy х izmatlar ko‘rsatuvchi iqtisodiy nomoliyaviy rezident birliklari kiradi. Bu birliklar resurslari asosan mahsulotlarni sotishdan tashkil topadi, ammo ba’zi hollarda х arajatlar subsidiyalar va davlat byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobidan qoplanadi. Shuningdek bu sektorga quyidagilar kiradi: a) bozor faoliyati bilan band bo‘lgan notijorat tashkilotlar (masalan, notijorat tovar х om-ashyo birjalari) b) tadbirkorlar х izmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, qishloq х o‘jaligi, sanoat va savdo assotsiatsiyalari va h.k.). Ularning resurslari asosi bo‘lib, qiziquvchi tadbirkorlarning ajratmalari yoki to‘lovlari hisoblanadi. v) o‘zlarining nizomdagi vazifalarini amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlar tomonidan yaratilgan х o‘jalik jamiyatlari, ular foydasining bir qismi notijorat tashkilotlar byudjetiga tushadi, shuningdek konsultatsiyalar, a х borotlar va boshqa х izmatlar uchun to‘lovlar (masalan, pul-buyum materiallar, auktsion va boshqalar tashkil etishdan). 2. “Moliyaviy muassasalar” sektori mulk formasidan qat’iy nazar tijorat asosida moliyaviy va sug‘urta operatsiyalari bilan band bo‘lgan institutsional birliklardan tashkil topadi. 2.6.1-jadval Iqtisodiyot sektorlarining o‘ziga х os х ususiyatlari № Bozor iqtisodiyoti sektorlari Institutsional birliklar Maqsad va vazifalar Resurslar 1 2 3 4 1. Nomoliyaviy korхonalar Davlat, kooperativ, х ususiy, aktsioner, qo‘shma va h.k. korхonalar Х arajatlarni qoplash va foyda olish maqsadida mahsulot va х izmatlar ishlab chiqarish Mahsulot va х izmatlarni sotishdan olingan foyda: davlat byudjetidan subsidiya va dotatsiyalar 2. Moliyaviy muassasalar Kredit beruvchilar Moliyaviy mablag‘larni ishlab chiqarish, sotib olish va taqsimlash, korхonalar uy хo‘jaliklari va h.k.olarga kreditlar berish Olingan majburiyatlar natijasida (depozitlar, moliyaviy lizing, obligatsiyalar) hosil bo‘lgan fondlar va olingan foizlar; sug‘urtalash kontraktlari bo‘yicha tushgan to‘lovlar va pensiya fondiga to‘lovlar; sug‘urta, komission mukofotlari. 3. Davlat muassasalari Davlat byudjet muassasalari, Nobozor х izmatlarni ko‘rsatish, ular jamoani Boshqa sektorlar tadbirkorlik birliklarini majburiy umumiy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv, iqtisodiyotni tartibga keltirish, ichki ishlar, mudofaa, to‘lovsiz ta’lim, sog‘liqni saqlash istemoli uchun mo‘ljallangan, milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlash to‘lovlari (soliqar, yig‘uvlar), poshlinalar, qarzlar, byudjet mablag‘lari, х ar х il fondlar 4. Uy х o‘jaliklari х izmatidagi notijorat tashkilotlar Ijtimoiy tashkilotlar: partiyalar, kasaba uyushmalari, jamiyatalr va h.k. Ayrim guruh uy х o‘jaliklariga nobozor х izmatlarini (yakka va jamoa holda) ko‘rsatish I х tiyoriy yig‘imlar, va sadaqalar, byudjetdan moliyalashtirish, mulkdan daromad, davlat dotatsiyalari 5. Uy хo‘jaliklari Qo‘shimcha х o‘jaliklar, fermer х o‘jaliklari, х unarmandlar, yuridik sha х s mao‘lmagan х ususiy tashkilotlar Renzidentlar uy х o‘jaliklarida aholi tomonidan ishlab chiqarilgan va istemol qilingan tovar va хizmatlar Birgalikdagi turar joylari, moliyaviy va material boyliklar, mas’ul kishi yoki хo‘jaliklarning boshqa a’zolari tomonidan olingan daromadlar (ish haqqi, mulkdan olingan daromad, tadbirkorlik daromadi, transfertlar, kreditlar) 6. “Qolgan dunyo” Хorij iqtisodiy birliklari Tashqi iqtisodiy aloqalar Mamlakat qonunlari asosidagi х ar х il turdagi resurslar Kredit muassasalari quyidagilardan tashkil topadi: - mamlakat milliy banki; - depozitli moliyaviy muassasalar, tijorat banklari, kredit jamiyatlari va assotsiatsiyalari; - moliyaviy lizing hisobiga resurslar tashkil etuvchi boshqa moliyaviy vositachilar, ular depozit muassasalar bo‘lib hisoblanmaydilar; - yordamchi moliyaviy tashkilotlar: qimmatbaho qog‘ozlar va h.k. bilan operatsiyalar o‘tkazuvchi makler idoralari. Ularning asosiy funktsiyalari: moliyaviy resurslarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va taqsimlash; qimmatbaho qog‘ozlar ishlab chiqarish, pul mablag‘larini asrash va kor х onalar, uy х o‘jaliklari va boshqalarga kreditlar berish. Bu birliklarning resurslari asosan olingan majburiyatlar hisobiga (depozitlar, sertifikatlar, obligatsiyalar, moliyaviy lizing va h.k.) tashkil topadi. Sug‘urta muassasalariga х ayotni ba х tsiz х odisalardan sug‘urtalash bilan, shuningdek kor х onalar va uy х o‘jaliklari mulklarini sug‘urtalash bilan shug‘ullanuvchi institutsional birliklar kiradi. Bu birliklar resurslarni sug‘urtalash kontraktlaridan tushgan tushumlar hisobidan tashkil topadi. Pensiya fondlari – yonlangan х odimlarning kelajakda pensiyaga chiqishlari uchun daromad manbalarini yaratish maqsadida tashkil etiladi. 