logo

Xalqaro nizolarni Xalqaro huquqiy vositada hal etish. Xalqaro jinoyat huquqi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

56.5 KB
Xalqaro nizolarni Xalqaro huquqiy vositada hal etish. Xalqaro jinoyat huquqi Reja: 1.Xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. 2.Xalqaro huquqiy javobgarlik. Davlatlar javobgarligining asoslanishi. 3.Xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari. Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi 1.Xalqaro nizolar va ularni hal etish vositalarining turlari. «Xalqaro nizo» tushunchasi asosan davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklarni va ziddiyatlarni, xususan, tinchlik va xavfsizlikka taxdid solinayotgan vaziyatni belgilash uchun ishlatiladi. Nizo yoki ziddiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab, to uning usishi va xal etilishiga qadar xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish tamoyili amalda bo‘lishi lozim. Zero ushbu tamoyil xalqaro huquqning hamma tomonidan tan olingan va umume’tirof etilgan imperativ tamoyilidir. BMT Ustavida nizoli xalqaro munosabatlarni kvalifikatsiya qilish uchun «nizo» va «vaziyat» tushunchalari qo‘llaniladi. Xalqaro huquq nazariyasi, Xavfsizlik Kengashi amaliyoti hamda BMT Xalqaro Sudining tajribasiga asosan, nizo — ikkita davlat o‘zlarini kiziktirayotgan bir soha bo‘yicha bir-birlariga talablarni e’lon qilishlaridir. Vaziyat esa davlatlar manfaatlarining tuknashuvidan kelib chiqib, o‘zaro talablarsiz paydo bo‘ladi, ya’ni ikkita davlat o‘rtasida qandaydir tushunmovchiliklar paydo bo‘lsa ham ular bir-birlariga o‘zaro talablar e’lon qilmaydilar. «Vaziyat» tushunchasi «nizo» tushunchasiga qaraganda kengrokdir. BMT Ustavi nizo va vaziyatlarni yuqorida ko‘rsatilgan ikki toifaga bo‘lish qoidalarini o‘rnatmaydi, ushbu masala yechimini to‘liq Xavfsizlik Kengapshga toshpiradi. Shuning uchun xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish tamoyili tinchlik va xavf-sizlikka taxdid solishdan katyi nazar, barcha xalqaro nizolar va vaziyatlarga tegishlidir. Xalqaro nizolar turli asoslar:  birinchidan, nizolarning obekti yoki predmetiga;  ikkinchidan, tinchlikka solinayotgan xavf-xatarning darajasiga;  uchinchidan, turli hududlar (dunyo mikyosidagi, mintaqaviy, maxalliy)ga yoyilganligiga;  to‘rtinchidan, subektlar soni (ikki tomonlama va ko‘ptomonlama)ga ko‘ra tasniflanadi. BMT Ustavida huquqiy va siyosiy nizolar orasida aniq chegara o‘rnatilmagan. Shu bilan birga BMT Xalqaro Sudi Statuti 36-moddasining 2-bandida yuridik xarakterdagi nizolar, deganda nimalarni anglash zarurligi to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘rsatilgan. Masalan, BMT Xalqaro Sudi yurisdiksiyasi ostidagi yuridik nizo deganda u yoki bu sohadagi nizolar, xalqaro huquqning barcha sohalariga tegishli turli qoidabo‘zarliklar tushuniladi. Xalqaro nizolar orasida hududiy nizolar alohida o‘rin tutadi. Ushbu nizolar ko‘pincha xavfli siyosiy buxronlar va qurolli keltirib chiqaradi. Zamonaviy xalqaro huquqda umume’tirof etilgan nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish tamoyili shakllangan. Davlatlar xalqaro nizolarni faqat tinch yo‘l bilan xal etishlari lozim. 