logo

Оrtоgоnаl prоyеksiyalаrni qаytа tuzish usullаri aylаntirish usuli proyeksiya tekisliklarini almashtirish usuli

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

546 KB
О rt о g о n а l pr о y е ksiyal а rni q а yt а tuzish usull а ri ayl а ntirish usuli proyeksiya tekisliklarini almashtirish usuli Reja: 1. Orthogonal proyeksiyalarni qayta tuzish usullari; 2. Aylantirish usuli. 3. Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli; 4. Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish; 5. Proyeksiyalar tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish.  Geometrik shaklning proyeksiyalaridagi holatlari uning fazoda proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan joylashuviga bog’liq. Umumiy vaziyatdagi geometrik shakllarning proyeksiyalari proyeksiyalar tekisliklariga qisqarib proyeksiyalanadi (5.1,a,b–rasm). Agar geometrik shaklning proyeksiyasi originaliga teng bo’lib proyeksiyalansa, bu shaklga oid metrik xarakteristikalarni, masalan, Δ ABC tomonlarining haqiqiy o’lchamlari, uchlaridagi burchaklarning qiymatlari va boshqa xarakteristikalarini aniqlash mumkin (5.1,v–rasm). Demak, shunday xulosaga kelish mumkinki, agar geometrik shakl proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan fazoda xususiy vaziyatda berilsa yoki umumiy vaziyatda berilgan geometrik shakl xususiy vaziyatga keltirilsa, bu bilan metrik va pozitsion masalalarni yechish mumkin. Shuning uchun ayrim a b v 5.1-rasm hollarda umumiy vaziyatda berilgan geometrik shakllarning berilgan ikki proyeksiyasi asosida maqsadga muvofiq ravishda yangi xususiy vaziyatga keltirilgan proyeksiyalari tuziladi. Geometrik shaklning berilgan ortogonal proyeksiyalari asosida yangi proyeksiyalarini yasash ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish deyiladi. Umumiy vaziyatda berilgan geometrik shakllarni xususiy vaziyatga keltirish asosan ikki usulda bajariladi. Aylantirish usuli . Bunda proyeksiyalar tekisliklari o’z holatlarini o’zgartirmaydi. Proyeksiyalanuvchi shakl ularga qulay holga kelguncha biror o’q atrofida aylantiriladi. Geometrik shaklning fazoviy vaziyati o’zgartirilmasdan proyeksiyalar tekisliklari sistemasini unga nisbatan xususiy vaziyatga kelguncha yangi proyeksiyalar tekisliklari bilan almashtirish - proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli deyiladi. Quyida bu usullarni alohida ko’rib chiqamiz. Aylantirish usuli Aylantirish usuli parallel harakatlantirish usulining xususiy holi hisoblanadi. Bu usulda geometrik shaklga tegishli nuqtaning trayektoriyasi ixtiyoriy bo’lmay, balki berilgan biror o’qqa nisbatan aylana bo’yicha harakatlanadi. Aylana markazi berilgan o’qda joylashgan bo’lib, aylanish radiusi esa harakatlanuvchi nuqta bilan aylanish o’qi orasidagi masofaga teng bo’ladi yoki aylanish tekisligini aylanish o’qi bilan kesishgan nuqtasi bo’ladi. Aylanish o’qlari proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan perpendikulyar, parallel, shuningdek, proyeksiyalar tekisligiga tegishli va boshqa vaziyatlarda bo’lishi mumkin. Quyida turli vaziyatlarda joylashgan aylanish o’qlari atrofida aylantirish usullarni ko’rib chiqamiz. Geometrik shakllarni proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirish. Nuqtani aylantirish. H va V tekisliklar sistemasida ixtiyoriy A nuqta va i aylanish o’qi berilgan bo’lsin (5.2,a-rasm). Agar A nuqtani i ⊥ V aylanish o’qi atrofida harakatlantirsak, mazkur nuqta