logo

O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

105 KB
O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish Reja: 1. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilashning yangi sifat bosqichi. 2. Demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning etti ustuvor maqsad - vazifalari hamda inson omili va mezonlari. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilashning yangi sifat bosqichi Demokratik huquqiy davlatchilik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek siyosiy maqsadlarga erishish, shuningdek, sobiq totalitar tuzumdan insonparvar demokratik tuzumga o'tish, yangi jamiyat barpo etish aynan tub islohotlar orqali amalga oshiriladi. Zotan, O'zbekiston o'z istiqlolini qo'lga kiritgan dastlabki kunlaridanoq avvalo, iqtisodiy - ijtimoiy islohotlarimizning asosi bo'lgan, dunyoda o'zbek modeli deb nom olgan bozor munosabatlariga o'tishning besh tamoyili ishlab chiqildi. Bugun shuni ishonch bilan ayta olamizki, nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki jamiyatimizni siyosiy va ma'naviy jihatdan yangilash borasida ham biz tanlagan taraqqiyot modeli va asosiy rivojlanish tamoyillari hayotda o'zini oqlamoqda. Shu bilan birga, bu ustuvor yo'nalishlarning ayrimlari - xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar mamlakatimizni rivojlantirishning keyingi davrlarida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda, shuni aytishimiz zarurki, O'zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy-ijtimoiy va ma'naviy-huquqiy o'zgarish va yangilanishlar jarayonining ko'lami kengayib, samaradorligi oshib borgani sari jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish zarurati tug'ildi. Shu bois ham birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV sessiyasida va Oliy Majlisning 2000 yilgi I sessiyasida jamiyatni siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy sohalarini erkinlashtirish va demokratlashtirishga qaratilgan strategik dastur qabul qilindi. Shundan buyon o'tgan vaqt mobaynida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy mulkni, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes manfaatlarini himoyalash borasida zarur kafolatlarni yaratib berishga alohida e'tibor qaratildi va bu yo'nalishdagi ishlar hozirda ham izchil davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning bu sohalarida munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator yangi qonunlar qabul qilindi va ko'pgina qonun hujjatlariga tegishli o'zgartishlar kiritildi, qonunlarni amaliyotda qo'llash jazo tizimni tubdan ko'rib chiqish sohasida jiddiy o'zgarishlar, sud-huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz tarixan qisqa vaqt mobaynida dunyo hamjamiyatida qat'iy va mustaqil tashqi siyosat natijasida munosib o'rin egalladi. Aytish kerakki, bu Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bo'yicha davlatimiz olg'a surgan barcha ma'lum tashabbuslar, qilingan katta amaliy ishlarning samarasigina bo'libgina qolmasdan, ayni paytda mamlakatimizda demokratik tamoyillar va bozor islohotlarini amalga oshirish jarayonida namoyon bo'layotgan jiddiy ijobiy o'zgarishlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilishidir. Shu ma'noda 2002 yilning yanvarida mamlakatimizda umumxalq referendumining o'tkazilishi va uning yakunlari davlatchiligimiz rivojida, jamiyatni demokratik yangilash jarayonida muhim bosqich bo'ldi. Bularning barchasi insonparvar demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish va jamiyatni demokratlashtirishdek o'z oldimizga qo'ygan olijanob maqsad va marralarga etish yo'lida yurtimizda amalga oshirilayotgan kata o'zgarishlarning aniq va yorqin ko'rinishidir. Shuni qat'iy ishonch bilan aytish mumkinki, jamiyat taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo'lidagi yangi vazifalar demakdir. Shunday qilib, O'zbekiston o'z istiqlol davlatchiligi rivojining to'rtinchi taqdirilomon sifat bosqichiga qadam qo'yarkan, Preziden Islom Karimov ta'kidlaganidek, “Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yo'lidagi harakatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish va so'zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat'iyat bilan davom ettirish, ularni xalqimiz orzu qilgan marralarga etkazishdir” 1 . Demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning etti ustuvor maqsadi hamda vazifalari Fuqarolik jamiyatini demokratlashtirishni yanada chuqurlashtirishning yangi sifat bosqichining nazariy metodologik asos-manbasi bo'lib Yo'lboshchimiz Islom Karimov yaxlit siyosiy-huquqiy ta'limotining mushtarak kvintessentsiyasi bo'lmish O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “o'zbek modeli”ning mashhur besh tamoyili hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish bilan bog'liq mumtoz strategiyasi uzviyligiga botinan vobasta etti ustuvor maqsad - vazifalar kontseptsiyasi xizmat qiladi. 