1970 yilgi Xalqaro huquq tamoyillari Deklaratsiyasi: «Har bir davlat xalqaro nizolarni xal etishda kuch ishlatish yoki kuch bilan taxdid solishdan o‘zini tiyishi lozim. Davlatlar, albatta, xalqaro nizolarni xal etishlari lozim» degan qoidalarni o‘zida mujassamlashtirgan. Yuqorida keltirilgan fikrlar, birinchidan, xalqaro nizoni tezlik bilan xal etilishi, ikkinchidan, tomonlar o‘rtasidagi nizoni qandaydir bir vosita yordamida xal etishga imkon bo‘lmasa, ijobiy natijaga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa bir vositani kidirib topish zarurligini anglatadi. Davlatlar nizoning mushqo‘llashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka taxdid soladigan, nizoda katnashayotgan boshqa bir tomonga zarar yetkazadigan harakatlardan voz kechishlari lozim. Davlatlar nizolarni xalqaro huquq va xakkoniylik asosida xal etishlari zarur. BMT Xalqaro Sudi Statutining 38-moddasiga asosan nizolarni xalqaro huquq asosida xal etish quyidagilarni anglatadi:  birinchidan,nizoda katnashayotgan davlatlar tomonidan tan olingan umumiy va maxsus xalqaro konvensiyalardan foydalanish;  ikkinchidan, huquqiy meyor sifatida tan olingan xalqaro odatlardan foydalanish;  uchinchidan, rivojlangan millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy tamoyillaridan foydalanish;  to‘rtinchidan, xalqaro huquq bo‘yicha tajribali yurist-mo‘taxassislarning nazariyalari (doktrinalari) va sud qarorlaridan foydalanish. Nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish vositalari Davlatlar o‘zaro kelishuv asosida nizolarni va ziddiyatlarni xal etish uchun muayyan vositalarni tanlash huquqiga ega. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish tamoyilini amalga oshirish mexanizmi xalqaro-huquqiy vositalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. BMT Ustavining 23-moddasiga binoan, «davlatlar xalqaro tinchlik va xavfsizlikka taxdid solishi mumkin bo‘lgan nizolarni faqat mo‘zokaralar, vositachilik, yarashuv, arbitraj, sudlov yordamida O‘rganish va shu kabi boshqa vositalar yordamida xal etishlari lozim». Yuqorida nizolarni tinch yo‘l bilan xal etishning deyarli barcha vositalari keltirilgan. Mo‘zokaralarda katnashuvchi tomonlarning tarkibi, maqsadi, tashkiliy shakllari va boshqa masalalar nizoda katnashayotgan tomonlar yordamida belgilanadi. Zamonaviy xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va meyorlariga muvofiq mo‘zokaralar o‘zaro tinchlik asosida amalga oshirilishi lozim. Bu vaziyatda nizoda katnashayotgan manfaatdor tomonlarning hohish-irodasi bo‘zilishi mumkin emas hamda xech qanday ultimativ shartlar, majburlash, taxdidlar yoki xavf solishsiz amalga oshirilishi lozim. Mo‘zokaralar xalqaro nizoni xal etish bilan yoki boshqa biron vositani qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bilan tugallanishi mumkin. Lekin mo‘zokaralar qandaydir bir natijaga olib kelmasa, tomonlar o‘zaro manfaatli qaror topish ustida ish olib borishga majburdirlar. Tomonlarning maslaxatlashuvlari nizolarni tinch yo‘l bilan xal etishning vositasi sifatida ikkinchi jahon urushidan keyin kullanila boshlandi. Ushbu vosita ko‘pgina ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalarda xalqaro-huquqiy jihatdan o‘z aksini topgan. Maslaxatlarda katnashuvchi tomonlar oldindan uchrashuvlarning muddatlarini, maslaxat komissiyalarini belgilashlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida ikki tomonga ham ma’kul bo‘ladigan qarorlarning ishlab chiqilishiga, ular orasidagi aloqalarning doimiyligiga, yangi nizolar va buxronoldi vaziyatlarning oldini olishga kumaklashadi. Doimiy maslaxatlar o‘tkazish jarayoni ushbu maslaxatlarning bir kancha afzal tomonlarini ko‘rsatib beradi. Masalan, nizolarni xal etishda mustaqil vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Nizo-larning oldini olish hamda boshqa vositalarni kidirib topishda katta mavkega