logo

Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo’ljallangan dasturlar. Bug’alteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar

Yuklangan vaqt:

30.10.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

247.8291015625 KB
Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo’ljallangan dasturlar. Bug’alteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar Mathcad dasturi foydalanuvchi interfeysi Windows operatsion tizimida ishlashga muljallangan. Biz bunda dasturiy ta’minot muhiti interfeysi moslashtirilgan versiyasini ko’rib chiqamiz. Mathcad tizimida hujjat ish varag’i deb nomlanadi (WorkSheet), bunda oyna tahrirlashda yangi hosil qilinadi yoki o’zgartiriladi va foydalanish imkoniyati mavjud bo’ladi. Tahrirlash oynasi ikki moslamalarni o’z ichiga olgan: hujjatning yangi komponentlarini joriy etish va o’rnini aniqlash uchun kursor, davriy vertikal sahifa chegaralari. Ko’chirish tahrir oynasida klaviaturadagi ko’rsatgich yoki sichqoncha tugmasini tanlash orqali amalga oshiriladi. Sahifa chegaralarini o’zgartirish Fayl menyusi nastroyka bo’limi orqali bajariladi. Dastur oynasining yuqori qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi: • stroka zagolovka - dastur va joriy hujjat nomi; • stroka menyu - turli vazifalarni bajarish imkonini beradi; • standartnaya panel – standart uskunalar paneli; • panel formatirovaniya - formatlash uskunalar paneli; • panel instrumentov "Matematika" (Math) - matematik obyektlarni kiritish uchun - matematik va maxsus belgilar palitrasi (rasm-2). (2-rasm) Oynada zarur bo’lgan panellarni Vid – Paneli – Imya paneli bo’limlari orqali tiklash imkoniyati mavjud. Yuqorida ta’kidlanganidek Mathcad dasturi ishlanishi kerak bo’lgan matematik masalani va unga yaqin yozuvarni tasvirlash imkoniyati mavjudligi bilan ajralib turadi. Dastur nafaqat formulalar bilan emas balki, hisob-kitoblarni amalga oshiradi, har xil turdagi tenglamalarni ishlash, turli grafika qurish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Matnni formatlash, hujjat MSWord uslubida taqdim etish imkoniyati mavjud. Bunday imkoniyatlarni taqdim etish uchun qo’yidagi funksiyalardan foydalaniladi: • Vstavit – grafik elementlar, obyektlarni kiritish uchun; • Format – obyektlarini formatini o’zgartirish; • Instrument – hisoblash jarayonini boshqarish uchun; • Simvolika –belgili protsessor vazifalarini tanlash uchun. Mathcad dasturi belgilarni kiritish uchun emas balki, klaviatura yordamida "Matematika" panelidagi palitradan maxsus matematik belgilarni joylashtirish mumkin. "Matematika" panelidagi tugmalar orqali quyidagilardan foydalanish mumkin: Kalkulyator (1), Grafika (2), matritsalar bilan ishlash imkoniyati-Matritsa(3), Hisoblash(4), hisoblash matematikasi(5), mantiqiy ifodalar(6), Dasturlash(7), belgilarni kiritish (8), Belgilar va belgili operatsiyalar. (2-rasmga qarang) Bug’alteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qo’llaniladigan dasturlar Bug’alteriya hisobini avtomatlashtirish jarayoni bir-biriga bog’langan hujjatlariga yagona ishlov berishga asoslanganib, bug’alteriya hisobining barcha bo’limlarida dastlabki ma’lumotlar shakllanishidan moliyaviy hisobotlarning ishlab chiqarish shakllarini olishgacha bo’lgan jarayon hisoblanadi. Korxonaning 1C dasturida bug’alteriya hisobi obyektiv hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalari joriy etilishi, xodimlarning ishi samaradorligini oshirish bilan bir qatorda vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratadi. Shunday qilib dasturda ishlashni umumlashtiradigan bo’lsak, boshlang’ich hujjatlarni (masalan, naqd yoki naqd buyurtma berish bo’yicha) kiritsangiz, ushbu hujjatlar avtomatik tarzda barcha hisobotlarga, buyurtma jurnallariga, asosiy kitobga va shuningdek balansga tushadigan bug’alter hisobotlarini avtomatik ravishda yaratadi. 