logo

O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ba`zi bir uslubiy masalalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

73 KB
O`zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ba`zi bir uslubiy masalalari Reja: 1. Tabiiy geografik rayonlashtirsh 2. Tabiiy geografik rayonlashtirish 3. O`zbekistonning tekislik provinsiyachasi ustyurt okrugi Kompleks tabiiy geografik rayondaashtirish — tabiiy geografiyaning eng muhim birinchi darajali muammolaridan biri xisoblanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan prino`ipi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo`lishdan tashqari xalq xo`jaligining turli sohalari uchun ham amaliy ahamiyatga egadir. Chunki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilib, o`zgartirish, xalq xo`jaligini intensiv, rivojlantirish, xalq xo`jalik tarmoqlarini ixtisoslashtirish eng avvalo hudud tabiati ichidagi tafovutlarni har tomonlama va ilmiy jihatdan puxta bilishni taqozo etadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish bu hududda ma`lum qonuniyat asosida joylashgan va tabiatda obyektiv mavjud bo`lgan, birbiridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy hududiy kompleksldrni aniqlashdir. Tabiiy-geografik rayonlashtirishiing prino`ipi bu tabiii geografik bo`linishning obyektiv holda mavjudligiga birlik prino`ipi, komplekslik prino`ipi, obyektivlik prino`ipi, shgsbiy bir xillik prino`ipi, genetik prino`ipi va boshqa prino`iplari mavjud. Ma`lum hududni tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirishda tadqiqotchilar har xil uslublardan foydalanishlari mumkin. Ularning eng muhimlari: turli xil xaritalarni bir-biriga taqqoslash uslubi landshaft va tipologik komplekslar xaritalaridan regional birliklarni aniqlash uslubi; xarakterli landshaft komplekslarining ustunlik uslubi; kartografik uslub; tabiiy geografik birliklarni bevosita dalada (joyda) aniqlash uslubiy. Tabiiy geografik rayonlashtirishning yana bir muxim tononi bu rayonlashtirishning taksonomik birliklari (chizmasi) dir. Shu vaqtgacha O`zbekiston hududini rayonlashtirishning hamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi yo`q. Vaholanki Turkiston, jumladan O`zbekiston hududini tabiiy geografiq rayonlashtirish bilan L. S. Berg (1913), S. I. .Abolan (1929), V. M. Chetirkin (1944); E. M. Murzayev (1953, 1958), P. S. Makeyev (1956), L. N. Babushkin, N. A. Kogay (1964) shug`ullanganlar va o`z taksonomik birliklarini tavsiya etganlar. Bular ichida L. N. Babushkin, N. A. Kogaylarning rayonlashtirish tizimi dikqatga sazovordir. Chunki ularning tabiiy geografik rayonlashtirish tizimi O`zbekiston hududini hamma qismini to`ligicha qamrab olgan. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turkistonning bir kismi hisoblangan O`zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda quyidagi taksonomik birliklar tizimini qo`llaydi: mamlakat (o`lka) — provino`iya — provino`iyacha — okrug — rayon—landshaft. L. N. Babushkin, N. A. Kogay rayonlashtirish tizimiga ko`ra O`zbekiston hududining asosiy qismi Turon provino`iyasiga kiradi. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Turon provino`iyasini tekislik va tog` oldi — tog`lik deb ikki provino`iyachaga ajratadi. Tekislik provino`iyachasiga Ustyurgg, Quyi Amudaryo, Qizilqum va Quyi Zarafshon okruglarini; tog`oldi — tog`lik provino`iyachasiga esa O`rta Sirdaryo, Farg`ona, O`rta Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglarini kiritadi. Har bir okrug o`z navbatida rayonlarga, rayonlar esa landshaftlarga bo`linadi. Biz O`zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda uni o`rta umumta`lim maktablar