egadir. O‘rganish yoki ko‘rib chiqish nizolarni tinch yo‘l bilan xal etish vositasi bo‘lib, nizoda katnashuvchi tomonlar unga aniq, (daliliy) shart-sharoitlarga baxo berishda bir fikrga kela olmaganlarida murojaat etadilar. O‘rganish jarayonini amalga oshirish uchun tomonlar tenglik asosida xalqaro tergov komissiyasini to‘zadilar. Tomonlar ushbu tergov komissiyasi xulosalaridan o‘z hohishlaricha foydalanishlari mumkin. Kelishuv (kelishuv jarayoni) faqat aniq shart-sharoitlarni urganmay, balki xalqaro kelishuv komissiyasini tenglik asoslarda tuzgan tomonlar uchun muayyan takliflarni ham ishlab chikadi. Kelishuv komissiyasining xulosalari tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, nizoda katnashuvchi tomonlarning iltimosiga ko‘ra xayrli yordam ko‘rsatishi mumkin. Xayrli yordamni taklif etish nizoli taraflar tomonidan dustona bo‘lmagan harakat sifatida karalmasligi lozim. Xayrli yordam ko‘rsatuvchi (jismoniy yoki yuridik) shaxs nizoni xal etish mu-zokaralarida shaxsan katnashmaydi, xayrli yordam ko‘pincha vositachilikka aylanib ketadi. Vositachilik nizoni tinch yo‘l bilan xal etishda uchinchi tomon qatnashishini shart qilib kuyadi. BMT Xavfsizlik Kengashi nizo yoki vaziyat vujudga kelgan paytda tomonlar qabul qilgan jarayonni hisobga olib, tegishli choralar yoki nizoni bartaraf etish usullarini taklif etishi mumkin. Yuridik xarakterga ega bo‘lgan nizolar (BMT Ustavining 36-moddasi asosan) tomonlar taklifi bilan Xalqaro sudga berilishi lozim. Tinchlikka xavf solinganda yoki agressiya sodir etilgan vaqtda Xavfsizlik Kengashi «manfaatdor tomonlardan o‘zi lozim topgan vaqtinchalik chora- tadbirlarni kurishni talab qilishi mumkin» (BMT Ustavining 40-moddasi). BMT amaliyotida to‘liq yoki qisman demilitarizatsiya qilingan zonalarni tashkil etish, tomonlar hohishlarini cheklash, kushinlarni orkaga qaytarish, vaqtinchalik demarkatsiya chiziqlarini o‘tkazish kabi vaqtinchalik chora-tadbirlar kullanilgan. BMT ishtirokidagi vaqtinchalik chora-tadbirlarni qo‘llash odatda nizo boshlangandan keyin amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda hukumatlar yoki barcha manfaatdor tomonlar iltimosi yoki ularning roziligiga ko‘pa ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kutilmagan xodisalar (masalan, milliy buxron sharoitida) vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatda vaqtinchalik chora-tadbirlarni ishlab chiqish masalasi kundalang bo‘lib turibdi. BMT Ustavi mintaqaviy organlarni xalqaro nizolarni bartaraf etish borasidagi harakatlarini ushbu organlar nizomlarida mustahkamlangan vakolatlari bilan boglamaydi. U faqat ushbu vakolatlarni BMT Ustaviga mos kelishini ta’minlaydi. 2.Xalqaro huquqiy javobgarlik. Davlatlar javobgarligining asoslanishi. Javobgarlik — xalqaro huquqning eng qadimiy institutlaridan biridir. Biroq, ushbu institutning huquqiy meyorlari hanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy meyorlarga asoslanadi. Xalqaro-huquqiy javobgarlik — huquqbuzarlik subektining xalqaro huquqni boshqa subektiga yetkazgan zarari oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha yuridik majburiyatlaridir. Xalqaro huquqbuzarlik xalqaro qilmishlarga va xalqaro jinoyatlarga bo‘linadi. Xalqaro jinoyatlarga xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va meyorlarini buzadigan, shuning uchun butun jahon hamjamiyati tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan alohida xavfli qilmishlar kiradi. Xalqaro huquqda shakllangan umumiy tamoyilga ko‘ra xalqaro g‘ayrihuquqiy