V tekislikka parallel V 1 tekislikda radiusi OA ga teng aylana bo’yicha harakatlanadi. Shuningdek, A nuqtaning harakatlanish trayektoriyasining gorizontal proyeksiyasi V 1 tekislikning V 1N izi bo’yicha harakat qiladi. Chizmada V 1 tekislik V tekislikka parallel bo’lgani uchun A nuqtaning frontal proyeksiyasi aylana bo’yicha, gorizontal proyeksiyasi V 1N ∥ Ox bo’yicha harakat qiladi (5.2,b– rasm). a B b 5.2-rasm 5.3-rasm. nuqtaning H tekislikka perpendikulyar i o’qi atrofida aylantirilishi 5.3,a-rasmda ko’rsatilgan. B nuqta B 1 vaziyayatga radiusi OB ga teng aylana bo’yicha H tekislikka parallel bo’lgan N 1 tekislikda harakatlanadi. Bunda N 1 tekislik H tekislikka parallel bo’lgani uchun B nuqta harakatlanish trayektoriyasining gorizontal proyeksiyasi aylana bo’yicha, frontal proyeksiyasi N 1 tekislikning N 1 V izi bo’yicha Ox ga parallel bo’lib harakatlanadi. (5.3,b–rasm). Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalarga kelamiz: 1-xulosa. Agar A nuqta frontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirilsa, mazkur nuqtaning frontal proyeksiyasi aylana bo’yicha, gorizontal proyeksiyasi Ox o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha harakatlanadi. 2-xulosa. Agar nuqta gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirilsa, nuqtaning gorizontal proyeksiyasi aylana bo’yicha, frontal proyeksiyasi Ox o’qiga parallel to’g’ri chiziq bo’yicha harakatlanadi. Nuqtani proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida aylantirish qoidalariga asosan umumiy vaziyatda joylashgan geometrik shakllarni xususiy yoki talab qilingan vaziyatga keltirish mumkin. 1–masala . Umumiy vaziyatdagi AB ( A ′ B ′, A ″ B ″) kesmani V tekislikka parallel vaziyatga keltirilsin. (5.4–rasm). a b Yechish. AB kesmaning biror, masalan B uchidan i ⊥ H aylantrish o’qi o’tkaziladi. So’ngra bu o’q atrofia kesmaning A ′ B ′ gorizontal proyeksiyasini A ′ B ′ ∥ Ox vaziyatga kelguncha aylantiramiz. Bunda AB kesmaning A ″ nuqtasi N 1 V ∥ Ox bo’yicha harakatlanib, A ″1 vaziyatni egallaydi. 5.4-rasm. Shaklda hosil bo’lgan AB kesmaning yangi A ′ 1 B ′ 1 va A ″ 1 B ″ 1 proyeksiyalari uning V tekislikka parallelligini ko’rsatadi. Shakldagi α burchak AB kesmani H tekislik bilan hosil etgan burchagi bo’ladi. 2–masala . ∆ ABC ( ∆ A′B′C′, ∆ A″B″C″) tekislikni proyeksiyalovchi vaziyatga keltirilsin (5.5–rasm). Yechish. B erilgan ∆ ABC tekislikni frontal proyeksiyalovchi vaziyatga keltirish uchun uchburchakning biror, masalan, C nuqtasidan i ′ ⊥ H aylanish o’qi o’tkaziladi va bu o’q atrofida uchburchakni h 1 ⊥ V (epyurda h ′ 1 ⊥ V ) vaziyatga kelguncha aylantiriladi. Bunda, uchburchakning A , B va C nuqtalari ham φ º burchakka harakatlanadi. Chizmada uchburchak uchlarining yangi A ′ 1 , B ′ 1 va C ′ 1 proyeksiyalari orqali uning A ″ 1 B ″ 1 C ″ 1 frontal proyeksiyalarini aniqlanadi. Bu nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, A ″ 1 B ″ 1 C ″ 1 5.5-rasm. kesma (uchburchakning yangi frontal proyeksiyasi) hosil bo’ladi. Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli Proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usulida geometrik shaklning dastlabki fazoviy vaziyati saqlanib qoladi. Proyeksiyalar tekisliklari berilgan geometrik shaklga nisbatan xususiy (parallel yoki perpendikulyar) vaziyatda bo’lgan yangi proyeksiyalar tekisliklari bilan almashtiriladi. Bunda dastlabki va yangi proyeksiyalar tekisliklarining o’zaro perpendikulyarlik sharti bajarilishi talab qilinadi. Bu usulda geometrik shaklning fazoviy vaziyati o’zgarmaydi, balki proyeksiyalash yo’nalishi yangi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar qilib olinadi. Geometrik masalada qo’yilgan shartga ko’ra, proyeksiyalar tekisliklari bir yoki ikki marta ketma-ket almashtirish mumkin. Proyeksiyalar tekisliklarining ikki marta almashtirilganda, ular ketma-ket ravishda, masalan, avval geometrik shaklga nisbatan parallel, so’ngra unga perpendikulyar yoki aksincha qilib almashtiriladi. Proyeksiyalar tekisliklarining bittasini almashtirish. Fazodagi biror A nuqta va uning H va V proyeksiyalar tekisliklardagi A ′ va A ″ ortogonal proyeksiyalari berilgan bo’lsin (5.6,a–rasm). Agar V tekislikni V 1 tekislik bilan almashtirsak, V 1 yangi proyeksiyalar tekisliklari tizimi hosil bo’ladi. A H nuqtaning V 1 tekislikdagi proyeksiyasini yasash uchun berilgan nuqtadan mazkur tekislikka perpendikulyar o’tkazib, yangi frontal proyeksiyasi A ″ 1 topiladi. 5.6-rasm. a b  Rasmdagi yasashlardan ko’rinishicha, A ″ nuqtadan Ox o’qigacha bo’lgan masofa A ″ 1 nuqtadan O 1 x 1 o’qigacha bo’lgan masofaga tengdir, ya‘ni A ″1 A x 1= A ″ A x . Nuqtaning yangi proyeksiyalar tizimidagi chizmasini yasash uchun yangi proyeksiyalar tekisligi dastlabki proyeksiyalar tekisligi bilan jipslashtiriladi. Chizmada A nuqtaning yangi A ″ 1 proyeksiyasini yasash uchun A nuqtadan O 1 x 1 ga perpendikulyar tushiriladi (5.6,b–rasm). Uning davomiga A ″ A x masofa qo’yiladi. Natijada, hosil bo’lgan A ′ va A ″ 1 lar A nuqtaning yangi V 1 tekisliklar sistemasidagi proyeksiyalari bo’ladi. Frontal proyeksiyalar tekisligi yangi proyeksiyalar tekisligi bilan almashtirilganda nuqtaning z koordinatasi o’zgarmaydi. H va V proyeksiyalar tekisliklari tizimida B nuqta B ′ va B ″ proyeksiyalari berilgan bo’lsin (5.7,a–rasm). H tekislikni H 1 ⊥ V tekislik bilan almashtirsak, H V 1 yangi tekisliklar tizimiga ega bo’lamiz. B nuqtadan H tekislikka perpendikulyar o’tkazib, bu nuqtaning B ′ 1 proyeksiyasini yasaymiz. Nuqtaning yangi tekisliklar tizimidagi chizmani yasash uchun (5.7,b–rasm) H 1 tekislikni V tekislik bilan jipslashtiramiz. Chizmada B nuqtaning yangi proyeksiyasini yasash uchun uning B ″ proyeksiyasidan O 1 x 1 ga o’tkazilgan perpendikulyarning davomiga B ′ 1 B x 1 = B 1 B x masofa qo’yiladi. Natijada hosil bo’lgan B ′ 1 va B ″ yangi V H 1 a 5.7-rasm. b tekisliklar tizimidagi B nuqtaning chizmasi bo’ladi. Demak, gorizontal proyeksiya tekisligi almashtirilganda, nuqtaning yangi gorizontal proyeksiyasida y koordinatasi o’zgarmaydi. Proyeksiyalar tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish. Ayrim geometrik masalalarni yechishda proyeksiyalar tekisliklarini ketma-ket ikki marta almashtirish zarur bo’ladi. 5.8–rasmda A nuqtaning V Н tizimida berilgan A ′ va A ″ proyeksiyalari orqali uning yangi A ′ 1 va A ″ 1 proyeksiyalarini yasash ko’rsatilgan. Buning uchun avval V tekislikni V 1 tekislik bilan almashtirib, V 1 tizimi hosil qilinadi. Buning uchun chizmada ixtiyoriy vaziyatda O 1 x 1 yasash uchun uning A ′ proyeksiyasidan O 1 x 1 proyeksiyalar o’qiga perpendikulyar o’tkazib, uning davomiga A ″ A x masofa qo’yiladi. Natijada, A nuqtaning V tizimidagi yangi A ″ 1 proyeksiyasi hosil bo’ladi. A nuqtaning A ′ 1 H 1 proyeksiyasini yasash uchun V 1 tizimdan V 1 tizimga o’tiladi. Buning uchun Н H 1 ixtiyoriy vaziyatda joylashgan O 2 x 2 o’qi olinadi