logo

Tuproqshunoslik tuproqlar geografiya fani uning o`rganish ob'yekti va predmeti boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50 KB
TuproqshunoslikTuproqshunoslik tuproqlartuproqlar geografiyageografiya fanifani uning o`rganishuning o`rganish ob'yektiob'yekti vava predmeti predmeti bb oshqaoshqa fanlar bilanfanlar bilan aloqadorligialoqadorligi Reja: 1. Tuproqshunoslik, tuproqlar geografiyasi fanining o`rganish ob'yekti va predmeti, tadqiqot usullari. 2. Boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 3. Tuproqshunoslik (tuproqlar geografiyasi)ning amaliy ahamiyati. 4. Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi «Tuproq» haqidagi to`ng`ich bilimlar dehqonchilikning paydo bo`lish tarixi bilan bog`liq, ya'ni bundan 7000 yil ilgari boshlangan. Tuproq nima? Bu savolga javob berish qiyin . Tuproq ustida yuramiz, yashaymiz, barcha nozu-ne'matlar tuproq tufayli namoyon bo`ladi. Tuproq haqidagi dastlabki bilimlarimiz juda sodda bo`lgan bo`lsada, ota- bobolarimiz tuproqni yaxshi bilganlar. U haqda juda nodir hikmatlar yaratganlar: «Yer-odamning beshigi» «Yer-hayot manbai» «Yeri boyning – eli boy» «Hayotning ildizi yerga qadalgan » «Yerning qobig`i asrlar xokidan iborat». Dehqonning qo`lidan yer va nonning hidi kel a di . «Yerni aldagan o`zini aldaydi» «Yer to`ymay, el to`ymas» «Yer haydasang koz hayda, koz haydamasang yuz hayda» «Yer-xazina, suv-oltin» «Yer-ona, ona-yer». Bu hikmatlar xalq tajribasi aql-zakovati, tafakkur qudrati hosilasidir. Ularga yer- tuproqning sir-asrorlarini anglatuvchi chuqur ma'nolar bor. XIX asrning o`rtalarida tuproq ilmi haqidagi tushunchalar shakllanadi, ya'ni agronomik tadqiqotlarni ya'ni dehqonchilikka tegishli sohani tuproqshunoslik deb talqin qila boshladilar. Geologlar esa nurash po`stini, ya'ni g`ovak tog` jinslarini tuproq deb atay boshladilar. Bu tuproq haqidagi dastlabki ilmiy tushunchalar edi. Tuproqshunoslik ilmiga rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) asos soladi. Uning fikricha tuproq barcha komponentlarning o`zaro bog`liqligi va aloqadorligi tufayli hosil bo`lgan tabiiy-tarixiy hosiladir . Uning fikricha tuproq jonli va jonsiz – “biokos” jism Adabiyotlarda tuproq tabiiy landshaftlarning «oynasi» deyiladi. Geografik til bilan aytganda «Tuproq landshaft ichidagi landshaftdir» (Nazarov I.K.). Tuproq bu tog` jinslaridan (ona jinsdan) o`zining unumdorligi bilan farq qiladigan yuza qatlamdir . Tuproq tabiatning o`ziga xos tizimi, uni adabiyotlarda pedosfera deb ham tilga olinadi. Pedosfera. Grekcha «pedon»-tuproq , «sfera»-shar. Yerning tuproq qatlami biosferaning bir qismi. Pedosfera bu aerobiosfera, fitobiosfera, litobiosfera majmuasidan iborat. ( Reymers , 1988, 205 bet). Tuproqshunoslik fani - tuproqlarning negizi (genezisi) paydo bo`lishi, fizik, kimyoviy xossalaridan tortib, uning rivojlanishi bilan bog`liq muammolar bilan shug`ullanadi. Tuproqlar