qilmishlar xalqaro-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi meyorlar asosan xalqaro shartnomalarda o‘z aksini topgan, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalarida tasdiqlangan. Xalqaro huquqda xalqaro javobgarlik deganda huquq meyorlaridan kelib chiqadigan subektiv majburiyatlarini buzgan, ya’ni xalqaro huquqqa xilof hatti-harakat sodir etgan subekt uchun noqulay salbiy yuridik oqibatlar tushuniladi. Xalqaro huquq meyorlari ichki davlat huquqi meyorlari singari uch elementdan:  birinchidan, belgilangan xulq-atvor qoidalari shart-sharoitini anglatuvchi gipotezadan;  ikkinchidan, ushbu qoidalarni ifodalovchi dispozitsiyadan; uchinchidan, ushbu qoidalarni buzgan subekt uchun vujudga keladigan salbiy oqibatlar uchun ko‘zda tutilgan sanksiyadan iborat. Xalqaro-huquqiy javobgarlik — xalqaro- huquqiy meyorlarda nazarda tutilgan subektiv majburiyatlarni buzish va ushbu meyorlarda belgilangan sanksiyalarni qo‘llash natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlardir. Sanksiya meyorlarning zaruriy elementi ekanligi to‘g‘ridan--to‘g‘ri ma’noda, huquqning har bir alohida meyorida muayyan sanksiya ko‘rsatilishi sifatida tushunilmasligi lozim. Bu milliy huquq uchun ham, xalqaro huquq uchun ham birdek tegishlidir. Xalqaro huquqda xalqaro javobgarlik meyorlari tizimi uni huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro munosabatlarning barcha sohalariga oid bo‘lgan umumiy institutlaridan birini tashkil qiladi. Xalqaro huquqda eng avvalo davlatlarning xalqaro javobgarligi xususida so‘z boradi. 1969 yildan BMTning Xalqaro huquq komissiyasi tegishli meyorlarni kodifikatsiya qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Davlatning har qanday xalqaro huquqqa xilof qilmishi ushbu davlatning xalqaro javobgarligini keltirib chiqaradi. Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda davlatning xalqaro huquqqa xilof qilmishi:  birinchidan, harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladigan qandaydir xulq-atvor xalqaro huquqqa muvofiq davlatga tegishli bo‘lganda va,  ikkinchidan, bunday xulq-atvor ushbu davlatning xalqaro majburiyatlarini buzish hisoblanganda ayon bo‘ladi. Xalqaro huquqiy munosabatlarda davlatlar yuridik ahamiyatga molik hatti- harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan huquqiy asosda (o‘z xalqaro majburiyatlariga rioya qilish bilan) yoki huquqqa xilof (majburiyatlarini buzish bilan) faoliyatni amalga oshiradi. Har qanday davlat organining hatti-harakati ushbu davlatning ichki huquqi asosida shunday maqomga ega bo‘lsa (xalqaro va milliy huquqning o‘zaro aloqadorligi), xalqaro huquqqa muvofiq mazkur davlatning qilmishi deb hisoblanadi. Davlat tomonidan xalqaro majburiyatlarning buzilishi, davlatning qilmishi ushbu majburiyat bo‘yicha davlatdan talab qilinadigan harakatga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda namoyon bo‘ladi. Faqat xalqaro huquq subektlarigina xalqaro-huquqiy javobgarlik subekti bo‘lishi mumkin. Jismoniy va mustaqil yuridik shaxslar oddiy huquqbuzarlik uchun bunday javobgarlikka tortilmaydilar, chunki bunda fuqarolik-huquqiy javobgarlik vujudga keladi. Amaliyotda xalqaro huquq subektlarining hatti-harakatlari davlat nomidan ish ko‘rishga haqli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlarida ifodalanadi. Ularning hatti-harakatlari uchun davlat o‘zining butun milliy boyligi bilan javob beradi. 