logo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatni bo‘linish tamoyillarini amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalari

Yuklangan vaqt:

17.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

162 KB
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatni bo‘linish tamoyillarini amalga oshirishning nazariy va amaliy masalalari Reja: 1. Qoraqalpog‘istonda davlat tizimining shakllanishi muammolari 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida vakillik hokimiyatining shakllanish va rivojlanish jarayoni 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijro hokimiyatining shakllanishi 4. Qoraqalpog‘iston davlatchiligi shakllanishida sud hokimiyatini tuzilishi Respublikamizda huquqiy demokratik jamiyat asoslari faol barpo etilmoqda. Avvalgi totalitar tuzum qusurlariga keskin bar-ham berilmoqda. Ko‘ppartiyaviylik amalda ro‘yobga chiqdi, tanho maf-kura hukmronligiga chek qo‘yildi. Respublikada umuminsoniy qad-riyatlar, chinakam demokratiya, inson huquqlari va erkinliklarining jahon e’tirof etgan qoidalari ustuvorligi qaror topmoqda. Qoraqalpog‘istonda so‘zda emas-amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyatlariga bo‘linish tamoyili amal qilmoqda. Qoraqalpog‘iston xalqi davlat hokimiyatining chinakam manbaiga aylandi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o‘z vakolatli vakillari- deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun chiqaruvchilik ishini faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etdi. Shu boisdan respublika parlamenti – Jo‘qorg‘i Kenges-ning butun salohiyati bugungi kunda yosh suveren davlatimizni har tomonlama huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan. Jo‘qorg‘i Kenges Qoraqalpog‘istonning suverenligini, mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan borib, uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Respublikada ijro etuvchi hokimiyatni boshqarish uning oliy ijro organi Vazirlar Kengashiga yuklatilgan. Joylarda boshqaruv tizimini qayta tashkil etish vazifasi qo‘yilib, muvaffaqiyatli uddalandi – tumanlar va shaharlarda hokimlik tuzilmalari joriy etildi. Qonunlar ustuvorligini, ular oldida mamlakat barcha fuqarolari tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish ishlari faol olib borilmoqda. Fuqarolik jamiyatining ushbu tarkibiy qismlari qonunchilik va huquq-tartibotning, qat’iy-intizom va ma’suliyatlilikning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida milliy davlatchilikni barpo etishda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish zarurligini bejiz ta’kidlamagan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tizimiga ko‘ra davlat yuqori organlari hokimiyat bo‘linish prinsipiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash-ning X-sessiyasida ta’kidlaganidek “O‘zbekiston milliy davlat tuzilishi uch yagona hokimiyat, ya’ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatidan iborat”. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari ham xuddi shunday tuzilishga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kons- titutsiyasining 11-moddasida ko‘rsatilganidek: davlat hokimiyati qo-nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Hokimiyat bo‘linishi prinsipi – bu huquqiy demokratik davlatning muhim belgisi. Zamonaviy huquqiy nazariya va amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, davlat hokimiyat organlari o‘zining vakolat doirasida juda keng vakolatga ega. Shuning uchun yagona, suverenitetga ega davlatga qonun chiqaruvchi, kuchli ijro etuvchi va mustaqil sud hokimiyatining mustaqil tizimi bo‘lishi mumkin. Mustaqil sud hokimiyati – huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. Oyoqqa turayotgan huquqiy demokratik davlatda kelajak-da adolatlilik va qonun ustuvorligi uchun qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va siyosiy partiyalardan mustaqil sud hokimiyati muhim aha-miyatga ega. Davlat hokimiyatining uchinchi tarmog‘i – sud hokimiyati inson huquq va erkinliklarini himoyasida alohida ahamiyat kasb etadi. Hokimiyat bo‘linishi tamoyiliga muvofiq sud hokimiyati bilan adolatni qaror toptiruvchi sud tizimi tushiniladi. Shuni ta’kidlash joizki, mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Res-publikasi va Qoraqalpog‘iston davlat taraqqiyoti tarixi mobaynida birinchi marotaba davlat suvereniteti aniq tuzilishiga ega bo‘lgan mustaqil hokimiyat tashkil etish mumkin bo‘ldi. Sud hokimiyati rivojlanishi – O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi mustahkam huquqiy poydevori garovi. Aynan Konstitutsiyani qabul qilinishi bilan bizni mamlakatimizda sud-huquq islohotlariga keng yo‘l ochildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-modda-sida aytilishicha: har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi, shunday ekan, Konstitutsiya-ning 41- modasida “Davlat fuqarolarining Konstitutsiya va Qonun-larda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini ta’minlaydi” deb belgilangan. 2000 yil 14 dekabr kuni qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sud tizimiga o‘zgartirish kiritilib, sudlar ixtisoslashtiriladi, ya’ni jinoyat ishlari bo‘yicha: Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudlari, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari joriy qilindi. Hokimiyat bo‘linish prinsipiga davlatning Asosiy Qonunida mustahkamlab qo‘yilishi demokratik huquqiy davlat sari qo‘yilgan muhim qadamlardan biridir. Uning mazmunidan shuni ko‘rish mumkinki, respublikada yagona davlat hokimiyati tizimi tashkil etiladi. Hokimiyat bo‘linishi tamoyilining talablariga binoan bun-day davlat hokimiyatida vakolatlar turli davlat organlariga, chu-nonchi qonunchilik vakolatlari Jo‘qorg‘i Kengesga, ijro vakolatlari Vazirlar Kengashiga, sudlov vakolatlari sud organlariga taqsimlab berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qonunchi-lik sohasida barcha vakolatlarga ega. Asosiy Qonunimizning 68-moddasida Jo‘qorg‘i Kenges oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qo-nun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi» degan qoida mustah-kamlab qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 86 deputatdan iborat. Respublika parlamenti – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deb ataladi. Suveren Respublikada demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan muhim qonunlar va qarorlar qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organi Vazirlar Kengashi bo‘lib hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikki birinchi o‘rinbosari va 4 soha o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va bir qator soha qo‘mita-larining raislari ham kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida o‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. Hokimiyat bo‘linishi prinsipini amalga oshira borib, Vazir-lar Kengashi respublika hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qaror va farmoyishlar chiqaradi. Suveren respublika Asosiy Qonunining 86-moddasida «Qora- qalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hoki- miyatining oliy ijro etuvchi – boshqaruvchi organdir» degan norma mustahkamlab qo‘yilgan. Huquqiy davlatda sud umuminsoniy qadriyatlar fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati hamda siyosiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini himoya qiladi. Hokimiyat taqsimlanishi nuqtai nazaridan Konstitutsiyaning XXII bobida sud hokimiyati tuzilishiga alohida e’tibor berilgan: 100-moddada Qoraqalpog‘iston Respubli-kasi sud hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ish yuritadi, degan norma belgilangan. 101-moddada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan tuman va shahar sudlaridan iborat. Sudlarni tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanganligi, 102-mod-dada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi jinoiy, fuqarolik va ma’muriy sud ishlarini yuritish borasida, sud hokimiyatining oliy organi hisoblanishi, 104-moddada sudyalarning daxlsizligi, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi raislari va a’zolari Jo‘qorg‘i Ken-gesining deputati bo‘la olmasligi, siyosiy partiyalar va harakatlar-ning a’zosi bo‘lishlari va haq to‘lanadigan birorta lavozimni egal-lashi mumkin emasligi haqidagi qoidalar mamlakatimizda davlat hokimiyatini tashkil qilishdagi muhim tamoyillardan. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yil-gan bo‘lsa ham, hali bu borada qator muammolar saqlanib qolgan edi . Shu boisdan Prezident I.A.Karimov 1997 yil 17 iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbat-dan tashqari sessiyasida qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlaridagi kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Mazkur sessiyada nutq so‘zlar ekan, Prezident I.A.Karimov «har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, avvalo, o‘z tasarrufida belgilangan, topshirilgan ishlar bilan shug‘ullanishini ta’minlash zarur», -deb qayd qildi. Sessiyada Qoraqalpog‘istonning boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro‘y-rost ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Jo‘qorg‘i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlari-da bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyat-ga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, hujjatbozlik, bo‘lar-bo‘lmas ma’lumotlar to‘plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tan-lash va joy-joyiga qo‘yishdagi rasmiyatchilik va to‘rachilik illat-lariga barham berish alohida ta’kidlandi. Yurtboshimiz tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan tanqidiy hollarda xulosa chiqargan holda Qoraqalpog‘iston parlamenti birinchi chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 1997 yil 15 dekabrdagi o‘n uchinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Konstitu- siyasining “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi” deb nomlangan beshinchi bo‘limiga uchta modda (XIX bobda: 84-85 moddalar; XX bobda: 88 modda) qo‘shimcha qilib kiritildi. Uchala hokimiyat organi – Jo‘qorg‘i Kenges, Ijro hokimiyat Vazirlar Kengashi va sud hokimiyati o‘z maqomi doirasida ish olib borilgandagina haqiqiy demokratik jamiyat shakllanishi mumkinligi ta’kidlandi. Xulosa qilib aytganda, huquqiy masalalarning tahlili Qora- qalpog‘istonda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari o‘zaro faoliyatini ta’minlashning huquqiy bazasi yara- tilganligini ko‘rsatmoqda hamda hokimiyatlar taqsimlanishi prin-sipi huquqiy demokratik davlatning muhim sharti sifatida ama-liyotda tatbiq etilmoqda. Asosiy vazifalardan biri mazkur prin-sipning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu yo‘l bilan respublikada yashovchi har bir fuqaroning o‘zaro tengligini, manfaatini ta’min-lashdan iboratdir. Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlatchiligida hokimiyatning bo‘linish prinsipi izchil amalga oshirilishida davlat tizimining shakllanishi muammolari tadqiq qilinishi biz tanlagan yo‘l- huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi eng muhim masalalardan hisoblanadi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida vakillik hokimiyatining shakllanish va rivojlanish jarayoni A) Qonunchilik va vakillik hokimiyati – Jo‘qorg‘i Kenges qonun chiqaruvchi faoliyatining huquqiy negizi Ma’lumki, vakillik organlarining qonuniyligi ularning o‘z vakolatlarini bevosita xalq qo‘lidan olganligi bilan belgilanadi. Bu davlat hokimiyati boshqa shahobchalarini vakillik organlari tomonidan tashkil qilishning qonuniyligi uchun zamin yaratadi. 1993 yil 9 aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respub- likasining Konstitutsiyasi huquqiy davlat tavsifiga mos keladigan va hokimiyatning taqsimlanish prinsipi talablariga javob bera-digan davlat hokimiyati vakillik organlarining yangi tizimini belgiladi. Konstitutsiyaga binoan Oliy vakillik organi – Qoraqalpog‘is-ton Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy vakillik organlari esa mahalliy Kengashlar deb nomlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy hokimiyat organlarining avvalgi uch pog‘onali tizimi o‘rniga (qishloq, ovul, posyolka, tuman, shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Soveti) ikki pog‘o-nali vakillik organlari tizimi (tuman-shahar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi)ni o‘rnatdi. Shuningdek, ba’zi shaharlarda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda) vakillik organlari tuzilishi nazarda tutilmadi. Bu bilan vakillik organlari tizimi faqat ikki pog‘onali ko‘rinishiga keltirilibgina qolmay, saqlab qolinganlari ham ixchamlashtirildi. Shunday qilib, Konstitutsiya va tegishli qonunlarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat hokimiyati vakillik organlarining quyidagi tizimi: Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi; Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tashkil topdi. Vakillik organlarini tashkil etish va faoliyatida fuqarolari-ning keng ishtiroki, qonuniylik, millatlarni tengligi, kollegiya-lik, oshkoralik ko‘pchilik e’tirof etgan umumiy prinsiplar qato-riga kiradi. Mana shu prinsiplarni ma’qullagan holda, bular qato-riga hokimiyatining taqsimlanish prinsipi va yuqori organlarining hujjatlari quyi organlar uchun majburiyligi prinsipi qo‘shilishi maqsadga muvofiqdir. Bu prinsiplar demokratik huquqiy davlat-ning ajralmas sharti, shular orqali davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi organlar tashkil bo‘ladi, o‘zlarining vakolatlari, vazifasiga ega bo‘ldi. Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Bu prinsip mamlakatning muayyan tarixiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlarining tengligi-ni va muvozanatini ta’minlash mumkin. Vakillik organlari mazkur prinsip asosida tashkil bo‘lsa, o‘z sohasida mustaqil, boshqa organlarga itoat etmaydigan bo‘lishi mumkin. Hokimiyatning taqsimlanish prinsipi faqat turli hoki-miyat organlari vakolatlarining aniq bo‘linishigina emas, hatto bir turdagi hokimiyat organlarining turli pog‘onalari vakolatlarining ham aniq chegaralanishini maqsad qilib qo‘yadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Qoraqalpog‘iston Respub- likasida respublika miqyosdagi organlar faoliyatida hokimiyatning taqsimlanish prinsipida bir qancha natijalarga erishildi. Qora- qalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga muvo-fiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi- Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kenges Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining qabul qiluvchi, unga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega yagona davlat organidir. Undan boshqa birorta ham davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonunchilik foaliyatini amalga oshira olmaydi. Jo‘qorg‘i Kenges tub mohiyati bilan parlament organidir. U vakillik tavsifiga ega. Bu avvalo uning tashkil bo‘lishida Qoraqal- pog‘iston fuqarolarining bevosita ishtirok etishida yaqqol ko‘rina-di. U o‘zida vakillik va bevosita demokratiya xususiyatlarini mujas-samlantira oladi. Tarkibida ish olib boruvchi deputatlar fuqaro-larning vakilidir, ular o‘z vakolatini saylovchilardan oladi, ular nomidan ish olib boradi. Jo‘qorg‘i Kenges boshqa har qanday davlat organidan, boshqa hokimiyat turlarini amalga oshiruvchi organlardan nisbatan ko‘pchi-lik shaxslarni o‘zida birlashtiruvchi organdir. Unga saylangan deputatlar qonunchilik faoliyatida bevosita ishtirok etadi. Qora-qalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasiga binoan faqat Jo‘qorg‘i Kenges qonun chiqaruvchi organ bo‘lib belgilanishi Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta ro‘y berishidir. Biz bunga quyidagicha izoh berishimiz mumkin, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respub-likasining 1978 yilgi eski Konstitutsiyasining 92-moddasida «Doi-miy ish olib boradigan, o‘z faoliyatida qonun chiqaruvchi, boshqaruv va nazorat qilish vazifalarini bajaradigan Qoraqalpog‘iston ASSR Jo‘qorg‘i Soveti Qoraqalpog‘iston ASSRning vakolatiga kiradigan har qanday masalani o‘zining qarab chiqishiga qabul etishga va hal qilishga to‘la huquqli» deb belgilab qo‘yilgan edi. Demak, u paytda Jo‘qorg‘i Sovet faqat qonun chiqaruvchi emas, balki boshqaruv va nazorat qilish funksiyalari bilan ham shug‘ullangan. Shunday qilib, boshqaruv funksiyasi bilan u ijro etuvchi, nazorat qilish funksiyasi bilan esa boshqa organlarining ichki ishlariga, shuningdek sud hokimiyatlarining ishlariga ham aralashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq 1994-yil 25-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘rniga muqobillik asosida Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashkil etildi. Jo‘qorg‘i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges raisi, uning o‘rinbosari, man-dat komissiyasi, 8 ta qo‘mita raislari va uning a’zolari saylandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi davlat hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog‘iston ixtiyoriga berilgan hamma masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo‘qorg‘i Kenges huquq doirasiga respublika Asosiy Qonunini qabul qilish, unga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish; qonunlar qabul qilish, unga qo‘shimchalar, o‘zgartishlar kiritish; ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat strategik dasturlarini qabul qilish; davlat hokimiyati organlariga saylovlarni tashkil etish; davlat mukofotlarini belgilash va Asosiy Qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. Qoraqalpog‘iston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki aloxida shaxs Qoraqalpog‘iston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. Jo‘qorg‘i Kengesning faoliyati masalalarini jamoa bo‘lib, erkin, amaliy muhokama qilish va hal etish, oshkoralik, uning tomonidan tuzilgan davlat organlarini hisob berib turishi, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning keng ko‘lamda faol qatnashishi jamoatchilik fikrini hamisha hisobga olib borish asosida amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kengesining huquqiy maqomi Respublika Konstitutsiyasi, Jo‘qorg‘i Kengesning ish tartibi to‘g‘ri-sidagi qonunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risidagi qonunida ham belgilangan (1998 yil 29 yanvar). Bugungi kunda Jo‘qorg‘i Kenges yuqorida aytib o‘tganimizdek Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, faqat qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i Kenges hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyalilik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 86 nafar deputatdan iborat. Bunday huquqdan faqat sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan ruhiy kasal fuqarolar, sud qarori bilan majburiy davolash joylarida davolanayotgan shaxslar va ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar qatnashmaydilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishining tash- kiliy shakli uning sessiyasi hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respub-likasi Jo‘qorg‘i Kengesi ishining tashkiliy shakli Qoraqalpog‘iston «Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risida»gi 1993 yilgi Konstitutsiyaviy qonunda hamda 29 yanvar 1998 yildagi yangi tahrirda qabul qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risida»gi qonunida mustahkamlangan. Shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasida Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishi, jami deputatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina vakolatli hisoblanishi haqidagi qoida mavjud. Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishlarida kimlar ishtirok eta olishi (73-modda), birinchi yig‘ilishning qachon, kim tomonidan chaqirilishi (74-modda), yig‘ilishga kim raislik qilishi (81-modda) masalalari Konstitutsiyaviy mustahkamlangan. Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasi, «Jo‘qorg‘i Kenges to‘g‘risida»gi Respublika qonunning 6-moddasida ko‘zda tutilgani bo‘yicha, uning yig‘ilishlarida ochiladi va yopiladi. Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasi deputatlarning umumiy yig‘ilishi, yalpi majlisi bo‘lmay, u o‘z ichiga bir necha tadbirlarni oladi, ya’ni shu hujjatga asosan Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasi uning majlislaridan, shuningdek Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalari va komissiyalarining, boshqa organlarining sessiya majlislari oralig‘idagi davrda o‘tkaziladigan majlislaridan iborat bo‘ladi. Jo‘qorg‘i Kenges sessiyalari bir yil-da kamida ikki marta chaqirilib, uning saylovdan keyingi birinchi sessiyasini Markaziy saylov komissiyasi chaqiradi, qolgan sessiyalar Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan chaqiriladi. Sessiyada jami depu- tatlarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisobla-nadi (7- modda). Konstitutsiya, konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiri- tish, qonun va Jo‘qorg‘i Kenges qarorlari faqatgina majlislarda qabul qilinadi va o‘zgartiriladi. Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sessiyasi Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tashabbusi bilan yoki Jo‘qorg‘i Kenges deputatlarining kamida uchdan bir qismi taklifi bilan chaqiriladi (8- modda). Jo‘qorg‘i Kengesining ishini tashkil qilish va uning faoliyatiga yordam berish uchun turli lavozimlar va organlar tuzish nazarda tutilgan. Bu organlarni rahbar va yordamchi organlarga bo‘lish mumkin. Rahbar organlarga Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosari kirsa, Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalari va komissiyalari, Jo‘qorg‘i Kenges kotibiyati yordamchi organlar hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Jo‘qor-g‘i Kenges ishiga rahbarlik qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respubli- kasining Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlarining orasidan 5 yil mud-datga, yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i Kenges Raisi va uning o‘rinbosari saylanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qor-g‘i Kenges Raisi Koraqalpog‘iston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsidir. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi va uning o‘rinbosari faqat Jo‘qorg‘i Kenges oldida har yili hisobot beradi. Qoraqalpog‘iston Respub-likasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mitalari va komissiyalari Qoraqal-pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi o‘z vazifalarini bajari-shida yordam berish uchun, aniqrog‘i qonun loyihalarini tayyorlash, Jo‘qorg‘i Kengesda ko‘riladigan masalalarini dastlab muhokama qilish uchun, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kengesning boshqa hujjatlarini amalga oshirishga yordam berish uchun, ularning ijrosini nazorat qilib turish uchun, deputatlardan tuziladi. Bu masala Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 77- moddasida aks ettirilgan. Qo‘mita va komis-siyalarining faoliyati haqida alohida "Qoraqalpog‘iston Respubli-kasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risida" qonuni qabul qilingan. Qo‘mitalar va komissiyalar Jo‘qorg‘i Kengesning vakolat mud- datiga tuziladi. Jo‘qorg‘i Kenges deputati qoida bo‘yicha faqat bitta qo‘mita yoki komissiyaga a’zo bo‘ladi. Qo‘mita va komissiyalarning ro‘yxati, a’zolarining soni Koraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlanadi. Zarur hollarda Jo‘qorg‘i Kenges istalgan vaqtda qo‘mitalar va komissiyalar tuzishi, ilgari tuzilgan-larini tugatishi yoki qayta tashkil qilishi mumkin. Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilishida qo‘mita va komissiya raislari Jo‘- qorg‘i Kenges Raisi taqdimiga asosan saylangach, ularning tavsiyasi bilan a’zolari saylanadi. Har bir qo‘mita va komissiya raisi o‘rin- bosarlari va kotiblari Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan tayin-lanadi. Qo‘mita va komissiyalarning faoliyati Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan muvofiqlashtirilib turiladi. Qo‘mita va komissiyalar o‘z faoliyatini majlislar orqali olib boradi, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi. Juqorg‘i Kengesning qo‘mitalari va komissiyalari parlamenti tomonidan o‘zining vakolat muddatiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Jo‘qorg‘i Kengesning deputati faqat bir qo‘mitaning yoki komissiyaning a’zosi bo‘lib saylanishi mumkin. Ularning tarkibiga Jo‘qorg‘i Kengesning Raisi va uning o‘rinbosari saylanishi mumkin emas. Qo‘mitaning va komissiyaning barcha a’zolari teng vakolatlar-dan foydalanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-modda-siga asosan, Jo‘qorg‘i Kenges zarur deb topgan hollarda, har qanday masalalar yuzasidan doimiy yoki muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish va boshqa komissiyalarni tuzadi. Bu komissiyalar tegishli vazifasini bajarib bo‘lgach o‘z faoliyatini to‘xtadi. Jo‘qorg‘i Kenges o‘z ish faoliyatini mustaqil belgilaydi. Ichki tarkibiy qismini, ya’ni faoliyatiga yordam beruvchi organlarni mustaqil tashkil etadi. Jo‘qorg‘i Kenges mustaqil huquqlari asosida quyidagilarni hal qiladi: - Ish tartibi – reglamentini qabul qilish; - Sessiyalarga to‘planish; - Jo‘qorg‘i Kengesga saylovning to‘g‘ri o‘tkazilganligini tekshi- rish va o‘z organlarini tuzish. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi reglamenti nizom xarakteriga ega huquqiy hujjatdir. Unda Jo‘qorg‘i Kenges-ning ish tartibi belgilab qo‘yiladi. Jo‘qorg‘i Kenges ishini tashkil qilishda uning tarkibida tuziladigan kotibiyat alohida ahamiyatga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges faoliyatida deputatlar guruhlarining ahamiyati ham katta. Turli masalalar yuzasidan fikrlar berish maqsadida hududiy guruhlar ham tashkil qilinadi. Hududiy guruhlardan tashqari, Jo‘qorg‘i Kenges deputat-lari kasb-kori, tarmoqlar bo‘yicha va boshqa qiziqishlariga ko‘ra ham guruhlar tuzilishi mumkin. Deputatlar guruhi ro‘yxatga olingandan so‘ng o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Deputatlar guruhi Jo‘qorg‘i Kengesning Raisi, shuningdek Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mita va komissiya-lari bilan yaqin aloqada ishlaydi. Deputatlar guruhlarining tuzi-lish tartibi va faoliyati Jo‘qorg‘i Kenges reglamentining 38,39-moddalarida o‘z aksini topgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining vakolatlari, uning oliy davlat vakillik organi ekanligi bilan belgilanadi. Jo‘qorg‘i Kenges eng oliy vakillik organi bo‘lgani uchun zimmasiga qonunchilikdan boshqa vazifalar ham yuklanadi. Jo‘qorg‘i Kenges boshqa davlat organlarini o‘ziga bo‘ysundirishni ko‘zlamagan va ularning vakolatini egallashga urinmagan holda, boshqa davlat organlarini tashkil qilishda, ular-ning faoliyatini nazorat qilishda va boshqa masalalarda ishtirok etadi. Jo‘qorg‘i Kengesning vakolatlari Konstitutsiyaning 70-moddasida mustahkamlangan. Jo‘qorg‘i Kenges Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiya- sining 10-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston xalqi nomidan ish olib borish vakolatiga ham ega. Jo‘qorg‘i Kengesining Konstitutsiyada belgilangan vakolatlari-ni mazmuni, tavsifi, maqsadi, nimaga qaratilganligiga ko‘ra bir necha guruxlarga bo‘lish mumkin, bular: qonunchilik sohasidagi vakolatlar; Jo‘qorg‘i Kengesni va o‘z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlar; ma’muriy-hududiy tuzilishini belgilash va boshqa davlat organlarini tuzish (tashkil qilish) sohasidagi vakolatlar; Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat vazifasi; fuqarolar manfaati bilan bog‘liq vakolatlar; Jo‘qorg‘i Kengesning qonunchilik sohasidagi vakolatlari. Jo‘qorg‘i Kengesning asosiy faoliyati qonun chiqarishdir. Jo‘qorg‘i Kengesning qonunchilik sohasidagi faoliyati deganda, uning konsti-tutsiyaviy qonunchilik va oddiy qonunchilik faoliyatini farqlash kerak. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish uchun va ularga o‘zgartirshlar kiritish uchun alohida, oddiy qonun qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritishga alohida tartib belgilangan. Oddiy qonunlar Konstitutsiyaning 76-moddasiga asosan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan, Konstitutsiya esa 118-moddaga asosan deputat- larning uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilinadi va o‘zgarti-riladi. Konstitutsiyaviy qonunlar ham shu tartibda qabul qilinadi va o‘zgartiriladi. Jo‘qorg‘i Kengesga qonunchilik tashubbusi huquqiga, Konstitu- siyaning 75-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi, Oliy Sudi, Xo‘jalik Sudi, Respublika Prokurori egadir. Jo‘qorg‘i Kengesda qarab chiqilishi lozim bo‘lgan qonun loyihalari yoki qonun chiqarish haqidagi takliflar Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga taqdim etiladi va u Jo‘qorg‘i Kenges kotibiyatida ro‘yxatga olinadi. Qonunlar yig‘ilishlarda bir necha o‘qish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qonun loyihalari Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan umum-xalq ovozi (referendum)ga ham qo‘yilib, qabul qilinishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qonunchi-lik faoliyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarini talqin qilishini ham qo‘shish mumkin, ya’ni Jo‘qorg‘i Kenges qonunlarni sharhlab beradi, sharhlar ham majburiy xarakterga ega bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hujjatlari, ular imzolangan kundan keyin kechi bilan bir haftalik muddatda e’lon qilinishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Reglamentida ham bu vakolatlar qayd etilgan. Agar hujjatlarning o‘zida boshqa holat belgilanmagan bo‘lsa, u e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Jo‘qorg‘i Kengesning o‘z organlarini tuzish sohasidagi vakolatlari. Jo‘qorg‘i Kenges Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi depu-tatlaridan tashkil topadi. Jo‘qorg‘i Kengesning konstitutsiyaviy huquqlardan biri bu – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining saylovini tayinlash va Markaziy saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlashdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga saylov Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan, Jo‘qorg‘i Kenges vakolati tugashidan kamida 3 oy ilgari tayinlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi o‘z faoliyati-ni samarali olib borish uchun Jo‘qorg‘i Kenges deputatlaridan ibo-rat rahbar va yordamchi organlarni tuzadi. Majlislar davrida maj-lis stenogrammasi va bayonlarini yuritish, so‘zga chiqish istagini bildirganlarni yozib borish, deputat so‘rovlari, savollar, ma’lumot-lar, xabarlar, arizalar, takliflar hamda deputatlarning boshqa materiallarini hujjat sifatida ro‘yxatga olish, fuqarolardan Jo‘qorg‘i Kenges nomiga kelayotgan murojaatlar va boshqa hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish maqsadida Jo‘qorg‘i Kenges yig‘ilish-larining kotibiyati tuziladi. Bundan tashqari, Jo‘qorg‘i Kengesning o‘z kotibiyati ham mavjud, u lavozim mansab hisoblanadi va alohida tuzilishga ega bo‘ladi. Shuningdek, Jo‘qorg‘i Kengesda dastlab masalalarni muhokama qilish, tavsiyalar berish uchun deputatlar guruhi ham tuziladi. Jo‘qorg‘i Kengesning Qorakalpog‘iston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini belgilash va boshqa davlat organlarini tuzish sohasidagi vakolatlari. 1996 yil 14 dekabrdagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi to‘g‘risida"gi qonuniga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi vakolatiga tumanlar, shaharlar, ovullar, qishloqlar, posyolkalar tuzish va ularni bekor qilish, shuningdek ularning chegaralarini o‘zgartirish kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi davlat hokimiyatining oliy organi bo‘lgani uchun, ijro hokimiyati va sud hokimiyati organlarining ba’zi bo‘g‘inlarini tuzishda ishtiroki bor. Jo‘qorg‘i Kenges avvalo qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlar tizimi va vakolatlarini belgilaydi. Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat faoliyati. Amaldagi Konstitutsiyada Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat qilish faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanmasada, uning ayrim vakolatlari nazorat qilish funksiyasini keltirib chiqaradi. Jo‘qorg‘i Kenges qonunlar va boshqa hujjatlarning ijrosini nazorat qilib turish uchun qo‘mita va komissiyalar tuzadi. Ular esa Jo‘korg‘i Kenges oldida hisobot beradi. Shu orqali Jo‘qorg‘i Kenge-sining nazorat vazifasi amalga oshiriladi. Jo‘korg‘i Kenges shu-ningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining bajarilishi-ni nazorat qiladi. Jo‘qorg‘i Kengesning nazorat faoliyati deputat so‘rovi orqali ham amalga oshiriladi. Deputat so‘rovi davlat organlari idoralari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish vositasidir. Jo‘korg‘i Kengesning fuqarolar manfaati bilan bog‘liq vakolatlari. Jo‘qorg‘i Kenges fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burch-lari va huquqiy manfaatlariga bog‘liq ko‘pgina vazifalarni amalga oshiradi. Bu borada Jo‘qorg‘i Kenges fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarining amalga oshirilishini, mulkchilik munosabatlarini, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy qurilish-ning bajarilishini tashkil qilish, budjet tizimini, soliq solish-ni, atrof-muhitni muhofaza qilishni va tabiiy boyliklardan foy-dalanish va boshqa munosabatlarni qonun yo‘li bilan tartibga soladi. Jo‘qorg‘i Kenges Respublikaning davlat mukofotlarini ta’sis etadi. Yuqorida ko‘rsatilganlar Qoraqalpog‘iston Respubli-kasi Jo‘qorg‘i Kengesining vakolatlari bo‘lib, ular respublikada davlat hokimiyatini tashkil etishga qaratilgan. Shu joyda, aytib o‘tish joizki, yuqorida aytilgan masalalarning hammasi Respublika Jo‘qorg‘i Kengesining qonun chiqaruvchi faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularni amalga oshirish konstitutsiyaviy yo‘l bilan olib boriladi. Yana bir narsani aytib o‘tishi zarurki, O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik boshqarish bo‘lganlikdan, uning Oliy Majlisida yuqorida ko‘rsatilgan ko‘pgina masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifi bilan Oliy Majlisda ham ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘istonda parlamentlik boshqarish bo‘l-ganlikdan, uning Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi harakatlari doirasiga prezidentlik boshqaruvi mexanizmlari berilgan. Shunday qilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining vakolati Qoraqalpog‘istonning 1993 yilgi Konstitutsiyasi asosida oliy darajada ma’qullandi va davlat rahbari darajasiga ko‘tarildi. Bu hol Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi 80-moddasida ham mustah- kamlangan. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi- ning raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi, deyilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining huquqiy maqomi Konstitutsiyadan boshqa «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi to‘g‘risida»gi 1998 yilning 29 yanvarida qabul qilingan Qoraqalpog‘iston qonu-nida ham aniq belgilab berildi. Agar yaqin tarixga nazar solsak, Qoraqalpog‘istonning 1978 yilgi Konstitutsiyasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengashi-ning Raisi QQASSR Jo‘qorg‘i Kengashining majlislariga boshchilik qiladi va uning ichki tartib qoidalarini yurgizadi degan konsti-tutsiyaviy normadangina iborat edi. O‘sha davrda, 1989 yil 25 oktabriga qadar Qoraqalpog‘istonning Jo‘qorg‘i Kengashining Raisi faqatgina sessiyalarning ishi paytidagina yiliga 2-3 kun ishlardi. Bu lavozim hatto doimiy ham emas edi. U ahvol 1989 yili 25 oktabrda o‘zgardi. O‘sha kuni QQASSR Jo‘qorg‘i Kengasining sessiya-sida yuqorida ko‘rsatilgan Konstitutsiya normalariga katta o‘zgarish-lar kiritildi. Masalan, 102- modda quyidagicha yozildi: QQASSR Jo‘qorg‘i Kengashining Raisi QQASSRda lavozimdagi shaxs bo‘lib hisoblanadi va sobiq SSSRda yangi xalqaro munosabatlarda avtonom respublikaning vakili sifatida harakat qiladi. Bu konstitutsiyaviy qoidalarni, ularning 1978-1989 yillardagi normalariga qiyoslasak, unda biz birinchi navbatda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi vakolati Qoraqal-pog‘istonning 1993 yilgi Konstitutsiyasida o‘zining salmoqli o‘rnini topganligini ko‘ramiz. Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengashi Raisi vakolatlarining mustahkamlanganligi 1989 yili 25 oktabrdan boshlanib 1990 yili 14 dekabrida uning yana ham kuchayganligini ko‘ramiz va u o‘zining Qoraqalpog‘iston davlatining rahbari sifati-da 1993 yilgi respublika Asosiy Qonunida tasdiqlandi. Asosiy Qonunning 80-moddasining ikkinchi qismi Qoraqal- pog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisini saylash tartibini aniqlaydi. U Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi vakolati muddati va qatorasiga ikki muddatdan oshirilmagan holda saylanadi. Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga keng vakolatlar berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi o‘z vakolatiga tegishli masalalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumining muhokamasiga taqdim qilish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi 1993 yilgi Konstitutsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sifati-da tadsiqlandi. Konstitutsiyaning 81-moddasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisining vakolati avval respublika tarixida ko‘rilmagan yuqori bosqichga ko‘tarildi va avvalgi Jo‘qorg‘i Sovet Raisining vakolati bilan taqqoslaganda misli ko‘rilmagan darajada mustahkamlandi va kuchaytirildi, bu jamiyat va davlat hayotida katta burilish bo‘ldi. 1997 yilning 15 dekabrida «Qoraqalpog‘iston Respublikasi-ning Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi va Konstitutsiyaning 81-modda-sida yangi tahrirda bayon etildi. Ushbu moddaga muvofiq Jo‘qorg‘i Kengesning Raisiga davlat hokimiyati organlari tizimidagi muhim vazifalar yuklatilgan, u oliy qonun chiqarish va ijro hokimiyati organlarining o‘zaro aloqali harakat qilishini ta’minlaydi. B) Mahalliy vakillik organlari faoliyatining huquqiy asoslari 1993 yilgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida avvalgi mahalliy vakillik organlari xalq deputatlari Sovetlari-ning nomi xalq depugatlari Kengashlari deb o‘zgartirildi. Mahal-liy vakillik organlarining yangi tizimi o‘rnatildi va bu organ-larning tavsifi, mavqei sifat jihatdan o‘zgartirildi. Qoraqalpo-g‘iston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyatining vakillik organlari tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari bo‘lib hisoblanadi. Qoraqalpog‘istonning davlat qurilishida davlat hokimiyatining mahalliy organlarining faoliyatini rivojlantirish masalasi ko‘p yillardan beri o‘z yechimi-ni topa olmay kelmoqda edi. Respublikaning 1937 yilgi Konstitu-siyasi bo‘yicha davlat hokimiyatining tumanlardagi, ovullardagi, or-ganlari mehnatkashlar deputatlarining Soveti bo‘lib hisoblangan. (49-modda). Ushbu Konstitutsiyaga muvofiq davlat hokimiyatining mahalliy organlari tumanlardagi, shaharlardagi, posyolkalardagi, qishloqlar-dagi, ovullardagi mehnatkashlar deputatlarining Soveti, ularning ijro va boshqaruv organlari esa – ijroiya qo‘mitalari bo‘lgan. Asosiy Qonun bo‘yicha ular davlat hokimiyatining mahalliy organlari sistemasiga (tizimiga) kirgan. Xuddi shunday mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv prinsipi 1978 yilgi Konstitutsiyada ham asosiy o‘rin olgan edi. Ammo bu Konstitutsiya bo‘yicha ular ayrim o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘ldi. Masalan 1978 yilgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida "Qoraqalpog‘iston ASSR davlat hokimiyatining va boshqaruvining mahalliy organlari" (6-bo‘lim) xalq deputatlarining mahalliy Sovetlarni (13-bob) va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya qo‘mitalarini (14-bob) o‘z ichiga olgan edi. 1937 yilgi Konstitutsiyaga binoan mehnatkashlar deputatlari Sovetining ijroiya organi uni saylagan mehnatkashlar deputatlari Sovetiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan edi. Ammo. bu faqat Konstitutsiyada yozilgan qoidagina bo‘lib qolgan. Chunki u paytlarda Sovetlarning faoliyatiga boshchilik etgan ijroiya ko‘mitalar bo‘lgan. Bu ahvol 1978 yilgi Konstitutsiyadan keyin ham davom etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tarixida birinchi marta xalq deputatlari Sovetining va uning ijroiya qo‘mitasining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan intilish 1989 yili boshlandi. Qoraqalpog‘iston ASSR Jo‘qorg‘i Sovetining 25 oktabr 1989 yili XI chaqiriq II navbatdan tashqari sessiyasida uning Asosiy Qonuniga bir qancha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kirgizildi. Ushbu o‘zgartirishlarga bog‘liq Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta xalq depugatlari Sovetlari tegishli Sovetlarning raislarini saylaydigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 128-moddasiga binoan xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining ijroiya va boshqaruv organlari bo‘lib, ularning saylab qo‘yiladigan ijroiya qo‘mitalari hisoblandi. Bu mahalliy vakillik organlari tuman, shahar Sovetlarining darajasida (miqyosida) ularning raislari va rais rahbarlik qiladigan Sovetlarning Prezidiumlari davlat qurilishida dastlabki paydo bo‘lgan yangilik edi. Shu bilan bir qatorda, Konstitutsiyaga asosan Sovetlarning ijroiya qo‘mitalari ham o‘z ishini davom ettiradigan bo‘ldi. Natijada Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasi tumanlarida va shaharlarida qo‘sh hokimiyat, Sovetlarning va Prezidiumning raisi va ijroiya qo‘mita raisi, vujudga keldi. Ushbu qo‘sh hokimiyatchilik Qoraqalpog‘istonning mahalliy boshqaruviga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu to‘g‘risida respublikada birinchi marta Jo‘qorg‘i Sovetning XII chaqiriq 2- sessiyasida (19 iyul 1990 yili) ochiq aytildi. Unda "xalq deputatlari Soveti-ning faoliyatini ta’minlash haqida"gi masala muhokama etilib, ma’ruza bo‘yicha Jo‘qorg‘i Sovet Raisining birinchi o‘rinbosari bayonot qildi. U o‘z so‘zida "mahalliy ijroiya qo‘mitalari tarafidan Sovetlarning ish faoliyatiga katta to‘sqinlik qilinmoqda, sababi ular Sovetlar uchun masalalarni hal qilishga o‘rganib qolgan"deb aytib o‘tgan. Ushbu mahalliy Sovetlarda va ijroiya qo‘mitalarida paydo bo‘lgan qo‘sh hokimiyatchilikni va uning ish natijalariga ko‘rsatayot-gan salbiy ta’sirini hisobga olib Jo‘qorg‘i Sovetning 2-sessiyasi 20-iyul 1990 yili aniq bir xulosaga kelganday bo‘ldi. Sessiyada ikki lavozimni Sovetning Raisi va ijroiya qo‘mitaning raisi lavozimlarini biriktirish taklif etildi va uni Bo‘zatov tumanida boshlash hamda sinovdan o‘tkazishga (tajribada sinab ko‘rish) qaror qilindi. Bo‘zatov tuman Sovetining (Kengashi-ning) Raisi bir vaqtning o‘zida Kengash Prezidiumiga va ijroiya qo‘mitaga rahbarlik qiladigan bo‘ldi. U tuman xalq deputatlari Kengashi oldida to‘la ma’sul va unga hisob beradi deb belgilangan edi. 1990-1992 yillarda ham mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini va huquqiy statusini takomillashtirish protsessi davom etdi. 1992 yili 9 yanvarda Jo‘qorg‘i Sovetning XII-chaqiriq 7-sessiya-sida 1978 yilgi Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining 127-moddasiga katta o‘zgartirish kirgizildi va tuman, shahar ijroiya qo‘mitalari raisi lavozimlari asosan tugatilib, uni vakolatlari tuman va shahar Kengashlari Raislariga yuklatildi. Kengash Raisi yakka hokimiyat darajasiga ko‘tarildi. Shunday qilib, u bir vaqtning o‘zida Kengashga va ijroiya qo‘mitaga rahbarlik kiladigan bo‘ldi. Bu tizim 11-aprel 1992 yilga qadar hukm surdi. Ushbu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashining XII chaqiriq 8- sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy hokimiyatlar faoliyatini qayta tashkil etish to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham tumanlarda va shaharlarda hokimlik lavozimini tashkil qilish haqidagi qonuni qabul qilindi. 