logo

Qarorni ishlab chiqishda va holatlarni baholashda Delfi, so’rov, intervyu usullarini va o’xshatishli (imitatsiya) modellashtirish va ishbilarmonlar o’yinini qo’llash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54 KB
Qarorni ishlab chiqishda va holatlarni baholashda Delfi, so’rov, intervyu usullarini va o’xshatishli (imitatsiya) modellashtirish va ishbilarmonlar o’yinini qo’llash Reja: 1.Delfi usuli – integratsion muolaja 2.Uzatishli modellashtirishni qo’llash shart-sharoitlari 3.Model, o’xshatish tushinchalari. 4.Ishbilarmonlar o’yini. 1.Delfi usuli – integratsion muolaja Ishlabchiqarish vaziyatlari uchun xos bo’lgan axborot etishmovchiligi sharoitida qaror qabul qilishda malakali mutaxassislar fikrini jamlash usuli deb ataladi. Delfi usuli- bu har bir ekspertning fikrini qolgan ekspertlar tomonidan kritik tahlil qilishga asoslangan integratsion usul bo’lib uni qo’llash tartibi quydagicha: -rahbarhar bir ekspert oldiga Indvidual masala va ularni fikrini oladi; - ekspertlarning fikrlari (baholari) o’sish tartibida jadvalga joylashtiriladi; - baholar shkalasida ekspertlar soni va baholar to’rtta teng qisimlarga bo’linadi; -har bir guruh a’zosiga indvidual holda ma’lumotlar beriladi va ma’lumotlar bo’yicha o’zining fikrini (bahosini) qayta ko’rib chiqish taklif etiladi; -ikkinchi turning natijalari va yangi qiymatlar barcha ekspertlarga xabar beriladi. Aytaylik 12 kishidan iborat ekspertlar guruhiga ma’lum bir tadbirning bajarilishi davomiyligini baholash vazifa qo’yilgan bo’lsin, masalan korxonani rekonstruktsiyalash. Yuqoridagi tartib bo’yicha quydagi ketma-ketlikda ish olib boriladi: 1.Rahbar har bir ekispertning oldiga ushbu masalani qo’yb shaxsan ularni baxosini oladi. 2. Ekisperlar baxosi o’sish tartibida joylashtiriladi. 3.Baxlash shkalasida Q1=12,5; Q2=M; Q3 bunda ekspertlar va baholar soni teng to’rt ulushga bo’linadi. 4. Guruxlarning har bir a’zosiga alohida holda quydagi ma’lumotlar havola qilinadi: Q1=12,5; Q2=M=17; Q3=2,15 o’rni va baxolarini qayta ko’rib chiqish taklif qilinadi, shu bilan birgalikda agar yangi baxo Q1dan kichik yoki Q3dan katta bo’lsa, ekspertga o’z fikrini yozma ravishda asoslash taklif qilinadi. 5. Ikkinchi tur natijalar aniqlanadi: Q’1, M’, Q’3 larning yangi qiymatlari aniqlanib barcha ekspertlarga e’lon qilinadi. Qoidaga ko’ra 3-4 marta davom etadi, so’ngra esa ekspertlarning argumentlari takrorlanadi, baxolarning variatsiyasi esa barqarorlashadi. Guruxning fikri sifatida yakunlovchi turning medianasi qabul qilinadi, yani (Q2)3= M3. Delfi usulining aniqligi ekspertlar sonini va iteratsiyalar miqdori ko’payishi bilan ortib boradi. Turlar va javoblar orasidagi vaqt oraligi ko’payishi bilan qisqaradi.Ushbu metodning afzalligi – boshqariluvchan aloqa, ananimlik, baxolash imkoniyati, ekspert fikrlari matevatsiyasi. Usulning asosiy kamchiligi- birinchi turdan keyingi iteratsiyalarda ekspertlarning baholariga ko’pchilik fikrining ta’sir qilishidir. O’yinlar usullari- axborot tanqisligi sharoitda qaror qabul qilish usullaridan biri o’yinlar nazariyasi va statistik qarorlardan foydalanib bozor ishlab chiqarish yoki boshqa holatlarni tahlil qilishdir. Holatni matematik tahlil qilish uchun, o’yin deb ataladigan, ikkinchi darajali detallardan tuzilgan, uning soddalashtirilgan modeli yasaladi. O’yinda tomonlar faoliyat ko’rsatadilar va ularning mumkin bo’lgan strategiyasi, ya’ni o’yin jarayonida vujudga kelgan, vaziyatga qarab, ma’lum harakatlarni buyruq qilingan, qoidalar majmuasi ko’rib chiqiladi. Odatda, o’yinda ikki taraf qatnashadi va bunday o’yin juftlik deb ataladi. Agarda real vaziyatda qarshilik ko’rsatayotgan tomonlar faol ravishda to’qnashishsa, u holda