3.Xalqaro huquqiy javobgarlikning turlari va shakllari. Xalqaro huquqqa xilof qilmish ikki toifaga, ya’ni: xalqaro huquqbuzarlik va davlatlarning xalqaro jinoyatlariga bo‘linadi. So‘nggi toifa, agar davlatlar hamjamiyati tomonidan muayyan xalqaro huquqqa xilof qilmishlarni xalqaro jinoyat toifasiga kiritilsa, mavjud bo‘ladi. Huquqbuzar davlat ikki turda xalqaro javobgarlikka: moddiy va siyosiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Xalqaro-huquqiy javobgarlikning ikkita: siyosiy va moddiy turi mavjud. Siyosiy xalqaro-huquqiy javobgarlik satifikatsiya shaklida ifodalanadi. Bu zarar ko‘rgan tarafni sodir etilgan huquqbuzarlik qaytarilmasligi to‘g‘risida ishontirish va uzr so‘rash, huquqbuzarlikni sodir etishdagi aniq, aybdorlarni jazolashdir. Siyosiy javobgarlik huquqbuzar davlat zimmasiga turli cheklash yoki tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan majburiyatlar yuklatishda:  birinchidan, buzilgan xalqaro majburiyatlarni tiklashda;  ikkinchidan, huquqqa xilof qilmish sodir etishda gumon qilingan shaxslarni javobgarlikka tortish va bunda aybdor bo‘lgan shaxslarni jazolashda;  uchinchidan, jismoniy shaxslar va ularning birlashmalarini muayyan faoliyatini ta’qiqlashda;  to‘rtinchidan, yuridik shaxslarni javobgarlikka tortish va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Davlat tomonidan xalqaro jinoyat sodir etilganda, masalan, agressiya, ushbu davlatning siyosiy javobgarligi harbiy xarakter (qurolliy kuchlarni va qurollanishni cheklash kabilarda)dagi majburiyatlar yuklatilishi, militaristik yoki boshqa turdagi tashkilot va birlashmalarni taqiqlash, demilitarizatsiya chora- tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, tajovuzkor davlat hududining bir qismini ajratib olish mumkin. Repressaliya deb yuritiladigan, huquqbuzarlikka javoban zarar ko‘rgan subekt tomonidan amalga oshiriladigan zo‘rlik hatti-harakatlari (masalan, noqonuniy ravishsa baliq ovlagani uchun baliq ovlash kemasini qo‘lga olish, mulkni xatlash yoki musodara qilish kabilar) singari siyosiy javobgarlik shaklini ham eslab o‘tish lozim. Reprassaliyadan retorsiyani farqlash kerak. Retorsiya — huquqbuzarlik hisoblanmaydigan, lekin do‘stona munosabatlarga zid bo‘lgan xatti-harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan (masalan, nodo‘stona tarzdagi bayonotga javoban elchilarni chaqirib olish) javob choralaridir. Individual repressaliyadan jamoa sanksiyasi farqlidir. Bunday sanksiyalar BMT Ustaviga muvofiq faqat Xavfsizlik Kengashining qarori asosida qo‘llanilishi mumkin. Restitutsiya va reparatsiya davlatlarning moddiy javobgarlik shakli hisoblanadi. Restitutsiya — huquqbuzar davlat tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan moddiy boyliklarni zarar ko‘rgan davlatga qaytarish yoki ular yo‘q bo‘lib ketgan taqdirda, zararni boshqa teng qiymatli moddiy boyliklar bilan qoplashdir. Reparatsiya — talofat ko‘rgan davlatga yetkazilgan moddiy zararni (shu jumladan, olinmay qolingan foydani ham) pul yoki natura shaklida qoplashdir. Moddiy xalqaro-huquqiy javobgarlik restitutsiya (huquqbuzarlikka qadar bo‘lgan moddiy holatni tiklash) va reparatsiya (zarar ko‘rgan tarafga yetkazilgan zararni pul bilan yoki boshqa tarzda qoplash) shakllarida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatida ifodalanadi. Urush nizolarini hal qilishning qonuniy vositasi hisoblangan paytlarda moddiy javobgarlikning kontributsiya — yengilgan tarafdan g‘olib o‘z harbiy harajatlarini undirish shakli mavjud bo‘lgan. Haqiqiy moddiy zarargina (bevosita va bilvosita) undirilishi mumkin. Odatda qo‘ldan boy berilgan foyda undirilmaydi. Mutlaq (absolut) yoki obektiv javobgarlik singari moddiy javobgarlikning turlari faqat shartnoma asosidagina vujudga keladi. Bu yerda so‘z, zarar yetkazgan tarafning aybsizligidan qat’i nazar vujudga keladigan javobgarlik xususida bormoqda. Zarar ko‘rgan taraf faqat hatti-harakat (harakatsizlik) bilan yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sababli bog‘lanishni isbotlash talab qilinadi. Xalqaro-huquqiy javobgarlikning kelib chiqish asoslari va uni amalga oshirish Siyosiy javobgarlik boshqa subektlarning manfaatlarini himoya qiluvchi xalqaro huquq meyorlarini buzish (masalan, diplomatik vakolatxonalarning daxlsizligini buzish) holatidan kelib chiqdi. Moddiy javobgarlik xalqaro huquq meyorlarini buzish holatlari majmuining mavjudligidan, huquqbuzarlik oqibatida mulkiy zarar kelib chiqishi va huquqbuzarlik bilan zarar o‘rtasida bevosita sababli bog‘lanishning mavjudligidan kelib chiqdi. Davlatning qilmishi faqat xalqaro huquq asosida xalqaro huquqqa xilof deb baholanishi mumkin. Faqat subektning harakati (harakatsizligi) mazkur majburiyat bo‘yicha undan talab qilinadigan xatti-harakatlarga mos kelmagan taqdirdagina xalqaro majburiyat buzilishi tan olinadi. Bunda ushbu majburiyat shartnomaviy yoki oddiy-huquqiy xarakterga ega ekanligining ahamiyati yo‘q. Huquqbuzarlik holati (mutlaq javobgarlikda — moddiy zarar yetkazish holati) aniqlanganda zarar ko‘rgan taraf da’vo qo‘zg‘atadi. Da’vo qo‘zg‘atuvchi faqat bevosita xalqaro huquqning zarar ko‘rgan subekti bo‘lishi mumkin. Xalqaro jinoyat tushunchasi Xalqaro jinoyatlarga davlatlar va xalqlarning hayotiga, xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tajovuz qiladigan og‘ir xalqaro huquqqa xilof qilmishlar kiradi. Umumjahon tinchligi va xalqaro xavfsizlik, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlar, xalqlar va millatlarning o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqi, urush qonunlari va odatlari, inson huquqlari xalqaro jinoyatning obekti bo‘lishi mumkin. Xalqaro jinoyatlarga tajovuzkorlik hatti-harakatlari, zo‘rlik bilan mustamlakachilikni o‘rnatish, genotsid, aparteid va boshqalar kiradi. Xalqaro jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning javobgarligi Hozirgi xalqaro huquqda jismoniy shaxslarning tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga Qarshi jinoyat sodir etganligi uchun individual javobgarligi tan olinadi. Jismoniy shaxslarning xalqaro jinoyat uchun javobgarligi ko‘proq ularning jinoiy qilmishi davlatning jinoiy faoliyati bilan bog‘liq ravishda vujudga keladi. Jinoyat sodir etgan davlat xalqaro-huquqiy javobgarlikka, jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Shaxs tomonidan buyruqni (o‘z hukumati yoki rahbarining buyrug‘ini) bajarish natijasida jinoiy hatti-harakat sodir etishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Bunday shaxslarni jazolash uchun xalqaro va milliy qonunchilik qo‘llaniladi. Shaxsning rasmiy maqomi (davlat yoki hukumat rahbari) uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lmaydi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng asosiy harbiy jinoyatchilarni sudlash uchun ikki: Nyurnberg va Tokio xalqaro harbiy tribunallari tashkil qilingan. Xavfsizlik kengashining qarori (1993 yil) Bilan sobiq Yugoslaviya hududida jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil etish nazarda tutilgan. Xalqaro jinoyat sodir etgan xalqaro tashkilotlarning javobgarligi Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi ularning xalqaro shartnomalardan va xalqaro huquqning boshqa manbalaridan kelib chiqadigan o‘z xalqaro majburiyatlarini buzishi oqibatida vujudga keladi. Xalqaro tashkilotlar o‘z organlarining nizomidagi va boshqa majburiyatlariga rioya qilmasligi va xalqaro mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari bilan keltirilgan zarar uchun javobgar bo‘ladilar. 