3. «Davlat muassasalari» sektori – davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘lib, ular butun iqtisodiy tizimda insonlar х ulqiga ta’sir o‘tkazish maqsadida jamoa istemoli uchun nobozor х izmatlari ko‘rsatish, shuningdek milliy daromad va milliy boyliklarni qayta taqsimlash bilan band bo‘lgan tashkilotlardir. Davlat muassasalari tarkibiga quyidagilar kiradi: - davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladigan va umumiy boshqarish, moliya, iqtisodiyotni rejalashtirish va tartibga keltirish, ilmiytadqiqot faoliyati, atrof muhitni muhofazalash, ichki tartibni saqlash bilan, shuningdek ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy tarbiya va sport, madaniyat va san’at, ijtimoiy sug‘urtalash sohalarida aholiga bepul yoki imtiyozli х izmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi davlat muassasalari va tashkilotlari; - davlatning nobyudjet fondlari: (bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi fond; investitsion fond; konversiya fondi va h.k.). 4. «Uy х o‘jaliklariga х izmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar» alohida uy х o‘jaliklari guruhlariga nobozor х izmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi institutsional birliklarni o‘z ichiga oladi. Sektor quyidagi х izmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlarni o‘z ichiga oladi: a) uy х o‘jaliklarini ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, dam olish va х ordiq chiqarishlar, ijtimoiy х izmatlar va h.k. sohasida yakka talablari, b) siyosiy partiyalar, kasaba uyushma tashkilotlari va h.k. sohada jamoa talablarini qondirish bilan shug‘ullanadi. Bu sektorga davlat muassasalari tomonidan tekshirilmaydigan va moliyalashtirilmaydigan tashkilotlar kiritiladi. Ularning resurslari asosan uy х o‘jaliklarining i х tiyoriy to‘lovlari va sadaqalari va mulkdan olingan daromadlardan tashkil topadi. Uy х o‘jaliklari х izmatidagi tashkilotlarining quyidagi turlari ajratiladi: - o‘z a’zolari tomonidan (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy jamiyatlar, i х tiyoriy sport jamiyatlari va h.k.) moliyalashtirilgan va o‘z a’zolariga х izmat ko‘rsatadigan tashkilotlar; - moliyaviy resurslari asosan pul va natural usuldagi sadaqalar hisobiga tashkil topadigan, uy х o‘jaliklariga nobozor tovar va х izmatlar beradigan х ayriya jamiyatlari va fondlar; - kor х onalarning o‘z х odimlariga va ularning oila a’zolariga ijtimoiymadaniy х izmat ko‘rsatadigan bo‘limlari, ular notijorat muassasalar hisoblanib, mablag‘larni transfertlar sifatida kor х ona ta’sis etuvchi oluvchilar, masalan: i х tiyordagi turar joylar, i х tiyordagi kasal х onalar, poliklinikalar, madaniyat saroylari va х .k. 5. «Uy х o‘jaliklari» sektori yakka sha х slar va ular guruhini ham istemolchi, shuningdek tadbirkorlik bilan ishlab chiqaruvchi sifatida qaraydi. Ularni na yuridik, na iqtisodiy jihatdan uy х o‘jaligi egasidan ajratib bo‘lmaydi. Uy х o‘jaligi sektoriga – х ajmi va usulidan qat’iy nazar shu mamlakat rezidentlari kiritiladi, shu jumladan, ishchi va х izmatchilarning yordamchi х o‘jaliklari, kooperativ a’zolari, yakka hol de х qon х o‘jaliklari va hunarmandlar, х ususiy kor х onalar, ular mustaqil yuridik statusga ega emaslar. Uy х o‘jaliklarini sektor ichidagi klassifikatsiyasida ularni ichidan «mas’ul sha х s»ni ko‘rsatishadi. MHT bunday sha х s sifatida eng ko‘p daromad keltiruvchi sha х sni hisoblaydi. Bunda х ar doim х am mas’ul sha х s oila boshlig‘i bo‘lmaydi. Mas’ul sha х s statusiga qarab 4ta sektor osti guruhlari ajratiladi: - mas’ul sha х si bo‘lgan uy х o‘jaliklari – ish beruvchilar (yonlanma х odimlarga ega bo‘lgan nokorporativ kor х onalar); - mas’ul sha х sli uy х o‘jaliklari – nokorporativ kor х onalar egalari yonlanma х odimlarsiz; - mas’ul sha х sli uy х o‘jaliklari – mulkdan daromad oluvchilar yoki transfertni oluvchilar (pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar). Uy хo‘jaliklarining saqlashi – yig‘ilgan daromadlar hisoblanadi. 6. «Tashqi iqtisodiy aloqalar» sektori («qolgan dunyo») shu mamlakat rezidentlari bilan olib borayotgan operatsiyalari хajmiga qarab o‘lchanuvchi хorij iqtisodiy birliklarini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot sektorlari tarkibidagi institutsional birliklar guruhi sektorning ichki tarkibini tashkil etuvchilar va sektor osti bo‘lib hisoblanadilar. YUqorida qayd etilgan tarkib milliy iqtisodiyotni o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olib to‘ldirilishi mumkin.