logo

Operatsion sistemalar. Windows XP operatsion sistemasi. Windows ish stoli. Asosiy ob`ektlar va boshqarish usullari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

90.5 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Operatsion sistemalar. 2. Windows XP operatsion sistemasi. 3. Windows ish stoli. Asosiy ob`ektlar va boshqarish usullari. www.arxiv.uz 1. Operatsion sistemalar Operatsion sistemaning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya`ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma`lumotlar ximoyasini ta`minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo`yicha turli servis amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion sistema xizmatidan foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta`minlab beruvchi OS boshqaruvida ishlaydi. Osni tanlash juda muxim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida kaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning ma`lumotlari ximoyasining darajasini, qanday apparat vositalari kerakligini va xakozolarni aniqlaydi. Windows (inglizcha Windows- oynalar degan ma`noni anglatadi) Microsoft (kiskacha MS) firmasining programma maxsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion sistemadir. Uning asosiy maqsadi- kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga foydalanuvchiga mumkin kadar keng imkoniyatlar yaratish xoliga keltirishdir. Microsoft firmasi garchand Windows dasturini dastlab 1983 yilda yaratgan bo`lsada, yildan-yilga uni takomillashtirmokdalar. Dastlab Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12 versiyalari, 1995 yilda Windows 95, 1998 yilning yozida yangi Windows 98 va 2000-2007 yillarda Windows OS ning mos ravishda Windows-2000, ME, XP ko`rinishlari yaratilib, yo`qori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Windows 98 dan yo`qori ko`rinishlari grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalar bo`yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo`llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus( USB) shinasi yordami tashqi qurilmalarning oson ulanishi va o`zib quyillishini ta`minlaydi, televidenie hamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. 2.Windows XP operatsion sistemasi Windows XP va undan yo`qori ko`rinishning oldingi versiyalaridan asosiy www.arxiv.uz farki-uning ishlatilishi va Internetga kirishdagi soddaligi hisoblanadi. Ularda Web texnologiyasi bo`yicha o`zgaruvchan yordam tizimi va kompyuter ishlatilishini urgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web–yunaltirilgan interfeys foydalanuvchiga kompyuterda, lokal kompyuter tarmog`ida ham Web–texnologiyada axborotlarning bir shaklda ifodalanishini ta`minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi. Operatsion sistema sifatida Windows XP va undan yo`qori ko`rinishlari quyildagi afzalliklarga ega:  qattiq disklarni tozalash va «vaqtinchalik» fayllarni uchirish;  qattiq disklar holatini tekshirish va fayllar tizimidagi kamchiliklarni bartaraf qilish;  uta muxim axborotlarni zaxira nusxasini yaratish;  qattiq disklarga xizmat ko`rsatish va defragmentatsiya utkazish;  Internet tizimiga ulanish va kompyuter qurilmalariga yangi yaratilgan drayverlarni aniqlash, ulardan foydalanishni taklif qilish;  Avtomatik « davolanish»;  Internet kanallari chakiriklariga javob berish va pressa ma`lumotlarini qabul qilish va x.k.  foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta`minot maxsulotini harid qilib, qator muxim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan baxra oladi va hokazo;  sodda, programmalar majmui barkamol, boshqa operatsion sistemalar (MS DOS, Windows) bilan mos, yo`qori unumlilikka ega. Windows XP va undan yo`qorigi ko`rinishlar quyildagi imkoniyatlarga ega: Universal grafika–Windows programmalarning qurilmalarga va programma ta`minotiga bog`liqsizligini ta`minlaydi. Yagona interfeys–Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya`ni turli programmalar bilan ishlash koidalari umumiy bo`ladi. Shuning uchun yangi www.arxiv.uz programma bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. Mavjud programma ta`minoti bilan muvofiqligi-Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta`minlaydi. Ko`p masalaliligi–Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir programmadan boshqasiga o`tishni ta`minlaydi. Mavjud operativ xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni programmalarning o`zi ta`minlaydi Ma`lumotlar almashinuvi–Windows programmalararo ma`lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma`lumot almashish buferi), yoki DDE (ma`lumotlarning dinamik almashinuvi, ya`ni boshqa programma natijalaridan foydalanish), OLE (ma`lumotlardan taxrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Windows