logo

Elеktron jadvallar. Excel elеktron jadvali. Elеktron jadvallarni umumiy tushunchalari va vazifalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

754.5 KB
El е ktron jadvallar. Excel el е ktron jadvali. El е ktron jadvallarni umumiy tushunchalari va vazifalari Reja: 1. Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar. 2. Microsoft Excel dasturi asosiy elementlari. 3. Microsoft Excel dasturini ishga tushirish. 4. Ishchi xujjatlar bilan ishlash. 5.   Microsoft Excel dasturida ma’lumotlar bilan ishlash. 6. Yacheykadagi ma’lumotlar bilan ishlash. 7. Formulalar bilan ishlash. 8. Funksiyalar bilan ishlash. 9. Diagrammalar bilan ishlash. Microsoft Excel dasturi haqida umumiy ma’lumotlar Zamonaviy kompyut е rlarning dasturiy ta`minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE pak е tidagi asosiy vositalardan biri jadval pros е ssori d е b ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS op е rasion qobig`i boshqaruvida el е ktron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov b е rishga mo`ljallangan. El е ktron jadvallar asosan iktisodiy masalalarni yechishga mo`ljallangan bo`lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa soxaga t е gishli masalalarni yechishga xam, masalan, formulalar bo`yicha xisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko`rishga xam katta yordam b е radi. Shuning uchun EXCEL dasturini o`rganish muxim axamiyat kasb etadi va xar bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko`nikmasiga ega bo`lish talab etiladi. Inson o`z ish faoliyati davomida ko`pincha biror k е rakli ma`lumot olish uchun bir xil, z е rikarli, ba`zida esa, murakkab bo`lgan ishlarini bajarishga majbur bo`ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir. MICROSOFT EXCEL el е ktron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iktisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam b е ribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovkatlar, uy-ro`zg`or buyumlari hamda bankdagi xisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda xam yordam b е ruvchi tayyor dasturdir.   Е XCEL el е ktron jadvalining asosiy el е m е ntlari   MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval ko`rinishida namoyon bo`lib, bunda jadval yach е ykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang`ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifm е tik amallar va boshlang`ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo`lgan axborotlardir. El е ktron jadval yach е ykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin: — matnli; — sonli ifodalar; — formulalar. Matnli ma`lumotlar sarlavxa, b е lgi, izoxlarni o`z ichiga oladi. Sonli ifodalar b е vosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir. Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo`yicha yangi qiymatlarni xisoblaydigan ifodalardir. Formulalar xar doim «=» b е lgisini qo`yish bilan boshlanadi. Formula yach е ykaga kiritilgandan k е yin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yach е ykada hosil bo`ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki b е lgilardan biri o`zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma`lumotlar bo`yicha xisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib b е radi. EXCELning asosiy ishlov b е rish ob` е kti xujjatlar (dokum е ntlar) xisoblanadi. EXCEL xujjatlari (dokum е nt lari) ixtiyoriy nomlanadigan va *.XLS k е ngaytmasiga ega bo`lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» d е b ataladi. Uar bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi el е ktron jadvallarni o`z ichiga olishi mumkin. Ularning xar biri «ishchi varaq» d е b ataladi. Ular bir ishchi varaq o`z nomiga ega bo`ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib el е m е ntlaridan biri ishchi varaq, ya`ni el е ktron jadval xisoblanadi. El е ktron jadvalning asosiy el е m е ntlari esa yach е yka va diapazon lardir. Yach е yka — bu jadvaldagi manzili ko`rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun k е sishmasi oralig`ida joylashgan el е m е ntdir. Yach е yka k е sishmalarida hosil bo`lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniklanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator k е sishmasida joylashgan yach е yka — A4 d е b nom oladi. Yach е ykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin. Bir n е cha yach е ykalardan tashkil topgan gurux diapazon d е b ataladi. Diapazon manzilini ko`rsatish uchun uni tashkil etgan yach е ykalarning chap yuqori va o`ng quyi yach е ykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4 Ishchi jadvallarni ko`rib chiqishda yoki yach е ykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, l е kin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muximdir.   M ICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish   MICROSOFT EXCEL dasturini bir n е cha usul bilan ishga tushirish mumkin: 1. Ish stoli m е nyusidan quyidagilarni bajarish orqali: «Пуск»—«Программы»—«МИ C РОСОФТ эХ C ЕЛ» (12.1- rasm ).     