dasturiga yaqinlashtirish va talabalarga qulaylik tug`dirish maqsadida quyidagi rayonlashtirish tizimini ko`lladik: Provino`iya— provino`iyacha — okrug — rayon — landshaft. Ma`lumki, O`zbekiston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik provino`iyasiga, faqat Ustyurt platosi esa Markaziy Qozog`iston provino`iyasiga kiradi. Demak, O`zbekiston hududi Turon provino`iyasining bir qismi hisoblanib, tabiiy komplekslari unsurlarining farqi uning tekislik qismi bilan tog` oldi va tog`larida yaqqol ko`zga tashlanadi. Binobarin, O`zbekiston hududini tekislik va tog` oldi tog` deb ikkita provino`iyachaga ajratish maqsadga muvofiq. O`zbekistonning tekislik va tog` oldi tog`lik qismlari landshaftning rivojlanishi va vujudga kelishi jihatidan ham, hozirgi tabiiy geografik xususiyatlara jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Tog`larda denudao`iya va eroziya jarayoni kuchli va ular tog` oldiga keli6 to`planadi. Tekislik qismi zsa uzok vaqt dengiz tagida qolib, qalin mezokaynazoy cho`kindi jinslari bilan qoplangan. Tog`li qismi esa lsosao` paleozoy jinslaridan tarkib topgan bo`lib, gero`in va so`nggi tektonik jarayonlar natijasida ko`tarilib qolgan. O`zbekiston tekislik qismining iklimi qurg`oqchil bo`lib, yozi juda isib ketsa, tog` oldi va tog`larda xarorat nisbatan bir oz salqin bo`lib, yog`in ortib, yuqoriga ko`tarilgan sari xarorat pasayadi. Apa zpular ta`sirida tuproq va o`simlik koplamida ham tekislik bilan tog` oldi va tog`larda farq mavjud. Biz O`zbekiston xududa kat`iy rioya qilishdir. Tabiiy geografik rayonlashtirishning hududiy dining tekislik qismi bilan tog` oldi tog` qismi orasidagi yuqorida qayd qilgan tafovutlarni xisobga olib uni quyidagi ikkita provino`iyachaga — tekislik provino`iyasiga va tog` oldi tog` provino`iyasiga bo`lamiz. Ular orasidagi chegarani tog` oldi allyuvialh tekisliklarning kuyi qismi yoki och bo`z tuproqning quyi chegarasi orqali o`tkazish ma`qul. Har bir provino`iyacha o`z navbatida bir-birdan geologik, geomorfologik xususiyatlari, orografik va gipsometrik sharoitlari va boshqa tabiiy unsurlari jihatidan farqlanuvchi yirik tabiiy xududiy komplekslarga—okruglarga bo`linadi. O`zbekiston tekislik provino`iyachasi Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilkum va Quyi Zarafshon kabi okruglariga; tog` oldi tog` provino`iyachasi esa Toshkent- Mirzacho`l, Farg`ona, O`rta Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, G`arbiy Tyanshan, Turkiston-Nurota, Hisor-Zarafshon va Bobotog` kabi okruglarga bo`linadi. Okrug o`z navbatida geomorfologik va iqlimiy xususiyatlari jihatidan bir- biridan farq qiladigan, o`ziga xos tuproq va o`simlik turlariga ega bo`lgan kichik tabiiy hududiy komplekslarga, rayonlarga bo`linadi. Rayonlar esa o`z navbatida yanada kichik tabiiy xududiy komplekslar — landshaftlarga ajraladi. Landshaftlarni ajratishda biz asosan relefning genetik xususiyatlariga va tuproqo`simlik turlariga e`tibor berdik. Ushbu qo`llanmada asosiy e`tiborni okrug, qisman esa rayonlarga qaratib, ularga kompleks tabiiy-geografik tavsif berib; landshaft turlarini sanab o`tish bilan cheklandik. O`zbekistonning tekislik provinsiyachasi ustyurt okrugi Ustyurt okrugi O`zbekistonning eng shimoli-g`arbiy qismida joylashib, shimolda va g`arbda Qozog`iston bilan, janubda Turkmaniston bilan, sharqda esa Quyi Amudaryo okrugi va Orol dengizn bilan chegaralanadi. Ustyurt ariddenudao`ion plato xisoblanib, mutlok balandligi 100—200 m atrofida bo`lib, atrofi chinklar bilan o`ralgan. Chinklar atrofga ko`plab jarliklar bilan parchalangan, Sharqiy chinklari Orol dengizi qirg`oqlaridai 190 m baland. Ustyurt