logo

Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishda yer kadastrining vazifalari

Yuklangan vaqt:

16.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

55.5 KB
Yer ressruslaridan foydalanishni boshqarishda yer kadastrining vazifalari Reja: 1. Yerdan samarali foydalanishni boshqarish uchun kadastr kitobini yuritish tartib qoidalari. 2. Klasslar b о ‘yicha yer turlarini tavsifi. 3. Tuproq bonitirovkasi uslublaridan foydalanish. 1. Kadastr kitobi muassasa va tashkilotlar va yer kadastri kitobi ularga berkitilgan yerning tabiiy x о ‘jalik va huquq holatlari t о ‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarni о ‘zida mujassamlashtirgan asosiy hujjat hisoblanadi. Yer kadastri kitobi 5 ta b о ‘limdan iborat 1. Yerdan muddatli va muddatsiz foydalanish yozib boriladi. Foydalanadigan umumiy yer maydoni qancha muddatga berilganligi hamda yerdan foydalanganlik t о ‘g‘risida huquqiy asoslari k о ‘rsatiladi. 2. Muassasa tashkilotlar, korxonalarga biriktirilgan yerlarning hamma turlari va alohida sug‘oriladigan yerlar hisobga olinadi. 3. Tuproq guruhlari b о ‘yicha yerning sifat tavsifi pichanzor va yaylovlarning madaniy texnik holati tuproqlarni mexanik tarkibi va uning unumdorligiga ta’sir qiluvchi belgilar k о ‘rsatiladi. 4. Yerni baholash k о ‘rsatkichlari keltiriladi. 5. X о ‘jalik a’zolari, ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqorolar shuningdek ayrim turkumdagi xizmatlarga qabul qilingan tartib b о ‘yicha berilgan tomorqa yerlar hisobga olinadi. Kadastr kitobiga yerdan foydalanish haqiqiy holat b о ‘yicha joriy yilning birinchi yanvarigacha hisob beriladi. Hamda har yili hosildorlik xarajat olingan sof foyda kadastr kitobiga aks etadi. Agarda kadastrda iqtisodiy k о ‘rsatkichlar orqaga ketsa unda yerdan yaxshi foydalanadigan mutaxassisga yillik rejani bajarmagan yer egalarini maydoni q о ‘shib beriladi. Kadastr kitobiga sanoat, transport xodimlari foydalanadigan kichik yerlar ham yozib q о ‘yiladi unda ham ikki grafada yerning maydoni va yerdan olingan sof foyda hamda bu yerdan olingan mahsulot nomi albatta yoziladi. Kitobga issiqxona va parniklar maydoni ham kiradi. Xullas hamma ekin maydonlari yer turlari b о ‘yicha balansga olinib umumiy maydonga nisbatan chiqariladi. 2. Yerning sinflari b о ‘yicha ma’lumotlar yig‘indisi kadastr kitobining ikkinchi b о ‘limidagi yerni miqdori holidagi ma’lumotlar asosida t о ‘ldiriladi. Hozirda bizning qishloq x о ‘jaligimizda О ‘z davr loyixa institituti tomonidan tuzib berilgan xaritada yer maydonlari konturi hamda ball boniteti k о ‘rsatilgan b о ‘ladi. Shartli belgilar qoidasiga muvofiq har bir kontur yer maydoni sinflar b о ‘yicha ta’minlanganligiga qarab har xil ranglarga b о ‘yaladi. 1-sinfli yerlar ball boniteti 10 baldan kichik qishloq x о ‘jaligi uchun noloyiq yerlar b о ‘z rangda beriladi. 2-sinfli yerlar t о ‘q b о ‘z rangda b о ‘yalib juda yomon yerlar bu yerlarning ball boniteti 11-20 ball 3- sinfli yerlar yomon yerlar hisoblanib ball boniteti 21-30 binafsha rang bilan b о ‘yaladi. 4-sinfli yerlar yomonroq hisoblanib xaritada t о ‘q binafsha rang bilan b о ‘yaladi bunday yerlar bal boniteti 31-40 ball 5-sinfli yerlar xaritada och sariq rangda b о ‘ladi unumdorligi b о ‘yicha о ‘rtachadan past deb yuritiladi ball boniteti 41-50 ball atrofida. 