1C: Bug’alteriyada barcha ma’lumotlar, bank hisoblari, ruyxat kodlari va korxona ishchilarining (pasport ma’lumotlari, kodlari, mansablari, maoshlari) saklanadi; 1C: Bug’alteriyada barcha bug’alteriya, solik hisobotlari avtomatik tarzda tashkil topadi va ularni IFNSga chop etish yoki faylda saklash mumkin. Hisobot tuzishni boshlash 1C: Bug’alteriyada ishni boshlash uchun korxona xakidagi ma’lumot va korxonaning siyosiy taraflarini bilishning uzi etarli. Bunda dastur barcha dalillar orkali ish boshlashga moslashadi. Oddiy xujjat tuldirish uchun 1C: Bug’alteriyada xujjatlarni tuldirishda ko’pgina ma’lumotlar avtomatik tarzda bajariladi. Hisobotni yozish uchun ma’lumotni keltirish va tovar yoki xizmat turlarini kursatish etarli. Keltirilgan ma’lumotni bir xujjatdan ikkinchi xujjatga kuchirib utkazish. Bug’alteriya va solik hisobotlarini tuzishda 1C: Bug’alteriya solik va bug’alteriya hisobotlarini tuzishni yengillashtiradi. Masalan: bug’alteriya balansini tuzish uchun uning hisobot davridagi axvolini kurish mumkin. Hamma kursatgichlarni dastur o’zi tuldiradi. Barcha hisobotlar dasturda saklanadi. Hisobot kursatkichlarini esa kul orkali kiritish mumkin va ushbu uzgarishlarni dastur uzi yodda saklab qoladi. 1C:Bug’alteriyada aks etgan barcha tulov xujjatlari osongina «Bank-mijoz» dasturi hisobiga kelib tushadi. Bankdan olingan ma’lumotlar xam osongina kirim tulovnomalarida aks ettiriladi. 1C: Bug’alteriya orqali ma’lumotlarni almashishni ta’minlaydi. 1C: Bug’alteriyaning asosiy afzalliklari shundan iboratki, soliq va bug’alteriya hisobini nazarda tutmagan xolda ma’lumotlarni 1C: Bug’alteriyaga qisman kiritish orqali tovar-moddiy zaxiralarini urtacha tannarxni qo’llab usullarida hisoblaydi. Soliq va bug’alteriya hisobotida operatsiyalarini aniq xujjatlarda aks ettirish imkoni mavjud. Tovarlar va materialar hisob schetini nomenklatura va saqlash joyi uchun berish mumkin. Shartnoma va hisob turlari xar bir kontragent uchun alohida hisob scheti beriladi. Berilgan hisob schetlar xujjatlarga avtomatik tarzda kiritiladi. Dasturni ishga tushirish, nomini o’zgartirish, o’chirish va ma’lumotlar bazalarini saqlash. Dasturni ishga tushurish uchun ish stolidagi 1C dasturning yorlig’i yoki Pusk => Vse programmi => «1C: Predpriyatiye» va «Monopolno» rejimini tanlash orqali amalga oshiriladi. Dasturda ishni boshlashdan oldin bir necha qismdan iborat bo’lgan oyna qismlarini alohida ko’rib chiqamiz. 1C “ Zapusk” muloqot oynasida turli ma’lumotlar bazalarini (bug’alteriya, savdo, ombor, ish haqi, xodimlar) bir-biri bilan bog’lashimiz mumkin. Bundan tashqari ish jarayonida quyidagi variantlar mavjud: • 1C: Korxona - foydalanuvchining ish rejimi; • Konfigurator - hujjatlar, jurnallar, foydalanuvchi huquqlarini aniqlash va boshqalarni belgilash tartibi. (dastur sozlamalarini o’zgartirish va h.k.); • Otladchik - individual dastur modullarining ishlashini bosqichma- bosqich tekshirish mumkin bo’lgan tartib; • Monitor - tarmoqda ishlayotganda, shaxsiy foydalanuvchilarning ish joylarida harakatini tahlil qilish uchun foydalaniladigan rejim.