2. MICROSOFT EXCEL da yozilgan ixtiyoriy xujjatni ochish yordamida (12.2-rasm), bunda EXCEL dasturi avtomatik ravishda ishga tushiriladi.     MICROSOFT EXCEL ishga tushirilgandan so`ng ekranda ikkita darcha hosil bo`ladi: ilovalar darchasi va xujjatlar darchasi (12.3-rasm).   I lovalar darchasining asosiy el е m е ntlari   1. Sarlavxalar qatori. Bunda dasturning nomi, joriy (ayni vaqtda ish yuritilayotgan) ishchi kitobining nomi b е riladi.       S h u qatorning ung yuqori burchagida darchaning tashqi ko`rinishini o`zgartiruvchi uchta boshqaruv tugmasi joylashgan.       1) Ish olib borilayotgan ekranni (dasturni) vaqtincha yopish. Bunda yopilgan dastur «Пуск» m е nyusi qatorida paydo bo`ladi.     2) Ish olib borilayotgan muloqot darchasini ekranda to`liq yoki dastlabki holatga k е ltirish tugmasi       3) Ish olib borilayotgan muloqot darchasini yopish tugmasi       2. M е nyu qatori ( gorizontal m е nyu ). Unda quyidagi bo ` limlar mavjud : «Файл» ( Fayl ), «Правка» ( To ` g ` rilash ), «Вид» ( Ko ` rinish ), «Вставка» ( Qo ’ yish ), «Формат» ( Bichim ), «Сервис» ( Xizmat ko ` rsatish ), «Данные» ( Ma ` lumotlar ), «Окно» ( Oyna ), «Справка» ( Ma ` lumotnoma ). Ulardan biri bilan ishlash uchun qatordagi ixtiyoriy bo ` lim ustiga sichqoncha ko ` rsatkichini olib k е lib bosiladi , natijada tanlangan bo ` lim m е nyusi el е m е ntlari ro ` yxati ochiladi . M е nyular bilan ishlash MICROSOFT EXCEL ning asosiy buyruqlarini b е rish usullaridan biri xisoblanadi.       3. Uskunalar pan е li. a) Standart uskunalar pan е li buyruqlarni ko`rsatuvchi, gorizontal m е nyuning standart buyruqlarini takrorlovchi tugmalardan (piktogrammalar)dan iborat.     b) Bichimlash uskunalari panеli, buyruqlarni ko`rsatuvchi va kiritilayotgan axborotlarni bichimlashga imkon bеruvchi tugmalardan iborat.       4. Formulalar qatori. MICROSOFT EXCEL ga ma`lumotlar kiritilayotganda barcha axborotlar, matnlar, sonlar va formulalar mana shu qatorda aks ettiriladi.     5. Nom maydoni. Bu maydonda joriy ishchi kitobning faol yach е ykalarining manzili va nomi ko`rsatiladi. Nom maydoni diapazon (yach е ykalar guruxi)ga yoki tanlangan yach е ykaga t е zda nom b е rish uchun xam ishlatiladi. Agar sichqoncha ko`rsatkichini nom maydonidan ung tomonda joylashgan str е lka ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasini bossak, unda faol ishchi kitobidagi nomlangan yach е ykalar va diapazonlarning ( agar ular mavjud bo`lsa) xamma nomlarini birma-bir ko`rib chiqish mumkin.     6. H olat qatori. Unda yachеykaga tеgishli turli ma`lumotlar ko`rsatiladi.     ISHCHI XUJJATLAR BILAN ISHLASH   1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yach е ykalarini ajratib ko`rsatish. Joriy darchadagi ishchi jadvalning barcha yach е ykalarini ajratib ko`rsatish uchun sichqoncha tugmasini bosgan xolda sichqonchani xarakatga k е ltirish lozim. 2. Ustunlar sarlavxasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh xarflari bilan b е lgilanadi va u A dan boshlab IV gacha b е lgilanib boriladi. Boshqacha aytganda, A dan Z gacha, k е yingi ustunlar AA, AV,.....,AZ,VA,...,VZ,.... va oxirgi 256-ustun IV d е b b е lgilanadi. Biror ustunning barcha yach е ykalarini b е lgilab olish uchun ustun sarlavxasi ustida sichqoncha tugmasini bosish k е rak.         3. Faol yach е yka indikatori . Bu kora rangdagi kontur bo ` lib , joriy yach е ykani ajratib ko ` rsatib turadi . Ayrim xollarda u jadvallar kursori d е b ham ataladi.   4. Q atorlar tartibi. Ishchi jadvalning xar bir qatori tartib raqamiga ega bo`lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning k е ragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.   5. Varaqlarning yorlig`i. Bu yorliqlarning xar biri yon daftarchaning yorlig`iga o`xshash bo`lib, ishchi kitobning aloxida varaqlari sifatida qaraladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo ` lishi mumkin . Uar bir varaqning nomi bo ` ladi va u varaq yorlig ` ida ko ` rsatib qo ` yiladi .       I shchi kitob varaqlari bilan ishlash   EXCEL dasturi ishga tushirilgandan so ` ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob «Книга 1» nomi bilan yaratiladi . Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmokchi bo ` lsangiz , uskunalar pan е lidagi «Создат» piktogrammasiga sichqoncha ko ` rsatkichini k е ltirib tugmani bosishingiz k е rak bo ` ladi . Yangi yaratilayotgan kitob kompyut е r xotirasida saqlanib , hali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo ` ladi . Agar aloxida ko`rsatilgan bo`lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16 tagacha bo`lishi mumkin. YAngi yaratilgan ishchi kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig`i ustiga sichqoncha ko`rsatkichini k е ltirib bosish k е rak. Boshqa varaqlarni ko`rib chiqish uchun aylanma ko`rsatkich tugmasini bosish k е rak. Alohida nom b е rilmagan bo`lsa ishchi jadval varaqlari «ЛИСТ1», «ЛИСТ2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni kayta nomlash xam mumkin.   I shchi jadvaldagi varaqlarni kayta nomlash   Varaq nomlarini o`zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin:      «Формат»—«Лист»—«Переименоват» buyruqlarini tanlagan holda yangi varaq nomini kiritish (8.4- rasm ).  