2 Islom Karimovning 2002 yil 29-30 avgust kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qilgan “O'zbekistonda demokratik yo'nalishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari” 3 ma'ruzasida aniq belgilab berilgan ushbu etti ustuvor maqsad va vazifalar o'z teran falsafasi hamda mundarijasi bilan milliy taraqqiyotimizning mashhur besh tamoyili hamda XXI asr boshlaridagi olti ustuvor yo'nalishdan iborat strategiyaning bevosita uzviy mantiqiy davomi, yalpi islohiy yangilanishlarning dasturilamali bo'ldi. Ayni paytda, milliy demokratik kamolotimizning yangi muammolari va ularni bartaraf etish yo'lidagi vazifalar ijrosi bilan bog'liq mexanizmlar kvintesentsiyasi, dasturi bo'ldi. Xo'sh bu etti ustuvor maqsad-vazifalar maqom-mohiyati nimalardan iborat? Ularni amalga oshirish yo'llari - mexanizmlari qanday? “Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad - tengsiz oliy ne'mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo'lib qolaveradi”, deya Islom Karimov dastlabki vazifani belgiladi. Mustaqillik osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Ne-ne ulug' farzandlarimiz uning uchun aziz jonini tikmadi. Mustaqillikka erishish bir saodat, lekin uni asrab- avaylash, qadriga etib, yanada mustahkamlash o'zgacha saodat. Mustaqillik-huquq, degan qarash taomilga aylandi. Yo'lboshimiz so'zlari bilan aytganda, “Mustaqillik biz uchun, avvalo, o'z taqdirimizcha o'zimiz egalik qilish huquqi, kelajagimizni o'z qo'limiz bilan barpo etish, yurtimiz boyliklaridan faqat xalqimiz va Vatanimiz manfaatlari yo'lida foydalanish demakdir”. Mustaqillik, ayni paytda bizdan zimmamizga olgan xalqaro majburiyatlarga rioya etish va ularni bajarish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi talablariga, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan me'yorlariga qat'iy amal qilib yashash mas'uliyati hamdir. Uzoq-yaqin qo'shnilar bilan samimiy do'stlik, manfaatli hamkorlik asosida yashash, tsivilizatsiya dunyosida o'zimizning betakror o'rnimizni mustahkamlash, qonuniy imidjimizni yanada orttirish uchun tinimsiz intilish va kurash aynan mustaqillik maqomi ekanligini unutmaslik lozim. Darvoqe, aynan ana shu strategiya mustaqil davlatimizni siyosiy jihatdan rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, jamiyatni ma'naviy yangilash borasida olib borayotgan barcha islohotlarimizning mezonidir. Xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash - ikkinchi ustuvor yo'nalish, deb belgilandi. O'zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridanoq, xavfsizlik va barqarorlikni to'la ta'minlash orqali demokratik taraqqiyotda izchil davom etishdek, bosh maqsadni davlat siyosatining taqdirilomon strategik yo'nalishga aylantirdi. Prezidentimiz Islom Karimov “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida milliy xavfsizlik va mamlakat barqaror rivojlanishining, sifat jihatidan ichki va tashqi muvoziyligini saqlash hamda qo'llab-quvvatlashning mintaqaviy mojarolarning oldini olish, dunyoda siyosiy muvozanatni saqlash, global xavfsizlikni ta'minlash muammolari echimining aniq yo'llarini belgilab berdi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning kuchayishlari oldini olish, ularni keltirib chiqargan manbalarni o'z vaqtida aniqlab, ularni zudlik bilan bartaraf etishda O'zbekiston, birinchidan, xavfsizlikning yaxlitligini, uni ta'minlashda butun dunyoning yakdilu yaktan bo'lishi zarurligini, zotan, xavfsizlik chegara bilmas uzluksiz holat, hadsiz – hududsizligi haqiqatini qo'llab-quvvatladi. Ikkinchidan, umumxavfsizlikka tahdid asosan, etnik, diniy va mintaqaviy mojarolar mamlakat ichidagi separatizm, xalqaro terrorchilik vositasida ro'y berayotgan haqiqatdan kelib chiqqan holda Islom Karimov 1993 yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida, keyinchalik esa qator xalqaro anjumanlardagi nutqlarida butun dunyo davlatlari va jamoatchiligini xalqaro terrorchilikning dahshatli fojeiy oqibatlari haqida ogohlantirib keldi. Lekin bu odil murojaat va chaqiruvga deyarli hech kim e'tibor bermadi. 