10.4. Davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi hamkorligi,vazifalari va xuquqiy mexanizmi. Jinoyatchilikka qarshi kurash ijtimoiy va gumanitar muammo sifatida BMT ning amaliy faoliyatining yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bilan bevosita BMT ning jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar bilan muomala qilishning oldini olish bo`yicha Kongress hamda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo`yicha BMT Qo`mitasi shug`illanadi. Kongressning asosiy maqsadi turli davlatlarning milliy darajada erishgan yutuqlarini hisobga olgan holda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash hamda huquqbuzarlik bilan muomalada bo`lishning yo`nalishlari va vositalarini aniqlashdan iborat. Jinoyat politsiyasi Xalqaro tashkiloti (Interpol) jinoyatchilikka qarshi kurash bo`yicha amaliy ishlarni olib boradi. Tashkilotning maqsadi jinoyat politsiyasining barcha organlarini keng o`zaro hamkorlik qilishga ko`maklashish, shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashga yordam berishi mumkin bo`lgan muassasalarni tashqil etishdan iborat. Birinchidan, tashkilotlarning jinoyatchilarni hisobga olish markazi hisoblanadi. Interpol maqsadlariga erishishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, Interpol xalqaro qidiruvni amalga oshiradi. Jinoyatchi topilganida politsiya o`z davlatining qonunlarida belgilangan tartibda uni qo`lga oladi va o`z Milliy Markaziy Byurosini xabardor qiladi. Interpolning keng ma'noda axborot markazi sifatidagi roli ham juda muhim. Bu borada statistik va axborot xizmatlari, texnik yordam muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Interpolning xalqaro qidiruvi Interpol qo`yidagicha xalqaro qidiruv ishlarini amalga oshiradi: Oddiy qidiruv - “Qizil serkulyar” barcha Interpolga a'zo davlatlarda qo`lga olish talabi bilan amalga oshiriladi. “Ko`k sirkulyar” qidiruv to`g`risidagi talab Interpolga a'zo davlatlarga tarqatiladi va bundan tashqari bedarak yo`qolganlar kartatekasidan foydalaniladi. 3 oygacha teskor qidiruv - qo`lga olish haqidagi talab muayyan mintaqadagi mamlakatlarga yoki bir necha davlatlarga radio, telegraf va boshqa vositalar orqali beriladi. Oddiy qidiruv - “Yashil serkulyar” vakolatli organlarga ko`zatib borish va xulq atvori to`g`risida xabar berish talab qilinadi. Aralash qidiruv - “Qizil va yashil serkulyar” birgalikda qo`shib olib boriladi, ba'zi bir davlatlarda qo`lga olish va boshqa bir davlatlarda ko`zatuv ostiga olish talab qilinadi. “Qora serkulyar” Interpolga a'zo davlatlarga jasadning shaxsini fotosurat bo`yicha aniqlash talabi bilan tarqatiladi. Aniqlanmagan jasadlar kartotekasidan foydalaniladi. Maxsus nashrlar o`g`irlangan narsalar fotosuratlari byulletenidan, shuningdek, maxsus kartoteka va EHM ma'lumotlar bankidan foydalaniladi. Adabiyotlar : 1.Saidov A.X. Xalqaro huquq.T. “Adolat”, 2001y. 2. Saidov A.X. Xalqaro huquq sxemalarda .T. “Adolat”, 2001y. 3.Mamatqulov A. Xalqaro huquq.T. “Adolat”, 1998y. 4.To`zmuhammedov K.A.Hakimov K.YE. Xalqaro huquq asoslari.T. “Adolat”, 1998y. 5.I.I.Lukashuk. A.X.Saidov. Hozirg`I zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari. “Adolat”T.2006 y.