OS dan foydalanish vaqtida kamida quyildagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:  protsessor –Pentium-100 mgts va undan yo`qori;  tezkor xotiraning hajmi – 16 Mbayt va undan katta  tizimning standart urnatilishi uchun qattiq diskda (vinchesterda) 195 Mb bo`sh joyl bo`lishi kerak , lekin tizimning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mbgacha bush joy zarur bo`lishi mumkin;  kompakt disklar va DVD disklar uchun diskovod;  Monitor ( EGA, VGA, yaxshisi SVGA );  Printer;  Klavivtura va sichqoncha. Windows OS dan foydalanish interfeysi Agar kompyuterda Windows OS urnatilgan bo`lsa , u kompyuter yoqilishi bilan ishga tushib ketadi va natijada ekranda quyildagi ko`rinish paydo bo`ladi: Windows OS ekranining asosiy qismlari: www.arxiv.uz Ish stoli- asosiy soha; Masalalar paneli (Pusk tugmachasi bilan boshlanadigan qator)–odatda ekranning quyil tomonida joylashadi. 3. Windows XP ish stoli. Asosiy ob`ektlar va boshqarish usullari. Windowsning ekranda ochilgan oynasi Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma`lumotlar joylashtiriladi. Ish stoli har doim foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi ko`p ishlatadigan programmalarni joylashtirish uchun ko`llaniladi. Windows ish stolining elementlar yigindisi kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq. Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar deb ataluvchi mos rasmchalar ko`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Mualliflar programmalar uchun ularning moxiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. Xujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan programmaning belgisi ko`rsatiladi. Ish stolida quyildagi elementlar joylashishi mumkin:  papkalar (sistemaning va foydalanuvchining papkalari);  hujjat va programma fayllari;  qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliklar; Birok, odatda ekranda ko`prok xollarda sistema papkalari va ko`p murojaat qilinadigan ob`ektlarning yerliklari joylashgan bo`ladi.  Sistema papkalari -Windows XP OS tomonidan tashqil etilgan papkalardir. Sistema papkalariga quyildagilar kiradi:  Мой компьютер (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida Siz kompyuter resurslariga (ya`ni, qattiq, hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga ulanish va shu kabilar) kirishingiz mumkin. www.arxiv.uz  Сетевое окружение (Tarmok doirasi). Bu dastur maxalliy tarmoq kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.  Internet Explorer. Internetdagi WEB saxifalarini ko`rib chiqish programmasi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.  Корзина (Savat). Olib tashlangan (yo`kotilgan) fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, u o`sha fayllarni kerak bo`lganda qayta tiklashi mumkin. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan fayl joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida yoki Norton Kommanderda) yo`kotilgan fayllarni bu programma vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni davomli ravishda tozalab turish, ya`ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi  Портфель . Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta`minlaydi. Masalan, Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz Портфель dan foydalanishingiz mumkin.  Входяҳие (Kiruvchilar). Bu Windowsning xabarlar sistemasidir. o`rnatilgan (belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta`minlashi mumkin. Ish stolida Мой компьютер (Mening kompyuterim) va Корзина (Savat) sistema papkalarining bo`lishi shart. Windows ning sistema papkalari oddiy papkalardan quyildagi xususiyatlari bilan farklanadi:  barcha sistema papkalarini yo`kotish mumkin emas;  Корзина (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin); www.arxiv.uz  ba`zi sistema papkalarining kontekst menyusida o`ziga xos buyruklar mavjud. Masalalar paneli. Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi. Birorta programma ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: programma nomi va shu programma yordamida taxrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida programmaning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows 95 OS ning bosh menyusiga kirishni ta`minlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatkichini shu tugma ustiga joylashtirsak, « Начните работу с нажатия этой кнопки » (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv suzib chiqadi. Windows XP menyulari. Menyu - bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir. Menyu bandlari orasida buyruklardan tashqari qism menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo`lishi mumkin. Bu holda biz ierarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlaymiz. Menyo`lar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menyularga bo`linadi. Programma oynalarining menyusi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir. Vertikal menyu-yo`qoridan pastga qarab ochiluvchi menyudir. Windows XP da vertikal menyuning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi (pop up) deb nomlangan va pastdan yo`qoriga qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Sistemaning asosiy menyusi ana shunday menyudir. Suzib chiquvchi menyuning yana bir turi- konteks menyu deb nomlanuvchi, oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng klavishini bosganda ochiluvchi menyudir. www.arxiv.uz Menyular sistemasida ishlatiladigan shartli belgilashlar:  agar menyu bandi davomida ko`p no`qta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;  agar menyu bandi davomida uchburchak (() berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;  agar menyu bandi kul rang harflarda yozilgan bo`lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;  agar menyu bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar ( shortcut keys) deyiladi;  menyu bandidagi tagiga chizilgan harf qaynoq tugma (hot key) deb nomlanadi. Menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib buyruqni bajarish mumkin;  agar menyu bandi oldida kalin no`qta (() yoki (() belgisi bor bo`lsa alternativ variantlardan birortasi tanlanganini bildiradi. Asosiy menyu - Пуск (Start menu). Pusk (Start) tugmachasi bosilganda ekranda Windows 98 ning ish boshlashi uchun kerak bo`ladigan asosiy menyusi ochiladi. Unda programmani ishga tushirish, hujjatni ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma`lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin. Asosiy menyuning yo`qori qismidagi bo`limidan tashqari barcha bandlari standartdir. Bu menyuning ko`rinishi quyildagicha:  Все программў ҒPrograms-Programmalar  Документў ҒDocuments-Hujjatlar  Настройка ҒSettings-Sozlash  Поиск ҒFind-Qidirish  Справка ҒHelp-Ma`lumot www.arxiv.uz  Вўполнить ҒRun-Bajarmoq  Вўключение ҒShut down-Ishni tugatmoq. Kontekst menyu. Kontekst menyu oynaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu menyu bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog`liq holda o`zgaradi. Windows XP da ishlash jarayonida kompyuter Siz bilan oynalar yordamida muloqot yuritadi, ilovalar oyna ko`rinishida namoyon bo`ladi va h.k demak, oynaning asosiy qismlarini aniqlashtirib olishimiz kerak. Birinchi qator-oyna nomidir. Agar shu qatordagi ilovaning rasmchasi bosilsa, oyna joylanishini va o`lchovlarini belgilovchi buyruklar ruyxati paydo bo`ladi. Ung burchakda 3 ta tugmacha mavjud:  –« Свернуть » (Yigib olish). U ilova oynasini masalalar panelidagi turtburchak tugmacha shaklida (darchadek) yigib oladi. Sichqonni «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o`lchovi va joylashishini tiklaydi. -« Развернуть » (Yoyish). U ilova oynasini butun ekranga (yoki hujjat oynasini butun ilova oynasiga ) yoyib tashlaydi. Masalalar paneli oyna maksimallashtirilgan holda ham ko`rinib turadi. Sichqoncha « Развернуть » (Yoyish) piktogrammasi ustida bosilgandan keyin uning o`rnida boshqa piktogramma paydo bo`ladi. Hosil bo`lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa , oyna oldingi holatiga qaytadi. -« Закрўть » (Yopish). U joriy ilovani yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Bu operatsiya klaviaturada Alt ҚF4 tugmachalar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Oynadagi keyingi qator – menyular qatori. Bunda bir nechtadan buyruqlarni o`z ichiga olgan menyular joylashgan. www.arxiv.uz Menyo`lar qatori ostida piktogrammalar qatori mavjud. Bu qatorda ko`p ishlatiladigan buyruqlar belgilari joylashgan. piktogrammalar qatoridan so`ng adres qatori joylashgan. oynaning chetlarida vertikal va gorizontal aylantirish tasmalarini ko`rish mumkin. Oynaning quyi qismida holat qatori joylashgan. Ish stoli- OS yuklanganda hosil bo`lgan asosiy soha; Masalalar paneli - ekranning quyil tomonida joylashgan qator. Anjomlar darchasi – OS ning imkoniyatini ko`rsatuvchi piktogrammalar to`plami; Piktogrammalar- OS ning imkoniyatini ko`rsatuvchi shakllar to`plami; Asosiy ruyxat – OS bilan ishlash jarayonini ko`rsatuvchi ruyxatlar to`plami. www.arxiv.uz Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Симонович С.В. Windows - 98. учебнўй курс.19 уроков для освоения операционной системў. С. Петербург, Москва 1999. 2. T.X. Xolmatov, N.I. Taylakov, U.A.Nazarov Informatika va Hisoblash texnikasi. «Uzbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, T 2001 3. Симонович С.В ва бошкалар “Обҳая информатика”, ”Специальная информатика”, ”Практическая информатика”, Москва, 2000 . 4. www.ziyonet.uz 5. www.uzdu.uz