platosi geologik tuzilishi jihatidan eshshaleozoy plitasining bir qismi xisoblanib, negizi paleozoy yotqiziqlaridan iborat bo`lib, ustini kalin 3—4,5 km mezozoy va kaynozoy davrining cho`kindi jinslari qoplab olgan. Bu jinslar asosan sarmat va neogon ohaktoshlari, mergellari, gillaridan iborat bo`lib, oralarida tuz qatlamlari ham uchraydi. Plato mezozoy erasida sodir bo`lgan kimmeriy burmalanishida vujudga kelgan deb faraz qilinadi. Atrofidagi chinklar esa tektonik jarayonlar (uzulmalar), Orolning abrazion faoliyati va qadimiy daryo eroziyasi natijasida hosil bo`lgan. Ustyurt okrugida kenglik bo`yicha yo`nalgan bir necha strukturadar mavjud. Platoning shimoliy qismida Shimoliy Ustyurt bukilmasi, uning janubida Kassarma ko`tarilmas; janubroqda Borsakelmas botig`i (bu yyerda negiznipg ugpp 3—4,5 km qalinlikda mezokaynozoy jinslari koplab olgan) joplashgan. Borsakelmas botig`ining janubida Markaziy Ugport (Qorabaur) ko`tarilmasi, uning janubida esa Asakaovdnp Ootngp joylashgan. Ustyurt relefi uning tektonik xususiyatlariga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lib, balandliklar antiklinal burma taqalarga, botiqlar esa bukilgan cho`kmalarga to`g`ri ksladi. Shu sababli relefi jihatidan deyarli kenglik bo`yicha joshlashgan beshta mintaqaga — uchta botiqqa va ikkita balandlikka bo`linadi. Okrugning shimolida markazi sho`rxoklardan iborat kichik botiqlar joylashgan bo`lib, mutloq balandliklari atrofida. Bu kichik botiqlar janubga qarab asta-sekin ko`tarilib Kassarma balandligiga aylanadi. Bu yyerlarda kichik kepglik bo`ylab cho`zilgan pasaygan joylar bo`lib, ular karst — suffpzio`ion yo`l, bilan vujudga kelgan. Kassarma balandligining janubida esa Borsakelmas botig`i joylashib, tubi sho`rxoklikdan iborat. Bu botikning tubining mutloq balandligi 65 m bo`lib, atrofiga balandlashib 130 m ga yyetadigan yassi tekislikka aylanadi. Bu yassi tekislikda sho`r yyerlar va karst voronkalari joylashgan. Borsakelmas botig`i janubga qarab balandlashib borib, Qorabaur bal,andligiga tutashib ketadi. Qorabaur balandligini usti yassi bo`lib, eng yuqori joyi 286 m ga yyetadi. Qorabaur balandligining janubida esa dengiz satxidan — 27 m pastda turuvchi Asakaovdan botig`i joylashgan. Bu botiq sharqqa qarab davom etib, so`ngra Sariqamish botig`iga tutashib ketadi. Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo`lib, qishi quruq, sovuq, qor qoplami yupqa, yozi esa issik, kuruq bo`lib, uzoq davom etadi. Qishda Ustyurt okrugi Quyi Amudaryo singari shimoli-sharqiy shamollar ta`sirida bo`lib, harorat pasayib ketadi. May oyidan boshlab shimoli-sharqiy shamollar kuchsizlanib, shimoldan va shimoli-g`arbdan shamol esa boshlaydi hamda nam olib keladi. Sentabr oyidan boshlab yana shimoli-sharqiy shamollar esa boshlaydi va xaroratni asta-sekin pasayishiga sababchi bo`ladi. Ustyurt okrugida yanvarning o`rtacha harorati—11—12°, iyulniki esa 27— 28° atrofida o`zgaradi. Qishda ba`zan harorat pasayib, eng past harorat —37° ga, eng yuqori harorat +44°ga yyetadi. Ustyurt okrugi ancha shimolda joylashganligi tufayli ba, xorgi oxirgi sovuq tushishning o`rtacha muddati may oyining o`rtalariga (14/U), kuzgi birinchi sovuq tushishining o`rtacha muddati esa oktabrning boshlariga (5/X) to`g`ri keladi. Binobarin, sovuq bo`lmaydigan kunlar jumhuriyat bo`yicha, eng kisqa bo`lib, 153 kunni tashkil etadi. Okrugda, shuningdek, kuzgi birinchp sovuq tushishdan oldingi effektiv haroratlarning yig`indisp ham eng kam bo`lib, 1895° ga yyetadi, xolos. Ustyurt okrugida yillik yog`in mihdori 100—122 m bo`lib fasllar bo`yicha quyidagicha taqsimlangan: qishda 17%, bahorda 34% yozda 23%, kuzda 