6-sinf yerlar xaritada sarg‘ish rang bilan beriladi bunday yerlarni unumdorligi b о ‘yicha о ‘rtacha unumdorlikdagi yerlar deb ataladi bonitet bali 51- 60 ball atrofida. 7-sinf yerlar tuproq xaritasida sariq rangda beriladi unumdorligi b о ‘yicha bunday yerlarni о ‘rtachadan yuqori yerlar deyiladi ball boniteti 61-70 ball hisoblanib dehqonchilikni asosiy maydonlarini tashkil qiladi. 8-sinf yerlar xaritada t о ‘q sariq rang bilan beriladi ball boniteti b о ‘yicha 71- 80 ball unumdorlik darajasiga asosan bu sinfdagi yerlar yaxshi yerlar deb ataladi. 9-sinfdagi yerlar yashil rang bilan xaritada belgilanadi ball boniteti b о ‘yicha ta’minlanishi 81-90 balli yerlar bunday yerlarni unumdorligi b о ‘yicha juda yaxshi yerlar deyiladi. 10-sinfdagi yerlar bunday yerlarni unumdorligi b о ‘yicha ozuqa elementlari bilan yuqori ta’minlangan yerlar ya’ni о ‘ta unumdor yaxshi yerlar deb nomlanadi. Tuproqlarni sinflarga b о ‘linishi fermer x о ‘jaliklari uchun asosiy manba b о ‘lib hosildorlik shu sinflar orqali belgilanadi hamda bu k о ‘rsatkich soliq xodimlari uchun soliq olish uchun asosiy manba hisoblanadi. 3. Bonitirovkalash uslublari asosan tuproqni mexanik tarkibi b о ‘yicha baholanib boshqa k о ‘rsatkichlar b о ‘yicha koeffitsiyentlarga k о ‘paytirib ishlab chiqiladi. Bonitirovkalashni asosiy uslubi mexanik tarkib b о ‘yicha baholanishini jadval asosida k о ‘rsatamiz. Mexanik tarkibi bо ‘yicha bonitirovkalash. T. R Tuproq guruhlari Mexanik tarkibi Qumli Qumoq Yengil qumoq О‘rta qumoq Og‘ir qumoq Gleyli 1 Aftomorf t о ‘q tusli b о ‘z tuproq - - 90 100 90 80 2 Sug‘oriladigan tipik b о ‘z tuproq - - 90 100 90 80 3 Sug‘oriladigan och tusli b о ‘z tuproq - 70 85 100 90 75 4 Sug‘oriladigan о ‘tloqi b о ‘z tuproq - 70 90 100 80 70 5 Gidromorf sug‘oriladigan tuproqlar - 80 95 100 80 70 6 Botqoq о‘tloqi tuproq - 90 100 95 75 65 Jadvaldan kо‘rinib turibdiki yerlarni bonitirovkalashni asosiy manbasi uning mexanik tarkibi hisoblanadi shunga asosan boshqa kо‘rsatkichlar koeffitsiyentlari asosida bonitirovka ishlari yakunlanadi. Misol uchun yuqoridagi jadvalda berilgan och tusli bо‘z tuproqlarni mexanik tarkibi о‘rta qumoqli bо‘lsa shо‘rlanganlik bо‘yicha (ya’ni xlor 4 nna 4 ) ta’minlanish, shо‘rlanish shkalasini tuproq qorishmasidan topib ball bonitetiga kо‘paytirladi. SHо‘rlanish shkalasini jadvalda kо‘rsatamiz. T.R SH о ‘rlanganlik b о ‘yicha ta’minlanishi SHо‘rlanganlik koeffitsiyenti 1 Juda oz 1,0 2 Kuchsiz 0,85 3 О‘rtacha 0,60 4 Kuchli 0,40 5 Juda kuchli 0,30 Demak mexanik tarkibli о‘rta qumoq tuproqlarda ball boniteti 100ball bо‘lsa о‘rtacha shо‘rlangan yerlar uchun ball koeffitsiyenti 0,60 unda 100x0,6=60. Yerning haqiqiy bahosi 60 ball bо‘ladi. Shuning uchun yerlarni shо‘rlanishi mexanik tarkibi yaxshi bо‘lgan yerlarni ham keskin bahosini tushirib yuboradi. Xudi shunday tuproqni haqiqiy ball bonitetini topish uchun quyidagi kо‘rsatkichlarni koeffitsiyentiga ham kо‘paytiriladi bu koeffitsiyentlarni hammasi tuproq xaritasida mavjud. 1. Eroziyaga uchraganligi 2. Tuproq zichligi 3. Gumus bilan ta’minlanganligi 4. Harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganligi kabi muhum koeffitsiyentlarga k о ‘paytirilib yerning haqiqiy hosil berish qobilyatini aniqlovchi bali kelib chiqadi. 5 nna shunday asosda har bir fermer x о ‘jaligi о ‘zining tuproq xaritasi yordamida yerni unumdorligini aniqlab olishi zarur.