1993 yilgi yangi Konstitutsiya bo‘yicha davlat organlarining, jumladan, mahalliy vakillik organlarining tavsifi ham huquqiy davlatga moslashtirilib, hokimiyatning taksimlanish prinsipi asosida ularning tizimi, vazifalari o‘rtasidagi chegaralar yangicha belgilandi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqil vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlariga bo‘lindi. Ular bir-biriga bo‘ysunish asosida emas, balki rahbarlik, o‘zaro hamkorlik asosida tuziladigan bo‘ldi. Natijada mahalliy vakillik organlari bo‘lib, xalq deputat-lari Kengashlari e’tirof etildi. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida rasman mustahkamlandi. Konstitutsiyaning XXI bobi "Mahalliy davlat hokimiyati asoslari" deb ataldi va Konsti-tutsiyaning 92-moddasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik va ijro hokimiyatiga bo‘linishi belgilandi. Shunday qilib, amaldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi, mahalliy davlat organlari tizimida uzoq vaqtlardan beri amalga oshirilib kelinayo-tgan islohotlarning yakuni sifatida mahalliy davlat organlari tizimidagi o‘zgarishlarni qonuniy mustahkamladi. Konstitutsiyaning 94-moddasida mahalliy davlat organlarining faoliyatini tashkil qilish, vakolat doirasi, saylash tartibi qonun bilan belgilanadi, deyilgan. Shuning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 24 dekabr 1993 yili "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risi-da" qonun qabul qildi. Unga asosan Xalq deputatlari Kengashlari tuman va shaharlarda, (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) davlat hokimiyatining vakillik organlari deb belgilandi va natijada avvalgi ikki pog‘onali hokimiyat organlari tizimi o‘rniga bir pog‘onali hokimiyat organi tizimi o‘rnatildi. Kishloq, shahar, ovul, tumanga buysunuvchi shaharlarda davlat hokimiyatining vakil-lik organlari tugatildi. Konstitutsiya va qonunda mahalliy vakil-lik organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimidan ajratilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni bu mahalliy vakillik organlarining davlat organlari sifatidagi mavqeini oshirdi, ularning mas’uliyatini kuchaytirdi. Davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etish tartibi. Mahalliy vakillik organlari bitta yo‘l bilan, ya’ni saylov orqali tashkil qilinadi, saylov natijasida ularda vakillikning hamma tomonlari o‘z ifodasini topadi. Mahalliy vakillik organ-larining samarali ishlashi, o‘z faoliyatini to‘la amalga oshira olish-ligi, mavqei ko‘p jihatdan ularga saylangan deputatlar tarkibiga bog‘liq. Deputatlarning bilimi, dunyoqarashi, fikrlashi, mustaqil-ligi Kengashlar ishi mazmunini belgilab beradi. Bu masalalarni maqsadga muvofiq hal qilishda saylov qonunlari muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi Konstitutsiya qabul qilingach, saylov qonunlari ham yangilandi. Ularda avvalgi qonunlardagi demokratik holatlar saqlab qolindi va demokratik huquqiy davlatga xos xususiyatlar o‘z ifodasini topdi. Bular ichida eng avvalo saylovning ko‘ppartiyaviylik tizimda o‘tkazilishi, saylovni tashkil qilish ishlaridan davlat hokimiyati organlari iloji boricha chetlashtirilishi, saylov komissiya tarki-biga biror-bir partiyaga mansub shaxslarning kiritilmaslik qoida-larining o‘rnatilishiga alohida e’tibor berish kerak? Mahalliy vakillik organlariga saylov, avvalgi vakillik organining vakolati tugashiga kami bilan 3 oy qolganda Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tayinlanadi. Deputatlar bir mandatli okruglardan saylanadi. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga siyosiy partiyalar va fuqarolarning yig‘inlari (vakillarning yig‘ilishlari) nomzod ko‘rsatish huquqiga ega. Xalq deputatlari Kengashlarining ichki tartibi. Xalq deputatlari Kengashlari o‘z faoliyatiga ko‘maklashib turishlari uchun, o‘z deputatlaridan iborat, o‘z vakolati muddatiga doimiy ishlovchi komissiyalar tuzadi. Yangi chaqiriq 1-sessiyada xalq depugatlari Kengashlari dastlab mandat komissiyasini tuzadi. Qancha va qanday doimiy komissiyalar bo‘lishligini ishning hajmi, hududiy xususiyatlar hisobga olinib, Kengashning o‘zi belgilaydi. Doimiy komissiyalar rais, rais o‘rinbosari, kotib va a’zolardan iborat bo‘ladi. A’zolarning sonini ham Kengash o‘zi belgilaydi. Bu doimiy komissiyalar deputatlarni birlashtiruvchi organ bo‘lib, u xalq deputatlari Kengashining yordamchi organi hisoblanadi. Doimiy komissiyalar sessiyalarda ko‘riladigan masalalarni dastlab ko‘rib chiqib, xulosa tayyorlash, sessiyaga ko‘riladigan masala-larni taqdim qilish, Kengash va yuqori davlat organlari hujjat-larining mazkur hududda bajarilishini nazorat qilish kabi vazifa-larni bajaruvchi organ sifatida tuziladi. Xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyati qonun va nizomlar bilan belgilanadi. Xalq deputatlari Kengashlari zarur paytlarda xohlagan masalalar yuzasidan vaqtli komissiyalar ham tuzishlari mumkin. Xalq deputatlari Kengashlarining ish tartibi. Xalq deputatlari Kengashlari o‘z faoliyatini ma’lum muddatlarda va ma’lum tartibda chaqirilib, o‘tkaziladigan sessiyalarida amalga oshiradi. Tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlarining ish tartibi tegishli xalq deputatlari Kengashining Reglamenti bilan belgilanadi. Xalq deputatlari Kengashi sessiyalari bir yilda kamida ikki marta chaqiraladi. Sessiya zaruratiga ko‘ra hokim tomonidan, shuningdek, tegishli Kengash deputatlarining uchdan ikki qismining tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarining asoslari berilgan va bu mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlarining konstitutsiyaviy asosi hisoblanadi. Bu modda uchun Respublikamiz Prezidentining "Respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifala-rini aniq belgilab qo‘yish lozim bo‘ladi" ,-deb ta’kidlagan so‘zi ham asos bo‘ladi. Bu moddada mahalliy vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining vazifalari ajratilib ko‘rsatilmagan, shuning uchun u vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham taalluqlidir. Bu vakolatlarga quyidagilar kiradi: - qonuniylik, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsiz-ligini ta’minlash; - hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; - mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahal-liy soliqlarni, yig‘imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘ar-malarni hosil qilish; - mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; - atrof muhitni muhofaza qilish; - fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; - normativ hujjatlarni qabul qilish, Qoraqalpog‘iston Res-publikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Qonuniylik, huquqiy tartibot va fuqarolarning xavfsizligi-ni ta’minlash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq masalalardir. Qonuniyliksiz huquqiy tartibot bo‘lmaganidek (yoki aksincha), qonuniylik hamda huquqiy-tartibotning buzilishi fuqarolarning xavfsizligining buzilishiga sabab bo‘ladi (yoki aksincha). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga berilgan sharhlarda atroflicha izoh berilgan. Mahalliy hokimiyat organlari tegishli hududda qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavf-sizligini ta’minlashda turli organlarni shu maqsad sari yo‘nal-tiruvchi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rolni o‘ynaydi. Mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududini iqtisodiy, ijti-moiy va madaniy rivojlantirishga rahbarlik qiladi. Hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini belgilaydi Ma-halliy hokimiyat organlarining mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byud-jetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish vazifasi, hududning iqtisodiy rivojlanishida. fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur moddiy bazaning salmoqli qismini vujudga keltirishga qaratilgan. Xalq deputatlari Kengashlari o‘z vakolati doirasida mahalliy budjetni, uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlaydi. Shuningdek mahalliy soliqlar, yig‘imlar miqdorini belgilaydi. O‘z hududida kommunal xo‘jalik tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga rahbarlik qiladi. Atrof-muhitni, tabiatni muhofaza qilish borasida tegishli huquqiy normalarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga nis-batan choralar ko‘radi. Masalan, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga ega obektlar faoliyatini vaqtincha yoki butun-lay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishi mumkin. Mahalliy vakillik organlari, fuqarolik holati aktlarini qayd qiluvchi organlarning faoliyatiga ham rahbarlik qiladi. Bu rahbarlik ularning fuqarolik holati aktlarini qayd qiluvchi or-ganlarni tuzish masalasini hal qilishda, shu organlarning rahbar-larini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish masalasida ishtirok etishida hamda shu organlarning faoliyati ustidan nazorat qilishda ko‘rinadi. Xalq deputatlari Kengashi o‘z faoliyati davo-mida, o‘zining vakolatlari doirasida kollegial asosda normativ hujjatlar qabul qiladi. Ular qabul qilgan normativ hujjatlar o‘z hududida bajarilishi majburiydir. Mahalliy hokimiyat organlari Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin. Mahalliy hokimiyat organlari o‘zlari-ning butun faoliyatini davlat hamda fuqarolarning manfaatini ko‘zlab olib boradi, natijada davlat manfaati bilan fuqarolarning manfaati o‘rtasida mushtaraklik vujudga keladi. Shuningdek Qora-qalpog‘iston Respublikasining mahalliy Kengashlar vakolatlarini belgilaydigan 1993 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunida vakillik va ijro hokimiyati organlarining vakolatlari alohida berilgan. Qonunning 23-moddasiga binoan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hokimining taqdimiga binoan o‘z hududi byud-jeti va uning ijrosi haqidagi hisobotni, hududni rivojlantirish rejasini, tuman va shaharning bosh loyihasi va uni qurish tarti-bini tasdiqlaydi; - amaldagi qonunlarga muvofiq mahalliy soliq, yig‘im va boj-lar miqdorini belgilaydi, mahalliy budjetga tushadigan mahalliy soliq, yig‘im va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar belgilaydi; - hokim va uning o‘rinbosarlari lavozimini tasdiqlaydi, lavo- zimdan ozod etish ishlarini amalga oshiradi, ularning faoliyatiga doir hisobotlarni eshitadi; - qonunda nazarda tutilgan hollarda hokimlar qarorlarini tasdiqlaydi; - xalq deputatlari Kengashlarining ish tartiblari, doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi va zarur bo‘lsa, ularga o‘zgartirishlar kiritadi; - Kengashning doimiy va muvaqqat komissiyalari hamda boshqa organlarini tuzadi, saylaydi va tugatadi, ularning tarkibini o‘zgartiradi, faoliyati haqida hisobotlarni tinglaydi; - deputatlarning vakolatlarini tasdiqlaydi, vakolatini muddatidan avval to‘xtatadi yoki ularni javobgarlikka tortish, ishdan bo‘shatishga rozilik beradi; - ijroiya hokimiyati bo‘limlari, boshqarmalari, boshqa tashki-liy bo‘linmalar hisobotini eshitadi; - xalq deputatlari so‘rovlarini ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul kiladi; - hokimning O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlariga zid qarorlarini bekor qiladi; - hokimning taqdimiga binoan hokimlik tuzilishini, uning shtatlarini va xodimlarning ish haqi fondini tasdiqlaydi. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchisi, xalq deputatlari Kengashlarining mutlaq vakolatlari bo‘lib, ular faqat Kengashlar tomonidangina hal qilinadi. Masalan, budjetni, uning ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash, yordamchi organlarni tuzish, deputatlar vakolatlarini tasdiqlash, muddatidan avval tugatish, hokimni lavozimga tasdiqlash va boshqalar. Ikkinchi turga boshqa vakolatlari kiradi, ya’ni ularni sessiyalar oralig‘idagi vaqtda hokimlar bajara oladi, lekin u masala sessiyada albatta tasdiqlanishi kerak. Masalan, hokimlik tuzilish bo‘linmalari (tarmoq boshqaruv organlari) boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishni sessiyalar oraligidagi vaktda hokim amalga oshirishi mumkin. Lekin hokimning qarori albatta sessiyada tasdiqlanishi kerak. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijro hokimiyatining shakllanishi A) Qoraqalpog‘iston Respublikasi - hukumatining shakllanishi Qoraqalpog‘iston suverenitetga erishgandan so‘ng mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalish-larini belgilab beradigan, fuqarolar manfaatlarini himoya qiluvchi oliy darajadagi ijroiya hokimiyati bunyod etildi. Demokratik huquqiy davlatning ajralmas sharti bo‘lgan hoki- miyatning taqsimlanish prinsipi asosida mustaqil ijro hoki-miyatini amalga oshiruvchi organlar vujudga keldi. Ular hokimiyat-ning alohida turini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublika-sining hukumati – Vazirlar Kengashidir. Vazirlar Kengashi oliy ijro organi bo‘lib, u qonunlarni ijro etadi va davlat boshqaruv funksiyasini bajaradi. Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respub-likasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tuziladi. Yangi Konstitutsiyada ijro hokimiyati organlarining mustaqil- ligiga, ularning mavqeini ko‘tarishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, «Kuchli ijroiya hokimiyati bo‘lmasa, hatto eng demokratik yo‘l bilan qabul qilingan qarorlar ham bajarilmasligigi mumkin. Ijro hokimiyati kuchsiz bo‘lsa, uning faoliyatiga boshqa organ-lar asossiz aralashaversa, unda qonunlar qog‘ozda qolib ketaveradi, chunki kuchsiz organ o‘z vazifasini bajara olmaydi. Respublikamizda ijro organlari tizimini takomillashtirish, ularning mavqeini kuchaytirish choralarini qurishda davlatchiligi-miz tarixiga, milliy an’analarga alohida e’tibor berildi. 1993 yilgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi respublika-ning hozirgi ijro hokimiyati organlari tizimini mustahkamladi. Unga asosan ijro hokimiyati organlarining bir necha turi mavjud bo‘lib, ular shartli ravishda alohida guruhlarga bo‘lingan: oliy (markaziy) va mahalliy (quyi) ijro hokimiyati organlari. Respublika miqyosida ijro hokimiyati oliy organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashidir. Mahalliy ijro hokimiyati organlari hududiy bo‘linmalaridagi hokimlar hisoblanadi. Umumiy vakolatli va maxsus (tarmoqlar, sohalar bo‘yicha) vako- latli ijro organlariga Vazirlar Kengashi, hokimlar kiradi. Max-sus vakolatlilariga vazirliklar, qo‘mitalar, konsern, assotsiatsiya-lar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalari kiradi. Kollegiallik asosida va yakkaboshchilik asosida ish yurituvchi organlar. Birinchisiga Qorakalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, ikkinchisiga esa hokimlar, vazirlar, qo‘mitalar, konsern, assotsiatsiyalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalari kiradi. Tayinlanadigan organlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, hokimlar, vazirlar, qo‘mitalar, konsern, assotsiatsiyalar, mahalliy ijro hokimiyati bo‘lim va boshqarmalari boshliqlari. Ushbu yuqorida qayd etilgan organlar yig‘indisi ijro hokimiya-ti organlari tizimini tashkil etadi va bu tizim hokimlardan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan idora qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huquqiy holatining asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70- moddasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida XX-bob 86-91-moddalarida mustahkamlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Respublikaning Jo‘qorg‘i Kengesi oldida mas’uldir va unga hisobot berib turadi. O‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikalari o‘rtasida o‘zaro munosobatlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash uchun, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Sovetining Doimiy Vakolatxonasi tashkil etilib, unumli ishlar bajarib kelgan edi. Keyinroq, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘zida demokratik prinsiplarni mujassamlashtirgan yangi Nizom ishlab chiqish zarurati tug‘ildi va ushbu tariqa Qoraqalpog‘iston Respub-likasi Vazirlar Kengashi 1999 yil 15 yanvardagi №18/1 qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakolatxonasi to‘g‘risida Nizom qabul qildi. Bu Nizomga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoraqal-pog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Doimiy Vakolatxo-nasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbe-kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan, shuningdek, O‘zbe-kiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va boshqa tashkilotlari bilan xo‘jalik hamda madaniy bo‘yicha kundalik aloqalarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yo‘naltirib turadi. 1993 yil 6 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilanganidek Qoraqalpog‘iston Respub- likasi Vazirlar Kengashi Raisi-hukumat boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi. Vazirlar Kengashi Raisi Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti roziligi bilan qilingan taklifiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakolatlari, uning ish tartibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa davlat organlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi-ning munosobatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi. «Vazirlar kengashi to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan Vazirlar Kengashi tarkibiga: Vazirlar Kengashi Raisi, uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda boshqa organlarning rahbarlari kiradi. Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi a’zolari Vazirlar Kengashi Raisining taklifiga binoan Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan keyinchalik Jo‘qorg‘i Kengesning tasdiqla-shi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaning 87-moddasiga asosan Vazirlar Kengashini tuzish, tayinlash va tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi, ya’ni Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarini, vazirlarni, qo‘mita raislarini va boshqalarni prezidium qarori bilan lavozimga tayinlaydi. So‘ng ular Jo‘qorg‘i Kengesda tasdiqlanadi. Vazirlar Kengashi – Qoraqal-pog‘iston Respublikasining hukumati – iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijro etilishga rahbarlikni ta’minlovchi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir. Vazirlar Kengashi davlat boshqaruvchi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan ho‘jalik boshqaruvi tizimlariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Vazirlar Kengashi Respublikada yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o‘z faoliyatini oshkoralik insonparvarlik va qonuniylik asosida olib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida vazirliklar ijroiya hoki- miyatining markaziy organlari hisoblanib, ular halq xo‘jaligi tarmoqlari va ijtimoiy madaniy sohalarni boshqarib boradilar. Alohida vazirlik esa markaziy boshqaruvning tarmoq bo‘yicha ijroiya hokimiyati organi hisoblanib, ushbu sohaga oid qonunlar ijrosi bo‘yicha ularga asoslanib ish yuritadilar. Ularning davlat hokimiyati vakolati berilgan o‘z vazifalari bor, o‘z quyi va tobe organlari, tarmoqni rivojlantirish turli jabhalariga ma’sul bo‘lgan idoralari bo‘ladi. Vazirlik – bu – boshqaruvning sohaviy shaklidir. Ular jabha-ni boshqarish tarmog‘ida asosiy bo‘g‘inni tashkil etadi. Shu sababli vazirlik tushunchasi ma’lum toifadagi soha bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot va mehnat vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 1-moddasida: «Ijtimoiy ta’minot vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida nafaqaxo‘rlar, nogironlar va kam ta’minlangan bolalari bor oilalarni ijtimoiy himoyalashda yagona davlat siyosatini ta’minlash bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi, Respublikada ularga nafaqa va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etadi deyilgan. Ta’kidlash joizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng boshqaruvning markaziy ijroiya mahkamalari faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Respub-likada yuz bergan va berayotgan tub iqtisodiy o‘zgarishlar sohaviy boshqaruvni isloh qilishda o‘z aksini topa bordi. Masalan, Savdo vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Rayosatining 1992 yil 28 may farmoni bilan Qoraqalpog‘iston davlat aksiadorlik assotsiatsiyasi – «Qoraqalpoq- savdo»ga, maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi maishiy xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilotlari uyushmasi («Qoraqalpoqbitsoyuz»)ga aylantirildi. Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 1992 yil 25 sentabrdagi Farmoni bilan mahalliy sanoat vazirligi to‘xtatilib, o‘rniga avval «mahalliy sanoat» davlat ishlab chiqarish – savdo konserni, so‘ngroq esa shu nomdagi aksiadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Sohalarni boshqarish tizimida yuz bergan jiddiy o‘zgarish-larga misol qilib, mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini 1991 yil nomida mehnat vazirligiga aylantirilishini, 1996 yil dekabrida qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etilishini, 1992 yil iyulida yangi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, 1997 yil may oyida Iqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etilganligini keltirib o‘tish joizdir. So‘ngra 2003 yildan ular iqtisodiyot vazirligi va statistika davlat qo‘mitasi bo‘lib qayta o‘zgartildi. Xullas, Qoraqalpog‘iston vazirliklari tizimida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berib, bugungi kunda: - iqtisodiyot vazirligi; - kommunal xizmat agentligi; - sog‘liqni saqlash; - ijtimoiy ta’minot; - madaniyat va sport ishlari bo‘yicha; - mehnat; - Adliya; - ichki ishlar; - tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi mavjuddir; Ular o‘z faoliyatlarini yurita borib, ko‘plab boshqa davlat organlari va idoralari bilan o‘zaro munosobatda bo‘ldilar. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges davlat hokimiyati-ning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida respublikaga tegishli barcha masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lib, vazirliklar bilan qonun chiqarish funksiyasini amalga oshirishda sohaviy jips aloqa-da bo‘ladi. U respublika manfaatiga oid davlat, iqtisodiyot, ijti-moiy, madaniy va boshqa har qanday masalani muhokama qilish va hal qilishda vazirlikni jalb qila oladi. Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida ham vazirliklar ijroiya hokimiyat instituti faoliyatini amalga oshirishdagi vakolatlari aniq aks ettirilgan. Vazirliklarning huquqiy jihatdan ishlashi, faoliyat ko‘rsatish subyekti sifatida jamiyat hayotining turli jabhalarini yo‘nalti-rishda qabul qilingan qonun hujjatlariga tayanishini ham ta’kid-lab o‘tish joizdir. Respublika Jo‘qorg‘i Kenges Rayosatiga respublika vazirliklarini tashkil etish, o‘zgartirish va tugatish vakolatlari berilgan. Rayosatning bunday qarorlari keyinchalik Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasi tasdig‘iga kiritiladi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiya-sining 85- moddasi 7-bandi) Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mitalari bilan va-zirliklar o‘rtasida mustahkam hamkorlik mavjud. Qo‘mitalar Jo‘qorg‘i Kenges sessiyalariga masalalar kiritar ekan, sohaviy vazirlikning faoliyatining chuqur tahlil qiladi, kamchilik va nuqsonlarini aniqlaydi, ijobiy tajribalarni umumlashtiradi, aniq taklif va tavsiyalar beradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Xalq depu- tatlari statusi haqida»gi qonunning 12-moddasiga ko‘ra, Jo‘qorg‘i Kenges deputati respublika vazirliklariga so‘rovlari bilan muro-jat qilishga haqli. Vazirliklar o‘z navbatida deputatning so‘roviga belgilangan tartib va muddatga javob berishga majburdir. Bu holat mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hayotida muhim masalalar yechimiga, taraqqiyot va adolat yo‘liga, quyi tarmoqlardagi nuqsonlarni barta-raf etishga xizmat qiladi, qo‘l keladi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vazirlar Kengashi haqida”gi qonunga ko‘ra vazirliklar Vazirlar Kengashiga bo‘ysunadi va o‘z sohalari bo‘yicha faoliyatlari yo‘naltirilib, muvo- fiqlashtirib turiladi. U yuqori turuvchi markaziy organ sifatida vazirliklar faoliyatiga rahbarlik qiladi, vazirliklarni shaklan-tiradi, huquqiy maqomini (statusni) aniqlaydi. Hukumat chiqargan huquqiy hujjatlar ijrosi, rahbariy aktlar sifatida vazirliklar uchun majburiydir. Ayni paytda vazirliklar qabul qilgan normativ hujjatlar Vazirlar Kengashi tomonidan bekor qilinishi mumkin. (qonunning 12-moddasi) Vazirlar Kengashi vazirliklar faoliyatini muvofiqlashtirib va yo‘naltirib boradi, vazirlik haqidagi nizomlarni tasdiqlaydi, vazirlik xodimlari jadvali va mablag‘ bilan ta’minlanishini belgilab beradi, vazirlarning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayin-laydi va ozod etadi xamda vazirlikga hay’atlar a’zolarini tasdiq-dan o‘tkazadi, vazirliklarni tashkil etish yoki tarqatib yuborish (tugatish) borasida Jo‘qorg‘i Kenges va uning Rayosatiga taklif kiritadi. Xo‘sh, Qoraqalpog‘iston vazirliklari bilan O‘zbekiston vazir-liklari munosabatlari qanday? Bu yerda hal qiluvchi holat – O‘zbekiston Respublikasining sohaviy vazirligi Qoraqalpog‘istonning shu nomdagi vazirligi faoliyatini muvofiqlashtirish harakterlidir. O‘zbekiston vazir-liklari nisbatan kengroq rahbarlik vakolatlariga ega. Bunda ijo-biy taraf shundaki, Qoraqalpog‘iston vazirligi yangi tashkilotlar tashkil etishda, shu nomdagi O‘zbekiston vazirligi bilan kelishadi, bu bilan yangi tizimda nafaqat Qoraqalpog‘iston vazirligi balkim O‘zbekiston Respublikasi vazirligi tarkibiga kirganligi ta’qiq-lanadi va O‘zbekiston Respublikasida yaxlit soha – tizim amalda bo‘lishi qayd etiladi. Qoraqalpog‘iston vazirliklarining boshqaruv faoliyatida ular-ning tuman, shahar hokimlari bilan aloqalari muhim o‘rin tutadi. Ular hamkorlikda joylardagi ishlab chiqarish komplekslariga rahbarlik qiladi. Korxona, muassasa, tashkilotlarning qonunlarga asosan faoliyat ko‘rsatishini nazorat qiladi, boshqa soha va tarmoqlar bilan bog‘liq masalarini hal qiladi. Masalan, yerdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, kapital qurilish, mehnat resurslaridan foydalanish, ijtimoiy – madaniy, maishiy va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarini qamrab olishi mumkin. Vazirlik bilan mahalliy hokimiyat amalga oshiriladigan ijroiya – boshqaruv faoliyatida vazirlik respublika miqyosida o‘z sohasi bo‘yicha barcha ishlarga rahbarlik qiladi, mahalliy davlat hokimiyati organlari esa tegishli hududda davlat, xo‘jalik hamda ijtimoiy – madaniy qurilishini boshqaradi. Vazirlar Kengashi vakolatlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 1993 yil 6 avgustda Konstitutsiyaga asosan Vazirlar Kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolatlari doirasini aniqlovchi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. So‘ng 1998 yil 29 yanvarda yangi tahrirdagi qonunni qabul qildi. Ushbu qonun talab-larga binoan Vazirlir Kengashi: iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy ja-rayonlarni boshqaradi; mulkchilikning barcha shakllarini uyg‘unlash-tirish va ularning tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy quri-lishini ruyobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi; Respublikada pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi, Respublika budjetini, shuningdek Respublika iqtisodiy va ijtimoiy rivoj-lantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqari-shini va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv idoralari tizimini takomillashtiradi, har xil vazirliklar, davlat qo‘mita-lari, idoralari va xo‘jalik tuzilmalarini tashkil qilish va tuga-tish to‘g‘risida Respublika Jo‘qorg‘i Kengesiga takliflar beradi; fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini, shuningdek tabiiy boyliklarini muhofaza qilish, ulardan samarali foydala-nish bo‘yicha dasturlarni amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqlarini ta’min-lash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish ijtimoiy ta’minot tizi-mini takomillashtirish; sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivoj-lantirishning va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini bel-gilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi; Respublika davlat xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegaralarini qo‘riqlash, davlat manfaatini qo‘riqlash, ja-moat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga ko‘makla-shish, Respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtira- di, tabiiy ofatlarning oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlariga muvofiq hukumatlararo shartnomalar va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora tadbirlarini ko‘radi. Yuqo-ridagilardan tashqari Vazirlar Kengashi fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish borasida ham bir qator vakolatlarga ega. Vazirlar Kengashi vazirlarning o‘rinbosarlarini, davlat qo‘mitalari raislarning o‘rinbosarlarini, bosh boshqarmalari hamda davlat boshqaruvi boshqa idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbo-sarlarini lavozimiga tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi. Xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalari rahbarlarini va vazirliklar, davlat qo‘mi-talari, idoralar hay’atlari a’zolarini tasdiqlaydi. Shuningdek, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa tuzilmalari haqidagi nizomlarni tasdiqlay-di. Yuqorida nomi tilga olingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, agarda ular qabul qilgan aktlar amaldagi qonunlarga zid bo‘lgan hollarda, ularni bekor qilish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘z faoliya-tida hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy – madaniy rivojlanti-rishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar bilan ham shug‘ullanadi. Shu maqsadda u mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tizimlarining faoliyatini muvofiqlashtirishini amalga oshiradi. Hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichla-rini tasdiqlaydi, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat majmuining sonini va namunaviy tuzilmasini belgilaydi. Tuman va shahar hokimlarining amaldagi qonunlarga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlarini to‘xtatib qo‘yish va ularni bekor qilish to‘g‘risida Jo‘qorg‘i Kenges takliflar berish huquqiga ega. Vazirlar Kengashining tuzilishi tegishli bo‘limlardan iborat. Har bir bo‘lim tarkibi, uning vakolatlari Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizomda belgilanadi. Vazirlar Kengashi ish tartibi. Vazirlar Kengashi o‘z ishini majlisda tashkil qiladi. Majlislarni tayyorlash va o‘tkazish tarti-bi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi ish tar-tibi bilan belgilangan. Vazirlar Kengashi Raisi Vazirlar Ken-gashining ishini tashkil etadi, o‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va keyinchalik uni Vazirlar Kengashi Rayosatida tasdiqlanadi. Xalqaro munosabatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi huku- matining vakili bo‘lib hisoblanadi, hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi. Vazirlar Kengashi va uning rayosati majlis-larida qarab chiqilishni talab qilmaydigan davlat va xo‘jalik bosh-qaruvining boshqa barcha masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Vazirlar Kengashi Raisi bo‘lmagan hollarda uning vazifala-rini uning topshirig‘iga binoan o‘rinbosarlaridan biri bajaradi. Vazirlar Kengashi o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o‘zlari rahbarlik qiladigan, turkum tarmoqlari faoliyati uchun ja-vob beradilar. Tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalarining fao-liyatini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, ularga topshiriqlar beradi, Vazirlar Kengashiga kiritilgan takliflarni, qarorlar va farmoyishlarning loyihalari-ni qarab chiqadi. Vazirlar kengashi a’zolari o‘zlariga topshirilgan soha faoliyati uchun javob beradi. Vazirlar Kengashining doimiy tuzilmasi sifatida Vazirlar Kengashi Rayosati faoliyat ko‘rsatadi. Vazirlar Kengashi Raisi qaroriga binoan Rayosat tarkibiga Qoraqal-pog‘iston Respublikasi hukumatining boshqa a’zolari ham kiriti-lishi mumkin. Vazirlar Kengashi Rayosatining hujjatlari: qaror-lar, farmoyishlar, bayon qarorlar shaklida chiqariladi. Alohida topshiriqlarni bajarish uchun Vazirlar Kengashi mu- vaqqat komissiyalar va boshqa ishchi guruhlarni tuzishi ham mumkin. Vazirlar Kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududida barcha tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Kengashining maromiy tusdagi yoki juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari Vazirlar Kengashi qarorlari shaklida chiqariladi. Shoshilinch va boshqa joriy masalalar bo‘yicha hujjatlar Vazirlar Kengashining farmoyishlari shaklida chiqariladi. Vazirlar Kengashining qarorlari Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan imzolanadi. Vazirlar Kengashi farmoyishlari Vazirlar Kengashi Raisi, u bo‘lmagan hollarda uning topshirig‘iga binoan o‘rinbosarlardan biri tomonidan imzolanadi. Vazirlar Kengashi qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Kengashi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi tuzilmalari orqali nazoratni amalga oshiradi. Vazirlar Kengashi va uning Rayosati majlislarini hamda tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash, Vazirlar Kengashi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Kengashining bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. B) Hokimlik va mahalliy ijro organlarini huquqiy munosabatlari Hokim institutining vujudga kelishi. Hokimlarni tayinlash va vazifasidan ozod qilish tartibi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatning tarkibiy tashkiliy-huquqiy shakli sifatida xalq noiblari mahalliy Kengashlarining ijroiya qo‘mitalari uzoq yillar muhim o‘rinni egallab keldilar. Ijroiya qo‘mitalari Kengashlari qarorlarini bajarish va ularning ishini tashkil qilish uchun javobgar edilar. 80-yillar oxirida xalq noiblari kengashlari bilan ularning ijrochi organlari o‘rtasidagi vazifalar ajratilgach, ijroiya qo‘mitalari ixtiyorida faqat Kengash qarorlarini bajarish vazifasi qoldi. Ularning ishda keskin burilish bo‘lmadi. Faoliya- tida hamon rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik, nomigagina javob yozish faqat o‘z idorasining manfaatini ko‘zlash, mahalliychilik, hamma narsani sir tutish, dabdababozlik, shtatda xodimlarning ortiq dara-jada bo‘lishi hukmronlik qilar edi. Shu bois ijroiya qo‘mitalarini ijrochi, hokimiyatning boshqa shakllari bilan almashtirish zarur-ligi to‘g‘risidagi ovozlar tez-tez eshitila boshlanganligi bejiz emas. «Turli darajadagi Kengashlar hokimiyat jilovini o‘z tomonlariga burishga harakat qila boshladilar. Hokimiyat uchun eng qizg‘in kurash bir xil nufuzdagi Kengashlar va ijro-boshqaruv organlari orasida avj oldi. 1991 yil noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Toshkent shahrida tajriba tariqasida hokim (shahar boshlig‘i, mer) lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan hokimiyatni mujassamlashtirishi lozim edi. Keyinchalik bu tajriba butun Respublikaga, shu jumlandan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham yoyildi. Hokimlik lavozimi ijro hokimiyatini kuchaytirish maqsadida vujudga keltirildi. Hokim nafaqat joylarda ijro hokimiyatini boshqaradi. Ular vakillik organlarini ham boshqaradi, lekin bu ularning vakillik organidan ustunligini ko‘rsatmaydi, rahbarlik bu yerda vakillik organlarining ishini tashkil etishga qaratilgan, ya’ni ular vakillik organlarining sessiyalarini chaqiradi, sessiya ishiga rahbarlik qiladi, sessiyada qabul qilingan qarorlarni imzolaydi. Hokim mutlaqo yangi lavozim bo‘lib, uning faoliyati asoslari Konstitutsiyadagi XX – bobning 89,91-95–moddalarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 92,94-98 modda-larida mustahkamlangan. Hokimlarning faoliyati qo‘shimcha va aniq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Ana shularga asosan, hokim joylarda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi, vakolat muddati – 5 yil. Hokim o‘z faoliyatini yakkaboshchilik asosida olib boradi, bu esa uning ma’suliyatini oshiradi. Hokim o‘zi rahbarlik qilayotgan organlar faoliyati uchun shaxsan javobgardir. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimidan farq qilib, hokimlar tumanga bo‘ysinuvchi shaharlarda ham mavjud. Qonunga asosan shahar va tuman hokimlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga bo‘ysinuvchi shaharlarning hokimlarini Jo‘qorg‘i Kenges Raisi roziligi bo‘yicha tuman hokimi tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi hamda xalq deputatlarining tegishli tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimlarning vakolatlari. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunning VI-bobida mustahkamlangan. Hokimning vakolatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ular maqsad, vazifasi, mazmuniga ko‘ra turli guruhlarga bo‘lishini mumkin. Bu vakolatlar avvalo, birinchidan hokimning mustaqil vakolatlariga, ikkinchidan, albatta sessiya tasdig‘idan o‘tkazish zarur vakolatlariga bo‘linadi. Hokim o‘zining mustaqil vakolatlarini amalga oshirganda, ular sessiya tasdig‘iga kiritilmaydi. Masalan, hokimlik devoni bo‘linmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida tavsiya kiritish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun takliflar kiritish va hakozo. Ikkinchi guruh vakolatlarini amalga oshirganda, albatta sessiya tasdig‘iga kiritilishi kerak. Bu huquqlarga o‘z o‘rinbosalarini tayinlash va boshqalar kiradi. Bu huquqlarni amalga oshirishning yana bir o‘ziga xos xususiyati bor, ya’ni hokimlar oldindan yuqori organlar bilan maslahatlashib oladi. Masalan, shahar, tuman hokimlari o‘zlarining o‘rinbosarla-rini Jo‘qorg‘i Kenges Raisi bilan kelishib tayinlaydi va lavo-zimdan ozod qiladi. Bo‘linma rahbarlarini tayinlashda ham shu turdagi yuqori organlar bilan kelishiladi. Masalan, tuman yoki shahar sog‘liqni saqlash bo‘limining boshlig‘i, Respublika sog‘liqni saqlash vaziri bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Hokim tegishli Kengash hududagi xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy qurilish ishlariga rahbarlik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining Oliy Majlis qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining va Jo‘qorg‘i Kenges qonuniy hujjatlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Vazirlar Kengashi hujjatlarining, xalq deputat-larining tegishli Kengashlari qarorlarining bajarilishini tash-kil etadi; jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kura-shish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq-larini, salomatligini himoya qilish bo‘yicha chora- tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar bo‘lganda va boshqa qiyinchilik sharoi-tida zaruriy ishlarni tashkil qiladi; tumanlarda va shaharlarda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, byud- jetning asosiy ko‘rsatkichlari va ularning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etadi va hakozo. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokim vakolatlari maqsadiga ko‘ra guruhlanishi mumkin. Masalan: vakillik organlarining ishini tashkil qilish bilan bog‘liq vakolatlar; qonuniylik, huquq-tartibot, jinoyatchilikka qarshi va fuqaro-larning manfaati bilan bog‘liq vakolatlar; o‘zining o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalarini va devoni-ni tayinlash va tuzish, davlat organlari, korxona, tashkilot, muas-sasalar faoliyati ustidan nazorat qilish bilan bog‘liq vakolatlar; budjet, uning ijrosi haqidagi hisobot, moliya, hisob-kitob, mulkchilik munosabatlari, yerdan foydalanish munosabatlari, tabiatni muhofaza qilish, savdo, sog‘liqni saqlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, qurilish, transport, aloqa sohasidagi, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi vakolatlarini ko‘rsatish mumkin. Hokimlarning qonunda belgilangan muhim vakolatlaridan biri, aholini qabul qilishni uyushtirishdir. Aholining shikoyat va arizalari o‘rganilib, ba’zi huquq buzilishlariga barham beriladi. Ularning taklif, ariza va shikoyatlarini hal qilish bilangina chek-lanib qolmay, bu ish o‘z hududida boshqa davlat organlari, tashki-lotlar, korxona, muassasalarda va jamoat tashkilotlarida qanday yo‘lga qo‘yilganligini ham nazorat qiladi. Hokimning o‘z o‘rinbosalarini, tarkibiy bo‘linmalari va devo-nini tayinlash, tuzish, o‘z hududidagi boshqa davlat organlari, tashkilot va muassalar faoliyati ustidan nazorat qilish borasidagi vakolatlariga: o‘z o‘rinbosalari qoida tariqasida shu kengash deputatlari orasidan tayinlash; ijroiya hokimiyati turli tarmoqlar orqali boshqarilish, ularning rahbarlari hokim tomonidan tayinlanishi kiradi. Hokimlar nazorat faoliyatini turli shakllarda olib boradi. Masalan: tuman hokimlari tumanga bo‘ysinuvchi shahar hokimlari-ning qonun va yuqori organlar hujjatlariga zid qarorlarini, ya’ni noqonuniy qarorlarni bekor qiladi. rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ijroiya hokimiyat tarkibiy bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi; xalq deputatlari Kengashlari va hokim qabul qilgan qaror-larni, farmoyishlarni, ya’ni bir so‘z bilan aytganda hujjatlarni bajarmagan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi. Hokim o‘z faoliyatida qaror qabul qiladi, uning qarori tegish-li hududda hamma tomonidan bajarilishi shart. Mahalliy hokimiyat organlarining, jumladan hokimlarning vazifalari, vakolatlari qonunlarda belgilab qo‘yilgan vazifa va vakolatlar bilan cheklan-maydi. Ularga sharoitga qarab yangi-yangi vazifalar yuklanishi, vako-latlar berilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezi-dentining 1994 yili 24-noyabrdagi «Yerdan foydalanish samardorligini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tuman va shahar hokimlariga qo‘shimcha vakolat berildi. Mahaliy ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tuman, shahar, shu jumladan tumanga bo‘ysinuvchi shahar hokimlari faoliyatiga ularning o‘rinbosalari yordam beradi. Hokimning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosalarining miqdori tegishli hududdagi ishlab chiqarish hajmi, uning tarmoqlari, aholi soniga ko‘ra Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi. O‘rinbosalarning vazifalari tegishli hokim tomonidan belgi-lanadi. Hokim yo‘qligida yoki u vazifasini turli uzrli sabablarga ko‘ra bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan paytda, uning vakolat-larini birinchi o‘rinbosalardan biri bajaradi. Hokimlik boshqarmalar, bo‘linmalar va boshqa bo‘limlardan iborat bo‘lib ularning tuzilish, tashkil etish tartibi va faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tasdiqlaydigan nizomlar bilan tartibga solinadi. Tuman va shahar, shuningdek, tumanga bo‘ysinuvchi shahar hokimlari faoliyatiga ularning devoni (apparati) yordam beradi. Ularning tuzilishi va lavozimlari Qora-qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi roziligi bilan tegish-li xalq deputatlari Kengashlari tasdiqlagan budjet doirasida hokim tarafidan belgilanadi va o‘zgartiriladi. Hokim devoni, hokimning va tegishli mahalliy Kengashlarning bir maromda, tezkorlik bilan va samarali ishlashini ta’minlash vazifasini bo‘linmalar va hokim kotibiyati amalga oshiradi. Kotibiyat sessiyalariga, doimiy komissiya majlislariga tayyor- galik, qaror loyihalarini tayyorlashni uyushtirish, ularning eksper- tizasini tashkil qilish, xalq deputatlariga, doimiy komissiyalarga metodik yordam ko‘rsatish, qarorlar ijrosini nazorat qilishni tashkil qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Kotibiyat hokim mahkamasi faoliyatini, deputatlarni ijti-moiy, moddiy-texnik va axborot vositalari bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Hokim kotibiyatiga, hokim tomonidan tayinlanadigan va tegishli Kengash sessiyasida tasdiqlanadigan rahbar boshchilik qiladi. Ma’muriy hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning va boshqa muhim muammolarni hal qilish uchun hokim huzurida maslahat kengashi tuziladi. Uning tarkibiga hokimning birinchi va boshqa o‘rinbosarlari, kotibiyat boshlig‘i kiradi. Maslahat kengashi tarkibiga hokimning qaroriga muvofiq Kengash deputatlari hamda boshqa korxona, tashkilot va muassasa vakillari ham kirishi mumkin. Maslahat kengashi yig‘ilishlari zaruratga ko‘ra hokim tomonidan chaqiriladi. Maslahat kengashi asosan masalalarni har tomonlama, pishiq-puxta muhokama qilish uchun chaqiriladi. Ammo qaror qabul qilishda hokimning fikri hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mahalliy joylarda idora organlari bo‘lib, hokimlarning bo‘lim, boshqarmalari hisoblanadi. Ular xo‘jalik va ijtimoiy madaniy, qurilish tarmoqlariga rahbarlik qiladi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan kelib chiqib, hokimlik lavo-zimi mutlaqo yangi, mahalliy joylarda hokimiyat va ijro organ-larning faoliyatiga yakkaboshchilik tartibida rahbarlik qiluvchi, ularning faoliyatiga yakkaboshchilik tartibida rahbarlik qiluvchi, ularning faoliyatini yo‘naltiruvchi organ deyishimiz mumkin. Hokimlarning o‘z faoliyatini qanchalik tez va to‘g‘ri uyushtirishlari bozor iqtisodiyotiga o‘tishda muhim rol o‘ynaydi. 4. Qoraqalpog‘iston davlatchiligi shakllanishida sud hokimiyatini tuzilishi Istiqlol tufayli huquqiy mustaqillik qo‘lga kiritildi. Milliylik ruhi bilan sug‘orilgan, ayni vaqtda jahon huquqiy andozalariga mos keladigan Konstitutsiya qabul qilindi. Konsti-tutsiyada sud hokimiyatining asoslari aniq belgilanib, sud va sudyalar mustaqil va ular faqat qonungagina bo‘ysunadilar, deb e’lon qilingan. Konstitutsiya sud va sudyalarning mavqeini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi, ular zimmasidagi mas’uliyatni keskin oshirdi va odil sudlovni amalga oshirishda keng imkoniyatlar yaratib berdi. Sud huquqiy sohasiga daxldor islohatlarni chuqurlashtirish masalalari yangi barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat uchun o‘ta muhimdir. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakati-mizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan- kuchli fuqarolik jamiyati sari”, - degan tamoyilning mazmun-mohiyati xususida hamda hokimiyatning uchinchi tarmog‘i sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirishga alohida ahamiyat berilganligini ta’kidlash joizdir. Bu borada o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda huquqiy davlatni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimi qurilishining mutlaqo yangi konsepsiyasi amalda joriy etilgani; sudlarning jinoiy, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi amalga oshirilganligi; sudlar faoliyatidagi xato va nuqsonlarni tuzatish mexanizmi apellyatsiya va kassatsiya tarzida ko‘rib chiqish institutlarining joriy etilganligi; tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari qisqartiril-gani, ishlarni sudda ko‘rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilan-ganligini aytib o‘tishimiz mumkin. Shuningdek, sud sohasida kadr-larni tanlash va tasdiqlashning samarali va demokratik huquqiy mexanizmi yaratilgani, sud qarorlarini ijro etish bo‘yicha yetarlicha vakolatlarga ega bo‘lgan departament faoliyat ko‘rsatayotgani, sudlarning o‘zi esa ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etilgani; sud jarayoniga prokuratura organlari aralashuvini cheklash bo‘yicha qonunchilik normalariga o‘zgartirishlar kiritilganligini va sud jarayonida prokuror bilan himoyachining protsessual huquqlari tenglashtirilganligi: Qolaversa, mamlakat jinoiy qonunchiligini erkinlashtirish chora- tadbirlarining amalga oshirilganligi; o‘ta og‘ir bo‘lmagan, ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan jinoiy harakatlar tarkibi sezilar-li darajada kengaytirilishi; yarashuv institutining joriy etili-shi; amnistiya taklifining muntazam qo‘llanilayotganligi, sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish sohasida istiq-boldagi vazifalarning quyidagicha asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi: sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini ta’min-lash; prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o‘tkazish; shaxsni ushlab turish, hibsga olish va boshqa protsessual mujburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish; jazolash tizimidan o‘lim jazosini chiqarib tashlash. Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tar-tibga soluvchi va sudyalarni saylash, tayinlash hamda ularni vazi-fasidan ozod qilish tartibi, sud ishlarini ko‘rishda aralashganlik uchun javobgarlik va hokazolarning asosiy kafolati hisoblanmish “Sudlar to‘g‘risida”gi 1993 yil 2 sentabrdagi, so‘ng 2000 yil 14 dekabrdagi yangi taxrirdagi qonunida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat – protsessual (2004 yil) va Fuqarolik protsessual (2001 yil) kodekslari qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi tamoyillari, taraflarning tengligi, sud ishlarini yuritishda tortishuv va odil sudlovning boshqa demo-kratik me’yorlari mustahkamlandi. Hozirgi vaqtda sud-huquq tizimini isloh qilishdan asosiy maqsad shuki, odamlar sudlarga faqat jazolovchi idora deb emas, balki, avvalo, insonning haq-huquqlarini himoya qiluvchi idora deb qarashga erishdi. Aynan shuning natijasida, mamlakatimizda huquqiy davlat prinsiplariga, demokratiya talablariga to‘la javob bera oladigan sud tizimi shakllanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining sud tizimida Qoraqalpo-g‘iston Respublikasining Oliy sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlar (shahar)sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi faoliyat ko‘rsatadilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘ja-lik sudi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi-ning taklifi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi tomoni-dan saylanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlar (shahar)aro sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlar (sha-har) sudlarining sudyalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qor-g‘i Kengesi raisining taklifi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi tayinlaydi. Barcha sudlarning saylanish va tayin- lanish muddati – besh yil. Sudlarning ish tartibi va ularni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi-ning Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘ri-sidagi qonuni», O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. Favqulodda sudlarning tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi jinoiy, fuqa-rolik va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida Oliy sud hoki-miyati organi bo‘lib hisoblanadi hamda tuman va shahar sudlarining ish faoliyatini sud tartibida nazorat qilish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Fuqarolik va Jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudlari tumanlar (shahar) sudlari ustidan sud nazoratini olib boradi. Ular o‘z vakolati doirasida birinchi instansiyada, apellyatsion, kassatsion va nazorat tartibda ish ko‘radi; sud amaliyotini umumlashtiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi – rais, rais o‘rinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘lib, sudning rayosati va sudlov xay’atlari tartibida ish olib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jinoyat va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi tumanlar (shahar) sudlariga tegishli har qanday ishlarning murakkabligi va ijtimoiy ahamiyatini hisobga olib o‘zlari birinchi instansiya tartibida ish ko‘rish huquqiga ega. Shuningdek, u ishni bir suddan boshqa sudga olib berishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlari Rayosati o‘z vakolatlari doirasida ishlarni nazorat tartibida ko‘radi; sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini ko‘rib chiqadi; sudlar faoliyati va qonunlarni qo‘llash amaliyoti haqida tuman (shahar) sudlari raislarining hisobotini tinglaydi; qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlarining sud hay’at-lari o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya, appe-lyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘radi, sud amaliyotini umumlash-tiradi, qonunda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlarining raislari sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik kiladi; sud ishlari bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan, qonunda belgilangan doirada va tartibda protest kiritadi; sud nazorat tartibda tekshirish uchun talab qilib oladi; sud Rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat amalga oshirish ishini tashkil etadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalarini javobgarligi haqida ish ko‘zg‘atadi; sudyalar, sudning boshqa xodimlari va xalq maslahatchilari malakasini oshirish ishini; sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi; fuqarolarni shaxsan qabul qiladi; ularni qabul qilish; ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqishni tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudlarining raislari O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumining tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalaridan iborat bo‘lib, qonun bilan o‘z vakolatlari doirasida berilgan fuqarolik ishlarini ko‘radi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi, rais , sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘lishi bilan bir qatorda uning tarkibida ma’muriy ishlari bo‘yicha sudyalar ham bo‘ladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi qonun bilan o‘z vakolatlari doirasida berilgan jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi-ning, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining raisi: sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar o‘rtasida ishlarni taqsim-laydi; sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuri-tish ishlariga rahbarlik qiladi, qonun buzilishni, huquqbuzarlik-lar sodir etilishiga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga taqdimnomalar kiritadi; sud xodimlari va xalq maslaxatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi; fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishini tashkil etadi, sud idorasi ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vako-latlarni amalga oshiradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi-ning, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining raisi yuqligi-da uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hay’atlarining qarori bilan sudyalardan biri zimmasiga yuklatilishi mumkin. Iqtisodiy sohada va uni boshqarish sohasida Qoraqalpog‘is-tonda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar shuningdek tadbirkorlar orasida vujudga keladigan xo‘jalik nizolari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jalik sudi tomonidan uning vakolatlari doirasida hal etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jalik sudi Qoraqalpo- g‘istonda xo‘jalik sohasida sud ishlarini yurgizuvchi sud hokimiya-tini amalga oshiradi. Xo‘jalik sudlarining vazifalari iqtisodiy sohada korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki da’volardan kelib tushadigan huquqlarini yoki qonunda ko‘rsa-tilgan manfaatlarini himoyalash, shuningdek, ushbu sohada qonunchi-likni mustahkamlash va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratil-gandir. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jalik sudi o‘z vakolati doirasida birinchi instansiya va apellyatsiya tartibida ish ko‘radi, sud amaliyotini umumlashtiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi – rais, raisning o‘rinbosarlari va sudyalardan ibo-rat. Zarur hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudida sud xay’atlari tuzilishi mumkin. Sud raisi qonunda ko‘rsatilgan quyidagi vakolatlarga ega: sud faoliyatiga raislik qiladi; rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi; sudyalar o‘rtasi-da ishlarni taqsimlaydi; sudya va sudning xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi; sud amaliyotini umumlashtiradi va sud statistikasini yuritish ishini tashkil qiladi; fuqarolar, korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillarini shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish ishini tashkil etadi. Xo‘jalik sudi quyidagi ishlarni ko‘radi: - Iqtisodiy sohada yuridik tomonlar (shaxslar), boshqa tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirayotgan va shaxsiy tartibda tadbir-korlik maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolik, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga tegishli ishlar. - Iqtisodiy sohada tashkilotlar va fuqarolar huquqlarining paydo bo‘lishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar. - Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar. Odil sudlovning demokratik tamoyillarining konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri sud hokimiyatining mustaqilligidir. Sudya-lar faqat qonunga bo‘ysunadi, shuning uchun ham odil sudlovni amal-ga oshirish borasida ularning faoliyatiga hech kimning aralashuviga haqqi yo‘q. Sudyalarning mustaqilligi ularni qonun bilan belgi-langan tartibda saylash, tayinlash va ozod qilish, shuningdek, ularning daxlsizligi qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat va boshqa organlar, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarning mustaqilligini hurmat etishi lozim. Sudyalarga hurmatsizlik qilish, shuningdek, unga ochiqdan-ochiq mensimaslik harakatlarini qilish qonunga tegishli ravishda javabgarlikka olib keladi. Sudyalarning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyi, xizmat xonasi, foydala-nadigan transporti va aloqa qurollari, uning xat-xabarnomalari, mulki va hujjatlariga taalluqlidir. Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga tegishli tizim bilan o‘qotar qurollari beriladi. Zarur hollarda ichki ishlar organlari tomonidan unga va uning oilasiga qurolli soqchilar ajratiladi. Sudyalarga qarshi jinoyat ishi faqatgina O‘zbekiston Respub-likasi Bosh prokurori tomonidan ko‘zg‘atilishi mumkin. Sudya tegishlicha O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi Plenumi, O‘zbe-kiston Respublikasining Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining ruxsati-siz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas. Sudya tegishli malaka hay’atining ruxsatisiz ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Sudyaning turar joyi yoki xizmat xonasi, uning foydalana-digan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish yoki tintuv, tele-fondagi so‘zlarini eshitish va shaxsini tintuv qilish, shuningdek unga tegishli mulklarni va hujjatlarni, uning xat xabarlarini ko‘zdan kechirish yoki olishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Proku-rorining sanksiyasi yoki sudning qarori bilan ruxsat etiladi. Tumanlararo va tuman (shahar) sudlarining sudyalariga qarshi jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudida, Qoraqal- pog‘iston Respublikasi Oliy sudining sudyasiga qarshi jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘riladi. Xalq maslahat-chilari sudda o‘z vazifasini bajarish davrida sudyalar daxlsiz-ligining barcha kafolatlaridan foydalanadi. Sudyalar hokimiyat vakillik organlarining deputatlari bo‘la olmaydi. Ular siyosiy partiyalarning va harakatlarning a’zosi bo‘li-shi taqiqlanadi, boshqa bir haq to‘lanadigan lavozimda ishlashlari mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining, sudyalarining vakolati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi-ning taklifi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenge-sida qonunda ko‘rsatilgan hollarda muddatdan oldin tugatilishi mumkin. Aniq aytganda, agar sudyaning qasamyodini buzganda, o‘zi yozma ariza bersa; malaka hay’ati tomonidan ishlangan xayfsan yoki vakolatining to‘xtatilishiga qaramasdan o‘z lavozimiga mos kelmay-digan ish bilan shug‘ullanishni davom ettirsa; sud qarori bilan harakat etishga layoqatsiz deb topilsa; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotsa; unga qarshi sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirsa; sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga muvofiq o‘lgan deb e’lon qilinsa; sog‘ligi yoki boshqa asosli sabablar bilan uzoq vaqt davomida sudyalik vazifasini davom ettira olmay qolgan bo‘lsa. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Sud majlislarini ochiq turda yuritish unga barcha fuqarolarni qatnashishi mumkinligini beradi. Bunday hollarda jamoatchilik tomonidan sud jarayoni nazorat qilinadi va ma’lum darajada sud majlisini qonuniy tartibda olib borilishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 19- moddasida barcha sudlarda davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlari-ga zid keladigan, shuningdek, jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan hollarni istisno qilganda jinoyat ishlari ochiq turda ko‘riladi deyilgan. Bundan boshqa 18 yoshga to‘lmagan odamlarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek, fuqarolarning shax-siy hayotiga oid ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qim-matini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkora qilmaslik maqsadida jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etgan hollarda, boshqa ishlarni ham sud tomonidan ajrim chiqarib yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq davlat sirlarini himoyalash manfaatlariga qarshi keladi-gan kommersiyalik sir ko‘rsatilgan ishlardan boshqa barcha ishlar ochiq turda ko‘riladi. Ishda qatnashuvchilar shaxsiy xayotiga tegishli ma’lumotlarni e’lon qilmaslik maqsadida, shuningdek farzandlik-ka olish sirini va xat olish sirini ta’minlash uchun ham yopiq turda sud majlisi o‘tkazilishi mumkin. Barcha sud qarorlari ochiq turda e’lon qilinadi. Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir. Odil sudlovni amalga oshirish qonun bilan faqatgina sud organlari vakolatiga berilgan. Sud o‘z qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi. Shuning uchun uning sud jarayoniga tegishli aktlari barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart. Jinoyat protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks-lariga tegishli moddalarida sud qarorlarining bajarilish tartibi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasida sud qarorlarini bajarmaganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘rsa-tilgan. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘-risidagi kodeksiga sharhlarning 181-moddasiga muvofiq mansabdor shaxslarga sudning xususiy ajrimi bo‘yicha choralar ko‘rmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik ko‘rsatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sud ishlarini yuritish qora- qalpoq, o‘zbek tillarida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zla- shadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlashish huquqi ta’minlanadi. Qoraqalpog‘istonda davlat tili qaroqalpoq va o‘zbek tili hisoblanadi. Shuning uchun sud ishi shu tillarda olib boriladi. Ayrim chegaradosh joylardagi xalqning ko‘pchiligi boshqa tillarda so‘zlashsa o‘sha tilda sud ishi yuritilishi mumkin. Sud jarayonining tiliga ishga qatnashuvchilar tushinishi shart. Shuning uchun, agar katnashuvchilar sudlov tilini tushunmasa ularga tarjimon beriladi. Demak, ishga qatnashishga kelgan shaxs ona tilda so‘zlashishga haqli. Sababi u o‘z fikrini ona tilida erkin va aniq bildiradi, shuning-dek yangilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu inson huquqlarini himoyasiga tegishli xalqaro normalarida ko‘rsatilgan. Respublikamizda bu odil sudlov konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib kiritilgan. Hattoki ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessga qatnashgan boshqa odam-larga berilishi kerak bo‘lgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tilida yoki ular bilgan boshqa tilga o‘girilishi shart. Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi. Jinoyat protsessual kodeksining 49-moddasiga muvofiq, himoya- chi ishda ayblanuvchiga ayb e’lon qilingan vaqtdan yoki u gumon qilingan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingan paytdan yohud u ushlangan paytdan boshlab ishtirok etishiga ruxsat etiladi. Advokatura haqidagi qonunga muvofiq advokatura fuqarolarga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi. Advokat-lar byurolari, hay’atlari va firmalari, shuningdek, birlashmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan tartib-ga solinadi. Advokatlar tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi: huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar va tushuntirishlar beradi; qonun bo‘yicha og‘zaki va yozma tartibda ma’lumot beradi; huquqiy xususiyatdagi ariza, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi; fuqa-rolik ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yi-cha sudda boshqa organlarda jismoniy va yuridik tomonlar (shaxslar) oldida vakillikni amalga oshiradi. Jinoiy ishlar bo‘yicha dastlab-ki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi; tadbirkor-lik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatadi. Advokat qonunda ko‘rsa-tilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Advokatlarning huquqlari, erkinliklari va daxlsizligi qonun bilan himoya qilinadi. Har qanday sud jarayonida, jinoiy ish ko‘rilayotgan bo‘lsa ham, fuqarolik ishi ko‘rilayotgan bo‘lsa ham, bir tomonda ayblovchi, ikkinchi tomonda teng huquq bilan himoyachi ishtiroki mexanizmi yaratildi. Faqat qonunga bo‘ysinuvchi sud, sudyalar esa qonuniy huquqlarga, o‘z vijdoniga amal qilib, ayblovchi va himoya qiluvchi tomonlarning fikrlarini xolisona hisobga olish asosida mustaqil ravishda adolatli, qonuniy hukm chiqaradi. Bundan xulosa qilib aytish kerakki, sud tizimini isloh qi-lish, avvalo, hukm chiqaruvchi sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilishi kerak. Faqat shunday qilganda hozir sudni jazolovchi organ deb bila- digan odam sudga o‘z huquqlari va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qilishi lozim bo‘lgan organ sifatida murojaat qiladigan bo‘ladi. Ana shundagina sud hokimiyatining haqiqiy mustaqil uchinchi tarmog‘iga aylanadi. Shu maqsadda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida hokimiyatning uchinchi tarmog‘i-sud-huquq tizimini is-loh qilish va yanada liberallashtirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumki, sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil shahobchalaridan biri bo‘lib, unga Konstitutsiya jamiyat hayotida odil sudlovni amalga oshirish vazifasini yuklagan. Shunday ekan, mamlakatimizdagi sud-huquq sohasidagi islohotlar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari bilan teng, musta-qil kuchli sud hokimiyatini vujudga keltirishning muhim omili hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki mamlakatimizda sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning samarali va demokratik huqu-qiy mexanizmi yaratilganligi, sud qarorlarini ijro etishni ta’minlovchi departament faoliyat ko‘rsatayotganligi, sudlarning o‘zi esa ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod etilganligi albatta huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida sud-huquq sohasida qo‘yilgan muhim qadamlardandir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov asarlari: Karimov I.A “O‘zbekistoning o‘z istiqlol va taraqqiyot yuli” T.: O‘zbekiston, 1992 yil. Karimov I.A “Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolatlari”. T.: O‘zbekiston, 1993 yil. Karimov I.A “ O‘zbekiston – bozor munosobatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” T.: O‘zbekiston, 1994 yil. Karimov I.A “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chukurlashtirish yo‘lida” T.: O‘zbekiston, 1995 yil. Karimov I.A “O‘zbekistonning ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy prinsiplari”. T.: O‘zbekiston, 1995y. Karimov I.A “O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” «O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyesat, mafkura» 1- jild, T.: O‘zbekiston, 1996 yil. Karimov I.A. “Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik’’. “ Bizdan ozod va obod Vatan kolsin” 2 – jild, T.: O‘zbekiston, 1996y Karimov I.A. “Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari” T.: O‘zbekiston, 1996 y. Karimov I.A “ Bunyodkorlik farovon hayot asosi” “Bunyodkorlik yo‘lidan” 4 – jild, T.: O‘zbekiston, 1996 yil. Karimov I.A. “O‘zbekiston XXІ asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” T.: O‘zbekiston, 1997 yil. Karimov I.A. “ O‘zbekiston buyuk kelajak sari ” T.: O‘zbekiston, 1998 yil. Karimov I.A. “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz” Asarlar to‘plami. 7 – jild, T.: O‘zbekiston, 1999 yil. Karimov I.A. "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz". Asarlar to‘plami. 8 – jild, T.: O‘zbekiston, 2000 yil. Karimov I.A. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish” T.: O‘zbekiston, 2005 yil