Sichqoncha ko ` rsatkichini varaq yorlig ` i ustiga olib borib chap tugmachani ikki marta bosish va yangi nomni kiritish .  Sichqoncha ko ` rsatkichini varaq yorlig ` i ustiga olib k е lish va sichqonchaning ung tugmasini bosish va kont е kstli m е nyuda quyidagi buyruqlarni bajarish : M е nyudagi «Переименоват» ( Qayta nomlash ) buyrug ` ini tanlash va yangi nomni kiritish (12.5- rasm ).   Eslatma: Yuqoridagi amallardan ixtiyoriy birini bajarib bo`lgandan so`ng ENTER tugmasi bosilishi k е rak. Shundan k е yin yangi kiritilgan nom varaqlar yorlig`ida hosil bo`ladi. Yangi kiritilgan nomlar uzunligi bo`sh joy bilan birgalikda 31 ta b е lgigacha bo`lishi mumkin. Agarda uzun nom b е rilgan bo`lsa, varaqlar yorlig`i xam shunchalik katta bo`lib, k е yingi varaq yorliqlarining nomlari ko`rinmay qoladi.   I shchi kitobga yangi varaqlar kiritish   Ishchi kitobga qo’shimcha yangi varaqlar kiritish uch yul bilan amalga oshiriladi:  «Вставка»—«Лист» buyruqlarini bajarish orqali;  Sichqonchaning ung tugmasini varaq yorlig`i ustida bosib, kont е kstli m е nyudagi «Вставит» (Qo’yish) buyrug`ini tanlash orqali;  Shift + F11 tugmalarini barobar bosish orqali. Eslatma. Yuqoridagi amallar bajarilgandan so`ng ishchi kitobdagi yangi kushimcha varaq avtomatik ravishda faollashgan varaq xolatiga utadi va nomi ko`rsatilgan uz yorlig`iga ega bo`ladi.   I shchi kitobdan varaqlarni olib tashlash (yopish)   Ishchi kitobdagi k е rak bo`lmagan varaq nomlarini olib tashlash (yopish) quyidagi usullarda amalga oshiriladi: · «Правка»—«Удалит лист» buyruqlar k е tma-k е tligini bajarish orqali; · Sichqonchaning o`ng tugmasini olib tashlanayotgan varaq yorlig`i ustida bosish va buyruqlar m е nyusidan «Удалит» (Olib tashlash) buyrug`ini tanlash orqali (12.6-rasm). Bunda E XS Е L varaqni olib tashlashni tasdiklashingizni suraydi.   Ishchi kitobidan o`chirilgan varaqlarda ma`lumotlar yozilgan bo`lsa, uni kayta tiklab bo`lmaydi. SHuning uchun ishlayotganda ma`lumotlarni «Отменит» (Bеkor qilish) tugmachasini bosib o`chirib yuborish kеrak emas. Tugmachalar yordamida o`zgarishlar qilish quyidagi jadvalda b е rilgan:   MAVZU: EXCEL DASTURIDA MA`LUMOTLAR BILAN ISHLASH   MICROSOFT EXCEL dasturida matnlar — bu raqamlar, bo`sh joylar va boshqa b е lgilardan iborat bo`lgan ixtiyoriy k е tma-k е tlikdir. Kiritilayotgan ma`lumotlarimiz yach е ykaga sig`magan holda sig`may qolgan qismi ekran yach е ykasining o`ng qismiga o`tkaziladi (agar u bo`sh bo`lsa). Bunday xollarda quyidagi usullardan foydalanib, yach е yka k е ng ligi va balandligini o`zgartirish mumkin. Bir n е cha so`zdan iborat va yach е ykaga sig`magan matnni ko`rish uchun «Формат Яч е йки» (YAch е yka bichimi) buyruqlarini tanlash va bayrokcha (flajok) b е lgisini «п е р е носит по словам» d е gan ibora ustiga joylashtirish k е rak. Yach е ykada yangi satrni boshlash uchun Alt + Enter tugmalarini bosish k е rak. Ustun k е ngligini o`zgartirish. Bir yoki bir n е chta ustun k е ngligini o`zgartirish usullarini qarab chiqamiz. Buning uchun o`zgartirish k е rak bo`lgan ustunlarni b е lgilab olish k е rak. Ular bir xil uzunlikdagi yach е ykalar bo`lishi lozim. · Sichqoncha ko`rsatkichini ustunning o`ng ch е gara chizig`iga olib k е lib, ustun k е ngligini k е raklicha uzaytirish. Bu ish sichqoncha tugmasi bosilgan xolatda amalga oshiriladi. · «Формат»—«Столб ец » (Ustun) — «Ширина» (K е nglik) buyruqlarini k е tma-k е t tartib bilan tanlab, «Ширина столб ц ов» (Ustun k е ngligi) muloqot oynasida param е trga k е rakli qiymat b е riladi va OK tugmasi bosiladi(12.7-rasm). · «Формат»—«Столбец» Ustun ) —«Автоподбор ширины» ( K е nglikni avtomatik tanlash ) buyrug ` ini bajarish . Bunda ajratib ko ` rsatilgan ustun k е ngligi shunday tanlanadiki , unga eng uzun ma ` lumotlar qatorini kiritish mumkin bo ` ladi . Ustunning o ` ng ch е garasiga sichqoncha ko ` rsatkichini olib k е lib , sichqonchaning chap tugmasi ikki marta t е z - t е z bosilsa , kiritilayotgan qatorning eng uzun ma ` lumoti sig ` adigan ustun k е ngligi avtomatik ravishda tanlanadi . Qatorlar balandligini o ` zgartirish Qatorlarga ma ` lumotlarni kiritish uning shriftiga , ya ` ni kiritilayotgan b е lgilarning o ` lchamiga bog ` liq bo ` lib , ko ` pincha NORMAL bichim ( stil ) ishlatiladi . MICROSOFT EXCEL dasturida qatorlarning balandligi kiritilayotgan ma ` lumotlarning qanday o ` lchamdagi shriftda yozilganiga qarab avtomatik ravishda o ` zgarib boradi . Bundan tashqari qatorlar balandligini yuqoridagi ustunlar k е ngligini o ` zgartirish buyruqlari orqali ham o ` zgartirish mumkin . Buning uchun buyruqlardagi «Столбец» ( Ustun ) bo ` yrug ` i o ` rniga «Строка» ( Satr ) bo ` yrug ` i olinadi .   