26%. Ko`rinib turibdiki, eng ko`p yog`in baxorga to`g`ri keladi. Lekin bu okrugda yog`inlar boshqa okruglarga nisbatan yozda ham (23%) ko`proq tushadi. Bunga asosiy sabab, okrutning nisbatan shimolda joylashib, g`arbdan va shimoli-g`arbdan esayotgan havo massalarining ta`siri ko`pligidir. Ustyurt okrugida oqar suv yo`q. Lekin bahorgi namgarchilik vaqtida berk botiqdar, pastqamliklar suv bilai to`lib, yozda ular burlanib ketadi. Lekin okrugda yyer osti suvlari mavjud bo`lib, ular qum va Sarmat hamda paleogen yotqiziqlari orasida joylashgan. Ularning chuqurligi 20—50 m atrofida bo`lib, aksariyati sho`r. So`nggi davrlarda olib borilgan gidrogeologik tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha okrug hududida bo`r davr yot;hiziklari orasida oz miqdorda minerallashgan suvlar mavjudligi aniqlandi. Okrug xududida yyer osti suvlarining diyaamik miqdori sekundiga 1,2 kubometrni tashkil etadi. Ustyurt okrugi relefining ko`p qismi tekis bo`lganligidan umumiy maydonining 90 foizi surqo`ng`ir tuproqlidir. Bu tuproq yupqa bo`lib (50—70 sm gacha) undagi chirindi miqdori juda kam (0,5—0,8%). Lekin tuproqda gips miqdori ko`p bo`lib, sho`r.lashgan (tuzlar miqdori 1,5%). Okrugdagi botiqlarda, xususan Borsakelmas botig`ida sho`rxoklar,, sho`rxok-botqoqlar mavjud, Asakaovdan botig`ida esa taqirli tuproq, taqir sho`rxok tuproqlar uchraydi. Borsakelmas botig`ining shimoliy qismlarida esa qum va qumli tuproqlar mavjud. Ustyurt okrugida o`simliklar siyrak o`sib, asosan shuvoq va sho`ralardan iborat. Ustyurt gilli va gilli sharalli cho`l landshaftidan iborat bo`lib, ular orasida sho`rxoklar (botiqlarda) va qumlar (shimoldda) ham mavjud. Okrugda shuvoqlardan tashqari qirqbo`g`in, kovrak, qora saksovul, burgan, tetir, sarisazon, iloq kabilar ham o`sadi. Botiqlarda asosan bo`yi 3—4 metrga yyetuvchi qora saksovul, kovrak, sersazan o`sadi. Okrugning qolgan qismlarida bahorda efemer va efemeroid o`simliklari o`sib, kun isishi bilan ular qurib qoladi, so`ngra shuvaq, burgan, tetar (yertezak), shura kabilar o`z vegetao`iyasini davom ettiradi. Qumli yyerlarda saksovullar, ular orasida esa iloq o`sadi. Ustyurt okrugining xayvonlari cho`lga xos bo`lib jayron, sayg`oq, bo`ri, tulki, yumronqoziq, qo`shoyoq, qumsichkon yashaydi. Okrugda qushlardan to`rg`ay, krra karg`a, xo`jasavdogar, kuzrun, suvli yyerlarda o`rdak, qirg`ovul kabilar uchraydi. Ustyurt okrugida O`zbekiston «Qizil kitobi»ga kirgan va yo`qolish arafasida turgan hayvonlardan katta shomshapalak, qoplon (gepard), Ustyurt qo`yi, noyeb turlardan olako`zan, xind asalxo`ri, qoraquloq, jayron kabilar mavjud. Ustyurtda yo`qolish arafasida turgan Ustyurt qoplonini va Ustyurt quyini muhofaza ostiga oliga maqsadida qo`riqxona tashkil etish zarur. Sayg`oq keng tarqalgan. Ustyurt okrugida tabiiy boyliklardan neft va gaz konlari topildi. Bulardan tashqari yyer osti suvlari, chorva mollar uchun yyem xashak o`simliklari (tetir, burgun butasi, shuvoq, saksovul va boshqalar) ham mavjud. L. N. Babushkin, N. A. Kogay Ustyurt okrugining iqlim va tuproq, o`simlik sharoitiga qarab Shimoliy Ustyurt, O`rta Ustyurt, Janubiy Ustyurt deb uchta tabiiy geografik rayonga bo`ladi. I. Shimoliy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning eng shimoliy, mutloq balandligi 150 m bo`lgan qismlarini o`z ichiga oladi. Rayon, davomli sovuq (yanvarning o`rtacha harorati—9—11 ) kish, issiq (iyulning o`rtacha harorati 26—27°) yoz bilan tavsiflanadi. Bu rayonda vegetao`iyali qish kuzatilmaydi. +10° dan yuqory bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi 3660°. Ohaktosh va gips jinslari negizida vujudga kelgan qumoq qumli sur qo`ng`ir