geografiyasi esa tuproqlarning geografik tarqalishi qonuniyatlarini o`rganadi . Fanning o`rganish ob'yekti tuproqlar hisoblansa , predmeti esa uning qaysi jihatini o`rganishdir . Q aysi mavzuni o`rganish, bu fanning o`rganish predmeti hisoblanadi. Tuproqlarni o`rganish ya'ni tadqiq qilish usullari juda ko`p; a) eng oddiy usullardan biri so`roq, ya'ni joydori aholi bilan suhbatdir. Yerli aholi tuproqning ko`p xususiyatlarini yaxshi biladi. b) asosiy usullaridan biri geografik qiyoslash (sravnitelno geograficheskiy). Bunda tuproqni hosil qiluvchi omillar uyg`un ravishda qiyoslab o`rganiladi; c) ekspeditsion usul, ya'ni ma'lum yo`nalish bo`yicha tuproqning o`zgarishi , turlari, tuproq kesmalari alohida o`rganiladi; d) statsionar usul. Bunda tuproqda bo`ladigan o`zgarishlarni ma'lum joyda surunkali muddatda kuzatiladi va tahlil qilib boriladi ; e) analitik usul. Tuproq namunalari maxsus laboratoriyalarda o`rganiladi . Ayniqsa, ularning fizik , kimyoviy xossalari turli usullar bilan analiz qilinadi; f) kosmik usul. Koinotdan olingan rasmlar asosida tuproqlar geografiyasi va fizik kimyoviy xususiyatlari o`rganiladi. Mazkur usul ayniqsa tuproqlarni kartalashtirishda juda qo`l keladi. Tuproqshunoslik fani o`zining mazmun mohiyati bilan boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Geologiya fani tuproqlarning ona jinsini o`rganishda qo`l keladi. Biologiya, ayniqsa mikrobiologiyasiz bu fanni tasavvur qilib bo`lmaydi. Chunki tuproq paydo qiluvchi omillar ichida boisenozlar faoliyati asosiy o`rin tutadi. Kimyo fani tuproqlar kimyosini o`rganish uchun o`ta muhim. Modda va energiya almashinuvi jarayonini o`rganishni fizika fanining o`rni muhim . Bundan tashqari tuproqlarni makoniy o`zgarishi geografiya qonuniyatlariga bevosita bog`liq. Tuproq ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy mazmunga ham ega , tuproq bonitirovkasi, kadastri (unumdorligi bahosi) bevosita iqtisodiyot fanlari bilan ham bog`liqdir . Bundan tashqari tuproqshunoslik fani tabiatni muhofaza qilish va agronomiya fanlari bilan ham uyg`undir . Aholi salomatligi, tuproq tarkibi bilan bog`liq. Bu esa tibbiyot va kriminalistika fanlari bilan tuproqshunoslikni bog`lab turadi . Xulosa o`rnida qayd qilish o`rinliki, tuproqshunos bo`lish uchun keng mushoxadali bo`lib, fanlar tizimlarini yaxshi bilish joizdir, aks holda izlanishlar yaxshi samara bermaydi. Mazkur fan geografik ta'limda juda muhim mavqega ega. Chunki tuproqni bilish orqali, ayniqsa geograflar tabiatdagi o`zaro aloqadorlikni o`zaro ta'sir, o`zaro uyg`unlik qonuniyatlarini yaxshi anglab oladilar. Bundan tashqari tuproq orqali «Landshaft haqida ta'limot»ning mazmun- mohiyatini tushunish oson kechadi. Tuproqshunoslik – tabiiy geografik fanlar asosini tushunish kaliti desa to`g`ri bo`ladi. Tuproqshunoslik kundalik turmush – yumush, amaliyot bilan bog`liqligi bilan ahamiyatlidir. Tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi Insoniyat tarixida dehqonchilikni boshlanishi bilan tuproqning tarkibi va xossalariga q izi q ish boshlangan. Tuproq haqidagi dastlabki ma'lumotlar 3-4 ming yil ilgari to`plana boshlangan. A.Beruniyning (973-1048) «Javoxirlarni bilishga oid ma'lumotlar to`plami» nomli asarida tuproq haqidagi ilk tushunchalar mavjud. Bundan tashqari Albert Teyerning (1752-1828) «Gumusdan oziqlanish» (nemis agronomi. Berlin Universiteti professori. 1810 1818), Yustus Libixning (1803-1873) «Mineral moddalardan oziqlanish» kabi nazariyalari mavjud. (Nemis kimyogari anronomiya fani asoschilaridan biri). M.V.Lomonosov (1711-1765) «Yer qatlamlari haqida» (1763) asarida qora tuproq davr o`tishi bilan xayvon va o`simliklar tanasining chirishidan hosil bo`lganligini birinchi bo`lib to`g`ri aniqlagan. V.I.Vernadskiy uni «Rus tuproqshunosi bo`libgina qolmay, jahon tuproqshunosi hamdir», deb ta'riflaydi. V.V.Dokuchayevninng o`zi «Lomonosov juda ilgari (1763) o`z asarida men bajarib doktorlik unvonini olgan g`oyalarni ancha kengroq va ancha umumlashtirilgan holda bayon qilgan» deb tan olgan. Shu sababli V.I.Vernadskiy «Lomonosov nafaqat birinchi rus tuproqshunosi, balki u birinchi tuproqshunosdir» deb yozgan edi. M.Lomonosov va V.V.Dokuchayev vaqtni tuproq hosil bo`lish omili, deb baholaydilar. Lomonosov qiyoslash (sravnitelnыy) va tarixiy usullarning asoschisi hamdir. XIX asr O`rtalarida agrogeologiya fani rivojlanib, tog` jinslarini, nurash mahsulotlari to`plangan qalin qatlamni tuproq deb, geologlar qabul qiladi. Ayni davrda Rossiya bozorga don chiqarishda birinchi o`rinda turgan. XIX asr ning oxiriga kelib don unumdorligi kamayib ketgan. Tuproqqa e'tibor kuchayadi va tuproqni rivojlanishiga turtki bo`ladi. Bunda XVIII asrda Sank - Peterburg tashkil etilgan «Erkin iqtisodiy jamiyat» tashkilotining o`rni katta bo`lgan. V.V.Dokuchayev unda faol ishtirok etadi. V.V.Dokuchayev 1883 yilda «Rus qora tuprog`i» asarini yozadi. Tuproqqa tabiiy jism deb qaraydi va uni jonli va jonsiz deb e'tirof qiladi. U tuproqlarni ilmiy – genetik klassifikatsiyasini ishlab chiqadi. «Dashtlarimiz o`tmishda va hozirda » (1892) asarida dasht zonasini o`zgartirishining amaliy rejalarini ishlab chiqadi. Uning shogirdi A.M. Sibirsev (1860-1900) birgalikda avval tuproqning, so`ngra tabiatning zonallik qonuni ta'limotini yaratadi. A.M.Sibirsev Rossiyada birinchi bo`lib tuproqshunoslik kafedrasini boshqaradi va birinchi bo`lib genetik tuproqshunoslik darsligini yozadi. A.I.Voyeykov (1842-1916) esa V.V.Dokuchayevning g`oyasini tuproq hosil bo`lishidagi iqlimiy g`oyani bir yo`nalish deb baxolaydi. Tuproq – iqlim hosilasi, deydi A.I.Voyeykov. Tuproq – barcha omillar (jumladan vaqt ham) ning hosilasi, deb ta'kidlaydi. V.V. Dokuchayev. P.A.Kostichev (1845-1895) tuproqni o`simliklarning mahsuli deb qaraydi . Unumdorlik tuproqning fizik , biologik xossalariga