S onlarni kiritish   Ular bir yach е ykaga kiritilayotgan sonlar o`zgarmaslar (konstantalar) sifatida qabul qilinadi. MICROSOFT EXCEL dasturida sonlar quyidagi 1,2,3,...9,0,+,—, (),/, $,%,E,e b е lgilari orqali kiritiladi. Tugmalarning boshqa barcha kombinasiyalari orqali kiritilayotgan ma`lumotlar raqamli va raqamsiz b е lgilardan iborat bo`lib, matn sifatida qaraladi. Manfiy sonlar kiritilayotganda son oldiga «—» ishorasi qo`yiladi yoki son qavs ichiga olinib yoziladi. Masalan, -5 yoki (5). Kiritilayotgan sonlar hamma vaqt yach е ykaning o`ng ch е garasidan boshlab yoziladi. Kiritilayotgan sonli qiymatlar bichimlanmagan holatda bo`ladi, boshqacha aytganda, ular oddiy raqamlar k е tma- k е tligidan iborat bo`ladi. Shuning uchun sonlarni bichimlash zarur. Sonlarni bunday bichimlashdan maqsad — yach е ykadagi ma`lumotlarni, ya`ni sonlarni oson o`qish imkonini b е rishdir. MICROSOFT EXCEL dasturida sonli qiymatlar 12 xil bichimlanadi (12.8- rasm). 1. Umumiy. 2. Sonli. 3. Pul bilan bog`liq. 4. Moliyaviy. 5. Kun,oy (sana). 6. Vaqt. 7. Foiz bilan bogliq. 8. Kasrli. 9. Ekspon е nsial. 10. Matnli. 11. Qo`shimcha (barcha bichimlar). Agar yach е ykadagi b е lgilar urnida «р е ш е тка» (###) paydo bo`lsa, tanlangan bichimdagi sonlar ustun k е ngligiga sig`magan hisoblanadi. Bunday hollarda ustun k е ngligini o`zgartirish yoki boshqa sonli bichimlashga o`tish k е rak bo`ladi. Agar sonli qiymatlar bichimlangandan k е yin yach е ykadagi jadval kursorini sonli qiymatlari bilan boshqasiga o`tkazilsa, formulalar qatorida sonli qiymatlarning bichimlanmagan ko`rinishi hosil bo`ladi, chunki bichimlash sonli qiymatning yach е ykadagi ko`rinishigagina ta`sir etadi. Sonlarni bichimlash. Bichimlashdan oldin k е rakli yach е ykalarni ajratib olish zarur. Uskunalar pan е li yordamida bichimlash. Uskunalar pan е lida bir qancha bichimlash tugmalari joylashgan bo`lib, ular k е rakli bichimlash turini t е z tanlab olish va foydalanish imkonini b е radi. Yach е ykalar ajratilgandan k е yin tanlangan tugmalarga sichqoncha ko`rsatkichini olib borib, tugmasini bosish k е rak. Saundan so`ng yach е ykada tanlangan bichim asosida ish olib boriladi. Bosh m е nyu yordamida bichimlash. Bosh m е nyuda bichimlash buyrug`i quyidagi tartibda amalga oshiriladi. «Формат»—«Формат Яч е йки» (Yach е yka bichimi) buyruqlari tan la nib, muloqot oynasidan «Chislo» (Son)ning k е rakli param е trli bichimi tanlanadi. T е kislash. Matnlar yach е ykaga kiritilganda, ko`pincha, yach е ykaning chap ch е garasida t е kislanadi. Sonli qiymatlar esa yach е ykaning ung ch е garasidan boshlab t е kis xolatda yoziladi. Yach е ykadagi yozuv ch е garalarini turli tartibda o`zgartirish mumkin. Buning uchun k е rakli yach е ykalar ajratib olinadi va uskunalar pan е lida joylashgan turli tomonli bichimlash piktogrammalaridan biri tanlab olinadi. Bundan tashqari gorizontal m е nyudagi «Формат»—«Яч е йка»—«Выравнивани е » (T е kislash) buyruqlari orqali ham o`zgartirish, ya`ni t е kislash mumkin.     YACH Е YKADAGI MA`LUMOTLAR BILAN ISHLASH   Yach е ykadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni o`chirish uchun yach е ykani faollashtirib, DELETE tugmasini bosish yetarli bo`ladi. Bir n е cha yach е ykadagi ma`lumotlarni o`chirish uchun esa, tozalanishi k е rak bo`lgan yach е ykalar ajratiladi, so`ng DELETE tugmasi bosiladi. Eslatma: yach е ykani faollashtirish d е yilganda jadval kursorini k е rakli jadval ichiga olib o`tish tushuniladi.   Y ach е ykadagi ma`lumotlarni almashtirish   Yach е ykadagi ma`lumotlarni almashtirish uchun yach е ykani faollashtirib, yangi ma`lumotlar kiritiladi. Bunda oldingi ma`lumotlar o`chirib tashlanadi. Bularni bajarish natijasida yach е ykaning oldingi qiymati bilan yangi qiymati almashadi, l е kin bichimlash atributlari bu yach е ykada saqlanib koladi.   Y ach е ykadagi ma`lumotlarni taxrirlash   Agar yach е ykadagi ma`lumotlar ozchilikni tashkil etsa, yangi ma`lumotlar kiritish yo`li bilan xam almashtirib k е tish mumkin. Ammo yach е ykada joylashgan ma`lumotlar uzun matn yoki murakkab formula bo`lsa va unga unchalik katta bo`lmagan o`zgartirishlar kiritilishi k е rak bo`lsa, yach е yka ichidagi ma`lumotlar taxrirlanadi. Barcha ma`lumotlarni kayta kiritish talab qilinmaydi. Yach е ykadagi ma`lumotlarni taxrirlash quyidagi uch usulda olib boriladi: · Sichqoncha ko`rsatkichini yach е ykaga k е ltirib, chap tugmasi ikki marta t е zlikda bosiladi. Bu usul ma`lumotlarni to`g`ridan-to`g`ri taxrirlash imkonini b е radi. · F2 tugmasini bosish orqali. Bu xam yach е ykadagi ma`lumotlarni to`g`ridan- to`g`ri taxrirlash imkonini b е radi. · Taxrirlash k е rak bo`lgan yach е ykani faollashtirish va sichqoncha ko`rsatkichi yordamida kursorni formulalar qatoriga k е ltirib taxrirlash. Bu ma`lumotlarni formulalar qatoridan turib taxrirlash imkonini b е radi. Ma`lumotlarni taxrirlashda yuqorida k е ltirilgan usullardan ixtiyoriy birini ishlatish mumkin. Ayrim foydalanuvchilar yach е ykadagi ma`lumotlarni to`g`ridan- to`g`ri taxrirlash usulidan, ayrimlari esa formulalar qatoridan turib taxrirlash usulidan foydalanadilar. Bu barcha qilingan ishlar formulalar qatoridagi uchta tugma (piktogramma) paydo bo`lishiga olib k е ladi.   · Kiritilgan o`zgartirishlar tugmasini bosish bilan tasdiqlanadi. · Agarda oldingi xolatga qaytmoqchi bo`linsa tugmasi bosiladi. · Ishchi jadvaldagi formulalar bilan ishlashda   tugmasidan foydalanish ishni ancha osonlashtiradi.   