tuproqlarda burgan, bayalich, shuvoq kabi o`simliklar o`sadi. Shimoliy Ustyurt rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi: Rayon hududining 90 foizini egallagan, uning shimoliy qismida joylashgan burganbayalich formao`iyasi mavjud bo`lgan qumoq va kumli surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Burgan o`suvchi sho`rxok, surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Sarisazan o`suvchi sho`rxokli mezokaynazoy negizli berk (Jarinquduq botig`i) botiq landshafti. Burgan bilan qoplangan surqo`ng`ir tuproqli (Ustyurt ping sharqiy chinklari) chink landshafti. II. Markaziy Ustyurt tabiiy- geografik rayoni — okrugning markaziy qismidagi past mutloq balandligi 71 m (asosan Borsakelmas botig`ini) va undan badand (150 m gacha) bo`lgan joylarni o`z ichiga oladi. Rayon iqlimiy xususiyatiga ko`ra Shimoliy Ustyurtdan kam farq qiladi. Asosiy tuprog`i surqo`ng`ir tuproq bo`lib, botiqlarida esa sho`rxoklar keng tarqalgan, binobarin, asosiy o`simligi sho`ra va burgandir. Rayon quyidagi landshaftlarga bo`dinadi: Rayoning eng g`arbiy kismida joylashgan burgan o`suvchi qumoq, surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Rayonning janubiy qismida o`rnashgan burgan bilan band bo`lgan sho`rlashgan surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar land shafti. Borsa-kelmas botig`ining shimoli-g`arbida va g`arbida joylashgan burgan o`suvchi sho`rlashgan surqo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Borsa-kelmas botig`ining shimoliy qismidagi zol qumlik lardan iborat bo`lib, oq saksovul o`suvchi neogen platolar landshafti. Borsa-kelmas botig`ining markaziy qismidagi sho`rxok va botoqlar landshafti. III. Janubiy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning janubiy hismida joylashgan. Qorabaur platosini, Asakaovdan botig`ini va uning janubidagi Qoplonqir platosining bir qismini hamda Sariqamish botig`ining shimoli- g`arbiy qismini o`z ichiga oladi. Rayon iqlimiy sharoitiga ko`ra birinchi va ikkinchi rayonga nisbatan yumshoqroq qish (yanvarning o`rtacha harorati—6,0°), issiq (iyudning o`rtacha harorati 28,5°) va quruq yoz bilan tavsiflanadi. +10° dan yuqori bo`lgan kunlardagi haroratning yig`yndisi 4600°, vaholanki, bu ko`rsatkich birinchi rayonda 3660°, ikkinchi rayonda 3700° ni tashkil etadi. Rayonda quyidagi landshaft turlari mavjud. Rayonning shimolidagi burgan o`suvchi sho`rlashgan surqo`ng`ir tuproqli balandlik (Qorabaur balandligi) landshafti. SHo`rlashgan taqir tuproqli qora saksovul o`suvchi botiq (Asakaovdan botig`i) landshafti. Asakaovdan botig`ining janubidagi Qoplonqir platosining burgan o`suvchi sho`rtang sur qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. Asakaovdan botig`i bilan Sarikamish botig`i orasida joylashgan oq saksovul o`suvchi zol qumliklar landshafti. Sariqamish botig`ida joylashgan sarisazan o`suvchi sho`rxokli berk botiq landshafti. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Yermakov Y.G. i dr. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988. 2. Ryabchikov A.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. M: Vqsshaya shkola, 1988. 3. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: Izdatelpstvo Moskovskogo Universiteta, 1988. 4. Ryabchikov A.M. Dunyo qitoalari tabiiy geografiyasi, Toshkent, 1968. 5. Vlasova T.M. Fizicheskaya geografiya materikov i okeanov. Tom I-II, M: Prosveo`yeniye, 1976. 6. Vlasova T.M. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi. I-II tom.Toshkent, 1985. Leontpev O.K. Fizicheskaya geografiya mirovogo okeana. M: 1982. Ensiklopeditseskiy slovarp geograficheskix terminov. M.1968. 7. http://ziyonet.uz