2001 yil sentyabrida AQShda sodir etilgan terrorchilik bilan bog'liq fojialar jahonning turli mintaqalari diqqatini o'ziga tortdi. Bu fojia bugungi kunda hamma uchun bitta haqiqat, ya'ni butun insoniyatga xavf solib turuvchi yovuzlikni bartaraf etishdan biror mamlakat ham chetda turishi mumkin emasligini ko'rsatdi. Ayni shu bois Islom Karimovning hushyorlikka, ogohlikka da'vati barcha uchun tom ma'noda taqdirilomon da'vat bo'ldi. O'zbekistonning terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro koalitsiyaga qo'shilgani sababi ana shunda. Islom Karimovning xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashdagi tinimsiz xizmatlarini jahon, nihoyat, tan oldi. U “Xalqaro miqyosdagi buyuk davlat arbobi” , degan mukofot bilan taqdirlandi. Aynan shu xizmatlari o'laroq, 2002 yilda Islom Karimov Amerikadagi Pyu Riserch Senter mustaqil tadqiqot markazi o'tkazgan so'rov asosida jahon davlatlari rahbarlari orasida eng yuqori reytingga ega bo'ldi. Mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolar tinchligi hamda osoyishtaligini ta'minlashda (“Ogoh bo'ling, odamlar!”) mintaqaviy mojarolarning oldini olish, diniy ekstremizm va fundamentalizmga, buyuk davlatchilik shovinizmi hamda agressiv millatparastlikka, etnik va millatlararo ziddiyatlarga, korruptsiya hamda jinoyatchilikka, mahalliyparastlik va urug'-aymoqchilik munosabatlariga, xalqaro terrorchilik va narkobiznesga qarshi kurash hal qiluvchi omillardan bo'ldi. Ayni paytda, barqarorlikning shartlari-yu taraqqiyot kafolatlari bo'lgan mintaqaviy ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi, davlatchilikni shakllantirish hamda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, demokratik institutlarni, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, bozor munosabatlarining qaror topishi, mulkdorlar sinfining shakllanishi, kuchli ijtimoiy siyosat, aholining ijtimoiy faolligini orttirish, jug'rofiy - strategik imkoniyatlar va tabiiy xom ashyo resurslari, inson salohiyati, ijtimoiy hamda ishlab chiqarish infratuzilmasi, keng ko'lamli o'zgarishlar, taqdirilomon masalalar sifatida qaralmoqda. Eng muhimi, Milliy Mudofaa doktorinamizga muvofiq, Mudofaa vazirligi Chegara qo'shinlari bo'linmalarini, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus qismlarini va boshqa idoralarning harbiy tuzilmalarini o'z ichiga olgan qurolli kuchlarimizni modernizatsiya qilish borasida islohotlar boshlab yuborildi. Bu mamlakatimiz mudofaa qudratini, chegara hududlarining mustahkamlashga, jamiyatda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o'zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini tezroq joriy etish - uchinchi ustuvor yo'nalish , deb topildi. Barqaror iqtisodiyot, eng avvalo, jamiyatdagi yalpi demokratik o'zgarishlarning asosiy bog'lovchi bo'g'ini sifatida iqtisodiyotni erkinlashtirish mahsulidir. Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish, birinchi navbatda, davlatning boshqaruv rolini chegaralash, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan. Shu ishlar amalga oshirilmas ekan, iqtisodiyot hech qachon erkin bo'lib, o'zining qudratli infratuzilmasini yarata olmaydi. Ma'lumki, erkin iqtisodiyot, eng avvalo, makroiqtisodiy barqarorlikka, barqaror iqtisodiy o'sishni, yalpi ichki mahsulotning real o'sishini ta'minlash uchun yaratib berilgan sharoitga bog'liq. Yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarishi aniq ta'minlangan sharoitda makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning keyingi yillardagi iqtisodiy rivojlanishiga bosh omil bo'ldi. O'zbekistonda har yili ichki mahsulot ishlab chiqarish 4-5%ga oshib bormoqda. Tovar ayira boshlash, garchi keyingi yillarda o'zbek eksport mahsulotlariga jahon bozorida narx qariyb ikki barobarga pasaygan bo'lsa-da, 12,5 martaga o'sdi. Samarali pul-kredit siyosati, davlat byudjeti kamomadining qisqargani, soliq islohoti, davlat byudjetidagi kirim foydasining mustahkamlangani davlat byudjetidagi kamomad ustidan nazoratni kuchaytirdi. Erkin iqtisodiyot tarkibiy o'zgarishlarni, asosiy sohalar islohotlarini