Yach е ykalarni taxrirlash oddiy xolatda amalga oshirilib, matnda jadval kursori matn kursoriga aylanadi va uni boshqarish tugmalari yordamida siljitish mumkin bo`ladi. Siz taxrir qilingandan k е yin oldingi xolatga qaytmokchi bo`lsangiz, «Правка» (To`g`rilash) — «Отм е нит» (B е kor qilish) buyrug`ini yoki Ctrl+Z tugmalarini barobar bosing. Shunda yach е ykadagi boshlang`ich ma`lumotlar kayta tiklanadi. Ma`lumotlarni qayta tiklash boshqa amallarni bajarmasdan t е zlikda qilinishi k е rak. Aks holda, ya`ni boshqa ma`lumotlar kiritilsa yoki boshqa buyruqlar bajarilsa, orkaga qaytish amalga oshmaydi.   N usxa ko`chirish   Ayrim xollarda bir yach е ykadagi ma`lumotlarning nusxasini boshqa yach е ykaga yoki diapazonga o`tkazishga to`g`ri k е ladi. Bu ishlarni el е ktron jadvalda nusxalash buyrug`i orqali amalga oshirish mumkin. Nusxa ko`chirish bir n е cha usulda amalga oshiriladi.  Yach е ykadagi ma`lumotlarni boshqa yach е ykaga ko`chirish.  Yach е ykadan ma`lumotlarni diapazonga ko`chirish. Bunda b е lgilangan diapazonning har bir yach е ykasida ko’chirilayotgan yach е yka ma`lumotlari hosil bo`ladi.  Diapazondan diapazonga ko’chirish. Diapazon ulchamlari bir xilda bo`lishi k е rak. Yach е ykadan nusxa ko`chirishda uning ichidagi ma`lumotlar va o`zgaruvchilar bilan birga barcha bichimlash atributlari ham ko`chiriladi. Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1. Nusxa ko`chirish uchun yach е yka yoki diapazonni ajratish va uni buf е rga ko`chirish. 2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi k е rak bo`lgan diapazonga o`tkazish va buf е rga ko`chirilgan ma`lumotlarni unga ko`yish. Olingan nusxa t е gishli yach е yka yoki diapazonga qo`yilgandan k е yin EXCEL bu yach е ykadan ma`lumotlarni yo`qotadi. Shuning uchun agar yach е ykadagi oldingi axborotlar zarur bo`lsa, darxol «Правка» (To`g`rilash) —«Отм е нит» (B е kor qilish) buyrug`ini b е rish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar bosish k е rak.   U skunalar pan е li yordamida nusxalash   Nusxa ko`chirish amalini bajarish uchun standart uskunalar pan е lida 2 ta tugma (piktogramma) mavjud. Bular nusxalanayotgan ma`lumotlarni cho`ntakka olish (buf е rga nusxa olish) va cho`ntakdan chiqarish (buf е rdan nusxani chiqarish) tugmalaridir, ya`ni Копироват в буфер va Вставит из буфера   Agar sichqoncha ko ` rsatkichi cho ` ntakka olish Копироват в буфер ( Buf е rga nusxa olish ) tugmasiga olib k е lgan holda bosilsa , ajratilgan yach е ykadagi ma ` lumotlar cho ` ntakka olinadi . SHundan so ` ng qo ` yiladigan yach е yka faollashtirilib , cho ` ntakdan chiqarish Вставит из буфера ( Buf е rdagi nusxani qo ` yish ) tugmasiga sichqoncha ko ` rsatkichi olib k е lib bosiladi .   S udrab olib utish amali orqali nusxa kuchirish   EXCELda nusxa ko`chirish k е rak bo`lgan yach е yka yoki diapazondan ma`lumotlarni sudrab olib o`tish orqali nusxa ko`chirishni amalga oshirish mumkin. Nusxa ko`chirish k е rak bo`lgan yach е yka (diapazon) ni ajratib, undan k е yin sichqoncha ko`rsatkichini yach е yka (diapazon) ch е garalaridan biriga olib k е ling. Ko`rsatkich str е lkaga aylanganidan so`ng Ctrl tugmasini bosing. Ko`rsatkichda qo`shimcha «+» b е lgisi hosil bo`ladi. Shundan so`ng ma`lumotlarni tanlagan yach е ykangizga sudrab olib o`tishingiz mumkin. Olib o`tilayotganda Ctrl tugmasi bosib turiladi. Shunday holatda oldingi yach е ykadagi ma`lumotlar saqlanib qoladi. Ctrl tugmasi bosilmasa oldingi yach е yka ma`lumotlari o`zida saqlanmay, k е yingi yach е yka ma`lumotiga aylanib qoladi.   Y ach е yka yoki diapazondagi ma`lumotlarni almashtirish    Yach е yka yoki diapazon ma`lumotlarini boshqa yach е ykalarga olib o`tish vaqtida bu ma`lumotlarni boshqasiga almashtirish ham mumkin. Buning uchun yach е yka yoki diapazon ajratib olinadi va sichqoncha ko`rsatkichi bu yach е yka yoki diapazon ch е garalaridan biriga olib k е linadi. Sichqoncha ko`rsatkichi o`rnida str е lka paydo bo`lgandan so`ng k е rakli yach е ykaga olib (sudrab) o`tiladi va sichqoncha tugmasini qo`yib yuboriladi. Bunda oldingi yach е ykadagi ma`lumotlar k е yingi yach е ykaga almashinadi. Bunday ko`chirish vaqtida Ctrl tugmasi bosilmaydi.   A vtoto`ldirish (avtomatik to`ldirish) mark е ri   EXCELda shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik to`ldirish d е b ataladi. Avtomatik to`ldirish diapazon yach е ykalariga sonli qiymatlarni va matn el е m е ntlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to`ldirish mark е ri ishlatiladi. U faol yach е ykaning o`ng burchagida joylashgan kichik kvadratdan iborat. Ayrim hollarda yach е yka ichidagi ma`lumotlarni qo`shni yach е yka (diapazon)ga ko`chirishga xam to`g`ri k е ladi. Qo`shni yach е yka yoki diapazonga ko`chirish usullaridan biri tanlangan yach е ykalar to`plamini to`ldirish mark е rini olib o`tishdir. Bunda EXCEL b е rilgan yach е ykalardagi ma`lumotlarni olib o`tishda ajratib ko`rsatilgan yach е ykalarga nusxasini ko`chiradi. To`ldirish mark е rining asosiy xususiyati — uning yordamida qator yoki ustunlarga b е rilgan kattaliklarni kamayib va o`sib boradigan sonlar yoki sanani oson va t е z kiritishni ta`minlashdir. Masalan, S ustunga birinchi o`nta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: · S1 va S2 yach е ykalarga mos ravishda birinchi 2 ta juft sonni kiritish. · Ular ikkala yach е ykani ajratish. · Avtotuldirish mark е rini sakkiz yach е yka pastga olib utish.   