logo

Belgilarni tahrirlash teglari matn parametrlarini o’zgartirish matn bilan ishlash Web hujjatda matnni tahrirlash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

151 KB
Belgilarni tahrirlash teglari matn parametrlarini o’zgartirish matn bilan ishlash Web hujjatda matnni tahrirlash R е ja: 1. Html tilida matnni tasvirlash haqida tushunchalar. 2. Body va Font teglari va uning atributlari. 3. Matnga rang berish. HTML tilida matnni tasvirlashning bir qancha usullari mavjud. Har bir abzats boshida <p> tegi qo‘yiladi, oxirida esa yopiluvchi </p> tegi qo‘yiladi. Bu teg o‘z parametrlariga ega. Bu parametrlar qatoriga align parametri kiradi. Align parametrini matnlarni tekislash (tenglash)da ishlatiladi. Abzatsni brauzer oynasining o‘ng yoki chap tomoniga tekislash, markazlashtirish yoki to‘la eniga yoyib yozish uchun ularga mos ravishda left, right, center va justify qiymatlari ishlatiladi. HTML tilida matnni tasvirlashning bir qancha usullari mavjud. Brauzer ekranida matn satrini tasvirlash uchun h ech qanday teg ishlatishga h ojat yo’q. Matnni yozish kifoya. Lekin uni h attoki abzastga bo’lish ham teglarsiz amalga oshmaydi. H ar xil kompyuter tizimlarida matnlarni azastga bo’lish uchun h ar xil simvollar ishlatiladi, lekin HTML hujjati kompyuter tizimi qanday bo’lishidan q a’tiy nazar bir xil tasvirlanishi lozim va shuning uchun abzastni ifodalovchi teg kiritilishiga to’g’ri kelgan. H ar bir abzast boshida <p> tegi qo’yiladi, oxirida esa yopiluvchi </p> tegi qo’yiladi. Bu teg o’z parametrlariga ega. Bu parametrlar qatoriga identifikastiya parametrlari class va id, shaklli bezash parametri style va tekislash (tenglash) parmetri align kiradi. Abzastni brauzer oynasining o’ng yoki chap tomoniga tekislash, markazlashtirish yoki to’la eniga yoyib yozish uchun ularga mos ravishda left, right, center va justify qiymatlari ishlatiladi. Bularning qo’llanilishini quyidagi misolda ko’ramiz: Misol: 2_1 <html> <head> <title> abzastlarni gorizontal tanlash.</title> </head> <body> <p align = “left”> chap tomonga tekislagan abzast </p> <p align = “right”> o’ng tomonga tekislangan abzast </p> <p align = “center”> markazlashtirilgan abzast </p> <p align = “justify”> eni bo’yicha yoyib yozilgan abzast </p> </body> </html> Bunday kod bilan yozilgan faylning Internet Explorer brauzer tasviri 2_1 rasmda tasvirlangan. Internet Explorerning oldingi versiyalari bazi bir teglarni qo’llamasligi mumkin. Masalan eni bo’yiga yoyib yozish tegini brauzer qo’llamasa ekranda oddiy ko’rinishdagi matn yoziladi. Rasm 2_1. Ba`zan Web sahifa yaratuvchilari abzastlar oraligini kengaytirish uchun bo’sh abzastlardan foydalanishadi, yani abzastning ochiluvchi va yopiluvchi teglarining ichiga hech narsa yozmasdan qo’llashadi. Brauzerlar esa bu narsani e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuning uchun abzastlarni ajratish yoki biror abzastning ichidagi satrni bo’lib keyingi satrga o’tkazish uchun <br> tegi ishlatiladi. Bu teg matnning shu qismini keyingi satrga o’tkazish kerakligini anglatadi. Quyidagi misolda bu teg har ikkala maqsadda qo’llaniladi. Misol 2_2. <html> <head> <title> Matnni keyingi satrga bo’lish </title> </head> <body> <p> Biz <br> keyingi satrga bo’lgan abzast </p> <p> keyingi abzast </p> <br> <p>Bir bo’sh satrdan keyin yozilgan abzast </P> </ body > </ html > 2_2-rasm. <BODY> va </BODY> teglari <HEAD> kabi HTML hujjatning maxsus qismlarini belgilashda ishlatiladi. <BODY> teglari egallab olgan matn hujjatning asosiy qismi hisoblanadi. Matnning katta qismi va boshqa axborotlar