va nuqtaning A ″ 1 proyeksiyasidan O 2 x 2 ga perpendikulyar o’tkazib, uning davomiga A ′ A X1 masofa qo’yiladi. Shunday qilib O 2 x 2 tizimda A nuqtaning A ″ 1 va A ′ 1 yangi proyeksiyalari hosil bo’ladi. 5.9– rasmda B nuqtaning V tizimdan H 1 5.9-rasm V 1 V 1 va tizimga o’tish natijasida hosil bo’ladigan yangi B ″ 1 va B ′ 1 proyeksiyalarini yasash ko’rsatilgan. Nuqtaning yangi proyeksiyalarini yasash qoidalariga asoslanib, geometrik shakllarning yangi, maqsadga muvofiq bo’lgan proyeksiyalarini yasash mumkin. 1– masala. Umumiy vaziyatda berilgan AB ( A ′ B ′, A ″ B ″) kesmaning haqiqiy uzunligini aniqlash talab etilsin (5.10rasm). Yechish. Buning uchun umumiy vaziyatda berilgan AB kesmaga parallel qilib gorizontal yoki frontal proyeksiyalar tekisligini yangi proyeksiyalar tekisligi bilan almashtiriladi. Chizmada masalani 5.10-rasm yechish uchun uning yangi proyeksiyalar o’qini kesmaning biror, masalan, A ′ B ′ gorizontal proyeksiyasiga V 1 parallel qilib olinadi. Hosil bo’lgan proyeksiyalar tekisliklari tizimida AB kesma V 1 proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’ladi va bu tekislikda u haqiqiy uzunligiga teng bo’lib proyeksiyalanadi. Xuddi shu usul bilan AB ( A ′ B ′, A ″ B ″) to’g’ri chiziqning ∆ C DE(∆ C ′D′E′, ∆ C ″D″E″), bilan kesishish nuqtasining F′ va F″ proyeksiyalarini yasaladi (5.11– rasm). Bunda mazkur uchburchak tekislik proyeksiyalovchi tekislik vaziyatga keltiriladi. Buning uchun chizmada ∆ C D E tekislikning biror bosh chizig’iga, masalan, C 1( C ′1′, C ″1″) frontaliga perpendikulyar qilib yangi O 1 x 1 proyeksiyalar o’qini o’tkaziladi. Uchburchakning C ′ 1 D′ 1 E ′ 1 to’g’ri chiziq kesmasi tarzida proyeksiyalangan proyeksiyasi va kesmaning A ′ 1 B ′ 1 yangi proyeksiyalari yasaladi. Ularning o’zaro kesishgan F′ 1 nuqtasi belgilanadi, so’ngra F nuqtaning frontal F″ va gorizontal F′ proyeksiyalarini yasaladi.  2– masala. A ( A ′, A ″) nuqtadan ∆ B C D(∆ B ′ C ′D′,∆ B ″ C ″D″) tekislikkacha bo’lgan masofani aniqlansin (5.12– rasm). Yechish. Bu masofa A nuqtadan ∆ BC D tekislikka tushirilgan perpendikulyar bilan o’lchanadi. Masalani yechish uchun chizmada yangi proyeksiyalar o’qini uchburchak tekisligining asosiy chiziqlaridan biriga, masalan, gorizontaliga perpendikulyar, ya‘ni O 1 x 1  B ′1′ qilib o’tkaziladi. So’ngra uchburchakning to’g’ri chiziq kesmasi shakldida proyeksiyalangan yangi proyeksiyalovchi D″ 1 B ″ 1 C ″ 1 vaziyatini va nuqtaning A ″ 1 proyeksiyasi yasaladi. Izlangan masofaning haqiqiy uzunligi A ″ 1 dan D″ 1 B ″ 1 C ″ 1 kesmaga o’tkazilgan A ″ 1 K″ 1 perpendikulyar 5.12-rasm. bo’ladi. Bu masofaning gorizontal va frontal proyeksiyalari teskari proyeksiyalash bilan K′ va K″ proyeksiyalarni aniqlanadi. Mazkur K′ va K″ nuqtalar A nuqtaning A ′ va A ″ proyeksiyalaridan uchburchakning gorizontal hamda frontallariga mos ravishda tushirilgan perpendikulyarning proyeksiyalarida bo’ladi. 5 . 11 - rasm .  Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Engeneering Drawing, M.B. Shah, B.C. Rana., Darslik, Indiya, 2009 y. 2. Sh. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Darslik T. TURON IQBOL, 2007 y. 232 bet. 3. Davletov S.A.Chizma geometriya O’quv qo’llanma, T., TTYeSI, 2006 y. 132 bet. 4. Usmonov J.A. Chizma geometriya kursi. – T. ‘Ta‘lim nashriyoti, 2014 y. 240 bet. 5. Karimov A.A., Alimov U.T., Shokirova X.A. Chizma geometriya fanidan amaliy mashg’ulotlar Ish daftari. T., TTYeSI, 2014.