chuqurlashtirish, ko'pukladli iqtisodiyotni yuzaga keltirishi va raqobat muhitini rag'batlantirishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalo, mulkni davlat tasarufidan chiqarib, zarur sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi-yangi davlat, jamoa, aktsionerlik, xususiy mulk shakllariga asoslangan korxonalar hisobida xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish lozim. Xususiylashtirishning boshlangan hozirgi uchinchi bosqichi mamlakat iqtisodiy salohiyatini ta'minlovchi yirik korxonalarni ommaviy yalpi xususiylashtirishdan, individual xususiylashtirishga o'tganligi, shuningdek, davlat ob'ektlarini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb etish tashabbusi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, barqaror va o'zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini ro'yobga chiqarish yo'llari: xususiy sektorining mavqeini yanada oshirish, kichik va o'rta biznes, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyuta bozorini erkinlashtirish; milliy valyuta - so'mning xarid quvvatini oshirish; iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish; xorijiy investitsiyalarni jalb etish; oltin-valyuta zahiralarinig barqaror o'sishini ta'minlash; dunyo iqitsodiy tizimiga integratsiyalashuv va jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish. Dastlabki samaralar shundan dalolat beradiki, O'zbekiston barqaror iqtisodiyotga erishishdek, bosh maqsad sari amaliy ishlar ko'lamini oshirib, aniq va yuksak natijalarga erishmoqda. To'rtinchi ustuvor yo'nalish - bu inson huquqlari va erkinliklarini, so'z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o'tkaziladigan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni so'zda yoki qog'ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish. “Axborot sohasini jadal rivojlantirish, deydi I.A.Karimov, - ommaviy axborot vositalari - matbuot, radio, televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur. Qisqa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari tom ma'noda “to'rtinchi hokimiyat” darajasiga ko'tarilmog'i lozim. Shuni ta'kidlash kerakki, bu yo'nalishda ko'p ish qilinmoqda”. Eng muhimi - ommaviy axborot vositalari jamiyatni demokratlashtirish va kishilarimizni huquqiy-demokratik qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o'zbek xalqi milliy mentalitetini yangi sifatiy miqyoslarga ko'tarmog'i shart. Shu ma'noda Yurtboshimiz inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, so'z va matbuot mustaqilligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o'tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni hayotga keng joriy qilish – jamiyatimizni yanada rivojlantirish hamda sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo'nalish ekanini ta'kidladi. Shuningdek, yuqorida ta'kidlagan ustuvor maqsad bilan bog'liq vazifalardan hisoblangan ochiq jamiyatga xos oshkoralikni ta'minlash, jamoatchilik fikrini o'rganish usul-uslublarini takomillashtirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sabab - shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining holatini, jamoatchilik fikrini uzluksiz o'rganib, natijalarini umumlashtirgan holda, ijtimoiy hayotning u yoxud bu sohalari bilan bog'liq muammolarni OAVda aks ettirishi lozim. Islom Karimov nutqida to'rtinchi maqsad-vazifa bilan bog'liq yana bir masala -jamiyatda teran siyosiy madaniyatni yuksaltirish, aholi siyosiy faolligini yanada oshirish, uning siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida, shuningdek, saylovlarda ongli faol ishtirok etishni to'la ta'minlash, haqiqiy ko'ppartiyaviylik, demokratik parlamentarizm, ijobiy siyosiy raqobat muhitini qaror toptirish va jamiyatimiz siyosiy maydonida tan olingan sog'lom muxolifat paydo bo'lishiga hissa qo'shish kabi fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, demokratik yangilanish jarayonlarini maqsadli tezlashtirishning muhim omili, deb aytildi. Xuddi mana shu Oliy Majlisni ikki palatali qilib tashkil etish, quyi palataga, asosan partiyalar tomonidan taqdim etiladigan ro'yxatlar bo'yicha saylov o'tkazish jamiyatimizni siyosiy jihatdan faollashtirishga kuchli turtki beradi. Saylovlar to'g'risidagi qonunning qoidalarini qaytadan ko'rib chiqish ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. Beshinchi ustuvor maqsad – vazifa “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” siyosiy qurilish dasturini hayotga joriy etishga safarbar nodavlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini keskin oshirishdir. Bundan asosiy maqsad - ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar bilan bog'liq ko'p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqich-bosqich jamoat tashkilotlariga o'tkaza borish. Ma'lumki, nodavlat va notijorat jamoat tashkilotlariga davlatga qarashli bo'lmagan, ammo ma'lum qonunlar yoki me'yoriy hujjatlarda belgilab qo'yilgan tartib-qoidalarga bo'ysungan holda faoliyat ko'rsatadigan tashkilotlar kiradi. Hozirgi paytda mamlakatiimzda, jumladan, 3 minglan ziyod nodavlat, notijorat tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. ular o'z maqsadlari va maqomlariga qarab, mahalla qo'mitalari, xotin-qizlar qo'mitalari, turli jamg'armalar, hukumatga qarashli bo'lmagan huquqni himoya qilish, inson huquqyularini himoya qilish, ziyoli ijodkorlar (yozuvchilar, rassomlar, bastakorlar, arxitektorlar, faylasuflar jamiyati va hakozo) milliy madaniy markazlar, xalqaro jamg'armalar va boshqa bir qator tashkilotlardir. Bu tashkilotlar davlat tomonidan mablag' olmasdan fuqarolar, yoshlar, ziyoli ijodkorlarning faolligiga tayangan holda, ixtiyoriy ravishda uyushmalari asosida vujudga keladi. Ammo ularning ayrimlari dastlabki paytlarda davlat tomonidan mablag' bilan ta'minlanishi ham mumkin. Chunki ular, bir tomondan, hokimiyat uchun kurashni maqsad qilmaydilar, balki davlat faoliyatini barqarorlashtirishda fuqarolarning manfaatlarini, xususan, ularning moddiy sharoitlarini yaxshilash, dam olish, sog'liqlarini tiklash huquqlarini ta'minlanishi va boshqa bir qator ijtimoiy muammolarni yaxshilashda hokimiyat bilan hamkorlik qiladilar va ana shu masalalarni hal etilishida hokimiyatga o'z ta'sirini o'tkazib boradilar. Jamiyat hayotida nodavlat, jamoat tashkilotlari va o'zini o'zi boshqarish organlarining qonuniy o'rni, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo'jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim. Shu o'rinda savol tug'ilishi mumkin: bunday vaziyatda davlat tizimning roli nimadan iborat bo'ladi? Bu masalada davlatning roli, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo'nalishlarni aniqlashga, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarning barcha tomonidan so'zsiz bajarilishini ta'minlashga, tashabbus va tadbirkorlikni rag'batlantirishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va hammaga barobar bo'lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratmog'i lozim. Birinchi yo'nalish jamiyatda “Adolat - qonun ustuvorligida”, degan hayotiy tamoyilga qat'iy amal qilib yashash uchun sharoit yuzaga keltirish maqsadini ham qamrab oladi. O'z navbatida, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tish jarayoni ham qonun asosida, qonun ustuvorligida huquqiy negizda kechmog'i darkor. Bugungi kunda amalda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, vijdon erkinligi, saylovlar to'g'risidagi qonunlar, fuqarolik va Soliq kodekslari kabi qonun hujjatlari yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muayyan huquqiy asoslari yaratilganidan dalolat berib turibdi. Qonunlar ijrosini ta'minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bo'lgan me'yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, “Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funktsiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug'ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko'paytirsak, amaldorlarning zo'rovonligi va korruptsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo'l yo'q”. Har bir fuqaroda da'vogarlik hissini tarbiyalash biz qurayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining tamal toshlaridan biridir. Yo'lboshchimiz uqtirganidek, “Jamiyatda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish ta'minlanganda u chinakam - huquqiy, fuqarolik jamiyati bo'ladi. Har bir kishi o'z huquqlarini aniq va ravshan bilishi, ulardan foydalana olishi lozim. Huquqiy davlatning asosiy belgisi - barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta'minlanishidir”. Kimki Konstitutsiya, amaldagi qonunlar, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlarni yaxshi bilsa, unda da'vogarlik hissi o'tkirlashadi. Afsuski, ko'pchilik fuqarolarimiz o'z haq-huquqlarini, ularni qay tartibda, qaysi idora orqali amalga oshirishni to'liq bilinmaydi. Bilganlari ham rad javobini olishganda, sud chdarajasigacha nizolashish tartibidan, ya'ni o'z haq-huquqlarini talab qilib, qaysi idoraga, qay tartibda shikoyat qilishdan bexabar. Shuningdek, fuqarolarimiz mehnat huquqlarini ham yaxshi biladi, deb olmaymiz. Shu bois ishsiz yurganlar, ish topaolmayotganlar ham ancha. Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir fuqaroning mehnat qilish, ishsizlikdan himoyalanish huquqi belgilab qo'yilgan. Ish topolmagan kishi o'zi yashab turgan hududdagi mehnat va bandlik idorasiga ish bilan ta'minlashni so'rab murojaat etishi lozim. Bu idoralar uni ish bilan ta'minlaydi, ungacha ishsizlik maqomi berib, nafaqa belgilaydi, kasbga o'qitadi. Lekin bu idoralarga ish izlab yurgan hamma fuqarolar ham murojaat etishmayapti. Murojaat etmaganlarning aksariyati ishsizlikdan himoyalanish, ish bilan ta'minlanish huquqlarini bilishmaydi. Yana fuqarolarimizning mehnat qilish, ishsizlikdan himoyalanish huquqlaridan foydalana olmasliklariga, ya'ni da'vogarlik hissini sustligiga istagancha misollar keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilishda xalqning ko'magiga, fuqarolarimizning faolligiga tayanish lozim. Beshinchi yo'nalish bilan aloqador yana bir vazifa - markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga o'tkaza borishni ta'minlashdir. Prezident Islom Karimov “Ko'p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o'tkaza borishni taqozo etadi”, deb ta'kidlaganlari bejiz emas. Bundan tashqari mahalla ijtimoiy nazorat shakli sifatida mamlakatda qabul qilinayotgan qonun va uning normalarini amalga oshiruvchi sifatida ham namoyon bo'lmoqda va bu bilan amalda “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini ro'yobga chiqarmoqda. Oltinchi ustuvor yo'nalish - fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda sud-huquq sohasi islohotlarini yanada izchil davom ettirishdan iborat. Islom Karimov ta'kidlaganidek, “Bu sohadagi eng muhim vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini so'zda emas, amalda ta'minlash bo'lmog'I zarur. Sudlar tom ma'noda mustaqil bo'lgan holdagina qonunlarning qat'iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so'zsiz ta'minlanadi. Qaerda sud mustaqil bo'lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar”. Haqiqatan ham Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritish alohida ta'kidlanganiga qaramay, sudyalarimiz bu muhim mavqelardan to'la foydalanmayotgani va etarli darajada samarali faoliyat yurita olmayotgani sir emas. Sudyalarning mustaqilligini ta'minlashga va ularga huquqiy sharoitlar yaratish yo'lida O'zbekistonda keyingi yillarda izchillik bilan amalga oshirilayotgani, shubhasiz, ijobiy samaralar bermoqda. Jumladan, jinoiy jazolarni erkinlashtirish, sud organlari faoliyatining tashkiliy shakllarini demokratik takomillashtirish, ya'ni ikkiga - fuqarolik va jinoiy ishlarni ko'ruvchi tizimga o'tganligi bu jarayonning istisnosiz barcha bosqichlarida taraflarning haqiqiy tengligi va o'zaro tortisha olishi uchun yaratilgan sharoit, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazolarni sezilarli darajada engillashtirish imkonining yuzaga kelgani, da'vo arizalari hamda shikoyatlarni qabul qilish, ularni ko'rib chiqish jarayonlarini soddalashtirilgani fikrimiz isbotidir. Shu nuqtai nazardan sud tizimini mustahkamlash, ularning faqat qonunlarga bo'ysunishini kuchaytirish borasida mutlaqo yangi demokratik qadam qo'yildi. Demak, mustaqil sud hokimiyati jazolovchi organdan, avvalo, fuqaroning haq-huquqlarini himoya qiluvchi idoraga saylanib bormoqda. Islom Karimov sud hokimiyati islohotlarida ommaviy axborot vositalariningroliga alohida e'tibor berilishi maqsadga muvofiqligini ta'kidladi. O'zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilishdek, keng miqyosli o'zgarishlar, avvalo, har bir fuqaroning manfaatini himoya qiladigan qonun va huquqiy normalar ommaviy axborot vositalari tanishtirilib berilishi jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, amaliyotda hamon mavjud huquqiy nigilizm hamda huquqiy infantalizm bilan bog'liq illatlarga qarshi keskin kurash olib boorish imkonini bermoqda. Ettinchi ustuvor maqsad vazifa - islohotlarning bosh yo'nalishi va samaradorligining pirovard natijasi bo'lmish inson omili