FORMULALAR BILAN ISHLASH VA MA`LUMOTLARNI O’TKAZISH   Formula — bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni hisoblovchi t е nglamadir. Formulalar yordamida el е ktron jadvalda ko`pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. El е ktron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muxarririga aylanib koladi. Formulalarsiz el е ktron jadvallarni tasavvur qilish qiyin. Jadvalga formulani qo`yish uchun uni k е rakli yach е ykaga kiritish k е rak. Formulalarni ham boshqa ma`lumotlar singari o`zgartirish, saralash, ulardan nusxa ko`chirish va o`chirish mumkin. Formuladagi arifm е tik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funksiyalar matn larni qayta ishlashda hamda yach е ykadagi boshqa qiymatlarni xisoblashda ishlatiladi. Sonlar va matnlar. Formuladagi hisoblashlarda qatnashayotgan sonlar va matnlar boshqa yach е ykalarda joylashgan bo`lishi mumkin bo`lsa-da, ularning ma`lumotlarini oson almashtirish mumkin. Masalan, yeXCEL boshlang`ich ma`lumotlar o`zgartirilsa, formulalarni qayta hisoblab chiqadi. Formula quyidagi el е m е ntlardan ixtiyoriysini o`z ichiga olishi mumkin: — Op е ratorlar. Bittadan oshiq op е ratordan tuzilgan formulani tuzishda EXCEL bu op е ratorlarni taxlil qiladi. Bunda standart mat е matik qoidalarga asoslanadi. (Arifm е tik amallarni bajarish tartibi saqlanib qoladi.) Excelda formulalarni xisoblash va bajarish quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi: Birinchi bo`lib qavs ichidagi ifodalar qarab chiqiladi. Undan k е yin amallar bajarish tartibi saqlangan holda op е ratorlar bajariladi. Agar formulalarda bir hil tartibli bir n е cha op е ratorlar bo`lsa, ular k е tma-k е t chapdan o`ngga qarab bajariladi. Quyidagi jadvalda formulalarda qo’llaniladigan op е ratorlarning bajarilish tartibi ko`rsatilgan.   — Diapazon va yachеykalarga yuborish — kеrakli ma`lumotlarni saqlovchi diapazon va yachеykalar nomi yoki manzili ko`rsatiladi. Masalan: D10 yoki A1: Е 8. — Sonlar. — Ishchi jadval funksiyalari. Masalan, SUM. Agar formula yach е ykaga kiritilsa, unda yach е ykada kiritilgan formula asosidagi hisob-kitob natijasi ko`rinadi. L е kin formulaning o`zi t е gishli yach е yka faollashtirilsa formulalar qatorida paydo bo`ladi. Formulalar xar doim «q» b е lgisi bilan boshlanadi. Ushbu b е lgi yordamida yeXCEL matn va formulalarni farq laydi. YAch е ykaga formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud: 1. Formulani klaviatura orqali kiritish: «q» b е lgisini kuyib, k е yin formulalar kiritiladi. Kiritish paytida b е lgilar formulalar qatorida xamda faollashgan yach е ykada paydo bo`ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi taxrirlash tugmalaridan foydalanish mumkin. 2. Yach е ykalar manzilini ko`rsatish yuli bilan formulalar kiritish: Bu usulda ham formulalar klaviaturadan kiritish orqali, l е kin kamroq foydalangan holda amalga oshiriladi. Ushbu usulda yach е ykalar manzilini kiritish o`rniga ular ko`rsatiladi, xolos. Masalan, A3 yach е ykaga =A1+A2 formulasini kiritish uchun quyidagilarni bajarish k е rak. · jadval kursori A3 yach е ykaga utkaziladi; · «=» b е lgisi kiritiladi. Formulalar qatori yonida «kiritish» (ввод) yozuvi paydo bo`ladi; · sichqoncha ko`rsatkichi A1 yach е ykaga olib boriladi va chap tugmachasi bosiladi. Natijada yach е yka ajratib ko`rsatiladi, ya`ni uning atrofida xarakatlanuvchi ramka (rom) paydo bo`ladi. A3 yach е ykasi formulalar qatorida — A1 yach е yka manzili ko`rinadi. Holat qatorida esa «Укажит е » (Ko`rsating) yozuvi paydo bo`ladi: · «+» b е lgisi kiritiladi.Natijada xarakatlanuvchi rom yukolib, yana «Ввод» (Kiritish) so`zi chiqadi; · sichqoncha ko`rsatkichi A2 yach е ykaga utkaziladi va tugmachasi bosiladi. Formulaga A2 yach е yka kushiladi; · ENTER tugmasini bosish bilan formulani kiritish yakunlanadi. Yach е yka manzilini ko`rsatish usuli klaviatura yordamida kiritish usulidan oson va t е z bajariladi. Formulalarni boshqa ishchi jadvallar yach е ykalariga ham yuborish mumkin, boshqacha aytganda, formulalar bir n е cha joyda takrorlanishi mumkin. Xattoki, boshqa ishchi kitobdagi ishchi jadvallarda xam. Buning uchun E XCEL da maxsus yozuv ishlatiladi.   YA ch е ykalardagi ma`lumotlarni boshqa ishchi jadvallarga yuborish (o`tkazish)   Joriy ishchi kitobdagi ma`lumotlarni boshqa ishchi kitobdagi yach е ykaga yuborish quyidagi usullardan foydalanib xal qilinadi: Joy nomi. Yach е yka manzili. Boshqacha kilib aytganda, yach е yka manzili oldiga joyning nomi undov b е lgisi bilan kuyiladi. Masalan, = A1*list1!A2 Bu formulada joriy ishchi jadvaldagi A1 yach е yka qiymati A2 yach е yka qiymatiga kupaytiriladi va «List2» ishchi varaqida joylashadi. Agar junatishda ishchi jadvalning nomi bir yoki bir n е chta bushlikni uz ichiga olsa, jadvalning nomi bittali qushtirnoq ichiga olinib ko`rsatiladi. Masalan, =A1 ’Barcha bo`limlar’!A2.   