bog`liq deb biladi. G.N. Visotskiy (1865-1940) tuproqning suv rejimini o`rganadi . Uning fikricha, tirik tanaga qon qanchalik muhim bo`lsa, tuproqda suv ham shunchalik zarur. P.S.Kossovich (1862-1915) tuproqlar fizikasi va kimyosi bilan shug`ullangan. K.D.Glinka (1867-1927) tuproqning mineral tarkibi, tuproq hosil qiluvchi jinslar bilan shug`ullanadi. Minerallarning nurashini o`rganadi. Shu bilan bir qatorda Osiyo bo`ylab yirik safarlarni tashkil qiladi. K.K.Gedroys (1872-1932) tuproqlar fizikasi va kimyosi bilan shug`ullanadi. Tuproq kolloidlarining o`rnini o`rganadi . S.S.Neustruyev (1874-1928) avtomorf va gidromorf tuproqlarni ajratadi. O`rta Osiyo uchun «Bo`z tus tuproq» atamasini fanga kiritadi. L.I.Prosalov (1875-1954) tuproq kartog`rafiyasini rivojlantirdi. Tuproqlar geografiyasi bilan shug`ullanadi. V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqdagi kichik biologoik aylanma harakatni o`rgandi , tuproq paydo bo`lish nazariyasini yaratadi, tuproq unumdorligini oshirish yo`llarini ishlab chiqadi. U – tuproqshunos agronom. V.I.Vernadskiy (1863-1945) – Dokuchayevning shogirdi, minerolog, geoximik. U jonli tanalar ta'sirini o`rgandi. Eng ko`p tarqalgan silikat , alyumosilikatlarni o`rgandi. 1926 yilda «Biosfera» asarini yozdi va biosfera nazariyasini yaratadi. B.B. Polinov (1877-1952) nurash ta'limotiga asos soldi. Nurash po`stida kimyoviy elementlar o`rnini o`rgandi va «Landshaftlar kimyosi» fanini boshlab beradi.. O`rta Osiyo tuproqlarini o`rganilishida N.A.Dimo, M.A.Orlov, S.N.Rijov, N.V.Kimberg, B.V.Gorbunov, M.A.Pankov, M.Baxodirov, M.Umarov, A.Z.Genusov, N.N.Felisiant, A.Rasulovlarning xizmatlari katta. O`rta Osiyo tuproqlarining dastlabki tadqiqotshilari L.I.Prosalov, S.S.Neustruyev, N.A.Dimolar edi. V.V.Dokuchayev qurg`oqchilik (zasuxa) va qarshi o`rmon yo`laklarini taklif qiladi, qor to`plash maqsadida (1892) ihotazorlar yaratishni taklif qiladi. Sug`oriladigan tuproqlarni o`rganishda M.A.Orlovning (1937) xizmatlari katta. Uning fikricha vohalarda madaniy tuproqlar shakllangan. N.V.Kimberg O`zbekistonning cho`l zonasi tuproqlarini batafsil organadi. (1974). U cho`l zonasida 6 ta tuproq tipini ( o`tloq, botqoq, sho`rxok, taqirli, cho`l qumli , sur qo`ng`ir), vohalarda esa 3 ta tuproq tipini (cho`l zonasining o`tloq voha, cho`l zonasining botqoqli voha, taqirli voha tuproqlari) ajratadi. Adabiyotlar: 1. Abdullayev A., Maqsudov A. Tuproqshunoslik asoslari va tuproqlar geografiyasi. Toshkent “O`qituvchi”, 1988, 144 b. 2. Dobrovolskiy V.V. Geografiya pochv. Moskva. «Prosveщenie», 1968, 350 str. 3. Klimberg N.V. Pochvы pustыnnoy zonы Uzbekistana. Tashkent, “Fan”, 1974, 298 str. 4. Miraxmedov X., Mirsuyunov M. Tuproqshunoslikdan amaliy mashg`ulotlar. Toshkent “O`qituvchi”, 1976, 156 b. 5. Pankov M.A. Pochvovedenie. Tashkent. “Ukituvchi”, 1970, 512 str. 6. Tursunov L. Tuproq fizikasi, Toshkent “Mehnat”, 1988, 224 b. .