ham uning tarkibiga kiritiladi. Quyida <BODY> tegining bir qator parametrlarini ya`ni atributlarini e`tiboringizga havola etamiz. Аlink   – faol murojaat (ссылка) ning rangini belgilaydi. Background   – fondagi tasvir sifatida foydalaniluvchi tasvirni belgilaydi. Url   –manzilini belgilaydi. Bottommargin   –hujjatning quyi chegaralarini piksellarda belgilaydi. Bgcolor   –hujjat fonining ranglarini belgilaydi. Bgproperties   –agar FIXED qiymati o’rnatilmagan bo’lsa, fon tasviri aylantirilmaydi. Leftmargin   –chap chegaralarni piksellarda belgilaydi. Link   –xali ko’rib chiqilmagan ssilkaning ranggini belgilaydi. Rightmargin   –hujjat o’ng chegarasini piksellarda o’rnatadi. Scrool   – brauzer darchalari harakatlantirish (prokrutka) yo’laklarini o’rnatadi. Text   –matn rangini aniqlaydi. Topmargin   –yuqori chegarasini piksellarda o’rnatadi. Vlink   –ishlatilgan murojaat rangini belgilaydi. Bottommargin, Leftmargin, Rightmargin va Topmargin pametrlari matn chegarasi va darcha chetlari orasidagi masofani piksellarda belgilaydi. Font tegi. Endi matn shriftlarini bezash usullarini ya’ni font tegini ko’rib chi q amiz. Biz <font> tegini parametrlari bilan birga abzastning ixtiyoriy erida qo’llashimiz mumkin. Bu tegdan keyingi matnlar parametrda ko’rsatilgan qiymatlar bo’yicha ekranda tasvirlanadi. <font> tegini yopiluvchi tegi </font> shunday ko’rinishda bo’ladi. <font> tegi o’zining qo’llanilayotgan shrift o’lchamini ko’rsatuvchi size, shrift simvollarining ranggini belgilovchi color va matn qaysi shriftda tasvirlanishini belgilovchi face parametrlariga ega. size parametri qiymat sifatida 0 dan 7 gacha bo’lgan sonlarni qabul qiladi. Bu sonlar matndagi simvollar o’lchamini bildiradi. HTML da ofis dasturlaridagidek simvol o’lchamlarini absolyut o’rnatish imkoniyati yo’q. Chunki bizga Web sahifani ko’rayotgan foydalanuvchi kompyuterida o’rnatilgan shriftlar va qanday o’lcham imkoniyatlariga ega ekanligi noma’lum. Foydalanuvchi brauzeri biz ko’rsatgan shrift o’lchamiga maksimal mos keluvchi o’lchamni tanlashi kerak. Size parametri qiymati sifatida biz shrift o’lchamini berishimiz mumkin. Masalan shrift o’lchamini bittaga oshirish uchun quyidagi konstrukstiyani yozishimiz kerak: <font size = “+1”> Shrift (simvol) o’lchamlarini ikki birlikka kichraytirish uchun esa quyidagini yozishimiz kerak: <font size = “-2”> Yuqoridagi teglar qatnashgan misolni ko’ramiz: Misol 4_3. <html> <head> <title>Simvol o’lchamlari </title> </head> <body> <p> <font size = “7”> ettinchi o’lchov </font> </p> <p> <font size = “6”> oltinchi o’lchov </font> </p> <p> <font size = “5”> beshinchi o’lchov </font> </p> <p> <font size = “4”> to’rtinchi o’lchov </font> </p> <p> <font size = “3”> uchunchi o’lchov </font> </p> <p> <font size = “2”> ikkinchi o’lchov </font> </p> <p> <font size = “1”> birinchi o’lchov </font> </p> </body> </html> Navbatdagi face parametri esa qo’llanilishi kerak bo’lgan shriftni belgilaydi. Biz matnni face yordamida Times New Roman yoki Copperplate Gothic shriftlari yordamida tasvirlanishini ko’rsatishimiz mumkin. Biz Web sahifada ishlatgan shrift foydalanuvchi kompyuterida operastion sistemaga o’rnatilmagan bo’lishi mumkin, u h olda brauzer o’z qoidalari asosida ish yuritadi. H ar bir brauzerda Web sahifani yuklashda qaysi shriftlardan foydalanish kerakligini ko’rsatib turuvchi sozlash bo’limi mavjud. Fase parametri qiymati sifatida ko’pincha vergullar bilan ajratilgan shriftlar ro’yxati keltiriladi. Brauzer ro’yxat bo’yicha o’z operastion sistemasidan (tizimidan) shu shriftlarni qidiradi va birinchi topilgan shrift bo’yicha matnni tasvirlaydi. Endi esa font tegining barcha parametrlari qatnashgan misolni ko’ramiz: <font size = 4 color = “black” face = “courier new, arial black”> Yuqoridagi tegda shu tegdan keyingi matn to’rtinchi o’lchamda, qora rangda va Courier New yoki bu shrift sistemaga o’rnatilmagan bo’lsa Arial Black shriftida tasvirlanish kerakligi e’lon qilingan. HTML bizga yana simvollarni kursiv, qalin , tagiga chizilgan yoki ustidan chizilgan h olatlarda tasvirlash imkonini beradi.  <b> va </b> teglari belgilangan joydagi matnni qalin shriftda tasvirlaydi.  <i> va </i> teglari belgilangan joy matnini kursiv shriftda tasvirlaydi.  <u> va </u> teglari belgilangan joy matnini tagiga chizilgan shriftda tasvirlaydi.  <strike> va </strike> teglari belgilangan joy matnini usti chizilgan shriftda tasvirlaydi.  <tt> va </tt> teglari belgilangan joy matnini monoshrift shriftda tasvirlaydi.  <small> va </small> teglari belgilangan joy matnini kichraytirilgan shriftda tasvirlaydi.  <big> va </big> teglari belgilangan joy matnini kattalashtirilgan shriftda tasvirlaydi. Misol 4_4. <html> <head> <title> turli xil ko’rinishda yozish</title> </head> <body> <p> <font face = “Times New Roman”> matnlar <b> qalin </b> yoki <i>kursiv</i> ko’rinishda bo’lishi mumkin <br> Bir vaqtning o’zida <b> <i> ham qalin ham kursiv </b></i> ko’rinishda bo’lishi ham mumkin </p> <p><u> tagi chizilgan </u> va<strike> usti chizilgan</strike> ko’rinishda ham bo’ladi </p> <p>yoki <tt> kengaytirilgan </tt> bo’lishi mumkin </p> <p>Biz simvol o’lchovini <big> kattalashtirishimiz </big>va <small>kichraytirishimiz </small>mumkin</p> </body> </html> Matnga rang berish. Web sahifaga matn yoki fon rangini o’zgartirish uchun <BODY> juft tegi oralig’iga TEXT (matn), fon rangi uchun Bgcolor parametrlari bilan qo’llaniladi. Misol: <BODY text=“red” bgcolor=“blue”> <font> tegi matnlarini bezashda qo’llaniladi. <font> tegini yopiluvchi tegi </font> shunday ko‘rinishda bo‘ladi. <font> tegi quyidagi parametrlarga ega:  Size - matn o‘lchamini ko‘rsatish;  Color - matn rangini berish;  Face - matn qaysi shriftda tasvirlanishini belgilash; Size parametri qiymat sifatida 0 dan 7 gacha bo‘lgan sonlarni qabul qiladi. Bu sonlar matndagi simvollar o‘lchamini bildiradi. Masalan: shrift o‘lchamini bittaga oshirish uchun quyidagi konstruksiyani yozishimiz kerak: <font size = “+1”>  Shrift ( simvol ) o ‘ lchamlarini ikki birlikka kichraytirish uchun esa quyidagini yozishimiz kerak : <font size = “-2”> Font tegining navbatdagi parametri bu color parametridir. Color -parametri quyidagicha yoziladi: <font color = “rang”> Masalan: qo‘llanilayotgan shrift simvollarini yashil rangda tasvirlash uchun quyidagini yozishimiz lozim: <font color = “green”> Navbatdagi face parametri esa qo‘llanilishi kerak bo‘lgan shriftni belgilaydi. Biz matnni face yordamida Times New Roman yoki Arial black shriftlari yordamida tasvirlanishini ko‘rsatishimiz mumkin. Adabiyotlar: 1. Кarimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Tosh kent ma’naviyat 2008 yil 2. Abduqodirov A. va boshqalar. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari – Т .: O`qituvchi, 1996 y. 3. Hoshimov O. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. - Т .: Yangi asr avlodi, 2009 y. 4. Usmonov R.N. Кompyuter tizimlariga texnik xizmat ko’rsatish” “Ilm ziyo” 2012. 5. Sh.A. Nazarov “Кompyuter va ofis qurilmalar” ,2007 y. 6. Информатика. Проф. Н. В. Макарова. - Toshkent ; 2006. 7. http :// www . borlpasc . narod . ru / . 8. http://www.intuit.ru