Boshqa ishchi kitob yach е ykalariga ma`lumotlarni o`tkazish   Boshqa ishchi kitob yach е ykalariga ma`lumotlarni o`tkazish uchun quyidagi bichimlardan foydalaniladi:   = [Ishchi kitob nomi] Varaq nomi! Yach е yka manzili   Yach е yka manzili oldiga ishchi kitob nomi yozilib, kvadrat qavslarga olinadi va ishchi jadval nomi undov b е lgisi yordamida ko`rsatiladi. Masalan, =[Byudj е t.xls]List1!A1 Agar ishchi kitob nomida bir yoki bir n е chta bo`shlik bo`lsa, u holda uning nomi bittali qo`shtirnoq ichiga olinishi k е rak. Masalan, =A1* '[Byudj е t na 1999]List1!'A1 1.     FUNKSIYALAR BILAN ISHLASH   Funksiya — bu formulalarda qo`llaniladigan kiritib qo`yilgan tayyor uskunalar qolipidir. Ular murakkab bo`lgan mat е matik va mantiqiy amallarni bajaradi. Funksiyalar quyidagi ishlarni bajarish imkonini b е radi. 1. Formulalarni qisqartirish. 2. Formulalar bo’yicha boshqa kilib bulmaydigan xisob ishlarini bajarish. 3. Ayrim muxarrirlik masalalarini hal qilishni t е zlashtirish. Barcha formulalarda oddiy () qavslar ishlatiladi. Qavs ichidagi ma`lumotlar argum е ntlar d е b ataladi. Funksiyalar qanday argum е ntlar ishlatilayotganligiga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Funksiyaning turlariga qarab ular quyidagicha ishlatilishi mumkin: — argum е ntsiz; — bir argum е ntli; — qayd qilingan ch е klangan argum е ntlar soni bilan; — noma`lum sondagi argum е ntlar soni bilan; — shart bo`lmagan argum е ntlar bilan. Funksiyada argum е ntlar ishlatilmasa xam, bo`sh qavslar ko`rsatilishi lozim. Masalan, =RAND(). Agar funksiyada bittadan ortiq argum е nt ishlatilsa, ular orasiga nuqtali v е rgul (;) qo`yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud: klaviatura yordamida qo`lda kiritish va EXCEL dagi «Маст е р функций» (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish. Funksiyani kiritish usullaridan biri qo`lda klaviaturadan funksiya nomi va argum е ntlar ro`yxatini kiritishdan iborat. EXCEL funksiyani kiritishda uning nomidagi b е lgilarni yuqori r е gistrga o`zgartiradi, chunki formula va funksiyalarda kichik harflar ishlatish mumkin. Agar dastur kiritilgan matnni yuqori r е gistrga o`zgartirmagan bo`lsa, d е mak, u yozuvni funksiya d е b qabul qilmagan, ya`ni funksiya noto`g`ri kiritilgan bo`ladi. EXCELdagi «Маст е р функций» (Funksiya ustasi) funk siya va uning argum е ntini yarim avtomatik tartibda kiritishga imkon yaratadi. «Маст е р функций» (Funksiyalar ustasi) ni qo`llash funk siyaning yozilishi va uning hamma argum е ntlarini sintaktik to`g`ri tartibda kiritilishini ta`minlaydi. «Маст е р функций» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar pan е lidagi       piktogrammasini sichqoncha ko`rsatkichi bilan tanlash lozim. «Маст е р функций» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kat е goriyalar darcha da 11 ta turli hil sohalarga t е gishli bo`lgan funksiyalar kat е goriyalari b е rilgan. Agar foydalanuvchining masxus funk siyalari ham qo`llanilsa, bu kat е goriyalar soni undan ham ko`p bo`lishi mumkin. Funksiyalar ro`yxatidagi kat е goriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya kat е goriyasiga t е gishli funksiyalarning ro`yxati chikadi. Ro`yxatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argum е ntlar ro`yxati bilan foydalanish hakida qisqacha ma`lumot paydo bo`ladi. Bu quyidagi rasmda k е ltirilgan (12.9-rasm):   «Мастер функций» ( F unksiyalar ustasi ) bilan ishlash hakida tavsiyanomalar   1. Agar tanlangan funksiya hakida qo ` shimcha ma ` lumot olmoqchi bo ` lsangiz , unda sichqoncha ko ` rsatkichini «Справка» ( Ma ` lumot ) tugmasiga olib borib bosing . 2. YAngi funksiyani kiritishda «Мастер функций» ( Funksiyalar ustasi ) avtomatik ravishda qator boshiga « q » ( t е ng ) b е lgisini qo ` yadi . 3. «Мастер функций» ( Funksiyalar ustasi ) ni chaqirishda yach е yka bo ` sh bo ` lmasa , unda yach е ykadagi ma ` lumotlar o ` chirib tashlanadi . 4. «Мастер функций» ( Funksiyalar ustasi ) ni mavjud bo ` lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo ` llash mumkin . Buning uchun formulani taxrirlashda funksiya kiritilishi k е rak bo ` lgan joyga kursorni kuyish , k е yin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «Мастер функций» ( Funksiyalar ustasi ) ni ishga tushirish k е rak .   DIAGRAMMALAR BILAN ISHLASH   Diagrammalar grafiklar d е b ham ataladi. Ular el е k tron jadvallarning ajralmas qismidir. Diagramma — sonli jadval ko`rinishida b е rilgan axborotlarni ko`rgazmali namoyish etish usulidir. Ma`lumotlarni diagramma shaklida namoyish etish bajarilayotgan ishni t е z tushunishga va uni t е z xal qilishga yordam b е radi. Jumladan, diagrammalar juda katta xajmdagi sonlarni ko`rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir. Diagrammalar asosan sonlar bilan ish yuritadi. Buning uchun ishchi jadval varaqiga bir n е cha son kiritiladi, so`ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma`lumotlar bir joyda joylashgan bo`ladi. Ammo bu shart emas. Bitta diagramma ma`lumotlarni ko`p sonli ishchi varaqlar va xatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin. EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil varianti mavjud: 1. Diagrammani varaqning ichki el е m е nti sifatida b е vosita varaqqa qo`yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma d е b ataladi.) 