bu vaziyatni modellashtiruvchi o’yin ixtilofli yoki antogonistik deb ataladi. Bu o’yinlarda tomonlar bir-birlariga ongli ravishda qarama-qashi turadilar va bir tomonni yutug’ ikkinchi tomonni mag’lubiyatini bildiradi. Odatda tashkiliy, texnikaviy va texnologik masalalarni echishda ikki tomon ko’riladi. A-ishlab chiqarishning tashkilotchilari(faol tomon), ya’ni ATKning MTX, texnik xizmat ko’rsatish santsiyalari, istemolchilarga xizmat ko’rsatayotgan, mulkchilikning barcha shakli korxonalar rahbarlari; P-bozorning tasodifan vujudga keladigan ishlab chiqarish yoki vaziyatlar majmuasi(tabiat).  Maksimal samara olish, qaror qabul qilish uchun, faol tomon shunday strategiyani qabul qilish kerak. Bunda «tabiat», ya’ni vujudga kelayotgan ishlab chiqarish vaziyatlari, ishlab chiqarish tashkilotchilari, tadbirlarga ongli ravishda qarshilik ko’rsatmaydi, ammo «tabiat»ning aniq holati ularga noma’lum. Bu xildagi o’yinlar «tabiat»(ishlab chiqarish) bilan o’yinlar, qo’llanilayotgan usullar- statistic qarorlar deb ataladi. O’yinlar usulida qaror qabul qilish ma’lum qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalar o’yinda qatnashayotgan taraflar harakatining mumkin bo’lgan variantlarini (strategiyasini), har bir tarafdan boshqalar harakati haqidagi axborotning mavjudligi va hajmini, o’yin natijasini, ya’ni ma’lum strategiyalarni qo’shganda maqsadli funktsiyasini o’zgartirishni v a boshqalarni reglamentga soladi 2.Uzatishli modellashtirishni qo’llash shart-sharoitlari Murakkab ishlab chiqarish vaziyatlarini analitik jihatdan ifodalash odatda qiyin bo’ladi va haqiyqiy mavjud sharoitlarda ekspertlar o’tkazish katta material va vaqt harajatlarini talab qiladi, buning ustiga faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish uchun ham u xavfli hisoblanadi. Suning uchun qarorni ishlab chiqishda va holatlarni baholashda model va imitatsion modellashtirish usullaridan foydalaniladi. Model – bu tizimdagi real jarayonlar va o’zaro aloqalarni aks ettirishning soddalashgan shakli bo’lib, butun tizimning holatiga ya’ni maqsad ko’rsatkichining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi tashkil etuvchi elementlarning ta’sirini o’rganish, baholash, bashorat qilish imkonini beradi. Modellar fizik, matematik, imitatsion va.h.k bo’lishi mumkin. Texnologik va tashkiliy masalalarni hal qilishda ta’sir qiladigan omillarning miqdori va tasodifiylari ko’r bo’lib, axborot to’liq bo’lmagan imitatsion modellashtirish usullaridan foydalaniladi. 3.Model, o’xshatish(imitatsiya) tushinchalari . Imitatsion modellashtirish, Imitatsiyalash – bu real ob’ektda fizik eksperementlar o’tkazmasdan turib hodisaning mohiyatini ifodalash, tasvirlash, aks ettirish, ko’rsatish demakdir. Imitatsion modellashtirish – bu real tizimning modelini konstruktsiyalash jarayoni va bu modelda tizimning holatini tushinish yoki aniqlash maqsadida eksperementlar o’tkazish demakdir. Imitatsiyalash jarayoni quydagi asosiy bosqichlardan iborat: 1.Tizimning tavsiflash ya’ni uning o’rganilishi zarur bo’lgan chegaralari, cheklanishlari va samaradorlik ko’rsatkichlarini belgilash yoki aniqlash. 2. Modelni shakillantirish. Real tizimdan mantiqiy semaga o’tish. 3. Modelni qurish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlash va saralash. 4.Modelni translyatsiyalash. Foydalanilayotgan EHM tilida ifodalash(ko’chirish, tavsiflash). 5. Modelda olingan xulosalarning real tizim uchun nisbatan to’griligini baholashga imkon beruvchi adekvadligini baholash. 6. Eksperimentlarni rejalashtirish. 7. Eksperiment o’tkazish, ya’ni imitatsiyani amalga oshirish va zarur ma’lumotlarni olish. 8. Interpretatsiya- modellashtirish natijalari bo’yicha xulosalar olish. 