va mezoni. Darvoqe, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan O'zbekiston xalqining 8ta konstitutsiyaviy maqsadi hammasi bevosita inson omili bilan bog'liqdir. Jumladan, “inson huquqlariga sodiqlik”, “hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyat”, “o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasi”, “demokratik va ijtimoiy adolatga sadoqat”, “xalqaro huquqni umum e'tirof etilgan qoidalari ustunligini”, “fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ...”, “tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash”, “insonparvar demokratik huquqiy davlat etish”. Ayni paytda, Asosiy Qonunda demokratik jamiyat va davlat faoliyatida hamma narsa inson manfaati va insonliklari, uning burch-majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga ko'ra, inson huquqlari va erkinliklari hurmat qilinadi, odamlar o'rtasida munosabatlarni madaniylashtirish va shu bilan demokratik huquqiy davlatning asosiy vazifasidir. Odamlarda demokratiya va siyosiy plyuralizm g'oyalariga sadoqatni tarbiyalab, erkin saylovlaru qonun ustuvorligi asosida demokratik jamiyat barpo etishga ongli safarbarlik madaniyati shakllandi. Bu, shubhasiz, jamiyatda tinchlikni, xavfsizlikni, adolat va hamkorlikning barqarorligini ta'minlaydi, shaxsning o'ziga va davlatga ishonchini mustahkamlaydi. Adolatli fuqarolik jamiyati ana shunday ishonchga asosidagina shakllandi, huquqiy davlat esa demokratik tartibga erishadi, demokratik taraqqiyot yo'lidan izchil borishda muntazamlikni ta'minlab, qonuniylikni ayniqsa, inson shaxsi oliy qadriyat ekanligini amalda isbot qiladi. Inson huquqlari himoyasiga safarbar tashkilotlarning (Inson huquqlari Markazi, Ombudsman instituti) respublikada samarali faoliyatlari aynan ana shu xalqaro hujjatlarga asoslanayotgani, shubhasiz, insoniylik mezonlari talablari qat'i amalda ekanligini ko'rsatadi. Inson shaxsiga qadr-qimmatni, odamlarning teng va ajralmas huquqlarini himoya qilish borasida mamlakatda olib borayotgan ustuvor siyosat oqibati o'laroq, jamiyatda adolat tantana qilmoqda. Zotan, inson omili va mezoni barcha islohotlarning pirovard natijasi bo'lib, u hamma narsa inson uchun, uning baxt- saodati uchun, degan tsivilizatsiyaga asoslanadi. Bu maqsad O'zbekistondek ko'p millatli va ko'p konfessiyali davlatda demografik va bo'lak xususiyatlarni inobatga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, degani. Bozor munosabatlariga o'tish jarayoni va bosqichlarida har bir fuqaro - inson ijtimoiy kuchli himoya qilinishi milliy taraqqiyot strategiyasi - mashhur besh tamoyilning bittasi qilib qo'yilgani sababi ana shu inson omili - mezonida. Mustaqil davlatimizning bu odil insonparvar demokratik siyosati o'laroq, ijimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa to'lash tizimini takomillashtirish, ekologik, boshqa xavf- xatarlardan xalqni muhofaza qilish, shaxsni muntazam kamol toptirish, fuqarolarning ijtimoiy talab hamda e'tirozlarini qondirish borasida aniq va amaliy ishlar bajarilmoqda. 1 Zotan, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan “barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligini, deydi I.A.Karimov. - Bu tamoyilning ma'no-mazmuni demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish demakdir. Bu sohadagi vazifalar : ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yana rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa xavf- hatardan muhofaza etish. Bu dolzarb masalalarga davlatning e'tiborini har tomonlama kuchaytirish zaruriyati fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi bo'lgan ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi, shaxsni munazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish zaruriyati” bugungi kunda amaliy davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, desa bo'ladi. Yurtboshimiz tomonidan yangi yilni inson omili va mezoni, uning manfaatlari bilan bog'liq “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog'lom avlod yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Obod mahalla yili”, “Mehr-muruvvat yili”, deb belgilash an'anaga aylandi. Buning siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati shundan iboratki, yil davomida insonga e'tibor qaratiladi va uning qadr-qiymati e'zozlanadi, odamlarning turmush farovonligini yanada yaxshilash, mehr-oqibatni kuchaytirish maqsadida