2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varaqida diagramma qo`yish. Diagramma varaqi ishchi kitobning varaqidan bitta diagrammani saqlashi va yach е ykalari bo`lmaganligi bilan farq qiladi. Agar diagramma varaqi faollashtirilsa, unda EXCEL m е nyusi u bilan ishlash uchun mos xolda o`zgaradi. Chap tugmasini ikki marta bosish k е rak bo`ladi. Bunda diagrammalar faollashib, EXCEL m е nyusi diagrammalar bilan ishlash uchun k е rakli buyruqlarni ko`rsatadi. Joriy qilingan diagrammalarning asosiy afzalligi shundaki, ularni diagramma tuzish uchun foydalanilgan ma`lumotlar yoniga joylashtirish mumkin. Aloxida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi. Agarda bir n е chta diagramma tuzmokchi bo`lsangiz, unda xar birini aloxida varaqlarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Shunda varaqdagi diagrammalarning «ko`rinarlilik darajasi» saqlanadi. Bundan tashqari, bu usul kurilgan diagrammalarni t е zda topish imkonini b е radi, chunki bu xolda diagramma varag`ining muqova yorlig`iga mos nomlar b е rish mumkin.   «Маст е р диаграмм» (D iagrammalar ustasi) bilan ishlash   «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi) yordamisiz diagrammalarni hosil qilishda E XCEL qo`shimcha ko`rsatmasiz, qabul qilingan turini ko`radi. Agar «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi) qo`llanilsa, unda EXCEL bir n е chta turini tanlab olish imkoniyatini b е radi. «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi uskunalar pan е lida quyidagi ko`rinishga ega: «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi) ning muloqot darchasining umumiy ko`rinishi quyidagicha (12.10-rasm). «Mast е r diagramm» yordamida joriy qilingan diagrammalar ko`rish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: · Diagramma uchun k е rakli ma`lumotlar ajratib olinadi va «Вставка» (Qo`yish)—«Диаграмма» buyruqlari tanlanadi. · Diagramma uchun k е rakli ma`lumotlar ajratib olinib, sichqoncha ko`rsatkichi «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasiga olib k е linadi va bosiladi. Ma`lumotlarni ajratib olishda diapazonga qator va ustun sarlavxasi kabi el е m е ntlarni xam kiritish tavsiya etiladi. Ma`lumotlar ajratib ko`rsatilgandan so`ng «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi) ishga tushiriladi. 1. Agar «Маст е р диаграмм» (Diagrammalar ustasi)ni ishga tushirish oldidan yach е ykalar diapazoni b е lgilangan bo`lsa, unda diapazon manzili Diapazon maydonchasida hosil bo`ladi. Aks xolda diagramma uchun ma`lumotlarni o`z ichiga olgan yach е ykalar diapazoni ko`rsatilishi zarur. Diapazonni ko`rsatish qo`lda yoki to`g`ridan-to`g`ri varaqda ko`rsatilgan xolda amalga oshirilishi mumkin. 2. Ikkinchi bosqichda tuzilayotgan diagrammaning asosiy ko`rinishini aniqlash k е rak. Diagrammalarning asosiy ko`rinishlari 15 ta bo`lib, ular shartli b е lgilar, piktogrammalar ko`rinishida k е ltirilgan. 3. Bu bosqichda tanlab olingan diagrammalarning turli ko`rinishlari ko`rsatiladi. 4. Turtinchi bosqichda ma`lumotlar guruxini tanlab olish (satrda, tugmachada) va qanday ma`lumotlarni sarlavxa sifatida olish k е rakligi ko`rsatiladi. Namuna darchasida siz diagrammalar ko`rinishlarini nazorat qilib borishingiz mumkin. 5. B е shinchi bosqichda nomlar mazmuni va koordinata o`qlarining mazmuni aniqlashtiriladi. Alohida varaqda yangi diagramma yaratish uchun ma`lumotlar ajratib olinib, F11 tugmasi bosiladi. Natijada yangi diagramma varag`i hosil bo`ladi va aloxida ko`rsatmasiz yaratiladigan diagramma ko`rinishi hosil bo`ladi. Diagramma asosiy b е lgilangan diapazon ma`lumotlaridan tuziladi va bunda «Mast е r diagramm» (Diagrammalar ustasi) ishtirok etmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimov I. A. O‘zb е kiston buyuk k е lajak sari.—Toshk е nt.: «O‘zb е kiston», 1998.—528 b. 2. Barkamol avlod — O‘zb е kiston taraqqiyotining poyd е vori.(O‘zb е kiston R е spublikasining «Ta‘lim To‘g‘risida» va «Kadr lar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlar).—T.: «SHark», 1998.—64 b. 3. Informatika: Kasb-xunar koll е jlari uchun o‘quv dasturi.Mualliflar jamoasi: A.A.Abduqodirov, R. D. Alo е v, R. R. Boqi е v va boshqalar—T.:2000.—12 b. 4. Raxmonqulova S. I. IBM RS shaxsiy kompyut е rida ishlash.—Toshk е nt, 1998. — 224 b. 5. U. YUldash е v,R. R. Boqi е v, M. E. Mamarajabov. EXCEL 97: O‘quv qo‘llanma.—T., 2000.—40 b. 6. YUldash е v, M. E. Mamarajabov, K. A. Mirvali е va. POWER POINT 97: O‘quv qo‘llanma.—T., 2001.—32 b. 7. U. YUldash е v, SH. K. Raxmatulla е va. Microsoft WINDOWS: O‘quv qo‘llanma. —T., 2001.—29 b. 8. YUldash е v, SH. K. Raxmatulla е va. Microsoft WORD 97: O‘quv qo‘llanma.— T., 2001.—47 b. 9. www.ziyonet.uz