9. Amalga joriy qilish – real tizim uchun qaror qabul qilishda modellashtirish natijalarini va modelni amalda qo’llash. Avtomobilning buzilishga ishlash davomiyligi va texnik xizmat ko’rsatish davriyligini variatsiyalash sharitlarida tenik xizmat ko’rsatishning patsional davriylini imitatsion modellashtirish usuli bilan aniqlanadi: Bu usul real va tasodifiy TXK jarayonlarini o’ziga o’xshatib tashkil qilishga (imitatsiyaga, modellashtirishga) asoslangan. Usulning qo’llanishi sinashlarni tezlashtiradi. Boshqa omillarning ta’sirini bartaraf qilish imkonini beradi.  Kuzatuvlar yoki tajriba asosida texnik xizmat ko’rsatish davriyligining bir nechta qiymatlari ( I1, I2 ... va h.k) tayinlanadi hamda variatsiya koeffitsienti – V ham tayinlanadi. Kuztuvlar natijalari yoki hisob – kitob ma’lumotlaridan ikkita axborot toplami yaratiladi. Bir buzilishga to’g’ri keladigan yo’l-[X] va TXK davriyliklari-[L] Birinchi axborot to’plamidan tasodifiy ravishda Xi ning konkret miqdori. So’ngra esa, ikkinchi axborot to’plamidan (TXK ning haqiqiy davriyliklari bo’yicha ma’lumotlar joylashgan) Ij ning konkret miqdori ( o’rtacha davriylik I va uning variatsiyasi V I ni hisobga olgan holda aniqlangan) olinadi. Xi va Ij juftlik amalga oshirish deyiladi. 4.Ishbilarmonlar o’yini. Ishbilarmonlar o’yini bu TXK va JT jarayonidagi qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi. Bunda muammoni echimini tipish bo’yicha ishbilarmonlar o’yini tashkil etiladi, uni o’tkazish sanasi aniqlanadi, ishtirokchilarga etkaziladi. Yaxshi ishtirokchilar rag’batlantirishi e’lon qilinadi. Xar bir zamonaviy texnik xizmat ko’rsatish korxonasi uchun xozirgi bozor sharoitida ishbilarmonlar o’yinini orqali TXK va JTni takomillashgan variantini aniqlash , uning ijodkorini rag’batlantirish bilan uning tajribasini omalashtirish uchun xujjatlar majmuyini ishlab chiqish dolizarbdir. Buning uchun ATK da reja bo’yicha ishbilarmonlar o’yinini tashkil qilish uchun reja ishlab chiqiladi. Rejada quydagi ishlar qilinadi: korxona uchun TXK va JTdagi sifatsiz bajarilayotgan operatsiyalarturi aniqlanadi, bu bo’yicha talab ishlab chiqiladi.o’yin o’tkazish muddati belgilanadi, qatnashchilar malakasi elon qilinadi, rag’bat uchun mablag„ hajmi aniqlanadi. O’yin o’z muddatida otkaziladi. Barcha chiqishlar reja bo’yicha ko’rib chiqiladi, g’lib aniqlanadi uning talabni bajaraolganlik darajasi o„ta xayotiy, glib deb topilsa sertifikat beriladi, faoliyati xujjatlashtiriladi. Adabiyotlar: 1.Avtomobillar t е xnik ekspluatatsiyasi. Qayta ishlangan va to’ldirilgan ruscha 4nashrdan (prof. Kuzn е tsov Е .S. taxriri ostida. M.: Nauka 2004 y.-535 b.) tarjima prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy taxriri ostida, Toshk е nt “VORIS-NASHRIYOT”, 2006.670 b. 2. Avtomobillar t е xnik ekspluatatsiyasi. O’zRO va O’MTV avtotransport Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etgan. Prof. Sidiqnazarov Q.M. umumiy taxriri ostida, Toshk е nt “VORIS-NASHRIYOT”, 2008.-560 b. 3.Barovskix Yu. I. va boshqalar. Avtomobillarning tuzilishi, t е xnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash.- Toshk е nt,M е hnat,.2001-503b. 4.Kuzn е tsov Е .S. Upravl е ni е t е xnich е skimi sist е mami. -M: MADI, 2001g. 5.T е xnich е skaya ekspluatatsiya avtomobil е y. Uch е bnik dlya VUZov. Pod r е d Е .S.Kuzn е tsova. –M. :Nauka, 2004 g. 6. Sidiqnazarov Q.M. Qodirsha е v T., Magdi е v Sh.P. Avtomobillar s е rvisi axborotnomasi. -Toshk е nt “VORIS-NASHRIYOT”, 2011.-495 b. 7.Avtotransport vositalari s е rvisi. 1 va 2 qismlar. Prof.M.A.Ikromov taxriri ostida. Toshk е nt, Alish е r Navoiy nomidagi O’zb е kiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011y.