ko'pdan- ko'p xayrli ishlar amalga oshiriladi. “Barchamiz yaxshi bilamizki, - deb ta'kidlaydi Islom Karimov, - fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olb borishdan iborat. Bu hayotiy haqiqat, biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog'i hamda o'zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog'i lozim. Bu tizim markazida ma'naviyat, odob-axloq, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlar turmog'I kerak. Mana shunday chinakam insoniy fazilatlarga ega bo'lgan yoki ega bo'lishga intilgan odam demokratiya ne'matlarining oddiy iste'molchisi emas, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi. Va demokratiya, fuqarolik jamiyati asoslarini amalda barpo etish, inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta'minlashi mumkin bo'ladi. shundagina inson o'z mamlakatining tom ma'nodagi munosib fuqarosi bo'la oladi”. Komil inson tarbiyasi Islom Karimov dunyoqarashi va tafakkurining yangi jamiyat barpo etish borasidagi barcha g'oya va ideyalarining markaziy muammosi bo'lib kelmoqda. Yurtboshimiz o'zining mustaqillikning dastlabki yillarida yaratilgan “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” nomli asarida bu masalani aniq ifodalab bergan edi. “Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya'ni bu narsa ularning sobitqadam g'ayrat-shijoatiga, fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab olishlari kerak”. 1 Yurtboshimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q”, asarida komil inson shakllantirish muammosining dolzarbligi yanada yorqinroq va asosliroq ta'riflanadi. “Biz komil inson tarbiyasini, - deydi Prezident, - davlat siyosatining usutvor sohasi deb e'lon qilganmiz. Komil inson deganda bu, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunchamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo'lmaydi, u har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko'radi. O'z fikr o'yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo'ladi». 2 Islom Karimov komil inson tarbiyasida asosiy e'tiborni yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan ta'limning uzluksizligiga, ta'lim sifatini, kasb-korini oshirish bilan bog'liq masalalarga qaratib shunday yozadi: “Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili” asarida shunday yozadi: “Birovni o'qitadigan, tarbiya qiladigan inson, avvalo, o'zi har jihatdan barkamol bo'lmog'i shart. Zamon talablari shuki, professor va o'qituvchilar o'zlarida mavjud bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini, biz endi boshlagan yo'lni ilgari bosib o'tgan davlatlar tajribasini qunt va sabot bilan o'rganib, mag'zini chaqib, undan keyin o'z talabalariga saboq berishlari zarur”. 1 Umumiy xulosa shuni, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida tsivilizatsiyalashgan konstitutsiyaviy demokratik huquqiy maqomiga ega bo'lish uchun qisqa davr ichida mustaqillik g'oyalarini shakllantirishdan uni amalga oshirish va takomillashtirishgacha bo'lgan murakkab tadrij bosqichlarni, yangi jamiyat qurilishining o'ziga xos yo'lini bosib o'tdi. Bu yo'l ijtimoiy-iqtisodiy va real munosabatlarni, ularning ma'naviy-diniy e'tiqodlari, ruhiyati, mentaliteti hamda xulq-atvor normalaridan yo'g'rilgan dunyoqarashni inobatga olgan holda tanlandi. Milliy ruh, ong va tafakkur, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy ongi o'zgarishi asnosida ro'y berayotgan o'zgarishlar O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning hal qiluvchi bosh taqdirilomon omiliga aylanayotganligi, shubhasiz, o'z kutilgan samaralari bermoqda. Adabiyotlar: 1. Shodiev N. O'zbekiston milliy Tiklanish bosqichida. - M.: Vega, 1999. 2. Shodiev N., Eofurov 3., Siddiqov B. Milliy mafkura va g'oya. -T.: O'zbekiston, 1996. 3. G’ofurov 3., Toshev S. Mustaqillikning ma'naviy zaminlari. -Qarshi: Nasaf, 1994. 4. G’ofurov 3., Siddiqov B. Ma'naviy yuksalish – taraqqiyot omili. - T.: TDTU, 1997. 5. G’ofurov 3., Siddiqov B. Milliy istiqlol ma'naviy-ma'rifiy yuksalish. - T.: TDTU, 2000. 6. Tulenov J., Qodirov B., §ofurov Z. Ma'naviy yuksalish sari. -T.: Mehnat, 2000. 7. Ma'naviyat yulduzlari. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 1999. Alpomish. - T.: Sharq, 1998. Jaloliddin Manguberdi. - T.: Sharq, 1999. 8. Shodiev N. Natsionalnaya ideya: kak eto viditsya v Uzbekistane. //Trud, 23 iyunya 2000.